Авторы

  • Умидбек Бабаязов
    Преподаватель, Ургенчский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp483-487

Ключевые слова:

Амударья Окчадарья Сарыкамыш древние русла Бактрия Хорезм ирригация земледельческая культура археология предгорное земледелие Согд

Аннотация

В статье рассматриваются природно-географические особенности реки Амударья, процесс формирования её древних русел, а также их влияние на развитие земледельческой культуры в регионах Хорезма и Бактрии. Особое внимание уделяется нижнему течению Амударьи, где были сформированы крупные ирригационные системы вдоль русел Окчадарьи, Сарыкамыша и Аральского русла. Проанализированы археологические находки в северной и южной Бактрии, подтверждающие наличие ранних ирригационных сооружений. Также освещены особенности земледелия в древнем Согда вдоль Кашкадарьи и Зеравшана.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of the Amu Darya and its ancient riverbeds in the
development of agricultural culture in the regions of
Khorezm and Bactria

Umidbek BABAYAZOV

1


Urganch State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article explores the natural and hydrological

characteristics of the Amu Darya River and the historical

significance of its ancient channels in the development of

agriculture in the regions of Khorezm and Bactria. Special

attention is paid to the lower course of the river, particularly
the Okchadarya, Sarykamysh, and Aral channels, where early

irrigation systems emerged. The paper analyzes archaeological

findings from both northern and southern Bactria, providing

insight into early canal construction. It also highlights the
agricultural traditions of ancient Sogdiana along the

Kashkadarya and Zerafshan rivers.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp483-487

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Amu Darya,

Okchadarya,

Sarykamysh,

ancient riverbeds,

Bactria,

Khorezm,

irrigation,

agricultural culture,
archaeological remains,
piedmont agriculture,

Sogdiana.

Amudaryo va uning qadimiy o‘zanlarining Xorazm va

Baqtriya

hududlarida

dehqonchilik

madaniyati

shakllanishidagi roli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Amudaryo,

Oqchadaryo,

Sariqamish,

Orolbo‘yi o‘zanlari,

Baqtriya,

Xorazm,

irrigatsiya,

Mazkur maqolada Amudaryo daryosining tabiiy-geografik

xususiyatlari, uning o‘zanlarining shakllanishi va qadimgi

Xorazm

hamda

Baqtriya

hududlarida

dehqonchilik

madaniyatining rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Amudaryo quyi

oqimidagi Oqchadaryo, Sariqamish

va Orolbo‘yi o‘zanlari orqali

qadimiy sug‘orish tizimlari tashkil qilingan va ular daryo
rejimining o‘zgarishlariga moslashtirilgan. Baqtriya hududining

1

Teacher, Urganch State University. E-mail: u.babayazov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

484

dehqonchilik madaniyati,
arxeologik yodgorliklar,

tog‘ oldi dehqonchiligi,

Sug‘d

.

janubiy va shimoliy qismlarida dehqonchilikning tashkil topishi,

suv manbalari va irrigatsiya inshootlarining arxeologik izlari
orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Qashqadaryo va Zarafshon

daryolari bo‘yida rivojlangan qadimgi Sug‘d dehqonchilik

madaniyatiga ham e’tibor qaratilgan.

Роль Амударьи и её древних русел в формировании
земледельческой культуры Хорезма и Бактрии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Амударья,

Окчадарья,

Сарыкамыш,

древние русла,

Бактрия,

Хорезм,

ирригация,
земледельческая
культура,

археология,

предгорное земледелие,
Согд

.

В статье рассматриваются природно

-

географические

особенности реки Амударья, процесс формирования её
древних русел, а также их влияние на развитие

земледельческой культуры в регионах Хорезма и Бактрии.

Особое внимание уделяется нижнему течению Амударьи, где

были сформированы крупные ирригационные системы

вдоль русел Окчадарьи, Сарыкамыша и Аральского русла.

Проанализированы археологические находки в северной и

южной Бактрии, подтверждающие наличие ранних
ирригационных сооружений. Также освещены особенности

земледелия в древнем Согда вдоль Кашкадарьи и Зеравшана.


KIRISH

Qadimgi sivilizatsiyalarning shakllanishida daryo vodiylarining ahamiyati beqiyos

bo‘lib, bu holat ayniqsa Amudaryo havzasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xorazm va

Baqtriya kabi tarixiy-madaniy hududlar aynan Amudaryo va uning irmoqlari orqali

sug‘oriladigan u

numdor yerlar evaziga yuksak dehqonchilik madaniyatini rivojlantirgan.

Daryo rejimining tabiiy o‘zgarishlari, toshqinlar va o‘zanlarning yo‘nalishini o‘zgartirib
turishi qadim zamonlarda aholi joylashuvi va yerlarni o‘zlashtirishda hal qiluvchi omil
bo‘lga

n.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Amudaryo va uning qadimgi o‘zanlariga oid tadqiqotlar, asosan XX asrning ikkinchi

yarmidan boshlab ilmiy asosda o‘rganila boshlandi. Ya.G‘. G‘ulomovning “Xorazmning
sug‘orilish tarixi” asari daryo rejimining qadimiy davrlardagi o‘zg

arishlarini hujjatlar va

arxeologik manbalar orqali yoritgan. A.S. Kesning Orol dengizining vujudga kelishi va

Amudaryo oqimining tarixiy harakatlari haqidagi tadqiqotlari bu daryo havzasida bo‘lgan
katta geologik o‘zgarishlarni ilmiy asosda tahlil qiladi.

METODOLOGIK ASOSLARI

Tadqiqotda qadimgi dehqonchilik madaniyati va sug‘orish tizimlarining

shakllanishini o‘rganishda ko‘p yo‘nalishli metodologik yondashuvlar qo‘llanildi. Tarixiy
tahlil qadimiy va zamonaviy holatlarni qiyoslab, daryo o‘zanlarining o‘zg

arishini

aniqlashda muhim bo‘ldi. Arxeologik dalillar, geomorfologik tekshiruvlar va aerotahlil
uslublari esa sug‘orish inshootlarining real izlarini aniqlash imkonini berdi. Ekologik
yondashuv esa suv resurslarining rejimi, toshqinlar va iqlim o‘zgarishla

rining

dehqonchilik madaniyatiga bo‘lgan ta’sirini ochib berdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

485

TAHLIL

Qadimgi Xorazm hududining insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi va dehqonchilik

madaniyatining shakllanishida Amudaryo va uning o‘zanlarining ahamiyati katta. Xorazm

Amudaryo bergan im

koniyatlardan to‘liq foydalana olgani uchun ham taraqqiy qildi,

o‘ziga xos dehqonchilik madaniyatini yaratdi.

Amudaryo Pomirning Hindiqush tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘ridagi

4000 metr balandlikdagi muzliklaridan boshlanib, dastlab u Vohondaryo nomi bilan
oqadi, Panj va Vaxsh daryolari birlashgan joydan boshlab, Amudaryo nomini olgan [1].

Daryo baland tog‘ qoyalari orasidan o‘tib, har kilometr masofada besh metr pastga tushib
borganligi sababli juda tez oqadi va o‘zi bilan ko‘plab mineral jinslarni lo

yqa holda oqizib

keladi [3,

Б.19.

].

Amudaryo suvining loyqaligi bilan boshqa daryolardan farq qiladi. Suvning loyqali

dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Amudaryoning
o‘rta oqimidagi o‘ng qirg‘og‘i tomonidagi yirik irmoqlar

i Kofirnigon, Surxondaryo,

Sherobod va chap qirg‘og‘i tomonidan Qunduz hisoblanadi. Amudaryoning undan keyingi
oqimlari bo‘ylab yirik irmoqlari mavjud emas. Amudaryoning quyi oqimiga kelganda,
uning suvlari o‘ng qirg‘og‘idan Oqchadaryo, chap qirg‘og‘idan Sariqamish va Orol bo‘yi
o‘zanlari tomonga chiqqan. Amudaryo Orol dengiziga borib quyiladi.

Xorazm vohasida dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotini

o‘rganishda Amudaryo va uning o‘zanlari faoliyati bilish muhim hisoblanadi, chunki

Amudaryoning quyi oqimida suvning faoliyati va rejimi bir xil davom etmagan. Suvning

notekis faoliyati dehqonchilikning shakllanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Qadimgi davrda daryoda yuz berib turgan suv toshqinlari ham na faqat dehqonchilik,
balki aholi turar joylariga ham jiddiy ziyon yetkazgan. Xorazmlik dehqonlar suvning

huddi shu jihatlarini e’tiborga olgan holda o‘z faoliyatini olib borganlar va vohada

dehqonchilik sohasida yuksak madaniyat yarata olishgan.

Amudaryoning shimol tomonga yo‘nalishi yuqori to‘rtlamchi (ilk xvalin) davridan,

ya’ni so‘nggi paleolit davridan boshlangan. Daryo Unguzorti Qoraqumining sharq
tomondan aylanib o‘tib, Xorazm ko‘li tomonga oqqan

[7]

. Keyinchalik bu ko‘l yo‘qolib

ketgan. Amudaryo oqimi shimolga Orol dengiz tomonga burilgan. Shu davrdan boshlab,

uzoq geologik jarayonlar natijasida Amudaryoning uchta asosiy o‘zanlari: Oqchadaryo,
Sariqamish va hozirgi Orolbo‘yi o‘zanlari shakllangan. Amudaryoning dastlab
Oqchadaryo va Sariqamish o‘zanlari shakllangan.

Geomorfo

logik tadqiqotlarga ko‘ra, daryoning gidrografik tarmoqlari yo‘lining

o‘zgarishi Orol dengizini paydo qilgan

[2,C.339.]

. Orol dengizi o‘rnidagi chuqurlikka

dastlab Sirdaryo borib quyilgan. A.S.Kes tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida,
Amudaryo Or

olga bundan 22 ming yil burun quyila boshlagan deb ko‘rsatadi

[4,

С.19.

].

NATIJALAR

Amudaryoning suvi tez, shiddat bilan oqadi va yuqori, o‘rta, quyi oqimlarida suv

turlicha harakatlanadi. Amudaryo havzasi bo‘ylarida tashkil topgan davlatlar

suvning

harakatlanishiga moslab dehqonchilik madaniyati shakllantirganlar va bu har bir

hududning o‘ziga xosligini ta’minlagan. Shuningdek, daryoning o‘ng va chap qirg‘oqlariga

suvning oqishi ham bir-

biriga o‘xshamagan.

Amudaryoning yuqori oqimida shakllangan qadimgi Baqtriya davlatini Amudaryo

ikki qismga ajratgan. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida shimoliy Baqtriya tashkil topgan
bo‘lib, u bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati va Tojikiston


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

486

Respublikasining janubiy

–g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi. Amudaryoning chap

qirg‘og‘ida janubiy Baqtriya davlati shakllangan va u bugungi kunda Afg‘onistonning

shimoli

sharqiy qismlari kirgan.

Amudaryoning yuqori oqimidagi chap qirg‘oq va o‘ng qirg‘og‘idagi tabiiy sharoiti

bir-biridan farq

qilgan. Chap qirg‘og‘i bugungi kunda Afg‘onistonning sharqiy hududlariga

to‘g‘ri keladi va bu yerda Ko‘kcha,

Qunduz va Balx daryolari Amudaryoga quyiladi. Qadimgi

davrda bu yerda dehqonchilik daryo vohalari va tog‘ oldi hududlarda shakllangan. Tog‘ oldi

hu

dudlarida dehqonchilik qilish murakkab bo‘lgan, chunki ekin dalalari suv manbaidan

ancha yuqorida joylashgan. Bu yerlarda qurilgan kanallar ham uncha uzun bo‘lmagan,

10

15 kilometrni tashkil etgan. Faqat yirik markazlashgan davlatlar tashkil qilingan

vaqtdagina bu hududlarda aholi yashagan. Salavkiylar va kushonlar davrida kanallar qazilib,

aholi tomonidan o‘zlashtirilgan dehqonchilik rivojlangan. Undan keyingi davrlarda sug‘orish

tizimlari qarovsiz qolib ketgan [8,cc.283-290.].

Qadimgi Baqtriya davlatining markaziy shahri Baqtra janubiy Baqtriya hududida

joylashgan. Janubiy Baqtriya hududida bronza va ilk temir davrlarida oddiy sug‘orish

tizimidan foydalanganlar. Daryo irmoqlari bo‘ylarida kanal va ariqlar qazib, dehqonchilik

qilishgan. Qadimgi i

rrigatsiya inshootlari izlari shimoliy Afg‘onistonning Farruxobod,

Dashli, Noibobod, Nichkin hududlaridan topilgan. Bu hududlardagi daryo suvlari tekis

oqqanligi va doimiyligi sababli dalaga suvni olib borish qiyinchilik tug‘dirmagan va

murakkab sug‘orish tizimlarini qurishga ham ehtiyoj bo‘lmagan. Dashli vohasining

sug‘orish tizimlari V.I.Sarianidi tomonidan tadqiq qilingan. Olim hududning mikrorelefi

va yodgorliklari topografiyasini o‘rgangan. Dashtli vohasining suv manbai Balxob

daryosining irmog‘i bo‘lgan. Aholi shu irmoqdan kanallar chiqarib, yerlarini sug‘orishgan.

Qishloqlar yonida ariqlar yelpig‘ichsimon tarzda tugagan. Mil.avv. II asrga kelib, Balxob

daryosining irmog‘ida suvning kamayishi natijasida aholi bu yerlarni tashlab janubga

ko‘chib ketishg

an [5,cc.45-52.].

Shimoliy Baqtriya hududi bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining

Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ham hududlarning suv bilan ta’minlanishi

doimiy bo‘lgan. Dastlab aholi tog‘ oldi va tog‘ soylari bo‘ylarida lalmikor dehq

onchilik

bilan shug‘ullanganlar. Bronza davrida soylardan ariqlar chiqarilgan. Yirik kanallarni

qazishga ehtiyoj bo‘lmagan. Dalalarga suv kichik ariqlar orqali olib borilgan. Ariqlarning

uzunligi 0,5

0,8

2 km. ni tashkil qilgan. Aholining turar joylari ham daryo irmoqlariga

yaqin yaqin bo‘lgan.

XULOSA

Shimoliy Baqtriyada Surxondaryo, Sheroboddaryo, To‘palang, Sangardak, Qoratog‘,

Xo‘jaipok va boshqa daryolar hududning asosiy suv manbalari bo‘lgan. Ular suvlarni

tog‘lardan olganligi uchun bahor oyi oxirla

riga kelganda suv kamayib qolgan. Bu esa,

dehqonchilikda biroz murakkablikni vujudga keltirgan bo‘lsada, daryolarning ko‘pligi

sababli qo‘shimcha anhorlar qazish zaruriyati bo‘lmagan

[6]. Soqa orqali ariq va kanallarga

suv chiqarilgan. Daryolardan chiqarilgan kanallardan shahobchalar, keyin ulardan yana

kichik sug‘orish tarmoqlari, vaziyatga qarab, o‘ng va chap sohilidan chiqarilgan.

Qadimgi Sug‘d davlatining suv xo‘jaligi tizimida Zarafshon va Qashqadaryo

daryolari markaziy o‘rin tutgan bo‘lib, ular ushbu hududning asosiy suv manbalari

hisoblangan. Davlatning janubiy qismida dehqonchilik faoliyati asosan daryo vodiylari va

soy bo‘ylarida shakllangan. Bu mintaqaning tabiiy

-geografik sharoitlari, xususan Hisor

tog‘ tizmasidan oqib tushadigan ko‘plab daryolar va soylar orqali Qashqadaryo hamda

Zarafshon daryolarining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

487

Qashqadaryo daryosi bir nechta yirik irmoqlardan tashkil topgan. Uning chap

irmoqlari tarkibiga Oqsuv, Jindaryo, Qizildaryo, Langar v

a G‘uzordaryo kiradi. O‘ng

irmoqlar esa Sho‘robsoy, Qaynarsoy–

Oqsuv, Makridsoy, Qalqama

Qumdaryo va

Ayoqchisoylardan iborat. Ushbu irmoqlar asosan Zarafshon tog‘ tizmasidan, yoz va kuz

oylarida esa tabiiy buloqlardan suv olgan. Bu esa daryo havzalarining mavsumiy suv

bilan ta’minlanishini ta’minlagan va dehqonchilik jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Sug‘dning janubiy hududlarida dehqonchilik faoliyati nisbatan oddiy sug‘orish

tizimlari asosida olib borilgan. Bu yerlarning iqlim va relyef sharoiti murakkab texnik

yechimlarni talab qilmagan. Tog‘ oldi zonalarda lalmikor (sug‘orilmasdan ekiladigan)
dehqonchilik keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa uzumchilik va bog‘dorchilik tarmoqlari
rivojlangan. Bunday shakldagi xo‘jalik yuritish shakli ekologik omillar bila

n

uyg‘unlashgan va tabiiy suv manbalaridan oqilona foydalanishga asoslangan.

Qashqadaryo daryosi esa nafaqat janubiy Sug‘d uchun, balki butun hududiy

dehqonchilik tizimining barqarorligida strategik ahamiyatga ega asosiy suv manbasi
sifatida ajralib turgan

. Ushbu daryolar orqali Sug‘d hududida qadimiy suv inshootlari,

kanallar, ariklar va sug‘orish tizimlari rivojlanib, aholining dehqonchilik faoliyatini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://ru.wikipedia.org. Амударья. Murojjat vaqti 09.04.2025.

2.

Герасимов И.И., Марков К.К. Четвертичная геология. –

М., 1939. –

С. 339.

3.

Ғуломов

Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи (қадимги замонлардан

ҳозиргача). –

Тошкент: Фан, 1959. –

Б.19.

4.

Кесь А.С. Аральское море в голоцене // Археология и этнография Средней

Азии. –

М.: Наука, 1979. –

С. 19.

5.

Кругликова И.Т. Десять лет работы Советско –

Афганской экспедиции. //

КСИА. 180. 1984. –

С. 45 –

52.

6.

Қобулов

Э., Боқиев А. Ирригация тизими қишлоқ хўжалиги ривожининг

муҳим омили. /Материалы международной научно–

практический конференции

посвященнной Году развития туризма и народных ремесел, также Программы
десятилетия действий “Вода для устойчивого развития 2018

-

2028 г.г”,

“Инновационные технологии и перспективы развития естественных и
общественно

-

гуманитарных наук в условиях глобализаци”», 5

-

8 июля 2018 года в

Таджикском Педагогическом институте в городе Пенджикент. 1 часть. Паёми
Донишкада / Вестник Института. 2018. № 3. –

С. 224.

7.

Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и

заселения. // МХЭ. Вып. 3. –

Москва: Академии наук СССР, 1960. –

С. 17, 344.

8.

Сердитых З.В., Валиев А. Ирригация и население Восточной Бактрии

(обзор публикаций по итогам исследований 1974 –

1979 гг.). // СА. 1987. № 04. –

С.283–

290.

Библиографические ссылки

https://ru.wikipedia.org. Амударья. Murojjat vaqti 09.04.2025.

Герасимов И.И., Марков К.К. Четвертичная геология. – М., 1939. – С. 339.

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи (қадимги замонлардан ҳозиргача). – Тошкент: Фан, 1959. – Б.19.

Кесь А.С. Аральское море в голоцене // Археология и этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1979. – С. 19.

Кругликова И.Т. Десять лет работы Советско – Афганской экспедиции. // КСИА. 180. 1984. – С. 45 – 52.

Қобулов Э., Боқиев А. Ирригация тизими қишлоқ хўжалиги ривожининг муҳим омили. /Материалы международной научно– практический конференции посвященнной Году развития туризма и народных ремесел, также Программы десятилетия действий “Вода для устойчивого развития 2018-2028 г.г”, “Инновационные технологии и перспективы развития естественных и общественно-гуманитарных наук в условиях глобализаци”», 5-8 июля 2018 года в Таджикском Педагогическом институте в городе Пенджикент. 1 часть. Паёми Донишкада / Вестник Института. 2018. № 3. – С. 224.

Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. // МХЭ. Вып. 3. – Москва: Академии наук СССР, 1960. – С. 17, 344.

Сердитых З.В., Валиев А. Ирригация и население Восточной Бактрии (обзор публикаций по итогам исследований 1974 – 1979 гг.). // СА. 1987. № 04. – С.283– 290.