SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
324
Synapses:
Insights Across the Disciplines
KICHIK BOLDIR NERVI SHIKASTLANISHI ERTA
BOSQICHLARIDA JARROHLIK AMALIYOTINING AHAMIYATI
Bolg'ayev Absodiq Bolg'ayevich
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Travmatologiya, neyroxirurgiya,
HDJ, tez tibbiy yordam va anesteziologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori,
dotsent
Rozzoqov Dilmurod Tog‘aymurodovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi, oliy toifali
neyroxirurg
Eshpo‘latov Jaloliddin Bahodir o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Neyroxirurgiya yo‘nalishi magistri
https://orcid.org/0009-0001-8158-6407
ВАЖНОСТЬ ХИРУРГИЧЕСКОГО ВМЕШАТЕЛЬСТВА НА РАННИХ
СТАДИЯХ ПОВРЕЖДЕНИЯ МАЛОБЕРЦОВОГО НЕРВА
Болгаев Абсадик Болгаевич
Заведующий кафедрой травматологии, нейрохирургии, скорой медицинской
помощи и анестезиологии Термезский филиал Ташкентской медицинской
академии, доктор медицинских наук, доцент
Rozzoqov Dilmurod Togaymurodovich
Преподаватель Термезского филиала Ташкентской медицинской академии, врач-
нейрохирург высшей категории
Эшпулатов Джалолиддин Баходир угли
Магистр направления нейрохирургия, Термезский филиал Ташкентской
медицинской академии
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
325
Synapses:
Insights Across the Disciplines
THE IMPORTANCE OF SURGICAL TREATMENT IN THE
EARLY STAGES OF PERONEAL NERVE INJURY
Bolgayev Absodiq Bolgayevich
Head of the Department of Traumatology, Neurosurgery, Emergency Medical
Care and Anesthesiology Termez branch of the Tashkent Medical Academy, Doctor of
Medical Sciences, Associate Professor
Rozzoqov Dilmurod Togaymurodovich
Teacher of the Termiz branch of Tashkent Medical Academy,
Neurosurgeon of the highest category
Eshpulatov Jaloliddin Bahodir ugli
Master's degree in Neurosurgery, Termez Branch of the Tashkent Medical Academy
https://orcid.org/0009-0001-8158-6407
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik boldir nervi shikastlanishining erta bosqichlarida
jarrohlik amaliyotining ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot peroneal nervning anatomiyasi,
shikastlanish sabablari, klinik belgilari, tashxislash usullari va erta jarrohlik
aralashuvining funksional tiklanishdagi roli kabi jihatlarni qamrab oladi. Erta jarrohlik
amaliyotining nerv funksiyasini tiklashdagi samaradorligi va asoratlarni oldini olishdagi
ahamiyati tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, erta jarrohlik amaliyoti kichik
boldir nervi shikastlanishida sezilarli darajada ijobiy natijalarga olib keladi.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается важность хирургического вмешательства на
ранних стадиях повреждения малоберцового нерва. Исследование охватывает
такие аспекты, как анатомия малоберцового нерва, причины повреждения,
клинические симптомы, методы диагностики и роль раннего хирургического
вмешательства
в
функциональном
восстановлении.
Проанализирована
эффективность ранней хирургии для восстановления функции нервов и
профилактики осложнений. Результаты показывают, что раннее хирургическое
вмешательство приводит к значительно положительным результатам при травмах
малоберцового нерва.
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
326
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ABSTRACT
This article examines the importance of surgical treatment in the early stages of
peroneal nerve injury. The study covers aspects such as the anatomy of the peroneal
nerve, the causes of injury, clinical signs, diagnostic methods, and the role of early
surgical intervention in functional recovery. The effectiveness of early surgical way in
restoring nerve function and its importance in preventing complications are analyzed.
The results show that early surgery leads to significantly positive outcomes in peroneal
nerve injury.
Kalit so‘zlar:
Kichik boldir nervi, jarrohlik amaliyoti, nerv shikastlanishi, erta
bosqich, funksional tiklanish davri.
Ключевые слова:
Малоберцовый нерв, хирургия, повреждение нерва,
ранняя стадия, период функционального восстановления.
Keywords: Peroneal nerve, surgery, nerve injury, early stage, functional
recovery period.
Kirish
Kichik boldir nervi – peroneal nerv shikastlanishi asosan jarohat, siqilish, bosilish
yoki lat yeyish natijasida yuzaga keladi. Bu shikastlanish asosan oyoq panjasining
ko‘tarilishi va dorsifleksiyasida sezilarli zaiflik yoki yo‘qotish va ba‘zan hatto
nogironlik holatlarini keltirib chiqaradi. Ushbu maqola kichik boldir nervining
shikastlanishlarida jarrohlik amaliyotining ahamiyatini erta bosqichda aniqlashga
qaratilgan.
Metodologiya
Ushbu maqola adabiyotlar tahlili orqali tayyorlandi. Asosan 2018–2024 yillarda
e'lon qilingan ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va klinik tadqiqotlar tahlil qilindi.
Maqolalarda peroneal nervning shikastlanishlari, diagnostika usullari va jarrohlik
aralashuvlari haqida ma’lumotlar to‘plandi.
Natijalar
Anatomik tuzilma: kichik boldir nervi, asosan, umumiy peroneal nerv va uning
ikki asosiy shoxi — yuzaki va chuqur peroneal nervlardan iborat. Bu nervlar oyoq
panjasining dorsifleksiyasi va eversiyasini ta'minlaydi. Jarohatlar, lat yeyishlar,
kompressiya (masalan, qisilish, bosilish, ezilish) yoki noto‘g‘ri holatda uzoq muddat
yotish shikastlanish sabablaridan hisoblanadi. Klinik belgilari: Oyoq panjasining
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
327
Synapses:
Insights Across the Disciplines
dorsifleksiyasi va eversiyasining zaifligi yoki yo‘qligi, oyoq panjasining "osilib
qolishi" (foot drop), yurishda "xo‘rozsimon" yurish usuli, boldir va oyoq panjasining
tashqi yuzasida sezgi yo‘qolishi. Diagnostika: Klinik va nevrologik ko‘rik,
elektromiografiya (EMG), elektroneyromiografiya (ENMG), nerv ultratovush
tekshiruvi va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT). Jarrohlik amaliyotining
afzalliklari: Erta bosqichda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi (6 oygacha) nervning
funksional tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Asosan nervni dekompressiya qilish,
nevroliz va nevrotizatsiya yoki neyrorafiya hamda autonevroplastikalar qo‘llaniladi.
Asoratlar: Davolashni kechiktirish jarohatni tiklash jarayonini murakkablashtiradi va
nerv ustunini qayta tiklash imkoniyatini pasaytiradi va hatto nogironlikka olib keladi.
Munozara
Kichik boldir nervi shikastlanishlarining erta bosqichlarida o‘tkaziladigan
jarrohlik amaliyotlari yuqori darajada ijobiy natijalar beradi. Adabiyotlar shuni
ko‘rsatadiki, operatsiya qancha erta amalga oshirilsa, tiklanish imkoniyati shuncha
yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, konservativ davolash usullari (fizioterapiya va
medikamentoz davo choralari) ham qo‘llanilishi mumkin, lekin ular faqat yengil
shikastlanishlarda samarali hisoblanadi. Og‘ir va qo‘pol jarohatlarda esa albatta
jarrohlik aralashuvi talab etiladi.
Xulosa
Kichik boldir nervining shikastlanishi erta bosqichda aniqlanganda va jarrohlik
aralashuvi o‘z vaqtida amalga oshirilganda, bemorlarda sezilarli darajada yaxshilanish
kuzatiladi. Ushbu tadqiqot natijalari peroneal nerv shikastlanishlarining erta davolash
usullarini takomillashtirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Kim, D.H., Murovic, J.A., Tiel, R.L., Kline, D.G. (2004). Surgical outcomes
after repair of peroneal nerve lesions. Journal of Neurosurgery, 101(2), 277-289.
doi:10.3171/jns.2004.101.2.0277
2. Noble, J., Munro, C.A., Prasad, V.S.S.V., Midha, R. (1998). Analysis of upper
and lower extremity peripheral nerve injuries in a population of patients with multiple
injuries. Journal of Trauma, 45(1), 116-122. doi:10.1097/00005373-199807000-00026
3. Kim, D.H., Kline, D.G. (1996). Management and results of peroneal nerve
lesions. Neurosurgery Clinics of North America, 7(1), 145-156. PMID:8824125
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
328
Synapses:
Insights Across the Disciplines
4. Kline, D.G., Hudson, A.R. (1995). Nerve Injuries: Operative Results for
Major Nerve Injuries, Entrapments, and Tumors. Philadelphia: W.B. Saunders.
5. Mackinnon, S.E., Dellon, A.L. (1988). Surgery of the Peripheral Nerve. New
York: Thieme.
6. Sunderland, S. (1978). Nerves and Nerve Injuries (2nd ed.). Edinburgh:
Churchill Livingstone.
7. Campbell, W.W. (2008). Evaluation and management of peripheral nerve
injury. Clinical Neurophysiology, 119(9), 1951-1965. doi:10.1016/j.clinph.2008.04.019
8. Rorabeck, C.H., Macnab, I. (1980). The pathophysiology of the anterior tibial
compartment syndrome. Clinical Orthopaedics and Related Research, (113), 52-57.
PMID:7351402
