Авторы

  • Гулдона Мамасалиева
    Старший преподаватель, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp623-627

Ключевые слова:

Наманганская область здравоохранение медицинская служба кадры специалистов сельские врачебные пункты

Аннотация

В статье на основе первоисточников и архивных данных анализируется оказание квалифицированных медицинских услуг сельскому населению, обеспеченность медицинских учреждений кадрами специалистов, деятельность сельских врачебных пунктов в этом направлении на примере Наманганской области.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Processes of providing skilled medical services in rural

areas of Namangan region

Guldona MAMASOLIEVA

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2025

Received in revised form

15 April 2025

Accepted 25 April 2025

Available online

25 May 2025

The article analyzes the provision of qualified medical

services to the rural population, the staffing of medical

institutions with specialist personnel, and the activities of rural

medical stations in this regard. The analysis is based on primary

sources and archival data, using the Namangan region as an

example.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp623-627

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Namangan region,

healthcare,

medical services,

specialist personnel,

rural medical points.

Namangan viloyati qishloqlarida malakali tibbiy xizmat

ko‘rsatilishi jarayonlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Namangan viloyati,

Sog‘liqni saqlash,

tibbiy xizmat,

mutaxassis kadrlar,

qishloq vrachlik punktlari.

Maqolada qishloq aholisiga malakali tibbiy xizmat

ko‘rsatilishi, tibbiy muassasalarni mutaxassis kadrlar bilan

ta’minlanishi va bu borada qishloq vrachlik punktlari faoliyati

birlamchi manbalar hamda arxiv ma’lumotlari asosida

Namangan viloyati misolida tahlil qilingan.

Процессы оказания квалифицированных медицинских

услуг в селах Наманганской области

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Наманганская область,

здравоохранение,

медицинская служба,

кадры специалистов,

сельские врачебные

пункты.

В статье на основе первоисточников и архивных

данных анализируется оказание квалифицированных

медицинских услуг сельскому населению, обеспеченность

медицинских

учреждений

кадрами

специалистов,

деятельность сельских врачебных пунктов в этом

направлении на примере Наманганской области.

1

Senior Lecturer, Andijan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

624

Mustaqillik arafasida qishloq aholi manzilgohlarining aksariyati yirik va

o‘

rta

kattalikdagi qishloqlarga aylanishi qishloqlar bilan tuman markazlari

o‘

rtasidagi

masofaning yaqinlashishiga olib keldi. Tabiiyki, bunday sharoitda tibbiy xizmat

k

o‘

rsatishning hududiy tashkil etilishi va rivojlanishida o

‘z

iga xos imkoniyatlar yaratiladi.

Natijada qishloq joylarda ham zamonaviy tibbiy xizmat k

o‘

rsatish tizimi barpo etilib,

rivojlana boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan Sog‘liqni

saqlash sohasini takomillashtirish davlat dasturi asosida tibbiyot tizimini tubdan qayta

qurish, ko‘p sarf

-

xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan

statsionar-

tibbiy yordamdan profilaktika tibbiyotiga o‘tishda muhim omil bo‘ldi.

Eski tizimdan farqli o‘laroq yangi tizimning

yaratilishi natijasida sohadagi kam

samara beruvchi ortiqcha bo‘g‘inlarga barham berildi. Bu esa o‘z navbatida odamlar

uchun qulaylik tug‘dirdi. Jumladan, zamonaviy asbob

-uskunalar bilan jihozlangan Qishloq

vrachlik punkt (bundan keyin

QVP) larida aholi

o‘zi uchun zarur bo‘lgan muolajani olish

imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ilgari oddiy muolaja uchun ham tuman yoki shahar tibbiyot

muassasasiga murojaat qilinar edi [1].

Namangan viloyatida mustaqillikning dastlabki 10 yili mobaynida 104 ta QVP

barpo etilib, 41 ta qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va FAPlari QVP maqomiga

o‘tkazilgan

[2].

Namangan viloyatida yangi qurilib, ishga tushirilgan hamda qayta tashkil qilingan

QVPlarda jami 169 nafar malakali shifokorlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, shundan 66 tasi

terapevt, 79 tasi pediatr, 13 tasi akusher-ginekolog, 10 tasi stomatolog mutaxassislarni

tashkil etadi. Ularning 60,4 foizi toifaga ega bo‘lgan, 45,6 foizi umumiy amaliyot

shifokorlarini qayta tayyorlash yo‘nalishida o‘z malakasini oshirgan. QVPlardagi

468 nafa

r o‘rta tibbiyot xodimlaridan 21,7 foizi toifali hisoblangan. 1998

-yil davomida

QVPlarda 856 ming nafar bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, har bir QVPda o‘rtacha

13,4 ming nafar bemor qabul qilingan, lekin Mingbuloq va Norin tumanlaridagi QVPlar

faoliyati

qoniqarli bo‘lmagan

[3].

QVPlarda ishlagan shifokorlarning malaka toifalarini tahlil qilsak, ularning

54,7 foizida toifa mavjud bo‘lgan. Ushbu holat tumanlar bo‘yicha o‘rganilganda Chust

tumanida 44,5 foiz, Mingbuloq tumanida 44 foiz, Chortoq tumanida 41,7 foiz,

Yangiqo‘rg‘on tumanida 39,9 foizni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan past

edi [4].

Masalan, Chortoq tumanidagi 7 ta QVPda mavjud 11 nafar shifokordan 7 nafari terapevt,

4 nafari pediatr mutaxassisi bo‘lib, birorta ham akusher

-ginekolog yoki stomatolog

bo‘lmagan. Mingbuloq, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida ham xuddi shunday

holat kuzatilgan [5].

Namangan viloyati bo‘yicha 1999

-yil davomida 1 ta QVPga 13 ming 700 nafar

bemorlarning qatnovi qayd qilingan. Viloyatda faoliyat ko‘rsatgan barcha QVPlardagi

392 ta kunduzgi shifo o‘rinlarida 15 ming 986 nafar bemor davolangan bo‘lsa, bir yil

davomida bir

shifo o‘rinda 40

-

41 nafar bemor davolanishiga to‘g‘ri kelib, bemorlarning

o‘rtacha davolanishi 8,8 kunni tashkil etgan

[6].

QVPlarda ishlash uchun malakali shifokorlar tanlab olinmaganligi va ularga amaliy

yordam berilmaganligi sababli bemorlar qatnovi ka

m bo‘lgan, patronaj hamda targ‘ibot

ishlari sust olib borilgan. Bemorlarning davolanishi va ularni kuzatish jarayoni, laborator

tahlillar va diagnostik tekshiruvlar yetarli darajada bo‘lmagan. Ayrim joylarda

mutaxassislarning fizioterapevtik va EKG apparatlarini ishlatishni bilmaganliklari sababli

ulardan unumli foydalanilmagan [7].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

625

QVPlardagi asosiy muammolardan yana biri bu yerlarda ko‘pincha umumiy

amaliyot shifokori faoliyat yuritganligida bo‘lgan. Ma’lumki, umumiy amaliyot shifokorini

tayyorlash bevosi

ta G‘arbiy Y

evropa davlatlari tajribasidan olingan. Mazkur hududlarda

kasalliklar turlari va qishloqda yashaydigan aholi soni kamligi, eng muhimi ulardagi

ijtimoiy turmush tarzi iqtisodiy jihatdan yaxshi bo‘lgani uchun umumiy shifokor faoliyat
yuritgan. O‘

zbekiston aholisining uchdan ikki qismi qishloq joylarida istiqomat qilishi

hisobiga ularning yoshi va kasallik turlari ham turlicha bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida
qishloq joylarida ham tor doiradagi shifokorlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganligini

anglatgan.

Mazkur davrda QVPlarga 1 mln 236 ming 700 ta qatnov bo‘lib, har bir QVPlar

hisobiga 15 ming 654 tadan to‘g‘ri keldi. Biroq bu ko‘rsatkichga nisbatan Norin,
To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlarida qatnovlar kam bo‘lgan. 1999

-yilda 79 ta

QVPlardan 72 tasi

da o‘rin

-

joyga ega bo‘lgan kunduzgi statsionarlar tashkil etilgan. Ularda

16 ming 130 nafar bemor shifo topgan bo‘lsa, davolanish kuni 353,1 kunga bemorlarni
o‘rinda o‘rtacha bo‘lishi 11,2 ni tashkil etgan. QVP

larda uyda tashkil qilingan 126 ta

statsionarl

arda 19 ming 739 ta bemor shifo topdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan

30 foizga

ko‘pdir

[8].

Keyingi vaqtlarda qishloq joylarida yashovchi aholiga tibbiyotni yaqinlashtirish,

malakali tibbiy yordamni ko‘rsatishni yaxshilash va qulaylik

yaratish maqsadida QVPlar

tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. Bu davrda Namangan viloyatida 79 ta QVP aholiga
xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, shularning 52 tasi yoki 70 foizi yangi qurilgan bo‘lib, hamma

shart-sharoitlar yaratib berilgan. Reja asosida QVPlar soni 2000-yil oxirida 90 taga
yetkazilgan [9].

2000-

yilda QVA va FAPlari o‘rnida va yangi qurish hisobiga 79 ta QVP qurish va

qayta tashkil qilish ishlari amalga oshirilgan, lekin QVPlarni tibbiy asbob-uskunalar bilan

jihozlashda belgilangan rejadan 15 mln 207 ming so‘m

mablag‘ kam sarflangan.

Topshirilgan har bir QVP uchun 44 turdagi jihozlarning o‘rtacha 37 turi, 298 birlikdagi
tibbiy jihozlardan o‘rtacha 213 donasi xarid qilingan, xolos

[10].

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 182

-

sonli “Respublika qishl

oq

infrastrukturasini rivojlantirishning 2000-

yilgacha bo‘lgan Dasturi” to‘g‘risidagi qarori

hamda Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligining “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamida

umumiy amaliyot shifokorlari ishini joriy etish borasidagi islohotlar, tashkil etilgan

QVPlarning ahvoli va ularning ish faoliyatini yaxshilash choralari to‘g‘risida”gi 7/17

-sonli

qarorlarining ijrosi yuzasidan 27 ta QVPlar qayta tashkil etildi, ularning miqdori 63 taga
yetkazildi. Natijada 2 ta qishloq uchastka shifoxonasi, 9 ta QVAlar hamda 15 ta FAPlari

qisqartirildi. Mavjud QVPlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 464

-son bu

yrug‘i asosida

jihozlandi [11].

Qishloq joylardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholi

jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini tatbiq qilish natijasida QVPlarning
moliyalashtirilishi 3 barobarga, QVPga aholi qatnovi 1 kishiga nisbatan 3,9 dan 4,6 gacha
ortdi [12].

2010-yilda Namangan viloyatida shahar va qishloq shifokorlik punktlari soni

247 taga yetdi, shu jumladan, 9 ta shahar shifokorlik punktlari tashkil etilib, faoliyati

yo‘lga qo‘yildi. Shundan, 82 ta QVP yangi kurilish, 165 ta QVP moslashtirish hisobiga

tashkil etilgan [13].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

626

Mamlakatda so‘nggi yillarda Qishloq oilaviy poliklinikalarin

i qurish, uning moddiy-

texnikaviy bazasini mustahkamlash va

kerakli tibbiy jihozlar bilan ta’minlash borasidagi

ishlar yangi bosqichga ko‘tarilib, sohadagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bu borada QVPlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqilib, sama

rasiz ishlayotgan punktlar

optimallashtirildi. Ularga sarflanayotgan mablag‘larni talab yuqori bo‘lgan QVPlarni

moddiy-texnikaviy

jihatdan

mustahkamlashga,

munosiblarini

poliklinikalarga

aylantirishga hamda malakali shifokorlarni rag‘batlantirishga yo‘nalt

irildi. QVPlar

faoliyatini tun-

kun yo‘lga qo‘yish va kerak bo‘lsa, shifokorlar u yerda yashashi uchun

zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor berildi.

“Bugungi kunda qishloq vrachlik punktlari birlamchi tibbiy ko‘rikni o‘tkazish

uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani
aholi uchun qulaylik yaratmoqda, lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali

mutaxassislar yetarli darajada emas. Ba’zi chekka hududlarda oddiy qon topshirish

uchun tuman mark

aziga yoki shaharga borishga to‘g‘ri kelayotganini ham inkor eta

olmaymiz.

Ayrim joylarda tibbiy ko‘riklar nomigagina o‘tkazilmoqda. Chekka hududlarda

malakali mutaxassislar yetishmayotgani kadrlar masalasida qilinadigan ishlar ko‘pligini

anglatadi. Qishloq vrachlik punktlari tun-

kun ishlamog‘i zarur

[

14]”, –

dedi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-

yanvar kuni sog‘liqni saqlash

sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvdagi nutqida.

Amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa,

qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam
tizimining faoliyatida ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda. Shifoxonalar va aholini dori-
darmon vositalari va tibbiy

ot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar

tashkil etish

borasidagi ishlar to‘la yakunlanmagan

.

Qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta ko‘rib chiqish, samarasiz ishlayotgan

punktlarni optimallashtirish, ularga sarflanayotgan mabla

g‘larni talab yuqori bo‘lgan

qishloq vrachlik punktlarini moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, maqsadga

muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish, malakali shifokorlarni rag‘batlantirishga
yo‘naltirish zarur.

Joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod etilib, zamonaviy asbob-uskunalar

bilan ta’minlandi, lekin odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi. Shu bois

qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak.
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika va viloyat shifoxonalaridagi malakali
shifokorlar jadval asosida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda qabullar

o‘tkazishi lozim, shunda xalqimiz tibbiy xizmatdan rozi bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalari f

aoliyatini yanada

takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan markazlarning tuman tibbiyot birlashmalari, bu
birlashmalarning qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar bilan hamkorligini
mustahkamlash, tibbiy xizmatning qaysi turlari bepul amalga oshirilishi va qaysilariga

pul to‘lanishini aniq belgilash, bu ma’lumotlarni har bir muassasada ko‘rinarli joyga yozib
qo‘yish zarur

[

15]”ligi qayd etildi.

Xulosa qilib aytganda,

aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda Qishloq vrachlik

punktlarining o‘rni beqiyosdir. O‘rganilayotgan davrda respublikada bo‘lgani singari

Namangan

viloyatlaridagi Qishloq vrachlik punktlarining faoliyatida ham ko‘plab

o‘zgarishlar amalga oshirildi. Raqamlashtirish texnologiyalari joriy qilinib, tibbiyot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2025) / ISSN 2181-1415

627

xodimlarining malakalari oshirildi. Bularning barchasi aholiga tibbiy yordamni
yaqinlashtirish uchun olib borilgan ishlar edi. Biroq, tizimda hali ham tibbiy yordam

ko‘rsatishni yaxshilash va boshqa muammolarga yechim topish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Джуманов С.А. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими асосий

йўналишларининг ривожланиш тарихи (1991 –

2015 йй)

:

Тарих. фан. бўй. фалс.

докт. (PhD) ... дис. aвтореф.–

Самарқанд, 2019. –Б. 23.

2.

Ҳайдаров

З.У. Наманган вилоятининг совет даври ва мустақиллик

йилларидаги ижтимоий

-

иқтисодий ва маданий тарихи: қиёсий таҳлил: Тарих фан.

номз. ... дисс. автореф. –

Наманган, 2007. –

Б. 16.

3.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 277

-

yig‘majild, 3

4-varaq.

4.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 335

-

yig‘majild, 4

-varaq.

5.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 335

-

yig‘majild, 67

-varaq.

6.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 335

-

yig‘majild, 68

-varaq orqasi.

7.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 335

-

yig‘majild,

70-varaq.

8.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 279

-

yig‘majild, 49

-varaq

9.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 336

-

yig‘majild, 36

-varaq.

10.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 279

-

yig‘majild, 50

-varaq

11.

Namangan VDA, 908-fond, 1-

ro‘yxat, 277

-

yig‘majild, 3

6-varaq.

12.

Ғайибназаров

Б.К., Абдувалиева Ё. Ўзбекистонда кичик бизнес ва хусусий

тадбиркорликни ривожлантириш –

мустаҳкам оила пойдевори / Мустақиллик

йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий

-

иқтисодий ривожланиши. Илмий

-

оммабоп

мақолалар тўплами. –

Тошкент, 2013. –

Б. 73.

13.

Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi

joriy arxivi.

14.

Mirziyoy

ev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. 1

-jild.

Toshkent: O‘zbekiston, 2017. –

B.186.

15.

Mirziyoy

ev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. 1

-jild.

Toshkent: O‘zbekiston, 2017. –

B. 310.

Библиографические ссылки

Джуманов С.А. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими асосий йўналишларининг ривожланиш тарихи (1991 – 2015 йй): Тарих. фан. бўй. фалс. докт. (PhD) ... дис. aвтореф.– Самарқанд, 2019. –Б. 23.

Ҳайдаров З.У. Наманган вилоятининг совет даври ва мустақиллик йилларидаги ижтимоий-иқтисодий ва маданий тарихи: қиёсий таҳлил: Тарих фан. номз. ... дисс. автореф. – Наманган, 2007. – Б. 16.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 277-yig‘majild, 34-varaq.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 335-yig‘majild, 4-varaq.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 335-yig‘majild, 67-varaq.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 335-yig‘majild, 68-varaq orqasi.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 335-yig‘majild, 70-varaq.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 279-yig‘majild, 49-varaq

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 336-yig‘majild, 36-varaq.

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 279-yig‘majild, 50-varaq

Namangan VDA, 908-fond, 1-ro‘yxat, 277-yig‘majild, 36-varaq.

Ғайибназаров Б.К., Абдувалиева Ё. Ўзбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш – мустаҳкам оила пойдевори / Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий- иқтисодий ривожланиши. Илмий-оммабоп мақолалар тўплами. – Тошкент, 2013. – Б. 73.

Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi joriy arxivi.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B.186.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 310.