Авторы

  • Шерзод Узоков
    Доцент, Самаркандский государственный архитектурно-строительный университет имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp380-384

Ключевые слова:

проектная деятельность теории обучения компетентностный подход деятельностный подход студент инновационные методы зарубежный опыт цифровая педагогика самостоятельное обучение

Аннотация

В данной статье подробно проанализированы теоретические основы подготовки студентов к проектной деятельности в современной системе высшего образования. Освещена эффективность проектного обучения на основе педагогических подходов, зарубежного опыта и инновационных технологий. В статье обсуждаются условия и технологические аспекты эффективного применения проектного метода на основе таких теоретических направлений, как конструктивизм, деятельностный подход и компетентностный подход, а также рассматривается текущее состояние и перспективы системы образования Узбекистана.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical aspects of studying the preparation of
students for project-based activities

Sherzod UZOKOV

1


Samarkand State University of Architecture and Civil Engineering named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article provides an in-depth analysis of the theoretical

foundations for preparing students for project-based activities

in the modern higher education system. It highlights the

effectiveness of project-based learning through pedagogical

approaches,

international

experience,

and

innovative

technologies. The article discusses the conditions and

technological aspects of effectively applying the project method

based on theoretical frameworks such as constructivism,

activity-based learning, and the competency-based approach. It
also explores the current state and future prospects of the

education system in Uzbekistan.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp380-384

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

project-based activity,

learning theories,
competency-based
approach, activity-based

learning,

student,

innovative methods,
international experience,

digital pedagogy,
independent learning.

Talabalarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashni tadqiq
qilishning nazariy jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

loyihalash faoliyati,

ta’lim nazariyalari,

kompetensiyaviy

yondashuv,

faoliyatga asoslangan ta’lim,

talaba,

innovatsion metodlar,
xorijiy tajriba,

raqamli pedagogika,

mustaqil o‘

rganish.

Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabalarni

loyihaviy faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari chuqur

tahlil etilgan. Pedagogik yondashuvlar, xorijiy tajribalar,

innovatsion

texnologiyalar

asosida

loyihaviy

o‘qitish

samaradorligi yoritilgan. Maqolada konstruktivizm, faoliyatga

asoslangan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv kabi nazariy

yo‘nalishlar asosida loyiha metodini samarali qo‘llashning

shart-

sharoitlari, texnologik jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston

ta’lim tizimidagi holati

va istiqbollari muhokama qilingan.

1

Associate Professor, Samarkand State University of Architecture and Civil Engineering named after Mirzo Ulugbek.

E-mail:uzoqov.sherzod@samdaqu.edu.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

381

Теоретические аспекты исследования подготовки

студентов к проектной деятельности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

проектная деятельность,
теории обучения,
компетентностный

подход,

деятельностный подход,
студент,

инновационные методы,
зарубежный опыт,
цифровая педагогика,
самостоятельное

обучение.

В

данной

статье

подробно

проанализированы

теоретические основы подготовки студентов к проектной

деятельности

в

современной

системе

высшего

образования.

Освещена

эффективность

проектного

обучения на основе педагогических подходов, зарубежного

опыта и инновационных технологий. В статье обсуждаются

условия и технологические аспекты эффективного
применения проектного метода на основе таких
теоретических

направлений,

как

конструктивизм,

деятельностный подход и компетентностный подход,

а также рассматривается текущее состояние и перспективы

системы образования Узбекистана.

XXI asrda ta’limda talabchanlik ortib borayotgani, o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki

amaliy ko‘nikmalar, innovatsion fikrlash, kreativ yondashuvlar zarur bo‘layotgani pedagogik
yondashuvlarning yangilanishini taqozo etmoqda. Ayniqsa, “loyihaviy faoliyat”

bu jarayonda

alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu usul orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalar, tahliliy
va mustaqil fikrlash qobiliyati, jamoaviy hamkorlik, axborot texnologiyalaridan foydalanish,

natijadorlikka yo‘naltirilganlik kabi sifatlar rivojlanadi

[1].

Gap loyihalash faoliyatining mohiyati va ta’limdagi o‘rni haqida borar ekan, loyiha

bu muayyan muammoni hal etish maqsadida maqsadli harakatlar tizimi ekanligini

alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Talabalarning ushbu faoliyatga tayyorligi ularning kasbiy

shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyihalash faoliyati orqali talabalarda:

amaliy ko‘nikmalar shakllanadi;

muammo aniqlanadi va tahlil qilinadi;

natijaga yo‘naltirilgan mustaqil ish amalga oshiriladi [2].

D. Deveyning

ta’kidla

shicha, bilimlar inson faoliyati davomida shakllanadi va uni

faoliyat orqali o‘zlashtirish eng samarali yondashuvdir [3].

Talabalarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashni tadqiq qilishning nazariy asoslari

sifatida: konstruktivizm, faoliyatga asoslangan yondashuv va kompetensiyaviy model
kabilarni misol qilish maqsadga muvofiqdir.

Endi ushbu jihatlarning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Konstruktivistik yondashuv.

Konstruktivizm ta’limi asoschisi J.

Piagetning fikricha,

bilimlar shaxsning tajribasi asosida faol shakllanadi. Shuningdek, L. Vygotskiyning

fikricha, ijtimoiy omil o‘quv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Loyihalash esa aynan tajriba
va hamkorlik asosidagi o‘rganish jarayonini tashkil etadi [4, 5].

Faoliyatga asoslangan yondashuv.

Talaba faol ish

tirokchi bo‘lishi, amaliy

muammoni hal etishi, loyiha natijasida ma’lum bir mahsulot yaratishi faoliyatga
asoslangan o‘qitish mohiyatidir [6]. Bu yondashuv “Learning by doing” –

“Amal orqali

o‘rganish” prinsipiga asoslanadi.

Kompetensiyaviy yondashuv.

Kompetensiyaviy yondashuv asosida talaba faqat

bilim emas, balki:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

382

olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

ularni tahlil qilish;

qaror qabul qilish;

muloqot qilish;

muammoni yechish qobiliyatini egallaydi [7].

Talabalarni loyihalash

faoliyatiga tayyorlashni tadqiq qilish bo‘yicha xorijiy

tajribalarni tahlil qilamiz (AQSh, Finlyandiya, Yaponiya va Koreya misolida).

AQSh da ushbu mavzuda STEM (Science, Technology, Engineering, Math)

yondashuvi loyihaviy metodika bilan uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi. Har bir STEM

loyihasi orqali talabalar muammoni aniqlab, ilmiy asosda yechim ishlab chiqadi [8].

Finlyandiya ta’lim tizimi loyiha asosida ta’lim berishning ilg‘or modellaridan biri

sifatida tan olingan. O‘quvchilar jamoaviy loyiha yaratish

orqali nafaqat fanlarni, balki

hayotiy ko‘nikmalarni egallaydi [9].

Janubiy Koreyada loyiha portallari orqali virtual hamkorlik yuritiladi. Bu, ayniqsa,

pandemiya davrida muhim ahamiyat kasb etdi [10].

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham “Innovatsion rivojlanish strategiyasi” asosida

talabalarning ijodiy va amaliy salohiyatini rivojlantirish maqsadida loyihalash faoliyatiga

e’tibor kuchaymoqda [11]. Ba’zi universitetlarda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

“Startup” loyihalar tanlovlari

;

“Hackathon” texnologik marafonlari;

Kasbiy simulyatsiyalar kabilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida

yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” 2020

-yil 25-maydagi

313-son qaroriga muvof

iq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 13 ta Yoshlar

texnoparklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan edi. Avvalgi yillarda ularning soni

6 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kun holatiga ularning soni 13 taga yetkazildi. Hozirda

mazkur Yoshlar texnoparklarida ilmiy va innovatsion faoliyatga qiziqish bildirgan

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 34

650 nafar (2023-yilda 16 400 nafar) yoshlar

qamrab olingan. Ular 3D dizayn, kompyuter grafikasi, robototexnika kabi 7 turdagi
(2023 yilda 5 turdagi)

o‘quv kurslarida tahsil olib kelmoqdalar.

Innovatsion rivojlanish agentligi 2024-yil davomida ilmiy tashkilotlar faoliyati va

ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish
integratsiyasini mustahkamlash, ilm

iy tashkilotlarning tadqiqotlarini o‘tkazish hamda

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarining amaldagi moliyalashtirish mexanizmlarini

takomillashtirish bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratish, shuningdek, yoshlarning

innovatsion faoliyat sohasidagi bilim va k

o‘nikmalarini shakllantirish, innovatsion

yo‘nalishdagi fundamental, amaliy tadqiqot, innovatsion hamda startap loyihalarini

moliyalashtirish borasida samarali faoliyat olib bordi.

Agentlik tomonidan 2024-yilda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida

umumiy qiymati 400,4 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 365 ta loyiha moliyalashtirildi.

(2023-yilda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 373,8 mlrd

so‘mga teng bo‘lgan 325 ta loyiha moliyalashtirilgan.) Xususan, umumiy qiymati 353,6
mlrd so‘mga teng bo‘lgan 246 ta ilmiy loyiha, 6 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 5 ta
tijoratlashtirish loyihasi, 39,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 114 ta startap loyiha
moliyalashtirildi. Natijada jami 898 ta yangi ish o‘rni yaratildi [14]. Yuqorida berilgan
ma’lumot

larni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalni hosil qildik (1-jadval).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

383

1-jadval

Yoshlar texnoparklari faoliyatini tahliliy jadvali

T/r

Yo‘nalish

2023-yil holati

2024-yil holati

1.

Yoshlar texnoparklari soni

6 ta

13 ta

2.

Yoshlar qamrovi (14

30 yosh)

16 400 nafar

34 650 nafar

3.

O‘quv kurslari soni

5 ta

7 ta

4.

Davlat dasturlari doirasida

moliyalashtirilgan loyihalar soni

325 ta

365 ta

5.

Moliyalashtirish miqdori

373,8 mlrd so‘m

400,4 mlrd so‘m

6.

Ilmiy loyihalar soni / qiymati

-

246 ta / 353,6 mlrd

so‘m

7.

Tijoratlashtirish loyihalari soni / qiymati

-

5 ta / 6 mlrd so‘m

8.

Startap loyihalar soni / qiymati

-

114 ta / 39,9 mlrd

so‘m

9.

Yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni

-

898 ta


Biroq, hali ham quyidagi yechimini kutayotgan muammolar mavjud, binobarin:

metodik qo‘llanmalar yetishmovchiligi;

pedagoglarning zamonaviy metodikaga tayyor emasligi;

texnologik infratuzilmaning zaifligi kabilar [12].

Raqamli texnologiyalar va loyihaviy o‘qitish orqali loyihalarni onl

ayn platformalar,

virtual hamkorlik, sun’iy intellekt asosida tashkil qilish mumkin, jumladan:

talabaning qamrovini kengaytiradi;

masofaviy hamkorlikni ta’minlaydi;

talabalarda kreativ yondashuv shakllanadi [13].

Misol tariqasida “Trello”, “Miro”, “Google Colab” platformalari orqali talabalar

birgalikda loyiha ishlab chiqishadi.

Talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash strategiyalari sifatida quyidagi

bosqichlar asosida samarali loyiha tayyorgarligi tashkil etilishi mumkin:

1. Motivatsiya

mavzuga

bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish;

2. Loyiha rejasi

vaqt, vazifa, natija aniqligi;

3. Ijro

jamoaviy ish, vositalar;

4. Taqdimot va baholash

natijani himoya qilish.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, loyihaviy o‘qitish nafaqat o‘quv jarayonini

rivojlantiradi, balki talabalarda amaliy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi.

Ta’limda

nazariy

asoslar

(konstruktivizm,

faoliyatga

asoslangan

o‘qitish,

kompetensiyaviy yondashuv) va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi talabalarni kelajak

kasbiga tay

yorlashda muhim omildir. O‘zbekiston tajribasida mavjud imkoniyatlardan

to‘liq foydalanish, xorijiy tajribani joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdullayeva, M. (2020). Loyihaviy faoliyat asoslari. Toshkent: O‘qituv

chi.

2.

Jonassen, D. (1999). Designing Constructivist Learning Environments. New

Jersey: Lawrence Erlbaum.

3.

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

4.

Piaget, J. (1972). The Principles of Genetic Epistemology. London: Routledge.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

384

5.

Vygotsky, L. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes. Harvard University Press.

6.

Kolb, D. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and

Development. Prentice Hall.

7.

Mulder, M. (2012). Competence-Based Education and Training. Springer.

8.

Bybee, R. W. (2010). Advancing STEM Education: A 2020 Vision. Technology and

Engineering Teacher.

9.

Sahlberg, P. (2011). Finnish Lessons: What Can the World Learn from

Educational Change in Finland? Teachers College Press.

10.

Kim, Y., & Lee, J. (2019). Digital Project Portals in Higher Education: South

Korea's Experience. Journal of Educational Technology.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2023).

Ta’limda raqamli transformatsiya strategiyasi.

12.

Xasanov, N. (2022). Talabalarni amaliy loyihalarga tayyorlashda mavjud

muammolar. O‘zbekiston pedagogika jurnali.

13.

Salomon, G. (1993). Distributed Cognitions: Psychological and Educational

Considerations. Cambridge University Press.

14.

https://startup.ilmiy.uz/news/371

Библиографические ссылки

Abdullayeva, M. (2020). Loyihaviy faoliyat asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.

Jonassen, D. (1999). Designing Constructivist Learning Environments. New Jersey: Lawrence Erlbaum.

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

Piaget, J. (1972). The Principles of Genetic Epistemology. London: Routledge.

Vygotsky, L. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Kolb, D. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Prentice Hall.

Mulder, M. (2012). Competence-Based Education and Training. Springer.

Bybee, R. W. (2010). Advancing STEM Education: A 2020 Vision. Technology and Engineering Teacher.

Sahlberg, P. (2011). Finnish Lessons: What Can the World Learn from Educational Change in Finland? Teachers College Press.

Kim, Y., & Lee, J. (2019). Digital Project Portals in Higher Education: South Korea's Experience. Journal of Educational Technology.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2023). Ta’limda raqamli transformatsiya strategiyasi.

Xasanov, N. (2022). Talabalarni amaliy loyihalarga tayyorlashda mavjud muammolar. O‘zbekiston pedagogika jurnali.

Salomon, G. (1993). Distributed Cognitions: Psychological and Educational Considerations. Cambridge University Press.