Авторы

  • Зулайхо Нуруллаева
    Докторант, Национальный институт художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp472-475

Ключевые слова:

тюбетейка экспозиция хранение научный паспорт каталог музей

Аннотация

В статье рассматривается деятельность по хранению и научной паспортизации национальных головных уборов - тюбетеек, хранящихся и экспонируемых в музеях Узбекистана. В исследовании изучаются условия хранения, процесс паспортизации, а также различные способы экспонирования тюбетеек в разных музеях. Освещаются достижения и методы размещения головных уборов в комплексе, вопросы особого учета технических аспектов при их паспортизации, а также даются рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The storage and scientific documentation of headwear in
Uzbekistan's museums

Zulaykho NURULLAEVA

1


National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

The article discusses the preservation and scientific

documentation of national headdresses, particularly skullcaps

(do'ppi), stored and displayed in Uzbek museums. The study

examines storage conditions, documentation processes, and

various display methods for skullcaps across different
museums. It highlights the achievements and techniques in

incorporating headwear into collections, addresses the

importance of considering technical aspects during

documentation, and provides recommendations. The research
also explores the challenges and successes in preserving and

showcasing these traditional headdresses.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp472-475

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

doppi (traditional Uzbek

cap),

exhibition,

preservation,

scientific passport,

catalog,

museum.

O‘zbekiston muzeylarida bosh kiyimlarni saqlash va ilmiy

pasportlash faoliyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

do‘ppi,

ekspozitsiya,

saqlash,

ilmiy passport,

katalog,

muzey.

Maqolada O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan va

ekspozitsiyada namoyish etilayotgan milliy bosh kiyimi-

do‘ppilarni saqlash va ilmiy pasportlash faoliyati muhokama

qilinadi. Tadqiqotda saqlash sharoitlari, pasportlash faoliyati,
turli muzeylarda turlicha usullarda namoyish etilayotgan

do‘ppilar o‘rganiladi. Bosh kiyimlarni majmuaga qo‘yishda

erishilgan yutuqlar va usullar, ularni pasportlashda texnik

jihatlarni alohida hisobga olish masalalari yoritiladi va
tavsiyalar beriladi.

1

Doctoral student, National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod.

E-mail: zulayho9294@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

473

Деятельность по хранению и научной паспортизации

головных уборов в музеях Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

тюбетейка,

экспозиция,

хранение,

научный паспорт,

каталог,

музей

.

В статье рассматривается деятельность по хранению и

научной паспортизации национальных головных уборов

-

тюбетеек, хранящихся и экспонируемых в музеях
Узбекистана. В исследовании изучаются условия хранения,

процесс паспортизации, а также различные способы

экспонирования тюбетеек в разных музеях. Освещаются

достижения и методы размещения головных уборов в
комплексе, вопросы особого учета технических аспектов
при их паспортизации, а также даются рекомендации

.


KIRISH

Do‘ppi O‘rta Osiyoda qadim zamonlardan beri milliy libosning bir qisminito‘ldirib

kelgan. Qadimdan kashta tikilgan do‘ppilarni erkaklar ham, ayollarham

kiyishgan. Shu

bilan bir qatorda, O‘rta Osiyoda yashaydigan ko‘plab xalqlarning ham bosh kiyimi

hisoblanadi.

Yurtimizda do‘ppining uch xil shakli bor; kuloh, aroqchin, tusdo‘ppi. Kuloh

konussimon erkaklar bosh kiyimi turiga kiradi. Aroqchin esa sharsimon

do‘ppi bo‘lib, uni

keksalar kiyishadi. Tus do‘ppiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni chust do‘p pi ham deyishadi, u
yassi yuzaki do‘ppilar qatoriga kiradi. Kishilarning yoshiga qarab,o‘tkir uchli, konussimon,

yarim doira, chuqur tubli, dumaloq va boshqa shakilla

rga ajratish mumkin. Do‘ppilar

yurtimizning Marg‘ilon, Chust, Toshkent, Shahrisabz va Buxoro kabi hududlarida
tayyorlanadi. Ularning shakli va o‘ziga xosligi joylarning tabiati, kishilarning didi, xalq
amaliy san’ati usullari yordamida yanada sayqallanib borgan. Shu o‘rinda milliy liboslar,

mahalliy kolleksiyalar va bosh kiyimlarni respublikaning turli muzeylarida uchratish

mumkin. O‘zbekiston muzeylaridagi milliy liboslar va bosh kiyimlar ekspozitsiyasi
mahalliy etnografik muhitni aks ettirishda muhim o‘r

in tutadi.

Muzeylarda do‘ppilar saqlanar ekan, shubhasiz, ularni saqlash va namoyish etish

tamoyillari asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. Tadqiqot jarayonida muzey sharoitida
do‘ppilarni saqlash, pasportlash jarayonlari, ekspozitsiyaga qo‘yish

masalasi yoritiladi.

METODLAR

Maqolada muzey fondlari va ekspozitsiyalarida saqlanayotgan bosh kiyimlarni

tadqiq etgan olimlarning maqola va tadqiqot ishlaridan foydalanildi. O‘zbekiston
muzeylarida O‘zbekiston liboslari va bosh kiyimlarini o‘rganish

bo‘yicha olib borilgan yirik tadqiqotlardan biri N.Sodiqovaning “O‘zbek milliy bosh

kiyimlari XIX-

XX asrlar”[7] asari hisoblanadi. Mazkur asar yoshga, marosimga, hududga oid

liboslarning farqli xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. XIX asr oxi

ri va

XX asrda urf bo‘lgan an’anaviy bosh kiyimlar, do‘ppi va ro‘mollar turli viloyatlar kesimida
atroflicha o‘rganilgan. Mazkur tadqiqotda etnolog, o‘lkashunos, arxeolog, san’atshunos

mutaxassislar tomonidan respublikamizning turli mintaqalariga xos kiyimlarning

mahalliyxususiyatlari, tikilishi va kiyilishidagi o‘ziga xoslik, shuningdek kiyimlar

evolyutsiyasi turli manbalar materiallari asosida tahlil etilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

474

Bosh kiyim kolleksiyalarini tadqiq qilish nuqtayi nazaridan o‘rganilgan adabiyot va

ilmiy tadqiqotlarga G.A. Pugachenkova, L.Levteeva, I. Bogoslavskaya, K.Tursunaliev kabi

olimlarning ilmiy izlanishlarini sanab o‘tish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Odatda do‘ppilar milliy libosning ajralmas qismi bo‘lganligi uchun muzey sharoitida

liboslar bilan birg

alikda namoyish etiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bosh kiyimlarni

saqlash va namoyish etishning asosiy qoidalari mavjud. Muzeylarda saqlanayotgan

do‘ppilar odatda tolali iplar (ipak, jun, paxta, zig‘ir) hamda sun’iy tolali iplardan tikilgan
bo‘ladi. To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri tushadigan quyosh nuri, yorug‘lik, nam harorat, turli zararli

moddalar va gazlar hamda zararkunanda hasharotlar, chang kabilar do‘ppilarning sifati
buzilishiga, holati o‘zgarishiga va matosining eskirishiga olib keladi.

Muzeylarda

turli davrga oid, turli xalqlar va viloyatlar kiygan do‘ppilar keng

ko‘lamda namoyish etiladi. Do‘ppilar xalqlarning ijtimoiy yashash darajasiga ko‘ra
tasniflanadi. Ular ba’zan biron

-

bir shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Bunday do‘ppilar uy

-

muzeylarda

ko‘proq uchraydi. G‘afur G‘ulom uy

-muzeyida shoir ijodiy kechalarda kiygan,

shoirga taalluqli bo‘lgan do‘ppilar (bodomnusxa) saqlanadi. Mavzuli ekspozitsion
kolleksiyalarda do‘ppilar turlicha, masalan, alohida, yakka holda, ba’zan liboslar bilan
qo‘shimcha

tarzda, ularning yuqori yoki tag qismiga qo‘yib namoyish etilishi mumkin.

Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida zardo‘zlikka bag‘ishlangan
mavzuli ekspozitsion kolleksiyalar mavjud bo‘lib, ushbu ekspozitsiyda bosh kiyimlar milliy

liboslar bilan birgalikda, ularning yuqori qismida manikenga kiydirilgan holda namoyishga

qo‘yilgan. Ushbu ekspozitsiyada bosh kiyimlar liboslar bilan mutanosib uyg‘unlik hosil

qilgan[6,39].

Do‘ppilarni namoyish etishda shuningdek, ular orasidagi masofaga ha

m alohida

e’tibor qaratish joiz. Sababi ular zich joylashtirilsa, sifati buzlishi mumkin. Imkon qadar
maxsus manekenga kiydirib qo‘yish kerak. Ularni to‘g‘ridan –

to‘g‘ri tushadigan quyosh

nuridan saqlay bilish lozim. Chunki bu hol ularning rangi o‘chishiga sabab bo‘ladi.

Do‘ppilar agar ular qo‘yilgan kiyim bilan umumiylikka ega bo‘lmasa, bu holda

alohida namoyish etiladi. Odatda maxsus tagliklarda yoki vitrina devoriga osilgan

ko‘rinishda namoyish etiladi. Ularga qo‘shimcha tarzda matolar qo‘yilishi mumkin.
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Andijon viloyati tarixi va

madaniyati davlat muzeyida son jihatidan nihoyatda boy bosh kiyimlar kolleksiyalari

mavjud bo‘lganligi bois, devorga osilgan holatda, liboslar

daan alohida ekspozitsiyaga

qo‘yilgan.

Do‘ppini majmuaga qo‘yish, namoyish etish, tavsiflash uchun uni inventar kitobga

yozish kerak. Ammo oldin uning nimaligini aniqlash, mazmunini bilish, haqiqiyligiga

ishonch hosil qilish, unga to‘liq nom berish darkor. Muzey fondlarida shunday do‘ppilar
bo‘ladiki, ularni aniqlash, o‘rganish uchun yillab vaqt sarflanadi. Do‘ppini inventar kitobiga

yozishdan oldin, uning muallifini, materialini va texnikasini, mazmuni, holati va qayerdan
kelganligini bilish lozim. [3,36]

Do‘ppini majmuaga qo‘yish, namoyish etish, tavsiflashda uning yuqorida keltirib

o‘tilgan har bir tavsifiga alohida to‘xtalib, sinchikovlik bilan o‘rganiladi. Har bir xususiyati,
muallifi, muallifi noma’lum bo‘lsa, davri va maktabi, to‘liq nomi, har tomonlama to‘liq
tavsifi, imzolar, sanalar, yozuvlar, ishlangan material va texnikasi, o‘lchami, saqlanish holati
haqida to‘liq ma’lumotlar ilmiy ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga yozib qo‘yiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

475

Navbatdagi bosqich-

ilmiy pasportlarni to‘ldirish. Bunda buyumlar

haqidagi

ma’lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharxlar beriladi. Ilmiy pasportlar nafaqat izoh vazifasini
o‘taydi, balki hisobga kiritish va chiqarish vaqtida, ko‘rgazmalar tashkil etilishi vaqtida,
ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilganida, mamlakat hududida

n olib chiqish yoki olib

kirishda, dalolatnomalar tuzish ishlarida ham foydalaniladi. Ilmiy pasportlar yozish-ilmiy
kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu - muzey ekspozitsiyasida
predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda etnografiy

a, san’atshunoslik,

arxeologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun izoh vazifasini o‘taydi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston muzeylarida va muzey fondlarida

bosh kiyimlarning saqlanish va namoyish etish holatlari borasida zarur amaliy choralarni

amalga oshirish lozim. Fond saqlov xonalarida zaruriy sharoitlar mavjud bo‘lmaganligi
bois, ko‘pchilik viloyat muzeylarida bosh kiyimlar umumiy qutilarda, namlik yuqori bo‘lgan

sharoitlarda saqlanmoqda. Bu esa madaniy, milliy boyligimizni

ng ajralmas qismi bo‘lgan

do‘ppilarning sifatiga nojo‘ya ta’sir qiladi. Bunday sharoitda davlat muzeylarining moddiy

-

texnik bazasini yanada yaxshilash, fondlar va muzeylar faoliyatini takomillashtirish,

saqlash uchun imkon qadar zaruriy choralarni ko‘rish

darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Ashirov.A O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. Toshkent. Alisher

Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti 2007.

2.

Fayzullaev, A. S. (2021). The use of the artistic traditions of Uzbek folk art in

the lessons of fine art. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 54-61.

3.

Gaybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. Toshkent: Moziydan sado. 2010. 2

-3.bet

4.

Murodova D. O‘zbekiston do‘ppilari. Toshkent. 2004

5.

Nurullayeva Z. Bitiruv malakaviy ishi . Toshkent: 2020. 59 b

6.

Nurullayeva Z.R. Bosh kiyimlarni muzeylarda namoyish etish: innovatsiya va

xalqaro tajriba (Rossiya etnografiya muzeyi misolida) Muzeylarning yangi konsepsiyasi:
muzeylar faoliyatida it texnologiyalar integratsiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman

to‘plami –

T.: MRDI nashriyoti, 2024-y.

38-40 b.

7.

Sodiqova N, Gaybullayeva Y. O‘zbek milliy bosh kiyimlari XIX

-XX

asrlar.Toshkent: Sharq-2014.10 bet

8.

Садикова, Ш. Х. Ўзбекистон дўппилари / Ш. Х. Садикова.

// Молодой

ученый. —

2020.

№ 30

Библиографические ссылки

Ashirov.A O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashiryoti 2007.

Fayzullaev, A. S. (2021). The use of the artistic traditions of Uzbek folk art in the lessons of fine art. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 54-61.

Gaybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. Toshkent: Moziydan sado. 2010. 2-3.bet

Murodova D. O‘zbekiston do‘ppilari. Toshkent. 2004

Nurullayeva Z. Bitiruv malakaviy ishi . Toshkent: 2020. 59 b

Nurullayeva Z.R. Bosh kiyimlarni muzeylarda namoyish etish: innovatsiya va xalqaro tajriba (Rossiya etnografiya muzeyi misolida) Muzeylarning yangi konsepsiyasi: muzeylar faoliyatida it texnologiyalar integratsiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plami – T.: MRDI nashriyoti, 2024-y. –38-40 b.

Sodiqova N, Gaybullayeva Y. O‘zbek milliy bosh kiyimlari XIX-XX asrlar.Toshkent: Sharq-2014.10 bet

Садикова, Ш. Х. Ўзбекистон дўппилари / Ш. Х. Садикова. // Молодой ученый. — 2020. — № 30