Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Uzbekistan during World War II: Heroism at the Front and
on the Home Front
Naim OBLOMURADOV
1
, Doniyor KURBONBOEV
2
Tashkent State University of Economics
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article, based on historical evidence, illuminates the
heroism, selfless labor, and significant contribution of the Uzbek
people to the victory over fascism during World War II, both on
the front lines and on the home front. It provides a detailed
analysis of the Uzbek people's bravery on the battlefield, their
participation in arduous and crucial work on the labor front, the
reconstruction of evacuated enterprises, achievements in
military production, and the humanitarian aid extended to
liberated territories. The relevance of this research lies in
conveying the historical truths of the war years to the younger
generation, thereby reinforcing the spirit of national values and
patriotism.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp616-622
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
World War II,
Uzbekistan,
military valor,
labor front,
evacuation,
wartime economy,
industry,
patriotism,
Victory Park,
historical memory.
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida: front va front
ortidagi jasorat
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Ikkinchi jahon urushi,
O‘zbekiston,
front jasorati,
mehnat fronti,
evakuatsiya,
urush iqtisodiyoti,
sanoat,
vatanparvarlik,
G‘alaba bog‘i,
tarixiy xotira.
Mazkur maqola Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston
xalqining front va front ortidagi jasorati, fidokorona mehnati va
fashizm ustidan qozonilgan
g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini
tarixiy dalillar asosida yoritadi. Unda o‘zbek xalqining urush
maydonidagi mardligi, mehnat frontidagi og‘ir va mas'uliyatli
ishlardagi ishtiroki, evakuatsiya qilingan korxonalarning qayta
tiklanishi, harbiy mahsulot ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari
va ozod etilgan hududlarga ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami
batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi urush yillaridagi
tarixiy haqiqatlarni yosh avlodga yetkazish, milliy qadriyat va
vatanparvarlik ruhini mustahkamlash bilan belgilanadi.
1
Doctor of Historical Sciences, Professor, Tashkent State University of Economics.
2
Student, Tashkent State University of Economics.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
617
Узбекистан в годы Второй мировой войны: мужество
на фронте и в тылу
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Вторая мировая война,
Узбекистан,
героизм на фронте,
трудовой фронт,
эвакуация,
военная экономика,
промышленность,
патриотизм,
Парк Победы,
историческая память.
В данной статье на основе исторических фактов
освещается героизм и самоотверженный труд народа
Узбекистана в годы Второй мировой войны, а также его
значительный
вклад
в
победу
над
фашизмом.
Рассматриваются мужество узбекского народа на полях
сражений, участие в тяжелом и ответственном труде в
тылу, восстановление эвакуированных предприятий,
успехи в производстве военной продукции
и гуманитарная
помощь освобожденным территориям. Актуальность
исследования определяется необходимостью донесения
исторической правды о годах войны до молодого
поколения, укрепления национальных ценностей и духа
патриотизма.
KIRISH
Barchamizga ma’lumki,
urush har doim insoniyat uchun bitmas jarohatlar, ulkan
talafotlar keltirgan mash’um hodisa bo‘lib kelgan. Unda kimdir ozodligini, kimdir o‘z
Vatanini, yana kimdir o‘z oilasini hamda farzandlarini yo‘qotadi. So‘nggi bir necha yuz
yilliklarda insoniyat tari
xida sodir bo‘lgan urushlar uchida eng katta talafot keltirganlari,
albatta, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridir. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qoldirgan
jarohatlar hanuz millionlab qalblardan arigani yo‘q. O‘sha mash’um urush oqibatida
hanuzgacha qancha oilalar, qancha-
qancha insonlar og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazmoqda.
Ikkinchi jahon urushi asosan yer yuzidagi 12 ta davlatlar hududida olib borilib,
60 ga yaqin davlatlarni o‘ziga qamrab olgan.
Shu tariqa u yer shari aholisining salkam
80
foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi
butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941
–
1945-yillarda Ikkinchi jahon urushida faol
ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga munosib hissa
qo‘shdi. El
-
yurtimizni urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan
jasorat maktabi, g‘urur
-
iftixor manbai bo‘lib, vaqt o‘tgani sayin bu o‘lmas qadriyatlarning
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shuning uchun har yili 9-may mamlakatimizda Xotira
va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan
ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib fashizmga qarshi janglarda, mehnat
frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida etibor va ehtirom ko‘rsatish
yurtimizda olijanob an’anaga aylanib qoldi.
Mamlakatimizda 9-may
–
Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon
u
rushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan
ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida
e’tibor va chuqur ehtirom ko‘rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini
bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
xodimlari xotirasini ulug‘lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan,
Ikkinchi jahon urushida
qozonilgan g
‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga puxta tayyorgarlik
ko‘rish, uni yuksak darajada o‘tkazish, O‘zbekiston xalqining tarixiy qahramonligi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
618
fidokorona mehnatini ulug‘lash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqatli, bugungi tinch,
osoyishta hayotni asrab-avaylashga qodir insonlar etib tarbiyalash maqsadida Ikkinchi
jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda 9
-may
–
Xotira va qadrlash kunini
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”
shiori ostida
o‘tkazish
belgilandi
ADABIYOTLAR SHARHI
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan mardlik va fidoyilik haqida
ko‘plab tarixiy manbalar, hujjatlar, davlat qarorlari, Prezident nutqlari, shuningdek,
“O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” kabi fundamental nashrlar mavjud.
Shu bilan
birga, www.warheroes.uz kabi raqamli platformalarda urush qatnashchilari haqida aniq
ma’lumotlar to‘plangan. Ilmiy izlanishlarda O‘zbekistonning urush yillarida sanoatning
qayta qurilishi, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, ayollar va
yoshlarning mehnat frontidagi ishtiroki keng yoritilgan. Biroq ushbu mavzuni chuqur
o‘rganish va xalq jasoratini hujjatli asoslarda taqdim etish doimiy yangilanishni va tizimli
yondashuvni talab etadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola tarixiy-analitik uslub
da yozilgan bo‘lib, unda quyidagi metodlar qo‘llanilgan:
Tarixiy yondashuv
–
arxiv hujjatlari, davr matbuoti, Prezident nutqlari, qonun va
qarorlar asosida o‘rganilgan.
Tahliliy metod
–
statistik ma’lumotlar asosida urush yillaridagi sanoat, mehnat,
evakuatsiya va moddiy yordam hajmi tahlil qilingan.
Taqqoslash metodi
–
O‘zbekistonning boshqa urush qatnashchi davlatlar bilan
o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Deskriptiv metod
–
faktlarga tayangan holda O‘zbekiston xalqining mardlik va
fidoyili
k ko‘rsatkichlari bayon etilgan. Tadqiqotda rasmiy nashrlar, davlat hujjatlari,
kitob-albomlar va elektron resurslar asosiy manba sifatida xizmat qilgan.
ТАҲЛИЛ ВА НАТИЖАЛАР
Yaqin vaqtlarga qadar, 1941-yilda
O‘zbekiston aholisi jami
6 million 551 ming
kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb
hisoblanar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 9
-may
–
Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan
buyuk g‘alabaning
79 yilligi munosabati bilan
“O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi”
da qayd etilganidek,
“O‘sha og‘ir yillarda frontga safarbar etilgan 1 million 950 mingdan ziyod o‘zbekistonlik
jangchilardan 538 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgani, 158 mingdan ortig‘i bedarak
yo‘qolgani, 870 mingdan oshig‘i turli jarohatlar olgani, 60 ming nafardan ziyodi esa
nogiron bo‘lib qaytgani bu g‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushganini yaqqol
ko‘rsatib turibdi. Ana shu qirg‘inbarot urush xalqimiz qalbida qoldirgan
bitmas jarohatni,
oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsada, hamon unutib bo‘lmaydi”
[1].
Yangi O‘zbekistonda jasorati, mardona mehnati, metin irodasi va insoniyligi bilan
bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolib, dunyoda tinchlik o‘rnatilishiga hissa
qo‘shgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
qadriyat hisoblanadi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari
bilan poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘i ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda
mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga
yuksak hurmat va ehtirom
ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek
xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini keng miqyosda namoyon etish hamda
yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini hech qachon
unutmaslikka chorlov maqsadida tashkil etildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
619
Darhaqiqat, davlatimiz tomonidan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga e’tibor
keyingi yillarda sezilarli darajada oshgani e’tirofga loyiqdir. Ularning shifoxonalarda
davolanishlari, sihatgohlarda dam olishlari, haj ibodatlariga borishlari uchun katta
imtiyozlar berilayotir. Jumladan, mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami
–
Xotira va
Qadrlash kunining tantana bilan o‘tkazilishi, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar
xotirasini abadiylashtirishga doir tadbirlar amalga oshirilayotgani, urush qatnashchilari
va nogironlarining moddiy rag‘batlantirilib kelinayotgani ana shunday yuksak hurmat va
e’tibor namunasidir.
Ayniqsa, Prezident tashabbusi va takliflari asosida tayyorlangan va nashr etilgan
“O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” va
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” turkum kitob
-
albomlari ahamiyatli bo‘ldi.
Zero, O‘zbekistondagi va xorijdagi arxivlar, muzeylar fondlarida, urush qatnashchilari
oilalarida saqlanayotgan noyob hujjatlar, suratlar e’lon qilindi. Kitobalbom bo‘yicha
ma’lumotlar to‘planishida qo‘shimcha so‘rovlar, maqsadli o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Urushda qatnashgan ota-bolarimiz nomini abadiylashtirish, ularning
ko‘rsatgan qahramonliklari va jasoratini doimo yodda sa
qlash hamda Ikkinchi jahon
urushida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun unvon va orden bilan taqdirlangan
yurtdoshlarimiz to‘g‘risida ma’lumot beruvchi www.warheroes.uz internet sayti yaratildi.
Ikkinchi jahon urushining g‘olibona yakunlanishida O‘zbekistonli
klarning front va
front orqasidagi jasoratlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. O‘sha olovli yillarda O‘zbekistonda
yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalqimiz “hamma narsa –
front uchun, hamma
narsa
–
g‘alaba uchun!” deb yashadi, orom va halovatdan voz kechib, tinimsiz og‘ir
mehnat qildi. respublikamiz frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylandi.
Front hududlaridan minglab aholi, sanoat korxonalar, o‘quv yurtlari, ilmiy
muassasalar va boshqa moddiy boyiliklarni mamlakat ichkarisiga ko‘chirish
boshlab
yuborildi. Ular orasida Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, “Krasniy
-
Aksoy”,
“Rosselmash”, Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi
“Elektrokabel” va “Pod’yomnik” zavodlari, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, “Krasnыy
put” zavodi, Kievdagi “Transsignal” zavodi, Stalingrad kimyo kombinati va boshqa ko‘pgina
korxonalar bor edi [2].
Urush yillari, ommaviy safarbarlik va xo‘jalikning harbiy izga ko‘chirilishiga
qaramasdan, urush yillarida respublikamizda 280 ta yangi korxonalar ishga tushirilib,
ularning aksariyati bir oyda, uzog‘i bilan 45 kunda mahsulot bera boshladi. Natijada
1945-yilga kelib, respublikada sanoat ishlab chiqarishi urush arafasidagiga nisbatan
deyarli ikki barobar ortdi, neft qazib olish 4, metall ishlab chiqarish 4,8, mashinasozlik
mahsulotlari 13,4 barobar, ko‘mir qazib chiqarish 30, energiya ishlab chiqarish 2,42 bora
ko‘paydi. Respublika sanoati 1940
-
yilga nisbatan ikki barobar ko‘paydi.
Mahalliy va evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida harbiy mashinasozlik
rivojlanib, 1943-
yilda bu soha 4 barobar o‘sdi. Shuningdek, kichik va o‘rta gidrostansiyalar
qurilishi evakuatsiya qilingan korxonalar uzluksiz ishini ta’minlab berdi. O‘zbekistonda
1942
–
1943-yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish
4 barobar ko‘paydi [3]
.
1941-yil 26-iyundan boshlab mamlakatda ishchi va xizmatchilarga ishdan tashqari
vaqtda majburiy mehnat qilish, katta yoshdagilar uchun haftada 6 kunlik, kuniga 11 soatlik
rejim joriy etilib, ta’tillar bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari va o‘quvchilar ham
ishlab chiqarishga jalb qilindi. Agar 1940-yilda sanoat ishchilari orasida xotin-
qizlar salmog‘i
34 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1942
-
yilda bu ko‘rsatkich 63,5 foizga yetdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
620
Bu davrda O‘zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya’ni ish kuni
uzaytirildi, dam olish kunlari va mehnat ta’tillari bekor qilindi. O‘zbekiston sanoatchilari
1941-
yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o‘q
-dori ishlab
chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan
erkaklar o‘rnini keksalar, xotin
-qizlar egalladi.
Uzoq davom etgan janglardan so‘ng ozod qilingan qahramon shahar Ukrainaning
Xarkov shahriga ko‘mak berish uchun Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon,
Surxondaryo
va Qoraqalpog‘istonlik mehnat jamoalari hamda mehnatkashlari labbay,
deb javob berib, qardosh o‘lkaga turli xildagi oziq
-ovqat, kiyim-bosh, quruq meva va
xo‘jalik sovunlarini yetkazib berdilar. Moddiy ko‘makning amaliy tasdig‘i sifatida
insonparvar o‘zbek
xalqi 1943-yilda shahar aholisi va jangchilar uchun bir eshelonda,
ya’ni 22 vagonda yuk stanoklari, elektr buyumlari, qurilish materiallarini jo‘natdilar.
O‘zbeklarga xos yuksak mehr
-
oqibat va bag‘rikenglikning namunasi sifatida
Buxoro shahrida o‘tkazilgan ommaviy mitingda so‘zga chiqqanlar shahardagi korxona
ishchilari ixtiyoriy ravishda yakshanba kunlari ham qo‘shimcha ishlash hisobiga, bir
kunlik ish haqlarini Xarkov shahridagi mudofaa fondiga o‘tkazishga qaror qildilar.
Xarkov shahridagi bolalar bog‘
chasi uchun esa bir kunda 100 ta matrats, 100 ta odeyal va
ko‘rpa to‘shaklarni yuborishga qaror qilganliklari xalqimiz bag‘rikenligi va mehnat
jasoratiga yaqqol dalidir.
1943-yilda Samarqand va Namangan viloyati qishloq mehnatkashlari ozod
qilingan tumanla
rdagi kolxoz va sovxozlarga 1538 ta qo‘y
-
qo‘zi yuborgan bo‘lsalar,
xorazmlik chorvadorlar 184 ta qoramol, Surxondaryolik chorvadorlar esa 10 ming bosh
chorva mollari, Qoraqalpog‘iston ASSR Nukus, Chimboy va Kuybishev tumanlaridan
minglab qo‘y va echki jo‘n
atilgan. 1944-yilning 20-yanvaridan 17-martgacha
O‘zbekistonlik mehnatkashlar o‘z shaxsiy pullari evaziga ozod qilingan tumanlar uchun
122147 bosh chorva mollari sotib olib, beg‘araz yordam tariqasida yubordilar
[4].
Fashistlarning tor-
mor qilinishida O‘zb
ekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan
qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab
chiqarishga
yo‘naltirilib,
ular
jang
maydoniga
uzluksiz
yuborib
turildi.
Natijada O‘zbekiston urush yillarida front uchun 21
00 ta samolyot, 17342 ta aviamotor,
2 318000 dona aviabomba, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona
mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, 330 mingta parashyut, harbiy
ehtiyoj uchun 100 ming kilometrdan ortiq turli simlar, minalarni aniqlab beruvchi
4,5 ming dona qurilma, 2 861000 ming dona armiya etiklari va 59 mingdan ortiq ot va
ko‘pgina boshqa harbiy anjomlar yetkazib berdi.
Ko‘chirilgan korxonalardan tashqari O‘zbekistonda 280 ta ya
ngi sanoat korxonasi
barpo etildi [5]. 1941
–1945 yillarda O‘zbekistonda neft qazib chiqarish 4 baravar, ko‘mir
qazib chiqarish 30 baravar, elektr energiya ishlab chiqarish 2,42 baravar va po‘lat eritish
2 baravar ko‘paydi. Shuningdek, respublika metallga i
shlov berish sanoati quvvati
4,8 baravar va mashinasozlik ishlab chiqarish quvvati 13,4 baravar o‘sdi [6].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Urush yillari O‘zbekiston tarixidagi eng muhim voqealardan biri –
bu O‘zbekiston
Fanlar akademiyasining tashkil etilishi edi. 1943 yil 4 noyabrda ilm-
fan markazi bo‘lgan
respublika Fanlar akademiyasining tantanali ochilishi bo‘ldi. Anjumanda “O‘zbekistonda
fan rivojlanishining tarixiy yo‘li” nomli ma’ruza qilgan T.N.
Qori-
Niyoziy “
Urush davrida
ilm-
fanning turli yo‘nalishlarini qam
rab olgan ilmiytadqiqot muassasalarining keng
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
621
tarmog‘i vujudga kelganligi, 1943 yilda respublika hududida 19 ta ilmiy
-tadqiqot
institutlari, 23 ta turli ilmiy stansiyalar, 3 ta observatoriya, 11 ta muzey va 6 ta ilmiy
tashkilotlar faoliyat yuritishini
”
qayd etgan edi. Fanlar akademiyasining dastlabki
tarkibiga O‘zbekistonning 29 ta yirik va yetakchi olimlari kiritildi [7]
. Ularning 21 tasi
aniq va tabiiy fanlar, 8 tasi ijtimoiy-gumanitar fanlar vakillari edi.
O‘zbek adabiyoti ham xalqimizning yovuz dushm
anga qarshi kurash yillarida
o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom,
Uyg‘un, Sobir Abdulla, Zulfiya, Temur Fattoh kabi shoir va yozuvchilar urush
maydonlariga safarbar etuvchi she’rlari va maqolalari bilan xalqni
g‘alabaga
ruhlantirdilar. M. Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham Rahmat, N. Safarov, Ibrohim
Rahim, Z. Fatxullin, Adham Hamdam kabi yozuvchi va jurnalistlar frontda ishtirok etib,
“Qizil armiya”, “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Suvorovchi”,
“Vatan sharafi
uchun” kabi front gazetalarida xizmat qildi. Hamid Olimjon, Oybek, A.
Umariy, G‘afur
G‘ulom, Ra’no Uzoqova va boshqa shoir va yozuvchilar hukumat delegatsiyalari tarkibida
frontning oldingi marralariga borib, o‘z qahramonlari bilan tanishdi
lar, yurtdoshlarining
jasoratlarini tarannum etdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida respublikamizda 30 dan ortiq konsert brigadalari
tashkil etilib, ular harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq, Turkiston harbiy
okrugi qismlari va gospitaldagi no
gironlarga 26 mingta konsert qo‘yib berib, jangchilarni
ruhlantirdilar, ularni fashizm ustidan g‘alabaga undadilar. Ayniqsa, Tamaraxonim,
Halima Nosirova, Mukarrama Turg‘unbo
y
eva, Sora Eshonto‘ra
yeva, Abror Hidoyatov,
Shukur Burhonov kabi san
’
atkorlar ishtirokidagi konsert va tomoshalar jangchilar,
tomoshabinlar qalbiga zo‘r ko‘tarinkilik baxshida etdi. A.
Abdullayev, Ch. Ahmarov,
O‘.
Tansiqboyev kabi rassomlar urush lavhalari, badiiy yilnomalarni yaratib, xalqimizning
ozod qilingan hududlardagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar.
Urushining g‘olibona yakunlanishida o‘zbekistonliklar ko‘rsatgan jasorat ham
e'tiborsiz qolmadi.
Ya’ni, 120 mingdan ortiq O‘zbekistonliklar SSSRning orden va
medallariga sazovor bo‘ldilar. 301 nafar O‘zbekistonlikla
rga
“
Sovet Ittifoqi Qahramoni
”
unvoni berildi, 82 nafar jangchi
“
Shuhrat ordeni
”
bilan taqdirlandi. O‘zbekiston urushdan
katta yo‘qotish bilan chiqdi. Ya'ni o‘zbekistonliklar insoniyatni fashizm balosidan
qutqarishga munosib hissa qo‘shdilar.
Prezdent Mirziyoyev
“
unib-
oʻsib kelayotgan yosh avlod fashizm balosiga qarshi
kurashda jasur ajdodlarimiz koʻrsatgan mardlik va matonatni aslo yodidan chiqarmasligi
kerak
”
,
–
deya taʼkidladi. Shuningdek, Prezident ushbu tarixiy haqiqatni yosh avlodga
toʻla
yetkazish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barcha mutasaddi
tashkilotlar, olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Шавкат Мирзиёев. Ўзбекистон халқига байрам табриги. 2024 йил 8 май –
https://president.uz/uz/lists/view/7219.
2.
ИГА УзССР, ф.90, оп.8, д.6117, л.31.
3.
Узбекская ССР в годы Великой Отечественной войны. Т. 1. –
Ташкент: Фан,
1981.
–
С. 59. ЦГА УзССР, ф.Р
-
837, оп.32, д.4085,л.33.
4.
Голованов А., Саидов Н. Вклад Узбекистана в победу над фашизмом. Часть
II.
–
Самарканд: СамДУ, 2006. –
С. 16.
5.
Вклад трудящихся Узбекистана в победу в Великой Отечественной войны.
–
Ташкент: Фан, 1975. –
С. 86.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
622
6.
Кары
-
Ниязов Т.Н. Избранные труды. Том 5. Очерки истории культуры и
науки советского Узбекистана 1917–
1953.
–
Ташкент, 1967. –
С. 215.
7.
М.Холиқулова.
Иккинчи жаҳон урушининг дастлабки йилларида
ўзбекистонда саноат корхоналарининг кўчирилиш тарихи. Ilm
-fan taraqqiyotida
zamonaviy qarashlar: muammo va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
http://conf.sciencebox.uz/
8.
История Узбекской ССР, т.1У. Ташкент. “Фан”
-
, 1968, с.114.
9.
Белоруссия и Узбекистан (Из истории развития межнациональных
отношений белорусского и узбекского народов). Минск, Изд
-
во им.
В.И.Ленина.1970, с.125
10.
Советская экономика в период Великой Отечественной войны 1941–
1945
гг. –
Москва: Наука, 1970. –
С. 177.
