Авторы

  • Ниёзбек Отакулов
    Старший преподаватель, кафедра “Оперативно-розыскная деятельность”, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp387-395

Ключевые слова:

закон пенитенциарный исполнение наказания осужденный пенитенциарный рецидив надзор наблюдение предупреждение выявление раскрытие и расследование преступлений оперативно-розыскная профилактика психологическая помощь реабилитация координация обмен информацией

Аннотация

В данной статье освещены понятие пенитенциарной преступности, ее опасные особенности, вопросы организации сотрудничества между оперативными подразделениями территориальных органов внутренних дел и учреждений в целях предупреждения совершения преступлений осужденными в местах лишения свободы. Также рассматривается необходимость организации и осуществления оперативно-розыскной профилактики преступности, задачи оперативных сотрудников в этом направлении и их роль в предупреждении преступности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The Role of Penitentiary Institutions in Organizing
Operational and Investigative Crime Prevention

Niyozbek OTAKULOV

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article covers the concept of penitentiary crime, its

dangerous features, issues of organizing cooperation between

operational units of territorial internal affairs bodies and

institutions in order to prevent the commission of crimes by

convicts in places of deprivation of liberty. It also considers the
need to organize and implement operational-search crime

prevention, the tasks of operational employees in this area and

their role in preventing crime.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp387-395

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

law,

penitentiary,

execution of punishment,
convicted person,

penitentiary recidivism,
supervision,

observation,

prevention,

detection,

disclosure and investigation
of crimes,

operational-search
prevention,

psychological assistance,

rehabilitation,

coordination,

information exchange.

Jinoyatlarning tezkor-qidiruv profilaktikasini tashkil
etishda jazoni ijro etish

muassasalarining o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

qonun,

penitensiar,

jazoni ijro etish,

mahkum,

Ushbu maqolada penitensiar jinoyatchilik tushunchasi, uning

xavfli xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish joylarida

mahkumlar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish

maqsadida hududiy ichki ishlar organlari va muassasalarning

1

Senior Lecturer, Department of Operational Investigative Activity, Academy of the Ministry of Internal Affairs of

the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

388

penitensiar retsidiv,

nazorat,

kuzatuv,

jinoyatlarni oldini olish,
aniqlash,

fosh etish va tergov qilish,
psixologik yordam,
reabilitatsiya,

muvofiqlashtirish,

axborot almashinuvi.

tezkor bo‘linmalari o‘rta

sidagi hamkorlikni tashkil etish

masalalari yoritilgan. Shuningdek, jinoyatchilikning tezkor-
qidiruv profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish zarurati,

tezkor xodimlarning bu yo‘nalishdagi vazifalari hamda ularning

jinoyatchilikning oldini olishda

gi o‘rni haqida so‘z yuritilgan.

Роль

учреждений

исполнения

наказаний

в

организации оперативно

-

розыскной профилактики

преступлений

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

закон,

пенитенциарный,
исполнение наказания,
осужденный,

пенитенциарный рецидив,
надзор,

наблюдение,

предупреждение,
выявление,

раскрытие и
расследование

преступлений,
оперативно

-

розыскная

профилактика,

психологическая помощь,
реабилитация,
координация,

обмен информацией.

В данной статье освещены понятие пенитенциарной

преступности,

ее

опасные

особенности,

вопросы

организации

сотрудничества

между

оперативными

подразделениями территориальных органов внутренних

дел и учреждений в целях предупреждения совершения

преступлений осужденными в местах лишения свободы.
Также рассматривается необходимость организации и

осуществления

оперативно

-

розыскной

профилактики

преступности, задачи оперативных сотрудников в этом

направлении и их роль в предупреждении преступности.

O‘zbekistonda sud huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat va uning

huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan jinoyatlarni oldini olish sohasida faol harakatlar
va yangi chora-

tadbirlar qo‘llashni talab etmoqda. Bunday sharoitda jinoyatlar

profilaktikasini amalga oshirish borasidagi zamonaviy milliy siyosatning aniq huquqiy

muammolarini o‘rganish g‘oyat dolzarb vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda yuzaga

kelayotgan xavf-

xatar va tahdidlar, avvalo, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, xalqaro

terror

izm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida

xalqimizga yot g‘oyalarning tarqalishi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida ularning
oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda [1].

Penitensia

r muassasalarda ham jinoyatlar profilaktikasini to‘g‘ri tashkil etish

jamiyat va barcha davlat organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi
muvaffaqiyatini belgilab beradi. Jazoni ijro etish muassasalarining profilaktika faoliyati
samaradorligini baholashda, avvalo, uning asosiy maqsadidan

mahkumlarni axloqan

tuzatish orqali yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishdan kelib chiqish lozim.

Jazoni ijro etish muassasalari, jumladan, jazoni ijro etish koloniyalari va tergov

hibsxonalari nafaqat mahkumlarga nisbatan jazolarni ijro etadi, balki jinoyatlarning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

389

oldini olishda ham faol ishtirok etadi. Ular jinoyatchilikning oldini olishda muhim vazifani

bajarib, nafaqat jinoyatchilarni yakkalab qo‘yishni ta’minlaydi, balki takroran

huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etilishining oldini olishda ular bilan faol ish olib boradi.

Jamiyatda jinoyatlarning oldini olish masalasi davlat hokimiyati organlarining

huquqni muhofaza qilish faoliyatida doimo eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda davlat jinoyatchilik va uning alohida

ko‘rinishlariga qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Yangi O‘zbekiston e’tiborining markazida jinoyat

-ijroiya tizimining holati, uni isloh

qilish va uzoq muddatli rivojlantirish vazifalari turibdi. Ushbu masalalarni hal etish bir

vaqtning o‘zida ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli va murakkab ishlarni amalga

oshirishni taqozo etadi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri penitensiar jinoyatlarni

aniqlash, fosh etish, tergov qilish va oldini olishning mavjud mexanizmlari hamda

uslublarini yanada takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishdan iborat.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish huquqni muhofaza qilish organlari

faoliyatining eng muhim maqsadlaridan biridir. Profilaktika shaxsning g‘ayriqonuniy

xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi sabablarga, sharoitlarga va boshqa omillarga maqsadli

ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Bu omillar jumlasiga ongli

-irodaviy xatti-harakatni

istisno etmaydigan ruhiy buzilishlar ham kiradi [2]. Kriminalist va kriminolog olimlar

jinoyatchilik genezisini boshqa huquqbuza

rliklar genezisi bilan to‘g‘ri bog‘laydilar hamda

ularning oldini olishni jinoyatchilikka qarshi kurashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri

sifatida ko‘rib chiqadilar.

Huquqshunos olima D.Tadjibaeva jinoyatlarning profilaktikasiga o‘z ta’rifini

bergan bo‘

lib, jinoyatchilikning profilaktikasi (yunoncha

“prophilakticos”

ehtiyot

chorasi)

bu jinoyatlarni oldini olish, jinoyatchilikning umumiy tarzda va uning alohida

turlarini keltirib chiqaruvchi omillarni cheklash va bartaraf etish, jinoyatchi shaxsini

ijtimoiy xavfliligini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir [3], degan fikrni

ilgari surgan. Uning fikricha,

jazoni ijro etish joylaridagi profilaktik ta’sir

bu muassasa

ma’muriyati va boshqa subyektlarning mahkumlar

jinoyatlarining kelib chiqish shart-

sharoitlari, sabablarini aniqlash, bartaraf etish va neytrallash bo‘yicha chora

-tadbirlar

kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda noqonuniy xatti-harakatlarga moyil

mahkumlarga nisbatan ularni yangi jinoyat sodir etishdan olib qolish maqsadida

preventiv ta’sir o‘tkazishdan iborat qonunchilikka asoslangan faoliyat hisoblanadi.

Jinoyatchilikni oldini olish aslida jamiyatni jinoyatchilikdan himoya qilishni

anglatadi. Huquqbuzarlik va boshqa salbiy ijtimoiy deviant xulq-

atvorning ko‘p turlari

jinoyatchilik bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, kriminogen jihatga ega bo‘ladi [4].

Jazoni ijro etish tizimi muassasalari faoliyatida mahkumlar va qamoqda

saqlanayotgan shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti

-harakatlarini old

ini olishga alohida e’tibor

qaratiladi. Bu qonunchilikda belgilangan JIEM funksiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan

muassasalarning barqaror faoliyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bizning fikrimizcha, har bir muassasada mahkumlarga profilak

tik ta’sir

ko‘rsatishni tashkil etishning izchil tizimi shakllanishi kerak, toki ushbu salbiy holatni

keltirib chiqaruvchi sabablar to‘liq va yetarli darajada samarali bartaraf etilsin.

Profilaktika ishlarining mazmuni ozodlikdan mahrum qilish joylarida ja

zoni o‘tash

paytida zo‘ravonlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar va sharoitlarni bartaraf

etishga qaratilgan tashkiliy, tarbiyaviy, tartib-intizomiy va jinoiy-huquqiy choralar

majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozi

m. Bunday choralar

ham umumiy, ham yakka tartibdagi yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

390

Odatda, umumiy jinoyatchilik tizimida alohida o‘rinni penitensiar jinoyatchilik

egallaydi. Bu jinoyatchilik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslar,

shuningde

k, jazoni ijro etish muassasalariga bevosita aloqador bo‘lgan Jazoni ijro etish

tizimi xodimlari tomonidan sodir etiladi. Afsuski, bunday jinoyatchilikning mavjudligi

jazoni ijro etish muassasalaridagi tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Asosiy savol shundan iboratki,

penitensiar jinoyatchilik o‘zi nima? S.F.

Milyukov va

O.V. Starkovlarning fikricha, penitensiar jinoyatchilik

bu ijtimoiy borliq va ongning

ziddiyatlari natijasida kelib chiqadigan, jazoni o‘tash sohasida namoyon bo‘ladigan va
ko‘plab takroriy jinoyatlarda, shuningdek, shu sohadagi ziddiyatlarning qayta yuzaga
kelishida o‘z aksini topadigan umumijtimoiy hodisadir [5].

Y.M. Antonyan, A.Y. Grishko va A.P.

Filchenkolarning fikriga ko‘ra, penitensiar

jinoyatchilik jamiyatdan ajratilgan sharoitlarda jinoiy jazolar sohasidagi ijtimoiy

munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, penitensiar
jinoyatlar doirasi “Ozodlikdan mahrum qilish joyidan yoki qamoqdan qochish”,
“Ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni o‘tashdan bosh tortish” va “Jamiyatdan

ajratishni ta’minlovchi muassasalar faoliyatini izdan chiqarish” kabi o‘ziga xos tarkiblar

bilangina cheklanadi [6].

Penitensiar jinoyatchilik xavfli xususiyatga ega bo‘lib, u jinoyat re

tsidivinin

g o‘ziga

xos turi hisoblanadi. Shu sababli, uning ijtimoiy xavfi yuqori ekanligi haqida barcha

asoslar mavjud. Chunki shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tash jarayonida,
unga nisbatan axloq tuzatish choralari qo‘llanilayotgan sharoitda, yana

ijtimoiy xavfli

qilmish sodir etishi, uning tuzalish yo‘liga o‘tishni xohlamasligidan, o‘zini jamiyatga faol
qarshi qo‘yishidan, umuminsoniy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarni mensimasligidan

dalolat beradi.

Ma’lumki, penitensiar retsidiv deb –

ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo

muddatini o‘tayotgan mahkum tomonidan sodir etiladigan yangi jinoyatga aytiladi. Ayrim

olimlarning fikricha, penitensiar retsidivning ajratib

ko‘rsatilishi –

ilgari jinoyat sodir

etganligi uchun jinoyat-huquqiy jihatdan eng qatt

iq chora qo‘llanilgan shaxs tomonidan

yangi jinoyatni sodir etganligi bilan shartlangan bo‘lib, mahkum axloqini tuzatishdan
ko‘zda tutilgan natijaga erishilmaganligidan dalolat beradi [7].

Bular mazkur shaxsga nisbatan ogohlantiruvchi ta’sir choralarini i

shlab chiqish va

amalga oshirishda, shuningdek, jazoni ijro etish va o‘tash yo‘nalishlarini

takomillashtirishda hisobga olinishi lozim. Penitensiar retsidiv ijtimoiy xavfli qilmish
sodir etish shart-sharoitlari (jamiyatdan batamom ajratilganlik, muntazam q

o‘riqlov va

nazorat) bilan bog‘liq alohida xususiyatlarga ega. Qilmish sodir etilgan paytda mahkum
maqomiga ega bo‘lgan subyektning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Odatda, penitensiar xatti-

harakat ko‘pincha kriminal submadaniyat, shaxslararo

nizolar va ozodlikdan mahrum qilish joylariga xos bo‘lgan boshqa jarayonlar bilan o‘zaro
bog‘liq ravishda keladi.O‘tkazilgan tadqiqotlar va rasmiy statistik ma’lumotlar
penitensiar muassasalarda kichik doiradagi jinoyatlar sodir etilishini ko‘rsatdi. Bula

r

qochish, ma’muriyatga bo‘ysunmaslik, muassasa ishini izdan chiqarish, garovga olish,
qotillik, giyohvandlik va psixotrop moddalar aylanishi, sog‘liqqa (tan jarohati) zarar
yetkazish, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlardir [8].

O‘z na

vbatida, K.K.

Goryainov penitensiar jinoyatchilikni o‘rganish jarayonida

jazoni o‘tashning belgilangan tartibini qo‘pol ravishda buzish va turli jazoni ijro etish
muassasalarida sodir etilgan jinoyatlar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

391

Shuningdek, bizning fikrimizcha, mahkum ozodlikdan mahrum etish joylariga tushganda,
u erkinlikda jinoyat sodir etgan muhitga qaraganda yanada xavfliroq kriminogen muhitga
duch kelishi hal qiluvchi va asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli, ular jazoni ijro etish
muassasasiga kelgan paytdan boshlab jinoyatlarni oldini olishning yangi bosqichi
boshlanadi, biroq bu safar yanada yuqori professional darajada amalga oshiriladi.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar jinoyatchiligi o‘ziga xos

xususiyatlarga ega [9]:

birinchidan, bu jinoyatlar cheklangan, ma’lum hududlarga tarqalgan bo‘lib, ular

faqat jazoni ijro etish muassasasi chegarasida sodir etiladi;

ikkinchidan, jinoyatchilik tuzilmasi qisqartirilgan xususiyatga ega

bu jazoni ijro

etish muassasalari hududida sodir etiladigan jinoyatlar doirasi nisbatan tor ekanligi bilan
izohlanadi. Masalan, ozodlikdan mahrum qilish joylarida quyidagi jinoyatlar sodir etiladi:

qamoqdan qochish, o‘g‘irlik, bezorilik, tan jarohati yetkazish, qotillik, muassasaning

normal faoliyatini izdan chiqarish va turli korrupsion jinoyatlar. Uchinchidan, ushbu
jinoyatlarning subyektlari mahkumlar, shuningdek, muassasa xodimlari hisoblanadi.

To‘rtinchidan, shuni unutmaslik kerakki, jinoyatlar mahkumlar o‘zlari

tayyorlaydigan yoki mavjud sharoi

tlardan foydalanib topib oladigan o‘ziga xos qurollar

yordamida sodir etiladi (masalan, turli xil o‘tkirlangan buyumlar, tayoqlar, toshlar,

maishiy anjomlar). Penitensiar jinoyatlarning sodir etilishidagi asosiy sabablardan biri

qo‘riqlash va xavfsizlik bo‘limlari (tartib) xodimlarining yetishmasligi hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ozodlikdan mahrum etish joylaridagi jinoyatchilikni

umumiy jinoyatchilikning bir qismi sifatida, o‘ziga xos miqdoriy va sifat xususiyatlari
bilan ko‘rib chiqish kerak. Jaz

oni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlar

yuqori darajada ijtimoiy xavfli hisoblanadi, chunki ular mahkumlarni tuzatish bo‘yicha

barcha chora-

tadbirlar tizimiga zarar yetkazadi hamda ko‘plab insonlarning hayoti va

sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi.

Shuningdek, jamiyatdan ajratilgan holda jazoni o‘tash tartibining buzilishi jazoni

ijro etish tizimi muassasalarining normal faoliyatiga sezilarli zarar yetkazadi. Ozodlikdan
mahrum etish joylaridagi jinoyatchilik holatiga mahkumlarning sifat

tarkibi katta ta’sir

ko‘rsatadi. Mahkumlar tarkibi bir xil emas, ular turli psixologik xususiyatlarga,

jamiyatdan ajratilgan joylardagi xulq-

atvor yo‘nalishlariga va norasmiy maqomga ega.

Avvalo biz penitensiar profilaktika nima ekanligini tushunib olishimiz lozim.

Penitensiar retsidivning oldini olish deganda, yaqin kelajakda mahkumlar tomonidan
huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etish (neytrallashtirish)

bo‘yicha umumiy, maxsus va individual chora

-tadbirlarning yaxlit tizimini tushunmoq kerak.

Bizning fikrimizcha, jazoni ijro etish muassasalarida penitensiar jinoyatchilikni

oldini olish

bu maqsadli ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, unga mahkumlar bilan

ishlaydigan jazoni ijro etish muassasasining barcha xizmatlari va b

o‘linmalari xodimlari

jalb qilinishi shart. Bu jarayon quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

birinchidan,

mavjud kriminogen omillarni aniqlash va o‘rganish;

ikkinchidan,

mahkumning kriminogen xususiyatlarini tahlil etish;

uchinchidan,

uning ruhiy xususiya

tlarini o‘rganish, jazoni o‘tash muassasasi

sharoitida shaxsiy jinoiy xulq-

atvorni bashorat qilish, muayyan shaxsning g‘ayriijtimoiy

xatti-harakatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, tarbiyaviy-
profilaktik chora-tadbirlarni ama

lga oshirish, mahkumning ijobiy faoliyatga bo‘lgan

qiziqishini rag‘batlantirish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

392

Penitensiar jinoyatlarning oldini olishda jazoni ijro etish muassasasining tezkor

bo‘limi tarkibiga kiruvchi xodimlar muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagi bir qator

vazifalar yuklatiladi:

huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha asosiy chora

-tadbirlarni ishlab chiqish

uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, profilaktik hisobga olingan shaxslar orasidagi

salbiy jarayonlarni o‘rganish hamda ular ustidan tezkor nazoratni am

alga oshirish;

jazoni ijro etish tizimi muassasasi rahbariyatiga obyektlardagi tezkor vaziyat

haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish, zarur hollarda esa bu ma’lumotlarni

navbatchi operatorga va muassasaning boshqa manfaatdor bo‘linmalari xodimlarig

a ham

yetkazish;

JIEM muassasasi xodimlarining muayyan shaxslarni profilaktik hisobga olish

zarurligi to‘g‘risidagi hisobotlari tezkor bo‘limga kelib tushganda, ularda bayon etilgan

ma’lumotlarning asosliligi va ishonchliligini dastlabki tekshiruvdan o‘t

kazish;

salbiy yo‘nalishdagi guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilarini

aniqlash, ularni tarqatib yuborish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqbuzarlik sodir

etishni rejalashtirgan boshqa shaxslarni aniqlash; JIEM muassasasining boshqa

bo‘l

inmalari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va mahkumlar

o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish;

JIEM muassasalarida foydalanishi taqiqlangan buyumlarning gumon qilinuvchilar,

ayblanuvchilar va mahkumlarga y

etib kelish yo‘llarini aniqlash va to‘sib qo‘yish;

Aytish joizki, jazoni ijro etish tizimi muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga

nisbatan umumiy va individual profilaktika choralari amalga oshiriladi.

Umumiy profilaktika jazoni ijro etish tizimi

muassasasining barcha bo‘linmalari

o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ravishda gumon qilinuvchilar,

ayblanuvchilar va mahkumlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha

ishlarda ishtirok etishi majburiyatidan iborat.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi profilaktik hisobga olingan

shaxslar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon shaxsning psixologik xususiyatlari,

sodir etilgan huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri, shuningdek,

tarbiy

aviy ta’sir ko‘rsatish usullari va vositalarini to‘g‘ri tanlash uchun zarur bo‘lgan

boshqa jihatlari inobatga olingan holda maqsadli, rejali va tabaqalashtirilgan tarzda

amalga oshiriladi.

Jinoyatlarning yakka tartibdagi profilaktikasining nazariy asosini jinoyatchining

shaxsi haqidagi kriminologik bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlarni, avvalo, JIEMning tezkor

bo‘linmalari, rejim va nazorat xizmatlari xodimlari egallashi shart, chunki ozodlikdan

mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarni o‘rganish jino

yatlarning oldini olish

choralarini maqsadli qo‘llash imkonini beradi.

Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagilarni ta’kidlash lozim. Jazoni ijro

etish sharoitida profilaktika ishining mohiyati mahkumlarga shunday ogohlantiruvchi

ta’sir ko‘rsatishda

n iboratki, bu quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: birinchidan, ijtimoiy

me’yorlardan chetlashishni keltirib chiqaradigan obyektiv omillarni bartaraf etish yoki

kamaytirishni; ikkinchidan, ma’lum bir toifadagi shaxslar va alohida insonlarning

g‘ayriijtimoiy

xulq-

atvorini tuzatish hamda ularning qayta ijtimoiylashuviga, ya’ni

ularning qarashlarini va motivatsiyasini ijobiy tomonga o‘zgartirishga ko‘maklashishni;

uchinchidan esa, ularning xavfsizligini ta’minlash va qonuniylik hamda tartib

-intizom

talablariga r

ioya qilishlarini kafolatlashni. Mazkur barcha jihatlar o‘zaro chambarchas

bog‘liq bo‘lib, ularni yaxlit holda ko‘rib chiqish zarur.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

393

Bundan tashqari, penitensiar jinoyatlar sodir etilishiga ko‘pincha quyidagi

sabablar turtki bo‘ladi: jazoni ijro etish tizimi muassasasi xizmatlari o‘rtasidagi
hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, mahkumlar muhitidagi salbiy jarayonlar
haqida o‘z vaqtida operativ ahamiyatga ega ma’lumotlarning mavjud emasligi va boshqa

omillar [10].

Keltirilgan ma’lumotlar hamda penite

nsiar jinoyatlarning sodir etilishiga

ko‘maklashuvchi sabablar va shart

-sharoitlarning tizimli tahlili ozodlikdan mahrum

qilish va qamoqda saqlash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishning yangi

usullarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu

bhasiz, penitensiar jinoyatlarning

oldini olish bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqish uchun kompleks va tizimli

yondashuv talab etiladi. Bunday siyosatning samaradorligini tasdiqlash uchun esa
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazolarni ijro etuvchi muassasalarda tajriba

o‘tkazish va natijada qo‘shimcha kuch hamda mablag‘ sarflash lozim bo‘ladi.

Biroq, muammoning yangi yechimlarini izlash bo‘yicha uzluksiz ish olib borish va

ma’lum xulosalar chiqarish mumkin, ammo bu bilan muammo hal etilmaydi

, chunki

uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar va shart

-sharoitlar dastlab bartaraf

etilmagan bo‘ladi.

Jazoni ijro etish muassasalarida profilaktika ishlarining asosiy yo‘nalishlari

quyidagilarni o‘z ichiga oladi degan xulosaga keldik:

1. Mahkumlarni reabilitatsiya qilish va qayta ijtimoiylashtirish

mahkumlarning jamiyatga muvaffaqiyatli qaytishlari uchun zarur shart-sharoitlarni

ta’minlash. Bu ruhiy

-hissiy (psixo-

emotsional) qo‘llab

-quvvatlash, mehnatga moslashish,

shuningdek, ta’lim va tarbiya da

sturlarini qamrab oladi.

2. Psixologik yordam

mahkumlardagi jamiyatga zid va tajovuzkor xulq-atvorni

aniqlash hamda tuzatish maqsadida psixologlar bilan hamkorlik qilish.

3. Nazorat va kuzatuvni kuchaytirish

mahkumlarning xatti-harakatlarini

kuzatib borish, tajovuzkorlikka moyil yoki uyushgan jinoyatchi guruhlarga qo‘shilishga

intiluvchi guruh va shaxslarni aniqlash.

4.

Ta’lim va tarbiya ishlari

mahkumlarning huquqiy savodxonligini oshirish,

ularda jamiyat qonunlariga mos keladigan xulq-

atvor me’yorlarini shakllantirish

maqsadida ma’ruzalar va o‘quv kurslari o‘tkazish.

Jazoni ijro etish muassasalari va hududiy IIBlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik

shakllari etib quyidagilarni belgiladik:

1.

Qo‘shma profilaktik tadbirlarini o‘tkazish:

Jazoni ijro etish muassasalari va

ichki ishlar organlari jinoiy guruhlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish, jinoyatlar yoki
qonunga xilof faoliyatni tayyorlashning oldini olishga qaratilgan qo‘shma profilaktika

tadbirlarini ozodlikdan mahrum qilish joylarida ham, ulardan tashqarida ham

o‘tkazishlari mumkin.

Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi: jazoni ijro etish muassasalarida taqiqlangan

buyumlar va materiallar mavjudligini muntazam ravishda tekshirish; giyohvand
moddalar savdosi, t

ovlamachilik yoki boshqa noqonuniy harakatlar bilan shug‘ullanuvchi

jinoiy guruhlarni aniqlash bo‘yicha maxsus operatsiyalar o‘tkazish;

ozodlikdan mahrum

qilish joylarida zo‘ravonlikning oldini olish va jazoni ijro etish muassasalari negizida

jinoyatlar so

dir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida hamkorlik qilish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

394

2.

Axborot almashish va tahdidlarni tahlil qilish:

Jinoyatlarning oldini olish

sohasida samarali hamkorlik qilish uchun penitensiar muassasalar va ichki ishlar

organlari o‘rtasida muntazam ravishda ma’

lumot almashib turish zarur.

Ehtimoliy tahdidlar, jinoyatlarni tayyorlash yoki aniqlangan jinoiy guruhlar

haqidagi ma’lumotlarni olish va uzatish muhim ahamiyatga ega. Bu quyidagilarni o‘z

ichiga oladi:

jinoiy faoliyatga aralashishi mumkin bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida tezkor

axborot almashish; muassasa ichidagi vaziyatni tahlil qilish, jumladan zo‘ravonlikka moil

yoki tashkilotchilik faoliyatiga qodir shaxslarni aniqlash; mahkumlarning xulq-atvorini

kuzatish orqali ularning kelajakdagi faoliyatini bashorat qilish.

3.

Mahkumlarning xulq-atvorini nazorat qilish va ularning tashqi dunyo

bilan o‘zaro munosabati.

Jazoni ijro etish muassasalari ichki ishlar organlari bilan yaqin hamkorlikda

mahkumlarning tashqi aloqalarini, ularning uyushgan jinoiy guruhlar bilan bo

‘lishi

mumkin bo‘lgan aloqalarini yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatlarini

nazorat qiladi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: mahkumlarning yozishmalarini

kuzatish; qarindoshlar va chetdan kelgan shaxslar bilan telefon suhbatlari hamda

uchrashuvlarni nazorat qilish; muassasalarga taqiqlangan buyumlar va materiallarni

yetkazib berish yo‘llarini aniqlash.

4.

Xodimlar uchun o‘quv va mashg‘ulotlar o‘tkazish:

Samarali hamkorlikni

ta’minlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalari va ichki i

shlar organlari xodimlari

uchun muntazam o‘quv va mashg‘ulotlar o‘tkazish zarur.

Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kriminologiya, psixologiya va inson huquqlari

sohasida xodimlarning malakasini oshirish; mahkumlar orasida jinoiy faoliyatni aniqlash

va

oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar; qonun buzilishi yoki jinoyatchilarning jazoni ijro

etish muassasalari tizimidan foydalanishga urinishlari bilan bog‘liq favqulodda

vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish uchun qo‘shma o‘quv mashqlari.

Hamkorlikdagi muammolar va qiyinchiliklar:

1. Muvofiqlashtirish va axborot almashinuvining yetishmasligi.

Jazoni ijro

etish muassasalari va ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligidagi asosiy

muammolardan biri muvofiqlashtirish va axborot almashinuvining yetarli darajada

emasligi hisoblanadi. Ba’zi hollarda ehtimoliy tahdidlar yoki jinoyat faoliyati haqidagi

ma’lumotlar o‘z vaqtida yetib kelmasligi mumkin, bu esa profilaktika choralarini ko‘rishni

qiyinlashtiradi. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun mua

ssasalar o‘rtasida yanada

yaqin va muntazam axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish lozim.

2. Resurs muammolari.

Samarali hamkorlik va jinoyatlarning oldini olish uchun

qo‘shimcha resurslar, jumladan, moliyalashtirish, kadrlar, shuningdek, ma’lumotlarni

kuzatish va tahlil qilish uchun texnik vositalar talab etiladi. Resurslarning cheklanganligi

ikkala tuzilma faoliyatining samaradorligini pasaytirishi va profilaktika chora-

tadbirlarini amalga oshirishni murakkablashtirishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkin-ki, Jazoni ijro etish muassasalarining hududiy ichki

ishlar organlari bilan jinoyatlarning oldini olish sohasidagi hamkorligi xavfsizlik va

huquq-

tartibotni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Bu tuzilmalarning samarali

hamkorligi jinoyatlarni o‘z vaqtida

aniqlash va oldini olishga, shuningdek mahkumlar va

tashqi jinoiy muhitdan kelib chiqadigan xavf-xatarlarni kamaytirishga imkon beradi.

Hamkorlik samaradorligini oshirish uchun muvofiqlashtirish kuchaytirilishi, tizimli

axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilis

hi, hamda ikkala tuzilma xodimlarining faoliyati

ustidan tegishli nazorat o‘rnatilishi lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

395

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Bekmurodov N.N., Tezkor-

qidiruv faoliyatini natijalaridan jinoyat ishlari bo‘yicha

isbot sifatida foydalanishdagi ayrim muammolar. huquqiy tadqiqotlar jurnali 2-son. 2022.
B-75. https://tadqiqot.uz/index.php/law/article/download/4951/4693/9896

2.

Спасенников Б.А., Цатуров А.В. Вопросы совершенствования оперативно

-

розыскных и профилактических мероприятий

в отношении лиц, осужденных за

совершение преступлений террористического и экстремистского характера,
отбывающих наказание в исправительных учреждениях // Библиотека
криминалиста. Научный журнал. –

2014.

№ 4 (15). –

С. 150–

156

3.

Tadjibaeva D.A. Penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir

etiladigan jinoyatlar profilaktikasi. .

O‘zbekiston qonunchiligi tahlili

. 2018

1. B-71.

4.

Быков А. В., Пертли Л. Ф., Калужина М. А., Спасенников

Б. А. Место и роль

пенитенциарной системы в государственном механизме Соединенных штатов
Америки // Вестник института: преступление, наказание, исправление. –

2015.

3 (31).

С. 84–

89

5.

Милюков С.Ф., Старков О. В., Наказание: уголовно правовой и

криминологический анализ. СПб, 2011. С. 102.

6.

Пенитенциарная криминология: учебник / под ред. Ю. М. Антоняна, А. Я.

Гришко, А. П. Фильченко. Рязань, 2014. С. 51

-52

7.

Филипова

О.В.

ва

Садовникова

М.Н.

Пенитенциарный

рецидив

и

пенитенциарная преступность: понятие и криминологическая характеристика.
Сибирский юридический вестник. 2017., No17., –С.76

8.

Tadjibaeva D.A., Penitensiar retsidiv profilaktikasini takomillashtirish.Yurist

axborotnomasi 4-son. 2021. B-104. https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-
herald/article/view/260/237

9.

Кисляков А. В. Уголовная ответственность и исполнение наказания в

отношении лиц, страдающих психическими расстройствами, не исключающими
вменяемость: дис. … канд. юрид. наук. Рязань, 2004. С. 57.

10.

Кудрявцев А.В. Направления повышения эффективности оперативно

-

розыскного предупреждения пенитенциарных преступлений: мат

-

лы межвуз.

научно

-

практ. конф. «Борьба с пенитенциарной преступностью: опыт, проблемы,

перспективы». –

Владимир, 2013. с. 98

-106.

Библиографические ссылки

Bekmurodov N.N., Tezkor-qidiruv faoliyatini natijalaridan jinoyat ishlari bo‘yicha isbot sifatida foydalanishdagi ayrim muammolar.huquqiy tadqiqotlar jurnali 2-son. 2022. B-75. https://tadqiqot.uz/index.php/law/article/download/4951/4693/9896

Спасенников Б.А., Цатуров А.В. Вопросы совершенствования оперативно-розыскных и профилактических мероприятий в отношении лиц, осужденных за совершение преступлений террористического и экстремистского характера, отбывающих наказание в исправительных учреждениях // Библиотека криминалиста. Научный журнал. – 2014. – № 4 (15). – С. 150–156

Tadjibaeva D.A. Penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar profilaktikasi. . O‘zbekiston qonunchiligi tahlili . 2018 №1. B-71.

Быков А. В., Пертли Л. Ф., Калужина М. А., Спасенников Б. А. Место и роль пенитенциарной системы в государственном механизме Соединенных штатов Америки // Вестник института: преступление, наказание, исправление. – 2015. – № 3 (31). – С. 84–89

Милюков С.Ф., Старков О. В., Наказание: уголовно правовой и криминологический анализ. СПб, 2011. С. 102.

Пенитенциарная криминология: учебник / под ред. Ю. М. Антоняна, А. Я. Гришко, А. П. Фильченко. Рязань, 2014. С. 51-52

Филипова О.В. ва Садовникова М.Н. Пенитенциарный рецидив и пенитенциарная преступность: понятие и криминологическая характеристика. Сибирский юридический вестник. 2017., No17., –С.76

Tadjibaeva D.A., Penitensiar retsidiv profilaktikasini takomillashtirish.Yurist axborotnomasi 4-son. 2021. B-104. https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/260/237

Кисляков А. В. Уголовная ответственность и исполнение наказания в отношении лиц, страдающих психическими расстройствами, не исключающими вменяемость: дис. … канд. юрид. наук. Рязань, 2004. С. 57.

Кудрявцев А.В. Направления повышения эффективности оперативно-розыскного предупреждения пенитенциарных преступлений: мат-лы межвуз. научно-практ. конф. «Борьба с пенитенциарной преступностью: опыт, проблемы, перспективы». – Владимир, 2013. с. 98-106.