Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Forms and psychophysiological characteristics of stuttering
progression in children with speech impediments
Mushtariy ISAEVA
1
Alfraganus university
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article explains the relationship between speech breathing
complexity and autonomic reactions in stuttering children
attending preschool educational institutions. The study analyzes
the clinical manifestations of stuttering, including div
movements, logophobia, use of filler words, heart rate changes,
sweating, and facial color changes. Additionally, it discusses the
impact of speech breathing imbalance on the autonomic system,
children's emotional state, mental equilibrium, and attitude
towards communication. The article emphasizes the necessity of a
unified comprehensive approach to stuttering children based on
logopedic, psychological, and neurological foundations.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp243-247
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Stuttering,
speech breathing,
vegetative reaction,
logophobia,
embolism,
psychological-pedagogical
approach,
clinical symptoms,
speech disorder,
communication restriction,
emotional stress,
children's speech therapy,
nervous system,
nervousness,
therapy.
Duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishning kechish
shakllari va psixofiziologik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
duduqlanish,
nutqiy nafas,
vegetativ reaksiya,
logofobiya,
embol so‘zlar,
psixolopedagogik
yondashuv,
Mazkur
maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida tahsil
olayotgan duduqlanuvchi bolalarning nutqiy nafas murakkablik
va vegetativ reaksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi tushuntirilgan.
Tadqiqotda duduqlanishning klinik ko‘rinishlari, tana
harakatlari, logofobiya, e
mbol so‘zlardan foydalanish, yurak
urishi, terlash va yuzning rang o‘zgarishi holatlari bilan kechishi
1
Student, Alfraganus university.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
244
klinik simptomlar,
nutq buzilishi,
muloqotda cheklanish,
emotsional stress,
bolalar logopediyasi,
nerv tizimi,
asabiylashish,
terapiya.
tahlil
etilgan.
Bundan
tashqari,
nutqiy
nafasdagi
muvozanatsizlikning vegetativ tizimga ta’siri, bolalarning
emotsional holati, ruhiyat muvozanati va mul
oqotga bo‘lgan
munosabati, logopedik, psixologik va nevrologik asoslarda
duduqlanuvchi bolalarga yagona kompleks yondashuv
zaruriyati haqida bayon etilgan.
Формы
протекания
и
психофизиологические
особенности заикания у детей с нарушениями речи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Заикание,
речевое дыхание,
вегетативная реакция,
логофобия,
эмбол слова,
психолопедагогический
подход,
клинические симптомы,
нарушения речи,
ограничение общения,
эмоциональное
напряжение,
детская логопедия,
нервная система,
раздражительность,
терапия.
В данной статье объясняется взаимосвязь между
сложностями речевого дыхания и вегетативными
реакциями у детей с заиканием, посещающих дошкольные
образовательные
учреждения.
В
исследовании
проанализированы клинические проявления заикания,
включая движения тела, логофобию, использование слов
-
эмболов,
учащенное
сердцебиение,
повышенное
потоотделение и изменение цвета лица. Кроме того,
описывается влияние нарушений речевого дыхания на
вегетативную систему, эмоциональное состояние детей, их
психическое равновесие и отношение к общению.
Подчеркивается необходимость единого комплексного
подхода к детям с заиканием, основанного на
логопедических, психологических и неврологических
принципах.
KIRISH
Duduqlanuvchilar hayotida nutqiy nafasning o‘rni
–
klinik ko‘rinishda
duduqlanish nutqiy nafasning buzilishi bilan kuzatiladi. Nutqiy bo‘lmagan nafas yuzaki
duduqlanuvchining emotsional holati bilan nafas olishi yaqqol seziladi. Nutqiy nafas deb
og‘izdan qisqa nafas olgan holatda nafas miqdorini, gapirilayotgan gapni grammatik
jihatdan murakkabligiga ko‘ra uzoq davomli chiqarishga aytiladi. Nutqiy nafas
artikulyatsiya va nafas mushaklarining muvozanati saqlangan holatda talaffuz jarayonini
ravonlashishga olib keladi. Duduqlanuvchilarda ushbu muvozanat buzilganligi sababli
duduqlanuvchi gapirishidan oldin qisqa muddatli nafas oladi. Natijada gapni sematik
qismig
a ohangning tushishi yo‘qoladi.
Nutq jarayonida qo‘shimcha tana harakatlarini qilish.
Duduqlanuvchilarda bu
tana harakatlari turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ayrim duduqlanuvchilarda burun
qanotlarining kengayishi, ko‘zning qattiq qisilishi, butun
tana a’zosini qatiq tortishib
qolishi bilan xarakterlanadi. Ayrim holatlarda nutq jarayonida boshni oldinga yoki
orqaga tashlash, tanani oldinga yoki orqaga tashlash, qo‘l barmoqlarini musht holatiga
keltirish yuzaga keladi.
Nutqdagi hiylalar
–
Surunkali
duduqlanishi bo‘lgan insonlarda nutq jarayonida
embol (hiyla) so‘zlar ishlatiladi: o‘sha, anu, anaqa, ha. Bu so‘zlar duduqlanuvchiga
tutilishlarini berkitish uchun yaxshi hiyla sifatida xizmat qiladi. Duduqlanuvchi asosan
qiyin talaffuzli tovushlar oldidan
(masalan, men pomidor yeyishni xohlayman o‘rniga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
245
man anu boru pomidor olib ber deb aytadi). Ko‘p holatlarda bu enbol so‘zlarni ko‘p
ishlatilishi duduqlanuvchi gapirmoqchi bo‘lgan gapdagi semantik xususiyatini yo‘qotadi
(anaqa,o‘sha,anu)
Vegetativ reaksiyalar
–
duduqlanuvchilarda duduqlanishdan tashqari tanada
o‘ziga xos turli o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘smir va katta yoshli duduqlanuvchilarda yuzning
qizarishi yoki oqarishi, yurak urushining tezlashishi qo‘ltiq, peshona va kaft terlaydi.
Logofobiya
–
dudu
qlanuvchi bo‘lgan insonlarda o‘smirlik yoshiga kelib o‘z
nutqidagi tutilishlarga bo‘lgan e’tibori oshib ketishi natijasida muloqotdan qochish, ya’ni
logofobiya kuzatiladi. Logofobiya duduqlanuvchilarda ong ostida hozirgi vaziyatga
nisbatan suhbatdoshiga (men nimani gapiraman emas, men qanday gapiraman) degan
fikr ustunlik qiladi, oqibatda o‘z nutqidan qo‘rqish va kuchli hayajonlanish sababli
tutilishlarni yuzaga kelishini aniq taxmin qiladi va suhbatdan qochadi.
1.
Duduqlanishning regred ko‘rinishi
–
bunda duduqlanish belgilari asta
sekinlik kamayib boradi. Bolada o‘z nutqidan qo‘rqish, qo‘shimcha harakatlar
kuzatilmaydi, duduqlanishning namoyon bo‘lishi yengil kechadi. Duduqlanishdagi
tortishishlar spontan yoki logopedik korreksiya natijasida kamayishi yoki butunlay
yo‘qolishi mumkin. Agar bolada duduqlangandan so‘ng 6 oy muddat ichida duduqlanish
o‘z o‘zidan yoki logokorreksiya natijasida yo‘qolmasa, bu duduqlanish kechishini
surunkali duduqlanish deb aytishimiz mumkin.
2.
Duduqlanishning retsidiv ko‘ri
nishi
–
Bunda duduqlanishning namoyon
bo‘lishi to‘lqinsimon xarakterga ega bo‘ladi, xususan, bola gohida ravon gohida tutilib
gapiradi. Ota-
onasi shikoyatiga ko‘ra bola uyida oila a’zolari bilan muloqot qilganida ham
ravon ham tutilib gapiradi
3.
Duduqlanish
ning to‘lqinsimon ko‘rinishi
–
bunda duduqlanish gohida yaxshi
tarafga gohida yomon tarafga qarab o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi ammo
duduqlanish butunlay yo‘qolmaydi.
4.
Duduqlanishning progrediyent ko‘rinishi
–
Bunda duduqlanish ortib,
duduqlanuvchining nutqi umuman tushunarsiz va umumiy ahvoli ham tobora
yomonlashib boradi.
Duduqlanishning etiologiyasi
–
hozirgi kunga kelib duduqlanish kelib
chiqishning yagona sababi yo‘q, ammo ko‘plab tadqiqotchilar duduqlanishning kelib
chiquvchi omillarni ko‘rsatib
o‘tganlar.
1.
Duduqlanuvchi bolaning yoshi.
2.
Duduqlanuvchi bolaning asab tizimi.
3.
Duduqlanuvchi bolaning nutqini ontogenezda rivojlanishi.
4.
Duduqlanuvchi bolaning 2ta miya yarim sharlarining assimetrik rivojlanishi.
5.
Duduqlanuvchi bolaning ruhiy jarohat olishi.
6.
Duduqlanuvchi bolaning jinsiy demarfizm natijasida yuzaga kelishi.
Kamdan kam holatlarda duduqlanish bola 7 yosh boʻlgan muddatda yuzaga keladi.
Duduqlanishni bu yoshga kelib yuzaga kelishi maktabgacha yoshda nutq muvozanat
mexanizmlarining eng jadal rivoj
lanish davriga toʻgʻri keladi.
Fiziologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, har qanday funksional tizim jadal rivojlanish
davrida turli xil ta’sirlarga nisbatan juda sezgir boʻlib, patologik holatlarni yuzaga keltiradi.
Duduqlanishning markaziy asab tizimida organik jarohatlanishi rezidual
xarakterga ega boʻlib,
onaning homiladorlik, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi davrlarida
yuzaga keladi. Bu organik jarohatlanish diffuz koʻrinishga ega boʻlib, bosh miyaning turli
qismlaridagi motor dasturlash tizimidagi buzilishlarga olib keladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
246
Duduqlanuvchi bolaning nutqini ontogenezda rivojlanishida
me’yorga
nisbatan bolaning asab tizimi tashqi ta’sirlar oqibatida katta bosimga uchraydi.
Duduqlanishning boshlanishi bola nutqini intensiv rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi.
Bu vaqtda bola fiziologik iteratsiya, ya’ni bo‘g‘inlarni bir necha marotaba takrorlash
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Duduqlanuvchi bolaning 2ta miya yarim sharlarining assimetrik
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Ko‘plab tadqiqotchil
ar duduqlanishni yuzaga
kelishida chapaqaylikni sababchi qilib ko‘rsatadilar. Duduqlanuvchilar ichida chapaqay
insonlar ko‘p foizni tashkil etadi. Shuningdek, bolani majburlagan holatda chap qo‘ldan
o‘ng qo‘lga o‘tkazish duduqlanishni yuzaga keltiradi. Bolalarda tug‘ma chapaqaylik, turli
xil vaziyat va holatlarga nisbatan hayajonlanishni qo‘rqoqlikni, jizzakilikni, asab
tizimining zaifligi bilan xarakterlanadi. Elektrofiziologik tadqiqotlar chap miya yarim
sharida nutqni dasturlash tizimidagi buzilishlarni yuzaga keltiradi.
Duduqlanuvchi bolada ruhiy jarohatlarning mavjudligi.
Ko‘plab tadqiqotlar
bolada duduqlanish yuzaga kelishini ko‘rsatib o‘tgan. Ruhiy jarohatlar
o‘tkir
va
surunkali
turlarga bo‘linadi.
O‘tkir ruhiy jarohatlar
kutilmagan holat va vaziyatda bola ruhiyatiga katta salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Surunkali ruhiy jarohatlar
tomchi kabi kun sayin ko‘payib boradi.
Oqibatda bolaning ruhiy holati og‘irlashib, ruhiyati buni ko‘tara olmaydi va bu
duduqlanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Duduqlanuvchi bolaning jinsiy demarfizm natijasida yuzaga kelishi.
Qizlarda motor rivojlanish oʻgʻil bolalarga nisbatan oʻgʻil bolalarga nisbatan tez
shakllanganligi sababli hamda qiz bolalar tabiati injiq va emotsional holatga nisbatan
tetik boʻlgani uchun duduqlanish qizlarga nisbatan oʻgʻil bolalarda koʻproq uchraydi.
Duduqlanishning psixolopedagogik, pedagogik va klinik xarakteristikasi.
Duduqlanishning psixolopedagogik, pedagogik va klinik xarakteristikalari zamonaviy
tibbiyot va ta’lim sohasida chuqur o‘rganilayotgan muhim yo‘nalishlardan biridir
1970-
yillardan boshlab duduqlanishning klinik ko‘rinishlariga nisbatan yangicha
yondashuvlar paydo bo‘la boshladi va bu holat ilmiy maqolalarda keng yoritildi Tibbiy
tadqiqotlar natijasida duduqlanishning klinik shakllari aniq belgilana boshlandi Bugungi
kunda tibbiyotda duduqlanishning ikkita asosiy shakli ajratib ko‘rsatiladi, bu nevrotik va
nevrozsimon ko‘rinishlardir. Nevrotik duduqlanish
- asosan kuchli psixotravma yoki
emotsional stress natijasida yuzaga keladi Bu holat bola hayotidagi keskin voqea yoki
qo‘rquv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin Masalan, bolani urishish, jazolash, ajralish yoki juda
talabchan muhitda ulg‘ayishi oqibatida bola nutqida to‘satdan buzilish paydo bo‘ladi
Bunday holatda duduqlanish keskin boshlanadi,
bola buni o‘zi ham sezadi va bu holat uni
yanada siqadi, bola gapirishdan qochadi, xavotirga tushadi, o‘z nuqsonidan uyala
boshlaydi va bu esa duduqlanishni kuchaytiradi. Nevrozsimon duduqlanish esa asosan
bola markaziy asab tizimidagi tug‘ma yoki erta bol
alikda olingan zararlanishlar oqibatida
yuzaga keladi Bunday duduqlanish asta-sekin rivojlanadi va bola nutqida sekinlik bilan
paydo bo‘ladi
Psixolopedagogik jihatdan duduqlanuvchi bolalar ichki qo‘rquvga ega bo‘ladi ular
ko‘pincha o‘z fikrini aytishdan cho‘chiн
di, boshqalar bilan muloqotga kirishishda
qiynaladilar. Ular jamoaviy ishlarda ishtirok etmaslikka intiladilar va nutqiy faolliklari
ancha pasaygan bo‘ladi. Bunday bolalarda ko‘pincha o‘ziga ishonchsizlik hissi rivojlanadi,
ular muloqotdan qochishga harakat qiladilar bu esa ularning ijtimoiy rivojlanishiga salbiy
ta’sir qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
247
XULOSA
Duduqlanuvchi bolalarda nutqiy nafas jarayoni va vegetativ reaksiyalar bir-biriga
bevosita bog‘liqdir. Nutqiy nafasdagi muvozanatsizlik vegetativ tizimda yura
k urishining
tezlashishi, qizarish, terlash va umumiy hayajon holatlari bilan ifodalanadi. Bunday
bolalarda logofobiya, nutqiy harakatlarni berkituvchi xatti-
harakatlar, embol so‘zlar
ko‘rinishida tutilish belgilari kuchayadi. Bu esa bolaning psixologik ho
lati, ijtimoiy
moslashuvi va ta’lim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli duduqlanuvchi
bolalarga individual va kompleks yondashuvda logoped, psixolog, nevropatolog va
pedagoglarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Karimova R. “Nutq buzilishlari va ularni tuzatish yo‘llari”.
Toshkent, 2021.
2.
Matyoqubova N. “Logopediya asoslari”. Toshkent, 2020.
3.
Raximov A. “Bolalarda psixonevrologik rivojlanish va nutq buzilishlari”.
Samarqand, 2019.
4.
Demidova
L.V. “Zaikaniye u detey: klinika, diagnostika, korrektsiya”.
Moskva, 2018.
5.
Vygotskiy L.S. “Psixologiya nutqa”. Toshkent tarjimasi, 2016.
6.
Yaxshiboyeva M. “Logopedik tashxis va tuzatish metodlari”. Buxoro, 2022.
