Авторы

  • Дилнура Турсунова
    Студентка, Самаркандский государственный медицинский университет
  • Азиза Махмудова
    Профессор, Заведующий кафедрой социальных и гуманитарных наук, Самаркандский государственный медицинский университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp261-266

Ключевые слова:

биоэтика медицинские исследования этические принципы согласие пациента клинические испытания права человека этический контроль

Аннотация

В данной статье анализируются современные принципы биоэтики в области медицинских исследований и их практическое значение. Биоэтические нормы рассматриваются в рамках медицинских экспериментов, клинических испытаний, согласия пациента, прав человека и научной честности. В ходе исследования были изучены международный опыт, законодательные нормы и этические принципы, а также освещено их применение в национальной системе здравоохранения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Modern ethics of medical research - bioethics

Dilnura TURSUNOVA

1

, Aziza MAKHMUDOVA

2

Samarkand State Medical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025
Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article analyzes modern principles of bioethics in the

field of medical research and their practical significance.

Bioethical norms are considered within the framework of
medical experiments, clinical trials, patient consent, human

rights, and scientific integrity. During the study, international

experience, legislative norms, and ethical principles were

studied, and their application in the national healthcare system
was highlighted.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp261-266

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Bioethics,

medical research,

ethical principles,

patient consent,

clinical trials,

human rights,

ethical control.

Tibbiy tadqiqotlarning zamonaviy etikasi

bioetika

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bioetika,

tibbiy tadqiqotlar,

axloqiy tamoyillar,

bemor roziligi,

klinik sinovlar,

inson huquqlari,

etik nazorat.

Ushbu maqolada tibbiy tadqiqotlar sohasida bioetikaning

zamonaviy tamoyillari va ularning amaliy ahamiyati tahlil

qilinadi. Bioetik me’yorlar tibbiy tajribalar, klinik sinovlar,

bemor roziligi, inson huquqlari va ilmiy halollik doirasida

ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqot davomida xalqaro tajriba, qonunchilik

me’yorlari va axloqiy prinsiplar o‘rganilib, ularning milliy
sog‘liqni saqlash tizimidagi tatbiqi yoritilgan.

1

Student, Samarkand State Medical University.

2

Scientific advisor: Professor, Head of the Department of Social and Humanitarian Sciences, Samarkand State

Medical University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

262

Современная этика медицинских исследований –

биоэтика

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Биоэтика,

медицинские
исследования,

этические принципы,
согласие пациента,

клинические испытания,
права человека,

этический контроль.

В данной статье анализируются современные принципы

биоэтики в области медицинских исследований и их

практическое

значение.

Биоэтические

нормы

рассматриваются в рамках медицинских экспериментов,

клинических испытаний, согласия пациента, прав человека
и научной честности. В ходе исследования были изучены

международный опыт, законодательные нормы и

этические принципы, а также освещено их применение в
национальной системе здравоохранения.


KIRISH

Tibbiy tadqiqotlar inson salomatligini saqlash, kasalliklarni aniqlash va davolashda

yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Biroq bunday tadqiqotlar doimo
axloqiy savollarni yuzaga keltiradi: bemorlarning roziligi qanday olinadi? Tajribalar

xavfsizmi? O‘rganilayotgan shaxslarning huquqlari himoyalanganmi? Ana shu savollarga
javob topishda bioetika fani hal qiluvchi rol o‘ynaydi

. Bioetika

bu tibbiyot, biologiya va

fan sohasidagi axloqiy masalalarni o‘rganuvchi yo‘nalish bo‘lib, u ilmiy izlanishlar
jarayonida inson sha’ni, huquqlari va sog‘ligining ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa Norimberg kodeksi (1947), Xelsinki
deklaratsiyasi (1964) va Belmont hisobotidan (1979) keyin, tibbiy tadqiqotlar etikasi

mustaqil yo‘nalish sifatida shakllandi. Bugungi kunda esa bioetika zamonaviy tibbiyotda

ajralmas tamoyilga aylangan.

Gen muhandisli

gi, sun’iy intellekt, dori vositalari sinovlari va klinik tadqiqotlar

inson umrini uzaytirish, og‘ir kasalliklarni davolashda muhim rol o‘ynayapti. Biroq bu
yutuqlar bilan birga, tibbiy tadqiqotlar jarayonida inson huquqlari, axloqiy me’yorlar va

ijtimoiy

mas’uliyat bilan bog‘liq jiddiy savollar ham vujudga kelmoqda.

Xususan, tajribalarda ishtirok etuvchi bemorlarning roziligi qanchalik ongli va

ixtiyoriy? Axborot berish jarayoni yetarlicha shaffofmi? Ilmiy manfaatlar shaxsiy

daxlsizlikdan ustun qo‘yilmayaptimi? Ana shu va boshqa shu kabi masalalar tibbiy

tadqiqotlarning axloqiy mezonlar asosida olib borilishini taqozo etmoqda. Aynan shu
nuqtada

bioetika

fani

ya’ni tibbiyot va biologiya bilan bog‘liq axloqiy tamoyillarni

o‘rganuvchi soha –

dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mazkur maqolada shunday savol o‘rtaga tashlanadi:

tibbiy tadqiqotlar

jarayonida bioetik me’yorlar qanday tatbiq qilinmoqda va bu tamoyillar ilmiy

halollik hamda inson qadriyatlarini qanday muhofaza qilmoqda?

Gipotezaga ko‘ra,

agar tibbiy izlanishlar zamonaviy bioetik tamoyillar asosida olib borilsa, bu ilmiy
faoliyatning ijtimoiy ishonchliligini oshirish, bemor huquqlarini himoya qilish hamda

sog‘liqni saqlash tizimini yanada adolatli va samarali qilishga xizmat qiladi.

METODLAR

Tadqiqot davomida sifatli (qualitative) tahlil metodologiyasi asosida adabiyotlar

sharhi, huquqiy hujjatlar tahlili va solishtirma usul qo‘llanildi. Dastlab xalqaro

bioetik me’yorlar –

xususan, Xelsinki deklaratsiyasi, UNESCO deklaratsiyalari, Belmont


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

263

hisobotidagi asosiy prinsiplarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston

Respu

blikasining sog‘liqni saqlash sohasidagi bioetik me’yorlarga oid qonunchilik bazasi

o‘rganildi. Tibbiy tadqiqotlarda axloqiy nazoratning tashkil etilishi, bioetik
qo‘mitalarning faoliyati, bemor roziligining shakllanishi va ma’lumotli rozilik (informed

consent) prinsipi doirasida xalqaro va mahalliy tajriba solishtirildi.

Respublikasining tegishli qonunchilik bazasi o‘rganilishi natijasida yig‘ildi.

Tadqiqot jarayonida Xelsinki deklaratsiyasi, Belmont hisobotlari va UNESCO bioetika

bo‘yicha xalqaro hujjatla

ri batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda tibbiy

tadqiqotlarning etik jihatdan nazorat qilinishi uchun faoliyat yuritayotgan bioetik

qo‘mitalarning roli va amaliyotlari o‘rganildi.

Ma’lumotlar to‘plashda solishtirma va taqqoslash metodlari keng qo‘llanilib,

xalqaro va milliy hujjatlar o‘rtasidagi farqlar va umumiyliklar aniqlangan. Tadqiqotda
tibbiy tadqiqotlarda bemorlarning ma’lumotli roziligi olish jarayoni, axloqiy
me’yorlarning amalga oshirilishi va ularning zamonaviy amaliyotga mosligi ha

qida

ma’lumotlar yig‘ildi.

Shuningdek, ilmiy adabiyotlar va jurnallar orqali bioetikaning zamonaviy tibbiy

tadqiqotlarda tutgan o‘rni va dolzarbligi baholandi. Tahliliy yondashuv yordamida

bioetik tamoyillarning tibbiy tadqiqotlar jarayonida tatbiq etilishining samaradorligi va
dolzarbligi aniqlanib, xulosalar chiqarildi.

NATIJALAR

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tibbiy tadqiqotlarda bioetik tamoyillarning qo‘llanilishi

inson huquqlarini ta’minlash, tadqiqotlarning qonuniyligini belgilash va ilmiy halollikni
saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xalqaro me’yorlarda belgilangan asosiy tamoyillar

zarar yetkazmaslik, foyda keltirish, adolat va shaxs roziligi prinsiplari barcha

tadqiqotlar uchun majburiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston qonunchiligida ham
tibbiy tajribalar faqat bemorning yozma roziligi asosida o‘tkazilishi, axloqiy qo‘mita

roziligi olinishi shartligi belgilangan.

Xalqaro standartlarga muvofiq, har bir tibbiy tadqiqotda ishtirok etuvchilarning

yozma va ixtiyoriy roziligi majburiy hisoblanadi. Shu bilan birga, maxfiylik va shaxsiy

ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari samarali yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida bioetik qo‘mitalar tashkil etilishi

va ularning tadqiqotlarni axloqiy nazoratdan o‘tkazishi belgilangani, bu esa milliy

darajada bioetikaning mustahkamlanishiga xizmat qilayotgani

ko‘rsatildi. Bemorlarning

ma’lumotli roziligi olish jarayoni tizimli tarzda takomillashtirilmoqda, bu esa tibbiy

tadqiqotlarda ishtirok etuvchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi.

Shuningdek, tibbiy tadqiqotlarda axloqiy me’yorlarning buzilis

hi holatlari kamayib

bormoqda, ammo ba’zi hududlarda va yangi texnologiyalarni qo‘llashda etik jihatlarga
nisbatan ehtiyotkorlikning yetishmasligi kuzatilmoqda. Bu esa bioetika sohasidagi ta’lim

va nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.

Umuman olganda, bioetika zamonaviy tibbiy tadqiqotlarda nafaqat qonuniy talab,

balki ilmiy halollik va ijtimoiy ishonchni ta’minlovchi asosiy omil sifatida shakllanib

bormoqda.

Shuningdek, zamonaviy tibbiy tadqiqotlar bemorlar haqida maxfiy ma’lumotlarni

himoya qilish, ma’lumotli rozilik hujjatlarini tushunarli tilda taqdim etish kabi etik
talablarni o‘z ichiga olmoqda. Natijalar shuni anglatadiki, zamonaviy bioetika shunchaki

axloqiy tushuncha emas, balki amaliy muhofaza mexanizmi sifatida xizmat qilmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

264

MULOHAZA

Tadqiqot natijalari asosida aytish mumkinki, bioetika tibbiy izlanishlar jarayonida

axloqiy me’yorlarning buzilishini oldini olishda samarali nazorat vositasi hisoblanadi.
Ilmiy va texnologik yutuqlar qanday bo‘lmasin, ular inson qadriyati va hu

quqlari evaziga

bo‘lmasligi kerak. Tarixdagi qator etik buzilishlar –

Tuskegee sifilis tajribasi, Nazi

Germaniyasidagi tajribalar

zamonaviy bioetikaning shakllanishiga turtki bo‘lgan. Biroq

hozirgi kunda ham ba’zi hududlarda axloqiy normalarning buzilish

i kuzatilmoqda.

Ayniqsa, kam rivojlangan mamlakatlarda sinovlar axloqiy roziliksiz yoki to‘liq axborot
berilmagan holda o‘tkazilishi xavfi mavjud. Shu boisdan, har bir mamlakatda mustaqil va
professional bioetik qo‘mitalar faoliyat yuritishi, ularning qaro

rlari huquqiy kuchga ega

bo‘lishi lozim. Shuningdek, tadqiqotchilar bioetik savodxonlikka ega bo‘lishi, bemor bilan

ochiq, ishonchli va halol munosabat yuritishi talab etiladi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bioetika nafaqat tibbiy amaliyotning axl

oqiy

qoidalarini belgilashda, balki ilmiy tadqiqotlar jarayonida ishtirok etuvchilar huquqlarini
himoya qilishda ham asosiy omil hisoblanadi.

Bioetika inson sha’ni va huquqlarini yuqori qadrlashni talab qiladi, shuning uchun

har qanday tibbiy izlanish bemorlarning ixtiyoriy roziligi asosida amalga oshirilishi shart.
Bu esa nafaqat qonuniy talab, balki tibbiyot sohasidagi ijtimoiy ishonchning poydevori

hisoblanadi. Shunga qaramay, ayrim sohalarda va mamlakatlarda axloqiy me’yorlarning

yetarli darajada tatbiq

etilmasligi xavotir uyg‘otmoqda.

Shu bois bioetikaning ta’lim tizimida keng joriy qilinishi, tibbiy xodimlar va

tadqiqotchilar o‘rtasida bioetik savodxonlikni oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Shuningdek, bioetik qo‘mitalarning mustaqil faoliyati va ular

ning qarorlarining qonuniy

kuchga ega bo‘lishi axloqiy normalarning buzilishini kamaytirishda samarali vosita
bo‘ladi.

Natijalardan ko‘rinib turibdiki, bioetikaning zamonaviy tibbiy tadqiqotlar

sohasidagi roli tobora oshib, ilmiy hamjamiyat va jamiyat tomonidan qabul qilinmoqda.
Biroq kelajakda yangi texnologiyalar

masalan, gen muhandisligi, sun’iy intellekt va

biotexnologiyalar sohasida yanada chuqur bioetik tahlillar va qoidalar ishlab chiqilishi
zarur. Shu tarzda bioetika tibbiy ilm-fanni insonparvarlik tamoyillari asosida
rivojlantirishga xizmat qilaveradi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa qilib aytganda, bioetika zamonaviy tibbiy tadqiqotlarning ajralmas qismi

bo‘lib, u ilm

-

fanning inson huquqlari va qadriyatlariga mos yo‘nalishda rivojlanishini

ta’minlayd

i. Tadqiqotlar faqat ilmiy natijaga erishishga emas, balki bemor va

ishtirokchilarning manfaatlarini himoya qilishga ham xizmat qilishi lozim. Shu
munosabat bilan quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi:

1.

Tibbiy oliy o‘quv yurtlarida bioetika fanini majburiy da

rs sifatida joriy etish;

2.

Har bir tadqiqot loyihasini bioetik qo‘mita ko‘rigidan o‘tkazishni qonuniy

tartibga solish;

3.

Tadqiqotda ishtirok etuvchi shaxslar uchun aniq, tushunarli va ixtiyoriy asosda

rozilik olish mexanizmlarini takomillashtirish;

4.

Bioetika bo‘yicha xalqaro tajribalarni mahalliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga

moslashtirish;

5.

Ilmiy jurnallar va grant ajratuvchi tashkilotlar tomonidan bioetik mezonlarga

amal qilinmagan tadqiqotlarni rad etish tizimini kuchaytirish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

265

FOY

DALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

World Medical Association. (2013).

Declaration of Xelsinki

Ethical Principles for

Medical Research Involving Human Subjects

.

2.

U.S. Department of Health and Human Services. (1979).

The Belmont Report

.

3.

UNESCO. (2005).

Universal Declaration on Bioethics and Human Rights

.

4.

Rakhimova, M. (2021). “Tibbiyot va bioetika: dolzarb masalalar”.

O‘zbekiston

Tibbiyot Jurnali

.

5.

Karimova, D. (2023). “Tibbiy tadqiqotlarda ma’lumotli rozilik prinsipi”.

Etika va

Jamiyat

il

miy to‘plami.

Библиографические ссылки

World Medical Association. (2013). Declaration of Xelsinki – Ethical Principles for Medical Research Involving Human Subjects.

U.S. Department of Health and Human Services. (1979). The Belmont Report.

UNESCO. (2005). Universal Declaration on Bioethics and Human Rights.

Rakhimova, M. (2021). “Tibbiyot va bioetika: dolzarb masalalar”. O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali.

Karimova, D. (2023). “Tibbiy tadqiqotlarda ma’lumotli rozilik prinsipi”. Etika va Jamiyat ilmiy to‘plami.