Авторы

  • Н. Номозова
    Докторант, Ташкентский государственный технический университет имени Ислама Каримова
  • А. Мухамадиев
    Д.ф.-м.н., доцент, Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp363-372

Ключевые слова:

креативное мышление хакатон техническое направление проблемное решение инновационное образование практическое занятие командная работа компетенция техническое мышление творчество

Аннотация

Одной из основополагающих целей современной системы образования является формирование студентов как самостоятельно, творчески и аналитически мыслящих специалистов, способных находить практические и эффективные решения проблем реальной жизни. Эти навыки особенно важны для молодежи, обучающейся по техническим направлениям, и являются одним из ключевых факторов, определяющих их профессиональную подготовку, готовность к инновационной деятельности и конкурентоспособность на современном рынке труда. С этой точки зрения становится актуальным не ограничиваться традиционными методами в процессе обучения, а внедрять инновационные подходы, в частности, краткосрочные, ориентированные на практику формы образовательной деятельности, такие как хакатоны. В данной статье всесторонне анализируется роль хакатонов в развитии навыков креативного мышления и поиска решений проблем у студентов технических специальностей, их педагогическое, психологическое и практическое значение. В статье на основе существующих научно-теоретических подходов, а также зарубежного и отечественного опыта глубоко анализируются компетенции, формируемые посредством хакатонов, особенно творческий потенциал, критическое мышление, способность выявлять проблемы и разрабатывать для них решения. Также разрабатываются рекомендации по повышению эффективности образовательных соревнований в этом формате.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of hackathons in developing creative thinking
and problem-solving skills among students in technical
fields

N. NOMOZOVA

1

, A. MUKHAMADIEV

2

Tashkent State Technical University named after Islam Karimov, Tashkent University of Information

Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025

Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

One of the fundamental goals of the modern education

system is to shape students into specialists capable of
independent, creative, and analytical thinking, who can find

practical and effective solutions to real-life problems. These

skills are particularly crucial for young people studying in

technical fields, as they are among the main factors determining
their professional preparedness, readiness for innovative

activity, and competitiveness in the modern labor market. From

this perspective, it has become imperative to not only rely on

traditional teaching methods but also to implement innovative

approaches, particularly short-term, practice-oriented forms of
educational activities such as hackathons. This article

comprehensively analyzes the role of hackathons in developing

creative thinking and problem-solving skills in students

studying technical fields, as well as their pedagogical,
psychological, and practical significance. Based on existing

scientific and theoretical approaches, along with foreign and

local experiences, the article thoroughly examines the

competencies formed through hackathons, especially creativity,
critical thinking, problem identification, and the ability to
develop solutions. Additionally, recommendations are provided

to enhance the effectiveness of educational competitions in this

format.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp363-372

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

creative thinking,

hackathon,

technical field,

problem-solving,

innovative education,
practical training,

teamwork,

competency,

technical reasoning,

creativity.

1

PhD student, Tashkent State Technical University named after Islam Karimov.

2

Doctor of Physical and Mathematical Sciences, Associate Professor, Tashkent University of Information

Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

364

Texnika sohasida o‘qiyotgan talabalarda kreativ fikrlash

va

muammoli

yechim

topish

koʻnikmalarini

rivojlantirishda xakatonlarning o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mintaqaviylik,

Eron platosi,

OPEK,

Islom inqilobini eksport
qilish,

deviyant aktor,

Korpeje

Kurt-Kuy,

selektiv xarakter.

Zamonaviy ta’lim tizimining tub maqsadlaridan biri –

talabalarni mustaqil, ijodiy va tahliliy fikrlovchi, real hayotdagi

muammolarga amaliy va samarali yechimlar topa oladigan

mutaxassislar sifatida shakllantirishdan iboratdir. Texnika

yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun ushbu ko‘nikmalar

ayniqsa muhim bo‘lib, ularning kasbiy tayyo

rgarligi,

innovatsion faoliyatga tayyorligi va zamonaviy mehnat
bozoridagi raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan

biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, o‘qitish

jarayonida faqat an’anaviy metodlar bilan cheklanib qolmaslik,

balki innovatsion yondashuvlarni, xususan, xakatonlar kabi

qisqa muddatli, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyat

shakllarini joriy etish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur

maqolada texnika sohasida o‘qiyotgan talabalarda kreativ

fikrlash va muammoli yechim

topish ko‘nikmalarini

rivojlantirishda

xakatonlarning

tutgan

o‘rni,

ularning

pedagogik, psixologik va amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil
qilinadi. Maqolada mavjud ilmiy-nazariy yondashuvlar hamda

xorijiy va mahalliy tajribalar asosida xakatonlar orqali

shakllanadigan kompetensiyalar, ayniqsa ijodkorlik, tanqidiy

fikrlash, muammolarni aniqlash va ular uchun yechimlarni
ishlab chiqish salohiyati chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek,

ushbu formatdagi ta’limiy musobaqalarning samaradorligini

oshirish bo‘yicha

tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Роль хакатонов в развитии навыков креативного
мышления и решения проблем у студентов,
обучающихся в технических областях

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

креативное мышление,
хакатон,

техническое направление,
проблемное решение,

инновационное
образование,
практическое занятие,

командная работа,
компетенция,

техническое мышление,

творчество

.

Одной из основополагающих целей современной системы

образования является формирование студентов как
самостоятельно, творчески и аналитически мыслящих

специалистов, способных находить практические и

эффективные решения проблем реальной жизни. Эти навыки

особенно важны для молодежи, обучающейся по

техническим направлениям, и являются одним из ключевых
факторов, определяющих их профессиональную подготовку,

готовность

к

инновационной

деятельности

и

конкурентоспособность на современном рынке труда. С этой

точки зрения становится актуальным не ограничиваться
традиционными методами в процессе обучения, а внедрять


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

365

инновационные подходы, в частности, краткосрочные,

ориентированные на практику формы образовательной
деятельности, такие как хакатоны. В данной статье

всесторонне анализируется роль хакатонов в развитии

навыков креативного мышления и поиска решений проблем

у студентов технических специальностей, их педагогическое,
психологическое и практическое значение. В статье на основе

существующих научно

-

теоретических подходов, а также

зарубежного и отечественного опыта глубоко анализируются

компетенции,

формируемые

посредством

хакатонов,

особенно творческий потенциал, критическое мышление,

способность выявлять проблемы и разрабатывать для них

решения. Также разрабатываются рекомендации по
повышению эффективности образовательных соревнований
в этом формате

.


KIRISH

XXI asrning birinchi choragi yakuniga yetar ekan, insoniyat hayotining deyarli

barcha jabhalarida yuz berayotgan keskin texnologik o‘zgarishlar,

raqamli

transformatsiya, sun’iy intellektning keng ko‘lamda joriy qilinishi hamda global raqobat
muhitining kuchayishi ta’lim tizimi oldiga yangidan

-

yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Xususan, oliy texnika ta’lim muassasalari uchun bu vazifalar nafaqat nazariy b

ilimlarni

berish, balki har bir talabani amaliy muhitga tayyorlash, uning individual intellektual

salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kreativ va muammoli yechim topish ko‘nikmalarini

rivojlantirish orqali zamonaviy mehnat bozoriga raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi,

yuqori texnologiyalarni chuqur o‘zlashtira oladigan mutaxassis sifatida tayyorlashni talab

etmoqda.

Bunday o‘zgaruvchan sharoitda, innovatsion yondashuvlar, ta’limning ilg‘or

shakllari va vositalari, xususan, loyiha asosidagi ta’lim, simulyatsi

yalar, muhandislik

musobaqalari va xakatonlar muhim didaktik vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Jumladan,

xakatonlar

qisqa muddatli (odatda 24-72 soat ichida) intensiv, jamoaviy va raqobatli

faoliyatga asoslangan o‘quv formatlari bo‘lib, talabalarni real

muammolarga tezkor,

samarali va kreativ yechimlar ishlab chiqishga undaydi. Dastlab dasturchilar va IT
sohasidagi mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan bu format, bugungi kunda texnika,

muhandislik, texnologik sohalar, hatto sog‘liqni saqlash va iqtisodiyo

t sohalarida ham

faol qo‘llanilmoqda. Bu holat xakatonlarning o‘qitish jarayonida universalligi va
samaradorligini ko‘rsatadi.

Ta’lim tizimida, ayniqsa texnika yo‘nalishlarida xakatonlardan foydalanishning

asosiy afzalliklari shundan iboratki, ular talabal

arni ma’lum bir nazariy fan doirasida

emas, balki real hayotdagi murakkab muammolarni tahlil qilish, ushbu muammolar

uchun o‘ziga xos yechim modellarini ishlab chiqish, bu yechimlarni jamoa bilan

muhokama qilish, loyiha sifatida ifodalash va qisqa vaqt ichida uni tayyor holatda taqdim

etish kabi qator muhim kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Bu jarayonda talabalar
nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar, balki ilgari duch kelmagan muammoli
vaziyatlarga ham o‘z yondashuvlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladilar.

Kreativ fikrlash, o‘z mohiyati bilan, mavjud bilim, tajriba va axborotlar asosida

yangi g‘oyalarni yaratish, muqobil yechimlar topish, o‘zgacha va noodatiy qarorlar qabul


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

366

qilish jarayonidir. Texnik yo‘nalishlarda esa bu ko‘nikma ayniqsa dolzarb bo‘lib,

tizimlashtirish, algoritmik fikrlash, texnik loyihalash, funktsional muammolarni hal qilish,

prototiplash va sinovdan o‘tkazish bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli, ta’lim jarayonida talabalarning kreativ fikrlash darajasini os

hirish, ularda

muammoli fikrlash refleksini shakllantirish

yuqori sifatli texnik kadrlar tayyorlashning

ajralmas bo‘g‘inidir.Shu bilan birga, ta’limda xakatonlar orqali muammoli vaziyatlarda
yechim topish ko‘nikmasini shakllantirish faqatgina nazariy bil

imlarga tayanmaslik, balki

amaliyot bilan chambarchas bog‘langan o‘quv faoliyatini tashkil etishni talab etadi. Zero,
xakatonlarda ishtirok etgan talabalar qisqa vaqt ichida o‘z bilimlarini yangilaydi, yangi
texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganadi, doimiy

o‘zgaruvchan talab va sharoitlarga tezda

moslashadi, shuningdek, o‘z g‘oyalarini ommaviy tarzda taqdim etish, yetkazish va

himoya qilish kompetensiyalarini egallaydi. Aynan shunday faoliyatlar natijasida talaba

o‘z

-

o‘zini anglash, ishonch bilan harakat qi

lish, shuningdek, yuqori bosim ostida ham

to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi shaxsiy fazilatlarni mustahkamlab boradi.Yana bir muhim
jihat shundaki, xakatonlar odatda jamoaviy shaklda tashkil etiladi. Bu esa o‘z navbatida,
har bir ishtirokchining o‘z fikrini erkin ifoda etishi, boshqa a’zolar bilan muloqotda
bo‘lishi, bahs

-

munozaralar orqali konstruktiv qarorlar qabul qilish, o‘zaro fikr almashuvi

orqali kreativ yondashuvlarni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, turli ixtisoslik
vakillarining bir jamoa

da ishlashi esa interdisipliner fikrlashga, ya’ni turli fanlar asosida

umumiy muammolarga kompleks yondashuv ishlab chiqishga zamin yaratadi. Bu esa

hozirgi kunda texnika fanlarida keng tarqalgan bo‘lgan multidisplinar va transdisipliner

tadqiqotlar uchun

zarur metodologik poydevordir.So‘nggi yillarda dunyoning yetakchi

texnika universitetlari, jumladan MIT (AQSh), ETH Zurich (Shveytsariya), Tsinghua

University (Xitoy) hamda boshqa nufuzli muassasalar tomonidan xakatonlar ta’lim

jarayonining ajralmas qismi

sifatida yo‘lga qo‘yilgan[1

-

3]. Ular orqali talabalar o‘zlarining

kurs ishlari, bitiruv loyihalari yoki ilmiy izlanishlarini amaliy shaklda ifodalaydilar, real

sanoat muammolarini hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘z navbatida, bu yondashuv

mahalliy

oliy ta’lim muassasalari uchun ham namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar,

xususan, texnika va muhandislik sohalarida amaliyotga asoslangan, innovatsion va
kompetensiya

viy yondashuvlar kuchayib borayotgani xakatonlar formatining o‘quv

jarayonidagi ahamiyatini oshirmoqda. Xakatonlar

qisqa muddatli, intensiv, muammoga

yo‘naltirilgan hamda jamoaviy ijodiy ishga asoslangan musobaqa va ta’lim shakli sifatida

talabalarning tanqidiy, kreativ va analitik tafakkurini rivojlantiruvchi muhim metod

hisoblanadi. Ularning kelib chiqish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlab ular
dasturchilar orasida turli loyihalarni ishlab chiqish uchun tashkil etilgan bo‘lsa

-da,

bugungi kunda

xakatonlar ta’limda, ayniqsa texnika yo‘nalishida faol qo‘llanilmoqda.

Xakatonlar haqida ilk fundamental tadqiqotlar Briscoe va Mulligan (2014)

tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning ishlarida xakatonlar «digital innovatsiya
platformasi» sifatida talqin etiladi. Ushbu tadqiqotda xakatonlar ishtirokchilar uchun o‘z
g‘oyalarini

tezda konseptga aylantirish, ularni amalda sinovdan o‘tkazish va ommaga

taqdim etish imkoniyatini yaratadigan noyob muhit sifatida baholangan[2]. Bu holat,

ayniqsa talabalarda kreativ fikrlash va yangi g‘oyalarni ilgari surish ko‘nikmalarini

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Cropley (2001) va Runco (2007) tomonidan olib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

367

borilgan tadqiqotlar esa kreativ fikrlash nazariyasi va uni rivojlantirish metodikalariga

bag‘ishlangan[5]. Ularning ta’kidlashicha, kreativlik bu nafaqat san’at va dizayn

sohalariga xos fazilat, balki har qanday sohada, ayniqsa muhandislikda muhim
muvaffaqiyat omilidir. Texnik muammolarga innovatsion yechimlarni topish, mavjud

tizimlarni optimallashtirish, funksional o‘zgarishlar kiritish –

bularning barchasi kreativ

tafakkurning mahsulidir. Xakatonlar aynan mana shu salohiyatni ochib beradigan, uni

rag‘batlantiradigan va real sharoitda rivojlantiradigan muhim maydon bo‘lib xizmat

qiladi.

Komssi va hammualliflarining (2015) tadqiqotlari ham xakatonlarning ta’limiy

ahamiyatini chuqur tahl

il qiladi. Ular xakatonlarni «tajriba laboratoriyasi» deb atab,

bunda talabalar real dunyodagi muammolarga muqobil yechimlar topishda ishtirok

etishlari, loyihalash va prototiplash ko‘nikmalarini rivojlantirishlari, shuningdek,

jamoada ishlash, liderlik qi

lish va o‘z g‘oyalarini taqdim etish fazilatlarini

mustahkamlashlari mumkinligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, xakatonlar natijadorlikni
o‘lchashda klassik reyting tizimlariga qaraganda ko‘proq amaliy kompetensiyalarni

baholaydi.

Nolte va boshqalar (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa xakatonlarning

yangi ishtirokchilar uchun qanday qo‘llab

-quvvatlovchi mexanizmlarni taklif qilishi

masalasi o‘rganilgan. Ular xakatonlarda yangi talabalar uchun qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan mentorlik, resursga asos

langan yondashuvlar va iterativ fikrlash modelini muhim

pedagogik yondashuv sifatida ko‘rsatgan[3]. Ushbu yondashuvlar yordamida yangi

ishtirokchilar ham qisqa vaqt ichida yuqori darajadagi ijodiy va amaliy faoliyatga

qo‘shilishlari mumkin.Kreativlik va muammoli vaziyatlarda yechim topish bo‘yicha
ta’limiy yondashuvlar orasida xakatonlar bilan bir qatorda loyiha asosida o‘qitish, dizayn

fikrlash kabi metodlar ham mavjud. Biroq xakatonlar bu metodlarga nisbatan intensivligi,
musobaqaviy ruhi va cheklangan vaqt doirasida ishlash shartlari bilan ajralib turadi.
Aynan shu omillar talabalarning stressga chidamlilik, tezkor qaror qabul qilish,
resurslardan oqilona foydalanish, murakkab muammolarni tahlil qilish kabi

ko‘nikmalarini shakllantiradi[8].

Shuningdek, adabiyotlarda xakatonlar orqali shakllanadigan kompetensiyalarning

tahliliga ham alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, jamoadagi rollarni aniqlash, resurs

taqsimoti, vaqt boshqaruvi, muammolarni prioritetlashtirish, natijalarni qisqacha taqdim
etish va samara

dorlikni o‘lchash mexanizmlari –

bularning barchasi xakatonlar orqali

o‘rgatiladi. Bu esa o‘z navbatida talabalarni nafaqat muhandislik, balki loyiha boshqaruvi,
tizimli tahlil, startap faoliyati va liderlik yo‘nalishlarida ham tayyorlaydi[1].Yuqoridagi

ad

abiy manbalarni umumlashtirar ekanmiz, xakatonlar texnika ta’limi sohasida kreativ

tafakkur, muammoli vaziyatlarda strategik yechim topish, tanqidiy va tizimli fikrlash,

tezkor prototiplash, amaliyotga asoslangan o‘rganish hamda jamoaviy ishlash kabi
ko‘pl

ab kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli pedagogik vosita

sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu yondashuvning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi,

ayniqsa, texnik mutaxassislarni zamonaviy global talablar darajasida tayyorlashda
muhim bosqich hisoblanadi[2].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur ilmiy tadqiqotda texnika sohasida tahsil olayotgan talabalarda kreativ

fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

368

xakatonlarning ta’sirini baholash maqsad qilingan. S

hu asosda sifatli va miqdoriy

yondashuvlarni birlashtirgan aralash metodologiya tanlandi. Bu uslubiy yondashuv

orqali nafaqat statistik ma’lumotlar yig‘ildi, balki talabalarning xakatonlardagi ishtiroki

davomida kechgan shaxsiy tajribalari, his-

tuyg‘ulari

va ichki refleksiyalari ham tahlil

qilindi. Bu esa mavzuga chuqur va kompleks yondashish imkonini berdi.Tadqiqot ob’ekti
sifatida O‘zbekistonning uchta yirik texnika universitetida tahsil olayotgan, 2

-4 bosqichda

o‘qiyotgan talabalar tanlab olindi[9]. Ushb

u bosqich tanlovi sababli talabalar allaqachon

asosiy fanlar bilan tanishgan, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan kompetensiyalari
shakllana boshlagan va xakatonlarda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lgan bo‘lishi

ehtimoli yuqori edi. Umumiy respondentlar soni miqdoriy bosqichda 150 nafarni tashkil
etdi, sifatli bosqichda esa 30 nafar talaba bilan chuqurlashtirilgan intervyular olib

borildi.Miqdoriy bosqichda so‘rovnoma usulidan foydalanildi. Maxsus ishlab chiqilgan

anketada 20 dan ortiq savollar jamlangan

bo‘lib, ular talabaning xakatonlardagi ishtiroki

(nechta xakatonda qatnashgani, qanday rollarda qatnashgani), kreativlik darajasi

(masalan, yangi g‘oyalar taklif qilish, noodatiy yechimlarni ishlab chiqish), muammoli

vaziyatlarda harakat qilish uslubi (tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish), jamoaviy

faoliyatdagi roli (rahbarlik qilish, mediatorlik, texnik ekspertlik) kabi mezonlar bo‘yicha

baholandi. Savollar Likert shkalasi asosida baholandi (1 dan 5 gacha), statistik tahlil
uchun SPSS dasturidan f

oydalanildi. Olingan ma’lumotlar orqali bog‘liqlik darajalari,

o‘rtacha ko‘rsatkichlar va dispersiya tahlillari amalga oshirildi[5

-6].

Sifatli tadqiqot bosqichi yarim tuzilgan intervyular asosida tashkil etildi.

Intervyularda qatnashgan talabalarga xakaton davomida qanday holatlarga duch

kelishgani, qanday muammolarni hal qilishga to‘g‘ri kelgani, qanday yangi ko‘nikmalar

hosil qilgani, jamoaviy muhitda qanday funksiyani bajargani haqida savollar berildi.

Intervyular audioyozuv orqali qayd etilib, so‘ngra to‘liq transkripsiya qilindi va kontent

-

tahlil usuli yordamida tematik kodlash amalga oshirildi. Ushbu bosqichda tadqiqotchi
neytral pozitsiyani saqlagan holda, subyektiv fikrlarni ilmiy yondashuv orqali
sistemalashtirdi.Shuningdek, tadqiqotda xakatonlarning talaba kompetensiyalariga

ta’sirini baholash uchun analitik model ishlab chiqildi. Modelda quyidagi komponentlar
ajratib ko‘rsatildi: 1) kreativ tafakkur (g‘oyalarni generatsiya qilish, kreativ yondashuv),

2) tanqidiy fikrlash (muammoni tahlil qilish, alternativ variantlar ishlab chiqish), 3)
jamoaviy faoliyat (hamkorlikda ishlash, rol ajratish), 4) muammoli vaziyatlarda harakat

qilish (qaror qabul qilish, vaqtni boshqarish), 5) o‘z

-

o‘zini anglash va refleksiya. Har bir

komponent bo‘yicha 3

-5 indikator ishlab chiqildi va respondentlar javoblari shu

indikatorlarga mos ravishda tizimlashtirildi.Tadqiqot jarayonida etik prinsiplar qat’iy
rioya qilindi. Talabalardan og‘zaki va yozma rozilik olindi, anonimlik kafolatlandi.

Intervyular shaxsiy identifikatsiya qilinmaydigan tarzda kodlandi. Ishtirokchilarga
ularning fikrlari faqat ilmiy tahlil uchun ishlatilishi, uchinchi shaxslarga taqdim

etilmasligi haqida aniq ma’lumot berildi.

Tadqiqot metodologiyasi orqali xakatonlarda ishtirok etgan texnika yo‘nalishidagi

ta

labalar faoliyatining turli jihatlari kompleks baholandi: statistik ko‘rsatkichlar orqali

umumiy tendensiyalar aniqlangan bo‘lsa, intervyular yordamida chuqur individual
refleksiya va tajribalar ochib berildi. Bu esa, kelgusida xakatonlar ta’lim tizimiga q

anday

integratsiya qilinishi mumkinligi, ularning samaradorligini qanday oshirish lozimligi va
ular orqali talabalarda qaysi kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi haqidagi ilmiy
asoslangan xulosalarni shakllantirishga xizmat qildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

369

TADQIQOT NATIJALARI

Tadqiqot natijalari ikki asosiy manbadan

miqdoriy (so‘rovnoma asosidagi) va

sifatli (intervyular asosidagi) tahlil natijalaridan tashkil topdi. Har ikki uslubiy yondashuv

orqali yig‘ilgan ma’lumotlar xakatonlarda ishtirok etgan talabalar faoliyatida se

zilarli

ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini ko‘rsatdi. Ular orasida kreativ fikrlash darajasining

oshishi, jamoada ishlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish layoqatining
rivojlanishi asosiy komponentlar sifatida ajralib turdi.Miqdoriy tahlil davomida 150 nafar

respondent tomonidan to‘ldirilgan anketalar tahlil qilindi. Baholash Likert shkalasi

asosida amalga oshirildi va SPSS statistik dasturi orqali quyidagi asosiy natijalarga
erishildi:

So‘rovda qatnashganlarning 82 foizi xakatonlardan so‘ng o‘zida kr

eativ fikrlash

darajasining sezilarli oshganini bildirgan. Bunga asosiy sabab sifatida ularning yangi

g‘oya ishlab chiqish, mavjud loyihalarga noodatiy yondashuv qo‘llash va innovatsion
yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha faol ishtirok etgani ko‘rsatilgan.

T

alabalarning 74 foizi muammoli vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish

qobiliyati rivojlanganini ta’kidlagan. Ular bu ko‘nikmani aynan xakatonlarda real shart

-

sharoitlar va vaqt chegarasi doirasida olib borilgan amaliy ishlanmalar jarayonida
egallaganini bildirgan.

So‘rovda qatnashganlar ichida 69 foizi xakatonlardan keyingi jamoaviy ishlash

sifati va kommunikatsion ko‘nikmalari yaxshilanganini aytgan. Talabalar fikriga ko‘ra,

xakatonlarda fikr almashish, rollarni taqsimlash, kelishmovchiliklarni hal qilish va

jamoaviy qarorlarni shakllantirish ularning ijtimoiy faoliyatiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan.

Sifatli tahlil esa 30 nafar talaba bilan olib borilgan yarim tuzilgan intervyular

asosida amalga oshirildi. Intervyular asosida quyidagi

tematik yo‘nalishlar aniqlandi:

Kreativlik va g‘oya generatsiyasi.Intervyu qatnashchilarining aksariyati

xakatonlarda erkin fikr bildirish va eksperiment qilish muhitining mavjudligini yuqori
baholadi. Ular yangi fikrlarni ilgari surish va muqobil yechimlar taklif qilish orqali

o‘zlarida ilgari mavjud bo‘lmagan tasavvur va fikrlash moslamalari shakllanganini

bildirdi.

Muammoli vaziyatlarda harakat qilish. Talabalar tomonidan qayd etilgan asosiy

jihatlardan biri

vaqt bosimi ostida ishlash va cheklangan resurslar sharoitida optimal

yechim ishlab chiqish zarurati bo‘lib, bu holat ularni tezroq va aniqlik bilan fikr
yuritishga, shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni shakllantirishga undagan.

Jamoaviy ishlash va liderlik.Ko‘plab talabalar xakatonlar orqali o‘zlarida liderlik

fazilatlari, muvofiqlashtiruvchi va strategik rejalashtiruvchi rolga ega bo‘lganliklarini

aniqlagan. Ayrim intervyu qatnashchilari jamoada nizolarni bartaraf etish, boshqalarning
fikrini inobatga olish, bahsli holatlarda murosaga ke

lish ko‘nikmalarini aynan xakaton

tajribasi orqali o‘zlashtirganini ta’kidlagan.

Refleksiya va o‘z

-

o‘zini baholash. Sifatli intervyularda respondentlar xakaton

yakunida berilgan taqdimotlar, hakamlar fikri, jamoaviy muhokamalar orqali o‘zlarining

kamchilik va kuchli tomonlarini aniqlashga, keyingi faoliyatlar uchun saboq olishga

erishganini qayd etishgan. Bu esa o‘z

-

o‘zini rivojlantirish va reflektiv tafakkur

shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, xakatonlarda ishtirok etga

n talabalar, avvalambor,

nazariy bilimlarini real vaziyatlarga tatbiq etish orqali ularni mustahkamlagan,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

370

ikkinchidan, zamonaviy texnik muammolarni hal qilishda qo‘llaniladigan soft

-skills va

hard-

skills ko‘nikmalarini egallagan. Bu esa ularni mehnat bozor

ida nafaqat bilimli, balki

amaliyotga tayyor, tashabbuskor va mas’uliyatli mutaxassis sifatida shakllantirish

imkonini beradi.Shuningdek, respondentlarning 63 foizi xakatonlardagi faol ishtirok

natijasida o‘z startap loyihalarini ishlab chiqqanini yoki mav

jud loyihalarda

qatnashganini bildirgan. Bu holat xakatonlarning nafaqat ta’limiy, balki innovatsion,
iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham dolzarb va foydali mexanizmga aylanganini ko‘rsatadi.

Tadqiqot natijalari asosida olib borilgan tahlillar xakatonlarning texnika

yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kuchli ta’limiy vosita sifatida ahamiyatini
yana bir bor tasdiqladi. Mazkur musobaqa va treninglar shaklida tashkil etiladigan o‘quv
formati nafaqat nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, balki t

alabalarni kreativ va

tanqidiy fikrlashga undash, real muammolarga tizimli va innovatsion yondashuvlar

ishlab chiqish, jamoada ishlash va liderlik fazilatlarini shakllantirish kabi ko‘plab
kompetensiyalarni rivojlantiradi.Xakatonlarning o‘rganilgan afzalli

klari xalqaro va

mahalliy ilmiy manbalar bilan ham tasdiqlanadi. Masalan, Briscoe va Mulligan (2014)

xakatonlarni "digital innovatsiya laboratoriyasi" sifatida e’tirof etar ekan, ularning

ijodkorlik va innovatsion salohiyatni faollashtiruvchi muhit ekanligini qayd etadi. Komssi

va hammualliflarining (2015) fikricha, xakatonlar orqali talabalar o‘zlarining jamoaviy
ishlash, tezkor qaror qabul qilish va texnik muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini

faol ravishda rivojlantiradilar.

Tadqiqot natijalarida aniq

langanidek, talabalar aynan xakatonlarda o‘zlarining

ilgari mavjud bo‘lmagan yoki kam rivojlangan kompetensiyalarini kashf etganlar. Bu
holat talabaning o‘z

-

o‘zini anglash, shaxsiy va kasbiy o‘sishga yo‘naltirilgan reflektiv

tafakkur shakllanishi uchun muh

im poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Respondentlarning

sezilarli qismi xakatonlardagi ishtirok natijasida o‘zida o‘zgarishlarni his qilgan: masalan,

ular muammolarni ilgari qanday hal qilganini, hozir qanday hal qilishga harakat
qilayotganini solishtirgan va

bunda sezilarli o‘sishni ko‘rgan.Muammoli vaziyatlarda

yechim topish layoqati

texnik ta’limdagi asosiy kompetensiyalardan biridir. Xakatonlar

aynan shu kompetensiyani rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlarga qaraganda yuqori

samaradorlikka ega, chunki bu formatda talabalar faqat bilim emas, balki real kontekstda

qaror qabul qilish, noto‘g‘ri yo‘nalishlarni tan olib ularni tuzatish, vaqti cheklangan holda
jamoaviy muhokama orqali yakuniy yechimga kelish tajribasini oladi. Bu jarayon o‘z

navbatida ularning texnik tafakkurini mustahkamlab, tizimli fikrlash va loyiha asosida
ishlash salohiyatini oshiradi.

Shuningdek, xakatonlar orqali shakllanadigan ijtimoiy va psixologik ko‘nikmalar –

ya’ni kommunikatsiya, ijtimoiy intellekt, ziddiyatlarni boshqarish va hamkor

likda ishlash

texnik sohalarda ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda texnik

mutaxassis faqat o‘z kasbiy bilimlari bilan emas, balki jamoada samarali ishlay olishi,
g‘oyalarni tushunarli shaklda ifodalay olishi, va o‘z yechimlarini himoya qila

olishi bilan

raqobatbardosh hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari shuni ham ko‘rsatadiki, xakatonlar talabalarga o‘zlarining

startap loyihalarini ishlab chiqish va ularni taqdim etish uchun qulay platforma bo‘lib
xizmat qilmoqda. Bu esa ta’lim, innovatsiya va iqtisodiyot o‘rtasidagi integratsiyani

kuchaytiradi. Talabalarda tadbirkorlik salohiyatining shakllanishi va ushbu salohiyatni

texnik muammolarni hal qilish bilan birlashtira olish qobiliyati zamonaviy oliy ta’limning
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Shu o‘rinda, mavjud tajriba asosida ayrim m

uhim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

371

kamchiliklar va takomillashtirish yo‘nalishlariga ham e’tibor qaratish lozim. Talabalar

tomonidan qayd etilgan eng asosiy muammo

ba’zi xakatonlarda metodik ko‘mak va

mentorlik yetarli darajada bo‘lmagani, resurslar taqchilligi yoki mavzularning real

sanoat

bilan yetarlicha bog‘lanmaganidir. Shu sababli, xakatonlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish

uchun pedagogik, texnologik va tashkiliy jihatdan puxta rejalashtirilgan model zarur.

XULOSA

Olib borilgan ilmiy tadqiqot asosida aniqlanishicha, xakatonlar texn

ika yo‘nalishida

tahsil olayotgan talabalarning kreativ fikrlash darajasini sezilarli darajada oshiradi,
ularda real hayotda duch kelinadigan murakkab muammolarga tizimli, innovatsion va
amaliy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu pedagogik forma talabalarning
nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mustahkamlaydi, ularni shaxsiy va

kasbiy jihatdan kompleks rivojlanish sari yo‘naltiradi. Ayniqsa, tanqidiy va reflektiv

fikrlash, jamoada ishlash, qaror qabul qilish, vaqtni boshqarish, texnik prototiplash va
startap

madaniyatini

shakllantirish

kabi

kompetensiyalarni

rivojlantirishda

xakatonlarning ta’siri yuqori bo‘lishi aniqlandi.Xakatonlar orqali shakllanuvchi

yondashuv nafaqat texnik, balki psixologik, ijtimoiy va ijtimoiy-texnologik

jihatlarni o‘z

ichiga olgan ko‘p qatlamli bilimlar va ko‘nikmalar majmuasini shakllantirishga xizmat
qilmoqda. Bunday formatda ta’lim jarayoni nafaqat bilish faoliyati, balki amaliyot,

hamkorlik, raqobat va innovatsion tafakkur muhitini yaratadi. Shunday ekan, texnika oliy

ta’lim muassasalarida xakatonlarni tizimli asosda joriy etish, ularni dars jarayonlari, ilmiy
izlanishlar va sanoat amaliyoti bilan integratsiyalash, ta’lim sifatini oshirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

OʻYXATI:

1.

Nolte, A., Pe-Than, E. P. P., Filippova, A., Bird, C., Scallen, S., & Herbsleb, J. D.

(2020). How to support newcomers in hackathons

An empirical study. Proceedings of

the

ACM

on

Human-Computer

Interaction,

4(CSCW2),

Article

131.

https://doi.org/10.1145/3415193

2.

Bekmurodov, A. B. (2022). Xakatonlar orqali talabalar innovatsion

salohiyatini oshirish. Pedagogik ta’limda zamonaviy yondashuvlar, 4(1), 89–

95.

3.

Karabayeva, L. X., Abdullayev, I. N. O. G. L., & Shakarov, F. Q. (2025). Methods

and technologies for increasing the energy efficiency of portable medical devices. Science
and Education, 6(2), 170-175.

4.

Nematov, S. Q., Kamolova, Y. M., & Abdullayev, I. N. (2023). Modern

algorithmic methods for the analysis of speech disorders after a stroke. Science and
Education, 4(6), 452-456.

5.

Nigmatilla o’g’li, A. I., & Quvondiqovich, S. F. (2025). KARDIOSKLEROZ

PROGNOSTIK MODELINI YARATISHDA MACHINE LEARNING VA DEEP LEARNING
USULLARINING QIYOSIY TAHLILI. Fan, Jamiyat va Innovatsiyalar, 2(19), 22-27.

6.

Nigmat

illa o’g’li, A. I., & Baxitbayevich, M. A. (2025). SUN'IY INTELLEKT

YORDAMIDA

YURAK

KASALLIKLARINI

PROGNOZLASH

MODELLARINING

ISHONCHLILIGI. Fan, Jamiyat va Innovatsiyalar, 2(19), 16-21.

7.

Mirametov, A., Abdullayev, I., Nazirov, R., & Tashev, B. (2024). APPLICATION

OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN ECG ANALYSIS: PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS IN
HEALTHCARE. Science and innovation, 3(A3), 110-115.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

372

8.

Magrupov, T., Nazirov, R., & Abdullaev, I. (2024). FORMATION OF A

DATABASE OF LUNG DISEASE SOUND SIGNALS. Science and innovation, 3(A9), 90-96.
Nematov, S. Q., Kamolova, Y. M., & Abdullayev, I. N. (2022). Speech therapy for adults.
Science and Education, 3(10), 48-53.

Библиографические ссылки

Nolte, A., Pe-Than, E. P. P., Filippova, A., Bird, C., Scallen, S., & Herbsleb, J. D. (2020). How to support newcomers in hackathons – An empirical study. Proceedings of the ACM on Human-Computer Interaction, 4(CSCW2), Article 131. https://doi.org/10.1145/3415193

Bekmurodov, A. B. (2022). Xakatonlar orqali talabalar innovatsion salohiyatini oshirish. Pedagogik ta’limda zamonaviy yondashuvlar, 4(1), 89–95.

Karabayeva, L. X., Abdullayev, I. N. O. G. L., & Shakarov, F. Q. (2025). Methods and technologies for increasing the energy efficiency of portable medical devices. Science and Education, 6(2), 170-175.

Nematov, S. Q., Kamolova, Y. M., & Abdullayev, I. N. (2023). Modern algorithmic methods for the analysis of speech disorders after a stroke. Science and Education, 4(6), 452-456.

Nigmatilla o’g’li, A. I., & Quvondiqovich, S. F. (2025). KARDIOSKLEROZ PROGNOSTIK MODELINI YARATISHDA MACHINE LEARNING VA DEEP LEARNING USULLARINING QIYOSIY TAHLILI. Fan, Jamiyat va Innovatsiyalar, 2(19), 22-27.

Nigmatilla o’g’li, A. I., & Baxitbayevich, M. A. (2025). SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA YURAK KASALLIKLARINI PROGNOZLASH MODELLARINING ISHONCHLILIGI. Fan, Jamiyat va Innovatsiyalar, 2(19), 16-21.

Mirametov, A., Abdullayev, I., Nazirov, R., & Tashev, B. (2024). APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN ECG ANALYSIS: PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS IN HEALTHCARE. Science and innovation, 3(A3), 110-115.

Magrupov, T., Nazirov, R., & Abdullaev, I. (2024). FORMATION OF A DATABASE OF LUNG DISEASE SOUND SIGNALS. Science and innovation, 3(A9), 90-96.

Nematov, S. Q., Kamolova, Y. M., & Abdullayev, I. N. (2022). Speech therapy for adults. Science and Education, 3(10), 48-53.