Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Persistence of Intangible Cultural Heritage Related to
Mourning Meals in the Bukhara Oasis: International
Aspects of Ethnographic Analysis
Madiyor TURDIEV
1
,
Diyorbek KHUDOYBERDIEV
2
ALFRAGANUS UNIVERSITY
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article examines oral recipes, rituals associated with
mourning foods in the Bukhara oasis, and their role in
intergenerational continuity. Based on an ethnographic
approach, this study analyzes the sustainability of intangible
cultural heritage and the modern factors threatening it.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp1
98-203
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mourning foods,
oral recipes,
intangible cultural heritage,
intergenerational continuity,
Bukhara,
ethnographic analysis.
Buxoro vohasida motam taomlariga doir nomoddiy madaniy
merosning barqarorligi: etnografik tahlilning xalqaro
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
motam taomlari,
og‘zaki retseptlar,
nomoddiy madaniy meros,
avlodlararo uzviylik,
Buxoro,
etnografik tahlil.
Ushbu maqola Buxoro vohasida og‘zaki retseptlar, motam
taomlari bilan bog‘liq rituallar va ularning avlodlararo
uzviylikdagi rolini o‘rganadi.
Etnografik yondashuv asosida olib
borilgan ushbu tadqiqot nomoddiy madaniy merosning
barqarorligi va unga tahdid solayotgan zamonaviy omillarni
tahlil qiladi.
1
Senior Lecturer, ALFRAGANUS UNIVERSITY.
2
Student, ALFRAGANUS UNIVERSITY.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
199
Устойчивость нематериального культурного наследия,
связанного с траурными блюдами в Бухарском
оазисе:
международные аспекты этнографического анализа
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
траурные блюда,
устные рецепты,
нематериальное
культурное наследие,
преемственность
поколений,
Бухара,
этнографический анализ
.
Данная статья исследует устные рецепты в Бухарском
оазисе, ритуалы, связанные с траурными блюдами, и их
роль в преемственности поколений. Это исследование,
основанное на этнографическом подходе, анализирует
устойчивость нематериального культурного наследия и
современные факторы, представляющие угрозу для него.
KIRISH QISMI VA MAVZUNING DOLZARBLIGI
Globallashuv, urbanizatsiya va axborotlashgan jamiyat sharoitida ko
‘
plab xalqona
an
’
analar, jumladan og
‘
zaki tarzda avloddan avlodga uzatilgan nomoddiy madaniy meros
shakllari yo
‘
qolish xavfi ostida qolmoqda. Ayniqsa, diniy-ma
’
naviy asosga ega marosim va
rituallar, jumladan motam taomlari, ularni tayyorlashga oid og
‘
zaki retseptlar, ular bilan
bog
‘
liq ijtimoiy va ruhan poklanish amaliyotlari bugungi avlod tomonidan to
‘
liq idrok
qilinmay qolmoqda.
Buxoro vohasi
—
O
‘
zbekistonning tarixiy va madaniy jihatdan yuksak hududi bo
‘
lib,
undagi motam taomlariga oid urf-odatlar, diniy e
’
tiqod, xotira madaniyati, mahalliy axloqiy
me
’
yorlar bilan uyg
‘
unlashgan holda shakllangan. Mayit oshlari, xayr taomlari, sadaqa
nonlari kabi marosimga oid ovqatlar nafaqat marhumga bo
‘
lgan hurmat va duo vositasi,
balki jamiyatda ijtimoiy birdamlik, o
‘
zaro bog
‘
liqlik va madaniy uzviylikni
mustahkamlovchi omil sifatida namoyon bo
‘
ladi. Ushbu retseptlar yozma shaklda emas,
balki og
‘
zaki ko
‘
rinishda, aynan ayollar orqali
—
onadan qizga, qaynonadan kelinga
uzatiladi[2].
Bu jarayon qadimiy ijtimoiy institut
—
“xotinlar majmuasi” orqali amalga oshadi.
Shunday qilib, motamga oid taomlar, ularni tayyorlash usullari va marosimlardagi
funksional roli jamiyatdagi jinsiy mehnat taqsimoti, diniy bilim, axloqiy tarbiya va ruhiy
birlikning markaziy shakllaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda, zamonaviylashtirish, oziq-
ovqat sanoatining standartlashuvi, internetdagi turli retseptlar oqimi va yoshlar orasida
an’anaviy marosimlarga bo‘lgan qiziqishning susayishi ushbu bilimlarning uzviy uzatilish
zanjirini uzib qo‘yish xavfini tug‘diradi. Shu sababli, Buxoro vohasidagi motam taomlari
orqali merosning barqarorligini o‘rganish —
bu faqat gastronomik tahlil emas, balki
ijtimoiy antropologik va madaniy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham dolzarb ilmiy
masaladir[1].
Tadqiqot mazkur an’analarni faqat qayd etish emas, balki ularni zamonaviy sharoitda
qanday moslashayotganini, kimlar tomonidan va q
anday yo‘sinda saqlanayotganini,
qanday ichki mexanizmlar ularni barqarorlashtirayotganini aniqlashga qaratiladi. Shu
jihatdan, mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati yuqori bo‘lib, u milliy meros siyosatiga,
ta’lim va madaniyatni saqlash strategiyalariga x
izmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
200
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston etnografiya fanida motam marosimlari, ularning ijtimoiy va madaniy
funksiyalari, shuningdek, og‘zaki retseptlar orqali uzatiladigan motam taomlari bo‘yicha
chuqur tadqiqotlar olib borilgan.
Bu tadqiqotlar motam taomlarining jamiyatdagi o‘rni,
ularning avlodlararo uzatilishi va zamonaviy sharoitda qanday saqlanayotganini yoritadi.
Masalan, S. Toshpo‘latova va S. Xudoyqulovning “History and ethnology of Olot
district” nomli maqolasida Buxoro vo
hasidagi motam marosimlari, ularning tarixiy
ildizlari va bugungi kundagi holati tahlil qilingan. Mualliflar motam marosimlarining diniy,
ijtimoiy va madaniy jihatlarini o‘rganib, ularning jamiyatdagi ahamiyatini ko‘rsatib
berganlar [4].
Shuningdek, G. Yul
dashevaning “Nurota vodiysining an’anaviy liboslari va bezaklari”
nomli dissertatsiyasida motam marosimlarida kiyiladigan liboslar, ularning bezaklari va
bu liboslarning ijtimoiy-
ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Ushbu
tadqiqot motam ma
rosimlarining vizual komponentlarini o‘rganishda muhim manba
hisoblanadi.
Buxoro davlat universitetining ilmiy resurslari tizimida tarix fanlari nomzodi, dotsent
M.B.Qurbonovaning “Taom
-
etnik madaniyat hosilasi: “og‘iz suti” misolida” nomli
maqolasida voha
marosim taomlarining etnik madaniyatdagi o‘rni, ularning tayyorlanish
usullari va og‘zaki retseptlar orqali uzatilishi haqida so‘z yuritilgan.
Muallif ushbu maqola
orqali marosim taomlarining madaniy meros sifatida saqlanishi va avlodlararo uzatilish
mexanizmlarini yoritadi[1].
Buxoro vohasida motam marosimlari bilan bog‘liq kiyimlar va irim
-sirimlar haqida
esa “Buxoro vohasi dafn marosimi kiyimlari va ular bilan bog‘liq irim
-
sirimlar” nomli
maqolada batafsil ma’lumot berilgan.
Bu tadqiqot motam marosimlarining vizual va
rituallik jihatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega
[5].
Shuningdek, O‘zbekiston xalqining moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar
va e’tiqodiy qarashlar haqida “O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy
tasavvurlar va e’tiqodiy qarashlar” nomli maqolada motam marosimlari, ularning diniy
asoslari va ijtimoiy funksiyalari haqida so‘z yuritilgan.
Bu maqola motam marosimlarining
diniy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Yuqoridagi adabiyotlar motam taomlar
i, ularning og‘zaki retseptlar orqali uzatilishi,
marosimlardagi o‘rni va jamiyatdagi ahamiyatini chuqur o‘rganishda muhim manbalar
hisoblanadi. Bu tadqiqotlar asosida motam taomlari orqali nomoddiy madaniy merosning
barqarorligini ta’minlash, ularni hujjatlashtirish va avlodlararo uzatilishini ta’minlash
mumkin.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani tadqiq qilishda etnografik tahlil asosiy metod sifatida tanlangan bo‘lib,
u motam taomlari, ularning tayyorlanishiga oid og‘zaki retseptlar va ular bilan bog‘liq
rituallar orqali Buxoro vohasidagi nomoddiy madaniy merosning barqarorligini tahlil
qilishga xizmat qiladi. Tadqiqotda sifatli yondashuv asos qilib olingan bo‘lib, quyidagi
metodlar qo‘llanildi
.
Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, ilgari chop etilgan etnografik ishlanmalar
(xususan, Shavkat Bobojonov, S.Toshpo‘latova, S.Xudoyqulov va boshqalar asarlari) bilan
solishtirma tahlil ham olib borildi. Ma’lumotlar kontent tahlil usuli orqali kodlashtiril
ib,
mavzular (themes) bo‘yicha ajratildi. Tadqiqotda metodologik triangulyatsiya prinsipiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
201
amal qilinib, bir nechta manbalar va metodlar asosida ishonchlilik (credibility) va
haqiqatga yaqinlik (authenticity) ta’minlandi [6].
№
Tadqiqot usuli
Natija
1
Ishtirok
etuvchi
kuzatuv
Motam marosimlarida bevosita ishtirok etish orqali rituallar, ayollarning taom
tayyorlashdagi rollari, diniy-
ma’naviy kontekstlar va marosim davomida
yuzaga keladigan ijtimoiy dinamikalar kuzatildi.
2
Yarim
tuzilgan
intervyular
Buxoro vohasining Buxoro shahri, Jondor, Kogon, Vobkent va G‘ijduvon
tumanlaridagi turli yoshdagi ayollar (kelinlar, onaxonlar, oshpazlar) bilan
suhbatlar o‘tkazildi: jumladan, ancha yillar davomida
Jondor tumani, Og‘ar
qishlog‘ida yashagan faxriy pedagog
Muhabbat Turdiyeva bilan bo‘lgan
intervyuda motam bo‘lgan xonadonda uch kun mobaynida mayitga savob
borib turishi uchun maxsus
–
g‘arma
(qozonga ozroq yog‘, un va shakar solib
qovuriladi, keyin uni g‘alvir (elakning katta shakli) da elab likopchalarga sol
ib
ko‘ngil so‘rab kelgan aholiga tortiladi) taomi tayyorlanishi haqida ma’lumotlar
yozib olindi. Intervyular davomida retseptlar, irimlar, diniy marosimlar va
ularning avlodlararo uzatilish shakllari hujjatlashtirildi.
3
Og‘zaki tarix usuli
Ayniqsa yoshi
katta respondentlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar orqali tarixiy
xotira, avvalgi avlodlar marosimlari va zamonaviy amaliyotlar o‘rtasidagi
farqlar o‘rganildi.
4
Foto
va
videohujjatlar
asosida
vizual
etnografiya
Rituallar va taom tayyorlash jarayonlari foto va video hujjatlar orqali qayd
etildi, bu esa madaniy ifodaning vizual izchil tahlilini amalga oshirishga imkon
berdi.
5
Diskursiv tahlil
Intervyularda ishlatilgan so‘zlar, atamalar va madaniy konnotatsiyalar tahlil
qilinib, madaniy merosga bo‘lgan tasavv
urlar, diniy axloq va jamiyatdagi roli
aniqlashtirildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Buxoro vohasida motam taomlari bilan bog‘
liq nomoddiy madaniy merosning
uzatilishi, saqlanishi va barqarorligi chuqur etnografik kuzatuv, suhbatlar va ishtirok
etuvchi kuzatuv metodlari asosida o‘rganildi. Tadqiqot davomida motam marosimlari
doirasida tayyorlanadigan taomlar
–
ayniqsa
halim, sho‘
rva, norin va somsa
kabi
an’anaviy taomlar –
faqatgina ovqatlanish vositasi emas, balki
ijtimoiy birdamlik, ruhiy
barqarorlik va avlodlararo uzviylikning
markaziy timsoli ekani aniqlandi.
1.
Og‘zaki retseptlar orqali meros uzatilishi:
Motam taomlari bilan
bog‘liq retseptlar aksariyat hollarda yozma shaklda emas, balki
og‘zaki yo‘l bilan –
ona va buvi avlodidan qizlariga, kelinlarga o‘rgatilishi orqali
uzatilmoqda. Retseptlar faqat mahsulotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lmay, balki ularning
qanday sharoitda, kimga nisbatan va qanday niyat bilan tayyorlanishi haqida madaniy
kontekstni ham o‘z ichiga oladi. Bu holat nomoddiy madaniy merosning
shaxsiy tajriba
va kontekstual bilim orqali barhayot
qolayotganidan dalolat beradi.
2.
Rituallar va ularning ijtimoiy funksiyasi:
Motam marosimlari nafaqat marhumga hurmat ko‘rsatish, balki jamoani
birlashtirish, qadimiy rasm-rusumlarni qayta jonlantirish, va zamonaviy hayotga ularni
uyg‘unlashtirish vositasidir. Har bir taom atrofida shakllangan rituallar –
masalan, halim
quyis
hdagi navbat tartibi yoki qo‘shni xotin
-qizlarning ishtiroki
–
jamoaviy xotira va
ijtimoiy rollarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shu orqali madaniy kodlar, ijtimoiy
odob-axloq normalari va urf-odatlar
kundalik hayotda amaliy qo‘llaniladigan
shaklda
saqlanib qolmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
202
3.
Avlodlararo uzviylik va tajriba almashinuvi:
Tadqiqot davomida ko‘plab suhbatdoshlar –
ayniqsa yoshi katta ayollar
–
motam
taomlarini tayyorlash jarayonini yosh kelin-
qizlarga o‘rgatishni o‘zlarining
ma
’
naviy
burchi
sifatida ko‘rishlari kuzatildi. Bu uzviylik, ayniqsa, motam vaqtida barcha avlod
vakillarining birgalikda harakat qilishi orqali kuchayadi. O‘smirlar va yoshlar ko‘proq
kuzatuvchi sifatida qatnashsa-da, ular bunday holatlarda
nafaqat
oshxonaviy
ko
‘
nikmalarni
,
balki
rasm
-
rusumga
nisbatan
hurmatni
ham o‘zlashtiradi.
4.
Barqarorlikka tahdid va yangi o‘zgarishlar:
Zamonaviy turmush tarzi, migratsiya, ijtimoiy tarmoqlarning kuchayishi va tayyor
ovqatlar xizmatining kengayishi motam taomlari bilan bog‘liq an’ana
viy retseptlar va
rituallarni
qisman yemirmoqda
. Biroq, bu o‘zgarishlar ba’zan yangi shakllardagi
uzviylikni ham yuzaga keltirmoqda. Masalan, ayrim yoshlarda an’anaviy retseptlarni qayta
yozib, videolar ko‘rinishida hujjatlashtirishga intilish kuchaymoqda.
Bu esa
madaniy
merosning yangi shakllarda qayta talqin qilinishi
deb baholanishi mumkin.
Motam taomlari Buxoro vohasida nafaqat oshpazlik san’atining namunasi, balki
ijtimoiy xotira, ruhiy birdamlik va madaniy uzviylikning real ifodasi
sifatida
qadrlanadi. Bu taomlar va ularni tayyorlash bilan bog‘liq marosimlar orqali nomoddiy
madaniy meros harakatda, amalda va hissiyotda yashab kelmoqda. Shunday ekan, bu
merosni saqlab qolish, ayniqsa ayollar o‘rtasidagi bilim almashinuvini rag‘batlan
tirish,
yozma va raqamli shakllarda hujjatlashtirish orqali barqarorlikka erishish mumkin.
XULOSA
Mazkur etnografik tadqiqot orqali Buxoro vohasida motam taomlari orqali
ifodalanayotgan nomoddiy madaniy merosning barqarorligini, uzviyligini va amaliy
ifodasini har tomonlama o‘rganishga harakat qilindi. Tadqiqot davomida shuni anglash
mumkinki, motam marosimlari faqatgina diniy yoki ijtimoiy vazifani emas, balki qadimiy
urf-
odatlar, og‘zaki retseptlar, ayollar orasidagi tajriba almashuvi va avlodlararo
uzviylikning amaliy maktabi vazifasini bajarib kelmoqda.
Buxoro vohasida yashovchi aholi motam marosimlaridagi taomlarni oddiy ovqat
emas, balki marhumga bo‘lgan hurmat, ijtimoiy birdamlik va jamoaviy mas’uliyatning
ifodasi sifatida qadrlaydi. Ayniqsa, og‘zaki ravishda avloddan
-
avlodga o‘tib kelayotgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
203
retseptlar orqali nafaqat oshpazlik ko‘nikmalari, balki
qadriyatlar, e’tiqodlar va ijtimoiy
tartiblar ham uzatilmoqda. Bu jarayonlarda ayniqsa ayollar muhim rol o‘ynaydi, ular
merosni faqat o‘rgatuvchilar emas, balki saqlovchilar, tarjimonlar sifatida maydonga
chiqmoqda.
Shuningdek, zamonaviy omillar
—
migratsiya, iqtisodiy bosimlar, texnologiyalar va
hayot tarzi o‘zgarishlari bu an’anaviy merosga muayyan darajada ta’sir qilayotgan bo‘lsa
-
da, mahalliy jamoalar ushbu merosni yangi sharoitlarga moslashtirish yo‘llarini izlamoqda.
Raqamli hujjatlashtirish, videoretseptlar va yosh avlodning qiziqishi bu borada ijobiy
o‘zgarishlar uchun zamin yaratmoqda.
Shu boisdan, xulosa o‘rnida aytish mumkinki, motam taomlari orqali namoyon
bo‘ladigan nomoddiy madaniy meros nafaqat o‘tmishdan qolgan qoliplar, balki bugungi va
kelajak avlodlar uchun ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni mustahkamlovchi muhim
vositadir. Bu merosni saqlash uchun faqat rasmiy institutlar emas, balki oilalar, jamoalar
va yoshlar ham faol ishtirok etishi zarur. Faqat shundagina bu qadriyatlar o‘z zamonaviy
talqinida barhayot qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI
1.
Qurbonova, M.B.
Taom
—
etnik madaniyat hosilasi: “Og‘iz suti” misolida.
//
https://uniwork.buxdu.uz/ilmiy/resurs.asp?id=288109
2.
Jo‘rayev, N. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: marosimlar va rituallar. —
Toshkent: Fan,
2012.
3.
Tursunova, G. Ayol va an’ana: ijtimoiy institut sifatida ayollarning
marosimlardagi o‘rni. —
Toshkent: Ma’naviyat, 2015.
4.
Toshpo‘latova,
S., Xudoyqulov S., History and ethnology of Olot district. 148
–
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31951
5.
O‘
zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,
O‘zbekistonning nomoddiy
madaniy merosi ro‘yxati (2023 yilgi nashr).
—
Toshkent: Madaniyat, 2023.
6.
Cheboksarov, N.N., Cheboksarova, I.A. (1985).
Narody, traditsii, kultura
.
—
Moskva: Politizdat.
7.
Krivosheeva, L.P. (2012). Kultura pitaniya v traditsiyakh narodov Sredney Azii.
—
Sankt-Peterburg: Izdatel'stvo SPbGU.
