Авторы

  • Ширин Норматова
    Самостоятельный соискатель, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp396-402

Ключевые слова:

обвиняемый виктимология виктимизация жертва наказание насилие семья угнетение женщины права

Аннотация

В статье анализируются вопросы, связанные с характеристикой женщин, являющихся жертвами угнетения и насилия. В статье также изучается виктимизация жертв угнетения и насилия и вопросы поведения в ней.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Description of women who have experienced pressure and
violence

Shirin NORMATOVA

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes issues related to the characteristics of

women who have been subjected to pressure and violence.

Additionally, the article examines the victimization of those who

have suffered from pressure and violence, as well as aspects of

their behavior in such situations.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp396-402

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

accused,

victimology,

victimhood,

victim,

punishment,

violence,

family,

pressure,

women's rights.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin

-qizlar tavsifi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ayblanuvchi,

viktimologiya,

viktimlik,

jabrlanuvchi,

jazo,

zoʻravonlik,

oila,

tazyiq,

xotin-qizlar huquqlari.

Mazkur maqolada tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin

-

qizlar tavsifiga doir masalalar tahlil etilgan. Shuningdek,

mazkur maqolada tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarning

viktimligi va udagi xulq-

atvor masalalari ham oʻrganilgan.

1

Independent Researcher, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

397

Описание женщин и девочек, пострадавших от

притеснений и насилия

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

обвиняемый,
виктимология,
виктимизация,

жертва,

наказание,

насилие,

семья,

угнетение,

женщины,

права.

В статье анализируются вопросы, связанные с

характеристикой

женщин,

являющихся

жертвами

угнетения и насилия. В статье также изучается
виктимизация жертв угнетения и насилия и вопросы

поведения в ней.

Bizga maʼlumki, insonni jinoiy tajovuzlardan himoyalash, jinoyatchilikka qarshi

kurash muammosi, amaldagi qonunlarga qatʼiy rioya qilgan holda va jinoyatni jamiyat

hayotidagi eng salbiy holat deb qaralgandagina hal qilinishi mumkin hisoblanadi.

Mazkur mas

alaga hukumatimiz alohida eʼtibor berib, barcha hujjatlarda

jinoyatchilikka, shu oʻrinda zoʻravonlik va tazyiqlarning oldini olish va unga qarshi
kurash masalasini targʻib qilmoqda. Davlatimizning asosiy vazifasidan biri ham jamiyat

hayotida qonunga rioya etishni kuchaytirish va mustahkamlash, sud, prokuratura, adliya

va ichki ishlar organlarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish yoʻlida olib borilayotgan

ishlarni yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, aybdor va jabrlanuvchi shaxs oʻrtasidagi oʻziga

xos munosabatlar huquqbuzarlik sodir etilishining omili sifatida kriminologiyada

qadimdan alohida eʼtiborni oʻziga jalb etib kelgan. Kriminologik adabiyotlarda

jabrlanuvchini jinoyatning yuzaga k

elishidagi asosiy omil deb koʻrsatib, sodir etilgan

jinoyatdan jabr yetkazuvchi shaxs va uning jabrlanuvchisi oʻrtasidagi oʻziga xos
munosabat oqibati ekanligi taʼkidlangan.

Viktimologiya jabrlanuvchi haqidagi taʼlimot boʻlib, uning predmeti “ayblanuvchi

-

j

abrlanuvchi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tashkil etuvchi munosabatlar hisoblanadi” [1].

Viktimolog olimlarning fikricha, Gʻarbda viktimologiya alohida yoʻnalish sifatida,

avvalo, kriminologik tadqiqot va izlanishlar doirasida paydo boʻlib, soʻng alohida

mustaq

il tarmoq sifatida ajrab ketishiga: jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar;

ijtimoiy koʻmak va moliyaviy yordam tizimining qisqarishi, ishsizlikning oʻsib ketishi;

qonunda viktimlashgan shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash
kafolatla

rining kamayishi; jamiyatda inson huquq va erkinliklariga eʼtiborning oʻsishi;

shaxsga qarshi jinoyatlar sonining ortishi; jinoyatlar profilaktikasi choralari faqatgina
jinoyatchining faolligini kamaytirishi va oldini olishga qaratilgan fikrlarni

oʻzgarishi [2]

kabi omillar sabab boʻlmoqda.

Viktimologiya yangi ilmiy yoʻnalish sifatida jinoyatchi va jinoyat qurboni xulq

-

atvorining dinamik tarzda rivojlanishini oʻrganishda yangi imkoniyatlar yaratadi, bunda

jinoyatchi va qurbonning tashabbusi yoki ja

vob sifatidagi taʼsiri, ular oʻrtasidagi xatti

-

harakatlar, maʼlum toifadagi shaxslarning viktimlikka moyilligi, jinoyat qurbonlarining

tiplari va turlarini aniqlash imkonini paydo qiladi [3].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

398

Viktimologiya

bu kriminologiyaning “alohida ildiz otgan tomiri”, kriminologiya,

psixologiya, sotsiologiya va pedagogikaning ayrim jihatlarini oʻz ichiga olgan ilmiy
yoʻnalishidir. Jinoyat qurboni haqidagi fan sifatida

viktimologiyaning asl oʻrni

hanuzgacha aniq emas, kelajakda u mutlaqo boshqacha koʻrinish olishi ha

m mumkin [4],

deb taʼkidlaydi I.A.

Fargo.

S.B.

Xoʻjaqulov “Viktimologiya oʻz mazmuniga koʻra, nafaqat huquqbuzarlik

natijasida yetkazilgan zararni oʻrganadi, balki turli voqea

-hodisalar natijasida yetkazilgan

zararni ham oʻrganadi [5]”, deb taʼkidlaydi. Sh

ulardan kelib chiqib, viktimologiya

jabrlanuvchi shaxsini oʻrganishda faqatgina jinoiy yoki boshqa turdagi huquqbuzarliklarni

emas, balki har xil salbiy holatlar, voqea-hodisalarni ham qamrab oladi.

Bugungi kunda jinoyatlarning viktimologik tahliliga katta

eʼtibor qaratilyapti.

Bu kabi muammolar adabiyotlarda turli jihatlarga qarab talqin qilinmoqda [6].

Keng maʼnoda viktimologiya inson haqidagi ilmiy soha boʻlib, unda

jabrlanuvchining xulq-atvori xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarib, jinoyatlar yoki tasodifiy
nokriminal hodisalar jabrlanuvchisiga aylanish ehtimolini oshiradi. Viktimologiya,
xavfsizlik talablari va standartlaridan chetga chiqadigan xulq-atvorga ega inson haqidagi

fan ekani xususidagi fikrlar jamiyatshunos olimlar oʻrtasida keng urf boʻlgan

[7].

Viktimologiya yangi ilmiy yoʻnalish sifatida jinoyatchi va jinoyat qurboni xulq

-

atvori dinamik tarzda rivojlanishini oʻrganishda yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bunda
jinoyatchi va jabrlanuvchining tashabbusi yoki javob sifatidagi taʼsiri, ular oʻrtasidagi

xatti-

harakatlar, maʼlum

toifadagi shaxslarning viktimlikka moyilligi, jinoyat

jabrdiydalarining tiplarini va turlarini aniqlash imkonini paydo qiladi [8].

Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida “huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi”

deb jismo

niy, maʼnaviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan

jabrlangan shaxs” tushuniladi. Oila

-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan

huquqbuzarliklar, shu jumladan jinoyatlardan jabrlangan shaxslarning viktimologik
ahamiyatga ega

boʻlgan xususiyatlari va qilmishlarini tadqiq qilish, amaliyotda

viktimologik profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish nuqtayi
nazardan bugungi kunning eng dolzarb vazifalardan biridir.

Chunki mazkur tadqiqotlar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga

oshiruvchi organ yoki muassasaning, xususan ichki ishlar organlarining shaxslarning
huquqbuzarlik

jabrlanuvchisiga

aylanishi

xavfini

kamaytirishga

qaratilgan

huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish imkonini beradi. Huquqiy adabiyotlarda qayd etilganidek,
jabrlanuvchilarning kriminologik tavsifi uning jinoyat sodir etilishidan oldingi, jinoyat

sodir etilishiga sabab boʻluvchi, shuningdek, aynan jinoyat taʼsirida

vujudga kelgan

hamda jinoyat sodir etilishidan keyingi ahvoliga qarab beriladi. Bizningcha,

jabrlanuvchiga beriladigan bunday tavsif koʻproq viktimologik nuqtayi nazardan
ahamiyatga ega boʻlib, buni “viktimologik tavsif”

deb aytish mumkin.

Viktimologik nuqtayi nazardan aytganda,

tazyiq va zoʻravonlik

bilan bogʻliq holda

sodir etilgan huquqbuzarliklardan, shu jumladan jinoyatlardan jabrlanganlar shaxsining
tavsifi, ularning jinoyat sodir etilish mexanizmida tutgan roli, xususiyatlari, tipologiyasi
hayotda bunday toifaga kiruvchi shaxslarga qaratilgan viktimologik mazmundagi
profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qiladi.

Tahlillar oiladagi zoʻravonlik jabrlanuvchilarini asosan uning ojiz boʻlgan aʼzolari,

yaʼni bolalar, ayollar, qariyalar va nogironlar tashkil etishini koʻrsatmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

399

Oilada zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning

57,4%

ayollar, 29,7% voyaga yetmaganlar, 6,1% qariyalar, 4,6% erkaklar va 2,6% nogironlar

tashkil etmoqda.

Jabrlanuvchilarning 62 foizi zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyat

amalga oshirilishiga u yoki bu tarzda koʻmaklashganlar, 38

foizida buning aksi boʻlgan. Yaʼni

ularning harakatlarida aybdorda nojoʻya xulqning vujudga kelishiga taʼsir koʻr

satgan

qandaydir omillar mavjud boʻlgan. Jabrlanuvchilarning xulq

-atvoridagi viktimlikning

koʻrinishi turlicha boʻlishi mumkin. Ularning jinoyat sodir etilishiga taʼsiri bevosita

jinoyatdan avval yuzaga kelgan vaziyat yoki jinoyatchining shaxsi orqali, aga

r ular oʻtmishida

bunday holatni shakllantirishga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, namoyon boʻlishi mumkin.

Amaliyot materiallarining tahlili jabrlanuvchilarning bemalol foydalanishi mumkin

boʻlgan qarshilik koʻrsatish usullaridan ham foydalanmaganliklaridan dal

olat beradi.

Ulardan 57,7 foiziga nisbatan oxirgi jinoiy tajovuzga qadar aybdor shaxs tomonidan

jismoniy zoʻrlik ishlatilgan. Jabrlangan shaxslarning 22,1 foizi oʻldirish, sogʻligʻiga ogʻir

shikast yetkazish bilan qoʻrqitilgan. Biroq jinoyat ishlarining tahlili jabr koʻrganlarning

atigi 15,4 foizi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam soʻrab murojaat etganligini

koʻrsatadi. Bunday tahlildan shu narsa koʻrinib turibdiki, jabrlanuvchining faol emasligi

jinoyatchida gʻayriqonuniy xulq jazolanmaydi, hamma

narsani qilish mumkin, degan

fikrni shakllantiradi.

Masalan, tadqiqot davomida oʻrganilgan jinoyat ishlarining 51,8 foizida

jabrlanuvchining oʻzini tiyib tura olmasligi (aybdor shaxs tomonidan ogʻir haqoratlarga

javoban) haqorat qilishlar, baʼzan esa zoʻrlik ishlatib qilingan harakatlar (koʻp hollarda

mojaroni tezlashtirgan) taʼsir koʻrsatgan, uning oʻziga xos kuchaytirgichi boʻlgan va

jinoyatchining zoʻrlik ishlatish harakatini yengillashtirgan, 19

% ida ojiz holatda, 29,2%

ida spirtli ichimlik yoki giyoh

vandlik vositasini isteʼmol qilgan.

Aybdorning zoʻrlik harakatining oldini olish yoki uni toʻxtatish uchun jabrlanuvchi

tomonidan hech qanday harakat qilinmasligi ham jinoyat sodir etishni yengillashtiruvchi

shart-

sharoit vazifasini oʻtaydi. Shaxsga qarshi zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan

jinoyatlarning tahlili jabrlanuvchilar xulq-

atvorining koʻrinishi va ularning aybdor bilan

jinoyat sodir etilgunicha boʻlgan oʻzaro munosabatlari xususiyati oʻrtasidagi muayyan

oʻzaro bogʻliqlikning mavjudligini aniqlash imkonini beradi.

Ushbu

maʼlumotlarining tahlili agar aybdor va jabrlanuvchining jinoyatga qadar

boʻlgan oʻzaro munosabatlarida kriminogenlik alomatlari mavjud boʻlmasa

-da (muntazam

uzoq davom etgan, hal etish usullari jamiyat tomonidan qoralanadigan ziddiyatlar), ammo

rashk, ogʻir haqorat, oʻch olishlarda jabrlanuvchining viktim xulqi jinoyatning sodir etilishiga

taʼsir qilganligidan dalolat bermoqda. U ogʻir haqoratga yoki oʻzining obyektiv mazmun

-

mohiyatiga koʻra, aybdorni jinoyat sodir etish darajasigacha olib keladigan haraka

tlarga

undagan. Jinoyatga qadar boʻlgan kriminogen xususiyatga ega boʻlgan hollarda birmuncha

boshqacha manzara namoyon boʻladi. Bunda jabrlanuvchining bevosita jinoyat sodir etilishi

oldidan obyektiv neytral xulqi koʻproq uchraydi. Subyektlar oʻrtasida bi

r qadar ruhiy

keskinlikni vujudga keltirgan oʻzaro kriminogen munosabatlar muhitida arzimas sabab ham

aybdor shaxsning tajovuzkorligiga turtki boʻlgan.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, jabrlanuvchi xulq

-

atvorining koʻrinishlari

jinoyat sodir etishg

a undovchi va undamaydigan turga ega boʻlib, jabrlanuvchining

jinoyat sodir etishga undovchi viktim xulqining 32% jinoyat sodir etilishining vaziyat

bilan bogʻliq kriminogen shart

-sharoit vazifasini bajarganlar, 48% i jinoyat sodir etishga

sababchi boʻlgan

, 20%

qasddan igʻvogar harakat qiluvchi viktim xulqqa ega boʻlganlar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

400

Jinoyat sodir etishga undamaydigan xulq-atvorda esa 18% i aybdor shaxsning

kriminogen axloqiy-ruhiy shakllanish shart-sharoitlarini, 52% shaxsning jinoiy niyatlari

roʻyobga chiqarilishid

a yengillashtiruvchi vaziyatni vujudga keltirganlar, 30% i oxirini

oʻylamasdan yengiltaklik bilan ish yuritganlar.

Jabrlanuvchining maqomini oʻrganar ekanmiz, uning roli oshkora yoki yashirin

boʻlishi mumkinligiga guvoh boʻlamiz. Oshkora deganda, jinoyat

-protsessual faoliyat

subyektlari tomonidan tan olingan jabrlanuvchini tushunish kerak.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, jabrlanuvchilarning janjalli vaziyatdagi

xulq-atvori 68,3% faol

salbiy boʻlib, shundan: 20,0

%

ini ogʻzaki (haqoratlash, tahdid

qilish), 48,3%

ini jismoniy zoʻrlik (urish, badanga shikast yetkazish)lar tashkil etgan.

23,0% faol

ijobiy boʻlib: 15,4

%

ini yordam soʻrab (huquqni muhofaza qiluvchi

organlarga, qarindoshlariga, qoʻshnilarga) murojaat etganlar, 3.4

%ni muzokara

(gaplashib olish) olib borganlar tashkil etgan.

Fikrimizcha, zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlardan jabrlangan shaxslarning

shaxsi, uning maqomi va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar zamirida oʻrganish quyidagi

savollarni tadqiq qilish zaruratini yuzaga keltiradi: 1) jabrlanuvchi shaxsining jinsi, yoshi,

ijtimoiy kelib chiqishi, mashgʻulot turi, oilaviy ahvoli kabilarni tavsiflovchi ijtimoiy

demografik belgilari; 2) uning oilada, maktabda, ishda va boshqa joylarda shakllanish

jarayonini aniqlash imkonini beruvchi shaxsning hayoti va tarbiyasi natijalari;

3) jabrlanuvchining qarashlari va odatlari, xulq-atvorining motivi, jamiyat va mehnatga

munosabati; 4) yon-atrofidagilar, xususan, ijtimoiy guruhlar, qarashlar, qadriyatlar,

koʻrsatmalarning jabrlanuvchi qarashl

ari bilan tutashganligi kabilar.

Jabrlanuvchi maqomi jinoyatchilikni oʻrganish doirasiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunining bir qator moddalarida jinoyat

jabrlanuvchisining maqomini muhokama qilish imkonini beruvchi va tasniflovchi

belgilari koʻrsatib oʻtilgan. Masalan, oʻz xizmat, kasb, fuqarolik burchini bajarish

munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan zoʻrlik ishlatib sodir

etiladigan jinoyatlar; homilador ayolga, yosh bola, ojiz ahvoldagi yoki aybdorga qaram

boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlar. Bu yerda jinoyat qonuni jabrlanuvchi

maqomining tegishli belgilarini aybdorning javobgarligi va jazosni ogʻirlashtiruvchi

holatlar sifatida nazarda tutgan.

Oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻ

liq sodir etilgan qasddan badanga turli darajada

shikast yetkazish jinoyatlarining 32,8%da jabrlanuvchining salbiy hulq-atvori, 25,0%da

jabrlanuvchi bilan aybdor oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik

, 19,0%da

jabrlanuvchining aybdorga oʻz taʼsirini oʻtkazishga harakat qilganligi

, 14,0%da

jabrlanuvchi bilan aybdorning birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi

viktimologik

omil sifatida namoyon boʻlgan.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin

-

qizlarning maʼlumot darajasi oʻrganib

chiqilganda, ularning 2,2%

hatto boshlangʻich maʼlumotga ham ega boʻlmagan,

8% toʻliqsiz maʼlumotga

, 60,9%

oʻrta maʼlumotga

,

21,2% oʻrta maxsus

,

1,5% toʻliqsiz oliy

,

16% esa

oliy maʼlumotga

ega ekanligi aniqlandi.

Shaxsda maʼlumot darajasining pastligi zoʻravonlik jabrlanuvchisi boʻlish va oʻziga

nisbatan sodir etiladigan tajovuzlarga duchor boʻlish holatini orttiradi;

birinchidan,

ushbu

maʼlumot darajasi past shaxslar oʻzlarining tajovuzkor xarakterlari bilan oʻzini

koʻrsatishga harakat qilishi, ayniqsa boʻlmagʻur hatti

-harakatlar bilan kimgadir javob

reaksiyasini qaytarishga moyil boʻlishadi;

ikkinchidan,

maʼlumot va madaniyat

darajasining pastligi kriminal holatga toʻgʻri baho berishga hamda ularning manfatlarini

himoya qilishga toʻsqinlik qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

401

Olingan

maʼlumotlar natijasida, oiladagi zoʻravonlikning

viktimologik profilaktikasini

samarali tashkil etish, ayniqsa, ushbu zoʻravonlik jabrlanuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan

shaxslar jabrlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga

oshirishni taqozo etadi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin

-qizlarni

himoya qilishning noyuridik vositalaridan, yaʼni psixolog, seksolog, pedagog va tibbiyot

xodimlari yordamidan foydalanishni keng yoʻlga qoʻyish lozim.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin

-

qizlarning ijtimoiy holati oʻrganilganida

ularning 60,8% vaqtincha ishsiz, 25,6% ishchilar, 12,0% xizmatchilar, 1,6% tadbirkorlar

ekanligi aniqlandi. Oila aʼzolarining doimiy mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi ham

oilaviy munosabatlarda, xususan rasmiy ish faoliyati bilan shugʻullanmay doimiy uyda

boʻlish holati ham shaxsda viktimlik xususiyatlarini shakllanishiga olib keladi. Taʼkidlash

kerakki, jabrlanuvchilar hulq-

atvorining sodir etilgan jinoyatlardagi oʻrni va taʼsirini

oʻrganish ham motivi rashk boʻlgan qilmishlarning viktimologik profilaktikasi

chora-

tadbirlarini ishlab chiqishda muhimahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot jarayonida sud arxividan oʻrganilgan jinoyat ishlarida jabrlanuvchilarning

69,4% huquqbuzar shaxslar bilan er-xotin

boʻlib birga yashagan,

13,5% nikohdan ajrashgan,

8,4% qarindosh-urug

ʻ

lar, 4,8% aka-uka, 3,1% ota-onalar va farzandlar, 1,3%

oʻgay farzand

va ota-onalarni tashkil etdi.

Oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻliq holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar,

xususan jinoyatlardan jabrlanganlarning uchdan ikki qismidan ortigʻi jinoyat s

odir

etganlar bilan er-

xotin boʻlib yashayotganlari, bevosida ular oʻrtasidagi munosabatda

viktimlikni keltirib chiquvchi omillarning ham bisyorligini koʻrsatadi.

Jabrlanuvchi shaxslarning yoshiga oid maʼlumotlar tahlil qilinganida ularning

31,0%ni 18

25 yoshdagi, 27,7%ni 25

35 yoshdagi, 19,8%ni 35

45 yoshdagi, 14,3%ni

45

–55 yoshdagi hamda 7,2% 55 yoshdan yuqori boʻlganlar tashkil etdi. Koʻrinib turibdiki,

oilada zoʻravonlik bilan bogʻliq holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, xususan

jinoyatlar jab

rlanuvchi boʻlganlarning yarmidan koʻp qismini 18–

35 yoshdagilar tashkil

etmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar yoshlarda, xususan (rasmdagi) yoshlardagi shaxslarda

viktimlik yuqori ekanligini koʻrsatmoqda. Ayrim adabiyotlarda viktimligi yuqori

boʻlganshaxslar as

osan 36

45 yoshdagilarni (27,9%) tashkil etishi qayd etilgan.

Yuqoridagi holatga yaqin boʻlgan holatni jabrlanuvchi shaxslarning oilasidan

ajrashganlik ahvoliga oid maʼlumotlar tahlil natijalarida ham kuzatish mumkin.

Maishiy turmush sohasida, shuningdek ayollarga nisbatan sodir etiladigan

jinoyatlar boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar ham yuqoridagi holatga yaqin jarayonlarni

kuzatish mumkin. Ayrim tadqiqotlarda, umumiy jinoyatchilik tarkibida ayollarning

hayoti va sogʻligʻiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar

25

26%

tashkil etishi aniqlangan.

Shuningdek, boshqa bir tadqiqot oʻrganilganda unda jabrlanuvchi ayollarning

42,5% huquqbuzar bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilishi natijasida aybdorga

qarshilik qila olmaganliklari, faqatgina 57,5% holatda qarshilik qilganliklari aniqlangan.

Nomusga tegish jinoyatidan jabrlanganlarning 40,2% aybdorga notanish, 2% qizi

(oʻgay qizi), 1,5% oʻgʻli (oʻgay oʻgʻli), 0,8% ajrashganlar, 2,7% yaqin qarindoshlari,

22,8% tanishlari, 30% tanishib qolgan shaxslar

boʻlgan.

Xotin-

qizlarga

nisbatan

sodir

etiladigan

zoʻravonlik

bilan

bogʻliq

huquqbuzarliklarning eng koʻp koʻrinishlariga ularni birga yashashga, fohishalik qilishga

majburlash, nomusiga tegish, zoʻravonlik qilish va spirtli ichimlik, giyohvandlik moddalar

isteʼmol qildirish, muntazam xoʻrlash va ruhiy taʼsir koʻrsatish hamda boshqa yoʻllar bilan

oʻlimga olib borish kabilarni oʻz ichiga olgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

402

Ayollarning yuqori darajadagi viktimligi ularning zaifa ekanligida emas, balki

jamiyatda saqlanib qolgan qadriyatlar hamda oilaviy munosabatlar jarayonidagi
odatlardadir. Oilada erkaklarning barcha munosabatlarda yetakchilik qilishi, hukmronlik
munosabati

oʻrnatishi, yaʼni oʻzining mustaqil qaror qabul qilishi kabi holatlar

ayollarning zoʻravonlik jabrlanuvchi boʻlishi ehtimolini kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytib oʻtadigan boʻlsak, bunday turdagi jabrlanuvchilarga quyidagilarni

kiritish mumkin:

birinchidan

, soddalik yoki ishonuvchanlik, ruhiy kasallik yoki aqliy

rivojlanmaganlik, tashqi koʻrinishi gʻayrioddiy, tibbiy, jismoniy boʻshanglik yoki alkogol,
giyohvand modda va hokazolar isteʼmoli natijasidagi ojizlik holatiga tushib qolgan

jabrlanuvchilar;

ikkinchidan,

jinoyatchi va jabrlanuvchi oʻrtasidagi janjal natijasida

yuzaga keluvchi jinoyatlar natijasida jabrlanganlar.

Bunda jabrlanuvchining harakatlari jinoyatchiga hissiy taʼsir etishi (masalan,

bevosita jabrlanuvchining harakatlari bilan jinoyatchi affekt holatiga tushadi) yoki
janjallar oqibatida kelib chiqadigan qasd yoki boshqa salbiy motiv shakllanishi mumkin;

uchinchidan,

shaxsga yoki uning yaqinlariga zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan

jabrlanuvchini aniq bir harakatga yoʻnaltirish maqsadida sodi

r etiladigan jinoyatlar.

Bularga zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan jinoyatlar kiradi.

Bularga misol sifatida odam oʻgʻirlash, qasddan badanga tan jarohati yetkazish,

shaxsni qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish, shaxsni garov sifatida

tutqinlikka olish holatlarini koʻrsatish mumkin;

toʻrtinchidan,

murakkab viktimologik

xarakterdagi jinoyatlarga boʻlib oʻrganamiz. Bularga shunday jinoyatlar kiradiki, jinoyatni

sodir etish vaqtida kim jabrlanuvchi, kim jinoyatch

i ekanini aniqlab boʻlmaydi. Janjal

shunday tus oladiki, tahdid ostida boʻlgan jinoyat jabrlanuvchisi jinoyat subyektiga

aylanib qoladi. Bunga misol qilib, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan

sodir etiladigan jinoyatlarni koʻrsatish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ismailov I., Abdurasulova Q.R., Fazilov I.Yu. Kriminologiya.Umumiy qism.

Darslik.

Akademiya.T.: 2015.

B. 179-180.

2.

Mendelsohn B. The Origin of the Doctrine of Victimology // Mendelsohn

Excperta

Criminológica. 2015. № 3. P. 239

-244.

3.

Migurrin D., Do F. Victims of Economic Crime // Journal International de

Victimologie.

2017.

Vol.8.

№2. –

P.147-175.

4.

Fargo, I.A. Criminal law and criminology basic teachings about the victim. St.

Petersburg, Legal Center Press, 2017. 195

s.

5.

Xoʻjaqulov S.B. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi // Oʻzbekiston

Respublikasi IIV Akademiyasi axborotnomasi.

T.: 2017. №31

-son. 26

b.

6.

Safiullin

N.X.

Kriminologicheskiy

analiz

viktimnogo

povedeniya

nesovershennoletnix.

Kazanʼ, 1996. 45–

s.; Sitkovskiy A.L. Viktimologicheskiye

problem

ы

profilaktiki kor

ы

stn

ы

x prestupleniy protiv sobstvennosti grajdan. Avtoref.

diss… kand. yurid. nauk. –

M., 1995.; Voytenko S.G. Kriminologicheskoye issledovaniye

viktimnosti lis s deviantn

ы

m povedeniyem.

Avtoref. diss… kand. yurid. nauk. –

M., 1997.

7.

Miers D. Offender and stata compensation for victims of crime: Two decades of

development and change // International Review of Victimology.

2014.

№20 (1). –

P. 145-168.

8.

Migurrin D., Do F. Victims of Economic Crime in a Crand Scale // Journal

International de Victimologie.

2010.

Vol.8.

№2. –

P. 147-175.

Библиографические ссылки

Ismailov I., Abdurasulova Q.R., Fazilov I.Yu. Kriminologiya.Umumiy qism. Darslik. –Akademiya.T.: 2015. –B. 179-180.

Mendelsohn B. The Origin of the Doctrine of Victimology // Mendelsohn Excperta Criminológica. 2015. № 3. P. 239-244.

Migurrin D., Do F. Victims of Economic Crime // Journal International de Victimologie. – 2017. – Vol.8. – №2. – P.147-175.

Fargo, I.A. Criminal law and criminology basic teachings about the victim. St. Petersburg, Legal Center Press, 2017. 195–s.

Xoʻjaqulov S.B. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi // Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi axborotnomasi. – T.: 2017. №31-son. 26–b.

Safiullin N.X. Kriminologicheskiy analiz viktimnogo povedeniya nesovershennoletnix. – Kazanʼ, 1996. 45–s.; Sitkovskiy A.L. Viktimologicheskiye problemы profilaktiki korыstnыx prestupleniy protiv sobstvennosti grajdan. Avtoref. diss… kand. yurid. nauk. – M., 1995.; Voytenko S.G. Kriminologicheskoye issledovaniye viktimnosti lis s deviantnыm povedeniyem. Avtoref. diss… kand. yurid. nauk. – M., 1997.

Miers D. Offender and stata compensation for victims of crime: Two decades of development and change // International Review of Victimology. – 2014. – №20 (1). – P. 145-168.

Migurrin D., Do F. Victims of Economic Crime in a Crand Scale // Journal International de Victimologie. – 2010. – Vol.8. – №2. – P. 147-175.