Авторы

  • Баходур Тохиров
    Студент, Правоохранительная академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp552-561

Ключевые слова:

кибермошенничество криминологический портрет виктимология предупреждение преступности информационная безопасность цифровые технологии социальная опасность

Аннотация

Данная статья посвящена феномену кибермошенничества и его криминологической характеристике, а именно факторам, причинам, условиям, способствующим совершению преступления, и мерам его предотвращения. Обычно, когда совершается мошенничество, всеобщее внимание уделяется раскрытию преступления и привлечению к ответственности лица, совершившего его. Однако в некоторых случаях взаимоотношения между двумя лицами, фактически являющимися участниками преступления, то есть преступником и потерпевшим, могут остаться без должного внимания. Учитывая это, автор в данной статье также освещает виктимность жертвы и профилактику ее предупреждения. Это, в свою очередь, способствует предотвращению преступлений, связанных с кибермошенничеством. Данный подход служит снижению социальной опасности киберпреступлений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The phenomenon of cybercrime: causes, conditions, and

countermeasures

Bakhodur TOKHIROV

1

Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article focuses on the phenomenon of cyber fraud and its

criminological characteristics, specifically the factors, causes,

and conditions that give rise to this crime, as well as the issue of

its prevention. Typically, when a fraud is committed, attention is

primarily directed towards exposing the crime and bringing the

perpetrator to justice. However, in some cases, the relationship

between two actual participants in the crime - the criminal and

the victim - may be overlooked. Taking this into account, the

author also highlights the victim's vulnerability and preventive

measures against victimization in this article. This, in turn,

contributes to the prevention of cyber fraud. The approach

presented serves to reduce the social risks associated with

cybercrime.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp552-561

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

cyber fraud,

criminological profile,

victimology,

crime prevention,

information security,

digital technologies,

social danger.

Kiberfiribgarlik fenomeni: sabablar, shart-sharoitlar va

qarshi kurashish yo‘llari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kiberfiribgarlik,

kriminologik portret,

viktimologiya,

jinoyatning oldini olish,

axborot xavfsizligi,

raqamli texnologiyalar,

ijtimoiy xavf.

Mazkur maqola kiberfiribgarlik fenomeni va uning

kriminologik tavsifi, ya’ni jinoyatni yuzaga keltiruvchi omillar,

sabab, sharoit va uni oldini olish masalasiga bag‘ishlangan.

Odatda firibgarlik jinoyati sodir etilsa, barchaning diqqat e’tibori

jinoyatni fosh etish hamda jinoyat sodir etgan shaxsni

javobgarlikka tortishga qaratiladi. Ammo ba’zi hollarda aslida

jinoyat qatnashchisi hisoblangan ikki shaxs, ya’ni jinoyatchi va

jabrlanuvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatlar chetda qolib ketishi

mumkin. Shuni inobatga olgan holda muallif ushbu maqolada

jabrlanuvchining viktimligi va uning oldini olish profilaktikasini

ham yoritgan. Bu esa o‘z navbatida kiberfiribgarlik jinoyatini

1

Student, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

553

oldini

olishga

yordam

beradi.

Mazkur

yondashuv

kiberjinoyatlarning ijtimoiy xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Феномен кибермошенничества: причины, условия и

способы противодействия

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

кибермошенничество,
криминологический
портрет,

виктимология,
предупреждение
преступности,

информационная
безопасность,

цифровые технологии,

социальная опасность

.

Данная

статья

посвящена

феномену

кибермошенничества

и

его

криминологической

характеристике, а именно факторам, причинам, условиям,
способствующим совершению преступления, и мерам его

предотвращения.

Обычно,

когда

совершается

мошенничество, всеобщее внимание уделяется раскрытию

преступления и привлечению к ответственности лица,

совершившего его. Однако в некоторых случаях
взаимоотношения между

двумя лицами, фактически

являющимися участниками преступления, то есть

преступником и потерпевшим, могут остаться без должного

внимания. Учитывая это, автор в данной статье также
освещает виктимность жертвы и профилактику ее

предупреждения. Это, в свою очередь, способствует

предотвращению

преступлений,

связанных

с

кибермошенничеством. Данный подход служит снижению
социальной опасности киберпреступлений.

Internet yaratilishi bilan rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot vujudga

kelib, rivojlana boshladi. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida ham raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bo‘yicha ko‘plab chora

-tadbirlar

amalga oshirilmoqda

. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish milliy iqtisodiyotning innovatsion

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birgalikda an’anaviy firibgarlik

va jinoyatlar bilan bir qatorda kiber firibgarliklar va jinoyatlar ham yildan-

yilga ko‘payib

bormoqda. Buning oqibatida rasmiy iqtisodiyot rivojlanishiga yangidan-yangi tahdid va
xavf-xatarlar vujudga kelib, xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va ular asosida iqtisodiyot
subyektlarini hamda aholini himoyalash usullarini ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keldi.

Ta’kidlash joizki, kiberjinoyatlar, kiberfiribgarlik, virtual firibgarlik, internet firibgarliklari
tushunchalari qo‘llanilmoqdaki, ularning mazmun

-

mohiyatini o‘rganish, ulardan

himoyalanish usullarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kiberjinoyatchilik
tushunchasi axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘plab turdagi

jinoyatlarni o‘zida birlashtirgan. Virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli

dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy
tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, mualliflik

huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami va bank rekvizitlarini o‘g‘irlash (fishing va

farming) hamda boshqa turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir. Bunday holatlarda

jinoyatchilar o‘zlarini qiziqtirgan “obyektlar”ga moddiy va ma’naviy zarar yetkazishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi.



background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

554

An'anaviy hamda kiber firibgarlik o‘rtasidagi asosiy farqlar

Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalari hayotning barcha sohalariga chuqur

kirib bormoqda. Bu o‘zgarishlar ijobiy imkoniyatlar bilan bir qatorda jinoyatchilikning

yangi shakllarini ham yuzaga keltirmoqda. Aynan shunday jinoyatlardan biri

bu

kiberfiribgarlik

, ya’ni kompyuter tarmoqlari yoki elektron vositalar orqali firibgarlik yo‘li

bilan mol-

mulk yoki ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdir. Bu tushuncha an’anaviy

firibgarlikdan tubdan farq qiladi.

An’anaviy

firibgarlik

O‘zbekiston

Respublikasi

Jinoyat

kodeksining

168-

moddasida quyidagicha ta’riflanadi: “Firibgarlik —

bu o‘zganing mol

-mulkini yoki

mol-

mulkka bo‘lgan huquqini

aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish

yo‘li bilan qo‘lga

kiritish”. Bu turdagi jinoyat ko‘pincha real hayotdagi aloqalar orqali amalga oshiriladi.

Biroq

kiberfiribgarlik

bu aldash texnik vositalar (internet, ijtimoiy tarmoq,

elektron pochta) orqali sodir etiladigan jinoyat shaklidir. Professor H.N. Xudoyberganov

o‘zining “Kriminologiya” darsligida bunday jinoyatlarni

zamonaviy xavfli xatti-

harakatlar

deb ataydi va ularni kriminologik nazoratdan chetda qolayotgan

latent

jinoyatlar

sirasiga kiritadi.

Shuningdek, mashhur huquqshunos G. V. Atamanchuk fikricha, “Axborotga

asoslangan jinoyatlar klassik jinoyat tushunchasini yangilaydi, chunki jinoyatchining
vositasi

endilikda so‘

z emas,

kod

”[1]. Bu esa bizga kiberfiribgarlikni alohida jinoyat

sifatida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Firibgarlik va kiberfiribgarlik o‘rtasidagi farq —

vosita, makon va jabrlanuvchi bilan

bog‘liq. XXI asrda raqamli xavfsizlikni ta’minlash, aynan shu

farqlarning huquqiy va

kriminologik jihatdan chuqur tahlil qilinishiga bog‘liq.

Mavzuga doir asosiy tushunchalar hamda onlayn firibgarlikning nazariy

asoslari

Kiberjinoyat

kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir

etiluvchi jinoyat turi

hisoblanadi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol

vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar

yetkazish maqsadida sodir etiladi. Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan

holatda yuz

beruvchi kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro

miqyosda hukumat ham, nodavlat subyektlar ham kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik,

moliyaviy oʻgʻirlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan shugʻullanadi. Xalqaro

chegaralarni

kesib oʻtuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti

-

harakatlarini oʻz ichiga

olgan kiberjinoyatlar baʼzan kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet kiberjinoyatni
“Insoniyatning birinchi raqamli muammosi” deb taʼriflaydi va “Insoniyat uchun real xavf
tugʻdiradi”, deya qoʻshimcha qilib oʻtadi.

[2]

Kiberfiribgarlik

tushunchasi to‘g‘risida olimlarning turli xil fikrlar mavjud.

Xususan, V.K.Barchukovning fikricha, kiberfiribgarlik kompyuter firibgarligi bo‘lib, u ichki
ma’lumotlardan foydalangan holda firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilish orqali
o‘zganing mulkiga tajovuz qilish

dir.[3] D.A.Zikovaning fikricha, kiberfiribgarlik jinoyati

kompyuter texnologiyalari yordamida firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish orqali o‘zga
shaxsning pul mablag‘larini o‘zlashtirish, uning mulkiga zarar keltirish va ushbu mulkka
ega bo‘lish hisoblanadi.[4] M.A.Yefremova esa, “kiberfiribgarlik” tushunchasini
“kompyuter ma’lumoti orqali firibgarlik qilish” tushunchasi bilan bir hil ekanligini va
ularning sinonim so‘zlar hisoblanishini ta’kidlaydi.[5]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

555

Internetdagi firibgarlik

Internet orqali insonlarga tegishli pul, qimmatbaho

narsalar va meros kabi shaxsiy mulklarini oʻgʻirlash, oʻmarish, talon

-toroj qilish maqsadida

tashkillashtiriluvchi kiberjinoy firibgarlik, aldov turlaridan biri[6]. Internet firibgarligi

yagona, oʻziga xos jinoyat hisoblanmay

di, biroq kibermakonda sodir etiladigan bir qator

noqonuniy harakatlarni oʻz ichiga oladi. Firibgarlikning ushbu turi o‘g‘irlik jinoyatidan farq
qiladi. Chunki bu holatda jabrlanuvchi ongli ravishda firibgarga shaxsiy maʼlumoti, pul yoki

mol-mulkidan foydalanish ixtiyorini topshiradi.[7]

Kiberfiribgarlik

bu zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan kompyuter

tizimlari, global tarmoqlar va internet vositalaridan foydalanilgan holda, ongli ravishda

aldash, ishonchni suiiste’mol qilish yoki ataylab noto‘g‘ri axborot taqdim etish yo‘li bilan
o‘zganing mol

-m

ulki, pul mablag‘lari yoki shaxsiy (shu jumladan maxfiy) ma’lumotlarini

noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish va undan foydalanishga qaratilgan ijtimoiy xavfli xatti

-

harakatlar majmuidir. Mazkur jinoyat turi, odatda, masofadan turib amalga oshiriladi va
jinoy

atchilarga raqamli vositalar orqali yuqori darajadagi anonimlikni ta’minlaydi, bu esa

ularni aniqlash, jinoyatni fosh etish va javobgarlikka tortish jarayonini ancha
murakkablashtiradi. Kiberfiribgarlik nafaqat alohida shaxslarning manfaatlariga, balki
iqtisodiy subyektlar, davlat muassasalari va umuman jamiyatning axborot xavfsizligiga

ham jiddiy tahdid tug‘diradi.

Bizning fikrimizcha

, kiberfiribgarlik zamonaviy jinoyatchilikning murakkab va tez

rivojlanayotgan shakllaridan biri bo‘lib, uni aniqlash va old

ini olish uchun faqatgina texnik

vositalar emas, balki kompleks yondashuv

yuridik, psixologik, ijtimoiy va axborot

xavfsizligi choralarini uyg‘unlashtirgan tizimli kurash usullarini qo‘llash zarur.

Kiberfiribgarlikni jinoyatning oddiy shakli sifatida emas, balki axborot davrining
murakkab xavfsizlik muammolaridan biri sifatida baholash lozim.

Kiberfiribgarlik global maydonda

Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari kuchaygan hozirgi davrda

inson faoliyatining barcha sohalari

moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi,

hatto shaxsiy hayot ham internet va raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib
bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turli raqamli xavflar, xususan,

kiberfiribgarlik

kabi

jinoyat turlarining keng tarqalishiga zamin yaratmoqda.

Kiberfiribgarlik zamonaviy jinoyatchilikning eng murakkab va tez rivojlanayotgan

shakllaridan biri hisoblanadi. U turli usullar

ijtimoiy muhandislik (social engineering),

fishing, zararli dasturlar va qalbaki sahifalar orqali sodir etilib, nafaqat alohida shaxslar,
balki korxonalar, banklar, hatto davlat institutlariga ham katta moddiy zarar yetkazmoqda.

Dunyo bo‘yicha onlayn to‘lovlar va shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlovchi tizimlar

sonining keskin ortishi, axborot savodxonligi darajasining pastligi, texnik himoya choralari
yetarlicha rivojlanmaganligi

bularning barchasi kiberfiribgarlik jinoyatlarining

ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda pandemiya, masofaviy ish va
onlayn xizmatlarning kengayishi bu jinoyatning ko‘lamini y

anada kengaytirdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

556

Shu sababli, kiberfiribgarlikning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, uni oldini

olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda jamoatchilikni ogohlikka
chaqirish bugungi kunning eng dolzarb ilmiy va amaliy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu
boradagi tadqiqotlar nafaqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga, balki axborot
xavfsizligini mustahkamlash, shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek,
raqamli makonda ishonchli muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Kiberjinoyatlarning

ko‘lami va ko‘rgan zarar miqdori ham ushbu muammoning jiddiyligini tasdiqlaydi.

2022

2024-yillar davomida butun dunyo miqyosida kiberfiribgarlik jinoyatlari va

ulardan yetkazilgan zarar dinamikasini aks ettiruvchi diagrammada ikki

asosiy ko‘rsatkich

taqqoslab berilgan: jinoyat holatlari soni va yetkazilgan umumiy iqtisodiy zarar.

Diagrammada yashil chiziq jinoyat holatlari sonini milliardlarda ko‘rsatadi: 2022

-

yilda 0,425 milliard, 2023-yilda 0,35 milliard va 2024-yilda keskin oshib, 5,6 milliardga
yetgan. Shu bilan birga, qizil chiziq moliyaviy zarar miqdorini trillion AQSh dollarida
ifodalaydi: 2022-yilda taxminan 8,4 trillion, 2023-yilda 11 trillion va 2024-yilda biroz

kamayib, 9,5 trillion atrofida bo‘lgan.

Diagrammadan ko‘rinib

turibdiki, kiberjinoyatlar global miqyosda ko‘p hollarda

katta moliyaviy zararga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, 2024

-yilda jinoyat holatlari keskin oshgan

bo‘lsa

-da, zarar miqdori 2023-yilga nisbatan biroz kamaygan. Bu holat xavfsizlik

choralarining kuchaytirili

shi yoki firibgarlik usullarining o‘zgarishi bilan izohlanishi

mumkin.[8]

Xususan, misol tariqasida, AQSh Federal Qidiruv Byurosining (FQB) 2017-yilgi

onlayn jinoyatlar bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, Internetdagi jinoyatlar yuzasidan IC3 (Internet

Crime Compla

int Center) markaziga 300 000ga yaqin shikoyat kelib tushgan bo‘lib,

jabrlanuvchilar onlayn firibgarlik natijasida 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq zarar

ko‘rgan. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hamda McAfee kompaniyasi
tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tadqiqot natijalariga ko‘ra esa, kiberjinoyatlar jahon

iqtisodiyotiga yiliga 600 milliard dollarga yaqin zarar yetkazmoqda. Bu esa global yalpi

ichki mahsulotning qariyb 0,8 foiziga teng bo‘lib, kiberjinoyatchilik masalasi nafaqat milliy,

balki

xalqaro xavfsizlik mezonida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.[9]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

557

Onlayn firibgarlik koʻp shakllarda, elektron pochta spamerligidan tortib

hijakinggacha, namoyon boʻladi. Onlayn firibgarlik, qisman, Internet xizmatlaridan

foydalanishga asoslang

an. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda onlayn firibgarlikning

quyidagi turlari uchrab kelmoqda:

1)

To‘lov operatorlari nomidan amalga oshiriladigan soxta qo‘ng‘iroqlar

Ushbu turdagi firibgarlik shakli ijtimoiy muhandislik (social engineering) usullariga

as

oslanadi. Jinoyatchilar o‘zlarini yirik to‘lov operatorlarining xizmat ko‘rsatish markazi

xodimlari sifatida tanishtirib, foydalanuvchilarga ularning mobil raqamlariga bog‘liq
“xatolik” yoki “tizim yangilanishi” haqida yolg‘on ma’lumot beradi. Bosim o‘tkaz

ish orqali

ulardan tasdiqlovchi SMS kodni olishga harakat qilishadi. Ayniqsa, ular rus tilida muloqot

qilgani bois, ularning rasmiy tashkilot xodimlari ekani haqida soxta ishonch paydo bo‘ladi.
O‘zbek tilida muloqot so‘ralganda esa, odatda suhbat to‘xtatil

adi. Bu usulda asosan nafaqat

mobil raqam, balki unga ulangan moliyaviy xizmatlarga ham noqonuniy kirish imkoniyati
olinadi.

2) Bank nomidan yuboriladigan soxta xabarlar va yutuqlar

Ikkinchi eng keng tarqalgan shakl bu

banklar nomidan soxta akkauntlar orqali

tarqatiladigan yutuqli o‘yinlar, subsidiya va sovrinli aksiyalar haqida xabar berishdir.
Firibgarlar foydalanuvchini rag‘batlantiruvchi matnlar orqali ularni havolaga o‘tishga
undaydi, havola orqali esa shaxsiy ma’lumotlar —

bank kartasi raqami, PIN-kod, SMS

orqali yuborilgan tasdiq kodlari va parollar so‘raladi. Odatda bu xabarlar nomi noma’lum,
domeni .uz bo‘lmagan (yoki umuman domen yo‘q) saytlardan keladi. Shuningdek,
akkauntda bitta rasm va hech qanday aloqa ma’lumotlari bo‘lmasligi, xabarlarning

oddiy

grafik shaklda taqdim etilishi ham ushbu firibgarlik turlarining asosiy belgisidir. Huquqiy
jihatdan, rasmiy banklar va moliyaviy tashkilotlar hech qachon foydalanuvchidan bu

turdagi ma’lumotlarni so‘rashmaydi, shuningdek, barcha moliyaviy yordamlar

va yutuqlar

avtomatik tarzda mijoz hisob raqamiga tushiriladi.

3)

Yordam pullari haqida soxta xabarlar

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatilayotgan “davlat

tomonidan ajratilayotgan yordam pullari” haqidagi yolg‘on xabarlar ham

onlayn

firibgarlikning keng tarqalgan ko‘rinishidir. Firibgarlar jamoatchilik orasida ishonchli
bo‘lgan shaxslar, xususan davlat rahbarlari nomidan foydalanib, odamlarning his

-

tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilishadi. Bunday xabarlar ko‘pincha gr

ammatik

xatolar bilan yoziladi, gaplar mantiqsiz tuzilgan bo‘ladi va tarjima matniga o‘xshaydi. Bu
esa matn avtomatik tarzda tarjima qilinganligini bildiradi. Ko‘p hollarda firibgarlar

Telegram akkauntlarini buzib kirib, foydalanuvchining nomidan xabar yuboradilar, bu esa

jabrlanuvchini ikki karra ishonchsizlikka olib keladi va jamiyatda notinchlik tug‘diradi. Bu

usulning xavfli jihati shundaki, hatto tanishlar tomonidan yuborilgan xabarlarga ham
ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligini taqozo etadi.

O‘zbekistonda onlayn firibgarlikning yuqorida ko‘rsatilgan shakllari ijtimoiy

muhitdagi ishonch institutlariga hamda axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Ushbu holatlar ko‘pincha fuqarolarning axborot savodxonligining pastligi,

texnologiyalarning n

oto‘g‘ri ishlatilishi va shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan beparvolik

tufayli yuz beradi. Kiberjinoyatlarning bu kabi turlariga qarshi kurashish uchun
foydalanuvchilarni muntazam ogohlantirib borish, huquqiy va texnik savodxonlikni
oshirish, shuningdek, moliy

aviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamli

profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

558

Moliyaviy hamda onlayn firibgarlikka qarshi profilaktika: Finlit.uz qoidalari

va xalqaro tajribalar

Moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda onlayn firibgarlikdan himoyalanish

yuzasidan Central Bank of Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan

Finlit.uz

loyihasi 6 ta

asosiy qoida orqali foydalanuvchilarni o‘qitadi. Quyida ularning ilmiy asosdagi izohi va

xorij

iy tajribalar bilan bog‘liq tahlili keltirilgan.

1. Parol va yashirin kodlarni sir saqlash

Ilmiy nuqtai nazar bilan bu tavsiya

autentifikatsiya himoyasining eng asosiy

bosqichini tashkil etadi. Pin-

kod yoki CVC/SVV kabi ma’lumotlarni hech kimga oshkor

qi

lmaslik zarur, chunki ularning telefon orqali so‘ralishi firibgarlik belgisi hisoblanadi.

Xorijiy amaliyotlarda ham bu fikrni tasdiqlaydiki, bank xodimi hech qachon mijozdan

bunday ma’lumotni so‘ramaydi, bu esa foydalanuvchilar uchun eng birinchi himoya chizig‘i

hisoblanadi[10].

2. SMS-bildirishnomani yoqish

SMS orqali bildirishnoma olish foydalanuvchiga har qanday tranzaksiya holatida

darhol ogohlantirish berib, shubhali operatsiyalarga tezda javob berishni ta’minlaydi.

Mazkur yondashuv, ilmiy tadqiqotlard

a ko‘ringanidek, “real vaqtli signal devorlari”

funksiyasini bajaradi[11].

3. Har qanday qurilmada antivirus o‘rnatish

Mobil va kompyuter qurilmalarida antivirus dasturlarini muntazam yangilash va

faollashtirish zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, malwa

re va phishing-saytlar hisobga

kirganda ushbu chora firibgarlik holatlarining oldini olish uchun muhimdir[12].

4. Har qanday shubhali xabarni qayta tekshirish

Bankdan keldi, yoki bloklandi

degan turdagi har qanday bildirishnomani rasmiy

manba (bankning rasmiy telefoni yoki veb-sayti) orqali tekshirish favqulodda zarur. Bu

chora, Finlit.uz tomonidan “yakka tekshiruv siyosati” deb yuritiladi[13].

5. Faqat ishonchli veb-

saytlar orqali ma’lumot kiritish

HTTPS protokoli biti va qulflangan domen hisob-kitoblarda ishonchlilikni bildiradi.

Fishing saytlar esa bu belgilarni aldaydi

ingliz tilidagi tadqiqotlardagi ma’lumotlar ham

shuni ko‘rsatadiki, manzil satriga e’ti

bor berish foydalanuvchilarni soxta platformalardan

himoya qiladi[14].

6. Faqat shaxsiy qurilmalar orqali to‘lov qilish

Shaxsiy qurilma (kompyuter, planshet, mobil) orqali amalga oshirilgan to‘lov —

xavfsizlik mezonlari jihatidan eng maqbul hisoblanadi. Qu

rilma yo‘qolsa, bank

xizmatlariga darhol murojaat qilib, blok qilish zarur. Ko‘plab xorijiy tashkilotlar bu chora
bilan maqsadli identifikatsiya tamoyilini qo‘llamoqda[15].

Xorijiy tajribalar bilan boyitilgan yondashuv

Ko‘p faktorli autentifikatsiya (MFA)

Finlit.uz qoidalaridagi PIN va SMS

kombinatsiyasining yanada mustahkam shaklidir. Masalan, Avstraliyadagi Commonwealth
Bank mijozlari uchun MFA ehtiyojini joriy etgan va bu firibgarlik ehtimolini sezilarli
darajada pasaytirgan. Shuningdek, Ghana banklarida MFA turli shakllarda (SMS, yaqinlik

tokeni, biometrik) joriy qilingan bo‘lib, bu tranzaksiya xatarini 50% gacha kamaytirishini
ko‘rsatgan ilmiy ma’lumotlar mavjud[16].

Ammo MFA qo‘llanilishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, Buyuk

Britan

iyada o‘tkazilgan foydalanuvchi tadqiqotida tokenli usullar (masalan, hard token)

uchun qo‘shimcha vaqt talab qilishi, biroq OTP va push

-bildirishmalar foydalanuvchilar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

559

tomonidan qulay deb hisoblangan. Shuning uchun, MFA usullari yaratilganda uning
qulayli

gi va xavfsizligi muvozanatini ta’minlash muhimdir.

Kiberfiribgar shaxsi hamda viktimning kriminologik portreti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda

kiberjinoyatlar, xususan internet-firibgarlik holatlari xavfli ijtimoiy hodisa sifatida keng
tarqalmoqda. Ularni aniqlash va tergov qilishda jinoyat subyektining

ya’ni firibgarlikni

sodir etgan shaxsning kriminologik portretini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.

Jinoyatchi shaxsining o‘rni va tahlili

Kriminologiyada

jinoyatchi shaxsi

deganda jinoyat sodir etgan shaxsning

biogenetik, psixologik va ijtimoiy xususiyatlari tizimi tushuniladi. Ushbu tahlil tergov
jarayonida jinoyatchilar doirasini aniqlashni toraytirish, ehtimoliy xatti-harakat
modellarini prognoz qilish hamda jinoyatni fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi

organlarga metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Internet-

firibgarlik jinoyatlarining subyektiv tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu

jinoyatlarni sodir etuvchilar orasida:

-

yuqori texnik bilimga ega bo‘lg

an professional darajadagi mutaxassislar;

-

texnologiyalarni yuzaki tushunadigan, lekin aldovga asoslangan sxemalarni

o‘zlashtirgan oddiy foydalanuvchilar ham mavjuddir.

Tadqiqotlar internet firibgarlarini ikki asosiy guruhga ajratadi:

1.

Jabrlanuvchi bilan xiz

mat yoki mehnat aloqasida bo‘lgan shaxslar

ular

odatda tashkilotdagi texnik xodimlar, xavfsizlik bo‘linmasi vakillari, ichki nazorat
tizimidagi mutasaddilar bo‘lib, o‘z lavozim mavqeidan foydalangan holda tizimga
noqonuniy kirish imkoniyatini qo‘lga kiri

tadi.

2.

Jabrlanuvchi bilan bevosita aloqasi bo‘lmagan, biroq ilg‘or IT bilimlariga ega
bo‘lgan shaxslar

bu toifa firibgarlar, ayniqsa xakerlar, axborot xavfsizligi

choralarini o‘z bilim darajalariga nisbatan chaqiriq sifatida qabul qilib, aldov yo‘li

bilan

moliyaviy manfaat ko‘zlaydilar.

Internet-

firibgarlarning ko‘pchiligini erkaklar tashkil etadi. Ularning yoshi odatda

14 yoshdan boshlanib, yuqori darajadagi ta’lim va zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Bunday shaxslar kuchli

mantiqiy tafakkur, kreativ

muammolarni hal qilish qobiliyati va tahliliy salohiyat bilan ajralib turadi. Ayrim hollarda

esa, dalillar rad etib bo‘lmas darajada taqdim etilganda, ular tergov bilan hamkorlikka
moyil bo‘lishadi.

Viktim shaxsining xususiyatlari
Viktimologiya

faniga ko‘ra, jabrlanuvchi shaxsi jinoyatga sabab bo‘luvchi

omillardan biri sifatida qaraladi. Kiberjinoyatlarda, xususan firibgarliklarda
jabrlanuvchilar axborot savodxonligi past, internetdagi xavflarni anglamaydigan, yuqori
ishonuvchanlikka ega shaxslar hisoblanadi.

Internet firibgarlik jinoyatlari kontekstida voyaga yetmaganlar va ayollar alohida

e’tiborga molik guruhlar hisoblanadi. Statistik tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar

tomonidan firibgarlik sodir etilishi holatlari mamlakatdagi voyaga yetmaganlar

jinoyatchiligi umumiy ko‘rsatkichiga nisbatan deyarli ikki baravarga kam. Bu holat mazkur

jinoyat turi murakkab psixologik va texnik tayyorgarlikni talab qilishi bilan izohlanadi.

Boshqa tomondan, ayollar segmenti firibgarlik jinoyatlarida yuqori ulushni tashkil

etadi. Bu holat jabrlanuvchilarning ayollarga nisbatan yuqori darajadagi ishonchi,
ayollarning ijtimoiy moslashuvchanligi, shuningdek, jinoyatni amalga oshirishda kuch


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

560

ishlatishni talab qilmasligi bilan bog‘liq bo‘lis

hi mumkin. Shu bilan birga, firibgarlik ayollar

tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlarning o‘rtacha 20 foizini tashkil etadi va umumiy

jinoyatchilikdagi ayollar ulushidan 2,5

3 baravar yuqori ekani aniqlangan.

Jabrlanuvchilar tarkibida esa ayollar soni ham yuqoriligi sababli, internet-firibgarlik

jinoyatlarida ayollar ishtirokining ko‘pligi viktimologik korrelyatsiyani yuzaga keltiradi.

Ayniqsa, 21

29 va 30

–39 yosh oralig‘idagi shaxslar jinoyatchilar va jabrlanu

vchilar

orasida ustunlik qiladi. Bu yosh guruhlarining “mulkiy jozibadorlik” darajasi yuqoriligi va
texnologik faolligi sababli asosiy nishon bo‘lishi aniqlangan.

Keksalar orasida esa jinoyatchilik faolligi nisbatan past bo‘lsa

-da, ushbu toifadagi

fuqarolarning jabrlanuvchilik holati ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan profilaktik choralarning kuchaytirilishini taqozo
etadi.

XULOSA

Kiberfiribgarlik zamonaviy raqamli makonda shakllangan, yuqori darajada ijtimoiy

xavfli jinoyat turi bo‘lib, uning kengayib borayotgan ko‘lami bir qator kriminologik sabab

va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Jumladan, axborot texnologiyalarining tezkor
rivojlanishi, ularni boshqaruvchi texnik va huquqiy nazorat mexanizmlarining yetarlicha

mukammal bo‘lmagani, aholining axborot savodxonligi pastligi, shuningdek, virtual
makonda anonimlikni ta’minlovchi texnologiyalarning mavjudligi ushbu jinoyat turining

rivojlanishiga zamin yaratmoqda.

Jinoyatchilarning kriminologik portreti ularning yuqori texnik bilimga ega, tahliliy

fikrlash qobiliyati kuchli va zamonaviy texnologiyalarni faol qo‘llay oladigan shaxslar
ekanini ko‘rsatadi. Ular orasida nafaqat professional mutaxassislar, balki texnologiyalarni
yuzaki o‘rgangan, ammo aldash va ijtimo

iy muhandislik usullarini yaxshi egallagan

shaxslar ham mavjud. Shuningdek, jinoyatni sodir etishda ularning yosh jihatdan nisbatan

yoshroq, ko‘pincha erkaklar bo‘lishi, ijtimoiy jihatdan faol guruhlarga mansubligi

kuzatiladi.

Viktimologik tahlil esa kiber

firibgarlik jabrlanuvchilari ko‘pincha texnologiyalarni

yetarli tushunmaydigan, ishonuvchan, raqamli xavfsizlik qoidalarini bilmaydigan shaxslar

ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ayollar va 21–

39 yoshdagi texnologik faol aholi segmenti

ko‘proq nishonga aylanadi. Shu bilan birga, keksalar ham o‘ziga xos risk guruhini tashkil
etadi, chunki ular ko‘pincha shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga beparvo yondashadi.

Kiberfiribgarlikning oldini olish choralari sifatida, bir tomonlama texnik vositalarni

kuchaytirish yetarli emas. Kompleks yondashuv zarur: aholining axborot savodxonligini
oshirish, fuqarolarni muntazam ravishda ogohlikka chaqirish, moliyaviy va raqamli xizmat

ko‘rsatuvchi tashkilotlarning profilaktik faoliyatini kuchaytirish, huquqni muhofaza

qiluvchi organlarning tezkor axborot almashinuvi tizimlarini rivojlantirish hamda xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kiberjinoyatchilikni

an’anaviy jinoyatlardan alohida ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rganish, ularning kriminologik

xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va nazariy asoslangan huquqiy choralarni ishlab chiqish

ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Atamanchuk G.V. Informatsionnoe pravo i obshchestvo.

M.: Nauka, 2018.

214 s.

2.

BUFFETT:

This is 'the number one problem with mankind'“. Business Insider. Kirish

sanasi: 09.05.2025 yil.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

561

3.

Барчуков В.К. Терминология мошенничества в сфере компьютерной
информации. –

М.: Пробелы в российском законодательстве. № 4. 2017 г. –

С. 163

-

165.

4.

Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного
мошенничества. дис. … канд. юрид. наук. Владимир, 2002. –

211 с.

5.

Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации //
Информационное право. 2013. № 4. –

С. 19 21.

6.

Brenner, Susan W.. Cyberthreats: The Emerging Fault Lines of the Nation State (en).
Oxford University Press, 2009-01-16. ISBN 9780190452568.; Fisher, Bonnie S..
Encyclopedia of Victimology and Crime Prevention. Thousand Oaks, CA: SAGE
Publications, 2010

493 bet.

7.

Warf, Barney. The SAGE Encyclopedia of the Internet (en). SAGE, 2018-05- 6.

8.

Cybersecurity Ventures, Cybercrime To Cost The World $9.5 Trillion USD Annually In
2024,

2024.

Available:

https://www.cysuranceinstitute.com/insights/report-

cybercrime-to-cost-the-world-95-trillion-usd-annually-in-2024-according-to-
cybersecurity-ventures

9.

„FBI 2017 Internet Crime Report“. FBI.gov. Federal Bureau of Investigation (7

-may 2018-

yil). Qaraldi: 28-avgust 2018-yil.

10.

Finlit.uz. (2024). Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tavsiyalar.

11.

FDIC. (2005). Online Delivery of Banking Services: Making Consumers Feel Secure
fdic.gov

12.

Reese et al. (2019). A Usability Study of Five Two Factor Authentication Methods
sciencedirect.com+8usenix.org+8science

13.

Morkonda & Abdou (2022). Work in progress: Identifying Two Factor Authentication
Support in Banking Sites arxiv.org

Библиографические ссылки

Atamanchuk G.V. Informatsionnoe pravo i obshchestvo. – M.: Nauka, 2018. – 214 s.

BUFFETT: This is 'the number one problem with mankind'“. Business Insider. Kirish sanasi: 09.05.2025 yil.

Барчуков В.К. Терминология мошенничества в сфере компьютерной информации. – М.: Пробелы в российском законодательстве. № 4. 2017 г. – С. 163-165.

Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного мошенничества. дис. … канд. юрид. наук. Владимир, 2002. – 211 с.

Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации // Информационное право. 2013. № 4. – С. 19 21.

Brenner, Susan W.. Cyberthreats: The Emerging Fault Lines of the Nation State (en). Oxford University Press, 2009-01-16. ISBN 9780190452568.; Fisher, Bonnie S.. Encyclopedia of Victimology and Crime Prevention. Thousand Oaks, CA: SAGE Publications, 2010 — 493 bet.

Warf, Barney. The SAGE Encyclopedia of the Internet (en). SAGE, 2018-05- 6.

Cybersecurity Ventures, Cybercrime To Cost The World $9.5 Trillion USD Annually In 2024, 2024. Available: https://www.cysuranceinstitute.com/insights/report-cybercrime-to-cost-the-world-95-trillion-usd-annually-in-2024-according-to-cybersecurity-ventures

„FBI 2017 Internet Crime Report“. FBI.gov. Federal Bureau of Investigation (7-may 2018-yil). Qaraldi: 28-avgust 2018-yil.

Finlit.uz. (2024). Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tavsiyalar.

FDIC. (2005). Online Delivery of Banking Services: Making Consumers Feel Secure fdic.gov

Reese et al. (2019). A Usability Study of Five Two Factor Authentication Methods sciencedirect.com+8usenix.org+8science

Morkonda & Abdou (2022). Work in progress: Identifying Two Factor Authentication Support in Banking Sites arxiv.org