Авторы

  • Одина Закирова
    доктор юридических наук, профессор, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp286-289

Ключевые слова:

Профилактика правонарушений правоохранительные органы межведомственное сотрудничество законодательство ИКТ Цифровой Узбекистан

Аннотация

В статье рассматривается актуальность и практическая значимость межведомственного сотрудничества правоохранительных органов в сфере профилактики правонарушений. Анализируется существующее состояние правовой базы, выявляются пробелы в нормативных актах и институциональные трудности. Особое внимание уделяется необходимости совершенствования механизмов координации, цифровизации профилактических мероприятий и повышения профессиональных ценностей сотрудников в контексте реализации Стратегии «Цифровой Узбекистан – 2030».


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Current aspects of enhancing cooperation among law
enforcement agencies in crime prevention

Odina ZAKIROVA

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article explores the relevance and institutional

necessity of strengthening inter-agency cooperation among law

enforcement bodies in the field of crime and offense prevention.

The analysis highlights existing legal gaps and organizational

challenges in the implementation of preventive mechanisms.
The paper also presents recommendations for improving legal

coordination, introducing information and communication

technologies, enhancing remote cooperation, and promoting

professional values among law enforcement personnel within

the framework of the “Digital Uzbekistan –

2030” Strategy.

2181-1415/

©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp286-289

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

offense prevention,

law enforcement agencies,
inter-agency cooperation,
legislation,

ICT,

Digital Uzbekistan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqni muhofaza
qiluvchi organlar hamkorligini kuchaytirishning dolzarb
jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

huquqbuzarliklar

profilaktikasi,

huquqni muhofaza qiluvchi
organlar,

idoralararo hamkorlik,
qonunchilik,

axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,

Raqamli O‘zbekiston.

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida

huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikning

dolzarbligi, mavjud huquqiy

bo‘shliqlar, institutsional

muammolar va ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy

asoslari tahlil qilinadi. Xususan, milliy qonunchilikda hamkorlik

mexanizmlarining zaifligi, normativ hujjatlarda tartibga
solinmagan jihatlar ochib beriladi. Shuningdek,

“Raqamli

O‘zbekiston –

2030” strategiyasi asosida huquqbuzarliklarning

oldini olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

samarali foydalanish, masofaviy hamkorlikni kengaytirish va

kasbiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari

suriladi.

1

Doctor of Legal Sciences, Professor, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

287

Актуальные

аспекты

усиления

взаимодействия

правоохранительных

органов

в

профилактике

правонарушений

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

профилактика
правонарушений,

правоохранительные
органы,
межведомственное
сотрудничество,

законодательство,

ИКТ,

Цифровой Узбекистан.

В статье рассматривается актуальность и практическая

значимость

межведомственного

сотрудничества

правоохранительных органов в сфере профилактики

правонарушений. Анализируется существующее состояние
правовой базы, выявляются пробелы в нормативных актах

и институциональные трудности. Особое внимание

уделяется необходимости совершенствования механизмов
координации,

цифровизации

профилактических

мероприятий и повышения профессиональных ценностей

сотрудников

в

контексте

реализации

Стратегии

«Цифровой Узбекистан –

2030».

So‘nggi

yillarda

mamlakatimizda

jamiyat

xavfsizligini

ta’minlash,

huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini muhofaza

qilish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu borada huquqni

muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga jinoyatlarni fosh etish bilan bir qatorda, ularning

profilaktikasi, ya’ni sodir etilis

hining oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.

Ayniqsa, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda organlar o‘rtasidagi samarali

hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot almashinuvi va
o‘z vaqtida ta’sirchan choralar ko‘rish ti

zimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb

etmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, turli idora va tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik
mexanizmlarining samarasizligi ayrim hollarda huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida
bartaraf etilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqni muhofaza qiluvchi

organlar hamkorligining amaliy ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga
qaratilgan takliflar ilmiy-huquqiy asosda tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba
asosida tizimli yondashuvlarni joriy etish orqali huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda
yangi, samarali mexanizmlarni shakllantirish zarurati asoslab beriladi.

O‘zbekiston

Respublikasining

2014

-yil

14-mayda

qabul

qilingan

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–

371-sonli Qonuni mamlakatimizda

jinoyatlar bilan bir qatorda ma’muriy huquqbuzarliklarning ham oldini olishga,

shuningdek fuqarolarda qonunlarga hurmat va huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan
tartibga solishga xizmat qiladi. Mazkur sohadagi munosabatlar ichida eng ustuvor

yo‘nalish –

huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi samarali va tizimli hamkorlik

hisoblanadi. Zero, mazkur subyektlar o‘rtasidagi hamohanglik ta’minlanmas ekan,

huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika tadbirlarining samaradorligiga
erishish imkoni cheklanib qoladi.

Biroq, milliy qonunchilikni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, huquqni muhofaza

qiluvchi organlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hamkorlik masalalari

hali ham yetarli darajada huquqiy tartibga solinmagan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

288

asosiy e’tibor faqat ichki ishlar organlari tayanch punktlarining faoliyatiga qaratilgan
bo‘lib, ular ko‘p hollarda yagona hamkorlik maskani sifatida qaralib kelingan. Natijada,

profilaktika inspektorlarining jamoatchilik tuzilmalari va boshqa huquqni muhofaza

qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati faqat ayrim qonunosti normativ

-

hujjatlar doirasida tartibga solingan, xolos. Bu esa profilaktika sohasida tizimli va
huquqiy jihatdan barqaror hamkorlik mexanizmlarini yaratish zarurligini anglatadi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun normalari huquqni muhofaza

qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik nuqtai nazaridan tahlil etilganda, qonunda
mazkur organlarning o‘zaro munosabatlari asosan “tegishli organlar va

muassasalarga

zarur axborotni taqdim etish” kabi umumiy vakolatlarni qayd etish bilan cheklanganligi

kuzatiladi. Aslida esa, qonunning 4-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasining

asosiy vazifalaridan biri sifatida “profilaktik tadbirlarni amalga oshiru

vchi va unda

ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash
va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish” belgilangan. Ammo amalda ushbu muhim
vazifaning to‘laqonli huquqiy mexanizmi yaratilmagan. Qonun normalarida hu

quqni

muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi institutsional hamkorlikning shakllari, tartibi va

mexanizmlari aniq belgilab berilmagani profilaktika sohasidagi vazifalarni samarali
bajarishda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ayni shu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga intilish natijasida, “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 2014

-yil 14-maydagi dastlabki tahririda

20-

modda orqali “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi

kengashlar” instituti joriy etilgan. Biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi
hamkorlikning aniq huquqiy mexanizmi va amalga oshirish tartibi to‘liq ishlab

chiqilmagani ushbu kengashlarni tuzish va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga

ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada,

mazkur tuzilmalarning huquqiy maqomi, vakolat

doirasi va institutsional rolini aniq belgilashda muayyan muammolar yuzaga keldi.

Mavjud huquqiy va tashkiliy muammolarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar

Mahkamasining tegishli qarori bilan “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka

qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi” tashkil etildi hamda

mazkur komissiyaning faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi.
Bu

qaror

idoralararo

hamkorlikni

mustahkamlash,

profilaktik

tadbirlarni

muvofiqlashtirish va tizimli asosda amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan muhim

tashkiliy-huquqiy qadam hisoblanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huquqbuzarliklar

profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, odam savdosiga qarshi kurashish,

korrupsiyaga qarshi kurashish hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika

idoralararo

komissiyalarning

faoliyatini

muvofiqlashtirish

borasida

yagona

markazlashtirilgan organ sifatida belgilandi. Mazkur

yondashuv ushbu yo‘nalishlardagi

davlat siyosatini samarali amalga oshirish, institutlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni

mustahkamlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni tizimli tashkil etishda muhim
institutsional poydevor hisoblanadi.

Ushbu Qarorning qa

bul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining 2019

-yil

23-

maydagi O‘RQ–

542-

sonli Qonunida o‘z ifodasini topib, “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 20

-moddasi yangi tahrirda qabul qilindi. Yangi

tahrirda mazkur modda avvalgidek “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha

muvofiqlashtiruvchi kengashlar”ga emas, balki “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

289

jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar”ga bag‘ishlandi.

Bu o‘zgarish huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi

kurash sohasidagi

muvofiqlashtirish mexanizmlarini yanada mustahkamlash hamda idoralararo

hamkorlikni institutsional jihatdan takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Biroq, mazkur huquqiy asoslar mavjud bo‘lgani holda ham, huquqni muhofaza

qiluv

chi organlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hamkorlikni to‘liq

tashkil etish bo‘yicha mavjud muammolar o‘z yechimini topdi, deb keskin xulosa qilish

mushkul. Chunki amaldagi normalar, asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va

jinoyatchil

ikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan profilaktika

subyektlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni nazarda tutadi, xolos.

Holbuki, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar

o‘rtasidag

i bevosita hamkorlik mexanizmlari hamda ularning huquqiy tartibi hali ham

qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarda yetarli darajada mustahkamlanmagan.

Yuqorida qayd etilgan muammolar huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida

huquqbuzarliklar prof

ilaktikasi bo‘yicha hamkorlikni quyidagi yo‘nalishlarda

takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi:

1.

Huquqiy mexanizmni mustahkamlash

huquqbuzarliklar profilaktikasi

sohasidagi hamkorlik mexanizmlari va tartibini qonun hamda qonunosti normativ-

huquqiy hujjatlar orqali aniq belgilash;

2.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

sudlarda ochiqlik va

shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarga interaktiv huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini

rivojlantirish, sud qarorlarini elektron shaklda yetkazish, har bir tuman va shahar sudi

uchun shaxsiy veb-saytlar tashkil etish;

3.

“Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli

hamkorlikni kuchaytirish

huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi masofaviy

hamkorli

kni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarga elektron xizmatlar ko‘rsatish doirasini

kengaytirish, shu jumladan profilaktikaga oid elektron ma’lumotlar bazalarini

integratsiya qilish va samarali foydalanishni ta’minlash;

4.

Kasbiy qadriyatlarni rivojlantirish va xodimlar

faolligini rag‘batlantirish –

kasbiy

va shaxsiy fazilatlarga ega, halol va fidoyi xodimlarni aniqlash, ularni munosib taqdirlash

va bu jarayonni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar huqu

qbuzarliklar

profilaktikasi sohasidagi institutsional hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan

profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim omillar sifati

da e’tirof etilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2014

-yil 14-

maydagi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ–

371-son.

// www.lex.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2019

-yil 23-

maydagi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi

O‘RQ–

542-sonli Qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 5-oktabrdagi PF

6079-son

Farmoni

“Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”. –

// www.lex.uz

4.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

“Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Resp

ublika idoralararo

komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ–371-son. – // www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ–542-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoni “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – // www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.