Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
History of the Jizzakh Regional Musical Drama Theater
Farangiz NORMURODOVA
1
Jizzakh State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article examines the emergence of theatrical art in
Jizzakh region, highlighting local artists and representatives of
the art scene. Additionally, it provides information about the
activities of the Yunus Rajabiy Jizzakh Regional Musical Drama
Theater.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp169-174
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
theater,
"Ko
‘
k ko
‘
ylak" (Blue Dress),
stage,
play,
repertoire,
comedy,
Jizzakh,
Forish,
Bakhmal,
Zaamin,
Hamza,
K. Yashin,
A. Qahhor,
Yunus Rajabiy,
"Oltin devor" (Golden Wall),
"Xolisxon",
"Asilzoda kelin" (Noble Bride).
Jizzax viloyati musiqali drama teatri faoliyati tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
teatr,
Ko‘k ko‘ylak,
sahna,
pyesa,
repertuar,
komediya,
Jizzax,
Forish,
Mazkur maqolada Jizzax viloyatida teatr san’atining vujudga
kelish jarayoni, hududdagi san’at vakillari, shuningdek,
Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatri
faoliyatiga oid ma’lumotlar haqida so‘z yuritiladi.
1
Doctoral student, Jizzakh State Pedagogical University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
170
Baxmal,
Zomin,
Hamza,
K. Yashin,
A. Qahhor,
Yunus Rajabiy,
“Oltin devor”,
“Xolisxon”,
“Asilzoda kelin”
.
История
деятельности
Джизакского
областного
музыкально
-
драматического театра
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
театр,
«Синяя рубаша»
,
сцена,
спектакль,
репертуар,
комедия,
Джизак,
Фориш,
Бахмал,
Зомин,
Хамза,
К. Яшин,
А. Каххор,
Юнус Раджаби,
«Золотая стена»
,
«Холисхан»
,
«Благородная невеста»
.
В данной статье рассматривается процесс зарождения
театрального искусства в Джизакской области, освещается
деятельность представителей искусства региона, а также
приводятся сведения о работе Джизакского областного
музыкально
-
драматического театра имени Юнуса Раджаби.
San’atning vujudga kelishi va rivojlanib taraqqiy etishi uzoq hamda boy o‘tmishga
egadir. Zero, “Har bir xalqning qadimgi madaniyatini yaqqol ko‘rsatib beradigan narsa
uning san’ati hisoblanadi”, deya ta’riflagan edi mashhur teatrshunos olim
Mamajon
Rahmonov. Haqiqatdan ham san’at kishilik tarixini avlodlarga yetkazish omili
hisoblanadi. Xususan, teatr san
’
ati ham ma
’
naviyatning eng yorqin, ta
’
sirchan
ko
‘
rinishlaridan biridir. Chunki teatr tomoshabinlarga bevosita ta
’
sir ko
‘
rsatib, sahna
bilan tomoshabinlar o
‘
rtasida samimiy bog
‘
lanish va muloqot hosil qilib, sahna
ijodkorlarini ham tomoshabinlarni ham ma
’
nan boyitadi, ruhini sozlaydi hamda ko
‘
nglini
ko
‘
taradi. Qolaversa, milliy mafkura, milliy g
‘
urur, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik,
mehr-saxovat, insoniylik hamda odob va axloq masalalarini yoritishda teatr boshqa
san
’
at turlaridan ta
’
sirli, kuchli hamda jozibali imkoniyatga ega bo
‘
lganligi uchun har bir
millat teatr san
’
atini shakllantirishga intiladi.
Teatr san’ati yer yuzining barcha qit’alarida bir vaqtda, ya’ni ibtidoiy davrlarda
marosimga oid
harakatlarga bog‘liq holda vujudga kelgan va har bir makonda teatrning
taraqqiyot yo‘llari turlicha bo‘lgan. Xususan, Jizzax viloyatida ham teatr san’ati uzoq
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘
tgan va davr talablariga mos ravishda rivojlangan.
Jizzaxda teatr san’atining shakllanishi 1918–
1919-yillarda boshlangan. Bu yillarda
bir guruh san’at ixlosmandlaridan Mulla Hoshim, Abdusattor Abdurazzoqov, Abdulla
Ahmedov, Ibrohim Mustafoqulov, Boymat Oymatov, Sodiq Zoirov, Orifjon Olimjonov,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
171
Ohunjon Shernazarov, Saidqosim Xo‘jayev, Mirzakarim Hojilar tomonidan dastlabki
havaskorlik drama to‘garagi tuziladi. Bu to‘garak a’zolari Mamarahim Hojining uyida teatr
ochib, Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, “Farg‘ona
fojiasi”, “Tuhmatchilar jazosi”,
M.
Uyg‘urning “Turkiston tabibi”, A.
Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” singari asarlarini sahnaga
qo‘yishadi. Ana shu kichkina uyda boshlangan dastlabki havaskorlik harakati keyinchalik
hozirgi Jizzax viloyati musiqali drama tea
trining tashkil etilishiga asos bo‘ladi.
1920-yilning 17-dekabrida Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligida
TEO (teatr bo‘limi) barcha oblast va rayonlarda dramatik truppalar, Toshkentda esa
doimiy ravishda ishlaydigan o‘lka namunali o‘zbek drama
truppasini tuzish to‘g‘risida
qaror qabul qiladi. Bu qaror Turkiston Respublikasi xalq komissarlari Sovetining 1921-yil
7-maydagi maxsus qarori bilan mustahkamlanadi. Mazkur qaror Jizzaxda faoliyat
ko‘rsatayotgan havaskorlik to‘garagi nomini o‘zgartirib “Ko‘k ko‘ylak” truppasi tuzilishiga
asos bo‘ladi.
Truppa Narimonov nomli maktab ixtiyoriga berilib,
o‘quvchi yoshlar bilan
a
’zolar soni to‘ldiriladi hamda maktab o‘qituvchilaridan Said Qosimxo‘jayev, Abdulla
Ahmedov, Boymat Oymatovlar truppaga rahbarlik qila boshlaydilar.
To‘garak a’zolari Forish, Baxmal, Zomin, G‘allaorol kabi tumanlarda tez
-
tez bo‘lib,
aholiga tomoshalar ko‘rsatib, bo‘layotgan voqealardan xabardor qilib borishgan. Dam
olish kunlarida esa Jizzaxning eski shahridagi bozor maydonlarida, dam olish
maskanlarida, xalq ko‘p to‘planadigan joylarda sozanda, aktyor, raqqoslar ishtirokida
aholiga madaniy xizmat qilganlar. Aktyorlar o‘z san’atlaridan tashqari mehnatkash xalq
o‘rtasida targ‘ibot
-tashviqot ishlarini ham olib borgan, ularga gazeta va jurnallardagi
so‘nggi yangiliklarni o‘qib berib, aholini dunyo yangiliklari bilan ham tanishtirib borgan.
O. Abdurazzoqov, O. Shernazarov, A. Ahmedov, I. Mustafaqulov va S.
Xo‘jayevlar
teatrning ilk qaldirg‘och ijodkorlari bo‘lishgan. 1928–
1931-yillarda rejissyor
Po‘lat
Nosirov ilk bor
G‘.
Zafariyning “Halima” nomli musiqali dramasini,
U. Hoshimbekovning
“Arshin Mololan”, S.
Ayniyning “Buxoro jallodlari” kabi asarlarini sahnalashtiradi.
Spektakllarda bosh rollarni Ibodat Xaqberdiyeva, Po‘lat Nosirov, Said Xo
ldorov va
Ibrohim Karimovlar mahorat bilan ijro etadilar va xalq olqishiga sazovor bo‘lishadi.
1932-yil 23-
aprelda Markaziy Komitetning “Adabiy
-badiiy tashkilotlarni qayta tuzish
haqidagi” qarori asosida Jizzax shahridagi “Ko‘k ko‘ylak” truppasi Samarqand
kolxoz-savxoz
teatri deb yuritila boshlanadi. Bu teatrga rejissyor Sa’dulla Jo‘rayev badiiy rahbar etib
tayinlanadi. Bu yillar davomida teatrda K.
Yashinning “O‘rtoqlar”, “Nomus va muhabbat”
G‘.
Zafariyning “Xalima”, N.
Safarovning “Uyg‘onish”, italiyalik
dramaturg K. Gossining
“Malikai Turandot” kabi asarlari sahnalashtirilib, xalq olqishiga sazovor bo‘ladi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida teatrda davr ruhiga mos bo‘lgan,
K. Yashinning
“Davron ota”, “O‘lim, bosqinchilarga”, A.
Korneychukning “Front”, S.
Abdulla,
A.
Chustiyning “Qurbon Umarov” nomli asarlari sahnalashtiriladi. Bu davrda teatrning
asosiy vazifalaridan biri xalqni birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Urushdan keyingi yillarda
teatr repertuari mazmunan boyib, teatr sahnasidan asosan qo‘riq va bo‘z
yerlarni
o‘zlashtirish, yangi yerlar ochishdagi qahramonlik hamda vatanparvarlik ruhidagi
spektakllar o‘rin oladi. Jumladan, bu yillarda Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, “Xolisxon”,
K.
Yashinning “Nurxon”, A.
Qahhorning “Shohi so‘zana”, Sh.
Sadullaning “Dalada bayram”
asarlari sahnalashtiriladi.
1957-
yilda respublikadagi ko‘plab teatrlar moliyaviy ahvolini yaxshilash va ularni
ijodiy imkoniyatlarini oshirish maqsadida birlashtiriladi. Jumladan, hududdagi teatr
truppasi ham Samarqand va Surxondaryo musiqali dr
ama teatri ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
172
Truppa a’zolarining bir qismi esa Jizzaxda qolib, Jdanov nomli kolxoz klubida yana drama
to‘garagini tashkil etishadi, unga Said Xoldorov va Xasan Toshpo‘latovlar rahbarlik
qilishadi. To‘garak a’zolari safidan N.
Azimov, M. Raxmatova, Q.
Ho‘jayev, D.
Ahmedov,
X. Mirzayev, O. Rahimova, S.
Jo‘rayev, R.
Sattorov kabi san’atga chanqoq talantlar joy oladi.
Qisqa vaqt ichida to‘garak repertuaridan
X.
Muhtorovning “Olonning oilasi”,
Hamzaning “Tuhmatchilar jazosi” asarlari o‘rin
oladi. Rejissyor Said Xoldorov
A.Qahhorning “Shohi so‘zan” asarini qayta sahnaga qo‘yadi. Mazkur asar 1960
-yilda
Toshkentda bo‘lib o‘tgan drama to‘garaklari ko‘rigida namoyish etilib, to‘garakka
madaniyat vazirligining “Xalq drama teatri” unvonini olib ber
adi. 1960-yillar davomida
teatrning badiiy boshqaruvi hamda tashkiliy tuzulishi ham yangilanib boriladi.
1964-yilda Sirdaryo viloyati tashkil etiladi hamda Jizzax shahridagi Eski shahar
madrasasida ish olib borayotgan Jizzax xalq teatri, Sirdaryo viloyati musiqali drama
teatriga aylantirilib, teatr qozoq dramaturgi Shang‘itboyev va S.
Rahmonovning
“Jon qizlar” nomli komedik asarini sahnaga qo‘yish bilan o‘z faoliyatini boshlaydi. Teatr
Toshkentdagi Ostrovskiy nomli teatr va rassomchilik institutini tugallab kelgan yoshlar
hisobiga mustahkamlanadi. Unga S. Rahmonov direktor, S.
Yunusxo‘jayev esa bosh
rejissyor etib tayinlanadi. Bu yillar davomida teatrda ko‘plab asarlar sahnalashtirilib
aholiga namoyish etiladi. “Toshbolta oshiq”, “Parvona”, “Yoshlikda bergan ko‘ngil”, “Layli
va Majnun”, “Alpomish”, “Alisher Navoiy”, “Aldar ko‘sa”, “Makr va muhabbat”, “Zo‘raki
tabib” kabi pyesalar shular jumlasidandir. 1972
-yilda teatr jamoasi qardosh xalqlar
dramaturgiyasi tanlovida ishtirok etib “Oltin kosa” spektakl
i uchun 3-darajali diplom
bilan taqdirlanadi.
1974-yilda hukumat qarori asosida Jizzax viloyati tashkil etiladi, natijada Jizzax
shahrida faoliyat olib borayotgan Sirdaryo viloyati teatri, Jizzax viloyati musiqali drama
teatri sifatida faoliyatini davom ettirishni boshlaydi. Bu teatrga Karim Soatov direktor,
G‘.
Hamidullayev esa bosh rejissyor qilib tayinlanadi.
Teatr jamoasi 1980-
yilda zamonaviy ko‘rinishdagi
550 o‘rinli yangi binoga ko‘chib
o‘tadi, bu esa sahna madaniyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Unga O‘ktam
Mamajonov direktor etib tayinlanadi. Teatrda har xil janrdagi asarlar: drama, komediya,
musiqali spektakllar hamda baletlar sahnalashtiriladi. Jumladan, ijodiy guruh rus
dramaturgi L.
Ustinovning “Bo‘lingan orol” asarini sahnalasht
irib, uni yangi binoda
namoyish etishadi.
1988-
yilda teatrga taniqli o‘zbek kompozitori Yunus Rajabiy nomi berilib, bu teatr
tarixida yangi bir bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ladi. F.
Hamidullayev, keyinchalik,
F.Iskanarovlar bosh rejissyor, S. Najafov bosh rassom, A. Abdurahimov bosh dirijor,
D. Karimov bosh baletmeyster qilib tayinlanadi. Aktyorlardan H.
Amirqulov, G‘.
Hasanov,
M. Rahmatova, A.
G‘afurovlar sahna obrazlarini yaratishda yetakchilik qiladilar.
Shu
vaqtlarda teatr kamolot sari yuksalib boradi.
Teatr repertuari “Oltin devor”, “Xolisxon”,
“Asilzoda kelin”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Qoraqum fojiasi”, “Xonuma xonim”, “Monserro”,
“Gulli siyoh” kabi spektakllar bilan boyitiladi.
Teatrda turli yillarda ko‘plab taniqli san’atkorlar, A.
Jo‘rayev,
B. Nazarov kabi
rejissyorlar, G. Vizel, V. Riftin, M. Musayev kabi rassomlar, H. Azimova, T. Sodiqov,
X.
Bekjonov singari aktyorlar ijod qilishgan. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artistlari
Husan Amirqulov, Xosiyat Azimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘ofur
Hamidullayev, G‘olib Yo‘ldashev, Ikrom Tursunov, Mavjuda Rahmatova kabi san’atkorlar
o‘zlarining yuksak san’ati bilan teatr taraqqiyotiga katta hissalarini qo‘shishgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
173
1990-
yillardan boshlab, Jizzax viloyati musiqali drama teatri o‘zining
repertuarlarini zamonaviy mavzularga moslashtirib bordi. Bu davrda milliy qadriyatlar,
vatanparvarlik, ijtimoiy adolat kabi mavzular teatr sahnasida ko‘tarilib, ko‘plab
spektakllar namoyish etildi. Shuningdek, teatrda sahnalashtirilgan musiqali va raqsli
s
pektakllar ham san’at ixlosmandlari orasida katta qiziqish bilan kutib olindi.
Teatrdan turli yillarda elga taniqli ko‘plab san’atkorlar yetishib chiqqan bo‘lib,
ulardan Oysha Mavlonova, G‘ulomjon Yoqubov, G‘ofur Hamidullayev, Shafoat
Rahmatullayeva, Xusan
Amirqulov, Hamid G‘afurov, Xosiyat Azimovalar ilk ijodiy
faoliyatlarini shu madaniyat dargohida boshlaganlar va shu yerda elga tanilganlar.
Teatr o‘z faoliyati davomida turli xalqaro va milliy festivallarda ham faol ishtirok
etib kelmoqda. Jumladan, Toshk
entda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda teatr san’ati” nomli
festivalda sahnalashtirilgan asari xalq olqishiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Turkiya,
Rossiya va boshqa davlatlarda hamda O‘zbekistonning boshqa tumanlarida bo‘lib o‘tgan
teatr festivallarida qatnas
hib, o‘zining ijobiy yondashuvi bilan e’tiborga sazovor bo‘lib
kelmoqda.
2017-yilda teatrga Jizzax viloyati musiqali drama teatri maqomi berilib, teatr
binosi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan jahon andozalari
asosida rekonstruksiya qilinib, bino oldida favvora barpo etildi. Teatrning birinchi va
ikkinchi qavatlari milliy va zamonaviy arxitektura me’yorlari asosida qayta ta’mirdan
chiqarilib, grim xonalarida zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar teatr
hamda ijodiy
guruh faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Jizzax viloyati musiqali drama teatri bugungi kunda ham samarali faoliyat olib
bormoqda va mazkur dargohda ko‘plab el suygan san’atkorlar o‘z ijod namunalarini
xalqqa namoyish etib, tomoshabinlar uchun tarbiya maskani vazifasini bajarib kelmoqda.
Xulosa o‘rnida, inson ma’naviy olamini yuksalishida, ong va tafakkurini
teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni muh
im hisoblanadi. Chunki teatr shunchaki
oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat hamda ma’rifat maskani
bo‘lib xizmat qiladi. Har bir yurtning o‘z shoiri, san’atkori bo‘ladi, ular odamlarni
ma’naviy tomondan tarbiyalaydi, urf
-odatlarimizni, qadriyatlarimizni kamol topishiga
harakat qiladi, dramaturg va aktyorlar esa ezgulik urug‘ini sahna
asarlari orqali sochadi.
Shu jihatdan teatr chinakam ma’naviyat maskani hisoblanadi. Xalqimiz azaldanoq o‘z
orzu-
istaklarini rivoyatlarda, qo‘shiqlarda, raqslarda ifoda etib kelishgan. Xalq orasidan
yetishib chiqqan san’atkorlar o‘zlari yashagan muhit mua
mmolariga qarshi kurashib
mehnatkash ommani ezgulik sari yetaklaganlar. Xususan, Jizzax viloyati musiqali drama
teatri yuz yillik tarixi davomida xalqning sevimli maskaniga aylangan. Mazkur teatr
bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida, milliy qadriyatlarni
targ‘ib qilishda faol ishtirok
etib kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Rahmonov M. “Teatr”. O‘zbekiston Sovet Ensklopediyasi. 1978
-yil X jild, 12-b.
2.
Haydarov H. Jizzax tarixi. Toshkent: Mehnat. 1996, 204-b.
3.
Xolmurodov R va boshqalar. Tarixiy o‘lkashunoslik fanini o‘qitishda mahalliy
materiallardan foydalanish (Jizzax viloyati misolida). Toshkent: Istiqlol nuri, 2014, 139-b.
4.
Xolmurodov R.M. Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm (Jizzax viliyati manbalari
asosida). “Fan va ta’lim nashriyoti” 2023, 164
-b.
5.
Xolmurodov R. Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm. Jizzax: Ilm nuri print, 2024, 290
-b.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
174
6.
Teatr tarixi. O‘quv qo‘llanma. Namangan
-2014, 12-b.
7.
Y.Rajabiy nomidagi Jizzax oblasti musiqali drama teatri 60 yil. 1981, 7-8 b.
8.
“Ko‘k ko‘ylakdan boshlangan…”, Jizzax
haqiqati, 1991-yil 14-dekabr soni
№
150 (2957).
9.
“Teatr yilnomasi”,
Jizzax haqiqati, 1991-yil 14-dekabr soni
№150 (2957)
10.
Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatri joriy arxivi. 2025.
11.“Teatr tarixi”. jizzaxteatr.uz
