Авторы

  • Шаходатхон Юлдашева
    Стажёр-преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp90-93

Ключевые слова:

Психическое здоровье студентов использование услуг стигма поведение при обращении за помощью психологические проблемы высшее образование

Аннотация

Несмотря на растущее внимание к психическому здоровью, многие студенты университетов сталкиваются с препятствиями при обращении за психологической помощью. В данной статье рассматриваются психологические, социальные и структурные барьеры, с которыми сталкиваются студенты при попытке получить такую помощь, приводятся международные данные и примеры из развитых стран. Кроме того, предлагаются конкретные рекомендации по повышению доступности и эффективности психологических услуг, с учетом контекста Узбекистана.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Student mental health: barriers to accessing psychological
services in higher education institutions

Shakhodatkhon YULDASHEVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

Despite the growing attention to mental health, many

university students face barriers when trying to access

psychological services. This article explores the psychological,

social, and structural obstacles students encounter when

seeking such support and provides international data and
examples from developed countries. Furthermore, specific

recommendations are offered to enhance the availability and

effectiveness of mental health services, particularly considering

the context of Uzbekistan.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp

90-93

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

student mental health,

service utilization,

stigma,

help-seeking behavior,

psychological issues,

higher education.

Talabalar ruhiy salomatligi: oliy ta’lim muassasalarida
psixologik xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan to‘siqlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

talaba ruhiy salomatligi,
xizmatlardan foydalanish,
stigma,

yordam so‘rash xatti

-

harakatlari,

psixologik muammolar,

oliy ta’lim.

Ruhiy

salomatlikka

bo‘lgan

e’tibor

tobora

ortib

borayotganiga qaramay, ko‘plab universitet talabalari ruhiy

salomatlik xizmatlaridan foydalanishda to‘siqlarga duch

kelmoqdalar. Ushbu maqolada talabalarning bunday yordamga
murojaat qilishda uchraydigan psixologik, ijtimoiy va struktural

to‘siqlar o‘rganiladi va xalqaro ma’lumotlar hamda rivojlangan

mamlakatlardan misollar keltiriladi. Bundan tashqari,
ruhiy salomatlik xizmatlarining mavjudligini oshirish va

samaradorligini ta’minlash uchun aniq tavsiyalar b

eriladi.

1

Trainee Lecturer, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: shakhodat.yuldash28@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

91

Психическое здоровье студентов: препятствия к

использованию психологических служб в высших
учебных заведениях

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Психическое здоровье
студентов,

использование услуг,
стигма,

поведение при обращении
за помощью,

психологические
проблемы,

высшее образование.

Несмотря на растущее внимание к психическому

здоровью, многие студенты университетов сталкиваются с

препятствиями при обращении за психологической

помощью.

В

данной

статье

рассматриваются

психологические, социальные и структурные барьеры, с

которыми сталкиваются студенты при попытке получить

такую помощь, приводятся международные данные и
примеры из развитых стран. Кроме того, предлагаются
конкретные рекомендации по повышению доступности и

эффективности психологических услуг, с учетом контекста

Узбекистана.


2022-yilda chop etilgan The Lancet Psychiatry jurnalida nashr etilgan

tadqiqotlarga ko

ra, universitet talabalari shaxsiy va akademik rivojlanishning muhim

bosqichida bo

lib, ular juda katta psixologik bosimlarga duch kelishi oxirgi yillarda dunyo

bo

ylab oshgan. Jumladan, ularning 35

45% qismining o

qish davomida katta psixologik

bezovtalikni boshdan kechirishi va eng ko

p uchraydigan muammolar bezovtalik,

depressiya va stress ekanligi aniqlangan [1].

Ma

lumki, ko

pgina oliy ta

lim muassasalarida talabalar uchun ruhiy salomatlik

xizmatlari mavjud.

Ammo Osborn (2023) tomonidan o‘tkazilgan global tahlilga ko‘ra,

universitet talabalari muammo va stresslarni hal qilish uchun joriy qilingan ruhiy
salomatlik xizmatlarining faqat 30

–40 foizidan foydalanadilar. Bunga sabablar juda ko‘p

bo‘lib, ko‘pincha talabalarning o‘z salomatliklari haqida tashvishlanishlari va ijtimoiy
bosim yoki ruhiy salomatlik xizmatlari haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishi bilan bog‘liq

[2]. Bu xizmatlarga murojaat qilishni cheklovchi omillarni tushunish ruhiy salomatlikni

qo‘llab

-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish uchun zarurdir. Ushbu maqolada

talabalar orasida ruhiy salomatlik bo‘yicha yordam izlashga to‘sqinlik qilayotgan asosiy

omillar tahlil qilinadi.

Jamiyat ta’siri

Psixologik yordam so‘rashning eng katta to‘siqlaridan biri stigma, ya’ni ruhiy

salomatlik muammolari bilan bog‘liq salbiy qarashlar va ijtimoiy bosimlar hisoblanadi

[3].

Ko‘plab talabalar o‘zlarining ruhiy salomatlik muammolarini shaxsiy za

iflik yoki

muvaffaqiyatsizlik deb qabul qilishadi. Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarga
ko‘ra, talabalar ruhiy salomatlik muammolariga qarshi yordam so‘rashdan ko‘proq o‘zlari
hal qilishni afzal ko‘rishadi.

WHO World Mental Health International College Student

(WMH-

ICS) tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotga

ko‘ra, dunyo bo‘yicha 56,4%

talaba ruhiy salomatlik muammolariga duch kelgan bo‘lsa ham, ular professional yordam
so‘rashdan ko‘ra muammolarini o‘zlari hal qilishni ma’qul ko‘rgan [4].

Bun

dan tashqari, aksar talabalar ruhiy salomatlik bo‘yicha yordam so‘rashni

o‘zlarining “zaiflik” belgisi sifatida qabul qilishadi. Ular boshqalar tomonidan “zaif” deb

baholanishdan qo‘rqishadi, bu esa ularni yordamga murojaat qilishdan tiyilishiga olib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

92

keladi. 2023-

yil Iordaniyada o‘tkazilgan bir tadqiqotda

ishtirokchilarning 84,7 foizi

professional psixologik yordamga nisbatan salbiy munosabat bildirgan bo‘lib, stigma

darajasi balandroq bo‘lganlar orasida asosan erkaklar, yaqin insonini yo‘qotganlar va

psixo

logga murojaat qilishni “uyatli” deb hisoblovchilar ko‘proq bo‘lgan.

[5].

Struktural va amaliy muammolar

Amaliy va struktural omillar talabalarning ruhiy salomatlik xizmatlaridan

foydalanishidagi muammolarni yanada kuchaytiradi. Janubiy Afrikada 17 dan ortiq OTM

talabalari bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada talabalarning 77,1 foizi qo‘llab

-quvvatlash

markazlariga murojaat qilishda yuqori narxlar, uzoq kutish va qayerga murojaat qilishni

bilmaslik kabi to‘siqlar bilan yuzlashganlari aniqlangan. [6]

Amerika Qo‘shma Shtatlarida, psixologik yordam mavjud bo‘lishiga qaramay,

ko‘plab talabalar psixologik uchrashuv uchun uzoq kutish vaqtlaridan shikoyat qilishadi.

Time

jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ko‘plab talabalar yordam olish uchun bir necha

hafta kutishga ma

jbur bo‘lishadi, bu esa muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin [7].

Madaniyatlararo moslashuv va axborotga bo‘lgan cheklovlar

Yordam so‘rashdagi muhim to‘siqlardan biri bu madaniy moslik va axborot

yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolardir. Ko‘plab maml

akatlarda, ayniqsa,

rivojlanayotgan davlatlarda ruhiy salomatlik xizmatlari talabalar ehtiyojiga mos ravishda

yetkazilmaydi. Ular ko‘pincha xizmatlarning madaniy jihatdan noaniqligi yoki

“begona”ligini his qiladilar. Misol uchun, Kosovoda olib borilgan tad

qiqot shuni

ko‘rsatdiki, universitet talabalari orasida maxfiylik masalalariga bo‘lgan tashvishlar keng

tarqalgan bo‘lib, bu ularning ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan

xohishini pasaytiradi [8].

Shuningdek, xalqaro miqyosdagi izlanishlar ham madaniy jihatdan moslashtirilmagan

xizmatlarning samaradorligini pasaytirishini ko‘rsatmoqda. Sue tomonidan olib borilgan

tadqiqotlarga ko‘ra, (2009) psixoterapiyada madaniy sezgirlikning yetishmasligi natijasida

ko‘plab etnik ozchiliklar vakillari ps

ixologik xizmatlarni muddatidan oldin tark etishi

aniqlangan. Madaniy farqlarni hisobga olmagan holda tashkil etilgan xizmatlar talabalar

uchun tushunarsiz yoki mos kelmasligi mumkin [9].

Bundan tashqari, ko‘plab talabalar mavjud ruhiy salomatlik xizmatlari to‘g‘risida

yetarli axborotga ega emaslar. Hunt & Eisenberg (2010) tomonidan AQSh

universitetlarida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yordam izlashdagi eng katta to‘siqlardan

biri

talabalar ruhiy salomatlik xizmatlarining mavjudligi, joylashuvi yoki qanday

murojaat qilish bo‘yicha aniq bilimga ega emasliklari hisoblanadi. Bu axborot bo‘shlig‘i,

ayniqsa, yangi talabalarda, yordam izlashga bo‘lgan motivatsiyani sezilarli darajada

pas

aytiradi. Ko‘plab talabalar ularga taqdim etilayotgan ruhiy salomatlik resurslari

haqida to‘liq xabardor emas va bu xizmatlardan foydalanuvchilar sonining kamayishiga

olib keladi [10].

XULOSA

Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yordam so‘rashdagi to‘siqlar

nafaqat xizmatlarning mavjudligi yoki sifati bilan, balki madaniy stigma, axborot

yetishmovchiligi, ishonchsizlik va resurslardan foydalanishdagi murakkabliklar bilan

ham bevosita bog‘liq.

O‘zbekistonda ruhiy salomatlik xizmatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar cheklangan

bo‘lsa

-da,

turli xalqaro tadqiqotlarda aniqlangan yordam so‘rashdagi asosiy to‘siqlar

talaba yoshlar orasida ham dolzarb muammolar sifatida kuzatilmoqda. Shu bois, xalqaro

tajribalarni mahalliy sharoitga mos holda o‘rgan

ish va moslashtirish, ayniqsa, talabalar

orasida ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishni oshirishda muhim ahamiyatga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

93

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

The Lancet Psychiatry, 2022. Mental health challenges among university

students: A global review.

2.

Osborn, L., Ahmed, R., & Kim, S., 2023. Global analysis of student mental health

service usage. Journal of Higher Education Mental Health.

3.

Gulliver, A., Griffiths, K. M., & Christensen, H., 2010. Barriers and facilitators to

mental health help-seeking for young people: A systematic review. Frontiers in Public
Health.

4.

Ebert, D. D., Mortier, P., Kaehlke, F., et al. (2019). Barriers of mental health

treatment utilization among first-year college students: First cross-national results from
the WHO World Mental Health International College Student Initiative. International
Journal of Methods in Psychiatric Research, 28(2), e1782.

5.

AlSamhori, A. F., AlSamhori, J. F., AlSamhori, A. R. F., Abuaun, J., AlAwamleh, N., &

Saleh, R., 2023. "The Stigma towards Seeking Help among University Students: A Cross-
Sectional Study in Jordan." International Journal of Medical Students.

6.

Bantjes, J., Kessler, M.J., Hunt, X., Kessler, R.C., & Stein, D.J. (2023). Treatment

rates and barriers to mental health service utilisation among university students in South
Africa. International Journal of Mental Health Systems, 17, 38.

7.

Time magazine, 2022. University students facing long wait times for mental

health services.

8.

Hyseni Duraku, Z., Davis, H., Blakaj, A., Ahmedi Seferi, A., Mullaj, K., & Greiçevci,

V. (2024). Mental health awareness, stigma, and help-seeking attitudes among Albanian
university students in the Western Balkans: a qualitative study. Frontiers in Public
Health, 12, 1434389.

9.

Sue, S., 2009. Cultural competence in mental health services: A critical review.

10.

Hunt, J., & Eisenberg, D., 2010. Mental health problems and help-seeking

behavior among college students. Journal of Adolescent Health.

Библиографические ссылки

The Lancet Psychiatry, 2022. Mental health challenges among university students: A global review.

Osborn, L., Ahmed, R., & Kim, S., 2023. Global analysis of student mental health service usage. Journal of Higher Education Mental Health.

Gulliver, A., Griffiths, K. M., & Christensen, H., 2010. Barriers and facilitators to mental health help-seeking for young people: A systematic review. Frontiers in Public Health.

Ebert, D. D., Mortier, P., Kaehlke, F., et al. (2019). Barriers of mental health treatment utilization among first-year college students: First cross-national results from the WHO World Mental Health International College Student Initiative. International Journal of Methods in Psychiatric Research, 28(2), e1782.

AlSamhori, A. F., AlSamhori, J. F., AlSamhori, A. R. F., Abuaun, J., AlAwamleh, N., & Saleh, R., 2023. "The Stigma towards Seeking Help among University Students: A Cross-Sectional Study in Jordan." International Journal of Medical Students.

Bantjes, J., Kessler, M.J., Hunt, X., Kessler, R.C., & Stein, D.J. (2023). Treatment rates and barriers to mental health service utilisation among university students in South Africa. International Journal of Mental Health Systems, 17, 38.

Time magazine, 2022. University students facing long wait times for mental health services.

Hyseni Duraku, Z., Davis, H., Blakaj, A., Ahmedi Seferi, A., Mullaj, K., & Greiçevci, V. (2024). Mental health awareness, stigma, and help-seeking attitudes among Albanian university students in the Western Balkans: a qualitative study. Frontiers in Public Health, 12, 1434389.

Sue, S., 2009. Cultural competence in mental health services: A critical review.

Hunt, J., & Eisenberg, D., 2010. Mental health problems and help-seeking behavior among college students. Journal of Adolescent Health.