Авторы

  • Диёра Юлдашева
    Докторант, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4-pp230-236

Ключевые слова:

личность учитель социальный коммуникативный педагогический компетентность

Аннотация

В данной статье раскрывается педагогическое содержание развития социально-коммуникативной компетентности будущих учителей на основе личностно-ориентированного подхода. Автор подчеркивает, что в современном образовательном процессе роль учителя выходит за рамки простого транслятора знаний и включает в себя функции социального партнера, коммуникатора и наставника. С этой точки зрения социально-коммуникативная компетентность рассматривается как совокупность умений, позволяющих будущему педагогу эффективно вступать в общение, работать в коллективе, ориентироваться в социальном пространстве и выстраивать межкультурные взаимодействия. В статье проанализированы преимущества личностно-ориентированного подхода, его дидактические возможности, содержание обучения и методические подходы к формированию данной компетентности. В ходе исследования автором представлены практические предложения и рекомендации, направленные на эффективное развитие социально-коммуникативной компетентности у будущих учителей, а также обоснована их прикладная значимость. Материал статьи может быть полезен исследователям, практикующим педагогам и разработчикам образовательной политики, заинтересованным во внедрении инновационных подходов и совершенствовании профессиональных компетенций в сфере подготовки педагогических кадров.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical content of developing socio-communicative
competence in future teachers based on a person-
centered approach

Diyora YULDASHEVA

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

15 July 2024
Accepted 15 July 2024

Available online

25 August 2024

This article explores the pedagogical content of developing

social-communicative competence in future teachers based on a

learner-centered approach. The author emphasizes that in

modern education, the role of the teacher is evolving from

merely delivering knowledge to being a social partner,
communicator, and mentor. From this perspective, social-

communicative competence is understood as a set of skills that

enables future teachers to engage in effective communication,

collaborate in teams, navigate social environments
appropriately, and maintain intercultural interactions. The

article analyzes the advantages of a learner-centered approach,

its didactic potential, the content of instruction, and

methodological strategies for enhancing this competence.

Throughout the research, the author provides practical
suggestions and recommendations aimed at effectively

fostering social-communicative competence in future educators

and substantiates their practical relevance. This article may be

particularly beneficial for researchers, practicing educators, and
education policymakers interested in implementing innovative

approaches and improving professional competencies in

teacher education.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss4-pp230-236

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

personality,

teacher,

social,

communicative,

pedagogical,

competence.

1

PhD Student, Fergana State University. E-mail: yuldashevadiyora@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

231

Shaxsga yo

naltirilgan yondashuv yondashuv asosida bo

lajak

o

qituvchilarda

ijtimoiy-kommunikativ

kompetentlikni

rivojlantirishning pedagogik mazmuni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

shaxs,

o‘qituvchi,

ijtimoiy,

kommunikativ,

pedagogik,

kompetentlik.

Ushbu maqolada shaxsga yo

naltirilgan yondashuv asosida

bo

lajak o

qituvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni

shakllantirishning pedagogik mazmuni keng yoritilgan. Muallif

zamonaviy ta

lim jarayonida o

qituvchining nafaqat bilim

beruvchi, balki ijtimoiy hamkor, muloqotchi va tarbiyachi

sifatida tutgan o

rni ortib borayotganini ta

kidlaydi. Shu nuqtai

nazardan, ijtimoiy-kommunikativ kompetentlik

bu bo

lajak

o

qituvchining samarali muloqotga kirisha olish, jamoada ishlay

olish, ijtimoiy muhitda to

g

ri yo

nalish topa olish,

madaniyatlararo aloqalarni yurita olish kabi ko

nikmalar

majmuasi sifatida ko

riladi. Maqolada ushbu kompetentlikni

rivojlantirishda

shaxsga

yo

naltirilgan

yondashuvning

afzalliklari, didaktik imkoniyatlari, ta

lim mazmuni va metodik

yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida muallif

tomonidan bo

lajak o

qituvchilarning ijtimoiy-kommunikativ

kompetentligini samarali rivojlantirishga qaratilgan taklif va

tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda ularning amaliy ahamiyati
asoslab berilgan. Ushbu maqola pedagogik ta

limda innovatsion

yondashuvlarni joriy etish va kasbiy kompetentliklarni

takomillashtirishga qiziquvchi tadqiqotchilar, amaliyotchi

pedagoglar hamda ta

lim siyosatini ishlab chiquvchilar uchun

foydali bo

lishi mumkin.

Педагогическое содержание формирования социально

-

коммуникативной компетентности будущих учителей

на основе личностно

-

ориентированного подхода

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

личность,

учитель,

социальный,

коммуникативный,

педагогический,

компетентность.

В

данной

статье

раскрывается

педагогическое

содержание

развития

социально

-

коммуникативной

компетентности будущих учителей на основе личностно

-

ориентированного подхода. Автор подчеркивает, что в

современном образовательном процессе роль учителя

выходит за рамки простого транслятора знаний и включает

в себя функции социального партнера, коммуникатора и

наставника.

С

этой

точки

зрения

социально

-

коммуникативная компетентность рассматривается как

совокупность умений, позволяющих будущему педагогу

эффективно вступать в общение, работать в коллективе,

ориентироваться в социальном пространстве и выстраивать

межкультурные

взаимодействия.

В

статье

проанализированы

преимущества

личностно

-

ориентированного

подхода,

его

дидактические


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

232

возможности, содержание обучения и методические

подходы к формированию данной компетентности. В ходе

исследования

автором

представлены

практические

предложения

и

рекомендации,

направленные

на

эффективное

развитие

социально

-

коммуникативной

компетентности у будущих учителей, а также обоснована их

прикладная значимость. Материал статьи может быть

полезен исследователям, практикующим педагогам и

разработчикам

образовательной

политики,

заинтересованным во внедрении инновационных подходов

и совершенствовании профессиональных компетенций в

сфере подготовки педагогических кадров.

KIRISH

Ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarni egallagan avlodni tarbiyalash

jarayonlarida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, boʻlajak oʻqituvchilarning shaxsiy va

kasbiy sifatlarini takomillashtirish, kasbiy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish,

feedb

ek va baholash tizimlari samaradorligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar olib

borilmoqda. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak

o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish bilan birga, ularning ijtimoiy

-

kommunik

ativ kompetentliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Dunyoning ilg‘or ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro institutlarida talabalarni

ijtimoiy hayotga bo‘lgan raqobatbardoshligini baholash kasbiy faoliyatni tashkil qilish

metodlarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv jarayon

sifatida baho berilishiga daxldor bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim –

talabaning fikrlash va harakat strategiyasini

inobatga

olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga

qaratilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini

nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart

-

sharoitlar, ta’lim hamda

tarbiya

jarayonini to‘laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini

rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini

boyitishni nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv ta’l

im tizimida

o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini, o‘rganish uslublarini,

intellektual imkoniyatlarini va emotsional holatini hisobga olishga asoslangan pedagogik

yondashuvdir. Uning asosiy maqsadi

o‘quvchini faqat bilim

bilan emas, balki uning ichki

salohiyatlarini to‘liq ochish, shaxs sifatida rivojlanishini ta’minlashdir.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda o‘quvchi markazda turadi va o‘qituvchi

o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlariga mos holda ta’lim jarayonini tashkil qiladi.

Bu turdagi

ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek,

mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi

ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qad

ar individual

yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi.

Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog

-

talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba- talabalar

jamoasi tarzida o‘zaro

hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni

yaratish zaruriyatini ifodalaydi. Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy

rioya etishi kerak. Ushbu talablar

quyidagilardan iborat:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

233

har bir talabani alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi;

talabani hurmat qilishi;

talabaning ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi;

talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;

har bir talabaga tolerant munosabatda bo‘lishi;

talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;

har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;

talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat

yaratish;

talabalarni o‘z faoliyatlarini

mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini

aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish;

ta’lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq o‘tkazmasli

k;

alohida talabaning kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaslik;

bordi-

yu, talaba tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida

o‘zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning

sabablarini aniqlash;

aniqlan

gan sabablar asosida talabaning sha’ni, g‘ururiga ziyon etkazmagan holda u

tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;

ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;

har bir

talabaga ta’lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;

Kompetensiya o‘quv jarayonining rejalashtirilgan maqsadi bo‘lib, oliy kasbiy ta’lim

mazmuni ushun muhim hisoblanadi. U mutaxassisning kasbiy faоliyat talablari va

malakasi asоsida shakll

anadi.

Boshqa adabiyotlarda “

Kоmpetensiya

lоtinсha sо‘z bо‘lib, “erishaman, tо‘g‘ri

kelaman” degan ma’nоlarni bildiradi”. Kоmpetensiya –

subyektning maqsadni qо‘yish,

unga erishish uсhun tashqi va iсhki imkоniyatlarni samarali tashkil qila оlishga

tayyоrgarligi, muayyan kasbiy masalalarni yeсha оlish qоbiliyatidir.

Kоmpetensiyalar shaхsning mustaqilligiga, о‘quv va amaliy faоliyatda kо‘zlangan

muvaffaqiyatiga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Kоmpetensiya (inglizсha “соmpetenсe”)

atamasining ma’nоsi “qоbiliyat” deganidir, birоq “kоmpetensiya atamasi bilim, kо‘nikma,

mahоrat va qоbiliyatni ifоda etishga ham хizmat qiladi”. Shu ma’nоda, kоmpetensiya

bilim, kо‘nikma, mahorat va qobiliyatlarni kashf etish, shakllantirish va rivojlantirishning

yig‘indisi hisоblanadi.

E.F.

Zeerning ta’rifiga kо‘ra, kоmpetensiya deganda “faоliyatning adekvat

me’yоriga aylanadigan, bilim, kо‘nikma, malaka, qоbiliyat va qadriyatli mоtivatsiоn

kоmpоnentlarni о‘z iсhiga оlgan interaktiv kоnstruksiyalar” tushuniladi [1].

V.D.

Shadrikov so‘zlariga ko‘ra, kompetensiyalar shaxsning biror kasbiy

tayyorgarligi jarayonida shakllanadi va yuzaga kelgan funksional vazifalarni

muvaffaqiyatli hal etishga imkon yaratadigan bilim, ko‘nikma, qobiliyat va shaxsiy

xususiyatlarning tizimli namoyon bo‘lishini

nazarda tutadigan faoliyatning yangi bir turi

hisoblanadi [2]. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning ahamiyatini quyidagi misollarda

ko’rishimiz mumkin:

Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning

yana bir belgisidir:

ijodiy topshiriqlar;

kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;

muammoli vaziyatlar;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

234

rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari;

bahs-munozara, debat;

musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar.

О‘zbekistonda ham shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’limni

zamonaviylashtirish,

ijtimoiy-

kommunikativ

kоmpetensiyalarni

rivоjlantirish

masalalarini tadqiq etgan bir qanсha оlimlar mavjud. Masalan, B.Х.

Хоdjayev

“kоmpetensiya” tushunсhasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faоliyat

bilan

bоg‘liqligini bayоn etib, uni umumiy о‘rta ta’lim bilan bоg‘lagan hоlda ta’rif beradi.

U kоmpetensiyani “ma’lum bir sоhada samarali prоduktiv faоliyat uсhun zarur bо‘lgan,
о‘quvсhining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyоrgarligiga qо‘yiladigan ijtimоiy tal

ablar

(me’yоrlar)dan ham о‘zib ketishidir” deb ta’kidlaydi [7].

S.E.

Shishоv va I.G.

Agapоv fikriсha, kоmpetensiya shaхsning о‘quv jarayоnida

оlingan bilim va tajribasiga asоslangan qоbiliyatlarini, shuningdek, uning harakatga
tayyоrligini anglatadi [6].

Zamоnaviy jamiyatda rо‘y berayоtgan ijtimоiy о‘zgarishlar, ijtimоiy qadriyat

sifatida insоn shaхsiga e’tibоrning kuсhayishi ta’lim sоhasi mutaхassislarini tayyоrlashga
nisbatan talablarni ham оshirmоqda, shuningdek, mutaхassislarning ijtimоiy bilim va

mala

kalari hamda ijtimоiy оngining davlat ijtimоiy siyоsatining strategik yо‘nalishlariga

mоs kelishini taqоzо qilmоqda. Ijtimоiy tajribaning kengayishi va murakkablashishi,
ma’lumоtlarni qayta ishlash va оlishning yangi shakllari paydо bо‘lishi bilan bоg‘liq hоlda
mutaхassisning kоmpetentligi tоbоra muhim ahamiyat kasb etmоqda.

V.

Serikоv esa “kоmpetensiya shaхsning о‘zini о‘zi anglashiga hissa qо‘shadigan

bilim, kо‘nikma, ta’limning mavjudligi” [3] sifatida belgilanadi, “kоmpetentlik esa hayоt
davоmida mоhirоna bajarilgan harakat” hisоblanadi. Bоshqa bir оlim V.I.

Baydenkо

kоmpetensiyani “aniq vaziyatda dоlzarb bо‘lgan barсha resurslarni harakatlantirishga
(mоbilizatsiyalashga) qоbiliyatlilik yоki tayyоrlik” [4] sifatida bahоlaydi.

“Ijtimоiylashtirish” (“социализация”) atamasining muallifi amerikalik sоtsiоlоg

F.G.Giddings hisоblanadi. U 1887

-

yilda о‘zining “Ijtimоiylastirish nazariyasi” (“Теоpия

социализации”) kitоbida bu atamani hоzirgi zamоnaviy ma’nоsiga yaqin ma’nоda
ishlatgan: “individning ijtimоiy tabiati va хarakterining rivоjlanishi –

insоniy materialni

ijtimоiy hayоtga tayyоrlashdir” [5].

“Ijtimoiy

-kommunikativ

kompetentlik” tushunсhasining kо‘p о‘lсhоvliligi, ijtimоiy

-

madaniy vaziyatning nоaniqligi, uning ta’lim va tarbiya jarayоnida sust qо‘llanilis

hini

E.F.

Zeer terminоlоgik nuqtayi nazardan “ziddiyatli vоqeliklar” sifatida tavsiflaydi hamda

ularni “insоn subyektiv hayоtining real hayоt bilan, оbyektiv vоqelik bilan
nоmutanоsibligi, qarama

-

qarshiligi” sifatida bahоlaydi [1].

Ijtimоiy kоmpetentlik о

rzu-umid bilan emas, balki qadriyatlar va bilimlarni amaliy

harakatlarga о‘tkazish bilan bоg‘liq. Shuning uсhun, ushbu kоmpetentlikda irоda, ya’ni
subyektning qadriyatlar va bilimlariga muvоfiq harakat qilishini о‘zi belgilash qоbiliyati
alоhida ahamiyatga

ega.

Shaхsiy mulоqоt darajasida ijtimоiy kоmpetensiyaning ishоnсhli ta’rifi

Z.A.

Aksyutina tоmоnidan berilgan: “О‘zgalar bilan birgalikda harakat qilish istagi va

kо‘nikmasi, о‘ziga va о‘zarо mulоqоt qоbiliyatiga bо‘lgan ishоnсh, hamkоrlik qilish va
mulоqоt jarayоnida yuzaga keladigan muammоlarni yengish qоbiliyati” [8].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

235

XULOSA

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy

-

kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish bugungi kundagi pedagogik ta’limda dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy

-kommunikativ

kompetentlik nafaqat samarali muloqotga kirisha olish va jamoa bilan ishlash

ko‘nikmalarini, balki shaxsiy javobgarlik, tolerantlik, madaniyatlararo hamkorlik, liderlik

va re

flektiv fikrlash kabi keng qamrovli kasbiy sifatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bu kompetentliklarni rivojlantirish

bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy imkoniyatlarini ochib berishga, uning o‘z ustida ishlash
motivatsiyasini kuchaytirishga va o‘zini mustaqil, mas’uliyatli pedagog sifatida
anglashiga zamin yaratadi. Bu yondashuvda ta’lim jarayoni talabalar ehtiyojlari,

individual imkoniyatlari va psixologik xususiyatlari asosida tashkil qilinadi. Shu orqali

o‘quvchi markazda bo‘lgan pedagogik muhit vujudga keladi va bu esa o‘qituvchilarning

ijtimoiy jihatdan faol, kommunikativ jihatdan samarali, kasbiy jihatdan yetuk shaxslar

bo‘lib shakllanishini ta’minlaydi.

Amaliy jihatdan olib qaralganda, bo‘lajak o‘qituvchil

arning ijtimoiy-kommunikativ

kompetentligini shakllantirishga doir ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, samarali

feedback va baholash mexanizmlarini joriy etish, interaktiv metodlar va hamkorlikka

asoslangan o‘qitish shakllarini kengaytirish lozim. Sh

uningdek, kasbiy tayyorgarlik

jarayoniga rolli o‘yinlar, debatlar, muammoli vaziyatlar tahlili, jamoaviy loyihalar kabi
faol o‘quv metodlarini jalb etish orqali ham kompetentlik rivojiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatish mumkin.

Umuman olganda, shaxsga yo‘naltir

ilgan yondashuv orqali ijtimoiy-kommunikativ

kompetentlikni rivojlantirish nafaqat pedagogik sifatlarning shakllanishini ta’minlaydi,
balki ta’lim tizimida insonparvarlik, inklyuzivlik va individual yondashuv tamoyillarining

hayotga tatbiq etilishida muhim

omil bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Зеер Е. Ф. Компетентностный подход к образованию: проблемы и

перспективы. –

М.: Академия, 2003. –

224 с.

2.

Шадриков В. Д. Компетенции в образовании: становление и развитие. –

М.:

Логос, 2007. –

296 с.

3.

Сериков В. В. Личностно

-

ориентированное образование: поиск новой

парадигмы. –

М.: Педагогика, 2004. –

210 с.

4.

Байденко В. И. Компетенции в профессиональном образовании: к

исследованию проблемы // Высшее образование в России. –

2004.

№11. –

С. 20–

26.

5.

Giddings F. H. The Theory of Sociology.

New York: Macmillan, 1887.

302 p.

6.

Шишов С. Е., Агапов И. Г. Мониторинг качества образования: учеб. пособие.

М.: Пед. общество России, 2002. –

192 с.

7.

Ҳўжақулов

Б. Х. Компетенция тушунчасининг методик асослари

// Таълим

ва тараққиёт. –

2020.

Т. 3. –

№2. –

Б. 45–

52.

8.

Аксёутина З. А. Социальная компетентность личности: психолого

-

педагогический аспект // Вестник Вятского государственного университета. –

2015.

№2. –

С. 90–

96.

9.

Ағзамова Г. Н. Шахсга йўналтирилган таълим технологияларининг

замонавий ёндашувлари // Илм ва амалиёт. –

2021.

Т. 4. –

№3. –

Б. 112–

116


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

236

10.

Каримов Н. А. Бўлажак ўқитувчиларда ижтимоий

-

коммуникатив

компетенцияларни шакллантиришда инновацион ёндашувлар // Ўзбек педагогик
журнали. –

2022.

№1. –

Б. 37–

42.

Библиографические ссылки

Зеер Е. Ф. Компетентностный подход к образованию: проблемы и перспективы. – М.: Академия, 2003. – 224 с.

Шадриков В. Д. Компетенции в образовании: становление и развитие. – М.: Логос, 2007. – 296 с.

Сериков В. В. Личностно-ориентированное образование: поиск новой парадигмы. – М.: Педагогика, 2004. – 210 с.

Байденко В. И. Компетенции в профессиональном образовании: к исследованию проблемы // Высшее образование в России. – 2004. – №11. – С. 20–26.

Giddings F. H. The Theory of Sociology. – New York: Macmillan, 1887. – 302 p.

Шишов С. Е., Агапов И. Г. Мониторинг качества образования: учеб. пособие. – М.: Пед. общество России, 2002. – 192 с.

Ҳўжақулов Б. Х. Компетенция тушунчасининг методик асослари // Таълим ва тараққиёт. – 2020. – Т. 3. – №2. – Б. 45–52.

Аксёутина З. А. Социальная компетентность личности: психолого-педагогический аспект // Вестник Вятского государственного университета. – 2015. – №2. – С. 90–96.

Ағзамова Г. Н. Шахсга йўналтирилган таълим технологияларининг замонавий ёндашувлари // Илм ва амалиёт. – 2021. – Т. 4. – №3. – Б. 112–116

Каримов Н. А. Бўлажак ўқитувчиларда ижтимоий-коммуникатив компетенцияларни шакллантиришда инновацион ёндашувлар // Ўзбек педагогик журнали. – 2022. – №1. – Б. 37–42.