Авторы

  • Анвар Ходжаев
    PhD, профессор, Узбекский государственный университет физической культуры и спорта

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp213-221

Ключевые слова:

тяжелая атлетика физическая подготовка техническая подготовка мышечная сила прыгучесть эффективность тренировок экспериментальная группа

Аннотация

В данной статье на примере тяжелой атлетики исследовано влияние физической подготовки на техническую подготовленность. На основе проведенных исследований установлено, что физические показатели спортсменов, особенно сила мышц-разгибателей ног, рук и туловища, а также прыгучесть, оказывают непосредственное влияние на техническое мастерство. Проанализированы результаты экспериментальной и контрольной групп, обоснована важность правильного планирования содержания и нагрузки тренировочных занятий.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The impact of physical preparation on technical

preparedness

Anvar KHODJAEV

1

Uzbek State University of Physical Education and Sport

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article examines the impact of physical training on

technical skills in weightlifting. Research has shown that

athletes' physical indicators, particularly the strength of leg, arm,

and torso extensor muscles, as well as factors like jumping

ability, directly influence technical mastery. The results of

experimental and control groups were analyzed, highlighting the

importance of properly planning the content and intensity of

training sessions.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp2

13-221

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

weightlifting,

physical preparation,

technical preparation,

muscular strength,

jumping ability,

training effectiveness,

experimental group.

Jismoniy tayyorgarlikni texnik tayyorgarlikga ta'siri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ogʻir atletika,

jismoniy tayyorgarlik,

texnik tayyorgarlik,

mushak kuchi,

sakrovchanlik,

mashgʻulot samaradorligi,

tajriba guruhi.

Ushbu maqolada ogʻir atletika

sport turi misolida jismoniy

tayyorgarlikning texnik tayyorgarlikka ta’siri oʻrganilgan.

Tadqiqotlar asosida sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlari,

ayniqsa oyoq, qoʻl va tanani yozuvchi mushaklarning kuchi,

hamda sakrovchanlik kabi omillar texnik mahoratga bevosita

ta’sir qilishi aniqlangan. Tajriba va nazorat guruhlari natijalari

tahlil qilinib, mashg‘ulotlar mazmuni va yuklamasini to‘g‘ri

rejalashtirish muhimligi asoslab berilgan.

Влияние физической подготовки на техническую
подготовку

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

тяжелая атлетика,

физическая подготовка,
техническая подготовка,

В данной статье на примере тяжелой атлетики

исследовано

влияние

физической

подготовки

на

техническую подготовленность. На основе проведенных

1

PhD, Professor, Uzbek State University of Physical Education and Sport.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

214

мышечная сила,
прыгучесть,

эффективность
тренировок,
экспериментальная

группа

.

исследований установлено, что физические показатели

спортсменов, особенно сила мышц

-

разгибателей ног, рук и

туловища,

а

также

прыгучесть,

оказывают

непосредственное влияние на техническое мастерство.

Проанализированы результаты экспериментальной и

контрольной групп, обоснована важность правильного
планирования содержания и нагрузки тренировочных

занятий.


KIRISH

Ma’lumki, mashg‘ulot jarayoni mashg‘ulot ishi vazifalari xususiyati va hajmiga ko‘ra

uchta har xil davrga ajratiladi: tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish. Shunga qarab, ular yillik yoki
yarim yillik sport tayyorgarligini o‘z ichiga qamrab olishi mumkin. Har b

ir davr, uning

yo‘nalishiga qarab, qat’iy aniq vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi, chunki og‘ir atletikachilarning
jismoniy rivojlanish darajasini yanada oshirish ko‘proq tabaqalashgan yondashuvni taqozo

etadi.

Inson mushak kuchining o‘sishi qo‘zg‘atuvchilar k

uchi va takrorlanuvchanligi bilan

aniqlanadi, deb hisoblash qabul qilingan. Harakat apparatini qo‘zg‘altirish kuchi snaryad vazni
va uning harakatlanish tezligiga bog‘liq. Har qaysi tayyorgarlik bosqichida og‘ir

atletikachilarning u yoki bu sifatlarining rivojlanish darajasini aniqlay olish juda muhim.

Bunday ma’lumotlar maxsus jismoniy tayyorgarlikni nazorat qilishga, unga tegishli

tuzatishlar kiritishga imkon beradi.

Og‘ir atletikachilar amaliyotida maxsus jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun

mashg‘ulotda ko‘rsatilgan maxsus va musobaqa mashqlari natijalaridan ko‘pincha

foydalaniladi.

Musobaqalar va prognoz natijalari bo‘yicha ko‘proq og‘ir atletikachilarning umumiy

mashqlanganlik darajasi va faqat bilvosita boshqa tavsiflar to‘g‘risida fikr yuritish mum

kinligi

tufayli, odatda, alohida jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini ifodalovchi maxsus nazorat

sinovlari (testlar) o‘tkaziladi. Demak, mushaklar kuchining rivojlanishi qo‘zg‘atuvchi kuchi
yoki snaryad vaznining o‘sishi bilan kuzatilishi kerak. Standart qo‘zg‘atuvchi ma’lum bir “kuch
chegarasiga” ega, unda mushaklar kuchining o‘sishi to‘xtaydi. Kuch darajasining oshishi faqat
shtanganing vaznini oshirish yo‘li orqali ta’minlanishi.

Mutlaq kuchni rivojlantirish uchun DeLorme uslubi takomillashtirilgan. Takrorlash

soni kamaytirilgan, ogʻirlik vazni oshirilgan, turli xil urinishlar variantlari kiritilgan va
mashgʻulotda shtanga vaznining ketma

-

ket kelish tartibi oʻzgartirilgan. Ilgarilab kamayib

boruvchi qarshilik uslubi “Oksford” uslubi deb nomlangan, vazn oʻsib borishi va keyinchalik
uning kamayishi bilan bogʻliq metod “MacCloy” uslubi deb nomlanadi [97; 33

-86 b.].

Boshqa fikrlar ham mavjudki, ularga koʻra, kuch sifatlarini qisqa muddatli maksimal

zoʻriqishlar uslubi yordamida rivojlantirish zarur. Qisqa muddatli maksimal zoʻqishlar

uslubining boshqalardan farqli jihati shtanga vaznidan maksimumga nisbatan 85-95%

atrofida koʻproq foydalanish hisoblanadi.

Qisqa muddatli maksimal zoʻriqishlar uslubi asab

-mushak kuchlanishlarini jamlashga

boʻlgan qobiliy

atni ta'minlaydi va ilgarilab-

oʻsib boruvchi qarshilik uslubiga qaraganda

mushak kuchining rivojlanishda katta samara beradi. Uslub mushak massasini ancha

oshirmasdan turib, kuchning oʻsishiga yordam beradi, bu koʻproq nisbiy kuchni rivojlantirish

talab qilinadigan sport turlari uchun katta ahamiyatga ega [15; 116-128-b., 24; 20-27-b., 55;
42-43-b. va boshq.].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

215

Murakkab-texnik va tezlik-

kuch sport turlarida, shu qatorda ogʻir atletikada ham

musobaqalardagi natijalarga ta'sir qiluvchi koʻpgina omillar mavju

d. Sport natijasi (uning

dinamikasi va umumiy oʻsishi) koʻproq maxsus jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi bilan
aniqlanishi sababli, tayyorgarlik samarasini shu daraja koʻrsatkichlari boʻyicha baholash

maqsadga muvofiqdir [8; 7-9-b., 10; 92-94-b., 15; 57-83-b., 17; 71-75-b., 25; 18-23-b. va
boshq].

Adabiyot manbalari tahlili shuni koʻrsatdiki, tezlik

-kuch sifatlarining rivojlanish

darajasini baholashning oddiy, etarlicha ishonchli va hamma uchun kulay mezoni bu - ikki
oyoqda depsinib, turgan joydan yuqoriga sakrash balandligidir [30; 73-b., 45; 149-201-b., 56;
54-59-

b. va boshq.]. Ogʻir atletikada bunday baholash juda muhim, chunki musobaqa

mashqlarini bajarish paytida oyoqlar mushaklari asosiy yuklamani koʻtaradi. Uning ustiga,
dast koʻtarishda va shtangani koʻkrakka koʻtarishda irgʻitishning biomexanikaviy tuzilishiga
oʻxshash. Qator mualliflar [25; 18

-23-b., 32; 18-19-b., 36; 15-20-b. 73; 20-22-b. va boshq.]

turgan joydan yuqoriga sakrashda erishiladigan natijalarning musobaqa mashqlari

dast

koʻtarish va siltab koʻtarishdagi natijalar bilan ishonchli bogʻliqlikka ega ekanligini
koʻrsatadilar. A.V.Chernyakning e'tiroficha, sport malakasi ortib borgan sari bu bogʻliklik

kuchayib boradi [91; 23-26-

b.]. Malakali ogʻir atletikachilarda dast koʻtarishda

turgan joydan

yuqoriga sakrash balandligi va amortizasiya, final tezlanishi va butun irgʻitish fazalarining
bajarilish vaqti oʻrtasida yuqori bogʻliqlik aniqlangan [32; 18

-19-b., 73; 20-22-b. va boshq.].

Sakrash koʻrsatkichlari ancha yuqori boʻlgan ogʻir atletikachilar irgʻitish fazasini tezkor

ravishda, final tezlanish fazasini uzoqroq bajarganlar.

Bir qator mutaxassislar [30; 73-b., 32; 18-19-b., 73; 20-22-b. va boshq.] shunday

fikrdalarki, sakrash mashqlaridagi natijalar portlovchan kuchlanishlarni namoyon qilishga

boʻlgan integral tavsiflarni beradi va uning tarkibiy qismlari –

mushaklarning mutlaq kuchi,

portlovchan kuchlanishning maksimum kattaligi va uning namoyon boʻlish tezligini

baholaydi.

A.P.Vorobev [15; 109-110-

b.] tomonidan Abalakov boʻyicha yu

qoriga sakrash

balandligini oʻrgarish yuzasidan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, turli malakaga ega
ogʻir atletikachilarda sport malakasi oshib borgan sari yuqoriga sakrash balandligi ortib

boradi.

K.F.Bayazitov tadqiqotida oyoqlar mushaklari kuchining musobaqa mashqlaridagi

natijalar bilan yuqori korrelyasion bogʻliqlikka ega ekanligi aniqlangan. Shu sababli kuch
sifatlari darajasini aniqlash uchun oyoqlarni yozuvchi mushaklar yoki shtanga bilan oʻtirib

-

turishlar koʻrsatkichlaridan foydalaniladi

[10; 92-94-b.].

R.D.Xolmuxamedov fikricha, yuqori sport natijalariga erishish nafaqat yuqori

darajadagi mushak kuchiga, balki qisqa vaqt ichida katta kuchlanishlarni namoyon qila olish

qobiliyatiga ham bogʻliq [87; 43

-48 b.].

D.Ishtaev turgan joydan

yuqoriga sakrash va uning koʻrsatkichlarini tezkor ravishda

qabul qilish uchun “SPORK” moslamasini koʻllashni tavsiya qiladi [30; 73 b.].

Ogʻir atletikada bunday baholash juda muhim, chunki musobaqa mashqlarini

bajarishda asosiy yuklamani koʻtaradi. Uning

ustiga, final tezlanish fazasining biomexanikaviy

tuzilishi dast koʻtarishdagi tortish hamda irgʻitishdan soʻng koʻllarni bukish harakatlari
tuzilmasiga oʻxshash [21; 232

-242-b., 68; 61-82-b., 80; 52-55-b., 90; 103-110-b. va boshq.].

V.M.Zasiorskiy mushak

kuchini rivojlantirishga moʻllajlangan quyidagi mashqlarni

taklif qilgan: a) chegara atrofidagi vaznni toliqishgacha takroran koʻtarish; b) chegara (eng


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

216

katta) ogʻirlikni (vaznni) koʻtarish; v) yuqori tezlikda chegara atrofidagi vaznni koʻtarish [28;

152-163-b.].

A.V.Pakov va R.M.Matkarimovlarning fiqricha, maxsus ish qobiliyati asosida ogʻir

atletikachilarning mashgʻulotdan oldingi jismoniy holatini sub'ektiv holda qayd etish usuli
yotadi. Ogʻir atletikachiga mashgʻulot boshlanishidan oldin oʻz jismoniy h

olatini (maxsus ish

qobiliyatini) 10 ballik tizim asosida baholash taklif etilgan [47; 53-55-b., 57; 50-52 b.],.

Shu oʻrinda mualliflar ommaviy razryadli ogʻir atletikachilarning mushak kuchini

rivojlantirishda ogʻirliklar miqdorini belgilashda faqat kuchn

i rivojlantirish samarasiga qarab

emas, balki ogʻir atletikachilarning harakat malakasini shakllantirish va organizm holatining
turli oʻzgarishlari tavsiflarini inobatga olish zarur deb hisoblashadi.

Oyoq mushaklari kuchining musobaqa mashqlaridagi natijalar bilan yuqori

koordinatsion bog‘liqlikka ega ekanligi maxsus tadqiqotlarda aniqlangan [K.F.Bayazitov,

A.V.Pakov, L.S.Dvorkin, R.A.Roman va boshq.]. Shuning uchun kuch sifatlari darajasini

aniqlash uchun oyoqlarni yozuvchi mushaklar yoki shtanga bilan o‘

tirib-turishlar

ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.

Mushaklar kuchini va ularning og‘irligini oshirish uchun M.H.Stone, M.Wang va boshqa

mualliflar maksimumga nisbatan 40-50%ga teng kuchlanish kattaligini optimal deb
hisoblaydi. Maksimumga nisbatan 20-30% k

uchlanishda mushaklar kuchi o‘zgarmaydi. Sport

amaliyotida 5-10 soniya ichida maksimumga nisbatan 55-

100% kuchlanish qo‘llaniladi [102;

30-38-b., 104; 356-359-b.].

Mushaklar kuchini rivojlantirish uchun statik va dinamik uslub ham qo‘llaniladi. Og‘ir

atlet

ikachi shtangani tizzadan ko‘tarib, uni shu holatda 5

-6 soniya davomida ushlab turadi,

keyin tortishni davom ettiradi; o‘tirib

-turishlar ham xuddi shunday bajariladi.

A.N.Vorobev tomonidan mushaklarni majburan cho‘ziltirish uslubi ishlab chiqilgan.

Mushakl

ar zo‘riqishini boshqarishda qo‘yidagi qoidalarga amal qilish zarur. Cho‘ziltirish

qancha jadalroq bo‘lsa, ta’sir etish vaqti shuncha kamroq bo‘lishi kerak. Kuchli
cho‘ziltirishlarda 30 soniya kifoya qiladi. Mashg‘ulotlar tizimida har bir og‘ir atletikachi

mushaklarni majburan cho‘ziltirishga qaratilgan mashqlarni qo‘llashi zarur, ular qandaydir
mashqda seriyali urinishlardan so‘ng ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mashg‘ulotlarga
“ishchi” mushaklarni majburan cho‘ziltirishga qaratilgan mashqlarni muntazam

kiritib borish

mushaklar kuchining yuqori darajada oshishiga olib keladi. Shunday qilib, mushaklarni

majburan cho‘ziltirish ish qobiliyatini oshirishning eng samarali uslublaridan biri sifatida

xizmat qilishi mumkin [15; 112-114-b.].

Og‘ir atletika shunday

sport turlari qatoriga kiritiladiki, bu erda harakat amallari

yetakchi jismoniy sifatlarning o‘sib boruvchi rivojlanishi hamda maksimal namoyon bo‘lishini
talab etadi. Og‘ir atletikachilarning harakat malakalari ko‘p yillik tayyorgarlik davomida va

har doim maxsus sifatlarni yanada rivojlantirish zamirida shakllantiriladi va
takomillashtiriladi.

Ma’lumki, sportchilar mahorati ularning u yoki bu mashg‘ulot davrida erishgan

jismoniy, texnik va psixologik imkoniyatlarini musobaqalar sharoitlarida maksimal darajada

ro‘yobga oshirish qobiliyati bo‘yicha baholanadi. Bizningcha, og‘ir atletikachilarning bunday
qobiliyati sport mahoratining sifat jihatidan namoyon bo‘lishi sifatida qaralishi mumkin. Og‘ir
atletikachilarning mashg‘ulotlarda ko‘rsatgan eng yaxshi na

tijalariga nisbatan musobaqada

ko‘rsatgan natijasi qancha yuqori bo‘lsa, uning sport qobiliyatlari shuncha yuqori baholanadi.

Shunday qilib, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yelkada shtanga bilan o‘tirib

turishlarda ma’lum bir natijalarga erishish uc

hun oyoqlar hamda tananing yozuvchi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

217

mushaklari kuchini rivojlantirishda mashg‘ulot ishi hajmi avval erishilgan mushaklar kuchini
tiklashdagiga qaraganda ko‘p qarra yuqori bo‘lishi kerak.

JISMONIY TAYYORGARLIKNI TEXNIK TAYYORGARLIKGA TA'SIRI

Pedagogik

tajriba tadqiqot ishtirokchilarining jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichi

natijalarining oʻsishiga ijobiy ta'sir koʻrsatdiJadvalda tayyorgarlik guruhlari boʻyicha
shugʻullanuvchilarining maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini oʻzgarishi dinamikasi

t

oʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumotlarga qaraganda BTGning nazorat guruhida

oyoqlarni yozuvchi mushaklar kuchining oʻsishi dastlabki natijaga koʻra

- 17.9 kg.ga, Dk tanani

yozuvchi mushaklar kuchining oʻsishi

- 9.2 kg.ga, Sk tanani yozuvchi mushaklar kuchining

oʻsishi

-

13.6 kg.ga, «XM

-

tren» trenajerida qoʻllarni bukib tortish kuchining oʻsishi

- 6.3 kg.ga,

shvung usulida yuqoriga koʻtarishda koʻllarni yozuvchi kuchining oʻsishi

- 7.5 kg.ga va

sakrovchanlik qobiliyatining oʻsishi

- 4.6 sm.ga teng b

oʻldi. Oʻsish statistik ishonchli emas

(r˃0,5). Bu shundan dalolat beradiki, mashgʻulot jarayonida nazorat guruhidagi sportchilarda
koʻproq oyoqlarni yozuvchi va tanani yozuvchi hamda qoʻllarni yozuvchi va bukuvchi

mushaklarning kuch yondashuvlari oshirish

ga e'tibor qaratilmagan. Mashgʻulotlarda

musobaqa va maxsus-yordamchi mashqlarni bajarish texnikasini takomillashtirish bilan
cheklanib qolgan.

Tajriba guruhida oʻzgarishlar biroz yuqoriroq. Oyoqlarni yozuvchi mushaklar kuchining

oʻsishi

- 25.9 kg.ga, Dk t

anani yozuvchi mushaklar kuchining oʻsishi

- 15.6 kg.ga, Sk tanani

yozuvchi mushaklar kuchining oʻsishi

-

23.7 kg.ga, «XM

-

tren» trenajerida qoʻllarni bukib tortish

kuchining oʻsishi

-

13.4 kg.ga, shvung usulida yuqoriga koʻtarishda koʻllarni yozuvchi kuchi

ning

oʻsishi

-

17.4 kg.ga va sakrovchanlik qobiliyatining oʻsishi

-

8.2 sm.ga toʻgʻri keldi. Oltita

mashqdagi oʻsish farqi statistik ishonchli (r<0,05). Shunday qilib, tanani yozuvchi va
oyoqlarni yozuvchi mushaklar kuchi natijalarining oʻsishi bilan birga, koʻllarni bukuvchi va
yozuvchi mushaklar kuchi, shuningdek, sakrovchanlik qobiliyati oshdi. Shuni e’tirof etish joizki,
og‘ir atletikachi uchun muhim jismoniy sifatlardan biri hisoblangan mushaklarning mutlaq

kuchini tarbiyalashda kuch xusu

siyatiga ega mashqlar (tortishlar va o‘tirib

- turishlar) ulushini

qisqartirib, ko‘llarni yozuvchi mushak kuchini oshirishga qaratilgan shvung usulida
yuqoriga ko‘tarish, «XM» usulida yuqoriga ko‘tarish va «XM

-

tren» trenajerida qo‘llarni buki

b-

yozish mashqlar hajmini oshirish va muntazam ravishda sakrovchanlik qobiliyatining

rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yuqoriga sakrash mashqlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

OʻMGda nazorat guruhida dastlabki natijaga koʻra tadqiqot yakunida olingan

koʻrsatkichlar boʻyicha elkadagi shtanga bilan oʻtirib turish mashqida

- 16.1 kg.ga, dast

koʻtarishli tortish mashqida

-

10.1 kg.ga, siltab koʻtarishli tortish mashqida

-

12.9 kg.ga, «XM

-

tren» (dinomametriya) mashqida

-

5.2 kg.ga, shvung usulida yuqoriga koʻtar

ish mashqida - 9.5

kg.ga, yuqoriga sakrash mashqida - 5.1 sm.ga oshdi.

Tajriba guhurida esa katta oʻzgarish kuzatildi. Elkadagi shtanga bilan oʻtirib turish

mashqida -

24.3 kg.ga, dast koʻtarishli tortish mashqida

-

22.3 kg.ga, siltab koʻtarishli tortish

mashqida -

22.4 kg.ga, «XM

-

tren» (dinomametriya) mashqida

- 12.8 kg.ga, shvung usulida

yuqoriga koʻtarish mashqida

- 11.6 kg.ga, yuqoriga sakrash mashqida - 7.9 sm.ga yaxshilandi.

SKEGda nazorat va tajriba guruhlarida mezonlar boʻyicha koʻrsatkichlar ijobiy

tamonga

oʻzgardi. Biroq tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan natijalar yuqoriroq boʻldi. Nazorat
va tajriba guruhlarida elkadagi shtanga bilan oʻtirib turish mashqida koʻrsatkich boshqa
mezonlarga karaganda yuqoriroq boʻlganini koʻramiz. Bu ogʻir atletka mashgʻulotlarida elkada
oʻtirib turish mashqidan tashqari oʻtirib turish harakati bor barcha mashqlarni bajarishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

218

hisobiga oyoqlar mushak kuchi oshadi. Bundan tashqari ushbu sport turida oyoqlarning

mushak kuchining yondashuv yuqori darajada boʻlishn

i talab etadi.

Mashgʻulot jarayonida jismoniy tayyorgarlikni oshirishga ta'sir koʻrsatuvchi xar bir

mashqlarni maqsad boʻyicha foydalanish va ularni toʻgʻri taqsimlangan meyorini qoʻllashga
katta e'tibor berish, nafaqat sport natijasiga oʻsishiga hizmat

qilishi, balki texnik mahoratiga

ham ijobiy ta'sir koʻrsatishini oʻnitmaslik oʻnitmaslik lozim.

Yuqorida keltirilgan natijaridan koʻrinib turibdiki, nazorat va tajriba guruhlarining

jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari solishtirilganda ularning oʻrtasid

agi natijalar biroz

farqlandi (5.15-, 5.16-, 5.17-rasmlarga qarang).

Izoh:

NG-nazoart guruhi, TG-

tajriba guruhi, OʻF

-

oʻrtadagi farq

5.15-

rasm. BTGdagi tadqiqot guruhlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlikning

oʻsish koʻrsatkichlari

Rasmda

BTGning jismoniy tayyorgarlik holati keltirib oʻtilgan. BTG shugʻulanuvchilarida

jismoniy tayyorgarlik darajasining dastlabki natijalariga nisbatan yuqori natijaga ega boʻlishi
ta'biy xol, sababi boshlangʻich tayyorgarlikda shugʻullanuvchilarning maksimal

jismoniy va

texnik qobiliyatlari tayyorgarlik boshida namayon boʻlmaydi. Shugʻullanuvchilar muntazam
mashgʻulotlar olib borilgandan soʻng individual yondashuvlaridan kelib chiqib, tezkor rashivda

natijalar ortib boradi. Shu bois, ushbu tayyorgarlik bosqichida jismoniy tayyorgarlik qobiliyatini

aniqlovchi mezonlarda yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishdi.

Tadqiqot yakunida nazorat va tajriba guruhlarining shugʻullanuvchilari oʻrtasida oyoq

mushaklar kuchi - 11.8 %ga, Dk tanani yozuvchi mushaklarning kuchi - 14.8 %ga, Sk tanani
yozuvchi mushaklarning kuchi -

14.9 %ga, qoʻllarni bukuvchi kuchi

-

17.3 %ga, qoʻllarni

yozuvchi mushak kuchi - 22.7 %ga hamda sakrovchanlik qobiliyati - 19.1 %ni tashkil qildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

219

Izoh:

NG-nazoart guruhi, TG-

tajriba guruhi, OʻF

-

oʻrtadagi

farq


5.16-

rasm. OʻMGdagi tadqiqot guruhlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlikning

oʻsish koʻrsatkichlari

Rasmda koʻrishimiz mumkinki tadqiqot guruhlari oʻrtasida eng yuqori koʻrsatkich

sakrovchanlik qobiliyatida namayon boʻldi. Nazorat guruhi mashgʻulotlar

jarayonida

sakrovchanlik qobiliyatini oshirish uchun yuqoriga sakrash mashqlariga katta e'tibor
berishmadi. Tajriba guruhi jismoniy kuch sifatini oshirishdan tashqari portlovchanlik

qobiliyatini pasayib ketmasligi sababli mashgʻulot jarayonining asosiy qis

mini yakunida

koʻllanish mashgʻulot rejasiga kiritilgan. Biroq, nazorat guruhining yuqoriga sakrash natijasi 4.6
sm.ga yaxshilangan. Bu oyoqlarning mushak kuchi 10.9 kg.ga oshganligi hisobiga oʻsgan. Qolgan

mezonlarda, masalan, oyoq mushaklar kuchi - 7.6 %ni, Dk tanani yozuvchi mushaklarning kuchi
- 14.1 %ni, Sk tanani yozuvchi mushaklarning kuchi -

8.8 %ni, qoʻllarni bukuvchi kuchi

- 8.7 %ni,

qoʻllarni yozuvchi mushak kuchi

- 3.1 %ni hamda sakrovchanlik qobiliyati - 16.5 %sm.ga

farqlandi.

Izoh:

NG-nazoart guruhi, TG-

tajriba guruhi, OʻF

-

oʻrtadagi farq


5.17-

rasm. SKEGdagi tadqiqot guruhlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlikning

oʻsish koʻrsatkichlari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

220

Pedagogik tadqiqot yakunida SKEGning nazorat va tajriba guruhlari o‘rtasida oyoq

mushaklar kuchi - 5.8 %ni, Dk tanani yozuvchi mushaklarning kuchi - 6.8 %ni, Sk tanani
yozuvchi mushaklarning kuchi -

7.2 %ni, qo‘llarni bukuvchi kuchi

-

6.2 %ni, qo‘llarni

yozuvchi mushak kuchi - 3.8 %ni hamda sakrovchanlik qobiliyati - 3.5 %ni tashkil qildi.

Tajriba guruh

ida yelkadagi shtanga bilan o‘tirib turish mashqidagi ko‘rsatkich

nazorat guruhiga nisbatan foiz ko‘rsatkichida yuqori bo‘lgan bo‘lsa, kilogrammlarda atiga
3.6 kg.ni tashkil qildi. Albatta tajriba guruhdagi shug‘ullanuvchilar uchun bu ko‘rsatkich

yaxshi de

b hisoblansa, bu va qolgan ko‘rsatkichlarning natijasi shug‘ullanuvchilarni texnik

mahoratini mukammal namoyon qilishga samarali ta’sir ko‘rsatishiga zamin yaratadi.

Pedagogik tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida oyoqlarni yozuvchi, tanani yozuvchi

me’yo

rlarda katta farq musobaqa va maxsus-

yordamchi mashqlar maqsad sari qo‘llanish

vaqti va ularning optimal taqsimlangan me’yorlari bo‘yicha mashg‘ulot rejasini tuzmaslik
bundan tashqari, qo‘llarni bukuvchi va yozuvchi mushaklar kuchi va sakrovchanlik

qobiliy

atining o‘sishidagi bunday katta farq nazorat guruhining mashg‘ulotlarida qo‘llarni

bukuvchi va yozuvchi mushaklar kuchi va sakrovchanlik qobiliyatining rivojlanishga
qaratilgan maxsus-yordamchi mashqlardan foydalanmaslik sababli kuzatildi.

XULOSA

Yuqorida

gi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ogʻir atletika sportida jismoniy

tayyorgarlik darajasi sportchining texnik mahorati rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa oyoq, qo‘l va tanani yozuvchi mushaklar kuchi hamda sakrovchanlik qobiliyati

texnik

mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Tajriba guruhining

nazorat guruhiga nisbatan yuqori natijalarga erishgani, mashgʻulot jarayonida to‘g‘ri

tanlangan mashqlar majmuasining samaradorligini isbotlaydi. Shuningdek, musobaqa va
maxsus-yordamchi mashqlarni maqsadga muvofiq rejalashtirish sportchilarning umumiy

sport ko‘rsatkichlarini va texnik tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega

ekani tasdiqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Gaverdovskiy Yu.K. O‘rgatish sport

mashqlariga. Biomekanika. Metodologiya.

Didaktika. M.: Sovetskiy sport, 2008.

912 b.

Ge N.D., Tyutebayev B.X. Og‘ir atletikachilar uchun maxsus

-tayyorgarlik mashqlarini

tanlash uslubiyatining eksperimental asoslanishi // Vestnik fizicheskoy kultury. Olmati,
2002.

B. 71

75.

Ge N.D., Tyutebayev B. Og‘ir atletikachilarning texnik tayyorgarlik darajasini

baholash. Ilmiy jurnal “Olimp” №2

-3/2016. B. 47

48.

Ge N.D. Og‘ir atletika mashqlari texnikasini o‘rgatish metodikasi: Ped. fan. nom. ilmiy

daraja olish uchun avtoreferat.

M., 1998.

24 b.

Ge N.D., Medvedev A.S. Ko‘krakdan shtangani siltab ko‘tarish texnikasini o‘rgatish

metodikasi: Talabalar uchun metodik ishlanma. M.: GTSOLIFK, 1993.

120 b.

Godik M.A. Sport metrologiyasi: Jismoniy madaniyat institutlari uchun darslik.

M.:

Fizkultura i sport, 1988.

192 b.

Dobrovolskiy I., Golovin E. Trener jihozlari: Portlovchan kuchni rivojlantirish

metodikasi / I. Dobrovolskiy, E. Golovin // Yengil atletika. 1973.

№12. –

B. 12

13.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

221

Dobrovolskiy S.S., Yust V.V. Og

‘ir atletikachilar harakatlarining biomekanik tahlili:

O‘qituvchilar, trenerlar va talabalar uchun metodik tavsiyalar. Xabarovsk: DVGAFK, 2003.

82 b.

Dvorkin L.S. Og‘ir atletika: Yosh og‘ir atletikachini tayyorlash uslubiyoti. 2

-nashr. M.:

Yurayt, 2017.

B. 128

131.

Dvorkin L.S. Og‘ir atletika. 1

-jild va 2-jild. 2-nashr. M.: Yurayt nashriyoti, 2017.

B.

170

172, 232

242.

Библиографические ссылки

Gaverdovskiy Yu.K. O‘rgatish sport mashqlariga. Biomekanika. Metodologiya. Didaktika. M.: Sovetskiy sport, 2008. – 912 b.

Ge N.D., Tyutebayev B.X. Og‘ir atletikachilar uchun maxsus-tayyorgarlik mashqlarini tanlash uslubiyatining eksperimental asoslanishi // Vestnik fizicheskoy kultury. Olmati, 2002. – B. 71–75.

Ge N.D., Tyutebayev B. Og‘ir atletikachilarning texnik tayyorgarlik darajasini baholash. Ilmiy jurnal “Olimp” №2-3/2016. B. 47–48.

Ge N.D. Og‘ir atletika mashqlari texnikasini o‘rgatish metodikasi: Ped. fan. nom. ilmiy daraja olish uchun avtoreferat. – M., 1998. – 24 b.

Ge N.D., Medvedev A.S. Ko‘krakdan shtangani siltab ko‘tarish texnikasini o‘rgatish metodikasi: Talabalar uchun metodik ishlanma. M.: GTSOLIFK, 1993. – 120 b.

Godik M.A. Sport metrologiyasi: Jismoniy madaniyat institutlari uchun darslik. – M.: Fizkultura i sport, 1988. – 192 b.

Dobrovolskiy I., Golovin E. Trener jihozlari: Portlovchan kuchni rivojlantirish metodikasi / I. Dobrovolskiy, E. Golovin // Yengil atletika. 1973. – №12. – B. 12–13.

Dobrovolskiy S.S., Yust V.V. Og‘ir atletikachilar harakatlarining biomekanik tahlili: O‘qituvchilar, trenerlar va talabalar uchun metodik tavsiyalar. Xabarovsk: DVGAFK, 2003. – 82 b.

Dvorkin L.S. Og‘ir atletika: Yosh og‘ir atletikachini tayyorlash uslubiyoti. 2-nashr. M.: Yurayt, 2017. – B. 128–131.

Dvorkin L.S. Og‘ir atletika. 1-jild va 2-jild. 2-nashr. M.: Yurayt nashriyoti, 2017. – B. 170–172, 232–242.