Авторы

  • Жасурбек Солижонов
    Докторант, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4-pp242-251

Ключевые слова:

логическое мышление философия медиаграмотность информационная культура критическое мышление интеграция педагогическая компетенция культура мышления информационный анализ современное образование

Аннотация

Логическое мышление является важным компонентом, способствующим развитию у будущего педагога навыков самостоятельного мышления, критического подхода и принятия обоснованных решений. Философские знания помогают глубже понять слои человеческого мышления, а медиаграмотность учит критическому анализу и осмыслению информации в условиях современного информационного потока. Сочетание этих дисциплин способствует формированию у будущих педагогов навыков четкого, обоснованного и структурированного мышления в информационной среде. В статье анализируются вопросы формирования и развития логического мышления у будущих педагогов на основе интеграции дисциплин «Философия» и «Медиаграмотность и информационная культура», а также раскрываются теоретические основы, дидактические средства и практические методы интеграционного подхода.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The content for developing logical thinking in future

teachers through the collaboration of "Philosophy" and

"Media Literacy and Information Culture" courses

Jasurbek SOLIJONOV

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

15 July 2024

Accepted 15 July 2024

Available online

25 August 2024

Logical thinking is a crucial factor in developing a teacher's

independent reasoning, critical approach, and ability to make

well-founded decisions. While philosophical knowledge serves

to explore the deep layers of human cognition, media literacy

teaches critical analysis and thinking in the modern information

flow. As a result of the synergy between these disciplines, future

educators will acquire the skills to think clearly, thoroughly, and

substantively in the contemporary information environment.

This article analyzes the formation and development of logical

thinking in future teachers based on the integration of the

subjects "Philosophy" and "Media Literacy and Information

Culture." It also elucidates the theoretical foundations, didactic

tools, and practical methods of the integrative approach.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss4-pp242-251

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

logical thinking,

philosophy,

media literacy,

information culture,

critical thinking,

integration,

pedagogical competence,

thinking culture,

information analysis,

modern education.

“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”

fanlari hamkorligi asosida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy

tafakkurni rivojlantirish mazmuni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mantiqiy tafakkur,

falsafa,

mediasavodxonlik,

axborot madaniyati,

tanqidiy fikrlash,

integratsiya,

pedagogik kompetensiya,

tafakkur madaniyati,

axborot tahlili,

zamonaviy ta’lim.

Mantiqiy tafakkur

bu o

qituvchining mustaqil fikrlashi,

tanqidiy yondashuvi va asoslangan qaror qabul qilish

qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim omildir. Falsafiy bilimlar

inson tafakkurining chuqur qatlamlarini o

rganishga xizmat

qilsa, mediasavodxonlik esa zamonaviy axborot oqimida

tanqidiy tahlil va tafakkur yuritishni o

rgatadi. Ushbu fanlar

uyg

unligi natijasida bo

lajak pedagoglar zamonaviy axborot

muhitida aniq, puxta va asosli fikr yurita olish ko

nikmalariga

ega

bo

ladilar.

Mazkur

maqolada

Falsafa

hamda

1

PhD Student, Fergana State University. E-mail: jasursolijonov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

243

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

fanlari integratsiyasi

asosida

bo

lajak

pedagoglarda

mantiqiy

tafakkurni

shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinib,

integratsion yondashuvning nazariy asoslari, didaktik vositalari

va amaliy metodlari yoritilgan.

Содержание развития логического мышления у
будущих педагогов на основе интеграции дисциплин
«Философия» и «Медиаграмотность и информационная

культура»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

логическое мышление,
философия,
медиаграмотность,

информационная
культура,

критическое мышление,

интеграция,
педагогическая
компетенция,

культура мышления,
информационный анализ,
современное образование.

Логическое мышление является важным компонентом,

способствующим развитию у будущего педагога навыков

самостоятельного мышления, критического подхода и
принятия обоснованных решений. Философские знания

помогают глубже понять слои человеческого мышления,

а медиаграмотность учит критическому анализу и

осмыслению информации в условиях современного

информационного потока. Сочетание этих дисциплин
способствует формированию у будущих педагогов навыков

четкого, обоснованного и структурированного мышления в

информационной среде. В статье анализируются вопросы

формирования и развития логического мышления у
будущих педагогов на основе интеграции дисциплин

«Философия» и «Медиаграмотность и информационная

культура», а также раскрываются теоретические основы,

дидактические

средства

и

практические

методы

интеграционного подхода.


KIRISH.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish

maqsadga yo‘naltirilgan, texnologik va metodik jihatdan ta’minlangan

jarayon

bo‘lib, jadallashtirish va identifikatsiyalash bosqichlarini davomiy amalga

oshirish orqali tavsiflanadi.

Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish sof texnik masala bo‘lib qolmasdan, balki buning

uchun ta’limning ilmiy

-metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarini tizimli yondashuv

asosida ishga solish talab etiladi.

Fikrimizcha, bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni oliy pedagogik ta’limda

falsafiy bilimlar, matematik mantiqqa doir bilimlar hamda axborotlar bilan ishlash

ko‘nikmalari asosda rivojlantirilad

i.

“Falsafa” fani asosida talabalarda falsafiy dunyoqarash bilan birga mantiqiy

tafakkur, tahliliy fikr yuritish madaniyatini shakllantirish va shu asosida mantiqiy

tafakkurini yuksaltirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga mantiqiy tafakkurni

rivojlantirishda axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish ham juda muhim
hisoblanadi. Axborot madaniyati talabalarning mantiqiy tafakkurini ham rivojlanishiga

asos bo‘ladi. Buning uchun esa, oliy pedagogik ta’limda majburiy fan sifatida o‘tiladigan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

244

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga
yo‘naltirish o‘qitish, axborot madaniyatini mantiqiy dalillashga yo‘naltirish asosida

tashkil qilish juda muhim hisoblanadi.

ASOSIY QISM

Oliy o‘quv yurtlari ta’lim tizimida falsafiy bilimlarni, xususan, “Falsafa” o‘quv fanini

o‘zlashtirishda talabalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning o‘ziga xos shart

-

sharoitlari va talablari mavjud. Falsafa” o‘quv fanini o‘zlashtirish asnosida talabalarning

mantiqiy tafakk

urini rivojlantirish ta’limning bir qator shakllaridan foydalanilgan holda

amalga oshiriladi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish jarayoniga “Falsafa”

o‘quv fanini o‘qitish asnosida tizimli yondashuvning ham o‘ziga xos jihatlari

mavjud.

“Falsafa” o‘quv fanini o‘qitish asnosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish yo‘llarini

aniqlab olish lozim.

Talaba “Falsafa” o‘quv fanini o‘zlashtirishda quyidagi ko‘nikma va malakalarga

(o‘quv fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan) ega bo‘lish kerak:

1)

ma’lumot bilan mustaqil ishlash: asosiy holatlarni aniq, muntazam konspekt va

chizma shaklida qayd etish; o‘quv topshiriq

-vazifalarini yech

ish uchun zarur bo‘lgan

axborotlarni topish, tanishish, tushunish, tanqidiy baholash, yig‘ish va ularni loyiha, esse,
hisobot ko‘rinishda taqdim etish; qo‘yilgan talablar asosida ilmiy matnini (maqola,
ma’ruza, tezis) yaratish;

2) taqdim etish malakalari:

o‘quv topshirig‘ini bajarish natijalari haqida so‘zlayotib

o‘zini dadil tutishi, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi;

3)

o‘qituvchi va talaba hamkorligi: talabaning o‘z nuqtai nazarini himoya qilishi,

suhbatga kirisha olishi, savol javoblarni, bahs-munozara qoidalariga rioya etishi,

tortishuvlarda o‘z qarashlarini asoslay bilish;

4)

guruhda o‘zaro harakatga tayyorligi va qodirligi –

o‘quv topshirig‘ini

hamkorlikda bajarishga, jamoa bo‘lib ishlashga, vazifani yechishda jamoaviy muloqot,
o‘zaro haraka

t, bir-

biriga yordam va o‘zaro baholashda namoyon bo‘ladigan hamkorlikda

ishlash malakalarini egallash;

5) muammoli vaziyatlarda faol ishtirok etish

ta’limiy muammoli vazifalarni tahlil

qilish, o‘quv topshirig‘ini yechishning murakkab yo‘llarini topish, g‘oyalar yaratish va

xulosalarni chiqarish;

6)

axborotni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash borasida zamonaviy axborot

texnologiyalaridan foydalana olish.

Ta’lim jarayonida talabalarga isbotlab bo‘lingan, aniqlangan va bu bilimlarni hali

inson tahlil qilish

i va chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi.

“Falsafa” o‘quv fanini bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy tafakkurini

rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda o‘qitishda ta’lim texnologiyasi jamiyatning
demokratlashuvi sharoitida ta’lim berishnining dolzarbligi asoslanadi, o‘quv fani bo‘yicha
ta’lim texnologiyasi tuzilmasi bayon etiladi, ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari,
loyihalangan ta’lim berish texnologiyasi qisqacha ta’riflanadi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda “Falsafa” fani asosida mantiqiy tafakkurni rivoj

lantirishda

quyidagi mavzuloar metodologik asos bo‘lib hizmat qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

245

2.1-rasm

“Falsafa” fanining taqvim mavzu rejasi

Mavzular

Maqsadi va vazifalari

1.

Falsafaning mohiyati va

jamiyat taraqqiyotidagi

roli

Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Falsafaning predmeti

va asosiy masalalari. Falsafiy bilimning strukturasi. Falsafaning asosiy
funksiyalari. Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati yoki amaliy falsafa

o‘rgatiladi.

2.

Sharq falsafasining

mohiyati va ijtimoiy

taraqqiyotdagi roli

Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi, rivojlanishining

umumiy qonuniyatlari va farqlari

o‘rgatiladi

.

3.

G‘arb falsafasining

ustuvor yo

nalishlari va

ularning fan

taraqqiyotiga ta’siri

Qadimgi Yunon falsafa maktablarining fa

n taraqqiyotiga ta’siri.

Ilk O‘rta asrlarda Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishining asosiy
shakllari, Uyg‘onish davri Yevropa falsafasida panteizm, antroposentrizm

va dialektikaning rivojlantirilishi, IX

–XX asr G‘arb falsafasining mohiyati

va uning sh

axslararo munosabatlarga ta’siri. XXI asr G‘

arb falsafasining

yo‘nalishlari o‘rgatiladi.

4.

Borliq falsafasi

(Ontologiya)

Borliq tushunchasining mohiyatiga oid falsafiy va tabiiy ilmiy

konsepsiyalar. Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Sof borliq g‘oyasi. Falsafa

tarixida borliq haqidagi qarashlar dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi

o‘rgatiladi.

5.

Rivojlanish falsafasi

Borliqda narsa va hodisalarning paydo bo’lishi, shakllanishi,

o‘zgarishi, rivojlanishi va taraqqiyotining o‘zaro aloqadorl

igi. Rivojlanish

qonunlarining mohiyati,

ularning tabiiy va ijtimoiy jarayonlardagi o

rni.

6.

Bilish falsafasi

Bilish jarayonining mohiyati va mezonlari. Bilish va bilimga oid

yondashuvlar tasnifi: sensualizm, empirizm, ratsionalizm, otpimizm,

skeptitsizm va agnostitsizm

g‘oyalari tushuntirib beriladi.

7.

Mantiq

Mantiqning mohiyati. Formal, noformal, dialektik, matematik

mantiqning o

zaro aloqasi. Mantiqiy semantikaning fikr ravonligini

ta

minlashdagi roli. Mantiq va ritorika, til va mantiq dialektikasi. Tafakkur

qonunlari va shakllari. Tafakkur va til mutanosibligi. Tushuncha tafakkur
shakli. Tushunchaning turlari va ular orasidagi aloqalar. Hukmning

mohiyati va qoidalari. Bo‘linishning mohiyati, turlari va qoidalari. Oddiy

hukmlarning turlari va tarkibi. Qat`iy hukmlarning tasnifi. Murakkab

hukmlar. Deduktiv xulosa chiqarishning fikr ravonligini ta’minlashdagi
roli. Bo‘linuvchi kategorik xulosa, shartli ajratuvchi xulosa. Sillogizm

nazariyasi. Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizm. Induktiv

xulosa. Ommabop induksiya. Ilmiy induksiya. Analogiya bo‘yicha xulosa.

Analogiya turlari. Argumentatsiya (mantiqiy asoslar)ning tarkibi,

sub’yektlari, tuzilishi. Bahslashish usullari, asoslash va tanqid qilish.

Isbotlash va rad qilishda dali

llarning o‘rni. Tanqidiy tafakkurning

mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Gipotezaning mohiyati, turlari,

gipotezani tekshirish. Savollar va javoblar mantig‘i. Savollar va javoblar

turlari.

8.

Jamiyat falsafasi

Jamiyat tushunchasining mohiyati va uning rivojlanish bosqichlari.

Jamiyatning paydo bo‘lishiga oid qarashlar dinamikasi. Jamiyat

rivojlanishining iqtisodiy asoslari, mulk, moddiy ishlab chiqarishning

mohiyati.

9.

Tarix falsafasi,

sivilizatsiya va

madaniyat

Tarix falsafasining tuzilishi, funksiyalari va tarixiy jarayon mazmunini

belgilashga oid yondashuvlar. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari.
Sivilizatsiya va madaniyat mutanosibligi. Madaniyat tushunchasi, uning

tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari.

10.

Inson falsafasi (Falsafiy

antropologiya)

Falsafada insonning mohiyatiga oid qarashlar tasnifi. Insonni

tushunishga dualizm, monizm va fan nuqtai-nazaridan yondashuv.

Insonning ko’p o’lchovligi. Insonning bioijtimoiy, madaniy mohiyati.

Rassionarlik, subpassionarlik va muvofiq odamlar nazariyasining
mohiyati.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

246

11.

Qadriyatlar falsafasi

Qadriyat tushunchasining ma’nosi va uning umumiy tasnifi. Qadriyat

kategoriyasining mazmuni. Qadriyatlarning turlari: moddiy va ma’naviy,

umuminsoniy, milliy, shaxsiy, axloqiy qadriyatlar. Jamiyat va inson

hayotidaqadriyatlarning roli.

12.

Etika

Etikaning mohiyati va ahamiyati. Zamonaviy axloqning asosiy

sohalari: metaetika, normal etika, amaliy etika. Etikaning asosiy
kategoriyalari. Etikada ijtimoiy adolat tamoyili. Ixtiyor erkinligi va axloqiy
tanl

ov. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining axloqiy qarashlari.

13.

Estetika

Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Estetik ong va uning

strukturasi. Estetikaning asosiy kategoriyalari: ulug’vorlik, tubanlik,
fojiaviylik, kulgililik, moʻjizaviylik, xayoliyli

k va qiziqarlilik. Sharq va

G‘arb mutafakkirlarining estetik qarashlari.

14.

Global jarayonlar va
barqaror taraqqiyot

falsafasi

Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining

mohiyati.

Global

jarayonlarning

shakllanish

tarixi.

Global

muammolarning mezonlari va darajalari. Globallashuvning fundamental
asoslari va xususiy jihatlari. Global muammolarning tasnifi

15. Korrupsiyaning mohiyati,

oqibatlari va unga qarshi

kurash mexanizmlari

Korrupsiyatushunchasiningmohiyati,

tarixiyildizlarivajamiyatdanamoyonbo

lishigaoidqarashlartasnifi.

Bo‘lajak

o‘qituvchilarda

mantiqiy

tafakkurini

rivojlantirish

uchun

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini axborot kompetentligini rivojlantirish,
axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish va axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
media vositalar asosida takomillshatirishga yo‘naltirilgan metodik asoslarini yaratish

asosida amalga oshirilishi mumkin.

Oliy pedagogik ta’limda “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani majburi

y

fan sifatida o‘tiladi va u talabalarda axborotlar bilan ishlash, informatsion kbilim va
ko‘nikmalarni shaklantirish bilan birga axborot madaniyatini ham rivojlantirishga ham

hizmat qiladi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarga “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”

fanini

o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad

-talabalarga bugungi kundagi zamonaviy

mediasavodxonlik, internet va ijtimoiy tarmoq, inson hayotining ajralmas qismi
hisoblanadi. Birinchi toifa shaxslar, internet va media olamning ijobiy jihatidan unumli
foydalanib, Internet va axborot texnologiyalari jamiyat taraqqiyotiga samarali hissa

qo‘shadi deb hisoblaydi. Ikkinchi toifa esa, axborot va ijtimoiy tarmoqlardan turli yolg‘on
va tahdid kabi axborot tarqatishda foydalanib, maishiy masalalar doirasida o‘ralashi

b

qolganlardir. Jumladan, XX asrda hali internet rivojlanmagan vaqtda axborot taqchilligi

mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda jamiyatda esa axborot oqimi ko‘paygani tufayli,

ilmiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash talab etuvchi axborotdan qochish yuzaga keldi. Global
axborot zamonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy
tafakkurni shakllantirishni talab etadi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarga “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini

o‘qitishning vazifasi: ommaviy axborot vositalari va media zamonga xos: “raqamli”,
“komp’yuter”, “vizual”, “texnologik”, “kommunikasion”, “media”, “axborot”, “ommaviy
madaniyat” va “texnokratiya” kabi tushunchalarni talaba

-yoshlarga mazmuni, maqsad va

vazifalarini anglagan xolda foydalanish madaniyatini shakllantiradi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarga “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini

o‘qishnatijasida:

ma’lumot,

muloqot tushunchasi, rivoji va tarixiyligi;

media va axborot madaniyati savodxonligining asosiy elementlarini belgilash;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

247

axborot manbalari va ehtiyojlarini aniqlash;

mediasavodxonlik va axborot madaniyatini baholash;

axborot (matn)ni tahlil qilish savodxonligini oshirish;

axborot

xuruji,

tahdid

va

shunga

o‘xshash

xavfsizlikka

qarshi

mediasavodxonlikka oid ma’naviy

-madaniy immunitetni shakllantirish;

yoshlarda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda qaramlik hissi bilan

emas, balki o‘qib

-

o‘rganishni maqsad qilish lozim;

kelgusi faoliyatda mediasavodxonlik va axborot madaniyatini pedagogik

faoliyatida qo‘llash

usullarini aniqlash;

milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani asosida

mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda quyidagi mavzuloar metodologik asos

bo‘lib hizmat

qiladi.

Mantiqiy tafakurni rivojlantirish uchun tavsiya etilgan o‘quv mazmuni va ularni

o‘rganish uchun taqsimlangan soatlar miqdori tahlili shuni ko‘rsatadiki, agarda ularning

o‘qitilish ketma

-ketligi va mavzularga ajratilgan soat hajmiga et

ibor qaratadigan bo‘lsak,

bunday holatda ikki xil yondashuv kelib chiqadi: ta’lim mazmuni, hajmi va uning vaqt

taqsimotiga mos o‘qitishning metodikasini taklif etish yoki o‘quv mazmuni va ularga

ajratilgan vaqt taqsimotini kengaytirish orqali o‘qitish meto

dikasini ishlab chiqish. Agar

birinchi yondashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, tabiiyki, mantiq tafakkurni rivojlantirishga

kirish mazmuniga, ma’ruza va amaliy darslariga 2 soatdan ajratilgan, shuning uchun

mantiq elementlarini barcha mavzularda asosiy vosita s

ifatida qo‘llab o‘qitish maqsadga

muvofiq xisoblanadi.

Tadqiqot mantig‘iga asosan shuni qayd etish lozimki, agar “Falsafa” va

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlarini o‘zlashtirish maqsadli, aniq

ilmiy mezonlar asosida, fanning mazmuni to‘la qamrab olingan va ta’limiy

-tashkiliy

jihatdan yetarli darajada ta’minlangan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy

tafakkurini rivojlanishida yetarli samaraga erishiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda mantiqiy

tafakkurini rivojlantirishning asosiy ob’ekti

sifatida “Falsafa” va “Mediasavodxonlik va

axborot madaniyati” o‘quv fanlari tanlangani sababi shundaki, falsafiy va matematik

bilimlar asosida shakllantirish mumkin bo‘lgan erkin fikrlash, qaram bo‘lmagan mantiqiy

tafakkurni rivojlantirishning nazariy as

os va amaliy ko‘nikmalari ushbu fan doirasida

o‘rganiladi. Shu fan asoslarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lajak o‘qituvchi har qanday muammoli

vaziyatda ham mustaqil qaror qabul qilish, to‘g‘ri yo‘l tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu

bois biz aynan shu fan a

sosida bo‘lajak o‘qituvchilarni mantiqiy tafakkurga o‘rgatish

borasidagi qarashlar tizimini takomillashtirishni asosiy maqsad qilib oldik.

“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari oliy ta’lim

muassasasi talabalarida ta’lim

-tarbi

yaning pedagogik maqsadlarini to‘g‘ri shakllantirish

ko‘nikmasini qaror topdirishga xizmat qiladi. Buning uchun ushbu fandagi asosiy ilmiy

yondashuvlar talabalarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish yo‘lida quyidagi

maqsadlarni belgilash samaral

i bo‘lishini ko‘rsatadi: tarbiyaviy maqsad –

bo‘lajak

mutaxassis shaxsini har tomonlama va garmonik rivojlantirish; ta’limiy maqsad

“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari mazmunining to‘la

o‘zlashtirilishini ta’minlash, har bir mavzu va mashg‘ulotning o‘z vaqtida o‘zlashtirib

borilishiga erishish; rivojlantiruvchi maqsad

mazkur fanlarda o‘zlashtirilgan bilimlar

orqali o‘zlarida nostandart vaziyatlarda ham qo‘l keladigan fikriy yechimlarni mustaqil

ravishda topa bilish qobiliyatini shakllantirish kabilardan iboratdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

248

Muammoga

oid

qarashlar

bo‘lajak

o‘qituvchilarning

“Falsafa”

va

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari asosida mantiqiy tafakkurini

rivojlantirish jarayoni ta’minotining quyidagi komponentlarini aj

ratish imkonini berdi:

1) motivatsiyali; 2) kognitiv-axborotli; 3) operatsion-faoliyatli; 4) hissiy-irodaviy;

5) baholashli-refleksiv.

“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari mazmunini

o‘zlashtirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish to‘rt

bosqichli jarayon sifatida amalga oshiriladi:

1. Umumiy nazariy tasavvurni shakllantirish bosqichi mazkur bosqichda

talabalarga mustaqil fikrlash madaniyati va uning xulq-

atvorida namoyon bo‘lish

shakllari haqida nazariy bilimlar beriladi.

2.

O‘quv fanlarining materiallari asosida bo‘lajak mutaxassislarga mantiqiy

tafakkurga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan bog‘liq vazifalar amalga

oshiriladi.

3.

O‘qitish jarayonida barcha fanlarga oid ma’lumotlarni berish, darsda va darsdan

tashqari mashg‘ulotlarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

4. Talabalar shaxsiyati darajasi mantiqiy tafakkurni rivojlantirish har bir

talabaning extiyojlariga aylanishi o‘zining aqliy faoliyatida undan foydalana olishida

namoyon bo‘ladi.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida tayyorlangan mutaxassislar faqat kasbiy

tayyorgarlik va ilmiy dunyoqar

ashga ega bo‘libgina qolmasdan, balki olgan bilimlarini

uzluksiz takomillashtirib, amaliyotda oqilona qo‘llay bilish ko‘nikmalarini ham egallashlari

lozim. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlar shunday ta’lim

muhitida yaratiladi. Professor F.R. Yuzlikaev fikricha, xilma-xil mazmun, shakl va turdagi

o‘quv materialini tanlash va undan foydalanish; talabalarga o‘quv vazifalarini bajarish

usullarini tanlashda mustaqillik berish; individual va jamoaviy faoliyatda noan’anaviy

shakllardan f

oydalanish, o‘quv ishining individual usullarini tahlil qilish va baholashga

o‘qituvchining doimiy e’tibor berishi, tadqiqiy (izlanish) fikrini modellashtiradigan

individual (yakka tartibli) o‘qitish dasturlaridan foydalanish, mashg‘ulotlarni dialog,

imitatsiyali-

rolli o‘yinlar, treninglar asosida tashkil etish, hamda ularni o‘tkazish uchun

o‘qituvchining maxsus tayyorgarlik ko‘rishini o‘z ichiga oladi [1]. “Falsafa” va

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirish asnosida

talabalar mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda shularga asoslanish mumkin.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning muhim shartlaridan

biri o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlashdir. O‘qitish metodlari muammosi holatini tahlil

qilish

hozirgi zamon pedagogik amaliyotida o‘qitish metodlarining yagona tasnifi haqida

xulosaga kelishni taqozo qiladi.

“Falsafa” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” o‘quv fanlari o‘qitish

metodikasiga doir adabiyotlarning tahlili shuni

ko‘rsatadiki, talabalarda bilimlarni

o‘zlashtirish, bilish va amaliy faoliyat ongli qabul qilish va xotirlab qolish; bilimlar va

faoliyat usullarini namuna bo‘yicha yoki o‘xshash vaziyatda qo‘llash shaklida amalga

oshiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda manti

qiy tafakkurni rivojlanishi, hozirgi pedagogik

amaliyotda ro‘y berayotganidek, faqat dastlabki ikki darajasida emas, balki barcha

darajalarda ta’minlanishi lozim.

Fanlararo hamkorlik asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini

rivojlanganlik daraj

asi quyidaga mezonlar (past, o‘rta, yuqori) asosida aniqlanildi. Ushbu

mezonlarni quyidagi jadvalda keltirib o‘tamiz. (2.2

-rasm).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

249

2.2-rasm

Darajalar

Darajalar bo‘yicha tavsiflar

1

Past daraja

Past daraja

talabalarda mantiqiy fikrlashning pastligi, tafakkur sayozligi va

chuqur mantiqiy mulohazalarga asoslanmaganligini anglatadi

2

O‘rta daraja

O‘rta darajadagi tavsif –

talabalarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining qisman

shakllanganligi, murakkab bo‘lmagan mantiqiy keyslarga erkin yondashi

sh va

mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllanganligi.

3

Yuqori daraja

Yuqori darajadagi tavsif

talabalarda mantiqiy fikrlash madaniyatining yuqori

darajada rivojlanganligi, erkin fikrash, mantiqiy yondashuv, fikrlashda qaram bo‘lib

qolmaslik, mantiqiy tafakkur qonunlari asosida fikr yuritish ko‘nikmasining yuqori

darajada shakllanagnligini anglatadi.

Ushbu mezonlar asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini

rivojlanganlik holatini aniqlashga yordam beradi.

“Falsafa” o‘quv fanini o‘qitishda bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini

rivojlantirish tamoyillariga amal qilish ko‘zlangan maqsad

ga muvofiqdir. Buning uchun

o‘quv mashg‘ulotining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini amalga

oshirishda fikrlash samaradorligiga erishish taqozo etiladi.

2.3-rasm

Bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish

jarayonining tarkibiy qismlari

Mantiqiy fikrlash shakllari bo‘yicha masalalarni tasniflash asosiy fikr tizimini

ajratish, ularni mashq qildirish va refleksga aylantirish imkonini beradi. Turg‘un

fikrlashning (tushuncha, muhokama, xulosa chiqarish) mavjudligi va mantiqiyligi (tahlil,

sintez, abstraktlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash va hk.)ni, shuningdek,

ular asosida yotgan qonun-qoidalarni egallash mustaqil fikrlash rivojlanganligidan

dalolat beradi. Amaliyot davrida talabalar buni anglashlari uchun bu mantiqiy jarayon

to‘la amalga oshiriladigan yoki integrativ qo‘llanadigan o‘quv materiallaridan na

munalar

keltirish zarur.

Mantiqiy tafakkurni reproduktiv, izlanishli, muammoli-rolli va ijodiy turlarga

ajratishga qodir darajada rivojlantirish uchun masalalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.

Ta’lim sub’ekti uchun bitta masalaning o‘zi har o‘quv

bosqichida turli darajadagi

murakkablikda kelishi mumkin.

Vazifalar

Vazifalarni belgilash tamoyili

O‘quv mazmuni

Mantiqiy fikrlash

Mantiqiy tafakkur

Fanlararo hamkorlik asosida

bo‘lajak bo‘lajak pedagoglarning

mantiqiy tafakkurini

rivojlantirish

1-Reproduktiv

(Qayta

tiklovchi)

2-Izlanishli

(1-2-darajali

murakkablikdag

i)

3-Muammoli-

rolli

(3-darajali

murakkablikdagi

)

4-Kreativ

(4-darajali

murakkablikdagi)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

250

Retseptiv masalalar jumlasiga: olingan bilimlarni yodda saqlab qolish; berilgan

algoritmli muammolarni yechish; testlarni o‘rganish va birbirini baholash kabilar kiradi.

Mutaxassislar tomonidan izlanishli masalalarning to‘rt turi ko‘rsatib o‘tilgan:

1-darajali murakkablikdagi qisman izlanishli masalalarga quyidagilar kiradi:

dalillarni aniqlash, ularni sanab tavsiflash; tahlil va sintez usullarini sanash va tavsiflash;

qiyoslash va farqlash, taqqoslash va ajratish, taqsimot masalalarini juftlikda yechish,

tarixiy hodisalarni ijtimoiy va kasbiy muhim voqealardan ajratish;

2-darajali murakkablikdagi izlanishli masalalar quyidagilardan iborat: dalillarning

o‘zaro munosabatlarini (sabab, oqibat, ta’sir, fidoyilik va hk.) belgilash, aniqlashtirish va

umumlashtir

ish; ko‘chirish (translyatsiya, transformatsiya); bayon qilish, savol qo‘yish,

masala topshiriqlarni ifodalash; tanlov va hk;

3-daraja muammoli-rolli masalalar amaliy tadbiq qilish; muammoli masalalarni hal

etish; muammoni shaxsiy kuzatuv asosida isbotlash, asoslash va tekshirish; baholash;

samarali yechim topishda tarixiy tajriba va ijtimoiy-

madaniy yo‘nalganlikni hisobga olish;

bitta voqea-hodisaga turlicha qarashlarni qiyoslash; ilmiy matnning mavjud shakllarini

tuzishlardan iborat;

4-darajali masalalar ijodiy izlanishli va muammoli-rolli induksiya, deduksiya,

hisobot va ma’ruza yozish, mustaqil ishlar, empirik ma’lumotlar va fenomenlarning

axloqiy muammoni hal etish xususiyatlari. Muammoli masalalarni hal etishda, murakkab

munozarali vaziyatlarning intuitiv yechimini izlashda, ochiq strukturali murakkab

muammolar mohiyatiga yetishda foydalanish, murakkab muammolarning guruhli

yechimi, muammolarni birga hal etish jarayonida muloqot qilish usullarini tanlash,

shunga doir bo‘lajak kasbiy faoliyat muammolarini hal etishni o‘z ichiga oladi[2].

Murakkablik darajasiga ko‘ra bir necha bosqichga bo‘lib o‘rganiladigan masalalar, shu

bilan birga, yondashuv tamoyiliga ko‘ra hal etilish imkoniga ham ega.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda quyidagi yondashuvlar

alohida ahamiyat kasb etadi:

tarixiylik yondashuvi masalalarni tarixiy bilimlardan foydalanib yechishni talab

qiladi. Bu ijodiy fikrlash va ilmiy dunyoqarash shakllanishiga, har xil nuqtai nazarlarni

hisobga olishga, sabab-oqibat

bog‘lanishlarini aniqlashga yordam beradi. Ba’zi dalillar

ta’lim jarayoniga qiziqarlilik elementini olib kirishi mumkinki, bu ham mantiqiy

tafakkurni rivojlanishiga yordam berish; fanlarning ichki aloqalarini amalga oshirish

yondashuvi ma’lum fanni o‘rganish bosqichlarida uning turli bo‘limlari orasidagi zaruriy

aloqalarni aniqlashga xizmat qiladi. Bunda, bir tomondan, talabalar o‘qitishning ma’lum

bosqichida yechiladigan masaladan qachon va qayerda foydalanishni hisobga olishlari,

ikkinchi tomondan, yangi

masalani yechishda ilgari o‘rganilgan qaysi materialga tayanish

mumkinligini bilishlari talab etish;

fanlararo aloqani amalga oshirish yondashuvi turli o‘quv fanlariga bilish faoliyati

aspektida qarash va shu asosda yaxlit muammoni keltirib chiqarishni ta’

minlaydi. Bu esa,

pirovard natijada, mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga jiddiy ta’sir etish;

kasbiy yo‘nalganlik yondashuvidan mantiqiy tafakkurni rivojlantirish jarayonida

foydalanishdan maqsad bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatining ma’lum sifatlarini

rivojl

antirishga yo‘naltirish;mustaqil bilim olish yondashuvi talabani maqsadga yo‘nalgan

bilish faoliyatini ta’minlaydi. Mazkur tamoyil tufayli amalga oshadigan qo‘yilgan

masalaning yechimini izlash, maqsadini aniqlash, mustaqil xulosalar chiqarishga intilish,

fan-texnika, madaniyatning turli sohalarida, siyosiy hayot va boshqa jabhalarda izchil

bilim olish kabilar mustaqil fikrlash madaniyati rivojlantirish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

4 (2024) / ISSN 2181-1415

251

madaniyatga muvofiqlik yondashuviga ko‘ra vazifalarni hozirgi zamon

madaniyatiga murojaat qilmasdan turib yechish imkonsiz. Bu murojaatda aniq sharoit,
joy, vaqt muvofiqligini hisobga olish.

Xulosa qilganda, o‘z tadqiqotimiz oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib

chiqqan holda biz mantiqiy tafakkur shaxsda mahsuldor va mantiqiy asosga ega holda,
har bir

hayotiy vaziyatning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan

intellektual faoliyat, degan xulosaga keldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Эrgashev

D. Gumanizatsiya professionalnoy podgotovki uchitelya truda: Diss. ...

kand. ped. nauk.

Toshkent, 1994.

132 s.

2.

Tulenov J. Qadryatlar falsafasi.

Toshkent:

O‘zbekiston,

1998.

236 b.

3.

Solijonov J. BO ‘LAJAK PEDAGOGLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI

RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI //Farg'ona davlat universiteti.

2025.

№.

1.

С. 11

-11.

4.

Solijonov J. THE PROBLEM OF DEVELOPING LOGICAL THINKING IN FUTURE

TEACHERS BASED ON INTERDISCIPLINARY COOPERATION AND ITS ANALYSIS
//

Развитие

педагогических

технологий

в

современных

науках

.

2025.

Т

. 4.

№.

1.

С. 30

-35.

5.

Jones A. et al

. Developing students’ futures thinking in science education

//Research in Science Education.

2012.

Т

. 42.

С

. 687-708.

6.

Saidqulovich S. B., Valeriy o‘g‘li S. J. PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE OF

DEVELOPING

LOGICAL

THINKING

IN

FUTURE

EDUCATORS

THROUGH

INTERDISCIPLINARY COOPERATION //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN.

2023.

Т

. 6.

№. 4. –

С

. 106-112.

7.

Orinova

N. M. BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI //Academic research in
educational sciences.

2021.

Т

. 2.

№.

9.

С. 394

-399.

8.

Wibowo A. M. et al. Critical thinking and collaboration skills on environmental

awareness in project-based science learning //Jurnal Pendidikan IPA Indonesia.

2024.

Т

. 13.

№.

1.

Библиографические ссылки

Эrgashev D. Gumanizatsiya professionalnoy podgotovki uchitelya truda: Diss. ... kand. ped. nauk. – Toshkent, 1994. – 132 s.

Tulenov J. Qadryatlar falsafasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. –236 b.

Solijonov J. BO ‘LAJAK PEDAGOGLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI //Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 11-11.

Solijonov J. THE PROBLEM OF DEVELOPING LOGICAL THINKING IN FUTURE TEACHERS BASED ON INTERDISCIPLINARY COOPERATION AND ITS ANALYSIS //Развитие педагогических технологий в современных науках. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 30-35.

Jones A. et al. Developing students’ futures thinking in science education //Research in Science Education. – 2012. – Т. 42. – С. 687-708.

Saidqulovich S. B., Valeriy o‘g‘li S. J. PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING LOGICAL THINKING IN FUTURE EDUCATORS THROUGH INTERDISCIPLINARY COOPERATION //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т. 6. – №. 4. – С. 106-112.

Orinova N. M. BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 9. – С. 394-399.

Wibowo A. M. et al. Critical thinking and collaboration skills on environmental awareness in project-based science learning //Jurnal Pendidikan IPA Indonesia. – 2024. – Т. 13. – №. 1.