Авторы

  • Бобур Исмаилов
    Преподаватель, Ургенчский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp222-228

Ключевые слова:

Хивинское ханство Каракалпакстан кузнечное дело оружейное дело литейное дело инструментальное дело медное дело мастерская специализация торговля цены XIX век начало XX века

Аннотация

В данной статье анализируется территориальное распространение, специализация и роль в экономической жизни кузнечного дела и смежных ремесленных отраслей в Каракалпакстане и Хорезмской области в конце XIX - начале XX веков. На основе архивных документов, местных источников и наблюдений русских путешественников определяется количество кузнечных мастерских, их различные отрасли (оружейное дело, изготовление инвентаря, производство сельскохозяйственных орудий, чеканка, медное дело, изготовление ножей и другие). Освещается расположение кузнечных мастерских в селах и городах, рыночные цены на производимую продукцию, их место во внутренней и внешней торговле. Также представлена информация о широко распространенных среди хивинских туркмен традициях изготовления конской упряжи, объемах производства и художественных украшениях. В статье оценивается роль кузнечных изделий не только в потреблении, но и в экономической и социальной жизни.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The development, territorial specialization, and economic

significance of blacksmithing and metalworking industries

in Karakalpakstan and Khorezm regions at the end of the

19th and beginning of the 20th centuries

Bobur ISMAILOV

1

Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article analyzes the territorial distribution,

specialization, and role of blacksmithing and related craft

industries in the economic life of Karakalpakstan and Khorezm

regions at the end of the 19th and beginning of the 20th

centuries. Based on archival documents, local sources, and

observations of Russian travelers, the number of blacksmith

workshops and their various branches (weaponry, tool-making,

agricultural implement production, embossing, coppersmithing,

knife-making, and others) are identified. The article highlights

the location of blacksmith workshops in villages and cities, the

market prices of manufactured products, and their role in

domestic and foreign trade. Information is also provided on the

widespread traditions of manufacturing horse-riding equipment

among the Khiva Turkmens, including production volumes and

artistic decorations. The article assesses the significance of

blacksmith products not only in terms of consumption but also

in economic and social life.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp222-228

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Khiva Khanate,

Karakalpakstan,

blacksmithing,

weaponsmithing,

casting,

toolmaking,

coppersmithing,

workshop,

specialization,

trade,

prices,

19th century,

early 20th century.

1

Teacher, Urgench State University. E-mail:

bi.ismailov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

223

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Qoraqalpog'iston va

Xorazm

viloyatlarida

temirchilik

va

metallsozlik

sohalarining rivojlanishi, hududiy ixtisoslashuvi va ularning

iqtisodiy ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Xiva xonligi,

Qoraqalpog‘iston,

temirchilik,

qurolsozlik,

choyangarlik,

anjomsozlik,

misgarlik,

ustaxona,

ixtisoslashuv,

savdo,

narxlar,

XIX asr,

XX asr boshlari.

Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida temirchilik va unga

yaqin hunarmandchilik tarmoqlarining hududiy tarqalishi,

ixtisoslashuvi va iqtisodiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Arxiv

hujjatlari, mahalliy manbalar va rus sayyohlarining kuzatuvlari

asosida temirchilik ustaxonalarining soni, ularning turli

tarmoqlari (qurolsozlik, anjomsozlik, dehqonchilik qurollari

ishlab chiqarish, zarbchilik, misgarlik, pichoqsozlik va

boshqalar) aniqlanadi. Temirchilik ustaxonalarining qishloq va

shaharlarda joylashuvi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning

bozorlardagi narxlari, ichki va tashqi savdodagi

o‘rni yoritiladi.

Shuningdek, Xiva turkmanlari o‘rtasida keng tarqalgan ot

-ulov

anjomlari tayyorlash an’analari, ishlab chiqarish hajmi va

san’atbop bezaklari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqolada

temirchilik mahsulotlarining nafaqat iste’mol, balki iqti

sodiy va

ijtimoiy hayotdagi o‘rniga ham baho beriladi

.

Развитие кузнечного дела и металлообработки в
Каракалпакстане и Хорезмской области в конце XIX

-

начале XX веков, их территориальная специализация и
экономическое значение

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Хивинское ханство,
Каракалпакстан,
кузнечное дело,

оружейное дело,

литейное дело,
инструментальное дело,

медное дело,

мастерская,
специализация,

торговля,

цены,

XIX век,

начало XX века

.

В данной статье анализируется территориальное

распространение, специализация и роль в экономической

жизни кузнечного дела и смежных ремесленных отраслей в

Каракалпакстане и Хорезмской области в конце XIX

-

начале XX

веков. На основе архивных документов, местных источников и

наблюдений

русских

путешественников

определяется

количество кузнечных мастерских, их различные отрасли
(оружейное дело, изготовление инвентаря, производство
сельскохозяйственных орудий, чеканка, медное дело,

изготовление ножей и другие). Освещается расположение

кузнечных мастерских в селах и городах, рыночные цены на

производимую продукцию, их место во внутренней и внешней
торговле. Также представлена информация о широко

распространенных среди хивинских туркмен традициях

изготовления конской упряжи, объемах производства и

художественных украшениях. В статье оценивается роль
кузнечных изделий не только в потреблении, но и в

экономической и социальной жизни

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

224



KIRISH

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xorazm vohasida metallsozlik hunarmandchiligi

jadal rivojlanib, shahar va qishloqlarda muhim iqtisodiy sohalardan biriga aylangan. Xiva,

Yangi Urganch, Xonqa, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Chimboy kabi shaharlarda temirchilik,
cho‘yangarlik, qurolsozlik, anjomsozlik, misgarlik va zargarlik kabi sohalarda faoliyat

yuritgan minglab hunarmandlar mahalliy ehtiyojlarni qondirish bilan birga, tashqi
bozorga ham mahsulot yetkazib berishgan. Ayniqsa, temirchilik ustaxonalarining

shaharlardagi markaziy ko‘chalarda, yirik qishloqlarda esa aholi zich joylashgan

hududlarda faoliyat yuritgani kuzatiladi. Ularda turli mehnat qurollari, ot-ulov anjomlari,
qurol-

yarog‘lar, maishiy buyumlar va tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan. Ushbu tadqiqot

Xorazmdagi metallsozlik sohalarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti va hududiy
ixtisoslashu

vini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy hunarmandchilik tizimidagi

evolyutsiyani arxiv manbalari va tarixiy dalillar asosida tahlil qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xorazmda metallsozlik

hunarmandchiligi haqida bir qator tarixiy va etnografik manbalar mavjud. Xususan, A.

Utemisovning “Qoraqalpoqlarning hunar

-

kasblari” nomli asarida XIX asr oxiridagi

Amudaryo bo‘limidagi hunarmandchilik tarmoqlari haqida muhim ma’lumotlar bayon

etilgan. V. Masalskiy, M. I. Ivanin, Ye. Jelyabujskiy, O.A.Shkapskiy kabi rus

tadqiqotchilarining Turkiston o‘lkasi bo‘yicha olib borgan ekspeditsiyalari, Xiva va uning
atrofidagi hunarmandlar faoliyatini yoritishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, mahalliy ustalarning ismlari, ustaxonalar soni, ishlab chiqarilgan mahsulotlar

turlari va narxlari haqida ham muhim ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur adabiyotlar

Xorazmdagi metallsozlik sohalarining hududiy xususiyatlari, ixtisoslashuvi va bozordagi

mavqeini o‘rganishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

METODOLOGIK ASOSLAR

Tadqiqotda tarixiy manbashunoslik, statistik tahlil, etnografik kuzatuv, qiyosiy va

sistemali tahlil metodlaridan foydalanildi. Asosiy e’tibor XIX asr oxiri va XX asr boshlariga

oid arxiv hujjatlari, ekspeditsiya materiallari va joylarda olib borilgan tarixiy-etnografik

kuzatuvlarga qaratildi. Shuningdek, Xiva xonligi davridagi soliq ro‘yxatlari, ustaxonalar
to‘g‘risidagi rasmiy yozuvlar va tarixiy shaharlar tarixi haqidagi ma’lumotlar tadqiqotning

asosiy e

mpirik bazasini tashkil etdi. Tahlil chog‘ida hududlar kesimidagi ustaxonalar soni,

kasblarning tarkibi va ular o‘rtasidagi ixtisoslashuv jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

TAHLIL

XIX asr oxirida

qoraqalpoq qishloq va shaharlaridagi temirchilar ma’lu

m buyumni

ishlab chiqarishga ixtisoslashmagan. Lekin, qishloqlarining deyarli barchasida bitta yoki

ikkita temirchilik ustaxonalari bo‘lgan.

A.Utemisov “Qoraqalpoqlarning hunar

-

kasblari” asarida arxiv hujjatlaridan

foydalangan holda XIX asr oxirgi choragi

da Amudaryo bo‘limi Sho‘roxon va Chimboy

uchastkalaridagi qishloqlarda 44 ta temirchilik ustaxonasi bo‘lganligini keltirib o‘tadi[1].

Jumladan, birgina Shoraxan uchastkasidagi qishloq makonlari markazlarida 14 ta
temirchilik,

2

ta

misgarlik

ustaxonalari,

29

un

tegirmonxona,

41 ta juvozxona, 7 ta gazlamalarga rang beruvchi, 7 ta bosh kiyim tikuvchi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

225

1 etikdo‘zlik ustaxonalari bo‘lgan[2]. Qipchoq qo‘rg‘onida 10 ta, Raxim–

Berdibiy bozor

qo‘rg‘onida 50 ga yaqin hunarmandchilik va savdo do‘konlari bo‘lgan[3].

XX asr boshidagi Amudaryo bo‘limida olib borilgan tadqiqotlar xulosalariga ko‘ra,

bu davrda Sho‘roxon va Chimboy uchastkalarida jami –

1445 ta hunarmand bo‘lib, ulardan

110 tasini temirchi, cho‘yangar, chilangar ustalar tashkil etadi[4]. Shundan 7 tasi Dao‘qara

qishloq makonida, 32 tasi Chimboy shahari va uning atrofida, 9 tasi Talliq qishloq

makonida, 53 tasi Sho‘raxon shahri va uning atrofida, 9 tasi Qizilqumda ko‘chmanchi
qishloqlarda temirchilik ustaxonalari mavjud bo‘lgan.

Manbalardagi ma’lumotlar shah

arlardan tashqari, qishloqlarda ham temirchilik

sohasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi.

V. Masalskiyning ta’kidlashicha, Turkiston o‘lkasida qishloq markazini, odatda,

o‘zining balandligi va besavlatligi bilan atrofdagi uylardan keskin ajr

alib turuvchi

hokimning uyi egallagan; “uning yonida usti berk bozor, masjid, savdogar va

hunarmandlar uylari joylashar edi[5]

deya qishloq markazini ta’riflaydi.

Ma’lumki, Xorazmning qishloq markazlarida barcha davrlarda ham savdo–

sotiq

do‘konlari bilan

birga hunarmandchilik ustaxonalarining faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Xonlikdagi yirik qishloqlarda deyarli 1-

2 tadan temirchilik ustaxonalari, ba’zilari misgarlar

ham bo‘lgan.

So‘nggi o‘rta asrlarda Xiva turkmanlari orasida ham temirchi, egarchi va anjo

msoz

hunarmandlar ko‘plab bo‘lgan[6].

Ayniqsa, Xiva turkmanlari orasida egar

jabduq va ot

ulov anjomlarini tayyorlash

keng tarqalgan. Ular tomonidan tayyorlangan ot-ulov anjomlari yuksak did bilan ishlangan

bezaklarda bezatilgan, ba’zilariga hattoki oltin va kumushdan yasalgan bezaklar qadalga

n.

Ushbu mahsulotlarning bir qismi tashqi savdoga ham chiqarilgan. Ot

ulov anjomlarini

ishlab chiqarish Xiva turkmanlari iqtisodiyotining ahamiyatli tarmoqlaridan biri

bo‘lgan[7]. Shuningdek, Xiva turkmanlarida zargarlik hunarmandchiligi yuksak darajada

ri

voj topgan. So‘nggi o‘rta asrlarda Xiva shahrida savdo do‘konlari bilan birga temirchilik,

misgarlik, zargarlik sohalari ustaxonalari ham joylashgan [8].

Rus harbiy zobiti M.I. Ivaninning 1874-

yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Xiva shaharida

hunarmandlar juda

ko‘pchilikni tashkil qiladi. O‘sha davrda Xiva shahri hunarmandchilik

markazi bo‘lgan. Xivaliklar o‘zlari qurolsozlik, temirchilik, qo‘ymachilik, oltin va kumush
buyumlar tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi. Xivaliklar o‘zlari o‘q otar qurollar

- miltiq,

shamshir, nayza va boshqada qurollarni yasaydilar[9].

M.I. Ivanin asarida keltirilishicha, 1838-yilda Xiva xonligida mashhur ikkita miltiq

tayyorlovchi qurolsozlik ustaxonasi bo‘lgan. Ulardan biri Yangi

-Urganch shahrida,

ikkinchisi Hazorasp shahrida jo

ylashgan. Xivalik temirchi ustalar temir va po‘latdan turli

xil buyumlar tayyorlashganlar, masalan: ustara, pichoq, qaychi, o‘roq, g‘ildiraklar uchun

vtulkalar, arra, bolta, motiga, ketmon va boshqa.

Xorazmda tig‘li qurollar asosan Xuroson temiridan yoki po‘latdan yasalgan. Yangi

Urganch yaqinidagi Begovat qishlog‘idagi ustaxonada qilich tayyorlangan. XIX asr oxirida
qilich bahosi 3 rubldan 10 rublgacha bo‘lgan[10].

M. Ivanin asarida Xiva bozoridagi narxlar haqida ham ma’lumotlar mavjud:

“Tuyaning bahosi 4–8 rubl, bug‘doyning bir botmoni 60 tiyindan 1 rublgacha, jo‘xori

- 40

dan 80 tiyingacha, arpa - 40 dan 60 tiyingacha, guruch botmoni - 2-3 rubl., paxta botmani

3

4 rubl., temirning botmoni

8 dan 10 rublgacha, hozirda 18-

20 rublga ko‘tarilgan,

oddiy omoch tishi (poza)

1-

1,5 rublgacha, Qo‘ng‘irot shaharida ishlangan omoch tishi –

2


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

226

rubl, o‘roqlar –

50

75 pul (mis tanga); unchalik katta bo‘lmagan boltalar 2

-3 rubl; hozirda

5 rublgacha ko‘tariladi va boshqada ko‘plab mahsulotlarning narxlari keltiriladi”[11].

Aytish mumkinki, o‘sha davrda cho‘yangarlik va temirchilik mahsulotlari normal

bahoda bo‘lgan deyish mumkin. O‘rta hisobda 2 botmon bug‘doyga bitta omoch tishi
(poza)ni olish mumkin bo‘lgan. Lekin, o‘sha davrda urush tufayli metall buyumlar

bahos

ining ko‘tirila boshlaganligini payqash mumkin.

XIX asr oxirida Xorazm shaharlarida qurol

aslaha, mehnat qurollari, arava, egar

jabduq, ot

ulov anjomlari, kemalar va boshqada mahsulotlar bilan chakana savdo ishlari

amalga oshirilgan[12]. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bevosita temirchilik,

qurolsozlik, cho‘yangarlik, anjomsozlik, misgarlik sohalari bilan bog‘liq hisoblanadi.

Ye. Jelyabujskiy asarida ham Xorazm bozorlarida sotiladigan hunarmandchilik

mahsulotlari va ularning narx

navolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Asarda

keltirilishicha, “bozorlardagi asosiy savdo–

sotiq mahsulotlari

bu chorva mollari, tuyalar,

otlar va qo‘chqorlar, har xil non, xalat, ipak va qog‘oz matolari, kiyim–

kechak, qurol

aslahalar, egar

jabduqlar va ot

ulov anjomlari

, kemalar, yog‘och, ko‘mir, tuz va

boshqalar[13].

O.A. Shkapskiy asarida ham Xiva bozorlaridagi temirchilik mahsulotlari narxlarni

keltirib o‘tadi: dehqonchilik qurol–

aslahalari arzon: omoch 2 rubl, belkurak

2 rubl, o‘roq

40 tiyin, ketmon

2 rubl 50 t

iyin, arava yoki ikki g‘ildirakli arava –

54 rubl turadi "[14].

Mazkur ma’lumotlar Xorazmda temirchilar tomonidan dehqonchilik qurollari,

qurolsozlik, anjomsozlik mahsulotlari tovar sifatida bozor uchun keng ko‘lamda ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilganligid

an va metallsozlik hunarmandchiligi sohalari mahsulotlarini

ishlab chiqarishda ham tovar-pul munosabatlari rivoj topganligidan dalolat beradi.

XIX asr oxiriga kelib Xiva shahrida 700 ta ustaxona va kichik korxonalar bo‘lgan

[15].

Bu davrda shaharda 38 ta misgarlik, 22 ta qulfsozlik, 42 ta zargarlik ustaxonasida
mahsulotlar tayyorlangan[16]. Shuningdek, XX asr boshida Xivada 86 ta temirchilik

ustaxonasi faoliyat ko‘rsatgan[17].

Raqamlar arxiv hujjatlari asosida keltirilgan, ular tagjoy solig‘ini to‘lovchi

ustaxonalar soni hisoblanadi. Bu davrda shaharda temirchilik, qulfsozlik, pichoqsozlik,

anjomsozlik, cho‘yangarlik, misgarlik, zargarlik sohalarida ko‘plab ustaxonalar faoliyat
ko‘rsatishgan. Shahardagi kichik ustaxonalarda 3

-4 ta, kattalarida 10-12 ta hunarmandlar

ishlashini hisobga olsak, Xivadagi metallsoz hunarmandlar soni birmuncha ko‘payadi.

1908-

yili Xivaga borgan N.N.Samoylovich o‘z hisobotida xon saroyida Xudoybergan

devon ismli mashhur muhrkash, to‘p quyuvchi va soatsoz usta bilan uchrashganini qa

yd

qiladi. Atoqli pichoqchi usta Otajon Madrimov shular jumlasidandir. O‘sha davrda ham

xonlik saroyida muhrganlik, badiiy xarakterdagi qilich, pichoq yasash ishlari davom
ettirilgan. Jumladan, Xiva xoni

Asfandiyor garchi xon bo‘lsada, yoshligidan qilich y

asashga

ixlos kuygan. U 1910-

yilgi Peterburgga qilgan safarida o‘zi sof oltindan yasagan qilichni

olib borgan va imperator Nikolay II ning o‘g‘li shaxzoda Alekseyga sovg‘a qiladi.

XX asr boshida ham Xorazmda shahar aholisi uning jami aholisining

(713937 kishi) 4,7% foizini tashkil etgan. Lekin, xonlikning janubidagi shahar aholisi 10-
25 % foizga qadar yetgan. Bu ushbu hududlarda Xiva, Yangi Urganch kabi yirik shaharlar
mavjudligi bilan izohlanadi.

XX asr boshida Xiva, Xonqa va Hazorasp shaharlarida hunarmandchilik bilan

shug‘ullanuvchi aholi ko‘pchilikni tashkil etgan. Bu davrda Xiva shahri aholisi keskin ortib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

227

borgan va 20 ming kishiga yetgan, bu “o‘lkada shahar hayoti rivojlanishining muhim
ko‘rsatgichlaridan biri edi ”[18].

XX asr boshida Xiva shahri ah

olisining 25 % hunarmandchilik, ikkinchi o‘rinda

savdo

–sotiq ishlari, qolganlari diniy, ta’lim, davlat boshqaruvi va boshqa ishlar bilan

shug‘ullanishgan[19]. Xonqa shahrining 40 % dehqonchilik, 27 % hunarmandchilik, 15

%

savdo ishlari bilan band bo‘lgan.

Hazorasp shahri aholisining asosiy qismi birinchi

navbatda savdo

sotiq, ikkinchi qismi hunarmandchilik va uchinchi qismi dehqonchilik

ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

Metallsozlik sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan cho‘yan qo‘yish, temirchilik

sohalar

i faoliyati barcha davrlarda ham shahar va qishloqlarda muntazam yo‘lga qo‘yilgan.

Temirchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi, duradgorlik, xo‘jalik ishlari va ro‘zg‘or uchun
zarurli mehnat qurollari va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarilgan. Misgarlik, zargar

lik,

kandakorlik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar Xorazm vohasi xalqlarining estetik didi

va madaniy turmushini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishgan.

Umuman olganda

XVI-XVIII asrlarning birinchi yarmida Xorazm metallsozlik

sohalarida birmuncha

sustlik kuzatilgan bo‘lsada, XVIII asr ikkinchi yarmi XIX asr boshidan

metallsozlik sohalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortganligini, ixtisoslashuv

jarayoni kuchayganligini ko‘rsatadi.

XIX asr ikkinchi yarmidan xonlikda metallsozlik sohalarida ixtisoslashuv va mehnat

taqsimoti kuchayadi. Masalan, temirchilik sohasida

pichoqchilar, mehnat qurollari

(bolta, o‘roq, belkurak, ketmon) yasovchilar, mixchigarlar, ignachilar, qulfsoz, ot

-ulov

anjomlarini tayyorlovchi taqachi-anjomsoz va boshqada kasb-

hunarlar paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu davrda Xorazmning ba’zi tumanlari ma’lum turdagi temirchilik

mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

NATIJA

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xorazm vohasi shaharlari va qishloqlarida

metallsozlik hunarmandchiligi

jumladan, temirchilik, cho‘yangarlik, qurolsozlik,

anjomsozlik, misgarlik va zargarlik sohalari iqtisodiy hayotda muhim o‘rin egallagan.

Tadqiqot d

avomida arxiv hujjatlari, ekspeditsiya ma’lumotlari va tarixiy yozma manbalar

asosida ushbu sohalarning hududiy joylashuvi, ustaxonalar soni, mahsulot turlari va
mehnat taqsimoti chuqur tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, Xiva, Hazorasp, Yangi Urganch, Chimb

oy, Qo‘ng‘irot kabi

shaharlarda metallsozlik sohalari yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, bu yerda nafaqat

mahalliy ehtiyojlar uchun, balki tashqi bozor uchun ham mahsulotlar tayyorlangan.

Qishloq joylarda esa temirchilik faoliyati ko‘proq ehtiyoj asosida tashkil etilgan bo‘lsa

-da,

u ham xalq xo‘jaligida muhim o‘rin tutgan. Hududiy ixtisoslashuv, kasbga ajralish va ishlab

chiqarish hajmining ortishi bilan birga, hunarmandchilik sohasi Xorazmda tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishiga xizmat qilgan. Ustaxonalar sonining ortib borishi,
mahsulotlar assortimentining kengayishi va narx-navo tizimining shakllanishi ushbu
sohalarning jamiyatdagi iqtisodiy, madaniy va estetik ahamiyatini yanada oshirgan.

Umuman olganda, Xorazm vohasidagi metallsozlik hunarmandchi

ligi o‘zining ko‘p

asrlik an’analari, hududiy o‘ziga xosligi va ishlab chiqarish madaniyati bilan ajralib turadi
hamda o‘z davri hunarmandchilik taraqqiyotining yuksak bosqichini ifodalaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

228

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Утемисов А.О. Қарақалпақлардың өнер–кәсиплери.–

Нөкис. 1991. –

Б.12–

13.

2.

ЦГА РУЗ ф.И.–269.оп.1. д.104.лл.75–

78

3.

Кун А.Л. Культура оазиса низовьев Амударьи от Кунграда до Чимбая. –

С.

236

244.

4.

Материалы по обследованию кочевого и оседлого туземного

хозяйства и

землепользования в Амударьинском отделе Сырдарынской области. –

Ташкент.

1915.Вып. 1

-2. -

С.329.

5.

Масальский В.И. Туркестанский край: Россия: Полное географическое

описание нашего отечества. –

СПб.,1910.–Том.19.–

С.750.

6.

Брегель Ю.Э. Хорезмские туркмены в

XIX

века. –

Москва. ИВЛ, 1961.–С.91.

7.

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы

XIX

века. –

Ташкент. Фан. 1966.

Б.12.

8.

Калмыков А. Хива //Протоколы заседаний совещния членов

Туркестанского кружка любителей археологии. –

Ташкент.

1908.

С.55

.

9.

Иванин М.И. Хива и река Аму–Дарья. –

СПб.,Обществ.Полза, 1873. –

С.48

-49.

10.

Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках.

1990.

С.151.

11.

Иванин М.И. Хива и река Амударья. –

СПб.,1873. –

С.46

-47.

12.

Иванин М.И. Хива и река Аму–Дарья. –

СПб.,Обществ.Полза, 1873. –

С.46

-47.

13.

Желябужский Е. Очерки завоевания Хивы. –

М., 1875. –

С.304.

14.

Шкапский О.А. Как хивинцы ведут полевое хозяйство на своих без водных

землях. –

М., 1900.–

С.44.

15.

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы 19 века. –

Ташкент. Фан. 1966.–

Б.19.

16.

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов

XIX

в. –

М., 1940. –

С. 138–

139.

17.

Архив хивинских ханов. –

Тетр. –№ 70,–лл.5–17. Сухарева О. и др. Из истории

городских и сельских поселений Средней Азии..–

С.27.

18.

Магидович И. Глава в кн.: Материалы по районированию Средней Азии.

Хорезм. Кн.2.Ч.2. –

Ташкент.

1926.

С.87–

88.

Библиографические ссылки

Утемисов А.О. Қарақалпақлардың өнер–кәсиплери.– Нөкис. 1991. – Б.12–13.

ЦГА РУЗ ф.И.–269.оп.1. д.104.лл.75–78

Кун А.Л. Культура оазиса низовьев Амударьи от Кунграда до Чимбая. – С. 236 – 244.

Материалы по обследованию кочевого и оседлого туземного хозяйства и землепользования в Амударьинском отделе Сырдарынской области. – Ташкент. 1915.Вып. 1-2. - С.329.

Масальский В.И. Туркестанский край: Россия: Полное географическое описание нашего отечества. – СПб.,1910.–Том.19.– С.750.

Брегель Ю.Э. Хорезмские туркмены в XIX века. – Москва. ИВЛ, 1961.–С.91.

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы XIX века. – Ташкент. Фан. 1966. – Б.12.

Калмыков А. Хива //Протоколы заседаний совещния членов Туркестанского кружка любителей археологии. – Ташкент. 1908. – С.55.

Иванин М.И. Хива и река Аму–Дарья. – СПб.,Обществ.Полза, 1873. – С.48-49.

Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. 1990. – С.151.

Иванин М.И. Хива и река Амударья. – СПб.,1873. – С.46-47.

Иванин М.И. Хива и река Аму–Дарья. – СПб.,Обществ.Полза, 1873. – С.46-47.

Желябужский Е. Очерки завоевания Хивы. – М., 1875. – С.304.

Шкапский О.А. Как хивинцы ведут полевое хозяйство на своих без водных землях. – М., 1900.– С.44.

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы 19 века. – Ташкент. Фан. 1966.– Б.19.

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. – М., 1940. – С. 138–139.

Архив хивинских ханов. – Тетр. –№ 70,–лл.5–17. Сухарева О. и др. Из истории городских и сельских поселений Средней Азии..– С.27.

Магидович И. Глава в кн.: Материалы по районированию Средней Азии. Хорезм. Кн.2.Ч.2. – Ташкент. 1926.– С.87–88.