Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of social-emotional learning in foreign
language learning
Munojot ABDULLAEVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article discusses the current importance of social-
emotional learning in various fields, its provision of basic skills
necessary for success in all areas of life, the definitions and
perspectives of various scholars on “Social
-
Emotional Learning”
(SEL), as well as the role of social-emotional learning in society,
especially in education, including language learning. The main
aspects and components of social-emotional learning in
education, as well as methods of integration in foreign language
learning, are discussed in detail.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp335-342
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
social,
emotional,
emotional,
skills,
education,
foreign languages,
understanding,
management,
development.
Ijtimoiy-
hissiy ta’limning chet tillarni o‘rganishdagi
ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ijtimoiy,
hissiy,
emotsional,
ko‘nikma,
ta’lim,
chet tillar,
anglash,
boshqarish,
rivojlanish.
Ushbu maqolada hozirgi zamonda turli sohalarda muhim
hisoblangan ijtimoiy
–
hissiy ta’lim haqida uning,
hayotning
barcha sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan
asosiy ko‘nikmalarni taqdim etishi haqida firk mulohazalar,
turli olimlarning “Ijtimoiy
-
hissiy ta’lim” (SEL)ga bergan ta’lif va
nuqtai nazarlari, shu bilan birga ijtimoiy
–
hissiy ta’
limning
jamiyatdagi o‘rni, ayniqsa ta’limda, jumladan, til o‘rganishdagi
ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Ijtimoiy –
hissiy ta’limning
ta’limda
namoyon
bo‘ladigan
asosiy
aspektlari
va
komponentlari, shu bilan birga chet tillarni o‘rganishda
integratsiya qilishning usullari: haqida keng fikr yuritiladi.
1
PhD, Acting Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
336
Важность социально
-
эмоционального обучения в
изучении иностранных языков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
социальные,
эмоциональные,
эмоциональные,
навыки,
образование,
иностранные языки,
понимание,
контроль,
развитие
.
В
статье
рассматривается
феномен
социально
-
эмоционального обучения (Social and Emotional
Learning, SEL),
которое в настоящее время признаётся важнейшим
элементом развития личности в различных сферах жизни.
Описываются ключевые навыки, формируемые в рамках SEL,
и
их
значение
для
достижения
успеха
как
в
профессиональной, так и в личной деятельности.
Анализируются
подходы
и
взгляды
различных
исследователей на концепцию социально
-
эмоционального
обучения, подчёркивается его значительная роль в обществе,
особенно в сфере образования, включая процесс изучения
иностранных языков. В статье подробно рассматриваются
основные компоненты SEL, их проявление в образовательной
практике, а также предлагаются способы интеграции
социально
-
эмоционального
обучения
в
обучение
иностранным языкам
.
Ijtimoiy va hissiy kompetensiya
–
bu insonning hayotining ijtimoiy va emosional
jihatlarini tushunish, boshqarish va ifodalash qobiliyati bo‘lib, bu hayot vazifalarini,
masalan, o‘qish, munosabatlar o‘rnatish, kundalik muammolarni hal qilish va o‘sish va
rivojlanishning murakkab talablariga moslashish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarishni ta’minlaydi. Bu o‘z
-
o‘zini anglash, impulsni boshqarish, hamkorlikda ishlash va
o‘ziga va boshqalarga g’amxo‘rlik qilishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy va hissiy ta’lim –
bu
bolalar va kattalarning ijtimoiy va hissiy kompetensiyani olis
h uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga, munosabatlarga va qadriyatlarga ega bo‘lish jarayonidir. Daniel Goleman
(1995) “Emosional Intellekt” kitobida ijtimoiy va hissiy intellektni hayotning barcha
muhim sohalarida, shu jumladan maktabda samarali bo‘lish uchun murakkab va ko‘p
qirrali qobiliyat sifatida ko‘rsatadi. Ammo Goleman bizga asosiy fikrni oddiy tarzda
bayon etish imkonini beradi: “Bu aqlli bo‘lishning boshqacha usuli.”
Ijtimoiy, hissiy ta’limga turli xil ta’riflar mavjud bo‘lsa
-
da, ko‘plab
izlanuvchilar
tuqtai nazarida har qanday yoshdagi shaxslar hissiyotlarni tanib olish va boshqarish,
foydali maqsadlar qo‘yish va ularga erishish, boshqalarning nuqtai nazarini qadrlash,
yordam beruvchi munosabatlarni o‘rnatish va saqlash, mas’uliyatli qar
orlar qabul qilish,
shaxsiy va o‘zaro vaziyatlarni konstruktiv tarzda hal qilish jarayoni sifatida tushuniladi.
Bu, shuni anglatadiki, Ijtimoiy, hissiy ta’lim jarayonlari va qo‘llanmalari turli
kontekstlarda, ularni o‘zaro faoliyat ko‘rsatuvchi omillar va
aholini hisobga olgan holda
farq qiladi.Yer yuzida juda ko‘plab olimlar va izlanuvchilar bu sohada “ unumli” ijod va
tadqi qot ishlarini olib borishgan chunonchi
Dr. Maurice J. Elias o‘zing
The Educator’s
Guide to Emotional Intelligence and Academic Achievement: Social-Emotional Learning in
the Classroom
(2006) asarida o‘qituvchilar uchun IHTni sinflarda amalga oshirish uchun
amaliy strategiyalarga e’tibor qaratdi,
Dr. Linda Darling-Hammond
chuqurroq
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
337
o‘rganishni ta’minlash uchun IHTni o‘qitu
vchilar tayyorlash dasturlariga qanday kiritish
mumkinligini o‘rganib chiqdi va bu haqida o‘zining 2019 yilda yaratilgan
Preparing
Teachers for Deeper Learning
asarida ta’kidlab ketdi,
Shonert-Reichl IHTning talabalar
farovonligi va akademik muvaffaqiyatig
a ta’siri bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar
o‘tkazdi va bu tadqiqotlar natijalarini
Handbook of Social and Emotional Learning:
Research and Practice (2015)
asarida bayon
etdi. Bularda tashqari Marc A. Brackett,
Joseph A. Durlak, Patricia A. Jennings, Stephanie M. Jones, Mark T. Greenberg lar
yevropada aynan ta’limda IHTning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘plab izlanishlar olib
borishgan.
Ijtimoiy hissiy ta’lim (SEL) o‘quvchilarning ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan
ta’limning muhim tarkibiy qismidir. Maktablar bu jarayonda
muhim rol o‘ynaydi va buning sababi:
Bizga ma’lumki, Ijtimoiy hissiy ta’lim talabalarga o‘z
-
o‘zini anglash, o‘zini o‘zi boshqarish,
ijtimoiy xabardorlik, munosabatlar ko‘nikmalari va mas’uliyatli
qarorlar qabul qilish kabi
muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Maktablar ushbu ko‘nikmalarni
o‘rgatish, amaliyotda qo‘llash va mustahkamlash mumkin bo‘lgan tizimli muhitni
ta’minlaydigan dastlabki makonlargan biri hissoblanadi.
Maktabda tas
hkil etilajak ijobiy muhit, ijtimoiy hissiy ta’lim dasturlarini amalga oshirish,
xavfsizlik va jamiyat tuyg’usini rivojlantirish,
o‘
quvchilarni o‘rganish va tengdoshlari
bilan ko‘proq shug’ullanishga undaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy hissiy
ta’lim yaxshi akademik natijalarga
olib kelishi mumkin. Kuchli ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan o‘quvchilar
yuqori motivatsiyaga va o‘zaro hamjihatlikda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan holda bu
ko‘nikmalar ularni akademik rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ijtimoiy hissiy ta’limni rivojlantirishga e’tiborni qaratgan maktablarda ko‘pincha
bezorilik, tajovuzkorlik kabi intizomiy hodisalari kam uchraydi. Talabalar empatiya va
samarali muloqotni o‘rganadilar, bu esa yanada konstruktiv o‘zaro
munosabatlarga olib
keladi.Bundan tashqari, sog’lom maktablar yoshlarni asosiy salomatlik, ruhiy salomatlik
va jismoniy va hissiy salomatlikni qo‘llab
-quvvatlaydigan boshqa oilaviy xizmatlar bilan
bog’laydi (Osher, Dwyer va Jekson, 2004). Sog’lom maktablarda bolalar va kattalar o‘zaro
ishonchga ega, ular o‘zlarini bog’langan, qo‘llab
-quvvatlanadi va rivojlanish imkoniyatiga
ega (Bryk & Schneider, 2002).
Ijtimoiy hissiy ta’lim ko‘nikmalari ijobiy uzoq muddatli natijalar bilan bog’liq
bo‘lib, bunday ko‘nikmalar bolalarda qancha erta o‘rgatilib, singdirilsa, bolalar balog’at
yoshidagi hissiy tuyg’ularni o‘zlari ongli ravishda tartibga solishlari, shaxslararo
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari va umumiy hayotdan qoniqish hissi bilan yashashlari
mumkin bo‘ladi.
Ikki
bog’liq tadqiqot yo‘nalishi
-
ijtimoiy va hissiy ta’lim (SEL) va maktab iqlimi
-
o‘quvchilarni adolatli, hamkorlik va sog’lom muhitda qanday qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha
ko‘rsatmalar beradi (masalan, Durlak va boshq., 2011; Elias, 2007; Osher va boshq.,
200
8). Ijtimoiy va hissiy ta’lim o‘quvchilarning kundalik qiyinchiliklarni yengishga,
maktab va hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan idrok, ta’sir va xatti
-
harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatiga qaratilgan sohalarda muvofiqlashtiruvchi
may
don bo‘lib xizmat qiladi (Osher, Kidron, Brakett, Dymnicki, Jons va Vaysberg, 2016).
Maktab iqlimi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi, shu jumladan o‘rganish va rivojlanish
uchun shart-sharoitlar -
hissiy va jismoniy xavfsizlik, bog’liqlik, qo‘llab
-quvvatlash,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
338
hurmat qilish, jalb qilish va qiyinchilik - bu maqolaning asosiy mavzusi (Berkowitz, Mur,
Astor, & Benbensity, 2016; Garibaldi, Ruddy, Osher, & Kendziora, 2015; Osher &
Kendziora, 2010). Garchi analitik jihatdan alohida va ba’zan turlicha bo‘lsa
-da
st
rategiyalar, o‘rganish shartlari va ijtimoiy
-
hissiy ta’lim uzviy bog’liqdir. Ushbu
istiqbollarni birlashishi bolalar va yoshlarning bilimlarini ham oshirishga hissa qo‘shadi
Ijtimoiy va hissiy ta’lim bir nechta asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:
1.
O‘z
-
o‘zini anglash:
O‘z his
-
tuyg’ularini, kuchli tomonlarini, zaif tomonlarini,
qadriyatlarini va motivatsiyasini tushunish. Bu his-
tuyg’ularning xatti
-harakatlarga
qanday ta’sir qilishini tan olishni o‘z ichiga oladi.
2. O‘z
-
o‘zini boshqarish
: his-
tuyg’ularni tartibga solish, maqsadlar qo‘yish va
stressni boshqarish qobiliyati. Ushbu kompetentsiya muammolarni samarali hal qilish va
mas’uliyatli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
3. Ijtimoiy xabardorlik
: boshqalarni, shu jumladan turli millat vakillarini tushunish
va ularga hamdardlik bildirish. Bu xulq-atvorning ijtimoiy normalarini tan olish va
boshqalarning nuqtai nazarini tushunish va ularga munosabatda bo‘lish qobiliyatini o‘z
ichiga oladi.
4. Munosabat ko‘nikmalari
:
sog’lom va qo‘llab
-quvvatlovchi munosabatlarni
o‘rnatish va saqlab qolish qobiliyati. Bunga muloqot qilish, nizolarni hal qilish va jamoada
ishlash ko‘nikmalari kiradi.
5. Ma’suliyatli qaror qabul qilish:
shaxsiy va ijtimoiy xulq-atvor haqida axloqiy,
kon
struktiv tanlovlar qilish. Bu harakatlarning oqibatlarini, o‘zining va boshqalarning
farovonligini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek ijtimoiy va hissiy ta’lim ta’lim sohasi bilan ham
chambarchas bog’liqdir, chunonchi IHTnin
g
ta’limdagi ahamiyatini
qoyidagi aspektlarida
ko‘rishimiz mumkin:
1. Akademik muvaffaqiyatni oshiradi: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuchli
ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar akademik jihatdan yaxshi
natijalarga erishadilar. IHT fao
llik va motivatsiyani rag’batlantiradigan ijobiy o‘quv
muhitini ta’minlaydi.
O’z -o’zini
anglash
O’z - o’zini
boshqarish
Ijtimoiy
xabardorlik
Munosabat
ko’nikmalari
Ma’suliyatli
qaror qabul
qilish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
339
2. Xulq-atvorni yaxshilaydi: IHT
o‘quvchilarga his
-
tuyg’ularini boshqarish va
tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishni o‘rgatish orqali maktablarda xulq
-atvor
muammolarini kamaytirishga yordam beradi.
3.Ruhiy salomatlikni qo‘llab
-quvvatlaydi: Talabalarni his-
tuyg’ularini tushunish va
boshqarish vositalari bilan jihozlash orqali IHT
umumiy ruhiy farovonlikka hissa qo‘shadi
va tashvish va stressni kamaytirishga yordam beradi.
4. Hayotiy ko‘nikmalarni osonlashtiradi:
IHT talabalarga kelajakda shaxsiy va
professional munosabatlar uchun zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni o‘rgatish orqali
ularni real hayotdagi vaziyatlarga tayyorlaydi.
5. Inklyuzivlik va empatiyani rag’batlantiradi:
IHT turli nuqtai nazarlarni tushunish
va qabul qilishga yordam beradi, yanada inklyuziv va empatik maktab madaniyatini
yaratishga yordam beradi.
Demak ijtimoiy hissiy ta’limning jamiyatdagi, ta’limdagi ahamiyati haqida fikr
yuritgan holda uning til o‘rganishdagi ahamiyati nechog’liq ekanligiga ham to‘xtalib
o‘tmoqchimiz.
Tez globallashib borayotgan dunyoda til o‘rganish orqali madaniyatlar o‘rtasida
muloqot qilish qobiliyati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, tilni o‘zlashtirish
faqat
lug’atni yodlash va grammatikani o‘zlashtirishdan iborat emas. Ijtimoiy hissiy ta’lim
(SEL) til o‘rganish samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarga akademik va shaxsiy
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni berishda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Asosiysi, til o‘rganish muloqot qilishdir. IHT o‘quvchilarga yangi tilni tushunish
va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hamfikrlilik, faol tinglash va samarali muloqot
kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ko‘nik
malarni
rivojlantirish orqali o‘quvchilar nafaqat tildan foydalanish qobiliyatini yaxshilaydi, balki
turli xil madaniy ko‘ntekstlarda mazmunli ishtirok etish qobiliyatini ham oshiradi.
Til o‘rganish ko‘pincha tashvishli va hayajonarli jarayon bo‘lishi mumk
in, chunki
o‘quvchilar xato qilish yoki noto‘g’ri tushunishdan qo‘rqishadi. IHT talabalarni hissiy
tartibga solish va chidamlilik bilan “jihozlaydi”, ularga yangi tilni qo‘llash va tajriba
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ishonchni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu qo‘llab
-
quvvatlovchi hissiy asos kuchli hayajon va tashvishini kamaytiradi, o‘quvchilarni
tavakkal qilishga va tilni o‘rganishda davom etishga undaydi.
Odatda yangi til hamkorlikda o‘rganilganda ancha samarali bo‘ladi chunki, bu
ancha qiziqarli
va unumdor usul hissoblanadi. Til o‘rganish ko‘pincha suhbat amaliyoti
yoki guruh loyihalari orqali hamkorlikni o‘z ichiga oladi. IHT muvaffaqiyatli hamkorlik
uchun muhim bo‘lgan jamoaviy ish va nizolarni hal qilish kabi munosabatlar
qobiliyatlarini ta’ki
dlaydi. IHTni integratsiyalashgan holda, til darslari talabalar bir-
biridan o‘rganadigan yanada dinamik va qo‘llab
-quvvatlovchi muhitga aylanishi mumkin.
Hayot davomida o‘rganishni qo‘llab
-quvvatlash. IHT tafakkurni rivojlantiradi va
talabalarni qiyinchili
klarni to‘siqlar emas, balki o‘sish imkoniyatlari sifatida ko‘rishga
undaydi. Ushbu yondashuv til o‘rganishda ayniqsa foydalidir, bu erda taraqqiyot sekin
bo‘lishi mumkin va qat’iyat talab qiladi. Ushbu fikrlashni rivojlantirish orqali talabalarni
doimiy
izlanishda bo‘lishga, oldindagi qiyinchiliklar porloq kelajak asosi bo‘lishi
mumkinligiga undaydi.
Ijtimoiy va hissiy ta’lim (SEL) qo‘llab
-
quvvatlovchi muhitni targ’ib qilish, o‘z
-
o‘zini
anglashni oshirish va muloqot qobiliyatlarini yaxshilash orqali til o
‘rganishni sezilarli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
340
darajada oshirishi mumkin. Bu erda IHTni til o‘rganishga integratsiya qilishning ba’zi
aniq usullari:
Diqqatni Jamlash (Mindfulness) Mashg’ulotlari
Chuqur nafas olish va jimgina mulohaza yuritish kabi ongni rivojlantirish
mashqlari o‘quvchi
-talabalarga diqqatlarini jamlash va tashvishlarni kamaytirishga
yordam beradi. (Kabat-Zinn, 1994).
Bunday mashqlarni dars boshida qo‘llash
o‘quvchilarning o‘rganishga tayyorlik darajasini oshiradi.
Hamkorlikdagi loyihalar
Guruhda ishlash kommunikatsiya va hamkorlikni talab qiladi
—
bu IHTning
muhim komponentlaridan biridir (Johnson & Johnson, 1999). Bunday mashg’ulotlar til
ko‘nikmalarini ijtimoiy kontekstdagi amaliyot orqali mustahkamlash imkonini beradi.
Rollar ijro etish va simulyatsiyalar
Rol o‘ynash orqali talabalar hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llashni mashq qiladilar. Bu
ular uchun boshqalar nigohidan qarash, ya’ni empatiyani rivojlantirishga xizmat qiladi
(Lazarus, 2002). Simulyatsiyalar esa emotsional jihatdan boy vaziyatlarni yaratadi va
emotsional hamda til intellektini oshiradi.
Kundalik Yozish va yuritish
Ma’rifiy kundaliklar yuritish orqali talabalar o‘z his
-
tuyg’ularini tilda ifoda etishni
o‘rganadilar (Rogers, 1961). Bu hissiy savodxonlik va yozish ko‘nikmala
rni
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hissiy lug’atni shakllantirish
Tuyg’ular va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar bilan bog’liq bo‘lgan lug’atni o‘rgatish
o‘quvchilarga his
-
tuyg’ularini aniqroq ifodalash va boshqalarning hissiy ifodalarini
tushunishga yordam beradi, shu bilan muloqotni kuchaytiradi (Mayer va Salovey, 1997).
IHTni INT
EGRA
TSIY
A
QILISH
US
ULLARI
Diqqatni Jamlash (Mindfulness)
Mashg’ulotlari
Hamkorlikdagi loyihalar
Kundalik Yozish va yuritish
Hikoya qilish
Hissiy lug’atni shakllantirish
Mojarolarni hal qilish mashqlari
Mojarolarni hal qilish mashqlari
Rollar ijro etish va
simulyatsiyalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
341
Tengdoshlarning fikr-mulohazalari
Strukturaviy tengdoshlarni tekshirish sessiyalari tilni bilish va muloqot
ko‘nikmalarini yaxshilash bilan birga ishonch va hurmatni oshiradi
(Topping, 2009).
Teskari aloqa faoliyati ham tanqidiy fikrlash va empatiyani rivojlantiradi.
Hikoya qilish
Hikoyalar til bilan hissiy bog’lanishni rag’batlantiradi. Shaxsiy hikoyalarni baham
ko‘rish orqali talabalar tilni empatiya va lingvistik ravonlikni
rivojlantiradigan tarzda
mashq qiladilar (Bruner, 1991).
Mojarolarni hal qilish mashqlari
Mavjud tildagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishni o‘z ichiga olgan mashqlar
muammoni hal qilish va empatiyani rivojlantiradi (Deutsch, 1973). Ushbu stsenariylar
talabalarni real aloqa muammolariga tayyorlaydi.
Madaniy almashinuv loyihalari
Madaniy o‘xshashlik va farqlarni o‘rganuvchi loyihalar o‘quvchilarning tildan
foydalanishdagi madaniy kompetentsiyasi va hissiy ongini oshiradi (Hofstede, 1980).
Ijobiy mustahkamlash
Ijobiy mustahkamlashdan foydalanish ishonchni oshiradi va o‘sish tafakkurini
rivojlantiradi (Dweck, 2006). Harakat va taraqqiyotni tan olish til o‘rganishda qat’iyatlilik
va tavakkal qilishga undaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy
-hissiy ta
’lim (IHT) insonning hayotining
barcha jabhalarida, ayniqsa ta’lim va til o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. IHT
o‘quvchilarga nafaqat o‘z his
-
tuyg’ularini tushunish va boshqarish, balki boshqalar bilan
samarali muloqot qilish, jamoada ishlash va mas’uliyatli
qarorlar qabul qilish
ko‘nikmalarini ham o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar nafaqat akademik muvaffaqiyatni oshirish,
balki shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashda ham asosiy omil
hisoblanadi.
Til o‘rganish jarayonida IHTning ahamiyati ayniqsa katta. Yangi tilni o‘zlashtirish
faqat grammatika va lug’atni o‘rganishdan iborat emas, balki madaniy jihatlarni
tushunish, hissiy aloqani rivojlantirish va muloqot qobiliyatini oshirishni ham talab
qiladi. IHT o‘quvchilarga tashvish va stressni boshqarish, xatolardan qo‘rqmaslik va yangi
tilni o‘rganishda davom etish uchun zarur bo‘lgan ishonchni beradi. Bundan tashqari, IHT
madaniy xabardorlikni oshirib, turli madaniyatlar o‘rtasida mazmunli aloqalarni
o‘rnatishga yordam beradi.
Umuman olganda, IHT na
faqat ta’lim, balki hayotning barcha sohalarida
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni taqdim etadi. Bu
jarayon bolalarning erta yoshidan boshlab rivojlanishiga yordam beradi va ularni
kelajakdagi hayotiy vaziyatlarga tayyorlaydi.
IHTni ta’lim tizimiga integratsiyalash orqali
biz nafaqat yaxshi o‘quvchilar, balki insoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan
mas’uliyatli va hissiy jihatdan barqaror shaxslarni tarbiyalashimiz mumkin. Shu bilan
birga, IHTning til o‘rganishdagi roli unutilmasdir. Bu ko‘nikmalar o‘quvchilarga yangi tilni
o‘rganishda nafaqat lingvistik, balki madaniy va hissiy jihatlarni ham qamrab oladigan
holistik yondashuvni taqdim etadi. Natijada, o‘quvchilar nafaqat tilni yaxshi biladigan,
balki uni samarali
va mazmunli tarzda qo‘llaydigan shaxslarga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, IHT insonning hayotiy muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan
asosiy ko‘nikmalarni taqdim etadi va uni ta’lim tizimiga kiritish orqali biz kelajak avlodni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
342
yanada rivojlangan, ijtimoiy
jihatdan mas’uliyatli va hissiy jihatdan barqaror shaxslar
sifatida tarbiyalashimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Bruner, J. (1991).
The narrative construction of reality
. Critical Inquiry, 18(1), 1
–
21. https://doi.org/10.1086/448619
2.
Deutsch, M. (1973).
The resolution of conflict: Constructive and destructive
processes
. Yale University Press.
3.
Dweck, C. S. (2006).
Mindset: The new psychology of success
. Random House.
4.
Hofstede, G. (1980).
Culture’s consequences: International differences in work
-
related values
. Sage Publications.
5.
Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (1999).
Learning together and alone: Cooperative,
competitive, and individualistic learning
(5th ed.). Allyn & Bacon.
6.
Kabat-Zinn, J. (1994).
Wherever you go, there you are: Mindfulness meditation in
everyday life
. Hyperion.
7.
Lazarus, R. S. (2002).
Emotion and adaptation
. In L. Feldman Barrett & P. Salovey
(Eds.),
The wisdom in feeling: Psychological processes in emotional intelligence
(pp. 287
–
293). Guilford Press.
8.
Mayer, J. D., & Salovey, P. (1997).
What is emotional intelligence?
In P. Salovey & D.
Sluyter (Eds.),
Emotional development and emotional intelligence: Educational
implications
(pp. 3
–
31). Basic Books.
9.
Rogers, C. R. (1961).
On becoming a person: A therapist’s view of psychotherapy
.
Houghton Mifflin.
10. Topping, K. J. (2009).
Peer assessment
. Theory into Practice, 48(1), 20
–
27.
