Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Iran's Competitors and Strategic Partners in Central Asia:
The Search for Geopolitical Balance
Siroj SAPAROV
1
University of World Economy and Diplomacy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
In this article, the author analyzes Iran's position in the
geopolitical competition in Central Asia. Although Iran is
attempting to avoid direct competition with major powers in
the region, such as Russia and China, there remains a risk of
conflicting interests with them. Particularly against the
backdrop of China's economic dominance and Russia's political-
militaristic stance, Iran is utilizing transit, energy, and
diplomatic means to enhance its influence. Collaboration with
India serves to strengthen Iran's position in Central Asia in the
context of tensions with the West. The article also explores how
Iran is striving to achieve a strategic balance in this complex
competitive arena.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp72-76
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Geopolitical competition,
Russia,
China,
India,
strategic interests.
Eronning Markaziy Osiyodagi raqobatchilari va strategik
hamkorlari: geosiyosiy muvozanat izlanishlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
geosiyosiy raqobat,
Rossiya,
Xitoy,
Hindiston,
Markaziy Osiyo,
strategik manfaatlar.
Ushbu maqolada muallif tomonidan Eronning Markaziy
Osiyodagi geosiyosiy raqobatdagi o‘rnini tahlil qilinadi. Eron
mintaqada Rossiya va Xitoy kabi yirik kuchlar bilan bevosita
raqobat qilmaslikka urinayotgan bo‘lsa
-da, ular bilan
manfaatlar to‘qnashuvi xavf
i mavjud. Ayniqsa, Xitoyning
iqtisodiy ustunligi va Rossiyaning siyosiy-militaristik pozitsiyasi
fonida Eron o‘z ta’sirini oshirish uchun tranzit, energetika va
diplomatiya vositalaridan foydalanmoqda. Hindiston bilan
hamkorlik esa Eronning Markaziy Osiyod
agi pozitsiyasini G‘arb
bilan ziddiyatlar fonida mustahkamlashga xizmat qiladi.
1
Master degree student, University of World Economy and Diplomacy. Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: siroj5768@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
73
Maqolada, shuningdek, Eronning ushbu murakkab raqobat
maydonida qanday strategik muvozanatga erishishga harakat
qilayotgani yoritiladi.
Конкуренты и стратегические партнеры Ирана
в Центральной Азии: поиски геополитического
равновесия
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
геополитическая
конкуренция,
Центральная Азия,
Россия,
Китай, Индия,
стратегические интересы.
В статье рассматривается роль Ирана в условиях
геополитической конкуренции в Центральной Азии.
Несмотря
на
стремление
избежать
прямого
противостояния с такими державами, как Россия и Китай,
интересы
Ирана
нередко
пересекаются
с
их
стратегическими целями. В условиях
экономического
доминирования Китая и военно
-
политического влияния
России Иран пытается усилить своё присутствие через
транзитную дипломатию, энергетические связи и
прагматичные альянсы. Сотрудничество с Индией
рассматривается как элемент балансировки, особенно на
фоне
санкционного
давления
Запада.
В
статье
анализируется, как Иран выстраивает стратегию в этом
сложном конкурентном поле.
KIRISH
Markaziy Osiyo bugungi kunda global kuchlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat
markaziga aylangan. Rossiya, Xitoy va
AQSh mazkur hududda o‘z ta’sirini saqlashga
harakat qilayotgan bir paytda, Eron ham mintaqaga kirib borish va o‘z manfaatlarini
ilgari surish yo‘lida kurashmoqda. Garchi Eron bu raqobatda bevosita to‘qnashuvdan
qochsa-da, u Rossiyaning siyosiy-militaristik
ta’siri, Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasi va
G‘arb sanksiyalari fonida o‘z o‘rnini topishga urinmoqda.
Eron mintaqadagi logistika imkoniyatlari, Chobahar porti va Shimol
–
Janub
koridori orqali ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda. Biroq bu harakatlar Xitoy
va Rossiya
manfaatlari bilan kesishadi, bu esa yashirin raqobatni yuzaga keltiradi. Ushbu maqola
Eronning Markaziy Osiyodagi asosiy raqobatchilari bilan munosabatlarini, muvozanat
strategiyasini va mintaqada ta’sir uchun olib borayotgan kurashini tahlil qi
ladi.
Rossiya va Eron:
Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng Rossiya Markaziy Osiyoda
uzoq vaqt davomida asosiy siyosiy va harbiy ta’sir kuchi bo‘lib qoldi. 1990
-yillarda
Rossiya Eronning mintaqadagi roliga ham qisman shubha bilan qaragan
–
masalan,
Eronni
ng islomiy inqilob g‘oyalarini tarqatishi mumkinligidan ehtiyot bo‘lgan [1]. Biroq
hozirgi vaqtda, ayniqsa 2022-yildan keyingi geosiyosiy vaziyatda, Moskva va Tehron
Markaziy Osiyoda ko‘proq hamkorlik qilishga o‘tmoqda. Bunga asosiy omil –
G‘arb
sanksiyalari va bosimiga qarshi birgalikda harakat qilish zarurati. Rossiya va Eron
transport sohasida bir-
birini to‘ldiruvchi ittifoqdosh sifatida shakllanmoqda. Rossiya
O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi davlatlarga o‘z ta’sirini saqlab qolgan holda, ularga Eron
orqali
yangi savdo yo‘laklari ochilishiga xalaqit bermaydi, balki qo‘llab
-quvvatlamoqda
[2]. Masalan, Rossiya Shimol
–
Janub koridorini rivojlantirish uchun Eron infratuzilmasiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
74
sarmoya kiritmoqda (Rasht
–Astara temiryo‘li qurilishi uchun 1,6 mlrd dollar ajratish
va
h.k.). Bundan Markaziy Osiyo ham yutadi
–
Rossiya va Eron hamkorligi natijasida
Markaziy Osiyo yuklari uchun shimoldan janubga to‘siqlar kamayadi. Shu bilan birga,
Rossiya Eronning Markaziy Osiyoda haddan ziyod siyosiy ta’sir orttirishini ham
xohlamaydi. Aytish joizki, Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan xavfsizlik sohasida
(Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti
–
KXShT orqali) va iqtisodiy sohada
(Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi
–
EOI) yaqindan bog‘liq. Eron esa bu tashkilotlarga a’zo emas.
Kelgu
sida Eronning EOIga a’zo bo‘lish ehtimoli ham tilga olinmoqda. Agar shunday bo‘lsa,
Eron Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy integratsiyani Rossiya boshchiligidagi platforma
orqali ham chuqurlashtiradi. Hozircha esa Eron Rossiya bilan ikki tomonlama formatda
ha
rakat qilib, Markaziy Osiyoda raqobatdan ko‘ra hamkorlikni afzal ko‘rmoqda.
Xitoy va Eron:
Xitoy Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy hamkor bo‘lib, so‘nggi
o‘n yillikda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi (BRI) orqali ulkan infratuzilma va
investitsiyalar jalb etdi.Eron ham Xitoyning yaqin strategik hamkoridir
–
2021-yilda ikki
davlat 25 yillik keng qamrovli hamkorlik bitimini imzoladi.[3] Markaziy Osiyoda Xitoy va
Eron munosabatlari ko‘proq hamkorlik va muvofiqlik sifatida namoyon bo‘lmoqda,
garchi ba’zi s
ohalarda manfaatlar kesishsa-da. Xitoy Eronni BRI doirasidagi muhim
bo‘g‘in deb biladi: masalan, Xitoy–
Markaziy Osiyo
–G‘arbiy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha
yuklar Eron orqali Yevropaga chiqishi variantini ko‘rib chiqqan (Xitoyning g‘arbiy
provinsiyalaridan Mar
kaziy Osiyo orqali Eron portlariga temiryo‘l va avtomobil yo‘llari).
Bu Xitoy uchun Fors ko‘rfazi yo‘nalishini qo‘lga kiritish degani. Hozircha asosiy e’tiborini
Xitoy Pokiston va Markaziy Osiyodagi investitsiyalarga qaratsa-da, Eron hududi BRI
uchun muhim
bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun Pekin Tehron bilan yaqin aloqada.Eron
SHHTga qabul qilinishida Xitoy va Rossiyaning roziligi hal qiluvchi bo‘ldi. Shu bilan birga,
iqtisodiy raqobat nuqtai nazaridan, Eron Markaziy Osiyoda Xitoy bilan tenglasha olmaydi
–
Xit
oyning mintaqadagi sarmoyasi va savdo hajmi bir necha o‘n milliard dollarni tashkil
etsa, Eronniki bir necha yuz milliondir [4, 5].
Bu holatni eronlik tahlilchilar ham tan oladi: “Eronning savdosi boshqa
raqobatchilar bilan solishtirganda maqtanarli emas” deya ta’kidlanadi
[6].
Ya’ni Markaziy
Osiyo mamlakatlari uchun Xitoy birinchi darajali savdo hamkor bo‘lib qolaveradi, Eron
esa faqat qo‘shimcha imkoniyat rolini o‘ynaydi. Shu sababdan, Xitoy va Eron Markaziy
Osiyoda to‘qnash kelmaslikka harakat qilmoqda –
aksincha, masalan, Xitoyning Markaziy
Osiyodan Xuroson (Eron) orqali Yaqin Sharqqa o‘tuvchi trans
-
eron temiryo‘l loyihalarini
birgalikda qo‘llab
-
quvvatlash ehtimoli mavjud. Kelgusida agar G‘arb bosimi
kuchayaversa, Xitoy, Rossiya va Eron o‘zaro yaqinlashi
b, Markaziy Osiyoda bir-birining
manfaatini hurmat qilgan holda integratsion loyihalarni yuritishi mumkin. Xulosa qilish
mumkinki, Xitoy va Eron o‘rtasida Markaziy Osiyoda ochiq raqobatdan ko‘ra, soxta
raqobat yoki ittifoqdoshlik unsurlari ko‘proq –
ular m
intaqada G‘arb (AQSh va Yevropa)
ta’sirini cheklashda bir safda turadi, lekin o‘zaro iqtisodiy musobaqada Xitoyning
ustunligi shubhasiz.
Hindiston va Eron:
Hindiston Markaziy Osiyoda uzoq muddat ikkinchi darajali rol
o‘ynab kelgan bo‘lsa
-
da, so‘nggi paytlarda bu holat o‘zgarib bormoqda. Dehli Markaziy
Osiyoga chiqishda Eron hududini eng maqbul yo‘l deb biladi. Chobahar portini
rivojlantirishga Hindistonning qiziqishi aslida Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi
aloqalarni kuchaytirish maqsadidir [7]. Hindiston Pokiston bilan murakkab
munosabatlari tufayli Markaziy Osiyo bilan savdoda qiyinchilik sezgan; endi Eron orqali
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
75
bu qiyinchilikni yengib, mintaqaga kirib borishni xohlaydi. 2015-yilda Hindiston
“Markaziy Osiyo bilan aloqalar” yangi strategiyasini e’lon
qilgan bo‘lib, unda transport,
energetika va xavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlik ko‘zda tutilgan. Eron mazkur
strategiyada “kalit” rolini o‘ynaydi. Shu bilan birga, Hindiston AQShga yaqin
ittifoqdoshlardan biri bo‘lgani uchun, Tehron
-Dehli munosabatlarig
a G‘arb sanksiyalari
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. So‘nggi yillarda Eronning Hindistonga neft eksporti deyarli to‘xtadi
(AQSh sanksiyalari tufayli), savdo hajmi pasaydi. Biroq, Chobahar porti bo‘yicha
Hindistonga berilgan AQSh istisnosi mavjud
–
ya’ni AQSh Hind
istonga Chobaharga
sarmoya kiritish va u yerdan Afg‘onistonga gumanitar yordam yo‘llashga ruxsat bergan
[8].
Bu Hindistonning Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi faolligi uchun muhim hisoblanadi.
AQSh va G‘arb omili:
Garchi AQSh so‘nggi yillarda Markaziy Osiyod
a faol
ishtirokini kamaytirgan bo‘lsa
-
da, geosiyosiy fonda G‘arb
-Eron ziddiyati ham mintaqaga
ta’sir etadi. Markaziy Osiyo davlatlari AQSh va Yevropa bilan ham yaxshi aloqalar
rivojlantirishga harakat qilmoqda, shu bilan birga Eron bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘ymoqda. Bu ba’zan qiyin muvozanat talab qiladi –
masalan, Eron yadro dasturi
bo‘yicha sanksiyalar Markaziy Osiyoning Eronga savdo
-
sarmoyasini cheklab qo‘yadi
(bank operatsiyalari qiyinligi tufayli). Ayrim tahlillarga ko‘ra, agar Eron va AQSh o‘rtasida
kelishuvlar yuzaga kelsa (masalan, yadro bitimi yangilansa), bu Markaziy Osiyo uchun
ijobiy bo‘ladi –
Eronning izolyatsiyasi yumshab, u bilan mintaqaviy savdo va transport
loyihalari hech qanday cheklovsiz amalga oshadi. Darhaqiqat, eronlik ekspertlar “Ero
n va
AQSh o‘rtasidagi tanglikning pasayishi Toshkent hukumatiga ham foyda keltiradi” deb
hisoblashmoqda, chunki sanksiyalar bosimi kamaygach, O‘zbekiston bemalol Eronga
investitsiya yoki savdo hajmini oshirishi mumkin bo‘ladi
[9].
XULOSA
Eronning Markaziy Osiyodagi ishtiroki geosiyosiy raqobat va hamkorlik
muvozanatida shakllanmoqda. U Xitoy va Rossiya bilan G‘arbga qarshi turishga intilsa
-da,
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Hindiston bilan hamkorlik
orqali mintaqadagi o‘
rnini mustahkamlashga urinmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari esa
Eronni muhim hamkor sifatida ko‘rib, pragmatik aloqalarni rivojlantirmoqda, biroq
tashqi kuchlarga to‘liq tayanishdan tiyilmoqda. Eron uchun mintaqa kelajakdagi strategik
bozor sifatida qadrlanmoqda. Bu hamkorlik sekin, lekin barqaror tarzda chuqurlashib
boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Peyrouse
, S. (2014). Iran’s Growing Role in Central Asia? Geopolitical, Economic
and Political Profit and Loss Account. Al Jazeera Centre for Studies.
https://studies.aljazeera.net/en/dossiers/2014/04/2014416940377354.html
2.
Goble, P. (2024). Iran Increasing Its Influence in Central Asia With Expanded
Trade across Turkmenistan. The Jamestown Foundation. https://jamestown.org/
program/iran-increasing-its-influence-in-central-asia-with-expanded-trade-across-
turkmenistan/
3.
Reuters. (2021). Iran and China sign 25-year cooperation agreement. Reuters.
https://www.reuters.com/world/china/iran-china-sign-25-year-cooperation-
agreement-2021-03-27/
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
76
4.
The Times of Central Asia. “Iran’s Non
-
Oil Exports to Uzbekistan Rise by 18%.”
The Times of Central Asia, 18 Mar. 2024, https://timesca.com/irans-non-oil-exports-to-
uzbekistan-rise-by-18.
5.
“China Enhances Position as Central Asia's Economic Overlord.” Eurasianet, 29
Jan. 2025, https://eurasianet.org/china-enhances-position-as-central-asias-economic-
overlord.
6.
Umarova, Nargiza. How Does Central Asia Cooperate With Iran to Access World
Markets? The Diplomat, August 2024. Retrieved from: https://thediplomat.com/
2024/08/how-does-central-asia-cooperate-with-iran-to-access-world-markets
7.
Jalilov, Orkhan. Uzbekistan to Join Iran’s Chabahar Intern
ational Trade Project.
Caspian News, January 25, 2022. Retrieved from: https://caspiannews.com/news-
detail/uzbekistan-to-join-irans-chabahar-international-trade-project-2022-1-25-37
8.
Sacks, David. Despite a Recent India-Iran Agreement, Challenges Loom for
Chabahar
Port.
Stimson
Center,
May
2024.
Retrieved
from:
https://www.stimson.org/2024/despite-a-recent-india-iran-agreement-challenges-
loom-for-chabahar-port
