Authors

  • Boynazarova Sayyora Ro`zikulovna
    TDMAU kata o`qituvchisi.
  • Toshpo`latova Shaxrizoda Muxtor qizi
    TDMAU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.98575

Abstract

ushbu maqola  zafaron gulining xususiyatlari, o`sish joyi va o`stirish texnologiyasi haqida keng yoritilgan bo`lib, dorishunoslik va xalq tabobadida qo`llanilish usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

356

Synapses:

Insights Across the Disciplines

SHIFOBAXSH “ZAʼFARON” NING XOSSALARI

.

Boynazarova Sayyora Ro`zikulovna

TDMAU kata o`qituvchisi.

sayyoraboynazarova@gmail.com

+ 998 99 678 65 43.

Toshpo`latova Shaxrizoda Muxtor qizi

TDMAU talabasi

Shahrizodatoshpolatova94@gmail.com

+998507795539

Annotatsiya:

ushbu maqola zafaron gulining xususiyatlari, o`sish joyi va o`stirish

texnologiyasi haqida keng yoritilgan bo`lib, dorishunoslik va xalq tabobadida
qo`llanilish usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zi:

zafaron, piyoz,changchi, sanoat, parfimeriya, hastalik,…

Zaʼfaron (

Crocus sativus –

lotin.) –

sapsarguldoshlarga mansub koʻp
yillik oʻtsimon tuganak piyozli
oʻsimlik. Yovvoyi holda uchramaydi.
Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy
Yevropa, Ozarbayjonda katta
maydonlarda ekiladi. Piyozining
diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta,
och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz.
Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi

(tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa.
Koʻsagi choʻziq, eni 6-7 mm.

Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi

boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90-100 ming dona zaʼfaron gulidan 1 kg


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

357

Synapses:

Insights Across the Disciplines

qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Zaʼfaron gulining quritilgan tumshuqchalari

murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va
boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda
dori-darmon sifatida qoʻllaniladi. Zaʼfaron oʻrta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay
kelayotgan yagona ziravordir. Oʻrta asrlarda bir qadoq (450 g) zaʼfaronni zotli arab
chopqir otiga ayirboshlash mumkin boʻlgan.

Zaʼfaron haqida tarixiy manbalar

Bu ziravorning nomi deyarli hamma tillarda arabcha “sariq” maʼnosini beradigan
“Zaʼfaron” soʻzidan olingan boʻlib, qadimda mazkur noyob oʻsimlikdan boʻyoqlash
moddasi sifatida foydalanilganidan dalolat beradi. Hozirgi davrda zaʼfaron oʻzining
azaliy ahamiyatini yoʻqotib, asosan pazandalikda ishlatiladi va oltin bilan teng
baholanadigan yagona ziravordiryu. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch
yuz tonna zaʼfaron yetishtiriladi.

(2017-yil holatiga koʻra)

Maʼlumki, zaʼfaron insoniyatga ziravor sifatida isteʼmol qilinishi toʻrt

ming yildan koʻproq tarixga ega boʻlib, boʻyoq sifatida neolit davrida togʻlarda qoya
toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan
izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi
eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Eronda eramizdan avvalgi X
asrda zaʼfaron tolalarini qurbonlik oʻraladigan matolarni boʻyashda ishlatilgan, undan
shuningdek kuchli tomizgʻi sifatida foydalanib, attorlik mollari va lazzatli yogʻlar
tayyorlashgan. Iskandar Zulqarnayn armiyasida jarohatlarni davolashda ishlatilgan.
Qadimgi Ahdda (Tavrotda) zaʼfaron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, boʻyoqchilik
va attorlik moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan. Qadimgi Xitoy
manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari
liboslarini boʻyash uchun ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar
tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati zaʼfaronni dori sifatida, teri va
matolarga boʻyoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U – eng mazali ziravor

,

sifatli

tabiiy boʻyoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga
davo boʻluvchi moddadir.

Sharqda ilgarilari u “qizil oltin” deb nomlangan. Zaʼfaron qim-matbaholigining
sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaq-qatli ish, ikkinchidan,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

358

Synapses:

Insights Across the Disciplines

xushboʻyligi, taʼmi va davolash xususiyatlari boʻyicha zaʼfaron ziravorlar

orasida tengsizdir.

Zaʼfaronning rivojlanishi va tarkibiy moddalari

Zaʼfaron – yiliga bir marta 10-15 kun ommaviy gullaydigan, har bir gul

ochilishining davomiyligi faqat 2-3 kun boʻlgan qirmizi “krokus” (lotincha nomi)
onalik guli tumshuqlarining quritilganidir. Zaʼfaron gullari va xususan onalik
gullarini qayta ishlash faqat qoʻl mehnati bilan amalga oshiriladi. Onalik gullari
tumshugʻi faqat gullarning birinchi ochilgan kuni qirqib olinishi lozim. Uning sifati
terim va uni quritishning tezligi bilan bogʻliqdir. Bir kilogramm zaʼfaron yigʻish uchun
tongda quyosh hali onalik gullarini quritib ulgurmasidan, 150 ming dona atrofidagi guli
terib olinishi lozim. Bir gektar yer maydonidan terimchilarning mahorati va ob-
havoning munosib sharoitiga qarab 8-12 kilogramm zaʼfaron yigʻib olish mumkin.

Zaʼfaronning kimyoviy tarkibi 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va
moʻm

,

12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yogʻ ekstraktidan iborat oʻziga xos va

xushboʻy yoqimli moddalardan tarkib topgan.

Zaʼfaronning inson salomatligiga doir xususiyatlari

Qadimgi zamonlardan maʼlumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U ogʻriqni

qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi, tushkunlikdan chiqaruvchi,
quvonch gormoni – serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Shunday qilib,
zaʼfaron – inson doimiy isteʼmol qilishga oʻrganib qolmaydigan, yengil psixotrop
moddadir.

Hakim Ayurveda zaʼfaronni hazm taomni yaxshilashga, sezgi va nafas olish

organlarini mustahkamlashga, jigar, buyraklar, limfa bezlarini tozalashga, titroqni
bosishga, tomirlarda toʻxtagan qonni yurgizishga, yuz rangini tiniqlashga, jinsiy
quvvatni faollashtirishga ham xizmat qilishini taʼkidlagan. Qadimda kiborlar jamiyatiga
mansub ayollar tugʻish oldidan ogʻriqni yengillashtirish maqsadida zaʼfaron eritilgan
suvni ichishgan.

Zamonaviy tibbiyotda u koʻzga tomiziladigan dori tayyorlashda va umumiy

quvvatlantiruvchi turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Zaʼfaronning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

359

Synapses:

Insights Across the Disciplines

antikanserogen va antimutagen xususiyatlarga egaligi isbotlangan. Uni qaynoq

sut bilan ichilsa, bosh miya faoliyatini mustahkamlab, xotirani kuchaytiradi. Agar asal
bilan isteʼmol qilinsa, buyrakdagi toshlarni maydalanishiga yordam beradi. Zaʼfaron
guli tumshuqlari eritmasi inson organizmiga zarur boʻlgan karotin, tiamin, riboflamin,
flavonoidlar, kalsiy, fosfor kabi moddalarga va turli vitaminlarga boy. Toʻrt ming
yillik ishlatish tarixida uning toʻqson xil turli kasalliklarni davolashda qoʻllanishi
aniqlangan.

Zaʼfaronning xushboʻy hidini hidlash insonni nafas olish organlariga ijobiy taʼsir

qilib tinchlantiradi va uyqusizlikdan qutilishga yordam beradi. Kuchli bosh ogʻrigʻida
va quloq shamollaganida zaʼfaron suvida paxta yoki yumshoq matoni hoʻllab kasal
aʼzoga bosilsa, ogʻriqni qoldiradi. Bundan tashqari u qorin ochish hissini ham
kamaytiradi.

Zaʼfaron meʼyoridan oshirib ishlatilsa, sezgi organlarini qattiq zoʻriqishiga olib

kelishi mumkin. Meʼyordan koʻp ovqatga qoʻshilgan zaʼfaron taomni buzishdan
tashqari insonni zaharlanishga, bir necha gramm yangi uzilgan sifatli zaʼfaron isteʼmol
qilinishi, oʻlimga ham sabab boʻlishi mumkin. Mutaxassis maslahatisiz homilador
ayollarga tinchlantiruvchi vosita sifatida isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

Zaʼfaron xarid qilishda yanchilib maydalanganini emas, balki butun tolali

gullarini olish maqsadga muvofiq boʻladi. Bundan ikki ming yil avval Pliniy
yanchilgan zaʼfaron qalbaki boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Oʻrta asrlarda
zaʼfaronni soxtalashtirgan kishi gulxan oʻtida yoqilgan. Haqiqiy zaʼfaron hech qachon
arzon narxda sotilmagan. Uni uzoq saqlab boʻlmaydi, shuning uchun oldindan olib
qoʻyib boʻlmaydi

Zaʼfaronning shifobaxsh xossalari

Zaʼfaron ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, organizmning hayotiy

faolligini yaxshilaydi, kishilar undan oshqozon, yurak, jigar nafas olish aʼzolari va asab
tizimini

mustahkamlashda,

buyraklarni

tozalashda,

ogʻriqni

qoldirishda,

tinchlantiruvchi, peshob, oʻt va ter haydovchi vosita sifatida foydalanishadi. Lekin
homiladorlikda uni isteʼmol qilib boʻlmaydi, chunki u homilani muddatidan oldin
tushishiga sabab boʻlishi mumkin.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

360

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Zaʼfaron dorishunoslik sanoatida keng ishlatiladi, u sharq tabobatining 300

dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi. Uning damlamasi bilan qadimda kataraktani
davolashgan, hozirgi vaqtda ham u koʻzga tomiziladigan dorilar tarkibiga qoʻshiladi.
Zaʼfaron butun organizm hujayralarini oziqlantiradi, terini silliq qiladi, rangni
tiniqlashtiradi, xotira va aqliy faoliyatni yaxshilaydi, kayfiyatni koʻtaradi. Zaʼfaron 100
dan ortiq xastaliklarni davolovchi shifobaxsh xossalarga ega. Amalda har qandalik
xastalik, u boshlanish bosqichidami yoki rivojlangan oxirgi bosqichidami, bundan qatʼiy
nazar, zaʼfaron yordamida 85-87 % ga shifo topadi. Tadqiqotlar buni qayta-qayta
isbotlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Вехов B.H., Лотова Л.И., Филин B.P. Пособие по систематике высших
растений. Архегониальные и однодольные растения: Учебно-методическое
пособие. М., Изд-во Московского университета, 1986.

2. L.I.Kursanov, N. A. Kamenskiy, K.I.Meyer, V.F.Razdrovskiy, A.A.Uralov
«Botanika» 2 tomlik T.1972 yil.

3. Еленевский А.Г., Соловьева М.П., Тихомиров B.H. Ботаника. Систематика
высщих, или наземных растений. АСАДЕМА Москва. 2001. 429 с.

4. Родман Л.С. Ботаника. "КОЛОС". Москва. 2001 328 с.

5. Zokirov Q.Z., Jamolxonov Х.А. - 0 ‘zbek botanika terminologiyasi masalalari.
«Fan». Toshkent. 1996.

6. Сергиевская E.B. - Практический курс систематики высщих растений. Изд.
Ленинградского унив. Ленинград. 1991.343 с.

7. Sh.Tojiboev 0 ‘simliklar sistematikasi Т. 1990 yil

8. V.S.Xrjanovskiy «Kurs obshey botanik 1-2 toma». Moskva. 1976 yil.

9. Н.М.Жуковский «Ботаника», Москва, 1982

10. M.LIkromov, X.Normurodov, A.Yuldoshev. 0 ‘simliklar morfologiyasi va
anatomiyasi. T. 2000 y.

11. Maxmedov A., Tog‘aev I. - Yuksak o‘simliklar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.
«Universitet». Toshkent. 1994. 85 b.

12. S.S.Saxobiddinov “0 ‘simliklar sistematikasi” I-II bob. “Olqituvchi” T. 1966, 1976.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

361

Synapses:

Insights Across the Disciplines

13. S.Sulaymonov “Geobotanika”Samarqand 2004 lllb e t

14. 2. A.Xamidov 0 ‘simliklar geografiyasi “0 ‘qituvchi” T. 1984.

15. 0 ‘.Pratov, Q.Jumayev. “Yuksak o‘simliklar sistematikasi” (o‘quv qo‘llanma), T.
2003.

16. Pratov 0 \P ., Odilov T.O. - 0 ‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining zamonaviy
tizimi va o‘zbekcha nomlari. Toshkent. 1995.39 b.

References

Вехов B.H., Лотова Л.И., Филин B.P. Пособие по систематике высших растений. Архегониальные и однодольные растения: Учебно-методическое пособие. М., Изд-во Московского университета, 1986.

L.I.Kursanov, N. A. Kamenskiy, K.I.Meyer, V.F.Razdrovskiy, A.A.Uralov «Botanika» 2 tomlik T.1972 yil.

Еленевский А.Г., Соловьева М.П., Тихомиров B.H. Ботаника. Систематика высщих, или наземных растений. АСАДЕМА Москва. 2001. 429 с.

Родман Л.С. Ботаника. "КОЛОС". Москва. 2001 328 с.

Zokirov Q.Z., Jamolxonov Х.А. - 0 ‘zbek botanika terminologiyasi masalalari. «Fan». Toshkent. 1996.

Сергиевская E.B. - Практический курс систематики высщих растений. Изд. Ленинградского унив. Ленинград. 1991.343 с.

Sh.Tojiboev 0 ‘simliklar sistematikasi Т. 1990 yil

V.S.Xrjanovskiy «Kurs obshey botanik 1-2 toma». Moskva. 1976 yil.

Н.М.Жуковский «Ботаника», Москва, 1982

M.LIkromov, X.Normurodov, A.Yuldoshev. 0 ‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi. T. 2000 y.

Maxmedov A., Tog‘aev I. - Yuksak o‘simliklar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. «Universitet». Toshkent. 1994. 85 b.

S.S.Saxobiddinov “0 ‘simliklar sistematikasi” I-II bob. “Olqituvchi” T. 1966, 1976.

S.Sulaymonov “Geobotanika”Samarqand 2004 lllb e t

2. A.Xamidov 0 ‘simliklar geografiyasi “0 ‘qituvchi” T. 1984.

0 ‘.Pratov, Q.Jumayev. “Yuksak o‘simliklar sistematikasi” (o‘quv qo‘llanma), T. 2003.

Pratov 0 P ., Odilov T.O. - 0 ‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining zamonaviy tizimi va o‘zbekcha nomlari. Toshkent. 1995.39 b.