Авторы

  • Музаффар Мухторов
    Докторант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp441-445

Ключевые слова:

судебные акты исполнительные действия приостановление исполнения пересмотр судебных актов апелляция кассация производство в порядке ревизии интересы сторон

Аннотация

В данной статье анализируются практические и теоретические проблемы института приостановления исполнения судебных актов в процессе их пересмотра. В частности, исследуется порядок временного приостановления исполнения исполнительных документов, несмотря на их вступление в законную силу, как эта мера влияет на процесс исполнения и как она затрагивает интересы сторон. На основе действующего законодательства, судебной практики и международного опыта будут рассмотрены направления совершенствования данного института. В статье также освещаются неопределенности, связанные с основаниями и сроками приостановления исполнения, отсутствием единообразного подхода со стороны судов и влиянием этих обстоятельств на справедливое судебное разбирательство. Практические предложения и рекомендации выдвигаются автором.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues in suspending the execution of court documents
during their review

Muzaffar MUKHTOROV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes practical and theoretical issues related

to the suspension of execution of court documents during the

review process. Specifically, it examines the procedure for

temporarily halting the enforcement of documents that have

already entered into legal force, how this measure affects the
enforcement process, and its implications for the interests of

the parties involved. The article explores ways to improve this

legal mechanism based on current legislation, judicial practice,

and international experience. Furthermore, it highlights
uncertainties regarding the grounds and duration of

enforcement suspension, the lack of a unified approach among

courts, and how these factors impact fair judicial proceedings.

The author puts forward practical proposals and
recommendations.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp441-445

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

court documents,

enforcement actions,
suspension of enforcement,
review of court rulings,

appeal,

cassation, supervisory
review proceedings,

interests of the parties.

Sud hujjatlarini qayta ko‘rishda ularning ijrosini to‘xtatib

turish muammolari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sud hujjatlari,

ijro harakatlari,

ijroni to‘xtatib turish,

sud hujjatlarini qayta

ko‘rish,

apellyatsiya,

kassatsiya,

taftish tartibida ish yuritish,

taraflar manfaatlari.

Mazkur

maqolada sud hujjatlarini qayta ko‘rish jarayonida

ularning ijrosini to‘xtatib turish institutiga oid amaliy va nazariy

muammolar tahlil qilinadi. Xususan, ijro hujjatlarining qonuniy

kuchga kirganligiga qaramay, ularning ijrosini vaqtincha

to‘xtatib turis

h tartibi, mazkur chora ijro jarayoniga qanday

ta’sir ko‘rsatishi va taraflar manfaatlariga qanday taalluqli ekani

o‘rganiladi. Amaldagi qonunchilik, sud amaliyoti va xalqaro

tajriba asosida ushbu institutning takomillashtirish yo‘nalishlari

ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, ijroni to‘xtatib turish

1

Doctoral student, Tashkent State University of Law. E-mail: muzaffarmuxtorov01@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

442

asoslari va muddatlari bilan bog‘liq noaniqliklar, sudlar

tomonidan bir xil yondashuvning yo‘qligi hamda bu
holatlarning adolatli sudlovga ta’siri yoritiladi.

Muallif

tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Проблемы приостановления исполнения судебных
актов при их повторном рассмотрении

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

судебные акты,

исполнительные
действия,
приостановление

исполнения,

пересмотр судебных
актов, апелляция,
кассация,

производство в порядке
ревизии,

интересы сторон.

В данной статье анализируются практические и

теоретические

проблемы

института

приостановления

исполнения судебных актов в процессе их пересмотра. В
частности, исследуется порядок временного приостановления

исполнения исполнительных документов, несмотря на их

вступление в законную силу, как эта мера влияет на процесс
исполнения и как

она затрагивает интересы сторон. На основе

действующего законодательства, судебной практики и

международного опыта будут рассмотрены направления

совершенствования данного института. В статье также
освещаются неопределенности, связанные с основаниями и

сроками

приостановления

исполнения,

отсутствием

единообразного подхода со стороны судов и влиянием этих

обстоятельств на справедливое судебное разбирательство.
Практические предложения и рекомендации выдвигаются

автором.


Mamlakatimizda sud-huquq sohasida am

alga oshirilayotgan keng ko‘lamli

islohotlar natijasida sud qarorlarini ijro etish sohasi rivojlanmoqda va yanada
takomillashib borayotganligini alohida qayd etish joiz. Keyingi yillarda aholining odil

sudlovdan foydalanish imkoniyatini “Yangi O‘zbekiston –

yangi sud” prinsipi doirasida

yanada kengaytirish maqsadida insonning qadr-

qimmati ustuvorligini ta’minlashga

qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda sud-huquq
tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni

samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida

odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi. Shu bilan birga bugungi

kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutini yanada takomillashtirish fuqarolarning

qonuniy manfaatlari yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Su

d qarorlarini ijro etish sud protsessining so‘nggi bosqichi sifatida ahamiyatlidir.

Chunki shaxsning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari shu
bosqichda tiklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining

264-modd

asiga ko‘ra, Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan

(protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan

keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)

berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni apellyatsiya
instansiyasi sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Demak, sudning hal


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

443

qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etiladi, Fuqarolik protsessual

kodeksining 266-

moddasida ko‘rsatilgan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv

qarorlari bundan mustasno.

Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual

kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va b

oshqa organlar hujjatlarini ijro etish

to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.

Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra, agar sud hujjati ustidan apellyatsiya,

kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat keltirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning

iltimosnomasiga ko‘ra, oldingi instansiya sudida qabul qilingan hal qilish qarorining
ijrosini ishni qayta ko‘rib chiqish muddati davomida ushbu qarorni ijrosini to‘xtatib
turadi. O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001

-yild

agi “Sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonuni 34

-moddasida agar qonunchilikda

nizolashishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida
nizolashganda ijro ishi yuritish sud tomonidan to‘xtatib tu

rilishi shart deb belgilangan.

Sud qarorlarini qayta tekshirish institutlari haqiqat va adolatni ta’minlashda

muhim bosqich sanaladi. Chunki oldingi instansiya sudida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar

sabab taraflar manfaatiga zid qarorlar qabul qilinib qolishi mumkin. Ushbu sohani
takomillashtirish maqsadida 2023-yil 25-

dekabrda O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ–

888-

sonli va O‘RQ–

888-sonli Qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar bilan

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik hamda Iqtisodiy protsessual kodeksiga

tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar

viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya
tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki

kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va
ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston

Respublikasi Oliy sudining tegishincha Fuqarolik va Iqtisodiy ishlar b

o‘yicha sudlov

hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishini, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining Fuqarolik va Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan
ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftis

h tartibida qayta

ko‘rilishini, shuningdek, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan
ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor
qilinishini hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati
yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Sud qarorlarini qayta tekshirish institutlaridan birinchisi apellyatsiya tartibida

ishni ko‘rib chiqish sanaladi. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish ish yurit

ish

protsessining mustaqil bosqichi hisoblanib, bevosita birinchi instansiya sudi tomonidan
chiqarilgan sud qarorlarini qayta tekshirish vositalaridan biri sanaladi. Apellyatsiya

instansiyada ish yuritish uchun ikkita asos, ya’ni apellyatsiya protesti va a

pellyatsiya

shikoyati berilgan hamda qonunda belgilangan tartibda sudlar tomonidan ish yuritish

uchun qabul qilingan bo‘lishi lozim.

Protsessualist olim Sh.Sh. Shorahmetov apellyatsiya instituti haqida fikr bildirib,

shunday degan edi: “Apellyatsiya tartibida ish ko‘rish kassatsiya sudidagi ish yuritishga
birmuncha o‘xshash boʻlsa

-

da, biroq bu institutlar o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra bir

-

biridan farqlanadi”. Rus huquqshunos olimlaridan Y.A.

Borisova, G.A. Jilin va boshqalar

apellyatsiya institutining o‘z

iga xos xususiyatlari va uning boshqa institutlardan farqli

jihatlarini ko‘rsatib berishgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

444

Apellyatsiya instansiyasi tomonidan ish ko‘rilayotganda sud hujjati qonuniy kuchga

kirmagan bo‘ladi va tabiiy ravishda sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish zarurati yo‘q, degan

fikr

yuzaga

kelishi

mumkin.

Lekin

Fuqarolik

protsessual

kodeksining

389

3

-

moddasiga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qilish qarorining

ijrosini to‘xtatib turish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra,

ap

ellyatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilgan va

mazkur muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya

instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv

qarorining ijrosini apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib
turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno. Hal qiluv
qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida apellyatsiya shikoya

tini (protestini) ish

yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. Demak, apellyatsiya instansiyasi
sudi tomonidan sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish faqat apellyatsiya shikoyati
(protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda

berilgan va mazkur muddatni

tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda amalga oshiriladi. Shu jihati

bilan kassatsiya va taftish tartibida ish yuritish institutlaridan farq qiladi.

Kassatsiya tartibida qayta tekshirish instituti qonuniy kuchga kirgan sud

hujjatlarining qonuniyligini va adolatliligini qayta tekshiradi. Qonuniy kuchga kirgan
sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta tekshirish
institutining vazifasi respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining
mazmun-

mohiyatini ro‘yobga chiqarish, sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish

tizimini yanada takomillashtirish, sud ishlarini hal qilishda moddiy va protsessual huquq

normalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va shu orqali su

d qarorlarini qonuniy,

asosli va adolatli chiqarilishiga erishish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini
himoya qilish mexanizmini yanada kuchaytirish kabilarga qaratilgan. Bu bosqichda sud

hujjatining ijrosini to‘xtatib turish apellyatsiya bosqichi

dan birmuncha farq qiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish ishda
ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi

(sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini

kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan
darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenu

mining

qarori, 10.04.2009-

yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash

bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 06/196

-sonli qarorida

Sudlarning e’tibori FPKning 407

6

-moddasi, IPKning 294-moddasi va MSIYUtKning

236-

moddasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining

ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya tartibida ish
yuritish tamomlanguniga qadar to‘x

tatib turishi shartligiga qaratilsin, deb belgilangan.

Taftish instansiyasi bosqichida sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish kassatsiya

bosqichiga o‘xshaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, taftish

instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish

tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.

Yuqoridagilardan shunday fikrga kelish mumkinki, qonunchiligimizda

nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning

iltimosnomasiga ko‘ra shikoyat bo‘yicha ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib

turish apellyatsiya va taftish instansiyasi sudining huquqi sifatida belgilangan. Aksincha,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

445

nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning

iltimosnomasiga ko‘ra shikoyat bo‘yicha ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib
turish kassatsiya instansiyasi sudining majburiyati sifatida ko‘rsatilgan. Sud hujjatining
uni qayta tekshirish bosqichida ijro qilinishi sud hujjati o‘zining manfaatiga z

id tarzda

chiqarilgan tarafning qonuniy manfaatlarini cheklashi mumkin va qayta tekshirish

natijasida sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgargan taqdirda ijro qilingan sud hujjatining
qaytarma ijrosini amalga oshirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sababli

nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyat bo‘yicha ish yuritish tamomlanguniga
qadar to‘xtatib turishni barcha instansiyalarga majburiyat sifatida belgilash taklif etiladi.

Sud hujjatlarini qayta ko‘rishda ularning ijrosini to‘xtatib turish muammolaridan

yana biri shundaki, sud hujjati ustidan shikoyat bilan birga ularning ijrosini to‘xtatib
turish bo‘yicha iltimosnoma kiritilgan taqdirda ham bu iltimosnoma jami 10 kunlik
muddatda ko‘rib chiqilib hal qilinadi. Ya’ni apellyats

iya, kassatsiya yoki taftish tartibida

shikoyat kiritilganda sud hujjatini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan

kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni tegishli instansiya sudiga yuboradi. Yuqori

instansiya sudi esa shikoyatni qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul

qilish masalasini shikoyat sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay hal qiladi. Bu 10 kunlik muddat o‘tguncha sud hujjati kuchga kirib, ijrosi

tugallanishi ham mumkin. Shu sababli ushbu muddatni qisqartirishni maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Shoraxmetov Sh.Sh. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual huquqi.

Darslik.

Toshkent: Adolat, 2007.

607 b.;

2.

Sh.Sh. Shorahmetov. Apellyatsiya sudi yoxud huquqiy him oya qiluvchi sud

bosqichi. «Hayot va qonun» jurnali, 2003, № 5, 25

-b.;

3.

Fuqarolik

protsessual

huquqi,

M.M.Mamasiddiqov,

Z.N.Esanova,

D.Y.Habibullayev

Toshkent 2012, 336-b.;

4.

E.A. Борисова. А пелляция в граж данском и арбитраж ном процессе. М.,

1997, стр. 67; Г.А. Ж илин. К ом м ентарий в ГП К РФ. М., 2003, стр. 605.;

5.

O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonuni: https://lex.uz/docs/

-26477

6.

O‘zbekiston Respublika

sining 2023-yil 25-

dekabrdagi O‘RQ

-888-sonli Qonuni

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023

-y.;

7.

https://lex.uz/docs/-

3517337.

O‘zbekiston

Respublikasining

Fuqarolik

protsessual kodeksi;

8.

https://lex.uz/docs/-

3523891

O‘zbekiston

Respublikasining

Iqtisodiy

protsessual kodeksi;

9.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining

qarori, 10.04.2009 yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”g

i 06/196-sonli qarori.

Библиографические ссылки

Shoraxmetov Sh.Sh. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual huquqi. Darslik. – Toshkent: Adolat, 2007. – 607 b.;

Sh.Sh. Shorahmetov. Apellyatsiya sudi yoxud huquqiy him oya qiluvchi sud bosqichi. «Hayot va qonun» jurnali, 2003, № 5, 25-b.;

Fuqarolik protsessual huquqi, M.M.Mamasiddiqov, Z.N.Esanova, D.Y.Habibullayev – Toshkent 2012, 336-b.;

E.A. Борисова. А пелляция в граж данском и арбитраж ном процессе. М., 1997, стр. 67; Г.А. Ж илин. К ом м ентарий в ГП К РФ. М., 2003, стр. 605.;

O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonuni: https://lex.uz/docs/-26477

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-888-sonli Qonuni — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y.;

https://lex.uz/docs/-3517337. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi;

https://lex.uz/docs/-3523891 O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori, 10.04.2009 yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 06/196-sonli qarori.