Авторы

  • Нилуфар Ниёзова
    Кандидат философских наук, доцент, Ташкентский государственный медицинский университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp493-498

Ключевые слова:

Новое время Роберт Кох медицина анатомия физиология болезни микроскоп история развитие наука культура

Аннотация

В статье рассматривается роль естественных наук в развитии медицины в европейском Новом времени, великие открытия европейских учёных, внёсшие вклад в развитие этих наук, и их классификация. Также подробно рассматривается значение достижений естественных наук в современной медицине.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Fundamental changes in the natural sciences of the
European Modern Era and their influence on medicine

Nilufar NIYOZOVA

1


Tashkent State Medical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article explores the role of natural sciences in the

development of medicine during the European New Age,

highlighting the significant discoveries of European scientists

who contributed to the advancement of these sciences, and

providing their classification. Additionally, the importance of
achievements in natural sciences for contemporary medicine is

substantively discussed.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp493-498

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

New Age,

Robert Koch,

medicine,

anatomy,

physiology,

diseases,

microscope,

history,

development,

science,

culture.

Yevropa Yangi davri tabiiy fanlaridagi tub burilishlar va

uning tibbiyotga ta’siri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Yangi davr,

Robert Kox,

tibbiyot,

anatomiya,

fiziologiya,

kasalliklar,

mikroskop,

tarix,

rivojlanish,

ilm-fan,

madaniyat.

Ushbu maqolada Yevropa Yangi davri tibbiyot taraqqiyotida

tabiiy fanlarning o‘rni, mazkur fanlar rivojlanishida hissa

qo‘shgan Yevropalik olimlarning ulkan kashfiyotlari hamda

ularning tasnifi berilgan. Shuningdek, tabiiy fanlardagi

yutuqlarning hozirgi davr tibbiyotidagi ahamiyati mazmunan
yoritilgan.

1

Candidate of Philosophical Sciences, Associate Professor, Tashkent State Medical University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

494

Коренные преобразования в естественных науках

европейского Нового времени и их влияние на
медицину

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Новое время,

Роберт Кох,

медицина,

анатомия,

физиология,

болезни,

микроскоп,

история,

развитие,

наука,

культура.

В статье рассматривается роль естественных наук в

развитии медицины в европейском Новом времени,

великие открытия европейских учёных, внёсшие вклад в

развитие этих наук, и их классификация. Также подробно
рассматривается значение достижений естественных наук

в современной медицине.


KIRISH

Hozirgi globallashuv jarayonida inson salomatligini saqlash eng dolzarb

masalalaridan biri bo‘lganligi bois, bo‘lajak shifokorlar yetuk kadr bo‘lishi uchun
sohaning shonli o‘tmishi, taraqqiyot darajalarini o‘rganish tibbiyotni xalqaro darajadagi
nufuzining ortishiga, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

S

huningdek, inson salomatligini saqlashda tibbiyot tarixining o‘ziga xos xususiyatlari,

tarkibiy qismlari va tizimlari fan sifatida tatbiq etilishi bu boradagi muammolarni hal

etishga qisman bo‘lsa

-

da ko‘mak beradi.

Tibbiyotda tabiiy fanlarning o‘rni beqiyo

s. Biroq tabiiy fanlarning, xususan,

Yevropada buning rivojlanishi, uning tibbiyotga ta’siri tor doirada o‘rganilgandek,

nazarimizda. Negaki, tabiiy fanlarning rivoji tibbiyot taraqqiyotida keskin burilishlarga

olib keldi, ko‘plab kashfiyotlarga zamin yara

tib berdi. Shuning uchun bunga doir mavzuni

kengroq yoritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Albatta, Yevropa Yangi davri tabiiy fanlar taraqqiyotini o‘qitishda zamonaviy

yondashuvlar asosida mavzu mazmunini yangi materiallar bilan boyitish zarur. Uning

o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishda hozirgi davr tibbiyotidagi kashfiyotlar muhim
bo‘g‘in ekanligiga alohida e’tibor qaratish zarur.

Yangi davr tabiiy fanlari taraqqiyotini o‘rganish bo‘lajak shifokorlarga faqatgina

yangi ma’lumotlarni berib qolmay

, balki kasbiy salohiyatining ortishiga ham xizmat

qiladi. Chunki bugungi davr shifokori sog‘lom turmush tarzining targ‘ibotchisi sifatida
e’tirof etilar ekan, u salomatlikni saqlashning faqat tibbiy bilimlar konsepsiyasida emas,

balki unda tabiiy fundamen

tal fanlarning o‘rni, uning ijtimoiy omillarini ham bilmog‘i

lozim. Shu nuqtai nazardan, mavzumizning dolzarbligini quyidagicha belgiladik:

Birinchidan,

respublikamizda sifatli tibbiy xizmat va shu sohadagi ta’limni yo‘lga

qo‘yish borasida koʻplab sa’y

-har

akatlar amalga oshirilmoqda. Umuman bo‘lajak

shifokorlar tibbiyot taraqqiyotiga xos xronologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishi
muhim hisoblanadi.

Ikkinchidan,

tibbiyot mamlakatning muhim strategik sohasi ekanligini hisobga

olib, unga xos tarixiy

faktlarni o‘rganish intellektual salohiyati yuksak kadrlarni

tayyorlashda muhim masaladir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

495

Uchinchidan,

shifokor tafakkuri yangilanishida tibbiyotga xos bilimlarning paydo

bo‘lish tarixi, xususan, tabiiy fanlarning yutuqlari va zamonaviy ahamiyatini ko‘rsa

tish

yoshlarning innovatsion tashabbuskorligini ta’minlashini ta’kidlash lozim.

METODOLOGIYA

Yangi davr

kapitalistik munosabatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi

davri (1640-

1918). Uning boshlanishi ingliz burjua inqilobi bilan bog‘liq bo‘lib, u butun

Yevropada feodal munosabatlarining buzilishi jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Biroq

tibbiyotning r

ivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan katta ilmiy

kashfiyotlar, jumladan: o‘simliklar va hayvonlarning hujayrali tuzilishi nazariyasi;

energiyani tejash qonuni; Darvinning evolyutsion ta’limoti, shuningdek, Leyden

universitetida ilg‘or anat

omik bilimlari bilan mashhur maktab shakllandi. Uning vakillari

qiyosiy anatomiya, anatomik preparatlarni tayyorlash texnikasi va dunyodagi birinchi

anatomik muzeyni yaratish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari bilan mashhur bo‘ldi.

Maqolamiz kontekstida tab

iiy fanlarda innovatsion tub burilish yasagan o‘z davrining

mashhur G‘arbiy Yevropalik olimlarining ayrimlarini qayd etib o‘tamiz.

Yangi davrda fiziolog olimlar ham katta yutuqlarga erishdilar. Ular refleks haqidagi

g‘oyalarni ishlab chiqdilar, organizmda sodir bo‘layotgan jarayonlarning mohiyatini

aniqladilar va mushak tolalari xususiyatlarini o‘rgandilar. Fizika va kimyo sohasidagi

kashfiyotlar fiziologik eksperimentning yangi usullari va texnikasini yaratishga yordam

berdi. Biroq XVIII asrgacha fiziologiya anatomiya va tibbiyotning bir qismi sifatida

rivojlandi. 1628-yilda shifokor Uilyam Garvey tirik odamning arteriyalari havo bilan

to‘lganligi haqidagi ilgari ko‘rib chiqilgan aksiomatik qarashlarni rad etdi va tirik

organizmda yurak hamda qon

aylanishini to‘g‘ri tasvirlab, zamonaviy ilmiy

eksperimental fiziologiyaga asos soldi.

Uilyam Garvey

(1578

1657)

ingliz shifokori, anatomist, fiziologiya va

embriologiya asoschisi. Garveyning “Hayvonlarda yurak va qon harakatini anatomik

o‘rganish” (Exe

rcitatio anatomica de motu cordis et sanguinis in animalibus) asari 1628-

yilda Frankfurtda nashr etilgan. Unda olim birinchi navbatda qon aylanish nazariyasini

shakllantirdi va uning foydasiga eksperimental dalillarni keltirdi. Sistolik hajm, yurak

urish t

ezligi va qo‘y tanasidagi qonning umumiy miqdorini o‘lchab, Garvey 2 daqiqada

hamma qon yurakdan o‘tishi kerakligini, 30 daqiqada esa unga teng bo‘lgan qon

miqdorini isbotladi. Uilyam Garvey kuzatuv va tajribadan foydalanib, odam va hayvon

tanasini o‘rgangan. Ahamiyatli tomoni shundaki, u anatomiyani o‘rganayotganda

tuzilishning oddiy tavsifi bilan chegaralanib qolmadi, balki tarixiy (qiyosiy anatomiya va

embriologiya) va funksional (fiziologiya) nuqtai nazardan yondashdi.

Andreas Vesaliy

(1514

1564) inson tanasining tuzilishini tasvirlash uchun

obyektiv kuzatish usulidan foydalangan. Vesaliy jasadlarni ochib, birinchi marta inson

tanasining tuzilishini muntazam o‘rganib chiqdi. Shunday qilib, anatomiyada analitik

davr boshlandi, uning davomida ko‘plab tavsi

flovchi kashfiyotlar qilindi. Vesaliy yangi

anatomik faktlarning kashfiyoti va tavsifiga e’tibor qaratdi, bu haqda u “De humani

corporis fabrica” (“Inson tanasining tuzilishi to‘g‘risida”) (1543) asarida bayon qilgan.

Vesaliy kitobining nashr etilishi o‘sh

a davrdagi anatomik tushunchalarda inqilobga sabab

bo‘ldi. Andreas Vesaliy odam anatomiyasini tizimli o‘rganish metodologiyasi bilan fan

tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Mikroskopning ixtirosi yangi fan

gistologiyaning shakllanishi uchun katta

ahamiyatga e

ga edi. Biroq birinchi kuzatuvlar umumlashtirishdan yiroq, fanning to‘liq

mustaqil paydo bo‘lishiga olib kelmadi. Tana to‘qimalarining birinchi tizimlashtirilishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

496

ancha keyinroq (XVIII asrning oxirida) mikroskop ishlatilmasdan amalga oshirilgan.

XIX asrga

kelib esa turli organlar va to‘qimalarni borasidagi tadqiqotlar mikroskopik

anatomiya yaratilishiga olib keldi, sitologiya va neyroxistologiyaning asoslari qo‘yildi.

XVII asrning ikkinchi yarmidan Embriologiya alohida fan sifatida o‘rganila

boshlandi. Buning natijasida tuxumdon va blastula ilmiy jihatdan kashf qilindi, umurtqali
hayvonlar embriogenezining asosiy qonunlari shakllantirildi.Marhumning otopsiyasini

o‘tkazish orqali olimlar zararlangan organlarda aniqlangan o‘zgarishlarni bemorning

hayoti davom

ida kuzatilgan kasallik belgilari bilan solishtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu

umumlashmalar patologik anatomiyaning shakllanishiga yordam berdi.

Marcello Malpigi

(1628

1694)

buyuk italyan biolog va gistologi, shifokor. Ingliz

shifokori Uilyam Garvey kas

hfiyotidan so‘ng qon arteriyalardan tomirlarga qanday o‘tishi

hali ham noma’lum edi, lekin Garvey ularning o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas anastomozlar

borligini bashorat qilgan, bu keyinchalik mikroskop ixtiro qilinganda Marcello Malpigi
(1628-1694) tomonidan tasdiqlangan. Malpigi teri, taloq, buyrak va boshqa organlarning

mikroskopik tuzilishi sohasida ko‘plab kashfiyotlar qildi.

Malpigi Garvey bashorat qilgan

kapillyarlarni kashf etdi, lekin u arterial kapillyarlardan qon birinchi bo‘lib “oraliq
bo‘shliqlarga” kiradi va shundan keyingina venoz kapillyarlarga kiradi, deb ishongan.
Buyraklar tuzilishini o‘rgangan faqat Shumlyanskiy (1748–1795) “oraliq bo‘shliqlar”
yo‘qligini va arteriya hamda venoz kapillyarlar o‘rtasida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri bog‘liqlik

borligini isbotladi. Shunday qilib,

Marcello Malpigi birinchi mikroskop kashfiyotchisi va

shu orqali ko‘plab tadqiqotlarni amalga oshirgan olim sifatida tarixda qoldi.

Antoni van Levenguk

(1632

1723)

buyuk niderland olimi, mikroskop

konstruktori.

U yaratgan mikroskoplardan ko‘plab tirik tabiat shakl va tuzilmalari

aniqlangan.

A. van Levenguk 50 yil davomida inson tanasining barcha to‘qimalari va

qismlarini o‘rganishda juda ko‘p yangi faktlarni topdi: u eritrotsitlarni, ko‘z gavhari

tolalarini, teri epidermisi yoriqlarini, mushak tolalarini kashf etdi.

Davrlar o‘tishi bilan tabiiy fanlarda kashfiyotlar ko‘paya bordi, yangi ilmiy

nazariyalar va amaliyotlar, fanning zamonaviy yo‘nalishlari paydo bo‘ldi

XIX asrda mikrobiologiya va jarrohlik
Genrix Germann Robert Kox

(1843

1910)

nemis shifokori, mikrobiolog va

gigienist. Kox 1876-

yilda kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini (Bacillus anthracis) tanadan

tashqarida ajratib o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi va

birinchi marta uning hayot aylanishi

hamda kasallikning rivojlanishidagi rolini batafsil tasvirlab berdi. 1882-yilda u sil

kasalligining qo‘zg‘atuvchisini (Mycobacterium tuberculosis) kashf etdi, so‘ngra
“Tuberkulin” psevdovaksinasini (zardob) yaratdi.

Uning tadqiqotlari Kox postulatlarining

paydo bo‘lishiga olib keldi, bu ma’lum mikroorganizmlarni o‘ziga xos kasalliklarga
bog‘laydigan to‘rtta umumiy tamoyillardan iborat bo‘lib, bu postulatlar Bredford Xill

mezonlari kabi keyingi epidemiologik tamoyillarga

ta’sir qiladi. 1905

-yilda tadqiqot

uchun u fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Lui Paster

(1822

1895)

buyuk fransuz mikrobiologi. U spirtli, sut va yog‘

kislotali bijg‘ishlar mikroblarning ferment ishlab chiqarishi sababli v

ujudga kelishini

hamda pilla qurti kasalliklarini aniqlagan. Jumladan, fermentatsiyaning biologik tabiatini

va ko‘plab kasalliklarni isbotladi, o‘z

-

o‘zidan paydo bo‘lish nazariyasini rad etib, kuydirgi,

tovuq vabosi va quturishga qarshi vaksinalarni ishlab

chiqishga hissa qo‘shdi,

pasterizatsiya usulini yaratdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

497

Jozef Lister

(1827

1912)

ingliz jarrohi va olimi. 1867-yilda Lui Pasterning

fermentatsiya, parchalanishga bag‘ishlangan “Yiringlash sabablarini izohlagan holda
singan va xo‘ppozlarni davolashning yangi usuli to‘g‘risida” asarida o‘zining antiseptik

usulini taklif qildi. Ingliz jarrohi Jozef Lister jarrohlik antiseptik tizimini yaratish va joriy

etish orqali tibbiyotda inqilob yasadi, bu operatsiyadan keyingi o‘limni keskin

kamaytirib, jarrohlikni xavfsizroq qildi, infeksiyani nazorat qilishning zamonaviy asosini

yaratdi. Uning karbol kislotasi yordamida jarrohlik uskunalarini, qo‘llarni va jarrohlik

amaliyotini amalga oshiradigan maydonni dezinfeksiya qilish usuli jarrohlikda millionlab
odamlarning hayotini saqlab qolish imkonini yaratdi.

MUHOKAMA VA XULOSALAR

Hozirgi globallashuv davrida tibbiyot yutuqlaridan bahramand bo‘lish, tarixiy

tajribalaridan foydalanish imkoniyatlari juda keng. Fikrimizcha, Yangi davr Yevropa
tibbiyoti

yangiliklari zamonaviy tibbiyot rivojining bir bo‘lagi bo‘lib qolaveradi, negaki

yuqorida qayd etilgan o‘z davrining buyuk o‘zgarishlari inson salomatligini saqlashdagi
muhim qadam edi. Buni albatta yosh avlod, xususan, bo‘lajak shifokorlar anglab yetishi

va

o‘rganishi zarur deb hisoblaymiz. Shu bois maqolamiz mavzusi doirasida qo‘yidagi

xulosalarni berish mumkin:

1. Insoniyat tarixida tibbiyot shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti

darajasini belgilaydigan mezonlar tizimida muhim o‘rin tutgan, ya’ni inson hayoti
madaniy sog‘lomlashgan ko‘rinishiga ega bo‘lib borgan.

2.

Jamiyatda sog‘lom muhit yaratish qonun

-qoidalari, tavsiyalari qadimgi

manbalarda, xalqlarning urf-

odatlarida, yangi va hozirgi zamon ilmiy kashfiyotlarida o‘z

ifodasini topgan. Bunga Marsello Malpigi, Andreas Vizaliy, Robert Kox, Lui Paster,
Jozef Lister asarlarini va tibbiyotdagi kashfiyotlarini misol qilib keltirish mumkin.

Hozirgi kunda ham zamonaviy tibbiyotning asosiy manbalari bo‘lib xizmat qilmoqda.

3. Yangi davr tushunchasi mohiyatini ochishda tarixiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlar,

qonuniy tartib-

qoidalar, diniy g‘oya va tavsiyalar metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.

Globallashuv jarayonida texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishning o‘sishi, shu bilan

birgalikda inson hayot

ida kasalliklarning ko‘payishi, atrof

-muhitdagi zararli unsurlarning

ta’siri doirasida juda ko‘plab nuqtai

-

nazar hamda fikrlarning paydo bo‘lishining

ko‘rinishidir.

4. Maqolada tabiiy fanlardagi tub burilishlarga doir bayon qilingan tarixiy

ma’lumotlar, f

alsafiy qarashlar, tajribalar, usul va vositalar uning qirralarini namoyon

etadi. U har bir tarixiy bosqichda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lgan. Jamiyat taraqqiyoti

darajasiga mos kelgan va uning muhim mezoni hisoblangan.

5. Fundamental fanlar taraqqiyoti

tarixini o‘rganish tibbiyot kasbiga doir bilimlar

bazasini yangilash bilan bog‘liq bo‘lib, bu sohaning taraqqiyotini ta’minlab beradi.

6.

Inson organizmini chuqur o‘rganishda tajriba to‘plash imkoniyatini kengaytiradi.

7. Bu boradagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish takomiliga xizmat qiladi.
Maqolamiz mavzusi yuzasidan quyidagilar

tavsiya

qilinadi:

inson salomatligi azal-

azaldan eng muhim ijtimoiy masala bo‘lib, sog‘lom

turmush tarzini yaratish uchun ilmiy kashfiyotlar ustuvorligini ta’minlash;

ta’lim

-

tarbiya maskanlari, xususan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan tabiiy va

ijtimoiy-gumanitar fanlarni tarixiy taraqqiyotda fanlar oid kashfiyotlar tarixi ilmiy
materiallari bilan boyitish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

498

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Qodirov A. Tibbiyot tarixi.T.:O‘qituvchi, 2000

2.

П.Е.Заблудовский и др. История медицины М.: Медицина, 198

1

3.

Сорокина Т.С. История медицина. М.: Медицина, 2008

4.

С.М.Марчукова. История медицины в современном образовании (Учебно

-

методическое материалы)

STUDIES IN THE HISTORY OF BIOLOGY. 2011. Volume 3. No. 1.

5.

https://ru.wikipedia.org

Библиографические ссылки

Qodirov A. Tibbiyot tarixi.T.:O‘qituvchi, 2000

П.Е.Заблудовский и др. История медицины М.: Медицина, 1981

Сорокина Т.С. История медицина. М.: Медицина, 2008

С.М.Марчукова. История медицины в современном образовании (Учебно-методическое материалы) STUDIES IN THE HISTORY OF BIOLOGY. 2011. Volume 3. No. 1