Авторы

  • Улугбек Шайдуллаев
    Докторант, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp231-238

Ключевые слова:

Терракотовая статуэтка Джаркутана Сапаллинская культура Кузали Мулали Бустан цивилизация Окса Бактрийско-Маргиенский археологический комплекс Гонур-депе Миршади Анов Саразм-4

Аннотация

Памятники бронзового века Древней Бактрии имеют свои особенности с развитием городской культуры, социально-экономических, религиозных процессов, то есть развитиям искусства скульптуры. В данной статье описываются религиозные духовные, художественно-стилистические и антропологические особенности терракотовой статуэтки человека, найденной в памятнике Джаркутан.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Reflections on the human image in the Jarkutan terracotta
figurine

Ulugbek SHAYDULLAEV

1

Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025

Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

The Bronze Age monuments of ancient Bactria are

characterized by a developed urban culture, along with socio-

economic and religious processes. If one may say so, the cultural
processes are uniquely defined by the development of sculptural

art. This article illuminates the religious, spiritual, artistic-

stylistic, and anthropological features of the human terracotta

sculpture discovered at the Jarkutan site.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp231-238

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Jarkutan terracotta figurine, Sapalli
culture,

Kuzali,

Molali,

Buston,

Oxus civilization,

Bactria-Margiana Archaeological
Complex (BMAC),

Gonur Tepe,

Mirshodi,

Anau,

Sarazm-4.

Jarqo‘ton terrakota haykalchasida inson obrazi xususida

mulohazalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Jarqo‘ton

terrakot-haykalchasi,

Sopolli madaniyati,

Ko‘zali,

Mo‘lali,

Bo‘ston,

Oks sivilizatsiyasi,

Baqtriya-

Marg‘iyona arxeologik

kompleksi(BMAK), Gonurtepa,

Mirshodi,

Anov,

Sarazm-4.

Qadimgi Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari tarixi

rivojlangan shahar madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy

jarayonlari bilan birgalikda madaniy jarayonlari ta’bir joiz bo‘lsa,

haykaltaroshlik badiiy san’atining rivojlanishi bilan o‘ziga xos

xususiyatga ega. Ushbu maqolada Jarqo‘ton yodgorligidan

topilgan inson terrakot-

haykalining diniy, ma’naviy, badiiy

-

uslubiy va antropologik xususiyatlari yoritilgan.

1

PhD Student, Termez State University. E-mail: ulugbekshaydullayev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

232

Размышления об образе человека на терракотовой

статуэтке из Джаркутана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Терракотовая статуэтка
Джаркутана,

Сапаллинская культура,

Кузали,

Мулали,

Бустан,

цивилизация Окса,
Бактрийско

-

Маргиенский

археологический
комплекс,

Гонур

-

депе,

Миршади,

Анов,

Саразм

-4.

Памятники бронзового века Древней Бактрии имеют свои

особенности с развитием городской культуры, социально

-

экономических, религиозных процессов, то есть развитиям
искусства скульптуры. В данной статье описываются

религиозные духовные, художественно

-

стилистические и

антропологические особенности терракотовой статуэтки

человека, найденной в памятнике Джаркутан

.

KIRISH

Haykaltaroshlik san’ati insonlarning diniy

-

mafkuraviy, ma’naviy, idealogik

qarashlari mahsuli bo‘lib, san’atning eng muhim ajralmas qismi sifatida qaraladi. San’at
qadimdan din bilan bog‘liq holda rivojlanib keldi, diniy

-mafkuraviy vazifalar bilan

birgalikda o‘zida badiiy estetik his

-

tuyg‘ularni ham aks ettirdi. Shunday san’at

namunalaridan biri Jarqo‘ton yodgorligidan topilgan

terrakot inson haykalchasidir.

Jarqo‘tonda ajdodlar ruhiga ibodat qilish diniy e’tiqodining mavjud bo‘lganligini bu

yerdan topilgan, yaxshi qorilgan, oddiy loydan yasalgan ikkita embrion shaklli, homilador
ayolning qorin qismi va erkak kishining byust haykali misolida kuzatish mumkin [1].

Janubiy Turkmanistonda Nomozgoh, Shimoliy Afg‘onistonda Dashtli, Janubiy

O‘zbekistonda Sopolli madaniyatining o‘rganilishi O‘rta Osiyo arxeologiya fanidagi eng
katta fan kashfiyotlaridan biri bo‘lib, Amudaryo yuqori oqimi

havzasining bronza davri

tarixi to‘g‘risida juda katta ilmiy ma’lumotlar to‘plandi [2]. V.I.Sarianidi o‘zining so‘nggi

chop etgan maqola va kitoblarida bu madaniyatlarni umumlashgan nom bilan Baqtriya-

Marg‘iyona arxeologik kompleksi (BMAK) deb atadi (1

-ras

m) va bu termin ko‘plab

tadqiqotchilar tomonidan qabul qilinmoqda[3; 4; 5]. Ushbu madaniyatlarning moddiy

manbalari ilmiy adabiyotlarda to‘liq yoritilgandan so‘ng chet ellik arxeologlar mazkur
madaniyatlarga nisbatan “sivilizatsiya” iborasini qo‘llay boshl

ashdi. Amerikalik professor

K.Lamberg-

Karlovskiy birinchi bo‘lib “Oks sivilizatsiyasi”, italiyalik professor M.Tosi va

o‘zbek arxeologi T.Sh.Shirinov o‘z asarida “Turon sivilizatsiyasi” iboralarini ishlatmoqda

[6].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

233

1-rasm. Baqtriya-Marg

iyona arxeologik kompleksi (BMAK) xaritasi

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Sopolli madaniyati yodgorliklari Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho‘rchi

tumanlarining uch zonasi hududlarida joylashgan. Yodgorliklarning birinchi guruhi
Ulonb

uloqsoy daryosining o‘zanlari hududlari bo‘ylab , ikkinchi guruhdagi yodgorliklar

Bo‘stonsoy daryosining bo‘ylarida paydo bo‘lgan va uchinchi guruhdagi yodgorliklar esa
Qizilsoy daryosining o‘zani bo‘ylab joy olgan[1].

Sopolli madaniyati 1960-yillar oxirid

an boshlab o‘rganib kelinmoqda, ya’ni bu

1968-yil Sopollitepa yodgorligining L.I.Albaum tomonidan topilishi va 1969-1974-

yillarda A.A.Asqarov tomonidan tadqiq etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zFA

Arxeologiya institutining akademik A.A.Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi tomonidan

dastavval Sopollitepa , so‘ng Jarqo‘ton kabi yodgorliklar o‘rganilgach, ilk o‘rganilgan

yodgorlikka nisbat berilib, mazkur madaniyatga Sopolli madaniyati deya nomlandi [7].

Jarqo‘ton yodgorligidan keyingi 20 yil davomida topilgan qo‘shimcha materiallarni

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi yodgorliklari bilan qiyosiy solishtirgan A.A.Asqarov va
Sh.B.Shaydullayev Sopolli madaniyati bosqichlarini: Sopolli 2150-

1900 , Jarqo‘ton 1900

-

1600, Ko‘zali 1600

-

1500, Mo‘lali 1500

-

1400, Bo‘ston

1400-1300 yillar bilan

davrlashtirishni taklif qilganlar [8].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada tadqiqot metodologiyasi sifatida zamonaviy fan rivojlanishining

qonuniy tendensiyasi - fanlararo yondashuv usulidan foydalanilgan. Maqola umumqabul
qilingan tarixiy metodlar

tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xronologik tahlil, ketma-

ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

O‘zbekiston

-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1994-2003 yillarda

Jarqo‘ton yodgorligida qaz

ishma ishlari olib borildi [9]. Qazishma natijasida bu


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

234

yodgorlikdan loydan yasalgan ikkita embrion shaklli, ikkiqat ayolning qorin qismi va

o‘lgan erkak kishining byust haykali topilgan (2

-rasm).

1a

1b

2a

3a

3b

2-rasm. Inson byust terrakot-haykalchasi (1a va 1b); homilador ayolning qorin

qismi gavdalangan haykalcha (2a); embrion shaklli haykalchalar (3a va 3b)

Topilmalarning hammasi yaxshi qorilgan loydan yasalgan. Embrion deb

mushohada qilinayotgan loydan yasalgan topilma du

maloq shaklda bo‘lib, ularning soni

ikkita. Birinchisi kichikroq hajmda (diametri 7sm), atrofi qizil rang bilan bo‘yalgan,
ikkinchisi esa biroz kattaroq bo‘lib, tashqi tarafdan inson ko‘zi va qulog‘i qora rang bilan
chizilgan, loy massaning o‘zi esa qizil rang bilan bo‘yalgan.

Ayol kishining qorni, uning homiladorligini anglatish uchun bo‘rttirib, dumaloq

qilib ishlangan. Saqlanib qolgan ikki qo‘li esa qorni ustiga qo‘yilgan holatda tasvirlangan.
Ikki qo‘li bilan qorni o‘rtasida ikkita ilonning harakatlani

b borayotgan holati ifodalangan.

Qorin va qo‘lning ayrim joylari qizil bo‘yoq bilan bo‘yalganligining guvohi bo‘lishimiz

mumkin [10].

Ushbu haykalchalarning topilishini biz ajdodlar ruhi din sifatida ifodalanishining

arxeologik kuzatilishi deb hisoblaymiz. Homilador ayol qornining ayrim qismlari qizil

rang bilan bo‘yalishi, qo‘l bilan qorin oralig‘ida ikki ilonning tasvirlanishi u dunyo
mavjudlik tushunchasini beradi. Ma’lumki, qizil rang qonni, ilon timsoli esa yer osti

xudoligini belgilaydi. Mavjud azob-u

qubatlardan homilador ayolni “ajdodlar ruhi qutqara

olishi mumkin” degan fikrga kelamiz.

Mazkur haykalchalar ayni vaqtda Termiz davlat muzey-

qo‘riqxonasidagi bronza

davri bo‘limining eksponatlari qatoridan o‘rin egallagan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

235

Haykal yaxshi qorilgan oddiy loydan yasalib, quyoshda quritilgan ammo olovda

pishirilmagan, shu sababli haykal yaxshi holatda saqlanmagan. Bu tipdagi haykallar
asosan bronza davri qabrlaridan topilgan.

Sopolli madaniyatining Sopolli bosqichi davrida kenotaf qabrlarda bedarak

yo‘qolgan marhum o‘rniga qo‘zichoqni ko‘mish odati uchragan bo‘lsa, Ilk Jarqo‘ton
davridan boshlab marhumning jismi o‘rniga matodan yasalgan qo‘g‘irchoq yoki xom
loydan yasalgan odam haykalchasini ko‘mish odati paydo bo‘ldi [11].

Sopollitepa yodgorligida bevosita arxeologik izlanishlar olib borgan arxeolog

A.A.Asqarovning guvohlik berishicha, kenotaf qabrlarga bedarak yo‘qolgan jasad o‘rniga
matodan yasalgan qo‘g‘irchoq yoki xom loydan yasalgan marhumning ramziy haykalchasi
qo‘yilgan. Matoli qo‘g‘irchoq chirib ketganlig

i bois, ularning uchrashi kuzatilmaydi.

Ammo xom loydan yasalgan ramziy haykalchalar kenotaf qabrlarning

40 va

71

mozorlarida uchraydi [12].

Jarqo‘ton ibodatxonasining xo‘jalik

-

xizmat qismidan ham odam haykaliga o‘xshash,

loydan yasalgan lekin olovda pis

hirilmagan ustiga qizil bo‘yoq (angob) bilan bo‘yalgan

haykalchalar topilgan. Jarqo‘ton yodgorligida alohida ibodatxona inshooti va
qabristonning paydo bo‘lishi esa Sopolli madaniyatining Ko‘zali bosqichiga to‘g‘ri keladi
[13]. Demak, Jarqo‘ton odam byust haykali Sopolli madaniyatining Ko‘zali yoki Mo‘lali

davrlariga tegishli degan xulosaga kelish mumkin, hamda bu turkumdagi haykallar

kenotaf qabrlar uchun marhum o‘rnini bosuvchi ashyo yoki boshqa diniy urf

-odatlar

maqsadida tayyorlangan.

Jarqo‘ton byust ha

ykalchasi kuydirilmaganligi uchun asl holicha saqlanmagan,

haykal sinib bo‘laklarga bo‘linib ketgan, quloqlari va burni sinib, sho‘rlanish natijasida
yemirilib ketgan, balki o‘sha davr diniy urf

-odatiga binoan inson tomonidan atayin

sindirilgan bo‘lishi ha

m mumkin (3-rasm A).

Haykalning sinib qolgan qismlari BMK-5 yelimi yordamida biriktirilgan,

haykalning burni qayta tayyorlanib, singan burni o‘rniga yopishtirilib restavratsiya

qilingan (3-

rasm B). Haykal restavratsiyasidan so‘ng uning asli qisman

qiyofalandi. Uning

yuziga qizil bo‘yoq bilan, soch, soqol, kiprik va qosh qismlariga qora bo‘yoq bilan rang

berilgach, bu haykalda erkak kishi qiyofasi tasvirlanganligi oydinlashdi [14].

3 A-rasm 3 B-rasm

Haykal restavratsiya qilingan bo‘lsa

-

da, quloq qismining yarmi yo‘q, burun shakli

umumiy bajarilgan, yaxshi ishlov berilmagan, obyekt ranglari o‘

chib ketgan, bilinar-

bilinmas holga kelgan. Jarqo‘ton odam haykalini yasagan usta haykaltarosh o‘z davri
uchun mohir bo‘lgan, haykal simmetriya qonuniyatlari asosida yasalgan, yuz tuzilishini

tasvirlashda real va hayotiy obrazlarga intilish seziladi. Burun

va ko‘zlar gorizontal

holatda, ko‘z, quloq, burun, og‘iz, iyak qismlar vertikal holatda aniq joylashtirilganligi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

236

guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ko‘z shakli yumuq holatda tasvirlangan, ko‘z bilan qosh orasi

ichkariga biroz kirgan, burun shakli tor va uzun, qirra burun shaklini ifodalaydi.

Haykalning og‘zi o‘rtacha kattalikdagi ochiq holatda tasvirlangan, lekin og‘zining lab
qismi ifodalanmagan. Iyak qismi uzun, og‘ziga to‘g‘ri moslashtirilgan. Ammo
haykaltaroshimizning bu san’at asarida anatomik kamchiliklar ham yo‘q emas.

Haykalning peshona qismi nihoyatda qisqa, qoshiga bosh qismi birlashib ketgan. Yuz

qismida yonoq suyaklari tasvirlanmagan, yonoq o‘rni ichkariga kirgizilib ishlangan.

Boshining orqa tarafi pachoqlashib ketgan, shakl jihatdan yalpoqlashtirilgan

. Bo‘yin qismi

ham haykalning boshiga mos emas.

Jarqo‘ton byust haykalchasida vafot etgan insonning real obrazi badiiylashtirilgan.

Haykalda anatomik tuzilishiga ko‘ra yevropoid qiyofali inson tasvirlangan. Bronza
davriga tegishli Sopollitepa va Jarqo‘ton qabrlarining o‘rganilishi natijasida Sopolli

madaniyatining aholisi antropologik kelib chiqishi jihatidan yevropoid irqining Sharqiy

O‘rtayer dengizi tarmog‘iga mansubligi aniqlangan va buni o‘rganayotgan haykalimiz

ham dalil sifatida tasdiqlamoqda [15].

Sopolli madaniyati vakillari tomonidan real obrazlarning haykaltaroshlikda

qo‘llanilishi ularning bronza davrining Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlari bilan
bevosita xalqaro madaniy aloqalar bog‘laganliklarini ifodalaydi [16].

Qadimgi Mesopotamiyadagi Akkad podsholigi davri (mil.avv. XXIV-XXII asrlar)

haykaltaroshligida real badiiylashtirilgan obrazlar ilk bor paydo bo‘ladi va bu davr

namunalarida odam obrazi hayotiy va anatomik jihatdan aniq ifodalangan. Biz bu
jarayonni hukmdor Sargon I ning qadimi

y byust haykalchasida ko‘rishimiz mumkin.

Sopolli madaniyati bilan genetik aloqador qadimgi Oks sivilizatsiyasining boshqa

Janubiy-

g‘arbiy Turkmaniston, ya’ni Marg‘iyona o‘lkasi va Shimoliy Afg‘oniston

hududlarida joylashgan bronza davriga mansub yodgorlik

laridan ko‘plab olovda

pishirilmagan terrakot inson haykalchalari topilgan [17]. Ular tayyorlanish uslublariga va

qanday xomashyodan yasalganligiga ko‘ra bir

-biridan farq qiladi.

V.M.Masson va V.I.Sarianidilarning fikriga ko‘ra, Nomozgoh I (mil.avv.4000

-3900),

Nomozgoh II (mil.avv.3800-3200), Nomozgoh III (mil.avv.3100-2800) bosqich davri

haykalchalari uchun realistik uslubdagi odam obrazlari xos bo‘lsa, Nomozgoh IV

(mil.avv.2700-2400), Nomozgoh V (mil.avv.2300-2000), Nomozgoh VI (mil.avv.1900-
1500) davri h

aykalchalari uchun qo‘l va oyog‘i tasvirlanmagan sxematik uslubdagi odam

obrazlari xosdir. Bu sxematik uslub ma’lum bir sivilizatsiyaning inqirozini emas, balki

shu davr diniy qarashlarini va urf-odatlarini ifodalovchi mahalliy ustalar tomonidan
qoliplasht

irilgan uslubdir, degan fikrni ta’kidlab o‘tadilar [18].

Bronza davri Janubiy-

g‘arbiy Turkmaniston yodgorliklaridan qo‘l va oyog‘i

tasvirlanmagan sxematik yasalgan terrakot ayol haykalchalar juda ko‘plab topilgan [19].

Jumladan, eneolit va bronza davriga oid Ashxobod yaqinidagi (Turkmaniston) Anov
manzilgohida amerikalik geolog R.Pompelli va ingliz arxeologi Shmidt tomonidan olib

borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ayol haykalchalar topib o‘rganilgan.

Shuningdek, Sarazm-4 yodgorligidagi qabrda ayol kishiga mansub mayit yonidan

topilgan bir nechta turdagi dafn ashyolarini uchratishimiz mumkin. Ular orasida ikkita

ayol ma’budasining terrakot

-haykalchalari diqqatga sazovordir.

Bu turkumdagi haykalchalar bronza davri Oks sivilizatsiyasi kishilarining diniy

marosimlari uchun yasalgan. Arxeolog olimlarning fikricha, haykalchalarda ayol qiyofali


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

237

hosildorlik va unumdorlik ma’budalar ifodalangan. Bunday haykalchalarning aksariyat
siniq bo‘laklari ritual o‘choqlar yonidan ham topilgan.

Haykalchal

arning turli usulda yasalish jarayoni haqidagi N.Xlopin fikriga ko‘ra,

ushbu davr haykalchalari shoshilinch tarzda loydan tayyorlanib, olovda to‘liq
pishirilmagan yoki chala pishirilgan. Bo‘yoqlar bilan har xil detallar tushirilgan. Mazkur

haykalchalar bir martalik diniy marosim uchun foydalanish maqsadida tayyorlangan.

Janubiy Turkmanistonning Murg‘ob dehqonchilik vohasidagi Gonur va Shimoliy

Afg‘onistonning Dashtli madaniyati qabrlaridan topilgan qora tosh va qimmatbaho

marmardan badiiy did bilan ishlangan real tasvirli, antropologik jihatdan semit qiyofali
inson haykalchalari uslub va genetik jihatdan Qadimgi Mesopotamiya yodgorliklari bilan

bevosita bog‘liq hisoblanadi.

Shuningdek, Janubiy O‘zbekistonning ilk temir davriga oid Mirshodi yodgorligidan

ham erkak qiyofali haykalcha topilgan. Bu byust haykalcha anatomik jihatdan hayotiy va

real uslublashtirilgan bo‘lib, Jarqo‘ton inson haykalchasidan farqli jihati u loydan emas,
balki qora toshdan yo‘nib yasalgan. Undagi obraz yumaloq boshli, keng yuzli, bodom

qovoqli qilib tasvirlangan.

Mirshodi inson haykalchasi yasalish uslubi jihatidan Jarqo‘ton inson haykalchasiga

o‘xshab ketadi, ayniqsa, bu o‘xshashlik ko‘zlari va og‘zining tasvirlanishida yaqqol

namoyon etilgan. Mirs

hodi haykalchasining topilishi Jarqo‘ton terrakot

-haykalchasining

yasalish uslubi keyingi davrda ham davom etganligini ta’kidlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida keltirilgan ilmiy dalillardan quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Gonurtepa va Dashtli madaniyati yodgorliklaridagi qabrlardan topilgan

terrakot-haykalchalari uslub va genetik jihatdan Qadimgi Mesopotamiya yodgorliklari

bilan bevosita bog‘liq. Bunday xulosaga kelishimizga sabab, bu yodgorliklardan semit

qiyofali inson haykalchalarining topilishidir.

2. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasida ilk bor real badiiylashtirilgan inson obrazi

qadimgi Mesopotamiyada mil.avv. XXIV-

XXII asrlarda paydo bo‘lgan. Bu xronologik

davrni belgilashimizga hukmdor Sargon I haykalchasining topilishi asos bo‘ldi.

3. Mir

shodi inson haykalchasining topilishi Jarqo‘ton terrakot

-haykalchalarining

yasalish uslubi keyingi davrda ham davom etganligini ko‘rsatadi.

4. Janubiy Turkmanistonning Nomozgoh madaniyatida Nomozgoh III davri

oxiridan boshlab haykalchalarda ayol obrazi o‘r

nini erkak obrazi egalladi. Bunga

Qoratepadan topilgan harbiy erkak haykalchasi guvohlik beradi.

5. Qo‘l va oyog‘i tasvirlanmagan sxematik uslubdagi inson obrazi terrakot

-

haykalchalarda Nomozgoh IV (bronza) davridan aks ettirilgan.

6. Jarqo‘ton yodgorligid

an bu turdagi haykalchalarning topilishi va undagi ramziy

timsollar ajdodlar ruhi din sifatida ifodalanganligini belgilaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1. Шайдуллаев Ш.Б. Этапы возникновения и развития государственности на

территории Узбекистана. Автореферат дис…д.и.н. –

Самарканд.2009 –

С.28

2. Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы. МИА73.

Ленинград,1959

3. Аванесова Н.А. Новые материалы эпохи бронзы Зарафшанской долины //

Археологические исследования в Узбекистане 2001 год. Самарканд, 2002.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

238

4. Кузмина Е.Е. Откуда пришли Индоарии? М.,1994

5. Сарианиди В.И. Некрополь Гонура и иранское язычество. Москва

,2001

6. Lamberg-Karlovskiy C.C. The Bronze Age khanates of Central Asia. Antiquity 68,

1994. P.398-405

7.

Аскаров

А

.

А

.

Сапаллитепа

.

Ташкент

,1973.

8. Asqarov A.A., Shaydullayev Sh.B. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri

madaniyatlari xronologiyasi // O‘zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma

manbalarda.- T.,2005.

9. Xurramov X.B. Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi (Germaniya olimlari

tadqiqotlari misolida). PhD diss…avtoref.Termiz.2023

10. Boqiyev A., Shaydullayev A., Yo‘ldosheva Z. Oks sivilizatsiyasi .

-Toshkent, 2015.

B.118

11. Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений в

оседлоземледельческом обществе Северной Бактрии. Дис…канд.ист.наук.

-

Самарканд, 1990.

-

С.96

12. Аскаров А.А. Бронзовый век Южного Узбекистана (к проблеме

возникновения

локальных

очагов

древневосточных

цивилизаций).

Автореф.дис…д

-

ра.ист.наук.

-

М., 1976.

-

С.10

-11.

13. Аскаров А.А., Абдуллаев Б.Н. Джаркутан. Ташкент

,1983

14. Toshturdiyev Sh.Sh. Jarqo‘ton inson portreti // Academic Research in

Education Science jurnali // 2021,-B.1421.

15.

Алексеев В.П.,Аскаров А.А,Ходжайов Т.К. Историческая антропология

Средней Азии.Т,

-1990

16. Abdullay

ev N.U. San’at tarixi. T

-1.Toshkent,1987.

17.

Массон В.М. Алтын

-

Депе // Труды ЮТАКЭ. Том XVIII. Л.,1981

18.

Массон В.М.,Сарианиди В.И. Среднеазиатский терракота эпохи бронзы.

М.,1973

19. Сарианиди В.И. Гонур

-

Депе город царей и богов. Ашхабат.2005.

Библиографические ссылки

Шайдуллаев Ш.Б. Этапы возникновения и развития государственности на территории Узбекистана. Автореферат дис…д.и.н. – Самарканд.2009 – С.28

Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы. МИА73. Ленинград,1959

Аванесова Н.А. Новые материалы эпохи бронзы Зарафшанской долины // Археологические исследования в Узбекистане 2001 год. Самарканд, 2002.

Кузмина Е.Е. Откуда пришли Индоарии? М.,1994

Сарианиди В.И. Некрополь Гонура и иранское язычество. Москва,2001

Lamberg-Karlovskiy C.C. The Bronze Age khanates of Central Asia. Antiquity 68, 1994. P.398-405

Аскаров А.А. Сапаллитепа. Ташкент,1973.

Asqarov A.A., Shaydullayev Sh.B. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri madaniyatlari xronologiyasi // O‘zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda.- T.,2005.

Xurramov X.B. Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi (Germaniya olimlari tadqiqotlari misolida). PhD diss…avtoref.Termiz.2023

Boqiyev A., Shaydullayev A., Yo‘ldosheva Z. Oks sivilizatsiyasi .-Toshkent, 2015. B.118

Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений в оседлоземледельческом обществе Северной Бактрии. Дис…канд.ист.наук.- Самарканд, 1990.-С.96

Аскаров А.А. Бронзовый век Южного Узбекистана (к проблеме возникновения локальных очагов древневосточных цивилизаций). Автореф.дис…д-ра.ист.наук.-М., 1976.-С.10-11.

Аскаров А.А., Абдуллаев Б.Н. Джаркутан. Ташкент,1983

Toshturdiyev Sh.Sh. Jarqo‘ton inson portreti // Academic Research in Education Science jurnali // 2021,-B.1421.

Алексеев В.П.,Аскаров А.А,Ходжайов Т.К. Историческая антропология Средней Азии.Т,-1990

Abdullayev N.U. San’at tarixi. T-1.Toshkent,1987.

Массон В.М. Алтын-Депе // Труды ЮТАКЭ. Том XVIII. Л.,1981

Массон В.М.,Сарианиди В.И. Среднеазиатский терракота эпохи бронзы. М.,1973

Сарианиди В.И. Гонур-Депе город царей и богов. Ашхабат.2005.