Авторы

  • Шохиста Холмирзаева
    Докторант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp286-290

Ключевые слова:

незаконная миграция международное право сотрудничество государств миграционная политика международные договоры транснациональная преступность

Аннотация

В статье анализируются теоретико-правовые основы межгосударственного сотрудничества в борьбе с незаконной миграцией в международном праве. Освещены международные и региональные механизмы в сфере борьбы с незаконной миграцией, а также факторы, влияющие на их эффективность. Автором разрабатывается предложение по имплементации международно-правовых норм в национальное законодательство и повышению эффективности скоординированных действий государств.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical and legal aspects of interstate cooperation in

combating illegal migration

Shokhista KHOLMIRZAEVA

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article analyzes the theoretical and legal foundations of

interstate cooperation in combating illegal migration within the

framework of international law. It highlights international and

regional mechanisms in the field of countering illegal migration,

as well as factors influencing their effectiveness. The author

develops proposals for the implementation of international legal

norms into national legislation and for enhancing the

effectiveness of coordinated actions between states.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp286-290

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

illegal migration,

international law,

cooperation between states,

migration policy,

international treaties,

transnational crime.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha

davlatlar

hamkorligining nazariy-huquqiy masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

noqonuniy migratsiya,

xalqaro huquq,

davlatlar hamkorligi,

migratsion siyosat,

xalqaro shartnomalar,

transmilliy jinoyatchilik.

Mazkur maqolada xalqaro huquqda noqonuniy migratsiyaga

qarshi kurash boʻyicha davlatlararo hamkorlikning nazariy

-

huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Noqonuniy migratsiyaga qarshi

kurashish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar,

shuningdek, ularning samaradorligiga ta’sir qiluvchi om

illar

yoritiladi. Muallif tomonidan xalqaro huquqiy me’yorlarning

milliy qonunchilikka implementatsiyasi va davlatlar oʻrtasidagi

koordinatsiyalangan harakatlarning samaradorligini oshirish

boʻyicha taklif ishlab chiqiladi

.

1

PhD student, Tashkent State University of Law. E-mail:

@kholmirzayevashokhista.mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

287

Теоретико

-

правовые

вопросы

сотрудничества

государств в борьбе с незаконной миграцией

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

незаконная миграция,
международное право,
сотрудничество
государств,

миграционная политика,
международные договоры,
транснациональная

преступность

.

В статье анализируются теоретико

-

правовые основы

межгосударственного сотрудничества в борьбе с незаконной
миграцией

в

международном

праве.

Освещены

международные и региональные механизмы в сфере борьбы с

незаконной миграцией, а также факторы, влияющие на их

эффективность. Автором разрабатывается предложение по
имплементации

международно

-

правовых

норм

в

национальное

законодательство

и

повышению

эффективности скоординированных действий государств

.



KIRISH

XXI asrda globallashuv, qurolli mojarolar, iqtisodiy tengsizlik va ekologik muammolar

insonlar migratsiyasining asosiy omillariga aylandi. Biroq, bu jarayonning salbiy koʻrinishi

noqonuniy migratsiya bugungi kunda koʻplab davlatlar uchun murakkab ijtimoi

y,

siyosiy va huquqiy muammo boʻlib qolmoqda. Uni samarali boshqarish faqat milliy

darajadagi choralar bilan emas, balki davlatlararo hamkorlik asosida amalga oshirilishi

zarur. Negaki, ushbu jarayon faqatgina bir davlat yoki hududga taalluqli boʻlmasdan,
aksincha xalqaro hamjamiyat uchun xavf hisoblanadi. Xususan, shu oʻrinda dastlab
noqonuniy migratsiya tushunchasi va uning huquqiy xususiyatlariga toʻxtalamiz.

Aytish joizki, noqonuniy migratsiya tushunchasi ilmiy va maxsus adabiyotlarda

turlicha ifodalan

gani bois hozirgacha uning yagona ta’rifi mavjud emas. Xususan,

M.I.Barannikning fikricha, noqonuniy migratsiya

shaxsning oʻzga mamlakatga borishi

yoki yashash manzilini tark etishi, oʻz hududidagi xorijiy fuqarolarni noqonuniy yoʻl bilan

kiritish, tranz

it qilish va qonunga xilof ravishda boshqa mamlakatga chiqishi bilan bogʻliq

jarayon. {1}Professor V.N.Sumarakov esa shaxsni chet elga chiqishi va ikkinchi mamlakat

hududida boʻlishi qonuniy asoslarda vujudga kelsa

-da, biroq uning mamlakatga qonunga

xilof ravishda kirishini ham noqonuniy migratsiya sifatida baholagan{2}. Tadqiqotchi

B.I.Egamberdiyev noqonuniy migratsiyani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el
fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida

belgilang

an respublika hududiga kirish, boʻlish va undan chiqish yoxud Oʻzbekiston

Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish tartiblarini buzgan holda harakatlanishi sifatida
ta’riflagan{3}. Yuqoridagi ta’riflarga qoʻshilgan va ularni umumlashtirgan holda n

oqonuniy

migratsiyaga muayyan davlat hududiga belgilangan tartiblarga zid ravishda kirish, unda

noqonuniy ravishda yashash yoki qonuniy talablarga muvofiq boʻlmagan holda mehnat
faoliyatini amalga oshirish, deya ta’rif berishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Zero,

no

qonuniy migratsiya tushunchasi oʻzida noqonuniy kirish, noqonuniy mamlakat

hududida boʻlish va noqonuniy faoliyat amalga oshirish tushunchalarini birlashtiradi va

uning ijtimoiy xavfliligi davlatlarning milliy xavfsizligiga, iqtisodiy barqarorligiga, ijtimoiy

tizimlariga va demografik holatiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi bilan izohlanadi. Shu sababli,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

288

davlatlar xalqaro doirada oʻzaro hamkorlik orqali ushbu muammoga qarshi kurashish

uchun turli huquqiy va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqishi zarurdir.

Noqonun

iy migratsiyaga qarshi davlatlararo hamkorlik xususida soʻz yuritadigan

boʻlsak, avvalo noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha davlatlararo hamkorlik
tushunchasi mazmuniga toʻxtalamiz. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha

davlatlararo hamkorlik

bu davlatlarning chegaralarni nazorat qilish, noqonuniy

migratsiyani oldini olish, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni

taʼminlash maqsadida birgalikda amalga oshiradigan tadbirlar va saʼy

-harakatlar

majmuasidir. Xususan, davlat

lar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagi asosiy xalqaro hujjatlar

asosida tashkil etiladi:

1)

1951-

yilgi Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiya va 1967

-yilgi

Protokol;

2)

BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000);

3)

Odam savdosiga qarshi Palermo protokoli;

4)

IOM va UNHCR qarorlari, tavsiyalari.

Ushbu hujjatlar davlatlarni axborot almashinuvi, huquqiy yordam, noqonuniy

migratsiyani oldini olish va jabrlanganlarni himoya qilishda hamkorlik qilishga da’vat

etadi. Endi esa davlatlararo hamkor

lik shakllari va mexanizmlari xususida soʻz yuritamiz.

Davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

ikki tomonlama bitimlar: migratsiya boʻyicha axborot almashinuvi, deportatsiya

jarayonlarini tartibga solish;

mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik: Yevropa Ittifoqi (Frontex), SHHT, MDH,

ASEAN doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik: IOM, UNODC, INTERPOL, UNHCR orqali amalga

oshiriladigan texnik va institutsional yordam shaklida amalga oshiriladi. Demak,
noqonuniy migratsiyaga qarshi davlatlararo hamkorlikning ushbu turlarida davlatlar:

birinchisida, mintaqaviy tashkilotlar orqali noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda

oʻzaro yordam koʻrsatadilar. Masalan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi “Shengen” kelishuvi
yoki MDH davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik.

Ikkinchisida, oʻzaro bitimlar orqali noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha

aniq chora-tadbirlarni belgilab oladilar.

Uchinchisida, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻlib, BMT

ning qochqinlar

boʻyicha Oliy komissariati Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlikda
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash olib boradilar. Oʻz oʻrnida esa davlatlararo

hamkorlikning zarurati quyidagilar bilan ifodalanadi.

Birinchidan, transmil

liy xususiyat boʻlib, noqonuniy migratsiya koʻpincha bir

davlatdan boshqasiga oʻtuvchi murakkab tarmoqlarga ega. Buni samarali hal qilish uchun

davlatlararo hamkorlik talab etiladi.

Ikkinchidan, xavfsizlikni taʼminlash: noqonuniy migratsiya koʻpincha odam

savdosi,

giyohvand moddalar savdosi va terrorizm bilan bogʻliq boʻlib, bu xavf

-xatarlarni

kamaytirish uchun davlatlar birgalikda ishlashi kerak.

Uchinchidan, maʼlumot almashinuvi boʻlib, migratsiya oqimlarini kuzatish,

noqonuniy migratsiya yoʻnalishlarini aniqlash va ularga qarshi chora koʻrishda real vaqtda
maʼlumot almashish muhim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

289

Toʻrtinchidan, qonuniy asosni mustahkamlash boʻlib, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp

tomonlama shartnomalar orqali huquqiy mexanizmlarni joriy etish noqonuniy
migratsiyaga qarshi kurashni samarali qiladi.

Va oxirgisi, inson huquqlarini himoya qilish: noqonuniy migrantlarning huquqlari

ham himoya qilinishi kerak va bu borada davlatlararo hamkorlik inson huquqlari

meʼyorlariga rioya etishni taʼminlaydi.

Endi esa noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda davlatlar hamkorligining qisqacha

tarixiga toʻxtalamiz, u tarixan quyidagi uch asosiy bosqichda rivojlangan:

boshlangʻich bosqich

: 20-

asr boshlarida davlatlar oʻrtasida ilk ikki tomonlama

bitimlar imzolanib, xalqaro miqyosda noqonuniy migratsiyaga qarshi chora-tadbirlar
ishlab chiqila boshlanishi;

rivojlanish bosqichi:

20-

asr oʻrtalaridan 90

-yillargacha davom etgan davrda xalqaro

tashkilotlar (BMT, Yevropa Ittifoqi) migratsiya masalalarini tartibga solish uchun yirik
konvensiyalar va protokollarni qabul qildi.

zamonaviy bosqich

: 21-

asrda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik kengayib, xalqaro va

mintaqaviy darajada majburiy hamda ixtiyoriy hamkorlik mexanizmlari shakllandi.

Mintaqaviy tashkilotlar va koʻp tomonlama bitimlar asosida mig

ratsiya boshqaruvi

kuchaydi.

Aytish kerakki, xalqaro huquqda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha

samarali mexanizmlar mavjud boʻlsa

-da, ushbu hamkorlikni amalga oshirishda davlatlar

oʻrtasida bir qancha muammolar mavjud boʻlib, ular quyidagilard

an iborat:

Huquqiy hamkorlikdagi muammolar va ularni hal etish yoʻllari

1.

Normativ-huquqiy tafovutlar

Turli davlatlarning migratsiyaga oid qonunlari oʻrtasidagi farqlar, xalqaro

shartnomalarning ratifikatsiya darajasi pastligi hamkorlik samaradorligini cheklaydi.

2.

Suverenitet va inson huquqlari muvozanati

Davlatlar oʻz suverenitetini saqlab qolgan holda, inson huquqlarini toʻliq himoya

qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqishda qiynalmoqda.

3.

Axborot almashinuvidagi toʻsiqlar

Texnologik, huquqiy va siyosiy toʻsiq

lar sababli tezkor va samarali axborot

almashinuvi toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligidir. Bu esa oʻz navbatida hamkorlikni samarali
amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillar boʻlib qolmoqda. Shulardan kelib chiqib biz

quyidagi yechimlarni taklif etamiz:

birinchidan, xalqaro huquqiy mexanizmlarni milliy qonunchilikka implementatsiya

qilish;

ikkinchidan, koʻp tomonlama kelishuvlar asosida hamkorlikni chuqurlashtirish;

uchinchidan, inson huquqlariga hurmat asosida xavfsizlikni ta’minlashga

yoʻnaltirilgan yonda

shuvni kuchaytirish.

Aytish joizki, Oʻzbekiston keyingi yillarda xalqaro migratsiya boshqaruvi sohasida

faol ishtirok etmoqda. 2020-

yilda IOM a’zoligiga kirganidan soʻng, milliy qonunchilikda

migratsiyaga oid muhim islohotlar amalga oshirildi. Shuningdek, MDH va Markaziy Osiyo

mintaqaviy formatlarida axborot almashinuvi va huquqiy yordam mexanizmlari yoʻlga
qoʻyildi. Xususan, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalasida Oʻzbekiston

Respublikasi xalqaro miqyosda bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda va turli davlatlar
hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Quyida ushbu

hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va misollari keltirilgan:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

290

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
a. Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM)

Oʻzbekiston 2008

-yi

lda Xalqaro migratsiya tashkilotiga (IOM) aʼzo boʻldi. Shundan

beri IOM bilan birga noqonuniy migratsiyani oldini olish va inson savdosiga qarshi

kurashish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda hamda migrantlar uchun huquqiy

yordam va ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqilmoqda.

b. BMT bilan hamkorlik

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) bilan

Oʻzbekiston inson savdosi, noqonuniy migratsiya va transmilliy jinoyatlarga qarshi
kurashish sohasida oʻzaro hamkorlik

qiladi.

2. Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik
a. MDH davlatlari bilan hamkorlik

Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa qoʻshni davlatlar bilan mehnat

migratsiyasini qonuniylashtirish va tartibga solish boʻyicha bitimlar mavjud.

Yuqoridagi tahlil shuni koʻrsatadiki, noqonuniy migratsiya bu muayyan

davlat

hududiga belgilangan tartiblarga zid ravishda kirish, unda noqonuniy ravishda yashash

yoki qonuniy talablarga muvofiq boʻlmagan holda mehnat

faoliyatini amalga oshirish

boʻlib, davlatlar noqonuniy migratsiyaning xalqaro doiradagi ijtimoiy xavfini anglagan
holda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishi va muvofiqlashtirilgan yondashuvni yoʻlga
qoʻyishi zarur. Zero, ushbu sohadagi muvaffaqiyatli faoliyat faqat yagonalashtirilgan

q

onunchilik, oʻzaro ishonch va doimiy axborot almashinuvi asosida amalga oshirilishi

mumkin. Shu sababli, davlatlar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada

chuqurlashtirish, milliy qonunchilikni xalqaro me’yorlarga moslashtirish orqali ushbu

global mu

ammoni hal qilish yoʻlida muhim qadamlar tashlashlari zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1. Баранник М.И. Криминологические и правовые проблемы борьбы с

незаконной миграцией. Владивостокский центр по изучению организованной
преступности. –

Владивосток, 2002. –

С.

2. Сумароков В.Н. Нелегальная миграция как угроза национальной

безопасности

российской

федерации:

понятие,

содержание,

причины

возникновения, направления противодействия //Transport Business in Russia., №1

2014.

С.

3. Эгамбердиев Б.И.: Ички ишлар органларининг миграция жараёнларига доир

фаолиятини такомиллаштириш. Авто. дисс. … юридик фанлар бўйича фалсафа
доктори (Doctor of Philosophy). Тошкент, 2021.

4. М. А. Макаров. Организация незаконной миграция. Магистерская

диссертация,

Красноярск, 2021.

5. Sh. A.Joʻrayev. Migratsiya sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati

va uni takomillashtirsh masalalari.

Библиографические ссылки

Баранник М.И. Криминологические и правовые проблемы борьбы с незаконной миграцией. Владивостокский центр по изучению организованной преступности. – Владивосток, 2002. – С.

Сумароков В.Н. Нелегальная миграция как угроза национальной безопасности российской федерации: понятие, содержание, причины возникновения, направления противодействия //Transport Business in Russia., №1 2014. – С.

Эгамбердиев Б.И.: Ички ишлар органларининг миграция жараёнларига доир фаолиятини такомиллаштириш. Авто. дисс. … юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (Doctor of Philosophy). Тошкент, 2021.

М. А. Макаров. Организация незаконной миграция. Магистерская диссертация, Красноярск, 2021.

Sh. A.Joʻrayev. Migratsiya sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati va uni takomillashtirsh masalalari.