Авторы

  • Яйрахон Умарова
    PhD, доцент, Андижанский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp585-590

Ключевые слова:

Коммуникативная компетентность социальная компетентность цель обучения лингвистике прагматический аспект педагогический аспект когнитивный аспект

Аннотация

В статье рассматривается многообразие методов и средств преподавания лингвистики в системе высшего образования, важность профессиональной подготовки будущих учителей-носителей языка, а также важность совершенствования содержания образования на основе подхода, направленного на развитие социальной компетентности студентов с опорой на когнитивную лингвистику.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Linguocognitive aspects of developing social competence

Yayrakhon UMAROVA

1


Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article discusses the diversity of methods and tools for

teaching linguistics in the higher education system, the
importance of professional training of future native language

teachers, and the importance of improving the content of

education based on an approach aimed at developing students'

social competence based on cognitive linguistics.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp585-590

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

communicative competence,
social competence,

the purpose of teaching

linguistics,

pragmatic aspect,
pedagogical aspect,
cognitive aspect.

Ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning lingvokognitiv
jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Kommunikativ

kompetensiya,

ijtimoiy kompetensiya,

tilshunoslik fanlarini o‘qitish

maqsadi,

pragmatik jihat,

pedagogik jihat,

kognitiv jihat.

Ushbu maqolada oliy taʼlim

tizimida tilshunoslik fanlarini

o‘qitish usullari va vositalarining xilma

-

xilligi, bo‘lajak ona tili

o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligining muhim ekanligi, taʼlim

mazmunini kognitiv lingvistika asosida talabalarning ijtimoiy

kompetensiyasini

rivojlantirishga

qaratilgan

yondashuv

negizida takomillashtirishning ahamiyati xususida fikr

yuritilgan.

1

PhD, Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

586

Лингвокогнитивные аспекты развития социальной

компетентности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Коммуникативная
компетентность,
социальная

компетентность,

цель обучения
лингвистике,

прагматический аспект,
педагогический аспект,
когнитивный аспект.

В статье рассматривается многообразие методов и

средств преподавания лингвистики в системе высшего

образования, важность профессиональной подготовки
будущих учителей

-

носителей языка, а также важность

совершенствования содержания образования на основе

подхода,

направленного

на

развитие

социальной

компетентности студентов с опорой на когнитивную
лингвистику.


KIRISH

Rivojlanib borayotgan jamiyatimizning keng qatlamlari ijtimoiy kommunikativ

kompetensiyaga ega bo

lishi, shuningdek, umumiy pedagogik layoqatni oshirish uchun

qulay shart-sharoitlar yaratilishi uchun til ta`limining zamonaviy tizimi dolzarblik kasb
etadi. Bugungi kunda o

qitish usullari va vositalarining xilma-xilligi, zamonaviy

pedagogik texnologiyalarning tez sur

atda rivojlanib borishi bo

lajak ona tili

o

qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga jiddiy e

ʼ

tibor qaratishini talab qilmoqda. Dars-

mashg`ulotlarini an

ʼ

anaviy qolipdagi qat

ʼ

iy belgilangan qoidalarga muvofiq emas, balki

o

zining ongli ravishda tanloviga muvofiq tashkil qila olishi mumkin bo

lgan metodik

tizim yaratish davr talabiga aylangan.

ASOSIY QISM

Keyingi yillarda ta

ʼ

lim mazmunini kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida

yangilashga urinishlar amalga oshirila boshladi. Yaxshi bilamizki, kognitiv-kommunikativ
yondashuv modellari ijtimoiy hayot va ta

ʼ

lim sohasi, fanning turlari, shaxsning psixologik

xususiyatlari va qobiliyatlari, uning ijtimoiy rivojlanish bosqichlari va holatiga muvofiq
tuziladi. So

nggi 5 yil davomida til o

qitish metodikasiga doir olib borilgan tadqiqotlar

tahlilida malaka va ko

nikma nuqtai nazaridan baholanadigan ta

ʼ

lim sifati masalalarining

o

ta dolzarbligini kuzatamiz. Tez rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoda kasbiy

faoliyat turlari majmui doimiy ravishda o

zgarib bormoqda. Bu esa, o

z navbatida ta

ʼ

lim

tizimi oldida mutaxassislar tayyorlashning maqsadlarini belgilash va natijalarini har
tomonlama yaxlit shaklda shakllantirish, ularni tor kasbiy sohalarda qo

llash vazifasini

yuklaydi. Shu munosabat bilan, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida ta

ʼ

lim va hayot

o

rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun "kompetentlik" tushunchasida ta

ʼ

lim

natijasining yangi paradigmasini tasdiqlash zarurati paydo bo

ldi.

Kommunikativ kompetensiya tushunchasi kognitiv (akademik) va shaxslararo

muloqot qobiliyatlari o

rtasidagi tafovutni farqlashga urinish natijasida yuzaga keldi.

Ijtimoiy kompetensiya ham kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida
ajratila boshladi. Talabaning ijtimoiy kompetensiyasi ijtimoiy vaziyatni baholay olish va

boshqarishda, buning amaliy ifodasi o‘zaro

muloqot o‘rnatish va uni saqlab turish

qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy

-

kommunikativ layoqatga ega bo‘lish –

turli

ijtimoiy munosabatlarni tartibga sol

a olish va shaxslararo muloqotda namoyon

bo‘ladigan shaxsiy ehtiyojdir. Muloqotning muvaffaqiyati nafaqat so‘zlovchining aloqa
o‘rnatish istagiga, balki nutq niyatini amalga oshirish qobiliyatiga ham bogʼliq bo‘lib,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

587

bu til birliklarini bilish darajasiga va ularni muayyan muloqot sharoitida qo‘llay olish
qobiliyatiga bogʼliq. Tilni bilishning ushbu sha

rtlari kommunikativ lingvistika va

lingvodidaktikaning markaziy kategoriyalaridan biri sifatida ilgari surilgan
kommunikativ kompetensiyaning mohiyatini tashkil etadi.

Maʼlumki, taʼlim maqsadi har bir ta`lim bosqichi uchun muhim ijtimoiy

-pedagogik

va metod

ik kategoriyadir. Shunday ekan, soha egalari til taʼlimini belgilovchi barcha

omillarni hisobga olgan holda amalga oshiradi va rivojlantiradi. Bugungi globallashuv
sharoitida ta`lim maqsadining ijtimoiy-pedagogik mohiyati uni jamiyat va davlatning
ijtimoiy

buyurtmasi kontekstida fuqarolarning til bilimi bilan bogʼliq holda ko‘rib chiqish

zarurati yuzaga kelmoqda. Bu esa, oliy taʼlimda bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti fani
o‘qituvchilarini tayyorlashni rivojlantirishning maʼlum bir bosqichi uchun qabul qili

ngan

konsepsiya va unda belgilangan vazifalarning

zarurligini taqozo etadi. Maʼlumki, 2020

-yil

6-

noyabrdagi “Taʼlim

-

tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘gʼrisida”gi PQ–

4884-sonli qarorining 4-

bandiga ko‘ra, “Maktabg

acha, umumiy

o‘rta, professional va oliy taʼlim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash”
vazifasi belgilandi. Bugungi kunda umumiy o‘rta taʼlim maktablarida ona tilini o‘qitishga

kommunikativ yondashuv konsepsiyasini amalga oshirish jarayonlari ketayotgan bir

sharoitda filolog talabalar uchun tilshunoslik fanlarini o‘qitish maqsadlarini aniqlash
umumiy taʼlim kontekstiga eʼtibor qaratgan holda amalga oshirilishi kerakligi bilan
izohlanadi. “Tilshunoslik fanlarini o‘qitish maqsadi” tushuncha

sining metodik

komponenti uni shakllantirishda lingvodidaktikaning asosiy tamoyillari va til o‘qitish
usullariga murojaat qilishga yo‘naltiradi.

Kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga

qaratilgan o‘qitish maqsadlarining ko‘p qirrali belgilanishi ushbu kategoriyani ijtimoiy va
metodik tushunchalar o‘rtasidagi oraliq bogʼlanish turi deb hisoblashga asos beradi.

Bir tomondan, maqsad jamiyat va davlatning obyektiv ehtiyojlari bilan belgilanadi,
ularning ijtimoiy tart

ibini ifodalaydi, ikkinchi tomondan, uning o‘zi til taʼlimining butun

tizimini, yaʼni uning mazmuni, tashkil etilishi va natijalarini belgilaydi. Talabalarning
ijtimoiy kompetensiyasi ona tilini o‘zbek xalqining adabiyoti, tarixi, madaniyati va
maʼnaviyatining boy merosi bilan tanishtirish vositasi sifatida o‘rgatishni qamrab oladi.

Ijtimoiy hodisa sifatida ona tilining kommunikativ funktsiyasini mukammal

o‘zlashtirishning asosi odamlarning ijtimoiy faolligi, ularning munosabatlari va o‘zaro
taʼsiridir. Binobarin, til taʼlimining maqsadli jihatlarini tahlil qilishning boshlangʼich
nuqtasi ijtimoiy omillar hisoblanadi. Bu omillarning taʼsiri, birinchi navbatda, talabaning

jamiyatga nisbatan munosabatida, xususan, jamiyat tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishining muayyan bosqichida til bilimi darajasi va sifatiga qo‘yiladigan
talablarda namoyon bo‘ladi. Bu yerda til taʼlimining qadriyat, natija va jarayon sifatidagi

mohiyati ochiladi.

Ijtimoiy omillarning uygʼunligi jamiyat va davlatning til taʼlimiga nisbatan ijtimoiy

tartibini belgilaydi. Maqsadni shakllantirishga ijtimoiy buyurtmaning taʼsiri o‘quv
predmetining taʼlim funksiyasida ham, ona tilini o‘qitish va taʼlim jarayonidagi mavjud

muammolarni amaliy hal qilinishida ham nam

oyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy

institutlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning kengayishi, zamonaviy jamiyat hayotining

barcha jabhalarida globallashuv jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan ona tili

o‘qitishning zamonaviy taʼlim dasturlari talaba

larda nutqiy faoliyatning barcha turlari

(gapirish, eshitish, yozish, o‘qish)ni rivojlantirishni talab etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

588

Hozirgi vaqtda ona tilini o‘qitish maqsadi deganda,

ijtimoiy munosabatlarni

tartibga solishda

ishtirok etishga qodir va tayyor talaba shaxsini shakllantirish

tushunilishi kerak. Talabalarda kommunikativ lisoniy shaxsning asosiy belgilarini
shakllantirish, ularning umumiyligi, murakkab integrativ yaxlitligi lingvokognitiv va
ijtimoiy kompetensiya u

ygʼunligida namoyon bo‘ladi.

Ona tili o‘qitish maqsadining murakkabligi va ko‘p qirraliligi –

filolog talabalarda

lisoniy shaxsning asosiy xususiyatlarini shakllantirish, ularni turli xil nutqiy muloqot
sharoitida pragmatik, pedagogik va kognitiv nuqtai na

zaridan qoniqarli ijtimoiy o‘zaro

taʼsir o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishlariga erishish zarurati sifatida ko‘rib chiqish

kerakligini taqozo etadi.

Ona tilini o‘qitish maqsadining pragmatik jihati tilning kontekstga bogʼliq holda

qanday ishlatilishi, muloqot maqsadlariga erishish, nutq etiketi va turli ijtimoiy

vaziyatlarda tildan to‘gʼri foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Masalan, rasmiy va
norasmiy muloqotdagi farqlarni, so‘zlarni tanlashda va intonatsiyada eʼtiborli bo‘lishni
o‘rgatish pragmatik

jihatga kiradi. Bunday pragmatik jihatlar talabalarda bilim, nutqiy

ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan bogʼliq bo‘lib, ularga ega bo‘lish milliy

etnolingvomadaniy qadriyatlarni chuqurroq anglash va ulardan amaliy foydalanish
imkonini beradi. Shu

tariqa, bilim, ko‘nikma va malakalarning yigʼindisi talabalarning

kommunikativ kompetensiyasini tashkil qiladi.

Ona tili o‘qitish metodikasi fanining pedagogik jihatdan maqsadi “Talaba

ijtimoiy

munosabatlarni tartibga sol

a olishi uchun qanday fazilatlarni

rivojlantirish kerak?” degan

savolga javob berishga mo‘ljallangan. Bunda talabaning lingvodidaktik bilimi hamda shaxsiy

fazilatlari majmuini aniqlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish demakdir.

Bu o‘rinda talabalarning ehtiyojlarini hisobga olish, motivatsiyani oshirish, interaktiv o‘qitish
metodlarini qo‘llash, ularni taʼlim berish usullari bilan qurollantirish, materiallarni tanlashga
va o‘qituvchining rolini to‘gʼri belgilashga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

Ona tilini o‘qitish maqsadining k

ognitiv jihati talabaning dunyoviy bilimlarni qay

darajada o‘zlashtirganligi va ona xalqi madaniyati bilan yaqinligi bilan bogʼliq bilim,
fikrlash va dunyoqarash jarayonlari kabi xususiyatlar bilan bogʼliq. Tilni o‘rganishda
fikrlash jarayonlari, yaʼni xot

ira, diqqat, idrok, til tushunchalarini shakllantirish, tahlil

qilish va xulosa chiqarish kabilarga eʼtibor qaratiladi. Kognitiv lingvistika tilning ong
bilan qanday aloqada ekanligini o‘rganadi. Shuning uchun, kognitiv jihat tilni o‘rganish

jarayonini ongli ravishda tashkil etishga va talabalarning til haqidagi tushunchalarini

chuqurlashtirishga qaratiladi. “Maqsadning kognitiv jihatining mohiyatini aniqlashda, til
psixologik, kommunikativ, funktsional va madaniy omillarning o‘zaro taʼsirini aks

ettirishin

i tushunishdan kelib chiqish kerak”. Demak, pragmatik, pedagogik va kognitiv

jihatlar o‘zaro mutanosib bo‘lsagina, talabalar nafaqat til qoidalarini o‘zlashtiradilar, balki
ularni turli ijtimoiy vaziyatlarda samarali qo‘llash, muloqot qilish va o‘zaro tush

unish

qobiliyatini ham rivojlantiradilar. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy kompetensiyani

muvaffaqiyatli shakllantirishga olib keladi.

Yillar davomida o‘zbek tilshunosligi milliy lingvodidaktik anʼanalari talabalarga til

bilimlarini o‘rgatish va ona tilini mutaxassislik sifatida o‘qitish usullarida asosiy yo‘nalish
bo‘lib kelgan. Zamonaviy oliy taʼlim til tayyorgarligini takomillashtirishni talab etmoqda.

Bu o‘zgarishlar metodika, o‘qitish vositalari va taʼlim mazmuniga ham taʼsir qilishi kerak.
А

yrim holla

rda talabalar ogʼzaki va yozma muloqot shakllarida ravon va erkin gaplasha

olmaydilar. Yozma nutqda chuqur savodxonlik, ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop yoki


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

589

rasmiy matn tuzishda zaruriy malaka yetarli darajada emas, ogʼzaki nutqda ham, yozma

nutqda ham sinta

ktik ko‘nikma va lugʼat boyligi o‘rtasidagi muvofiqlikda kamchiliklar

uchraydi. Shu nuqtai nazardan, ana shu kamchiliklarni to‘ldirish maqsadida, ijtimoiy

kompetentlik asosidagi yondashuv bitiruvchi talabadan mutaxassis sifatida ona tilini fan
sifatida mukammal bilish, uning kommunikativ, pragmatik va lingvomadaniy

xususiyatlaridan o‘z kasbiy faoliyati sohasida samarali foydalana olish ko‘nikmalari talab

qilinadi.

Lingvodidaktikaning kognitiv tilshunoslik asosida tashkil etilishi ona tilida

ijtimoiy-

kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muammolarini o‘rganish,

talabalarga muloqot holatiga ko‘ra rasmiy, norasmiy va neytral muloqot vaziyatlarida

erkin ishtirok etish imkonini beradi. Kognitiv yondashuvning ustuvor vazifasi zamonaviy
ijtimoi

y jarayonlarni o‘qitish amaliyotiga tatbiq etishdan iborat bo‘lib, u talabalarning

muloqot doirasini rivojlantirishni, aniq, ravon, mantiqiy nutq qobiliyatini shakllantirishni

taʼminlaydi hamda ogʼzaki va yozma muloqotning funktsional uslublariga muvofiq

l

ingvistik vositalardan yetarli darajada foydalangan holda fikrlarini to‘gʼri ifodalay olish,

erkin jonli muloqotga kirishish layoqatini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

Аna shu maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy gʼoyalar

nuqtai na

zaridan tilshunoslik fanlarini o‘qitish amaliyotini tahlil qilish hozirgi sharoitda

yangicha uslubdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, mulьtimedia formatidagi o‘quv

-

uslubiy ishlanmalar va lingvodidaktik materiallar o‘qitishning kognitiv jihatlarini hisob

ga

olgan holda yaratilishi, mul

ь

timedia resurslari va kompyuter texnologiyalaridan unumli

foydalanish talab qilinadi degan xulosaga olib kelmoqda.

Ijtimoiy kompetentlik filolog talabalarning bo‘lajak pedagog sifatida taʼlimiy

jarayonlarda o‘quvchilar bila

n muloqot qilishiga tayyorlik deb tushuniladigan

kommunikativ kompetensiya real hayotdagi muloqotga tayyorgarlik bilan to‘ldirilsa, til
taʼlimi zamon talablariga javob bera oladi. Demak, ijtimoiy muloqotga yo‘naltirilgan

yondashuvni real hayot sharoitida m

uvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan

foydali bilimlarni berish usuli deb hisoblash mumkin. Chunki bunday yondashuv til

bilimlarini o‘rgatish bilan birga ogʼzaki va yozma nutqiy qobiliyatlarni rivojlantirishni
ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, fan taʼlimi kontekstida talabalar ijtimoiy
kompetensiyasining asoslari keyingi faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirish,

til va komp

ь

yuter savodxonligi, moslashuvchanlik, innovatsion yangiliklarga ochiqlik,

kognitiv muammolarni hal qilish usullarini egallash, samarali qarorlar qabul qilish va

to‘siqlarni yengib o‘tish kabi tajribalar talaba kompetensiyasining zaruriy tarkibiy

qismidir.

XULOSA

Nutqiy faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirish, shuningdek, boshqalarning

fikrlarini tushu

nish, tilga oid bilimlar yordamida fikrlarni to‘gʼri va taʼsirchan

shakllantirish usullarini bilish kabilar tildan foydalanish qobiliyatini ham anglatadi.

А

yrim tadqiqotchilar ijtimoiy kompetensiyani ijtimoiy-

lisoniy, yaʼni sotsiolingvistik

kompetensiya de

b ham ataydilar. Bunday ko‘nikmani egallash uchun talaba so‘z va

iboralarning semantik xususiyatlarini, ularning muloqot uslubi va xarakteriga qarab

o‘zgarishini, suhbatdoshga qanday taʼsir ko‘rsatishini bilishi zarur. Shunday qilib,

tilshunoslik nuqtai nazaridan, ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning lingvistik jihati,

yaʼni nutqiy faoliyatni rivojlantirish, o‘zaro nutqiy taʼsir jarayonida til vositalaridan

foydalanish qobiliyati va boshqalar ustuvor ahamiyatga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

590

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Axmedova M.E. Tilshunoslikda mustaqil ta’lim topshiriqlarini lingvodidaktik

xususiyatlari Eurasian Journal of Academic Research. Volume 4, Issue 7 S, 2024. -

Б.49

-56

2.

Yoqubova Sh. Yu., Nurboyeva M.V. Ona tili ta’limida assotsiatsiya va kognitiv

-

pragmatik y

ondashuvning o`rni // «Scientific progress» Scientific Journal, Volume: 1,

ISSUE: 5,

Б

.783-787

3.

Risnazarova A.R. Talabalarda kommunikativ kompetenciyani rivojlantirish

usullari // Eurasian Journal of Academic Research.Volume 4, Issue 12, December 2024. -

Б

.90-94

4.

Биктагирова Г.Ф. Формирование социальных компетенций студентов

педагогических

специальностей

и

направлений

//

https://s.science

-

education.ru/pdf/2011/4/38.pdf

5.

Гальскова Н.Д. Теория обучения иностранным языкам: учеб. пособие для

студ. лингв. ун

-

тов и фак. ин. яз. высш. пед. учеб. заведений. –

М.: Академия, 2005.

6.

Демчук

А.А.

Развитие

социальной

компетентности

студентов

в

поликультурной

7.

Образовательной

среде

вуза:

автореф.

дис.

...

канд. пед.наук. –

Владикавказ,

2010.

8.

Шамов А.Н. Когнитивный подход к обучению лексике: моделирование и

реализация (базовый курс немецкого языка): Автореф.дисс.д

-

ра пед.наук.

Тамбов,2005.

9.

Яйрахон Тўхтаназаровна Умарова (2022). Самарали ҳамкорлик –

китобхонлик маданиятини шакллантириш кафолати сифатида. A

cademic research

in educational sciences, 3 (3), 410-416.

10.

To‘xtanazarovna, Umarova Y. “The Current Status Analysis of Language

Competence of Pupils in Secondary Schools”.

JournalNX, vol. 7, no. 06, 2021, pp.

11.

Umarova Y. O‘quvchilarda pragmatik

kompetensiyani rivojlantirish xususida

(morfologik birlik va shakllar tahliliga o‘rgatish asosida). Ilmiy xabarnoma. Seriya:

Pedagogik tadqiqotlar

Scientific bulletin. Series: Pedagogical Researches. 2021. 2(54).

24-33.

12.

Umarova Y., Ne’matova D.Umumta’lim

maktablaridagi o‘quvchilar til

kompetentligining joriy holati tahlili. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar

Scientific bulletin. Pedagogical Research.2020. 6(50). 47-57.

Библиографические ссылки

Axmedova M.E. Tilshunoslikda mustaqil ta’lim topshiriqlarini lingvodidaktik xususiyatlari Eurasian Journal of Academic Research. Volume 4, Issue 7 S, 2024. -Б.49-56

Yoqubova Sh. Yu., Nurboyeva M.V. Ona tili ta’limida assotsiatsiya va kognitiv-pragmatik yondashuvning o`rni // «Scientific progress» Scientific Journal, Volume: 1, ISSUE: 5, - Б.783-787

Risnazarova A.R. Talabalarda kommunikativ kompetenciyani rivojlantirish usullari // Eurasian Journal of Academic Research.Volume 4, Issue 12, December 2024. -Б.90-94

Биктагирова Г.Ф. Формирование социальных компетенций студентов педагогических специальностей и направлений // https://s.science-education.ru/pdf/2011/4/38.pdf

Гальскова Н.Д. Теория обучения иностранным языкам: учеб. пособие для студ. лингв. ун-тов и фак. ин. яз. высш. пед. учеб. заведений. – М.: Академия, 2005.

Демчук А.А. Развитие социальной компетентности студентов в поликультурной

образовательной среде вуза: автореф. дис. ... канд. пед. наук. – Владикавказ, 2010.

Шамов А.Н. Когнитивный подход к обучению лексике: моделирование и реализация (базовый курс немецкого языка): Автореф.дисс.д-ра пед.наук. Тамбов,2005.

Яйрахон Тўхтаназаровна Умарова (2022). Самарали ҳамкорлик – китобхонлик маданиятини шакллантириш кафолати сифатида. Academic research in educational sciences, 3 (3), 410-416.

To‘xtanazarovna, Umarova Y. “The Current Status Analysis of Language Competence of Pupils in Secondary Schools”. JournalNX, vol. 7, no. 06, 2021, pp.

Umarova Y. O‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish xususida (morfologik birlik va shakllar tahliliga o‘rgatish asosida). Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar - Scientific bulletin. Series: Pedagogical Researches. 2021. 2(54). 24-33.

Umarova Y., Ne’matova D.Umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar til kompetentligining joriy holati tahlili. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar - Scientific bulletin. Pedagogical Research.2020. 6(50). 47-57.