Authors

  • Do’lmonov Jafar Abdukarim o’g’li
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti
  • Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.98579

Keywords:

Mushak to’qimasi ko’ndalang targ’il mushaklar silliq mushaklar glikogen skelet mushaklari mushak tolalari sarkolemma sarkoplazma miofibrillar mitoxondriyalar kapillyarlar termoregulyatsiya qisqarish cho’zilish himoya.

Abstract

Ushbu maqolani yozishdan maqsad mushak to’qimasing shakllanishi uning taraqqiyot davri va inson organizmidagi ahamiyati haqida, bundan tashqari qon aylanishi va tana haroratini saqlash kabi ko’plab muhim funksiyalarni bajaradi.Shu bilan bir qatorda mushak to’qimasining organizmdagi orni beqiyos ekanligi ham muhimlidir.

background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

329

Synapses:

Insights Across the Disciplines

MUSHAK TO’QIMASI GISTOFIZIOLOGIYASI

Do’lmonov Jafar Abdukarim o’g’li,

E-mail: dulmonovjafar@gmail.com

Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich

eshquvvatbekmirzaev@gmail.com

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,
Tibbiyot fakulteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolani yozishdan maqsad mushak to’qimasing

shakllanishi uning taraqqiyot davri va inson organizmidagi ahamiyati haqida, bundan
tashqari qon aylanishi va tana haroratini saqlash kabi ko’plab muhim funksiyalarni
bajaradi.Shu bilan bir qatorda mushak to’qimasining organizmdagi orni beqiyos ekanligi
ham muhimlidir.

Kalit so’zlar:

Mushak to’qimasi, ko’ndalang targ’il mushaklar, silliq mushaklar,

glikogen, skelet mushaklari, mushak tolalari, sarkolemma, sarkoplazma, miofibrillar,
mitoxondriyalar, kapillyarlar, termoregulyatsiya, qisqarish, cho’zilish, himoya.

ГИСТОФИЗИОЛОГИЯ МЫШЕЧНОЙ ТКАНИ

Дулманов Жафар Абдукаримович,
Бекмирзаев Эшкувват Рузиевич

Термезский университет экономики и сервиса,
медицинский факультет

Аннотация:

Целью написания данной статьи является обсуждение

формирования мышечной ткани, периода ее развития и ее значения в организме
человека. Кроме того, он выполняет множество важных функций, таких как
кровообращение и поддержание температуры тела. При этом важно, что роль
мышечной ткани в организме не имеет себе равных.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

330

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ключевые слова:

мышечная ткань, поперечнополосатые мышцы,

гладкие мышцы, гликоген, скелетные мышцы, мышечные волокна, сарколемма,
саркоплазма, миофибриллы, митохондрии, капилляры, терморегуляция,
сокращение, удлинение, защита.

HISTOPHYSIOLOGY OF MUSCLE TISSUE


Dulmanov Jafar Abdukarimovich,
Bekmirzayev Eshquvvat Ruziyevich

Termez University of Economics and Service,
Faculty of Medicine

Abstract:

The purpose of writing this article is to discuss the formation of muscle

tissue, its developmental period and its importance in the human div. In addition, it
performs many important functions such as blood circulation and maintaining div
temperature. At the same time, it is important that the role of muscle tissue in the div
is incomparable.

Keywords:

Muscle tissue, striated muscle, smooth muscle, glycogen, skeletal

muscle, muscle fibers, sarcolemma, sarcoplasm, myofibrils, mitochondria, capillaries,
thermoregulation, contraction, elongation, protection.

KIRISH:

Muskul toʻqimasi - muskullarning asosiy qismini tashkil etib, ularning

qisqarishini taʼminlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi
miofibrillarshr. Muskul toʻqimasi oraliq pardalar bilan oʻzaro birlashib alohida muskulni
hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda bilan oʻralgan boʻladi.

Organizmdagi barcha Muskul toʻqimasi tuzilishiga qarab silliq Muskul toʻqimasi,

koʻndalang targʻil Muskul toʻqimasi va yurak Muskul toʻqimasiga ajratiladi. Silliq
Muskul toʻqimasi bir yadroli duksimon tuzilishga ega; mezenximadan (teri, meʼda-
ichak devorlari, siydiktanosil aʼzolari, kon tomirlar Muskul toʻqimasi) va ektodermadan
(soʻlak, ter va sut bezlari Muskul toʻqimasi) rivojlanadi. Koʻndalangtargʻil Muskul
toʻqimasi koʻp yadroli muskul tolasidan tuzilgan boʻlib, skelet va yurak muskulidan
iborat; ontogenezda mezodermadan rivojlanadi. Yurak Muskul toʻqimasi (miokard)
koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tuzilgan boʻlsa ham gʻayriixtiyoriy qisqaradi.
Muskul toʻqimasining vazifasi harakat elementlarining qisqarishidan iborat. Muskul
toʻqimasida qisqaruvchi tuzilma (miofibrillar), trofik tuzilma (hujayra yadrosi va


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

331

Synapses:

Insights Across the Disciplines

organellalari), muskul elementlarining qobigʻi hamda telofragmalardan iborat

tayanch tuzilma farq qilinadi. Barcha muskul toʻqimalarida maxsus nerv oxirlari boʻlib,
ular toʻqimaga nerv sistemasidan harakat impulslarini olib keladi va unda boʻlayotgan
oʻzgarishlar haqida markaziy nerv sistemasiga maʼlumot berib turadi.

Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari

taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil

topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul
sistemasini
tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq
muskullarga boʻlinadi. Silliq muskullardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari
devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar
kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar
deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga
ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi,
sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining
qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan
ikkinchi uchigacha davomladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va
yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining
ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan
boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu
boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun,
qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga
boʻlinadi.

Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi,

yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va hokazo. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki
duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi va dumi deb
ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (masalan
yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha
apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. Muskullarda
kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan.
Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida
markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar
sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet
muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

332

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Koʻkrak muskullari xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo muskullar, yelka

kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak muskullari, oʻmrov usti va
oldingi tisheimon muskullarga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro muskullar
qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki muskullar esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

333

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Qorin muskullari tashki va ichki qiyshiq muskullar, qorinning koʻndalang va

toʻgʻri muskullari, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin
muskullari toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq muskullari yon tomonlarga egilishini
taʼminlaydi. Bu muskullar qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini
funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi
muskullarining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi.
Qorin muskullari fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan
shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini
oshirish mumkin.

Koʻndalang-targʻil mushak tolalari

— tolalardan iborat boʻlib, ularning

uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mikrometrgacha yetishi
mumkin. Shu sababli koʻndalang-targʻil mushak tolalari

simplastik tuzilmalar

deb

ataladi.

Silliq mushak toʻqimasi 3 manbadan shakllanishi hisobidan 3 guruhga

boʻlinadi.

1.

Mezenximadan hosil boʻlgan: nafas, hazm, siydik-tanosil, qon va limfa

sistemasida uchraydi.

2.

Epidermal (ektodermadan hosil boʻlgan) – qisqaruv apparatiga ega

boʻlgan, alohida-alohida mioepitelial hujayralar: ekzokrin bezlar oxirgi boʻlimida. (ter,
sut, soʻlak, koʻz yosh bezi)

3.

Neyral (nervdan rivojlangan): koʻzda joylashgan silliq mushaklar

hujayralari choʻziq-duksimon shaklda, toʻqimada hujayralar qatlamlar hosil qiladi.
Hujayralar bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga
boshqa hujayraning uch qismi yopishadi. Hujayralari sirtdan sarcolemma bilan
qoplangan. Hujayra sarkoplazmasida (sitoplazmasida) yadro, organellalar va
miofibrillalar joylashadi.

[4]

Sarkoplazmada Ca++ ionlarini saqlovchi pufakchalar boʻlib,

koʻndalang-targʻil mushakdagi SR vazifasini bajaradi (SR ning oʻzi kuchsiz
rivojlangan).

[5]

Yadrosi ham K-T mushaklardan farqli ravishda hujayra markazida

joylashadi. (

yadroning shakli qisqarish paytida oʻzgaradi

). Mitoxondriyalar soni va

undagi kristalar ham nisbatan kam. K-T mushakda boʻlgani kabi qisqaruv apparatini
miofibrillalar tashkil etadi.

Miofibrillalar maʼlum tartibga ega emas, protofibrillalar tutam hosil qilmaydi va bir

jinsli ipchalar shaklida joylashadi. Ingichka filamentlar oʻz ichiga: aktin, tropomiozin
va silliq mushakka xos koldesmin hamda kalponinlarni oʻz ichiga oladi. Tropomiozinga
birikadigan troponin silliq mushakda uchramaydi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

334

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Silliq mushak

koʻndalang-targʻil chiqizlar saqlamaydigan mushak

toʻqimasining bir turi boʻlib, silliq mushak hujayrasida sarkomerlar yoʻqligi
chiziqlarning boʻlmasligiga sabab deya koʻrsatiladi

[1][2]

. U ikkita kichik guruhga

boʻlinadi: bir birlikli va koʻp birlikli. Silliq mushak ichi boʻsh organlarning devorlarida,
shu jumladan oshqozon, ichak, siydik pufagi va bachadonda joylashgan; qon va limfa
tomirlarining devorlarida, nafas olish, siydik va reproduktiv tizim yoʻllarida joylashadi.
Koʻzlarda silliq mushak turi boʻlgan siliar (halqa) mushaklar qorachiqni kengaytirishi
yoki toraytirishi mumkin. Teridagi silliq mushak hujayralari, masalan, arrector pili
hujayralari sovuq harorat yoki qoʻrquvga javoban sochlarning tikkayishiga olib keladi.

Mushak qisqarishining morfologik asoslari miofibrillalarning ichki

tuzilishiga va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga asoslanadi. Miofibrillalar mushak

tolalarining asosiy strukturaviy va funksional birligi bo‘lib, ular qisqarish jarayonining
molekulyar negizini tashkil etadi. Mushak qisqarishi aktin va miozin filamentlarining
o‘zaro siljishi natijasida yuzaga keladi. Bu jarayon sarkomer deb ataladigan
strukturaviy birliklar doirasida amalga oshadi.Sarkomer —bu ikkita Z-chiziq (Z-disk)
o‘rtasida joylashgan miofibrillaning strukturaviy va funksional birligihisoblanadi. Har
bir sarkomer quyidagi asosiy komponentlardan iborat:Aktin filamentlari (nozik
filamentlar):Z-chiziqqa birikkan bo‘lib, o‘rtaga tomon yo‘nalgan.Miozin filamentlari
(qalin filamentlar):sarkomer markazida joylashgan va aktin filamentlaribilan qisman
qoplanadi.Tropomiozin

va troponin

majmuasi:aktin

filamentlarining

yuzasida joylashgan va qisqarish jarayonini kalsiy ionlari orqali tartibga


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

335

Synapses:

Insights Across the Disciplines

soladi.Qisqarish vaqtida aktin filamentlari miozin filamentlari orasiga siljiydi

va natijada sarkomer uzunligi qisqaradi, bu esa butun mushak tolasining qisqarishiga
olib keladi. Mushak qisqarishining boshlanishi sarkoplazmatik retikuladan kalsiy
ionlarining chiqarilishi bilan bog‘liq. Kalsiy ionlari aktin filamentidagi troponin bilan
bog‘lanadi va tropomiozinning joylashishini o‘zgartiradi, natijada miozin
boshchalarining aktin filamentlari bilan bog‘lanishi uchun faol markazlar
ochiladi.Miozin boshchalari aktin filamentlariga birikadi vaATFmolekulasi gidrolizi
hisobiga energiya ajralib chiqadi. Bu energiya miozin

boshchasining

egilishi va aktin filamentini o‘z tomoniga tortish uchun sarflanadi. Shundan so‘ng
yangi ATF molekulasi miozin boshchasiga birikadi va uni aktindan ajratib oladi.Bu
sikl takrorlanib turadi va mushak qisqarishini ta'minlaydi.Mushak qisqarishi uchun zarur
bo‘lgan energiya asosan quyidagi manbalardan olinadi:•ATFmolekulasi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishlatiladi.•Kreatinfosfat zaxiralari orqali tezkor ATFqayta tiklanadi.

Sarkoplazmatik retikulum —bu mushak tolalarida maxsus rivojlangan silliq

endoplazmatik retikulum bo‘lib, uning asosiy vazifasi kalsiy ionlarini saqlash va
tartibga solishdir. Qisqarish boshlanishida sarkoplazmatik retikulumdan kalsiy ionlari
sarkoplazmaga chiqariladi.Kalsiy ionlari troponin molekulasi bilan bog‘lanib, aktin
vamiozin o‘rtasidagi bog‘lanishni boshlaydi. Qisqarish tugagach, kalsiy ionlari yana
sarkoplazmatik retikulumga qayta pompalanadi, bu mushakning bo‘shashishini
ta'minlaydi.Sarkoplazmatik retikulumdagi kalsiy nasoslari (SERCA pompasi) bu
jarayon uchun asosiy energetik va tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi.T-tubulalar
—bu sarolemma (mushak tolasi plazmatik membranasi)dan mushak tolasi ichiga

kirib

boruvchi naychali invaginatsiyalardir.

XULOSA:

Mushak to’qimasi organizmda harakat,holatni saqlash va ichki

organlar faoliyatini boshqarishda muhim ro’l o’ynaydi.U uch turga-silliq skelet va yurak
mushaklariga bo’linadi.Har bir turining tuzulishi,joylashuvi va funksiyasi turlicha.
Mushak to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lib, bu organizmning tashqi va ichki
muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega.Uning to’gri ishlashi sog’lom hayot
uchun zarurdir.Mushak to’qimalari silliq mushaklar, yurak mushaklari va skelet
mushaklari bo’lib ularning har biri o’ziga xos vazifalarni bajaradi va organizmning
umumiy faoliyatida beqiyos o’rin tutadi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Q.R. To xtayev Gistologiya sitologiya embriologiya.Il gism/ F.X. Azizova,

M.A. Abduraxmanov, E.A. Tursunov, K.I. Rasulev, M.X. Raxmatova/. Darslik. -
Toshkent: "INNOVATSIYA ZIYO",, 2024- 444 bet.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

336

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2.

"Topografik anatomiyadan darslik" - R. D. Sinelnikov. Yurak va gon

tomirlarning joylashuvi, tuzilishi va o'zaro bog'ligligini batafsil tushuntiradi.

3.

"Inson anatomiyasi" - M. R. Sapin Asosiy darsliklardan biri bo lib, yurak

tuzilmasi va qon aylanish sistemasi hagida keng qamrovli ma'lumot beradi.

4.

"Normal fizielogiya" - N. Te'xtasinova O'zbek tilide yuralk va gon aytanish

tizimi faollyati hagida yaxshi tushuntiravehi kitob. Tibbiyot institutiart uchun anatomiya
va fialologiya darsllttani - O'abekiaton SSV tasdiglagan darsliklar.

5.

Ross & Pawlina - Histology: A Text and Atlas Till: ingliz Afzalligi: Har bir

tizim boyicha mikroskopik tuzilma + klinik korrelyatsiyalar bilan boyitilgan. Yurakdagi
mushak tolalari, o tkazuvchi sistema va gon tomiriarning histologiyasi juda yaxshi
tasvirlangan.

6.

Бекмирзаев

Эшкувват

Рузибоевич,

Абдуназаров

Миржалол

Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи.
(2023). Витамин А.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

10

(3), 92–94.

Retrieved from https://web- journal.ru/journal/article/view/1923

7.

Бекмирзаев

Эшкувват

Рузибоевич,

Абдуназаров

Миржалол

Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи.
(2023). Мочевина.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

10

(3), 85–87.

Retrieved from https://web- journal.ru/journal/article/view/1919

8.

Bekmirzayev E. R., Xalilov , D. B., & Aminova , M. N. qizi. (2023).

Bugungi kundagi transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini
tarqatishining dolzarb muommolari.

Golden brain

,

1

(2), 325–328. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1362

9.

Bekmirzayev , E., & Allaberdiyev , H. (2024). Kaliforniya qizil

chuvalchangidan olingan ekstraktining tarkibi, xususiyati va odam terisiga ta’sir
mexanizmini o’rganish.

Synapses: Insights across the Disciplines

,

1

(4), 275–279.

Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/63957

10.

Нарзиева Ф., Saidov J., & Bekmirzayev E. (2024). Невро-онкология: мия

ўсмалари, уларни даволаш ва уларга қарши курашда замонавий ёндашув.

ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research

,

1

(4), 281–287.

Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63599

11.

Xolmurodov I., Bekmirzayev E., & Tilloyev S. (2024). Bakteriyalarning

bioplenkasi.

ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research

,

1

(4), 210–

216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63585

12.

Ахмадова, Д. К. к., & Бекмирзаев, Э. Р. (2023). Морфология желчного

пузыря и желчного сфинктера при верхней дуоденоеюнальной обструкции.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

337

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Scholar

,

1

(18),

189–195.

Retrieved

from

https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/4244

13.

ДК кизи Ахмадова, ЭР Бекмирзаев. SCHOLAR 1 (18), 189-195, 2023.

2023. БИЛИРУБИН. ИР Бекмирзаев. PEDAGOGS jurnali 32 (2), 27-31, 2023. 2023.
Muscle Biochemistry.

14. Eshnazarovich, Y. X., Ro‘ziboyevich, B. E., Faxriddinovna, K. M., Raxmatovna, X.
Y., & o‘g‘li, S. O. B. (2022). Muscle Biochemistry.

Central asian journal of

mathematical theory and computer sciences

,

3

(11), 32-34. Retrieved from

https://cajmtcs.centralasianstudies.org/index.php/CAJMTCS/article/view/274

15. Imamov, E., & Bekmirzaev, E. (2022). Causes and prevention of early post-pregnant
bleeding.

Евразийский журнал медицинских и естественных наук

,

2

(4), 60–63.

извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/3006

16.

Bekmirzaev Eshquvvat Ro‘ziboevich, Sanoev Bakhtiyor Abdurasulovich, &
Namozov Farrukh Jumayevich. (2025). Morphometric Indicators of the Prostate
Gland After Hormoneal Therapy of Scar Processes in Experimental Intestines.

American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149)

,

3

(2),

1–3. Retrieved from https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/6786.

17.

BE Ro‘ziboevich. Morphometric Indicators of the Prostate Gland After
Hormoneal Therapy of Scar Processes in Experimental Intestines.
International
Congress on Biological, Physical And Chemical Studies (ITALY).

18.

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Хусанов Саидбек Алмат Угли
Eksperimental ichaklardagi chandiqli jarayonlarning gormonal terapiyadan
keyingi prostata bezi morfometrik koʻrsatkichlar // Биология и интегративная
медицина. 2025. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/eksperimental-
ichaklardagi-chandiqli-jarayonlarning- gormonal-terapiyadan-keyingi-prostata-
bezi-morfometrik-ko-rsatkichlar (дата обращения: 24.04.2025).

19.

Хусанов Саидбек Алмат Угли, Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич O‘t-tosh
kasalliklarini davolashda laparoskopik va an’anaviy usullarning solishtirma
tahlili // Биология и интегративная медицина. 2025. №. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/o-t-tosh-kasalliklarini-davolashda-
laparoskopik-va-an-anaviy-usullarning-solishtirma-tahlili (дата обращения:
24.04.2025).

References

Q.R. To xtayev Gistologiya sitologiya embriologiya.Il gism/ F.X. Azizova, M.A. Abduraxmanov, E.A. Tursunov, K.I. Rasulev, M.X. Raxmatova/. Darslik. - Toshkent: "INNOVATSIYA ZIYO",, 2024- 444 bet.

"Topografik anatomiyadan darslik" - R. D. Sinelnikov. Yurak va gon tomirlarning joylashuvi, tuzilishi va o'zaro bog'ligligini batafsil tushuntiradi.

"Inson anatomiyasi" - M. R. Sapin Asosiy darsliklardan biri bo lib, yurak tuzilmasi va qon aylanish sistemasi hagida keng qamrovli ma'lumot beradi.

"Normal fizielogiya" - N. Te'xtasinova O'zbek tilide yuralk va gon aytanish tizimi faollyati hagida yaxshi tushuntiravehi kitob. Tibbiyot institutiart uchun anatomiya va fialologiya darsllttani - O'abekiaton SSV tasdiglagan darsliklar.

Ross & Pawlina - Histology: A Text and Atlas Till: ingliz Afzalligi: Har bir tizim boyicha mikroskopik tuzilma + klinik korrelyatsiyalar bilan boyitilgan. Yurakdagi mushak tolalari, o tkazuvchi sistema va gon tomiriarning histologiyasi juda yaxshi tasvirlangan.

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Витамин А. Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 92–94. Retrieved from https://web- journal.ru/journal/article/view/1923

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Мочевина. Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 85–87. Retrieved from https://web- journal.ru/journal/article/view/1919

Bekmirzayev E. R., Xalilov , D. B., & Aminova , M. N. qizi. (2023). Bugungi kundagi transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb muommolari. Golden brain, 1(2), 325–328. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1362

Bekmirzayev , E., & Allaberdiyev , H. (2024). Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktining tarkibi, xususiyati va odam terisiga ta’sir mexanizmini o’rganish. Synapses: Insights across the Disciplines, 1(4), 275–279. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/63957

Нарзиева Ф., Saidov J., & Bekmirzayev E. (2024). Невро-онкология: мия ўсмалари, уларни даволаш ва уларга қарши курашда замонавий ёндашув. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 281–287. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63599

Xolmurodov I., Bekmirzayev E., & Tilloyev S. (2024). Bakteriyalarning bioplenkasi. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 210–216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63585

Ахмадова, Д. К. к., & Бекмирзаев, Э. Р. (2023). Морфология желчного пузыря и желчного сфинктера при верхней дуоденоеюнальной обструкции. Scholar, 1(18), 189–195. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/4244

ДК кизи Ахмадова, ЭР Бекмирзаев. SCHOLAR 1 (18), 189-195, 2023.

БИЛИРУБИН. ИР Бекмирзаев. PEDAGOGS jurnali 32 (2), 27-31, 2023. 2023. Muscle Biochemistry.

Eshnazarovich, Y. X., Ro‘ziboyevich, B. E., Faxriddinovna, K. M., Raxmatovna, X. Y., & o‘g‘li, S. O. B. (2022). Muscle Biochemistry. Central asian journal of mathematical theory and computer sciences, 3(11), 32-34. Retrieved from https://cajmtcs.centralasianstudies.org/index.php/CAJMTCS/article/view/274

Imamov, E., & Bekmirzaev, E. (2022). Causes and prevention of early post-pregnant bleeding. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 2(4), 60–63. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/3006

Bekmirzaev Eshquvvat Ro‘ziboevich, Sanoev Bakhtiyor Abdurasulovich, & Namozov Farrukh Jumayevich. (2025). Morphometric Indicators of the Prostate Gland After Hormoneal Therapy of Scar Processes in Experimental Intestines. American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149), 3(2), 1–3. Retrieved from https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/6786.

BE Ro‘ziboevich. Morphometric Indicators of the Prostate Gland After Hormoneal Therapy of Scar Processes in Experimental Intestines. International Congress on Biological, Physical And Chemical Studies (ITALY).

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Хусанов Саидбек Алмат Угли Eksperimental ichaklardagi chandiqli jarayonlarning gormonal terapiyadan keyingi prostata bezi morfometrik koʻrsatkichlar // Биология и интегративная медицина. 2025. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/eksperimental-ichaklardagi-chandiqli-jarayonlarning- gormonal-terapiyadan-keyingi-prostata-bezi-morfometrik-ko-rsatkichlar (дата обращения: 24.04.2025).

Хусанов Саидбек Алмат Угли, Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич O‘t-tosh kasalliklarini davolashda laparoskopik va an’anaviy usullarning solishtirma tahlili // Биология и интегративная медицина. 2025. №. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-t-tosh-kasalliklarini-davolashda- laparoskopik-va-an-anaviy-usullarning-solishtirma-tahlili (дата обращения: 24.04.2025).