Авторы

  • Гузал Хусенова
    Магистрант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp593-600

Ключевые слова:

искусственный интеллект авторское право творческое произведение маркировка ИИ как инструмент международная практика

Аннотация

В статье рассматриваются правовые аспекты авторского права в контексте творчества с использованием искусственного интеллекта. Проанализированы положения законодательства Республики Узбекистан, в том числе проект закона «Об искусственном интеллекте», предусматривающий обязательную маркировку ИИ-контента и защиту персональных данных. Делается вывод о том, что искусственный интеллект не может быть признан субъектом авторства, но выступает в роли инструмента. Также исследуются международные правовые кейсы и судебная практика.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Artificial Intelligence as a Subject and Tool of Creation:
Technical and Legal Aspects

Guzal KHUSENOVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025
Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

This thesis analyzes the legal status of creative products

generated by artificial intelligence, particularly focusing on

their assessment within the framework of copyright law. The

study examines issues of mandatory labeling for AI-generated

content, personal data protection, and copyright safeguards
based on the existing regulatory framework in the legislation of

the Republic of Uzbekistan, as well as the newly proposed draft

law "On Artificial Intelligence." Furthermore, drawing from

real-world scenarios in international practice, judicial
precedents, and experiences of other countries, the thesis

argues for the legal status of artificial intelligence as a tool

rather than a creator.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp593-600

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

artificial intelligence,

copyright,

creative work,

labeling,

AI as a tool,

international practice.

Sun’iy

intellekt ijod subyekti va vositasi sifatida: texnik va

huquqiy jihatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sun’iy intellekt,

mualliflik huquqi,

ijodiy mahsulot,

markirovka,

AI vositasi,

xalqaro amaliyot.

Mazkur tezisda sun’iy intellekt vositasida yaratilgan ijodiy

mahsulotlarning huquqiy maqomi, xususan, mualliflik huquqi

doirasida baholanishi tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligidagi mavjud me’yoriy

-huquqiy bazalar, yangi

qabul qilinayot

gan “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi

asosida AI kontenti uchun majburiy markirovka, shaxsiy

ma’lumotlarni himoya qilish va mualliflik huquqlarining
himoyasi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xalqaro

amaliyotdagi real holatlar, sud precedenti va boshqa davlatlar

tajribasi asosida sun’iy intellektning ijodkor sifatida emas, balki

vosita sifatida huquqiy maqomi asoslanadi.

1

Master degree student, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

594

Искусственный интеллект как субъект и инструмент

творчества: технические и правовые аспекты

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

искусственный интеллект,
авторское право,
творческое произведение,

маркировка,

ИИ как инструмент,
международная практика.

В статье рассматриваются правовые аспекты авторского

права в контексте творчества с использованием

искусственного

интеллекта.

Проанализированы

положения законодательства Республики Узбекистан,

в том числе проект закона «Об искусственном интеллекте»,

предусматривающий обязательную маркировку ИИ

-

контента и защиту персональных данных. Делается вывод
о том, что искусственный интеллект не может быть
признан субъектом авторства, но выступает в роли

инструмента.

Также

исследуются

международные

правовые кейсы и судебная практика.


KIRISH

Bugungi kunda sun’iy intellekt tomonidan matnlar, tasvirlar hamda musiqalar

yaratish jarayonining jadal sur’atlar bilan hayotimizga kirib kelishi, mualliflik
konsepsiyasini zamonaviy huquq nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga majbur

qilmoqda. Avvallari ijod inson aql-zakovati va ruhiy-

intellektual mehnatining o‘ziga xos

mevasi

dir, degan tasavvur hukmron bo‘lgan edi. Ammo endilikda bu tasavvurlar o‘zgarib

bormoqda

yaratilayotgan asarlar tobora ko‘proq neyrotarmoq asosidagi algoritmik

tizimlar bilan inson tafakkuri o‘rtasidagi murakkab hamkorlik mahsuliga aylanmoqda.

Bunday jar

ayon esa mualliflik huquqining an’anaviy mezonlarini yangidan ko‘rib

chiqishni, hatto ayrim hollarda, ularni qayta talqin qilishni taqozo etmoqda.

Shu bois, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asar muallifi kim hisoblanadi degan

savol yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, bu savol to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri tartibga

soluvchi normalar mavjud bo‘lmagan huquqiy tizimlar uchun keskin ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir
sharoitda, sun’iy intellekt sohasini tartibga solishning asoslarini belgilovchi “Sun’iy
intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va 2025

-yil aprel oyida birinchi

o‘qishda qabul qilindi. Mazkur hujjatda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentni

majburiy belgilash,

inson huquqlarini buzishga qaratilgan sun’iy intellektdan

foydalanishni taqiqlash kabi normalar ko‘zda tutilgan, shuningdek, tartibga solish
“texnologiyalarni cheklamasligi” ta’kidlanib, huquqiy maydonda faqat ustuvor doiralarni
belgilovchi yondashuv qo‘ll

anilgan.

Mazkur tezisning bosh maqsadi sun’iy intellektning mualliflik huquqi sohasiga ta’sirini

chuqur tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ayniqsa O‘zbekiston qonunchiligi doirasida yuzaga
kelayotgan holatlarni xalqaro tajriba bilan qiyosiy o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot predmetini sun’iy intellekt ishtirokida yaratilgan asarlarning huquqiy maqomi
tashkil etsa, obyekt sifatida esa mualliflik huquqining amaldagi himoya mexanizmlari va sun’iy

intellekt tomonidan yuzaga kelayotgan ijodiy kontentga nisbatan turli institutlar

qonunchilik, sud hokimiyati hamda ilmiy doiralarning munosabati tahlil etiladi.

Tadqiqotda quyidagi asosiy savollar ko‘rib chiqiladi:

Sun’iy intellekt O‘zbekiston Respublikasida muallif sifatida e’tirof etilishi

mumkinmi?


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

595

Su

n’iy intellekt ishtirokida yaratilgan asarlarni himoya qilish uchun qanday

huquqiy mexanizmlar mavjud?

O‘zbekistonning sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun loyihasi mualliflik va

intellektual mulkni himoya qilish masalalariga qanday munosabat bildiradi?

TADQIQOT USLUBLARI

Mazkur tezisni tayyorlash jarayonida sun’iy intellektning ijodiy faoliyatdagi

qo‘llanilishi bilan bog‘liq texnik va huquqiy jihatlarni kompleks yoritishga yo‘naltirilgan

umumilmiy hamda xususiy-

huquqiy usullar qo‘llanildi.

Tadqiqotning metodologik asoslari orasida tizimli yondashuv alohida ahamiyat

kasb etdi. Bu yondashuv sun’iy intellektni nafaqat texnologik hodisa sifatida, balki
intellektual mulk sohasidagi huquqiy munosabatlarning ehtimoliy subyekti sifatida ko‘rib

chiqish imkonini berdi.

Qiyosiy-huquqiy usul

esa turli milliy va xalqaro huquqiy rejimlarni solishtirishda

qo‘llanildi. Bu uslub mualliflik huquqlari sun’iy intellekt ishtirokida yoki sun’iy intellekt

yordamida yaratilgan asarlarga nisbatan qanday tartibga soli

nishini o‘rganishga xizmat

qildi. Tahlil doirasida O‘zbekiston milliy qonunchiligi normalari, xalqaro tashkilotlarning
huquqiy pozitsiyalari, shuningdek, yetakchi yurisdiktsiyalar amaliyoti o‘rganildi.

Shuningdek,

mantiqiy-huquqiy usul

qo‘llanilib, sun’iy

intellektning muallif sifatida

huquq subyekti bo‘lishi mumkinligiga oid nazariy baholash amalga oshirildi.

Tahliliy usul

yordamida esa zamonaviy ilmiy nashrlarda bayon etilgan ilmiy yondashuvlar va

doktrinal pozitsiyalar chuqur o‘rganildi.

Mualliflik huquq

ining mavjud va istiqbolli normalariga sun’iy intellektning ta’sirini

baholash uchun

funktsional va talqiniy yondashuv

qo‘llanilib, qator yurisdiktsiyalardagi

sud-

huquq va ma’muriy amaliyot tahlil qilindi. Bundan tashqari,

prognostik usul

dan

foydalanilib,

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha

takliflar ilgari surildi. Bu takliflar sun’iy intellektning kreativ industriyaga tobora

chuqurroq integratsiyalanib borayotgan sharoitida ishlab chiqildi.

Yuqorida qayd etilgan metodolo

gik vositalarning uyg‘unligi sun’iy intellektning

ijodiy jarayon ishtirokchisi sifatidagi texnik va huquqiy dual xususiyatini yoritishga,
shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida huquqiy tartibga solishni moslashtirish
zarurligini asoslashga imkon berdi.

NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi sohasidagi qonunchiligi an’anaviy

antropotsentrik yondashuvni saqlab qolmoqda, ya’ni muallif sifatida faqat jismoniy

shaxs tan olinadi. 2006-yil 20-

iyuldagi  № 42 “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar

to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlab yuzaga

keladi va muallifning butun hayoti davomida hamda u vafotidan keyin 70 yil mobaynida

amal qiladi. Taxallus ostida e’lon qilingan hollarda esa bu muddat nashr etilgan kundan
boshlab 50 yilni tashkil etadi. Shunday qilib, amaldagi huquqiy model doirasida sun’iy

intellekt inson ishtirokisiz original asar yaratgan taqdirda ham mualliflik huquqining
subyekti sifatida tan olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ha

m ushbu yondashuvni

tasdiqlaydi. Unda mualliflik huquqi obyektlari sifatida insonning ijodiy faoliyati natijalari
tan olinadi, avtomatlashtirilgan tizimlar natijalari esa bu doiraga kiritilmagan. Mualliflik
huquqlari buzilishi fuqarolik-huquqiy va jinoiy j

avobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

596

177

1

-moddasida

va Jinoyat kodeksining 149-moddasida asarlardan noqonuniy

foydalanish, mualliflikni o‘zlashtirish va asarni boshqa shaxs nomidan e’lon qilish uchun

javobgarlik belgilangan.

Shu tariqa, sun’iy intellekt faoliyati natijalari faqatgina ularning yaratilishida inson –

tizim yaratuvchisi, operatori yoki foydalanuvchisi tomonidan amalga oshirilgan anglangan

va ijodiy hissa mavjud bo‘lgan

taqdirdagina huquqiy himoya obyekti bo‘lishi mumkin.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati jadal ortib borayotgan va AI

-kontent

hajmining keskin oshayotgan sharoitida, 2025-yil 15-

aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palat

asi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi

qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilganligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik.

Ushbu hujjat raqamli texnologiyalar sohasida davlat siyosatini shakllantirish yo‘lidagi

muhim qadam bo‘ldi. U inno

vatsiyalarni cheklovchi emas, balki tartibga solishning

dastlabki yo‘nalishlarini belgilovchi xarakterga ega bo‘lib, texnologik taraqqiyot uchun

sun’iy to‘siqlar yaratmasdan amalga oshirilmoqda.

Qonun loyihasida sun’iy intellekt maxsus texnologik tizim sif

atida tavsiflanadi va

bu tushuncha huquqiy maydonda mustahkamlanadi. Asosiy qoidalar qatoriga sun’iy

intellekt yordamida yaratilgan kontentni majburiy markirovkalash kiradi

xususan,

bunday materiallar internetda yoki axborot tizimlarida joylashtirilgan hollarda. Bu talab

tasvirlar, videolar, matnlar, jumladan, san’at va adabiyotga oid ehtimoliy asarlarga ham

tegishli. Qonun loyihasida, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarning noqonuniy qayta

ishlanishi va tarqatilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo

‘lib, bunga deepfake

materiallar va inson huquqlarini buzishga olib keluvchi sintetik media ham kiradi.

Tan olish kerak, mazkur masala atrofidagi bahs-

munozaralar alohida e’tiborga

sazovor bo‘ldi: 2024

-

yil davomida O‘zbekistonda sun’iy intellekt tomonidan

yaratilgan va

qonunni buzuvchi kontent tarqatilishi bilan bog‘liq 3553 ta holat qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023

-

yilga nisbatan to‘rt baravar ko‘p bo‘lib, o‘shanda 1129 ta holat

aniqlangan edi. Mazkur raqamlar huquqiy munosabatlarda sun’iy intellekt isht

irokining

huquqiy jihatdan tartibga solinishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Bunday hodisalar faqat

shaxsiy huquqlargagina emas, balki axborot muhitiga bo‘lgan jamoatchilik ishonchiga

ham jiddiy putur yetkazadi. Ayniqsa, sun’iy intellekt san’at, jurnalistika yo

ki siyosiy ifoda

sohalarida qo‘llanilgan hollarda bu tahdid kuchayadi.

Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha alohida nazorat organi tashkil etilishi nazarda

tutilmagan bo‘lib, tartibga solish keyinchalik ijro etuvchi tuzilmalar tomonidan ishlab

chiqiladigan q

uyi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Qonun faqat dastlabki

“o‘yin qoidalari”ni shakllantiradi. Bunday moslashuvchan model Yevropa Ittifoqi

tomonidan qabul qilinayotgan qat’iy reglamentlar bilan, shuningdek, AQShning

innovatsiyalar erkinligiga

ustuvorlik beruvchi yondashuvi bilan solishtirib ko‘rilmoqda.

O‘zbekistondagi qonunchilik tashabbuslari sun’iy intellekt nafaqat vosita, balki

nazariy jihatdan intellektual mulk subyekti sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan global

tendensiyalar fonida shakllanmoqda.

Bu masalalarga mintaqaviy e’tibor namunasi sifatida 2025

-yilgi xalqaro talaba-

yuristlar huquqiy sessiyasi, ya’ni Legathon MaxUP 2025ni ko‘rsatish mumkin. Ushbu

tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistonning yosh yuristlari ishtirok etib, sun’iy

intellekt tomonidan yaratilgan matnlar va tasvirlarga oid mualliflik huquqlari bilan

bog‘liq huquqiy vaziyatlarni modellashtirdilar. Ishtirokchilar sun’iy intellekt tomonidan

yaratilgan kontentga nisbatan huquqlar foydalanuvchi yoki ishlab chiquvchiga tegishli

bo‘lishi, ammo kontent manbasini majburiy markalash zarurligi haqida xulosa qilishdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

597

Jahon sud amaliyotida esa sun’iy intellekt muallif sifatida tan olinmaydigan

barqaror tendensiya shakllangan. Masalan, mashhur DABUS ishi bo‘yicha AQSh, Yev

ropa

Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya sudlari ixtironi sun’iy intellekt nomidan ro‘yxatdan
o‘tkazish iltimosini rad etgan. Sababi, amaldagi qonunchilikka ko‘ra muallif faqat
jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh Mualliflik byurosining

p

ozitsiyasiga ko‘ra, inson hissasi bo‘lmagan sun’iy intellekt yaratgan asar muallif sifatida

ro‘yxatga olinmaydi.

Xitoyda esa

Tencent

kompaniyasining

Yingxun

ustidan ochgan ishida sud sun’iy

intellekt kontentini huquqiy himoya qilish mumkinligini tan oldi,

biroq muallif deb sun’iy

intellektni emas, balki 150 dan ortiq individual matnli promtlar orqali tizimni
boshqargan insonni tan oldi.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentning huquqiy e’tirof etilishi

masalasida o‘ziga xos amaliy

ahamiyatga ega ish bu

Li Liu

’ga qarshi da’vo ishi bo‘lib,

u 2023-

yil noyabr oyida Pekin Internet sudida ko‘rib chiqilgan. Mazkur nizoda da’vogar

Li

Stable Diffusion

nomli generativ sun’iy intellekt modelidan foydalanib, vizual tasvir

yaratgan va keyinchalik bu tasvir javobgar Liu tomonidan ruxsatsiz ishlatilganini asos
qilib, mualliflik huquqini talab qilgan. Sud muhokamasining markaziy savoli shundan
iborat ediki:

sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent mualliflik huquqi bilan

himoyalanishi mumki

nmi va agar mumkin bo‘lsa, muallif deb kim tan olinadi?

Sud sun’iy intellekt muallif bo‘la olmasligini, biroq inson tomonidan yetarli

darajada ijodiy boshqaruv va intellektual hissa qo‘shilgan hollarda, aynan ushbu inson

muallif sifatida tan olinishi mumki

nligini ta’kidladi. Xususan, Li tomonidan 150 dan ortiq

individual promtlar tuzilgani, natijalar tanlab olingani va yakuniy tahrir amalga

oshirilgani sud tomonidan inson ijodining isboti sifatida e’tirof etildi. Shu asosda sud

mualliflik huquqini Li foydasiga tan oldi.

Mazkur qaror gibrid mualliflik konsepsiyasini amaliyotga tadbiq qilgan muhim

pretsedent bo‘lib, sun’iy intellektni vosita sifatida, mualliflikni esa inson ijodiy qarorlari

orqali belgilash zaruratini tasdiqlaydi. Bu yondashuv xalqaro huquqiy tendensiyalarga

mos bo‘lib, innovatsion texnologiyalarni an’anaviy intellektual mulk prinsiplariga

integratsiya qilishning amaliy modelini taklif etadi.

O‘zbekistonda esa hozircha sun’iy intellekt va mualliflik huquqi bilan bevosita

bog‘liq sud ishlari qay

d etilmagan. Biroq, ayrim bilvosita holatlar mavjud. Masalan,

Merck Sharp & Dohme

kompaniyasining bir qator o‘zbek firmalariga qarshi ochgan patent

nizosida texnik avtomatlashtirish dalili ilgari surilgan bo‘lsa

-

da, sun’iy intellekt bevosita

ishda ishtirok etmagan. Bu esa, intellektual mulk obyekti qisman algoritmlar tomonidan

yaratilgan hollarda huquqiy himoya qanchalik murakkab bo‘lishi mumkinligini
ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt kontent bilan bog‘liq bevosita tahdid sifatida

sintetik feyk

lar tarqalishi alohida e’tiborga loyiq. Shunday holatlar sonining ortib

borayotgani markalashni majburiylashtirish tashabbusining dolzarbligini tasdiqlaydi. Bu

esa mualliflik huquqlarini himoya qilish va axborot muhitining shaffofligini ta’minlashga

xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va dunyo miqyosida shakllanayotgan huquqiy

landshaft antropotsentrik yondashuv asosida rivojlanmoqda: sun’iy intellekt –

bu vosita,

lekin subyekt emas. Shu bilan birga, inson ijodiy hissasini inobatga oluvchi gibrid

mexanizmlar shakllanmoqda. O‘zbekistonda qabul qilingan sun’iy intellekt to‘g‘risidagi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

598

qonun loyihasi texnologik taraqqiyot va huquqiy aniqlik o‘rtasida muvozanatni topishga
urinish bo‘lib, ayniqsa mualliflik huquqi sohasida, asar qadr

-qimmati uning kelib chiqish

manbai bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA

Zamonaviy huquqiy tartibga solish, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya va aksariyat

xorijiy yurisdiktsiyalarning mualliflik huquqi qonunchiligi antropotsentrik yondashuvga
asoslanadi: muallif sifatida faqat intellektual mehnati orqali ijodiy mahsul yaratgan inson

tan olinadi. Sun’iy intellekt esa bu kontekstda faqat vosita sifatida namoyon bo‘ladi;

hattoki u mustaqil ravishda matn, tasvir yoki musiqa yaratgan taqdirda ham.

Tadqiqotchi

E.A. Mixovich

ta’kidlaganidek, sun’iy intellektning huquqiy subyekt

sifatida tan olinishi uchun u huquq subyektligiga ega bo‘lishi kerak –

ya’ni huquq va

majburiyatlarga egalik qilish qobiliyatiga. Biroq sun’iy intell

ekt erkin iroda va mustaqil

motivatsiyaga ega emasligi sababli javobgarlikni o‘z zimmasiga ola olmaydi, shuning
uchun fuqarolik muomalasining to‘laqonli ishtirokchisi bo‘la olmaydi.

Shunga o‘xshash nuqtai nazarni

D.Yu. Aratskov

ham bildiradi. Uning fikriga

ko‘ra,

zamonaviy huquqiy tizimlarda (Avstraliya, Buyuk Britaniya, Rossiya) quyidagicha

yondashuv huquqiy mustahkamlab qo‘yilgan: sun’iy intellekt ishtirokida yaratilgan asar
muallifi deb faqat aqliy mehnat sarflagan inson, ya’ni dasturchi, ishlab chiquvch

i yoki

yakuniy foydalanuvchi e’tirof etiladi.

Ilmiy adabiyot va amaliyotda (

masalan, Kris Kashtanova ishi

) shakllanayotgan

gibrid mualliflik konsepsiyasi

inson tomonidan kiritilgan muhim hissani asos qiladi:

so‘rovni shakllantirish, natijalarni tanlash, yakuniy tahrirlash. Aynan ushbu inson omili,

hatto neyrotarmoq asosiy generatsiyani bajargan taqdirda ham, mualliflikni insonga

nisbat berishga asos bo‘lad

i.

Vu Thien Thuy Xien

fikricha, faqat inson ma’no va qadriyat strukturalarini

shakllantirish qobiliyatiga ega; sun’iy intellekt esa faqat mavjud namunalarni, ramzlar va

andozalarni takrorlaydi, biroq madaniy ongga ega emas. Bu farq texnik generatsiya bilan

to‘laqonli ijod o‘rtasidagi asosiy chegarani belgilaydi.

Shunday qilib, zamonaviy yondashuvlar sun’iy intellektni huquqiy subyekt sifatida

emas, balki ijodiy jarayonning vositasi sifatida ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, insonning
hissasi mavjud bo‘lgan h

olatlarda mualliflik huquqini belgilash uchun gibrid modellar

samarali va murosaviy yechim sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda 2025

-

yilda ishlab chiqilgan sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun

loyihasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentga m

ajburiy markirovkalash

qo‘yishni talab etadi. Ushbu chora texnologiyalarni cheklashga emas, balki raqamli ijod
sohasida shaffoflikni oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan
bo‘lib, inson mehnati mahsulini algoritmlar tomonidan yar

atilgan kontentdan ajratishga

imkon beradi. Deputat Ilhom Abdullayev ta’kidlaganidek, qonun loyihasining asosiy

maqsadi

“texnologiyalarni cheklash emas, balki asosiy o‘yin qoidalarini joriy etish”.

Bunday yondashuv xalqaro amaliyotga mos keladi. Xususan, Xitoyda amalda

qo‘llanilmoqda, Yevropa Ittifoqida esa keng muhokama qilinmoqda. Markirovkalash bu
yerda innovatsiya va huquqlarni himoya qilish o‘rtasida huquqiy muvozanatni
ta’minlovchi oraliq mexanizm sifatida ko‘riladi.

XAVFLAR VA HUQUQIY CHAQIRIQLAR

D

astlabki huquqiy mexanizmlar shakllanayotgan bo‘lsa

-da, quyidagi tizimli xavf va

muammolar mavjud bo‘lib, ular qonunchilikni yanada moslashtirishni talab qiladi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

599

1.

Mualliflikning tor talqini

Faqat insonni muallif deb tan oluvchi antropotsentrik model saqlanib qolsa, inson

ishtirokisiz sun’iy intellekt tomonidan to‘liq avtomatlashtirilgan holda yaratilgan asarlar
huquqiy himoyadan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu esa ularni yuridik noaniqlik yoki
ommaviy mulk maqomiga tushirib qo‘yadi.

2.

Boshqa shaxslarning ma’lumotla

ridan ruxsatsiz foydalanish

OpenAI, Meta, Anthropic kabi kompaniyalar tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt

modellar mavjud matnlar, tasvirlar va boshqa obyektlar asosida o‘qitiladi, ko‘pincha

mualliflarning roziligisiz. AQSh va Buyuk Britaniyada bu masala mualliflik huquqlarining

ommaviy buzilishi sifatida sud muhokamalariga sabab bo‘lgan (masalan, Meta va
OpenAI’ga nisbatan da’volar).

3. Deepfake va shaxsiy obrazni himoya qilish

Sun’iy intellekt allaqachon haqiqiy shaxslar ishtirokidagi soxta tasvir va vi

deolarni

yaratishda qo‘llanmoqda. O‘zbekiston ma’lumotlariga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar

soni 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 4 baravar ortgan. Bu holat nafaqat mualliflik

huquqiga, balki shaxsiy obraz, obro‘

-

e’tibor va shaxsga doir ma’lumotlarga tahdid

soladi.

Bunday muammolar jurnalistika, kinomatografiya, raqamli marketing kabi

sohalarga ham taalluqlidir

ayniqsa, realistik, biroq yolg‘on tasvirlar iste’molchiga

noto‘g‘ri axborot berib, shaxsiy huquqlarni buzishi mumkin bo‘lgan hollarda.

XULOSA

Sun’iy

intellekt texnologiyalari ijodiy sohalarga tobora kuchliroq ta’sir

ko‘rsatayotgan bir sharoitda, O‘zbekiston Respublikasi mualliflik huquqining an’anaviy
huquqiy modelini saqlab qolmoqda. Ushbu modelga ko‘ra, muallif sifatida faqat huquqiy

subyektlikka eg

a bo‘lgan va yaratilgan asar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola

oladigan inson e’tirof etiladi. Sun’iy intellekt esa mustaqil mualliflik subyekti emas, balki
ijodiy jarayonda qo‘llaniladigan vosita sifatida ko‘riladi. Bu yondashuv 2006

-yilgi

“Mualliflik

huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksida o‘z ifodasini topgan.

Biroq, 2025-

yil aprel oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan “Sun’iy intellekt

to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ushbu sohani

tartibga solish uchun institutsional asos yaratadi.

Xalqaro amaliyot va ilmiy munozaralarning rivojlanishi shuni ko‘rsatmoqdaki,

sun’iy intellekt ishtirokidagi asarlar muallifligini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta
ko‘rib chiqish zarur. Yuzaga kelayo

tgan huquqiy muammolar qatoriga quyidagilar kiradi:

inson ishtirokisiz yaratilgan asarlarni huquqiy himoya qilish mexanizmlarining

yo‘qligi;

AI-

modellarni o‘rgatishda mualliflik huquqlarining ommaviy buzilishi xavfi;

deepfake-kontentning keng tarqalishi orqali shaxsiy huquqlarga tahdid;

raqamli materiallar kelib chiqishining shaffofligini ta’minlash ehtiyoji.

Shu bois, zamonaviy huquqiy tizimlar oldida sun’iy intellekt bilan bog‘liq ijodiy

faoliyatni adolatli va muvozanatli tartibga soluvchi yondashuvlarni ishlab chiqish vazifasi
turibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”

qonuni;

2.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, ikkinchi q

ism;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

600

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi;

4.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

5.

Primary People’s Court of Nanshan District, China [2019]: Tencent Company v

Yingxun Company, Case No. Y0305MC No. 14010 at WIPO Lex, WIPO Lex, Primary

People’s Court of Nanshan District, China [2019]: Tencent Company v Yingxun Company,

Case No. Y0305MC No. 14010;

6.

Li v. Liu, Beijing Internet Court on November 27, 2023 (Case No.

(2023) Jing

0491 Min Chu No. 

11279)

at

https://copyrightblog.kluweriplaw.com/2024/02/02/

beijing-internet-court-grants-copyright-to-ai-generated-image-for-the-first-
time/?utm_source=chatgpt.com;

7.

Mikhovich, E. A. (2022).

Правовой

режим

произведений

,

созданных

с

помощью

искусственного

интеллекта

[Legal status of works created by artificial

intelligence].

Вопросы студенческой науки, (5), 390–

397;

8.

Aratskov, D. Y. (2025). Произведения, созданные с использованием

нейронной сети / искусственного интеллекта [Works created using neural network

/

artificial intelligence]. Закон и право, (2), 139–

144. https://doi.org/10.24412/2073-

3313-2025-2-139-144;

9.

United States Copyright Office, Letter re: Zarya of the Dawn by Kris Kashtanova,

February

21,

2023,

at

https://www.copyright.gov/rulings-filings/review-

board/docs/zarya-of-the-dawn.pdf.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, ikkinchi qism;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi;

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

Primary People’s Court of Nanshan District, China [2019]: Tencent Company v Yingxun Company, Case No. Y0305MC No. 14010 at WIPO Lex, WIPO Lex, Primary People’s Court of Nanshan District, China [2019]: Tencent Company v Yingxun Company, Case No. Y0305MC No. 14010;

Li v. Liu, Beijing Internet Court on November 27, 2023 (Case No. (2023) Jing 0491 Min Chu No. 11279) at https://copyrightblog.kluweriplaw.com/2024/02/02/beijing-internet-court-grants-copyright-to-ai-generated-image-for-the-first-time/?utm_source=chatgpt.com;

Mikhovich, E. A. (2022). Правовой режим произведений, созданных с помощью искусственного интеллекта [Legal status of works created by artificial intelligence]. Вопросы студенческой науки, (5), 390–397;

Aratskov, D. Y. (2025). Произведения, созданные с использованием нейронной сети / искусственного интеллекта [Works created using neural network / artificial intelligence]. Закон и право, (2), 139–144. https://doi.org/10.24412/2073-3313-2025-2-139-144;

United States Copyright Office, Letter re: Zarya of the Dawn by Kris Kashtanova, February 21, 2023, at https://www.copyright.gov/rulings-filings/review-board/docs/zarya-of-the-dawn.pdf.