Авторы

  • Лола Каримова
    PhD, доцент, Бухарский государственный медицинский институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp526-530

Ключевые слова:

женщины социальная активность гендерное равенство политическое участие образование государственная политика цифровая активность

Аннотация

В статье рассматривается социальная активность женщин в современном обществе, её ключевые направления и факторы развития. Освещаются участие женщин в образовании, на рынке труда, в политической и общественной жизни, а также механизмы государственной поддержки их активности. На примере Узбекистана проанализированы программы и инициативы по обеспечению гендерного равенства. В работе также представлены существующие проблемы, социальные стереотипы и предложения по их преодолению.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Social activism of women in modern societies

Lola KARIMOVA

1

Bukhara State Medical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes the social activity of women in modern

societies, its main directions, and development factors.

It highlights women's participation in education, the labor

market, political life, and civil society, as well as methods of
stimulating their social engagement through state policy. The

article examines programs and initiatives aimed at ensuring

gender equality, using the experience of Uzbekistan as an

example. It also outlines existing problems, stereotypes, and
obstacles, along with proposals for overcoming them.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp526-530

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

women,

social activity,

gender equality,

political participation,
education,

state policy,

digital engagement.

Zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xotin-qizlar,

ijtimoiy faollik,

gender tengligi,

siyosiy ishtirok,

ta’lim, davlat siyosati,

raqamli faollik.

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlarning

ijtimoiy faolligi, uning asosiy yo‘nalishlari va rivojlanish omillari

tahlil qilingan. Ayollarning ta’lim, mehnat bozori, siyosiy hayot

va fuqarolik jamiyatidagi ishtiroki, shuningdek, davlat siyosati

orqali ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish usullari

yoritilgan.

O‘zbekiston tajribasi misolida gender tengligini

ta’minlash borasidagi dastur va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Maqolada mavjud muammolar, stereotiplar va to‘siqlar hamda

ularni bar

taraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi.

1

PhD, Associate Professor, Bukhara State Medical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

527

Социальная активность женщин в современном

обществе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

женщины,

социальная активность,
гендерное равенство,

политическое участие,
образование,
государственная

политика,

цифровая активность

.

В статье рассматривается социальная активность

женщин в современном обществе, её ключевые

направления и факторы развития. Освещаются участие
женщин в образовании, на рынке труда, в политической и

общественной жизни, а также механизмы государственной

поддержки их активности. На примере Узбекистана

проанализированы

программы

и

инициативы

по

обеспечению гендерного равенства. В работе также
представлены существующие проблемы, социальные

стереотипы и предложения по их преодолению.


KIRISH

Zamonaviy jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bu

xotin-qizlarning

ijtimoiy faolligini ta'minlashdir. Ijtimoiy faollik

fuqarolarning jamiyat hayotida faol,

ongli va tashabbuskor ishtirokini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, u siyosiy, iqtisodiy,
ma'naviy va madaniy sohalarni o‘z ichiga oladi. Ayollar faolligi –

nafaqat gender tenglik

masalasi, balki umumiy ijtimoiy adolat, inklyuziv rivojlanish va barqaror taraqqiyotning
negizidir. Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlarning faollik shakllari,
rivojlanish omillari, muammolar va istiqbolli yo

nalishlar ko

rib chiqiladi. XXI asr

insoniyat tarixida innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va ochiq jamiyatlar davri
sifatida kirib kelgan bo

lsa, bu davrning ajralmas belgisi

ayollarning ijtimoiy faolligi va

gender tenglik tamoyillarining ildam rivojlanishi bo

ldi. Jamiyat taraqqiyotining

barqarorligi, inson salohiyatining to

laqonli ro

yobga chiqishi aynan ayollarning ijtimoiy,

iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokiga bog

liq bo

lib bormoqda [1]. Ushbu

maqola zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama tahlil
qilish, mavjud to

siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo

llarini asoslashga qaratilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hozirgi kunda yangi O‘zbekistonni barpo etishning ulkan imkoniyatlari yaratilib,

shiddatli islohotlar davom etmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning asosiy maqsadi

inson, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari

eng yuksak qadriyat sifatida tan olinadigan huquqiy demokratik davlat va adolatli
fuqarolik jamiyatini qurishdir. Bu jihatdan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoevning Oliy

Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasidagi yangi O‘zbekistonni buyuk tarix, buyuk

davlat, buyuk madaniyat yaratgan, mehnatkash, azmu shijoatli, adolatni qadrlaydigan
xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz hamda islohotlar natijasida xalqimiz uchun

farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz zarur, degan so‘zlari bugungi
davr talabini aks ettirishini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekistonda inson huquqlari

jamiyatni demokratlashtirish muammolari ilmiy zehniyat, xalqning tarixan tarkib topgan

an’analari, urf

-

odatlari, ma’naviy qadriyatlarini inobatga olgan holda hal etilmoqda.

Ayollar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlar silsilasida ushbu
munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish ham muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bois ayollar huquqlarini himoya qilishning oilaviy-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

528

huquqiy masalalari va turli davlat xizmatlarida xizmat qiluvchi ayol xodimalarning

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiliklarida belgilangan ayol

lar huquqlarini himoya

qilish mexanizmlarini izohlash dolzarbdir. Xotin qizlar harakati dastavval Shimoliy
Amerikada, 1775

1783-yillar davomida mustaqillik uchun kurash sharoitida va

Fransiyada 1789

1794-yillardagi inqilob davrida vujudga keldi. 1914-yil 8-martda xotin-

qizlar kuni bayram sifatida bir vaqtning o‘zida 6 mamlakat –

Avstriya-Vengriya, Belgiya,

Germaniya, Niderlandiya, Rossiya va Shveysariyada ilk marta keng nishonlandi. Dastlabki
feministlar xotin

qizlarning ezilishi xamda ularning erkaklarga qaramligi sabablarini

izlar ekan, ularni ham huquqiy va ijtimoiy jabhalarda ko‘radi. Ularning qarashlari

feministik dunyoqarash, keyinchalik feministik nazariya shaklini oldi [2]. Biroq,
feministlarning xotin

qizlarning huquqlarini himoya qilish va kengaytirish borasidagi

chiqishlari jamiyat uchun kutilmagan bo‘lib, hammada va hatto ayollar orasida ham ijobiy
qabul kilinmagan. Ayollarga taalluqli va O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro hujjatlar qatoriga

1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi;
1959-

yil 20 noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya; 1919

-yilda

Jenevada qabul qilingan va 1952-yil 28-

iyunda qayta ko‘rib chiqilgan “Onalikni muhofaza

qilish to‘g‘risida”gi Konvensiya; 1966

-yil 16-dekabrda qa

bul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy

va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro pakt (hujjat) kiradi. MDH a’zolari bo‘lgan
davlatlar o‘rtasida ayollarga doir munosabatlarni tartibga solishda 1993

-yil 22-yanvarda

Minskda qabul qilingan va 1993-yil 6-

mayda O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan “Fuqarolik,

oilaviy, jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi
Konvensiya muhim o‘rin egallaydi. Ushbu Konvensiyada belgilangan qoidalar ayollarni
huquqiy jihatdan MDH mamlakatlari o‘rtasida 1

993-yilda tuzilgan ikki tomonlama

shartnomalarda nazarda tutilgan qoidalarga yaqinligi bilan ifodalanadi [3]. Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 23-

moddasiga ko‘ra: har bir inson mehnat qilish,

ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga eg

a bo‘lish va ishsizlikdan himoya

qilinish huquqiga; har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish

huquqiga; har bir ishlovchi kishi o‘zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni
ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo‘lganda ijtimoiy
ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega. Erkaklar
va ayollar o‘rtasida tenglikka erishish dunyo mamlakatlari ijtimoiy

-iqtisodiy

rivojlanishning turli bosqichlarida vaziyat va muammolar har xil

kechgan bo‘lsada,

shunga qaramay, xotin-qizlar va erkaklarning mehnat bozoridagi mavqei, ularning

qadriyat va an’analarga asoslangan jamiyat hamda oilalarda ijtimoiy mavqeini

ifodalovchi umumiy qonuniyatlar mavjud. Bu qonuniyatlar gender tenglikni ta’minl

ash

orqali namoyon bo‘ladi. Gender bu umuman olganda

erkaklar va ayollarning umumiy

tenglik nuqtai nazaridan farqlarini va tomonlarning barcha yo‘nalishlardagi haqiqiy
o‘rnini aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi. Gender tengligi

bu har bir insonning

h

uquqidir. Ayollarning huquqlarini kafolatlash va ularga o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon

etish imkoniyatlarini berish nafaqat gender tenglikka erishish uchun, balki
rivojlanishning keng bosqichlariga erishish uchun ham muhimdir. Sir emaski teng
imkonyatga

ega bo‘lgan ayollar va qizlar o‘z oilalari, xalqi va mamlakatlarining

salomatligi va samaradorligiga hissa qo‘shib, barchaga foyda keltiradigan kuch yaratishi

mumkin. Gender tengligi shuni anglatadiki, xar bir jamyatda erkaklar va ayollar
moliyaviy mustaq

illik, ta’lim va shaxsiy rivojlanish uchun teng kuchga ega bo‘lishi lozim.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish gender tengligiga erishishning muhim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

529

jihatlaridan biridir. Bu ayolning o‘zini o‘zi qadrlash tuyg‘usini, qaror qabul qilish

qobiliya

tini, imkoniyat va manbalardan foydalanish imkoniyatini, o‘zgarishlarni amalga

oshirish qobiliyatini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlar

quyidagi sohalarda faol ishtirok etmoqda:

a)

Ta’lim sohasi. Bugungi kunda ayollar orasida oliy ma’lumotlilar soni ortmoqda.

Ko‘plab davlatlarda qizlar oliy ta’limga kirish darajasi bo‘yicha yigitlardan ustunlik

qilmoqda. Bu ijtimoiy mobillikning muhim omilidir [4].

b) Mehnat bozori. Xotin-

qizlar sog‘liqni saqlash, ta’lim, xizmat ko‘rsat

ish, IT va

boshqa zamonaviy sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ularning iqtisodiy

faolligi ularning mustaqilligi va ijtimoiy mavqeini mustahkamlaydi.

d) Siyosiy hayot. Parlament, mahalliy kengashlar va boshqa siyosiy institutlarda

xotin-qizlar s

oni ortmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda ular hukumat lavozimlariga, siyosiy

partiyalar va ijtimoiy harakatlar rahbarligiga saylanmoqda.

e) Fuqarolik jamiyati va NNTlar. Ayollar ijtimoiy faollikning eng faol qatlamlaridan

biri hisoblanadi. Ular ijtimoiy adolat,

ekologik xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib

qilish yo‘nalishlarida faol ishtirok etmoqda [5].

Faollikni shakllantiruvchi omillar

a)

Ma’naviy

-

psixologik omillar. Ayollarning o‘ziga ishonchi, o‘zini jamiyatda tutish

qobiliyati, faollik va liderlik

ko‘nikmalari ularning ijtimoiy faolligiga bevosita ta’sir qiladi.

b)

Ta’lim va malaka darajasi. Ta’limli ayollar ko‘proq mustaqil fikrlaydi, mehnat

bozoriga kirish imkoniyati keng bo‘ladi. Hayot davomida o‘qish ("lifelong learning")

tamoyili ayollarning za

monaviy jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi.

d) Axborot texnologiyalari. Raqamli savodxonlik, onlayn ish faoliyati, masofaviy

ta’lim va raqamli biznes platformalar ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

e) Davlat siyosati. Xotin-qizlar uchun maxsus davlat dasturlari va qonunchilikdagi

islohotlar ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantiradi [6].

O‘zbekiston tajribasi. O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda xotin

-qizlar ijtimoiy

faolligini oshirish bo‘yicha izchil siyosat yuritmoqda: “Ayollar daftari” orqali ehtiyojmand

xotin-

qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish; Gender tengligi strategiyasi

qabul qilindi va milliy komissiyalar faoliyat yuritmoqda; Ayollarning oliy ta’limga kirishida

grantlar va alohida kvotalar joriy qili

nmoqda; Ayollar startaplari va tadbirkorligini qo‘llab

-

quvvatlash jamg‘armalari faoliyat ko‘rsatmoqda; Parlamentda ayollar vakilligi 30%dan

oshdi, bu esa siyosiy faollik darajasining oshganini ko‘rsatadi [7].

Muammolar va to‘siqlar. Patriarxal stereotiplar: “ayolning o‘rni faqat oilada” degan

noto‘g‘ri qarashlar; Mehnat bozorida gender tengsizligi: ayollar kamroq haq oladi, yuqori

lavozimlarga kamroq tayinlanadi; Ish va oilaviy mas’uliyat muvozanati: farzand tarbiyasi

va uy yumushlari asosan ayo

llar zimmasida qolmoqda Ta’limga kirishda hududlar

o‘rtasidagi tafovutlar [8].

Takliflar va istiqbolli yo‘nalishlar. Ta’limda gender yondashuvni mustahkamlash:

o‘quv dasturlariga gender madaniyati asoslarini kiritish; Raqamli inklyuziya: ayollar

uchun bepu

l raqamli ko‘nikmalar kurslari; Flexible work formatlari: masofaviy va

moslashuvchan ish formatlarini kengaytirish; Liderlik va mentorlik dasturlari: yosh

qizlarni yetakchilikka tayyorlash; Mahalliy tashabbuslarni qo‘llab

-quvvatlash:

qishloqlarda ayollar klublari va ijtimoiy loyihalar [9].

Zamonaviy jamiyatlarda ayollar faolligini faqat “foydali ishtirok” sifatida emas, balki

ijtimoiy kapitalning o‘sish omili sifatida qarash lozim. Ayol –

bu jamiyatning faqat ob’ekti

emas, balki faol sub’yektidir. Shu boisd

an ijtimoiy siyosatda faqat yordamga muhtoj qatlam

sifatida emas, balki rivojlanish resursi sifatida yondashuv kuchaytirilishi zarur.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

530

Ijtimoiy adolat faqat erkak va ayolning teng huquqlarini e’lon qilish bilan emas,

balki amaliy sharoitlar tengligi orqali

amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim, mehnat, siyosiy

ishtirok va oilaviy siyosatga kompleks yondashuvni talab qiladi.

Shuningdek, ayollar faolligini oshirishda faqat davlat emas, balki jamiyat, mahalla,

oila va ommaviy axborot vositalarining ham roli muhimdir. Gender madaniyatini
kengaytirish, ijtimoiy ongni shakllantirish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish

bularning barchasi zamonaviy yondashuvni talab qiladigan yo‘nalishlardir.

XULOSA

Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi

bu zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi

bo‘lib, u demokratik tamoyillar, teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolatga asoslangan rivojlanish

modelining asosi hisoblanadi. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini oshirish, ularning
ijtimoiy maqomini mustahkamlash va salohiy

atini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun davlat,

jamiyat va oila birgalikda harakat qilishi lozim. Ayollarning ijtimoiy faolligi

bu faqatgina

ayollar masalasi emas, balki umumjamiyat taraqqiyoti, adolat, barqarorlik va inson

salohiyatining to‘liq ro‘yobga c

hiqishiga xizmat qiluvchi strategik omildir. Xotin-qizlarni

rag‘batlantiruvchi, ularning imkoniyatlarini kengaytiruvchi siyosiy va ijtimoiy vositalar orqali

jamiyat yanada ochiq, demokratik va farovon tus oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sharipov A. Z. Social stratification processes and social cooperation during

globalization //Scientific Bulletin of Namangan State University.

2020.

Т

. 2.

№.

4.

С. 240

-247.

2.

Ниёзова, Н. Ш., & Искандаров, Ш. А. (2019). Ўзбекистон тарихини ўқитишда

инновациялар самарадорлиги хусусиятлари.

3.

Искандаров, Ш. А. (2014). Некоторые рассуждения об этнической истории

арабов Узбекистана и связанных с ними этнотопонимах. Молодой ученый, (4), 746

-749.

4.

Musayev, O., Abidova, Z., Abdalov, U. M., Orzikulov, B., Narkulov, S. D., Rakhimov,

S., ... & Nematov, O. (2023). Issues Of National Identity in The People of Central Asia.
Journal of Law and Sustainable Development, 11(12), e2796-e2796.

5.

Iskandarov, S. A. (2023). Social, economic and cultural processes in the

Kashkadarya oasis in the 20th century and their impact on the lifestyle of local residents.
American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 3(10), 149-154.

6.

Mukhlisa A., Amanovna H. A. SOCIAL PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF

WORKING WITH DISORDERED YOUTH //Finland International Scientific Journal of
Education, Social Science & Humanities.

2023.

Т

. 11.

№.

4.

С. 1448

-1452.

7.

Шарипов А., Мухаммадиева Г. И. Some theoretical aspects moral and legal

education of schoolchildren //Ученые записки Худжандского государственного
университета им. академика Б. Гафурова. Гуманитарные науки. –

2019.

№. 3 (60).

С. 141

-144.

8.

Бўриев, О., Искандаров, Ш., & Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг

“Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in

educational sciences, (3), 399-411.

9.

Kholikova, R. E., Narkulov, D. T., Abilov, U. M., Khudoykulov, A. B., Karimov, N. R.,

Iskandarov, S. A., ... & Niyozova, N. S. (2023). Impact of Renaissances in The History of
Uzbekistan And Causative Factors of The Third Renaissance. Journal of Law and
Sustainable Development, 11(12), e2518-e2518.

Библиографические ссылки

Sharipov A. Z. Social stratification processes and social cooperation during globalization //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 4. – С. 240-247.

Ниёзова, Н. Ш., & Искандаров, Ш. А. (2019). Ўзбекистон тарихини ўқитишда инновациялар самарадорлиги хусусиятлари.

Искандаров, Ш. А. (2014). Некоторые рассуждения об этнической истории арабов Узбекистана и связанных с ними этнотопонимах. Молодой ученый, (4), 746-749.

Musayev, O., Abidova, Z., Abdalov, U. M., Orzikulov, B., Narkulov, S. D., Rakhimov, S., ... & Nematov, O. (2023). Issues Of National Identity in The People of Central Asia. Journal of Law and Sustainable Development, 11(12), e2796-e2796.

Iskandarov, S. A. (2023). Social, economic and cultural processes in the Kashkadarya oasis in the 20th century and their impact on the lifestyle of local residents. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 3(10), 149-154.

Mukhlisa A., Amanovna H. A. SOCIAL PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF WORKING WITH DISORDERED YOUTH //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 4. – С. 1448-1452.

Шарипов А., Мухаммадиева Г. И. Some theoretical aspects moral and legal education of schoolchildren //Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Гуманитарные науки. – 2019. – №. 3 (60). – С. 141-144.

Бўриев, О., Искандаров, Ш., & Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

Kholikova, R. E., Narkulov, D. T., Abilov, U. M., Khudoykulov, A. B., Karimov, N. R., Iskandarov, S. A., ... & Niyozova, N. S. (2023). Impact of Renaissances in The History of Uzbekistan And Causative Factors of The Third Renaissance. Journal of Law and Sustainable Development, 11(12), e2518-e2518.