Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The concept of subsidies within the World Trade
Organization framework and their legal regulation
Azizbek TOYIROV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
The deepening of global economic integration and the
regulation of international trade through legal mechanisms are
intensifying focus on the institution of subsidies. In particular,
the Agreement on Subsidies and Countervailing Measures
(ASCM) adopted within the framework of the World Trade
Organization (WTO) plays a crucial role in strengthening the
principles of clarity, consistency, and fair competition in this
domain. This article analyzes the legal content of the concept of
subsidies within the WTO framework, its classification, scope of
application, and the primary mechanisms governing them.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp268-272
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
subsidy,
compensation,
WTO,
agreement,
international norms.
Jahon savdo tashkiloti doirasida subsidiyalar tushunchasi
va ularning huquqiy tartibi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
subsidiya,
kompensatsiya,
JST,
bitim,
xalqaro normalar.
Global iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuvi va xalqaro
savdoning huquqiy mexanizmlar bilan tartibga solinishi
subsidiyalar institutiga nisbatan e’tiborni kuchaytirmoqda.
Ayniqsa, Jahon Savdo Tashkiloti (JST) doirasida subsidiyalarni
tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan Subsidiyalar va
kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitim (SKCH bitimi) ushbu
sohada aniqlik, izchillik va adolatli raqobat tamoyillarini
mustahkamlashda muhim o‘rin
tutadi. Ushbu maqolada
JST doirasida subsidiyalar tushunchasining huquqiy mazmuni,
uning tasnifi, tatbiq doirasi hamda ularni tartibga soluvchi
asosiy mexanizmlar tahlil qilinadi.
1
Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: azizbektoyirov7@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
269
Понятие субсидий и их правовое регулирование
в рамках Всемирной торговой организации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
субсидия,
компенсaция,
ВТО,
соглашение,
международные нормы.
Углубление глобальной экономической интеграции и
регулирование международной торговли правовыми
механизмами усиливают внимание к институту субсидий.
В
частности,
Соглашение
по
субсидиям
и
компенсационным мерам (ССКМ), принятое в рамках
Всемирной
торговой
организации
(ВТО)
для
регулирования субсидий, играет важную роль в
укреплении принципов ясности, последовательности и
справедливой конкуренции в этой области. В данной
статье анализируются правовое содержание понятия
субсидий в рамках ВТО, их классификация, сфера
применения и основные механизмы регулирования.
Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (inglizcha: World Trade Organization, fransuzcha:
Organisation Mondiale du Commerce, ispancha: Organización Mundial del Comercio) –
1995-
yilda aʼzo
-
davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va
siyosiy
munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro
bitim
–
GATT (ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, milliy ishlab chiqaruvchini himoya qilish, jahon
xo‘jaligiga samarali integratsiyalanish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)ni tartibga
solish vositalaridan foydalanishda O‘zbekiston uchun ularning orasida jahon savdo
tashkiloti (JST) tamoyillariga javob beradigan, demak, uzoq muddatli istiqbolda
qo‘llanishi mumkin vositalar hamda bu tamoyillarga zid keladigan, shu tariqa
vaqtinchalik va cheklanganlik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan vositalarni farqlay
olish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston JST barcha talablariga rioya qili
shi shart
bo‘lmagan davr iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarishlarni shakllantirish uchun maksimal darajada foydalanilishi lozim. Biroq, bu
sa’y
-harakatlar faqat ular xalqaro savdo tizimi bilan nizolarga olib kelmaydigan
hollardagina muvaffaqiyatga erishishi mumkin. U yoki bu kelishuvlar muddatini
kechiktirishga yo‘l qo‘yish mumkin, lekin ularning barbod bo‘lishiga emas. O‘zbekiston
asta-
sekinlik bilan JST a’zosi majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu xalqaro
t
ashkilot tomonidan ko‘zda tutilmagan vositalardan bosqichma
-bosqich voz kecha
boshlaydi. Bunda milliy iqtisodiyotga jiddiy foyda keltira olmaydigan vositalarni imkon
qadar tezroq bekor qilish va toki ular o‘z rolini oxirigacha o‘ynamagunga qadar, tarkibiy
qayta qurishga jiddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vositalardan foydalanishga
harakat qilish maqsadga muvofiq. Mos ravishda, JST bilan muzokaralarda ham
O‘zbekiston uchun bu davr mobaynida mamlakat sof texnik talablarni bajaribgina
qolmay, o‘zgarishla
r uchun foydalaniladigan tashqi savdoni tartibga solish elementlarini
bosqichma-
bosqich qisqartirishi ham mumkin bo‘lgan o‘tish davriga erishish zarur.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy
boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan hukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar
asosida faoliyat olib boradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
270
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995-
yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, u
savdo siyosatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida
ishlaydi.
Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi savdo to‘siqlarini kamaytirish va global
savdo tizimini yaxshilashdir. JST, savdo qoidalarini belgilovchi va a’zo davlatlar
o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soluvchi muhim platforma hisoblanadi.
JSTga a’zo bo‘lish orqali davlatlar o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish,
investitsiyalarni jalb qilish va global bozorlar bilan integratsiyalashish imkoniyatini
qo‘lga kiritadilar. Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni murakkab bo‘lib, har bir davlat JSTning
qoi
dalari va tamoyillariga muvofiq o‘z savdo siyosatini yangilashi lozim. Bu jarayon
o‘zaro savdo imtiyozlarini belgilaydi va global savdo munosabatlarini mustahkamlashga
yordam beradi. JSTning eng muhim yutuqlaridan biri savdo kelishuvlari va talablari
bo‘yicha standartlar va me’yorlar yaratishdir. Bu me’yorlar xalqaro savdo
operatsiyalarini yanada oshkoralik va adolatli o‘tkazilishiga imkon beradi. Shuningdek,
JST savdo kelishuvlari bo‘yicha bahslarni hal qilish mexanizmlarini taqdim etadi, bu esa
a’zo davlatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishni osonlashtiradi.
JSTning faoliyati global iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Tashkilot orqali davlatlar o‘rtasida savdo va investitsiyalarni oshirish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish
va iqtisodiy barqarorlikni saqlash maqsadida samimiy hamkorlik
amalga oshiriladi. Bunda JSTning roli, uning a’zolariga foydali shart
-sharoitlarni yaratish
va raqobatbardoshligini oshirishda yordam berishdir.
Hozirgi kunda subsidiya masalasi deganda daromad
i yuqori bo‘lmagan shaxslarga
ipoteka kreditlari asosida uy-
joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz
to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib
berilmaydigan mablag‘lar tushuniladi, JST doirasida sub
sidiyalar masalasi GATT tizimida
uzoq yillar davomida aniq huquqiy ta’rifga ega bo‘lmagan holda yuritilgan bo‘lsa
-da,
1995-yilda kuchga kirgan SCM bitimi subsidiyalarni ilk marotaba tizimli va keng
qamrovli tarzda ta’rifladi [1].
SKCH
bitimining 1.1-moddasiga
ko‘ra, subsidiya –
bu davlat
yoki davlat nomidan ish yurituvchi organ tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy
hissa
bo‘lib, u “imtiyozli holat”ni keltirib chiqaradi. Bu moliyaviy hissalar quyidagilardan
iborat bo‘lishi mumkin: (a) to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri transferlar (masalan, grantlar, kreditlar),
(b) davlat daromadidan voz kechish, (c) tovarlar yoki xizmatlarni bozor narxidan past
narxlarda taqdim etish, va (d) davlat infratuzilmasi orqali beriladigan imtiyozlar.
Mazkur ta’rif subsidiyani faqat davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rinishida
amalga oshirilgan choralar bilan chegaralabgina qolmay, balki ularning iqtisodiy foyda
(benefit) keltiruvchi xususiyatiga ham urg‘u beradi. Shu bilan birga,
1.2-moddaga
muvofiq, SKCH bitimi faqat maxsus subsidiyalar
, ya’ni ma’lum bir korxona, tarmoq yoki
ularning guruhiga qaratilgan subsidiyalarni tartibga soladi. Umumiy iqtisodiy
rivojlanishga qaratilgan, ya’ni notarget subsidiyalar ushbu bitim doirasida hisobga
olinmaydi. Jahon savdo tashkiloti (JST) doirasida subsidiya masalasi global savdo
muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Subsidiya –
bu hukumat tomonidan
ishlab chiqaruvchilar yoki eksportchilarni qo‘llab
-quvvatlash maqsadida kiritiladigan
moliyaviy yordamdir. Ushbu yordam ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va
mahsulot narxini pasaytirish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlik yaratishi mumkin.
JST regulativlari asosida subsidiya turlari belgilangan bo‘lib, ular bozor raqobati va
adolatli savdo tamoyillarini saqlashga qaratilgan. Har qanday subsidiya, asosan, eksport
daromadlarini oshirish, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
271
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ammo, bu jarayon ba’zi hollarda xalqaro bozorlar
uchun noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. B
a’zi davlatlar subsidiya orqali o‘z ichki
bozorlarini himoya qilish va tashqi raqobatlardan himoyalanish uchun foydalanadilar.
Bunday subsidiyalar noto‘g‘ri raqobat muhiti yaratishi mumkin, chunki ba’zi mamlakatlar
tabiiy va iqtisodiy resurslarini samarali
ishlatmasdan, subsidiyalar hisobiga o‘z
mahsulotlarini arzon narxlarda taklif etishlari mumkin. Bu esa boshqa davlatlardagi
ishlab chiqaruvchilarni noqulay ahvolga solishi tabiiy.
SKCH bitimi subsidiyalarni ularning savdoga ta’siri va JSTga a’zo davlatlar
ning
majburiyatlariga zidlik darajasiga qarab ikki toifaga ajratadi:
1.
Taqiqlangan subsidiyalar
–
ular eksport faoliyatiga bog‘langan subsidiyalar yoki
milliy mahsulotlar ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan imtiyozlar shaklida bo‘lib,
bevosita JST qoidalar
iga ziddir. Ular aniq va keskin tarzda man etilgan bo‘lib, ularni
bergan davlatlar subsidiya amaliyotini darhol tugatish majburiyatini oladi.
2.
Amaldagi (actionable) subsidiyalar
–
bu to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri taqiqlanmagan
subsidiyalar bo‘lib, agar ular boshqa dav
latning sanoatiga yoki manfaatlariga zarar
yetkazsa, ularga nisbatan kompensatsiya choralarini qo‘llash mumkin. Bunday hollarda
zarar yetkazilgan a’zo davlat subsidiyani bekor qilish yoki zararlarni qoplashni talab
qilishi mumkin [3].
Bundan tashqari, subsidiyalarning muhim turi sifatida
qishloq xo‘jaligi
subsidiyalari
alohida e’tibor talab qiladi. Ular umumiy SCM bitimiga emas, balki JSTning
Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi shartnomasida
(Agreement on Agriculture) nazarda tutilgan
maxsus qoidalarga bo‘ysunadi. Ushbu shartnoma subsidiyalarni “yashil”, “ko‘k” va “sariq”
savatlarga ajratish orqali ularni bosqichma-bosqich kamaytirish va tartibga solishni
ko‘zda tutadi [2].
A’zo davlatlar subsidiyalangan savdodan ko‘riladigan salbiy oqibatlarga nisbatan
GATT 1994 shartnomasining VI moddasi hamda SKCH bitimining 10-moddasi asosida
kompensatsiya choralari ko‘rish huquqiga egadirlar. Xususan, agar subsidiyalangan
import mahalliy ishlab chiqaruvchilarga moddiy zarar yetkazsa yoki bunday zarar
ehtimoli mavjud
bo‘lsa, zarar ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida
kompensatsiya bojlarini
(countervailing duties) joriy etish mumkin [4].
Biroq, bunday bojlarni qo‘llash jarayoni yuqori darajada huquqiy aniqlik va
protsessual adolatni talab qiladi. Davlatlar zarar yetkazilganligini, subsidiyaning
mavjudligini va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlikni
asoslovchi mustahkam dalillarni
keltirishlari zarur [5].
Subsidiyalarni xalqaro huquqiy muhitda tartibga solish JST tizimining eng muhim
yo‘nalishlaridan biridir. SKCH bitimi o
rqali subsidiya tushunchasining aniqlanishi va
uning amaliy natijalari bo‘yicha aniq mezonlarning joriy etilishi, a’zolarning adolatli
savdo sharoitlarini ta’minlash borasidagi majburiyatlarini kuchaytirdi. Ayniqsa,
subsidiyalarning savdoga salbiy ta’sirin
i bartaraf etishga qaratilgan choralar, global
iqtisodiy adolatni ta’minlash yo‘lida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
JST doirasidagi subsidiya masalalari xalqaro iqtisodiy hamkorlik va barqaror
rivojlanishning ajralmas qismidir. Tashkilotning maqsadi
–
barcha a
’
zo davlatlar uchun
adolatli va o
‘zaro manfaatli savdo tizimini ta’minlashdir.
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonida ushbu tartibot va majburiyatlarga
moslashishni o‘z zimmasiga olgan. Shu nuqtai nazardan, subsidiyalar bo‘yicha milliy
qonunchilikni JST normalariga muvofiqlashtirish, ularning turini aniqlash, ularni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
272
baholash mezonlarini ishlab chiqish va shaffof tizimni shakllantirish O‘zbekistonning
xalqaro savdo tizimidagi ishonchli ishtirokchiga aylanishida asosiy omillardan biri
bo‘l
adi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
GATT shartnomasi.
2.
Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitim
.
3.
Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi bitim.
4.
Peter Van den Bossche. The Law and Policy of the World Trade Organization:
Text, Cases and Materials/ Fifth Edition, Cambridge University Press, 2021.
5.
David Collins. The World Trade Organization. A Beginner’s Guide, Oneworld
Publications, 2015.
