Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Effective methods for developing dynamics and expressive
techniques in dayra performance
Ismoil RUSTAMOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article explores effective methods for developing
dynamics and expressive means in the performance of the
dayra, a traditional Uzbek percussion instrument. It analyzes
pedagogical strategies and practical techniques that enhance
expressive interpretation and dynamic control in dayra
performance. The study draws upon stage performance
experience, educational practice, and approaches in music
pedagogy. The findings and recommendations are particularly
relevant for students and teachers in the fields of vocal and
instrumental performance, as well as for dayra practitioners
aiming to deepen their interpretative skills.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp324-329
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
dayra,
performing arts,
dynamics,
expressive means,
music pedagogy,
training methods,
stage culture.
Doira
ijrosida
dinamika
va
ifoda
vositalarini
rivojlantirishning samarali usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
doira,
ijrochilik san’ati,
dinamika,
ifoda vositalari,
musiqa pedagogikasi,
mashg‘ulot metodikasi,
sahna madaniyati.
Ushbu maqolada doira cholg‘usi ijrochiligi jarayonida
dinamika va ifoda vositalarining shakllanishi hamda ularni
rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik va amaliy
usullar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sahnaviy tajriba, mashg‘ulot
jarayoni va musiqiy pedagogika yondashuvlari asosida doira
ijrosida badiiy ifoda va dinamika imkoniyatlarini boyitish
yo‘llari yoritiladi. Mazkur material vokal va cholg‘u ijrochiligi,
musiqa pedagogikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba va
o‘qituvchilar, shuningdek, doira ijrochilari uchun nazariy va
amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.
1
Lecturer, Department of Vocal and Instrumental Performance, Fergana State University. Fergana, Uzbekistan.
E-mail: i.rustamov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
325
Эффективные
методы
развития
динамики
и
выразительных средств в исполнении на даира
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
даира, исполнительское
искусство,
динамика,
выразительные средства,
музыкальная педагогика,
методика занятий,
сценическая культура.
В данной статье рассматриваются эффективные методы
развития
динамики
и
выразительных
средств
в
исполнительстве на даире –
традиционном узбекском
ударном инструменте. Анализируются педагогические
подходы
и
практические
приёмы,
способствующие
углублению художественной выразительности и контролю
над динамикой в процессе исполнения. Исследование
опирается на сценический опыт, методику занятий и
концепции музыкальной педагогики. Материал представляет
интерес для студентов и преподавателей в области
вокального и инструментального исполнительства, а также
для исполнителей на даире, стремящихся усовершенствовать
своё мастерство.
KIRISH
Doira o‘zbek xalq musiqa madaniyatida ritmik asosning tayanch cholg‘usi sifatida
qadimdan ommalashib kelgan. Uning texnik imkoniyatlari, tovush ranglari va ijro
ifodaviyati o‘tgan asrda yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda doira ijrochiligidan
nafaqat ansambl yoki maqom musiqasi tarkibida, balki sahnaviy solo chiqishlarda ham
yuqori ifodaviylik talab qilinadi. Shu bois, ijrochilikda dinamika va emotsional ifoda
vositalarining rivojlanishi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida oxirgi
yillarda milliy madaniyatimiz va an’anaviy san’at sohalarini rivojlantirish bo‘yicha keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017
-yil 17-
noyabrdagi “Madaniyat
va san’at sohasini tubdan isloh qilish, uning samaradorligini oshirish hamda sohaga
malakali kadrlarni keng jalb etishga doir chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–
3407-sonli
qaror [1], 2020-yil 26-
maydagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini
2020
–
2025-
yillarda rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–
4749-sonli
qaror [2] hamda 2021-yil 6-
apreldagi “Milliy san’a
t va madaniyat maktablarini
rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
5056-
sonli qarorlar [3] orqali an’anaviy
cholg‘u ijrochiligini har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur hujjatlar doira san’ati singari milliy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishida ham
ilmiy-metodik asoslarni mustahkamlash, iqtidorli yosh ijrochilarni tayyorlash va ularning
professional salohiyatini oshirishni muhim vazifa sifatida belgilab bermoqda. Doira
–
O‘zbekiston xalq musiqa madaniyatida ritmik asosning tayanch cholg‘usi sifatida
qadimdan faol foydalanib kelinayotgan, hozirgi kunda esa nafaqat an’anaviy ansambl va
maqom ijrochiligida, balki zamonaviy sahnaviy san’atda ham o‘ziga xos mavqe kasb etgan
zarbli cholg‘udir.
Uning texnik imkoniyatlari, tovus
h ranglari va ifodaviy vositalari o‘tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab yangi bosqichga ko‘tarilib, yakkaxon chiqishlar, xalqaro
musiqiy loyihalar va zamonaviy bastakorlik uslublari bilan uyg‘unlashgan holda boyib
bormoqda. Ayniqsa, sahna chiqishlarida
doira ijrochisining emotsional ta’sir kuchi,
ijroning dinamika orqali tinglovchiga yetkazilishi muhim mezonga aylangan. Shu bois,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
326
ijrochilik jarayonida dinamika va ifoda vositalarining rivojlanishi
–
nafaqat texnik
mahoratning, balki ijodiy tafakkur va musiqiy nutqning shakllanishi uchun ham zaruriy
shart hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Doira cholg‘usi ijrochiligini o‘rgatishda asosiy metodik yondashuvlar, avvalo, milliy
an’analar, xalq og‘zaki ijodi va maqom ijrochilik tajribasidan ildiz olgan bo‘lsa
-da,
zamonaviy pedagogik talablarga javob beradigan usullarni ishlab chiqish zarurati
mustaqillik yillaridan boshlab keskin dolzarb masalaga aylandii. O‘zbek musiqa
madaniyati va xususan, doira ijrochilik san’ati bo‘yicha ilmiy izlanish olib bor
gan olimlar
orasida D. Islomov, G. Yunusova, A.
Jo‘rayev, I.
Boltaev singari mutaxassislar alohida o‘rin
tutadi.
Sh.
Nazarov o‘zining “Doira cholg‘usi ijrosi va usullari” [4] nomli risolasida
cholg‘uning texnik imkoniyatlarini bosqichma
-bosqich rivojlantirishga qaratilgan amaliy
mashqlar tizimini taklif etadi. U ijrochilikni faqat texnik harakatlar emas, balki ichki
musiqiy tafakkur bilan uyg‘unlikda rivojlantirish g‘oyasini ilgari suradi. Jumladan, har bir
zarb turining tovush xarakteri, tembri, intensivligi haqida bilim berish orqali ijrochining
musiqiy ongini faollashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Bu fikr maqola mavzusi bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, doira ijrosida dinamika va ifoda vositalarining shakllanishi aynan ongli
eshitish va musiqiy idrok bilan b
og‘liq ekanini tasdiqlaydi.
G.
Yunusovaning “O‘zbekiston xalq zarbli cholg‘ulari” [5] nomli fundamental
asarida doiraning xalq og‘zaki an’anadagi o‘rni, uning marosimiy va sahnaviy funksiyasi,
turlari va o‘ziga xos ifodaviy imkoniyatlari chuqur yoritilgan.
U doiraning ayollar
ijrochilik an’anasi bilan bog‘liqligini tahlil qilib, ifoda vositalarining ijtimoiy
-madaniy
kontekstda shakllanishiga urg‘u beradi. Bu esa ijrochining dinamika va emotsional tus
berishdagi tabiiylik, tabiatan takrorlanmas zarblar hosil qilishga moyilligini ochib beradi.
A.
Jo‘rayev o‘z izlanishlarida doira ijrochiligini xoreografik harakatlar bilan
uyg‘unlikda o‘rganish zaruriyatini ilgari surgan [6]. Unga ko‘ra, sahnadagi plastika, tana
harakatining zarb bilan bog‘liqligi, ifodaning mu
him komponentidir. Ushbu qarashlar
ijroning nafaqat eshitish, balki ko‘rish orqali ham qabul qilinishini, ya’ni doiraning
sahnaviy dinamikasida butunlay boshqa darajadagi san’at namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bu yondashuv orqali ifoda vositalarining vizual
va emotsional ko‘lamini o‘rgatish usullari
shakllanadi.
I.
Boltaevning musiqa ta’limi metodikasiga oid ishlarida cholg‘u mashg‘ulotlarida
ijodiy vazifalarning ahamiyati haqida chuqur fikr yuritiladi [7]. Xususan, u ijrochining
ichki emotsional dunyosini m
usiqaga o‘tkaza olishini ta’minlaydigan topshiriqlarni
kiritish, mustaqil improvizatsiyalarni rag‘batlantirish va har bir zarb ortida ma’lum bir
mazmun bo‘lishiga erishishni asosiy metodik mezon sifatida ko‘rsatadi. Bu fikrlar
doira ijrochisining ifodaviy salohiyatini rivojlantirishda improvizatsion va obrazli
mashqlarning naqadar muhimligini ilmiy asoslaydi [8-11].
Yuqoridagi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, doira cholg‘usi ijrochiligi bo‘yicha
samarali ta’lim tizimini shakllantirishda texnik ko‘ni
kmalar bilan bir qatorda, dinamika
va ifoda vositalarini ongli ravishda rivojlantirish, individual yondashuvga asoslangan
mashg‘ulotlar tizimini joriy etish zarur. O‘zbek olimlarining bu boradagi qarashlari va
takliflari, pedagogik tajribalar orqali sinovd
an o‘tgan metodikalar bilan uyg‘unlashtirilsa,
doira san’atining nafaqat xalqona, balki akademik maktablari ham mustahkamlanadi. Shu
asosda yosh ijrochilar nafaqat tovush chiqarishni, balki musiqiy fikrni ifodalashni ham
o‘rganadilar –
bu esa ularning sahn
adagi emotsional ta’sirchanligi, musiqiy estetikasi va
professional darajasini belgilovchi asosiy mezondir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
327
NATIJALAR VA MUNOZARA
Ijrochining ifodaviy salohiyatini shakllantirish
–
bu faqat texnik ko‘nikmalarni
o‘rgatish emas, balki musiqiy ong, emotsional tasavvur va sahnaviy obrazni uyg‘un holda
tarbiyalash jarayonidir. Pedagogik kuzatuvlar va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu
yo‘nalishda samaradorlikka erishish uchun bir necha asosiy metodik komponentlar
tizimli ravishda qo‘llanilishi lo
zim.
Birinchidan,
dinamika ustida bosqichli ishlash orqali ijrochi tovush kuchini ongli
boshqara olishga o‘rganadi. Dastlab “piano” darajasida o‘ta yengil zarblarni sinchkovlik
bilan ishlab chiqish, so‘ng “mezzo” va nihoyat “forte” darajasidagi kuchli, lek
in nazoratli
zarblarga o‘tish orqali tovush bosimining izchil nazoratini shakllantirish mumkin.
Bu jarayonda zarbning ichki kuchi, tovushning tabiiy chiqishi va ularning psixologik
ta’siri ustida muntazam ishlash, ijrochining nafaqat texnikasi, balki
ichki musiqiy
tasavvurlarini ham boyitadi.
Ikkinchidan,
tovushni nazorat qilishga oid mashqlar asosiy o‘rinda turadi. Masalan,
chap qo‘l bilan sirpma zarb, o‘ng qo‘l bilan kuchli urish, barmoqlar bilan mayin tovush
hosil qilish
–
bu kabi mashqlar tovush rang-barangligini yaratishga xizmat qiladi. Har bir
zarb turi alohida mashq qilinib, keyinchalik ularning kombinatsiyasi orqali dinamika
qatlamlari va murakkab fakturalar yaratiladi. Ushbu bosqichda zarblarning joylashuvi,
davomiyligi va intensivligi bilan i
shlash, tovush “palitrasi”ni boyitadi.
Uchinchidan,
ifodaviy frazalash texnikasining o‘rgatilishi ijrochilikda musiqiy
mantiq va emotsional yondashuvni ta’minlaydi. Ritmik namunalarni “savol
-
javob”
prinsipida ijro ettirish, ya’ni birinchi zarb “savol”, ikkinchisi esa unga “javob” sifatida
berilishi
–
musiqiy frazaning semantik yukini oshiradi. Bunday metodlar orqali ijrochi
musiqiy fikrni mantiqiy rivojlantirishga va uni tinglovchiga aniq yetkazishga o‘rgatiladi.
Bu esa o‘z navbatida, musiqiy nutqning ifoda
viylik darajasini sezilarli oshiradi.
To‘rtinchidan,
improvizatsion topshiriqlar orqali ijrochi o‘z emotsional holatini
tovush orqali ifodalashga intiladi. Masalan, pedagog “yengil quvonch” yoki “tashvishli
holat”ni zarblar orqali ifodalab berishni topshir
adi. Ushbu topshiriqlar orqali ijrochi
tovushda kayfiyat yaratish, musiqani obrazli talqin etish, ichki his-
tuyg‘ularni chiqara
olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Improvizatsiya erkinligi va ijodiy mustaqillik ijrochining
individual uslubini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Beshinchidan,
sahnadagi harakat va ekspressiya mashqlarining ahamiyati
beqiyosdir. Doira ijrochisi tana harakati, yuz ifodasi, ko‘z qarashi, qo‘lning egiluvchanligi
va imo-ishoralari orqali musiqaning mazmuniy qatlamlarini tinglovchiga yetkazadi.
Bu vositalar musiqaning vizual talqinini boyitadi, ijroni esa butunlay sahnaviy san’at
darajasiga olib chiqadi. Aynan sahnaviy ifoda orqali tinglovchida kuchli ta’sir uyg‘otish,
musiqaning obrazini yanada boyitish mumkin.
Demak, mazkur pedagogi
k metodlar tizimli qo‘llanilganda, ijrochining musiqiy
nutqi nafaqat texnik, balki emotsional, obrazli va sahnaviy jihatdan ham mukammal
bo‘lib boradi. Dinamika, tovush nazorati, frazalash, improvizatsiya va sahnaviy ifoda
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’lim jarayonida ongli tarzda yo‘lga qo‘yish –
yosh
doirachilarning ifodaviy salohiyatini samarali rivojlantirishda asosiy omillardan biri
sifatida qaralishi lozim. Bu yondashuv ijrochilik san’atining estetik hamda professional
darajasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
328
XULOSA
Doira ijrochiligida ifodaviylik va dinamikaning shakllanishi ijrochining texnik
mahoratidan tashqari, uning musiqiy tafakkuri, emotsional sezgirligi va sahna
madaniyatiga ham bog‘liq. Ustozning individual yondashuvi, bos
qichma-bosqich metodik
mashg‘ulotlar va sahnaviy tajriba asosida bunday ko‘nikmalarni samarali shakllantirish
mumkin. Kelgusida bu boradagi tadqiqotlar psixologik va fiziologik omillar bilan bog‘liq
jihatlarni ham qamrab olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do
ira ijrochiligi san’ati nafaqat texnik, balki teran musiqiy tafakkur, emotsional
sezuvchanlik va sahna obrazini to‘liq yaratish qobiliyatini talab etadi. Ifodaviylik va
dinamikaning shakllanishi, avvalo, ijrochining musiqiy ongida kechadigan jarayonlar,
ichki his-
tuyg‘ularni tovush orqali ifodalash ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu
ko‘nikmalarni samarali shakllantirish uchun pedagogik jarayonda turli bosqichli metodik
yondashuvlar, shu jumladan, dinamika ustida izchil mashg‘ulotlar, improvizatsion
topshiriqlar, sahnaviy ifoda mashqlari va individual frazalash mashqlari doimiy tarzda
qo‘llanilishi zarur.
Ijrochining estetik qarashlari va obrazli tafakkurini rivojlantirishda o‘qituvchining
rolli hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ustoz-
shogird an’anasi a
sosida shakllanadigan bu
jarayon faqat bilim va ko‘nikmalarni emas, balki san’atga, sahnaga, tinglovchiga nisbatan
mas’uliyat va samimiy yondashuvni ham tarbiyalaydi. Ayniqsa, musiqiy materialni har
tomonlama anglash, zarbning tovushli va vizual imkoniyatl
arini uyg‘unlashtirish orqali
tinglovchida emotsional rezonans hosil qilish ijro san’atining yuqori bosqichini
ifodalaydi.
Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, doirachilarning ifodaviy salohiyati faqatgina
repetitsiyalar natijasida shakllanmaydi. Bunda sahnaviy chiqishlar, individual
improvizatsion mashqlar, emotsional holatlarni tovushda aks ettirishga doir topshiriqlar,
shuningdek, tinglovchi bilan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri “muloqot” qilishga undovchi vazifalar
alohida o‘rin tutadi. Mazkur yondashuvlar doirachi
ijrochilarning nafaqat musiqaviy,
balki psixologik va kommunikativ kompetensiyalarini ham rivojlantiradi.
Shuningdek, ifodaviylikni shakllantirishda fiziologik omillar
–
nafas, mushaklar
bo‘shashuvi, tana holati, ko‘z qarashi, yurak urish ritmi kabi jaray
onlar ham bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, kelgusidagi ilmiy tadqiqotlarda ushbu jihatlar –
psixofiziologik
holat va ijro sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida yo‘nalishda o‘rganilishi maqsadga
muvofiqdir. Bu esa doira ijrochiligida ifoda va dinamika
bilan bog‘liq jarayonlarni yanada
chuqur va tizimli yoritishga zamin yaratadi.
TAVSIYA VA TAKLIFLAR
1.
Doira ijrochiligi bo‘yicha maxsus ifodaviy mashqlar to‘plami ishlab chiqilishi,
bunda dinamika, jumla va sahna ekspressiyasi bo‘yicha bosqichli dastur
asosida metodik
qo‘llanmalar tayyorlanishi tavsiya etiladi.
2.
Oliy va o‘rta maxsus musiqa ta’lim muassasalarida “Zarbli cholg‘ular ijrochiligida
sahnaviy ifoda” nomli maxsus kurs yoki seminar mashg‘ulotlari tashkil etilishi maqsadga
muvofiq.
3.
Doira ijrochilig
i bo‘yicha pedagog va talabalar o‘rtasida ijodiy laboratoriyalar va
ustoz-shogird maktablari faoliyatini kuchaytirish lozim.
4.
Ijrochining ifodaviy imkoniyatlarini baholashda faqat texnik mezonlar emas,
balki emotsional ta’sirchanlik, sahnaviy obraz, improvi
zatsion erkinlik kabi mezonlar
ham reyting tizimiga kiritilishi zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
329
Ushbu tavsiyalar zamirida doira cholg‘usining san’atiy salohiyatini to‘laqonli ochib
berish, yosh avlodda emotsional va badiiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, xalq
cholg‘ularimizn
i zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali rivojlantirishga xizmat qilish
maqsadi mujassam.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 17 ноябрдаги
ПҚ–
3407-
сон Қарори. Маданият ва санъат соҳасини тубдан ислоҳ қилиш, унинг
самарадорлигини ошириш ҳамда соҳада малакали кадрларни кенг жалб этишга
оид чора
-
тадбирлар
.
Манба: www.lex.uz
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 26 майдаги
ПҚ–
4749-
сон Қарори.
2020
–2025 йилларда маданият ва санъат соҳасини
ривожлантириш концепцияси
.
Манба: www.lex.uz
3.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 6 апрелдаги
ПҚ–
5056-
сон Қарори. Миллий санъат ва маданият мактабларини ривожлантириш
чора
-
тадбирлари.
Манба: www.lex.uz
4.
Назаров Ш.
(1998).
Доира чолғуси ижроси ва услублари. Тошкент:
Санъат
, 112 б.
5.
Юнусова Г.
(2004).
Ўзбекистон халқ зарбли чолғуларининг тарихи ва
амалиёти. Тошкент:
Фан
, 176 б.
6.
Жўраев А.
(2010).
Миллий чолғу ижросини ўқитишда саҳна
пластикасининг ўрни
.
Мусиқа ва театр санъати
, №3, Б.
45
–
50.
7.
Болтаев И.
(2007).
Мусиқа таълим методикаси: назарий ва амалий асослар
.
Тошкент: Муаллим, 224 б.
8.
Юнусова Г.Н.
(1987).
Народные ударные инструменты Узбекистана
.
Ташкент:
Фан
, 145 с.
9.
Назаров Ш.Ш.
(2001).
Доира чолғуси ижроси ва усуллари. Тошкент:
Маданият, 92 б.
10.
Атаходжаев Д.
(2005).
Мусиқий ижод ва маҳорат. Тошкент:
Маънавият
, 108 б.
11.
Болтаев А.
Мусиқий таълим методикаси. Тошкент:
Ўқитувчи
, 2012. 176 б.
