Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
A promising strategy for combating ideological threats in
ensuring public security
Gulsanam RUZIEVA
1
Institute for Advanced Training of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 15 June 2025
Available online
25 June 2025
This scientific article provides a comprehensive analysis of
the fight against ideological threats in ensuring public security
in Uzbekistan, the main factors affecting public security, existing
problems and ways to eliminate them. The development of the
field of combating ideological threats, in particular, the
possibilities of strengthening security by increasing the legal
and moral awareness and social activity of citizens, are
considered.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp239-247
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
ideological threat,
spirituality,
security,
social stability,
crime,
prevention,
legal awareness,
civil society,
reforms,
public policy.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga
qarshi kurashning istiqbolli strategiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mafkuraviy tahdid,
ma’naviyat,
xavfsizlik,
ijtimoiy barqarorlik,
jinoyatchilik,
profilaktika,
huquqiy ong,
fuqarolik jamiyati,
islohotlar,
davlat siyosati.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini
ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, jamoat
xavfsizligiga ta’sir
etuvchi asosiy omillar, mavjud muammolar
va ularni bartaraf etish yo‘llari keng tahlil etilgan. Mafkuraviy
tahdidlarga qarshi kurashish sohasining rivoji, ayniqsa,
fuqarolarning huquqiy va axloqiy ongi, ijtimoiy faolligini
oshirish orqali xavfsizlikni must
ahkamlash imkoniyatlari ko‘rib
chiqilgan.
1
Lieutenant Colonel, Senior Lecturer, Institute for Advanced Training of the Ministry of Internal Affairs of the
Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
240
Перспективная стратегия противодействия идеологическим
угрозам в обеспечении общественной безопасности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
идеологическая угроза,
духовность,
безопасность,
социальная стабильность,
преступность,
профилактика,
правосознание,
гражданское общество,
реформы,
государственная
политика.
В данной научной статье дается комплексный анализ
борьбы с идеологическими угрозами в обеспечении
общественной безопасности в Узбекистане, основные
факторы, влияющие на общественную безопасность,
существующие проблемы и пути их устранения.
Рассматривается
развитие
сферы
борьбы
с
идеологическими угрозами, в частности, возможности
укрепления безопасности путем повышения правового и
нравственного сознания и социальной активности граждан.
KIRISH
Dunyoda sodir bo‘layotgan tez sur’atli o‘zgarishlar, turli mamlakatlarda yuz
berayotgan
ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining jadal rivojlanishi mafkuraviy xurujlar ko‘lamini kengaytirmoqda.
Bu
jamoat xavfsizligi
ga tahdid soluvchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Zamonaviy dunyo tartibotining xususiyatlari, xalqaro munosabatlar va mintaqaviy
jarayonlarning o‘zgaruvchan tabiati, shuningdek, axborot
-psixologik ta
’sir ko‘rsatish
imkoniyatlarining kengayishi natijasida davlatlar milliy xavfsizlik tizimida yangicha
yondashuvlarni talab etmoqda. Bu borada, jamiyatning mafkuraviy immunitetini
mustahkamlash, milliy o‘zlikni saqlash va rivojlantirish, aholining axborot madaniyatini
oshirish kabi vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy xavfsizlikni ta’
minlash,
jumladan mafkuraviy sohadagi tahdidlarga qarshi kurashish borasida izchil siyosat olib
bormoqda. So‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi
doirasida mazkur
masalaga alohida e
’
tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tahdidlar sharoitida jamoat
xavfsizligini ta’minlash va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning istiqbolli
strategiyasini ishlab chiqish jamiyat barqarorligi va davlat xavfsizligining muhim sharti
hisoblanadi. Bunga erishish uchun mafkuraviy tahdidlarning zamonaviy ko‘rinishlari,
ularning mazmun-
mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari va ta’sir mexanizmlarini chuqur
o‘rganish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani tahlil qilish hamda milliy xususiyat
lar va
ehtiyojlardan kelib chiqqan holda samarali strategik yondashuvlarni ishlab chiqish
zarurdir.
Jamoat xavfsizligi kontekstida mafkuraviy tahdidlar bilan bo
g‘liq masalalar ko‘plab
rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy
kabi davlatlarning e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Ushbu masala ilmiy
-nazariy tadqiqotlar
doirasida ham chuqur o‘rganilmoqda. Xususan,
mashhur olim, Stenford universiteti
professori Fre
nsis Fukuyama ta’kidlaganidek, “Zamonaviy dunyoda mafkuraviy
kurashlar
geostrategik manfaatlar uchun bo‘ladigan raqobatning muhim qismiga aylanib
bormoqda, bu esa milliy identifikatsiya va jamoat xavfsizligiga yangi tahdidlarni keltirib
chiqarmoqda”
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
241
Bugungi kunda jahon miqyosida mafkuraviy
tahdidlarning yangi ko‘rinishlari,
ularni tarqatish vositalari va usullari shakllanmoqda. Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa
vositalari orqali turli destruktiv g‘oyalar, ekstremistik, sepa
ratistik va terroristik
mafkuralar keng tarqatilmoqda. Bu jarayonlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongiga
salbiy ta’sir ko‘rsatib, jamiyatda ijtimoiy
-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarish va davlat
xavfsizligiga tahdid solishga qaratilgan.
AQSHlik tadq
iqotchi Jon Ebner va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda
ta’kidlanganidek, “
Mafkuraviy oqimlar tomonidan tarqatilayotgan axborot mazmunida
ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshiliklarni kuchaytirish, jamoat tartibini buzishga undovchi
chaqiriqlar va demokratik institutlarga ishonchsizlikni uy
g‘
otish kabi xurujlar
kuzatilmoqda. Bu kabi hodisalar fuqarolarni radikallashtirishga va jamiyatda
zo‘ravonlikni rag‘batlantirishga qaratilgan”
.
Rossiyalik olim V.V.
Karpov o‘zining “Современные идеологические угрозы
и
стратегия противодействия экстремизму” nomli maqolasida “Bugungi kunda
mafkuraviy tahdidlar milliy xavfsizlikka bo‘lgan jiddiy tahdidlardan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Zamonaviy ekstremistik va radikal oqimlar axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib, jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish, ijtimoiy
qarama-qarshiliklarni keskinlashtirish va davlat institutlariga ishonchsizlikni
shakllantirishga harakat qilmoqda”, deya qayd etgan
.
Yuqorida nomlari keltirilgan mutaxassislarning qarashlarini umumlashtirib
aytadigan bo‘lsak,
global mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy
g‘
oya va mafkurani
yoshlar ongiga singdirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, yoshlarda
mafkuraviy immunitetni shakllantirish har qachongidan ham muhimdir. Bu jarayonda
tarixiy xotira, milliy an’analar va qadriyatlar asosida yoshlarning ma’naviy
-mafkuraviy
dunyoqarashini shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
Mashhur amerikalik tadqiqotchi Samuel Xantingtonning qayd etishicha,
“Zamonaviy dunyo globallashuvi s
haroitida turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, birinchi navbatda, mafkuraviy xususiyat kasb etmoqda. Turli
g‘
oyaviy-
mafkuraviy qarashlar asosidagi to‘qnashuvlar davlatlar milliy xavfsizligi va
global barqarorlikka jiddiy tahdid
solmoqda”
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-
yanvardagi “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF
–
60-son Farmonida belgilangan vazifalar doirasida mamlakatimizda jamoat
xavfsizligini ta’minlash va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash sohasida tizimli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur strategiyaning “Adolatli ijtimoiy siyosat
yuritish, insoniy kapitalini rivojlantirish” nomli beshinchi yo‘nalishida “Milliy g‘
oyani
rivojlantirish, ma’naviy
-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” bo‘yicha aniq chora
-tadbirlar belgilangan.
F
armonda “Yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘
usini yanada kuchaytirish, ularni
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarni yot
g‘
oya va mafkuraviy
tahdidlardan himoya qilish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini,
mediasavodxonligini oshirish” vazifasi alohida ta’kidlangan
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 29-
noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF
-29-son Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
242
konsepsiyada mafkuraviy tahdidlarning jamiyat xavfsizligiga salbi
y ta’siri alohida qayd
etilgan bo‘lib, quyidagi vazifalar belgilangan: “Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid
soluvchi ekstremizm, terrorizm va turli radikal oqimlar faoliyatining oldini olish, axborot
makonida milliy manfaatlarni himoya qilish, yot va buz
g‘unchi g‘oyalar tarqalishiga yo‘
l
qo‘ymaslik”
.
“O‘zbekiston –
2030” strategiyasida ham mamlakat xavfsizligini ta’minlash,
jumladan jamoat xavfsizligi sohasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu
strategiyada milliy xavfsizlikni ta’minlash
ning uzoq muddatli ustuvor
yo‘
nalishlari
belgilangan bo‘lib, unda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, mafkuraviy
tahdidlarga qarshi kurashish va jamiyatning axborot immunitetini mustahkamlash
masalalari o‘z aksini topgan.
O‘zbekistonlik ol
im M.X.
Qodirov “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda ma’naviy
-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, milliy qadriyatlarni asrab
-avaylash va rivojlantirish,
yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Chunki
ma’naviy barkamol, milliy o‘zligini anglagan, milliy qadriyatlarga sadoqatli yoshlar
mafkuraviy tahdidlarga nisbatan immunitetga ega bo‘ladi”, deb ta’kidlaydi
.
Jamiyat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning
istiqbolli strategiyasini ishlab chi
qish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, zamonaviy
xalqaro tajriba, milliy manfaatlar va mavjud imkoniyatlarni hisobga olishni talab etadi.
Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi fuqarolarning, jamiyatning va davlatning
mafkuraviy xavfsizligini ta’minla
sh, mafkuraviy tahdidlarning oldini olish va ularga
qarshi samarali kurashish mexanizmlarini yaratishdan iborat.
O‘zbekistonlik olim B.O.
Turaev “Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning
samarali strategiyasi ma’naviy
-
ma’rifiy, ta’lim
-tarbiya, huquqiy, tashkiliy va axborot
sohasidagi kompleks chora-
tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim. Ushbu strategiya milliy
g‘oya va qadriyatlarni mustahkamlash, fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy
immunitetini oshirish, axborot xavfsizl
igini ta’minlash va axborot makonini
sog‘lomlashtirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olishi zarur”, deb hisoblaydi
Fikrimizcha, jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashning istiqbolli strategiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi
maqsadga muvofiq:
✓
ma’naviy
-
ma’rifiy va ta’lim sohasidagi chora
-
tadbirlar: bu yo‘nalishda milliy
g‘oya va qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
ta’lim tizimida mafkuraviy immunitetni shakllantirish
va axborot madaniyatini
oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish muhim o‘rin tutadi;
Amerikalik olim Marta Nussbaum ta’kidlaganidek, “Fuqarolarning tanqidiy
fikrlash, refleksiv tahlil qilish va axborotni to‘g‘ri baholash ko‘nikmalarini rivojlanti
rish
mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biridir. Shu bois,
ta’lim tizimida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb
etadi”.
✓
axborot siyosati sohasidagi chora-
tadbirlar: ushbu yo‘nalishda axborot
xavfsizligini ta’minlash, axborot makonini sog‘lomlashtirish, internet va ijtimoiy
tarmoqlardagi destruktiv g‘oyalar va ma’lumotlar tarqalishining oldini olish, ommaviy
axborot vositalari orqali mafkuraviy immunitetni oshirishga qaratilgan dasturlarni
ama
lga oshirish muhim o‘rin tutadi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
243
✓
huquqiy sohadagi chora-
tadbirlar: mazkur yo‘nalishda mafkuraviy tahdidlarga
qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ekstremizm, terrorizmni
targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatishga qarshi kurashish mexa
nizmlarini yaratish,
internet va ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish
muhim o‘rin tutadi. Bu borada davlatlar mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun
huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishda xalqaro standartlarga va inson huquqlariga
rioya qilishlari muhim ahamiyatga ega. Bunday qonunchilikda ifoda erkinligi, axborot
olish huquqi va xavfsizlik masalalarini mutanosib tarzda tartibga solish zarur;
✓
institutsional sohadagi chora-
tadbirlar: mafkuraviy xavfsizlikni ta’
minlash
bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va monitoring qiluvchi institutlarni
takomillashtirish, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor
o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhim o‘rin tutadi;
Mafkuraviy tahdidlarga qars
hi kurashda muayyan strategiyaning mavjud bo‘lishi
muammoning samarali еchimi ekanligini Rossiyalik olim I.N.
Panarin ham o‘zining
qarashlarida ko‘rsatib bergan. Olimga ko‘ra: “Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash uchun
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot insti
tutlari, ta’lim muassasalari, OAV va fuqarolik jamiyati
institutlarining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, bu borada yagona milliy
strategiyani ishlab chiqish zarur”.
✓
xalqaro hamkorlik sohasidagi chora-
tadbirlar: ushbu yo‘nalishda
mintaqaviy va
xalqaro darajada mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni
kuchaytirish, tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va qo‘llash muhim o‘rin
tutadi.
Germaniyalik olim U Beck qayd etganidek, “Global tahdidlar sharoitid
a davlatlar
o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashish uchun davlatlar nafaqat milliy darajada, balki xalqaro darajada ham samarali
strategiyalarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur”.
Jamoat xavfsizlig
ini ta’minlash va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda
fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Nodavlat notijorat tashkilotlar, mahalla
instituti, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari mafkuraviy
immunitetni osh
irish, milliy g‘oya va qadriyatlarni targ’ib qilish, aholining axborot
madaniyatini oshirishda faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning istiqbolli strategiyasini amalga
oshirishda samaradorlikni ta’minlash uc
hun quyidagi asosiy besh tamoyilga rioya qilish
muhim:
1.
Kompleks yondashuv tamoyili: mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha
chora-
tadbirlar kompleks xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni ma’naviy
-
ma’rifiy, axborot, huquqiy,
tashkiliy va boshqa yo‘nalishl
ardagi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga olishi zarur.
2.
Profilaktik yondashuv tamoyili. Mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga
qaratilgan profilaktik chora-
tadbirlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu borada,
ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mafkuraviy
immunitetni oshirish, tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish va axborot madaniyatini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish
muhim o‘rin tutadi.
3.
Differensial yondashuv tamoyili. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda aholi
turli qatlamlari va guruhla
rining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ularga
differensial yondashuvni qo‘llash zarur. Bu borada yoshlar, ayollar, ma’lum
mintaqalardagi aholining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish muhim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
244
4.
Ochiqlik va shaffoflik tamoyili. Mafkuraviy tahdid
larga qarshi kurashish bo‘yicha
chora-
tadbirlarni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, bu boradagi
ma’lumotlarni aholiga yеtkazish, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhim ahamiyat kasb
etadi.
5.
Samaradorlikni baholash tamoyili. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora
-tadbirlar samaradorligini muntazam ravishda
baholash, natijalarni tahlil qilish va zarur bo‘lganda strategiyani takomillashtirish zarur.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidla
rga qarshi kurashning
istiqbolli strategiyasi ko‘p jihatdan profilaktik faoliyatga bevosita bog‘liqdir. Bugungi
kunda samarali profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, mafkuraviy tahdidlarning jamiyat
barqarorligi va milliy xavfsizlikka salbiy ta’sirining oldini olishning eng maqbul yo‘li
hisoblanadi. Bu borada mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dastlabki bosqichi
bo‘lgan ta’lim muassasalarida profilaktik ishlarni takomillashtirish alohida ahamiyat kasb
etadi. Maktab, o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limi
va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi va
talabalarning yoshiga mos ravishda milliy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat va mafkuraviy
tahdidlarni anglash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlari,
interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy tr
eninglar tizimini joriy etish, pedagoglarning bu
boradagi kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim
-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi profilaktik faoliyatda mahalla institutining rolini
kuchaytirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bu boradagi imkoniyatlaridan samarali
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla
–
milliy qadriyatlarning bevosita
shakllanish maskani, yoshlarning ijtimoiylashuvi va ularga ijobiy ta
’sir ko‘rsatishning
samarali mexanizmi sifatida jamoat xavfsizligini ta’minlashda katta salohiyatga ega.
Mahallalarda mafkuraviy tahdidlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni
yanada takomillashtirish, “Mahalla –
ma’naviyat o‘chog‘i” konsepsiy
asini amaliyotga joriy
etish, mahalla faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy
-
axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha
maslahatchilar, profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish,
mahallalarda ma’naviy
-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil eti
sh amaliyotini yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish lozim.
Oila institutining mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashdagi rolini oshirish
–
profilaktika tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Oila
–
shaxsning dastlabki
dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy
ko‘nikmalari shakllanadigan muhim ijtimoiy
institutdir. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda oilaning ta’sirini kuchaytirish
uchun ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish, oilaviy tarbiyada milliy
an’analarni saqlab qolish va rivojla
ntirish, bolalarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish madaniyatini shakllantirish, oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish,
oila institutini mustahkamlash bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish zarur.
Bunda “
Barqaror oila
–
barqaror
jamiyat” tamoyili asosida ishlash, oila qadriyatlarini
mustahkamlash orqali jamiyatning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga erishish
mumkin.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi profilaktik faoliyatning samaradorligi ko‘p jihatdan
ta’lim muassasalari, mahalla va oila institutlarining uzviy hamkorligiga bog‘liq. Bu uch
subyektning muvofiqlashtirilgan va tizimli faoliyati jamiyatning mafkuraviy immunitetini
shakllantirish va mustahkamlashda sinergetik ta’sirni ta’minlaydi. Shu maqsadda “Ta’lim
muassasasi
–
mahalla
–
oila” hamkorlik tizimini yanada takomillashtirish, bu borada
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
245
yangi mexanizmlarni joriy etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda ularning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etish,
jamiyatda sog‘lom mafkuraviy muhitni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunday kompleks yondashuv jamoat
xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning samarali profilaktik
strategiyasini yaratish imkonini beradi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish bugungi
kunda mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. Yangi
O‘zbekiston sharoitida, global o‘zgarishlar va axborot makoning kuchay
ib borayotgan
davrida, mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali va tizimli strategiya ishlab chiqish
zarurati tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda jamiyatning birlamchi ehtiyojlari, milliy
birlik va taraqqiyotga daxldor
yo‘nalishlarni belgilash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Fikrimizcha bunday yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan,
mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish strategiyasi milliy g‘oya va
milliy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun, milliy
o‘zlikni saqlash, milliy qadriyatlarni avloddan
-
avlodga yеtkazish, madaniy va tarixiy merosni
asrab-
avaylash va rivojlantirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Bu yo‘nalish jamoat
xavfsizligining muhim ustuni sifatida aholining, ayniqsa yoshlarning vatanparvarlik, milliy
g‘urur va faxr tuyg‘ularini shakllantirish vazifasini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ikkinchidan,
yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish g‘oyat muhim
yo‘nalish hisoblanadi. Zamonaviy axborot oqimi va har xil mafkuraviy ta’sirlarga
ta’sirchanlikni inobatga olgan holda, yoshlarni aqliy mustaqillik, tanqidiy fikrlash,
sog‘lom turmush tarzi va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash chora
-
tadbirlarini kuchaytirish zarur. Yoshlarning g‘oyaviy barqarorligini ta’minlash va ularni
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bu soha strategiyasining
ajralmas ko‘rinishi bo‘lishi lozim.
Uchinchidan,
axborot xavfsizligini ta’minlash va mamlakat axborot makonini
mustahkamlash ham mazkur strategiyaning asosiy yo‘nalishidir. Bunda internet va
ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy tahdidlarning oldini
olish,
aholining, xususan yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, axborot sohasida sodir
etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan choralar amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan
,
huquqiy negizlarni takomillashtirish va mafkuraviy tahdidlarga
qarshi kurashishning mustahkam normativ-huquqiy bazasini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega. Terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallarga chek qo‘yish,
axborot makonida va ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va
fuqarolar, xususan yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash borasida aniq
chora-tadbirlar belgilanishi kerak.
Beshinchidan,
mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash borasida institutsional
mexanizmlarni rivojlantirish muhimdir. Davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari va
xususiy sektor hamkorligida monitoring va muvofiqlashtiruvchi institutlarni
takomillashtirish, ushbu sohada samarali tizim yaratish strategiyaning asosiy ustuvor
vazifalaridan bo‘lishi lozim.
Shu tariqa, jamoat xavfsizligini
ta’minlash va mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashishning istiqbolli strategiyasi barcha sohalarni qamrab olishi, milliy qadriyatlarni
tiklash, yoshlar immunitetini mustahkamlash, axborot xavfsizligini ta’minlash, huquqiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
246
asoslarni takomillashtirish va ins
titutsional mexanizmlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
bir butun tizim sifatida ishlab chiqilishi lozim. Bu esa mamlakat taraqqiyoti va
barqarorligiga mustahkam asos yaratadi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni ilgari
surish mumkin:
1) Bugungi globallashuv sharoitida mafkuraviy tahdidlar jamoat xavfsizligiga
jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Zamonaviy axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari, internet,
ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar orqali turli destruk
tiv g‘oyalar, ekstremistik,
separatistik va terroristik mafkuralar keng tarqatilmoqda. Bu esa jamoat xavfsizligini
ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning istiqbolli strategiyasini ishlab
chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda.
2)
O‘zbekistonda “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi” va “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi doirasida jamoat
xavfsizligini ta’minlash, jumladan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha
tizimli islohotlar amalga oshi
rilmoqda. Bu borada milliy g‘oya va qadriyatlarni
mustahkamlash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish, axborot xavfsizligini
ta’minlash, huquqiy asoslarni takomillashtirish va institutsional mexanizmlarni
rivojlantirish bo‘yicha aniq chora
-tadbirlar belgilangan.
3)
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning
istiqbolli strategiyasi kompleks xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni ma’naviy
-
ma’rifiy, axborot,
huquqiy, tashkiliy va xalqaro hamkorlik sohalaridagi chora-tadbirlarni
o‘z ichiga olishi
zarur. Shuningdek, ushbu strategiyani amalga oshirishda komplekslilik, profilaktika,
differensial yondashuv, ochiqlik va shaffoflik hamda samaradorlikni baholash
prinsiplarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
4) Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari,
xususan nodavlat notijorat tashkilotlar, mahalla instituti, ommaviy axborot vositalari va
boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta’minlash muhim. Bu borada
davlat organlari va f
uqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada
kuchaytirish zarur.
5)
jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash
sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
xalqaro tashkilotlar, mintaqaviy tuzilmalar va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va milliy sharoitlarga moslashtirib qo‘llash
zarur.
6)
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning
istiqbolli strategiyasini amalga oshirishda ilmiy-
tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish,
zamonaviy mafkuraviy tahdidlarning xususiyatlari, namoyon bo‘lish shakllari va ta’sir
mexanizmlarini o‘rganish, ularga qarshi kurashish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha
ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish muhim.
Umuman olganda, jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashning istiqbolli strategiyasi milliy g‘oya va qadriyatlarni mustahkamlash,
yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish, axbo
rot xavfsizligini ta’minlash, huquqiy
asoslarni takomillashtirish va institutsional mexanizmlarni rivojlantirish kabi muhim
yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
247
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021
-yil
19-
yanvardagi ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022
-yil
Ma’naviyat haftaligi ochilish marosimi yig‘ilishi
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
// Qonun ustuvorligi va
inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // URL
–
http://uza.uz/oz/politics/onun-ustuvorligi-va-inson-manfaatlarini-taminlash yurt-tara--
07-12-2016
4.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish
bо‘yicha
harakatlar
strategiyasi
tо‘g‘risida”gi
Farmoni
//
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036
5.
«2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yan
vardagi PF-60-son
Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063.
6.
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g’risida.
7.
Qodirov M.X. O‘zbеkistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashning ma’naviy
-
ma’rifiy jihatlari // "Ijtimoiy fikr" jurnali, 2023, №2, 78
-85-b.
8.
T.Eshbekov // Mafkura maydonida axborot-
psixologik xavfsizlik (o‘quv
qo‘llanma) // Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti –
2011
9.
Q.Abdurahmonov //
Mafkuraviy tahdidlar va ularning ijtimoiy ta’siri. Toshkent:
“Fan” nashriyoti
. 2020.
10.
M.Zufarov //
Yoshlar va mafkuraviy tahdidlar
. Toshkent: “O‘qituvchi”
- 2021.
