Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodology for developing specialized physical training
of wrestlers
Erkin Kodirov
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article scientifically examines the methodology for
developing special physical training of kurash wrestlers. The
content, significance, and impact of specialized training on
athletes' competitive success are thoroughly analyzed. As part of
the study, an experiment was conducted involving athletes aged
16-18 years, assessing their strength, speed, endurance, and
coordination indicators. Methodological approaches were
developed based on a system of comprehensive development,
gradual progression, individualized approach, and cyclical
training. Results indicate that the proposed training system
significantly improves the physical performance of wrestlers.
The article concludes with practical recommendations and notes
the necessity for further in-depth research in this field.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp3
11-315
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
wrestling,
special physical training,
strength,
speed,
endurance,
coordination,
sports training,
young athletes,
methodology,
workload,
training sessions.
Kurashchilarning
maxsus
jismoniy
tayyorgarligini
shakllantirish metodikasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kurash,
maxsus jismoniy
tayyorgarlik,
kuch,
tezlik,
chidamlilik,
koordinatsiya,
sport mashg‘ulotlari,
yosh sportchilar,
metodika.
metodika,
yuklama,
mashg‘ulot
.
Mazkur maqolada kurashchilarning maxsus jismoniy
tayyorgarligini shakllantirish metodikasi ilmiy asosda yoritilgan.
Maxsus tayyorgarlikning mazmuni, ahamiyati va sportchilarning
musobaqaviy muvaffaqi
yatlariga ta’siri chuqur tahlil qilingan.
Tadqiqot doirasida 16
–
18 yoshli sportchilar ishtirokida tajriba
o‘tkazilib, kuch, tezlik, chidamlilik va koordinatsiya
ko‘rsatkichlari baholangan. Metodik yondashuvlar —
kompleks
rivojlantirish, bosqichlilik, individual yondashuv va siklik
mashg‘ulotlar tizimi asosida ishlab chiqilgan. Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, taklif etilgan mashg‘ulotlar tizimi kurashchilarning
jismoniy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqola
1
Student, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
312
yakunida amaliy tavsiyalar berilgan hamda kelgusida tadqiqotni
yanada chuqurlashtirish zarurligi qayd etilgan.
Методика формирования специальной физической
подготовки борцов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
борьба,
специальная физическая
подготовка,
возрастные особенности,
сила,
быстрота,
выносливость,
координация,
спортивные тренировки,
юные спортсмены,
методика,
методика,
нагрузка,
тренировка
.
В данной статье раскрыта методика формирования
специальной физической подготовки борцов на научной
основе. Проанализировано содержание и значение
специальной подготовки,
а также ее влияние на
соревновательную устойчивость спортсменов. В рамках
исследования
было
проведено
экспериментальное
обучение с участием борцов в возрасте 16–18 лет, в ходе
которого оценивались показатели силы, скорости,
выносливости и координации. Методические подходы
основаны
на
принципах
комплексного
развития,
поэтапности, индивидуального подхода и цикличности
тренировок.
Результаты
эксперимента
показали
значительное
улучшение
физической
подготовки
спортсменов. В заключении статьи представлены
практические рекомендации и определены перспективы
дальнейших исследований
.
KIRISH
Kurash
–
o‘
zbek xalqining qadimiy milliy sport turlaridan biri b
o‘
lib, bugungi kunda
nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham keng ommalashmoqda. Kurash
sporti texnika va taktika, jismoniy va psixologik tayyorgarlik, hamda irodaviy sifatlarni
talab etadi. Ayniqsa, yuksak sport natijalariga erishishda maxsus jismoniy tayyorgarlik
muhim rol
o‘
ynaydi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik
–
bu sportchining bevosita sport turiga mos
harakatlarini samarali bajarish uchun zarur b
o‘
lgan kuch, chidamlilik, chaqqonlik,
muvozanat va boshqa jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
Kurashchilarda aynan maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi ularning texnik harakatlarni
mukammal bajarishi, raqibga qarshi samarali kurasha olishi va musobaqa davomida
barqarorlikni saqlab qolishi uchun asos b
o‘
lib xizmat qiladi.
Mazkur maqolada kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini shakllantirish
b
o‘
yicha samarali metodik yondashuvlar, tajriba asosida aniqlangan natijalar va ilmiy-
amaliy tavsiyalar yoritib beriladi.
TADQIQOTNING DOLZARBLIGI
Hozirgi sportchilarning tayyorgarlik darajasiga q
o‘
yilayotgan talablar tobora ortib
bormoqda. Musobaqa jarayonida kurashchilarning jismoniy holati, ayniqsa,
musobaqaning oxirgi daqiqalarida ularning chidamliligi, tezkor harakat qilish layoqati va
kuch zaxiralari hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.
Amalda kuzatilayotgan holatlardan biri
–
umumiy jismoniy tayyorgarligi yaxshi
b
o‘
lgan sportchilar ham musobaqa davomida texnik harakatlarni barqaror bajara olmaydi.
Bu esa maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining yetarli emasligidan dalolat beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
313
Shu bois, ilmiy hamda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan metodikani ishlab
chiqish
va
amaliyotga
tatbiq
etish
dolzarb
masala
hisoblanadi.
MAQSAD VA VAZIFALAR
Maqsad: kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini shakllantirish
metodikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini amalda sinovdan
o‘
tkazish.
Vazifalar:
1. Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlarini aniqlash;
2. Maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish;
3.
Tajriba-sinov
asosida
metodikaning
samaradorligini
aniqlash;
4. Natijalarni ilmiy jihatdan tahlil qilish va xulosa chiqarish.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Metodik yondashuvlar quyidagi tamoyillar asosida tuzildi:
1. Kompleks yondashuv
–
kurashchilarning barcha jismoniy sifatlarini uy
g‘
un
rivojlantirish (kuch, chaqqonlik, chidamlilik, muvozanat, moslashuvchanlik) maqsadida
q
o‘
llaniladi. Mazkur yondashuvda kurashchining barcha asosiy jismoniy sifatlari
—
kuch,
chidamlilik, chaqqonlik, muvozanat, moslashuvchanlik va koordinatsiya uy
g‘
unlikda
rivojlantiriladi. Chunki kurashda faqat kuchning
o‘
zi yoki tezlikning
o‘
zi yetarli emas
—
bu
sifatlar birgalikda faol harakatda b
o‘
lishi kerak.
Kompleks yondashuvning afzalliklari:
•
Organizmni umumiy va maxsus jihatdan barqaror tayyorlaydi;
•
Harakatlarni muvofiqlashtirish va texnikalarni bajarishda aniqlikni oshiradi;
•
Ortiqcha yuklanishlarning oldi olinadi, charchoq darajasi kamayadi.
Amalda:
kuch mashqlari (masalan, turnikda tortilish), tezkorlik (reaksiya
mashqlari), chidamlilik (uzoq davomli kurash simulyatsiyalari), koordinatsiya (a
g‘
darish
kombinatsiyalari) bir siklda uy
g‘
unlashtiriladi.
2. Bosqichlilik tamoyili. Sportchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda
yuklamani birdan oshirish emas, balki bosqichma-bosqich, tizimli
o‘
sib boruvchi shaklda
oshirish muhim ahamiyatga ega.
Bosqichlilik uch asosiy po
g‘
onani
o‘
z ichiga oladi:
•
Moslashtiruvchi bosqich:
tana mash
g‘
ulotlarga moslashadi, texnika esga olinadi;
•
Rivojlantiruvchi bosqich:
yuklamalar k
o‘
payadi, intensivlik oshadi;
•
Barqarorlashtiruvchi bosqich:
o‘
rganilgan harakatlar mustahkamlanadi.
Afzalligi shundaki,
sportchining mushaklari va asab tizimi bir maromda
rivojlanadi, jarohatlar xavfi kamayadi va jismoniy salohiyat barqaror mustahkamlanadi.
3. Individual yondashuv
Har bir sportchining yoshi, jinsi, fiziologik imkoniyatlari, psixologik holati, ilgari
erishgan natijalari va tayyorgarlik darajasi hisobga olinib, mash
g‘
ulotlar rejalashtiriladi.
Masalan:
•
Tez tolali mushaklari rivojlangan sportchilarga portlovchi kuch mashqlari k
o‘
proq
tavsiya etiladi;
•
Charchoqqa tez beriladigan sportchilar uchun qisqa, ammo intensiv mashqlar;
•
Har bir sportchiga maxsus individual yuklama normasi belgilanadi (masalan, yurak
urish soniga yoki VO
₂
max k
o‘
rsatkichlariga qarab).
Afzalliklari:
•
Sportchi haddan ziyod ortiqcha yuklanmaydi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
314
•
O‘
zining salohiyatiga mos mashqlarni bajarganligi sababli motivatsiyasi yuqori
b
o‘
ladi;
•
Raqobatbardoshlik darajasi oshadi.
1- jadval
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini shakllantirish uchun
tavsiya etilgan maxsus mashqlar
Mashq turi
Maqsadi
Takrorlar soni
Tavsiya etilgan
davriylik
K
o‘
tarish va tushirish
(dohiylik)
Kuch va bardoshlik
3
–
5 t
o‘
plam
Haftada 3 marta
A
g‘
darishlar
kombinatsiyasi
Tezkorlik va muvozanat
5
–
8 takror
Har mash
g‘
ulotda
Statik holatni ushlab
turish (planka)
Kor stabilizator kuchi
30
–
60 soniya
Haftada 4 marta
Q
o‘
llar bilan tortinish
(turnik)
Yuqori tananing kuchi
8
–
12 martadan
Haftada 2
–
3 marta
T
o‘
siqlardan sakrash
Portlovchi kuch va
chaqqonlik
3
–
4 t
o‘
plam
Har 3 kunda
4.
Siklik
mash
g‘
ulotlar
tizimi
Siklik mash
g‘
ulotlar
—
bu sportchilar tayyorgarligining haftalik, oylik va
musobaqaviy davrlarga b
o‘
linib,
sikllar
asosida
olib
borilishi
dir. Bu yondashuv
yuqori
sport natijalari
ga erishishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Siklik tizimda quyidagilar ajratiladi:
•
Mikrosikl (1
–
7 kun):
qisqa muddatli, ayniqsa mash
g‘
ulotlar
o‘
zgarishi sinab
k
o‘
riladi.
•
Mezosikl (3
–
6 hafta):
muayyan sifatlarni chuqur rivojlantirishga qaratiladi
(masalan, kuch yoki chidamlilik).
•
Makrosikl (3
–
6 oy):
umumiy tayyorgarlik davri, musobaqaviy davr va tiklanish
davrini
o‘
z ichiga oladi.
Afzalligi:
Har bir bosqichda
o‘
ziga xos yuklama miqdori belgilangan b
o‘
lib,
sportchining kuchga t
o‘
lishi, tiklanishi va ch
o‘
qqi holatga chiqishi nazorat ostida b
o‘
ladi.
2-jadval.
Kurashchilarning jismoniy k
o‘
rsatkichlaridagi
o‘
zgarishlari (ball bilan) n=20
K
o‘
rsatkich
Tajriba guruhi
(oldin) n=10
Tajriba guruhi
(keyin)n=10
Nazorat guruhi
(oldin)n=10
Nazorat
guruhi
(keyin)
n=10
Q
o‘
l kuchi (turnik)
8,2
12,6
8,1
9,3
Tezkorlik
(reaksiya
testi)
0,32 sek
0,27 sek
0,33 sek
0,31 sek
Planka ushlab turish
42 sek
69 sek
41 sek
48 sek
A
g‘
darish
texnikasi
samaradorligi (ball)
6,5
8,4
6,3
7,0
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
315
TADQIQOT NATIJALARI
Tajriba 16
–
18 yoshli 20 nafar kurashchi ishtirokida olib borildi (10 nafari
–
tajriba
guruhi, 10 nafari
–
nazorat guruhi). 6 haftalik maxsus tayyorgarlik mash
g‘
ulotlaridan s
o‘
ng
quyidagi natijalar qayd etildi:
Tahlil: tajriba guruhi barcha y
o‘
nalishlarda ijobiy
o‘
zgarishlarga erishdi, bu
metodikaning
amaliy
samaradorligini
k
o‘
rsatadi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
1. Maxsus jismoniy tayyorgarlik
–
kurashchilarning musobaqaviy faoliyatida muhim
omildir;
2. Taklif etilgan metodika sportchilarning kuch, chidamlilik, tezkorlik va
harakatlarni muvofiqlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali ekanligi
isbotlandi;
3. Kurashchilarning tayyorgarlik jarayoniga individual va bosqichma-bosqich
yondashuv joriy etilishi kerak;
4. Ilmiy asoslangan maxsus mashqlar tizimini muntazam q
o‘
llash orqali natijalarni
barqaror yaxshilash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Raximov I.R. “Kurash sportida jismoniy tayyorgarlik asoslari” / O‘quv qo‘llanma
/ Toshkent. 2020-yil.
2. Mirzayev Z.A. “Yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish” / O‘quv
qo‘llanma / Samarqand.
2019-yil.
3. Гужов А.Ю. “Физическая подготовка борцов”/ Учебное пособие/ Москва,
2018.
4. Bompa T. “Periodization
of Training for Sports”, Human Kinetics, 2009.
5. Верхошанский Ю.В. Основы спортивной тренировки / Учебное пособие/,
Moskva, 2008.
6. Qodirov S. “Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari”, / O‘quv qo‘llanma
/Toshkent, 2021.
7. Ashurov R. “Yakka kurash turlarida jismoniy tayyorgarlik”, / O‘quv qo‘llanma
/Andijon, 2022.
8. Zakirov B., Yo‘ldoshev N. “Sportda mashg‘ulot jarayoni”, / O‘quv qo‘llanma /
Buxoro, 2023.
