Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Measures to prevent violence against children through the
lens of international experience
Abbos ABDUGOFAROV
1
Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article analyzes effective legal and institutional
mechanisms for preventing violence against children based on
the experience of Norway, Iceland, and Finland. Key elements
such as zero-tolerance policies, specialized child protection
services, and comprehensive legal frameworks are examined.
The study emphasizes the importance of aligning national
legislation with international standards, strengthening
preventive
measures,
and
improving
accountability
mechanisms to ensure stronger child protection systems in
Uzbekistan.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp513-516
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Child rights,
violence,
international experience,
legal protection,
prevention,
institutional mechanisms.
Xalqaro
tajriba
prizmasida
bolalarga
nisbatan
zo‘ravonlikning oldini
olish choralari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Bolalar huquqlari,
zo‘ravonlik,
xalqaro tajriba,
huquqiy himoya,
profilaktika,
institutsional mexanizmlar.
Ushbu maqolada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini
olish masalasida xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib,
Norvegiya,
Isla0000ndiya
va
Finlyandiyada
amalda
qo‘llanilayotgan huquqiy va institutsional mexanizmlar ko‘rib
chiqiladi. Xususan, "nol tolerantlik" siyosati, ixtisoslashgan
xizmatlar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan
ilg‘or chora
-
tadbirlar milliy qonunchilik uchun amaliy ahamiyat kasb
etuvchi model sifatida baholanadi. Xalqaro standartlarga
asoslangan kompleks yondashuv milliy huquqiy bazani
takomillashtirish, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish va
profilaktik mexanizmlarni samarali shakllantirish zaruratga
asoslab beradi.
1
Independent Researcher, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
514
Меры по предупреждению насилия в отношении детей
через призму международного опыта
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Права ребенка,
насилие,
международный опыт,
правовая защита,
профилактика,
межведомственное
сотрудничество
.
В данной статье рассматриваются эффективные
правовые
и
институциональные
механизмы
предупреждения насилия в отношении детей на примере
Норвегии, Исландии и Финляндии. Анализируются
концепции
«нулевой
толерантности»,
специализированные службы и системы комплексной
защиты детей. На основе международных стандартов
обосновывается
необходимость
совершенствования
национального законодательства Узбекистана, усиления
превентивных мер и пересмотра санкций против лиц,
совершающих насилие над детьми
.
Qonunchilikni takomillashtirish jarayonida xorijiy tajribani o‘rganish amaliy va
nazariy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, u muvaffaqiyatli modellarni aniqlash, ularni
milliy huquqiy tizimga
moslashtirish, mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda xalqaro
standartlarga muvofiq normalarni joriy etish imkonini yaratadi. Bu orqali qonunchilik
zamonaviy ehtiyojlarga moslashtiriladi, inson huquqlari, jumladan bolalar xavfsizligini
ta’minlash bo‘yic
ha xalqaro majburiyatlar bajariladi va innovatsion yondashuvlar asosida
huquqiy islohotlar samaradorligi oshiriladi.
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishini
oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni takomillashtirishda xorijiy davlatlarning
ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish muhim ilmiy
-amaliy
ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xalqaro standartlar asosida samarali yondashuvlarni
shakllantirish, mavjud huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish hamda
milliy qonunchilikni global tajribaga uyg‘un holda rivojlantirish imkonini beradi.
Ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini
olishga qaratilgan umumiy profilaktik chora-tadbirlarni belgilaydigan mukammal qonun
hujjatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Xususan, Norvegiya Qirolligi qonunchiligi ushbu
yo‘nalishdagi ilg‘or va tizimli yondashuvi bilan alohida e’tiborga loyiqdir. Mamlakatning
qonunchiligida bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularni har
qanday shakldagi zo‘ravonlik va tahdidlardan himoyalash maqsadida bir qator ilg‘or
huquqiy hujjatlar mavjud. Jumladan, “Bola va ota
-
onalar to‘g‘risida”gi (the Children
Act)[1] hamda “Bolalar faravonligi to‘g‘risida”gi (C
hild Welfare Act)[2] qonunlari barcha
bolalarga, ularning fuqaroligi yoki huquqiy maqomidan qat’i nazar, teng himoya
kafolatlaydi. Ushbu qonunlar bolalarning daxlsizligini buzuvchi har qanday zo‘ravonlik
yoki tahdidni, jumladan ta’lim muassasalaridagi zo‘ravonlik holatlarini qat’iyan
taqiqlaydi.
Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab ta’lim tizimida bulling, kamsitish va
zo‘ravonlikka nisbatan “nol tolerantlik” siyosati joriy etilib, bolalar uchun xavfsiz va
sog‘lom o‘quv muhitini ta’minlash huquqiy maqsad si
fatida belgilangan. Shuningdek, har
bir munitsipalitetda faoliyat yuritadigan “Barnevernet” —
bolalarni himoya qilish xizmati
bolalarning farovonligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim institutsional mexanizm
hisoblanib, u bolalar hamda ularning ota-onala
riga maslahat, ko‘mak hamda zarur
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
515
hollarda himoyaviy choralarni amalga oshirish vakolatiga ega[3].
“Barnevernet” xizmatining asosiy vazifalaridan biri[4] –
bolalar manfaatlarini
himoya qilish maqsadida zo‘ravonlik yoki beqarorlik holatlarini aniqlash va ul
arning
oldini olish bo‘lib, ayrim holatlarda bolani ota
-onasidan ajratish kabi majburiy choralarni
qo‘llashni ham nazarda tutadi. Mazkur mexanizmni xalqaro miqyosdagi ilg‘or
tajribalardan biri sifatida baholash mumkin, zero u zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bo
lani
daxlsizligiga tahdid solayotgan shaxsdan samarali tarzda himoya qilish imkonini beradi.
Islandiyada davlatida ham bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda ularning
huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi va
samarali institutsional mexanizm shakllangan. Mazkur tizim bolalarning jismoniy, ruhiy
va ijtimoiy farovonligi, xavfsizligi hamda har tomonlama barqaror rivojlanishini
kafolatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Xususan, Islandiyada amal qiluvchi “Bolalar to‘g‘risidagi qonun” (Children’s Act No.
76/2003)[5] bolalar huquqlarini ta’minlash va oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga
solishda muhim normativ hujjat hisoblanadi. Ushbu qonun ota-onalarning majburiyatlari,
farzandlikka olish, aliment majburiyatlari hamda oilaviy munosabatlar sohasidagi
huquqiy munosabatlarni belgilaydi. Eng muhimi, mazkur qonunda har bir bolaning o‘z
fikrini erkin bildirish huquqi kafolatlanadi, shuningdek, bolalarga nisbatan har qanday
shakldagi zo‘ravonlik va kamsitish qat’iy taqi
qlanadi.
Shu bilan birga, Islandiyada Bolalarni himoya qilish bo‘yicha davlat agentligi
(Government Agency for Child Protection)[6] faoliyat yuritadi. Ushbu agentlik bolalarni
himoya qilish sohasida davlat siyosati yuzasidan muvofiqlashtiruvchi va monitoring
qiluvchi markaziy organ hisoblanib, sohadagi tadqiqot va rivojlantirish ishlarini amalga
oshirish, qonunchilikni talqin qilish hamda uning samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash vazifalarini bajaradi. Bundan ko‘rinadiki, I
slandiyada
bolalar huquqlarini himoya qilish borasida institutsional va huquqiy tizim samarali va
yaxlit shaklda tashkil etilgan bo‘lib, u xalqaro talablarga to‘liq mos keladi.
Bolalarni himoya qilish sohasida ilg‘or va samarali mexanizmlarga ega davlatlar
qatorida Finlyandiyani ham alohida qayd etish mumkin. Mazkur mamlakatda bolalarni
zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga
qaratilgan mustahkam huquqiy asos va institutsional tizim shakllangan. Bu tizim
bolaning jis
moniy va ruhiy farovonligi, xavfsiz muhitda o‘sishi hamda har tomonlama
barqaror rivojlanishini kafolatlashga qaratilgan bo‘lib, u xalqaro huquqiy standartlar va
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasiga to‘la mos keladi.
Finlyandiyada bolalarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan bir
qatorda, amaliy yordam va ijtimoiy xizmatlar tizimi ham alohida e’tiborga loyiqdir.
Jumladan, bolalar va oilalarga uy sharoitida yordam ko‘rsatish, maslahat berish, oilaviy
ish olib borish va boshqa qo‘
llab-
quvvatlash choralarini qamrab olgan “Ochiq parvarish”
(Open care) tizimi amalda joriy etilgan. Shuningdek, agar bola darhol xavf ostida bo‘lsa,
uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezkor chora sifatida “Shoshilinch joylashtirish”
(Emergency place
ment) amaliyoti qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bolaning o‘sishi va
rivojlanishiga tahdid soluvchi holatlarda uning manfaatlarini himoya qilish maqsadida
davlat tomonidan bolani parvarishga olishni nazarda tutuvchi “Qarmoqqa olish” (Taking
into care) xizmati ham mavjud[7]. Ushbu institutlar va chora-tadbirlar Finlyandiyada
bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks yondashuvning amaliy
ifodasidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
516
Yuqoridagilarga asosan xulosa qilish mumkinki, bolalarga nisbatan sodir etiladigan
zo‘ravonlikka
qarshi kurashish va uning oldini olish masalasida xalqaro tajriba tahlili
shuni ko‘rsatmoqdaki, huquqiy muhofaza faqat profilaktika choralari bilan
cheklanmasdan, jinoyat qonunchiligida aniq va qat’iy javobgarlik mexanizmlari bilan
mustahkamlanmog‘i lozim.
Bir qator davlatlar amaliyotida bolalarni zo‘ravonlikdan
himoya qilishda kompleks yondashuv
–
ya’ni, erta ogohlantirish, tezkor aralashuv,
reabilitatsiya xizmatlari va jazo choralari o‘rtasida mutanosiblik saqlanadi. Shu nuqtai
nazardan, milliy qonunchili
gimizda ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan
shaxslarga nisbatan jazo choralarini qayta ko‘rib chiqish, ularning og‘irligi va
xarakteridan kelib chiqqan holda tahliliy yondashuvni joriy etish, shuningdek, profilaktik
choralarni kuchaytirish dolza
rb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu esa bolalarning huquqiy
himoyasini yanada samarali ta’minlash va zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi.
–
www.lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonuni, 2008-yil.
–
www.lex.uz
3.
United Nations Convention on the Rights of the Child, 1989.
–
www.ohchr.org
4.
The Children Act (Norway).
–
https://www.regjeringen.no
5.
Child Welfare Act (Norway).
–
https://www.bufdir.no
6.
Children’s Act No. 76/2003 (Iceland). –
https://www.government.is
7.
Government
Agency
for
Child
Protection
(Iceland).
–
https://barnaverndarstofa.is
8.
Finnish Child Welfare Act (417/2007).
–
https://finlex.fi
9.
Ministry of Social Affairs and Health (Finland). Child Protection Services.
–
https://stm.fi
10.
UNICEF. Ending violence against children: Six strategies for action.
–
New
York, 2020.
–
https://www.unicef.org
