Авторы

  • Бахром Юсуфжонов
    Студент, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp369-376

Ключевые слова:

пространство ШОС шанхайский дух транспортно-транзитный потенциал региональная безопасность транспортная дипломатия торгово-экономическое сотрудничество

Аннотация

В статье анализируются приоритетные направления и принципы сотрудничества Узбекистана с Шанхайской организацией сотрудничества (ШОС). Подробно раскрывается значение ключевых направлений взаимодействия – экономического, транспортно‑логистического, обеспечения региональной безопасности и стабильности, а также культурно‑гуманитарного – и соответствующих инициатив Узбекистана. Кроме того, рассматриваются концептуальные принципы республики в рамках деятельности ШОС и её подходы к реформированию организации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Priority directions and principles of Uzbekistan's

cooperation with the Shanghai Cooperation Organization

Bakhrom YUSUFJONOV

1

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article analyzes the priority areas and principles of

Uzbekistan's cooperation with the Shanghai Cooperation

Organization. The article also examines in detail the importance

of the main areas of cooperation with the organization -

economic, transport and logistics, regional security and stability,

cultural and humanitarian spheres, and the initiatives put

forward by Uzbekistan in these areas. At the same time, it also

considers Uzbekistan's conceptual principles for the activities of

the SCO and its approaches to the reform of the organization.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp3

69-376

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

SCO space,

Shanghai spirit,

transport and transit

potential,

regional security,

transport diplomacy,

trade and economic

cooperation.

O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan

hamkorligidagi ustuvor yo‘nalish

lar va tamoyillar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ShHT makoni,

Shanxay ruhi,

transport-tranzit salohiyati,

mintaqaviy xavfsizlik,

transport diplomatiyasi,

savdo-iqtisodiy hamkorlik.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik

Tashkiloti bilan hamkorligidagi ustuvor yo‘nalishlar va

tamoyillar tahlil qilinadi. Tashkilot bilan hamkorlikning asosiy

yo‘nalishlari bo‘lgan iqtisodiy, transport

-logistika, mintaqaviy

xavfsizlik va barqarorlik, madaniy-gumanitar sohalarning

muhimligi va bu sohalardagi O‘zbekiston ilgari surayotgan

tashabbuslar ham maqolada atroflicha o‘rganiladi. Shu bilan

birga, O‘zbekistonning ShHT faoliyatiga qaratilgan konseptual

tamoyillari va tashkilotning isloh qilinishi borasidagi

yondashuvlari yuzasidan ham fikr yuritiladi.

1

Student, Uzbekistan State World Languages University.

E-mail: yusufjonovbahrom2005@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

370

Приоритетные

направления

и

принципы

сотрудничества

Узбекистана

с

Шанхайской

организацией сотрудничества

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

пространство ШОС,
шанхайский дух,

транспортно

-

транзитный

потенциал,

региональная
безопасность,

транспортная
дипломатия,

торгово

-

экономическое

сотрудничество

.

В статье анализируются приоритетные направления и

принципы сотрудничества Узбекистана с Шанхайской

организацией

сотрудничества

(ШОС).

Подробно

раскрывается

значение

ключевых

направлений

взаимодействия –экономического,

транспортно

‑логистического, обеспечения региональной безопасности

и стабильности, а также культурно‑гуманитарного –

и

соответствующих инициатив Узбекистана. Кроме того,
рассматриваются концептуальные принципы республики в

рамках деятельности ШОС и её подходы к реформированию

организации.


KIRISH

O‘

zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan amalga oshirib

kelayotgan o‘zaro hamkorlik va sherikchilik munosabatlari 2017

-yildan buyon davom etib

kelayotgan faol tashqi siyosatimizda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga bir qancha

sabablarni keltirib o‘tishimiz mumkin.

Birinchi navbatda mamlakatimiz tashqi siyosatidagi

strategik ahamiyatga ega bo‘lgan savdo

-sotiq hamda transport-logistika tizimlarini

rivojlantirish kabi maqsadlarni amalga oshirishda ShHT doirasidagi hamkorlik katta
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, ShHT

ga a’zo mamlakatlar bilan bo‘lgan

eksport va import ko‘rsatkichlari yildan yilga oshib borishi ham tashkilo

t doirasidagi

iqtisodiy hamkorlik istiqbollaridan dalolat beradi. Ikkinchidan, ShHT makonining yangi

a’zolar hisobiga kengayib borishiga qaramasdan uning jug‘rofiy yadrosi maqomida

Markaziy Osiyoning qolishi hamda tashkilotning asosiy vazifalaridan biri sifatida
mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni

ta’minlashning saqlanib qolishi O‘zbekiston

Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida ShHT

ga bo‘lgan e’tiborni

yanada oshiradi.

O‘zbekiston so‘n

ggi yillarda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida faol ishtirok

etib kelmoqda va o‘zining tashabbuslarini doimiy ravishda ilgari surmoqda.

Albatta, ushbu

hamkorlik aloqalari ustuvor deb hisoblangan

yo‘nalishlar hamda tamoyillarga asoslanadi.

O‘zb

ekistonning Shanxay Hamkorlik T

ashkilotidagi ustuvor yo‘nalish va t

amoyillarini

tahlil qilish kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini, yangi sohalardagi manfaatlarini
aniqlash, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muammolarga yechim topish va hamkorlik bo‘yicha

yan

gi yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga yordam beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Rahmatulla Nurimbetov o‘zining bir qancha ilmiy ishlarida O‘zbekistonning

Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi faoliyatini ko‘p tomonlama yondashuvlar asosida tahlil

qiladi v

a uning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning tashkilot doirasida transport diplomatiyasiga

va iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratishi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarining asosi
hisoblanadi. Olim, shuningdek, O‘zbekistonning

ShHT ga nisbatan konseptual tamoyillari:

milliy va mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosatda mustaqillikni ta’minlash, Markaziy Osiyo

mintaqasi ustidan hech bir kuch markaziga ustunlik bermaslik, tashkilotni harbiy blokka


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

371

aylantirmaslik, tashkilot ichida bitta davlatning kuchayib ketib yagona nazoratga ega

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanligini ta’kidlab o‘tadi.

Muhayyo Soliyeva va Feruza Nazarova o‘z ilmiy asarlarida O‘zbekistonning

ShHT

dagi milliy va geosiyosiy manfaatlarini tahlil qilib, xalqaro transport koridorlarini
yaratishning

O‘zbekiston uchun strategik darajada muhim ekanligini va bu sohada

hamkorlikning huquqiy bazasini yaratish birlamchi vazifa ekanligini bildirib o‘t

adi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotda

sifatli (qualitative) tadqiqot yondashuvi qo‘llanildi. Asosiy e’tibor

O‘zbekistonning tashkilot ichidagi ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillariga qaratildi.
Ma’lumotlar ikkilamchi manbalar –

tahliliy hisobotlar, ilmiy maqolalar, rasmiy hukumat

hujjatlari va xalqaro tashkilotlar materiallari asosida

yig‘ildi.

Tarixiy-qiyosiy usul

(Historical-Comparative Method) orqali

O‘zbekistonning turli davrlardagi tashabbuslari

(masalan, Samarqand sammiti, Mintaqaviy Aksilterror Tuzilmasi tashkilotchiligi)
taqqoslandi. Shuningdek, content tahlili orqali rasmiy bayonotlar va tashabbuslar
mazmuni tahlil qilindi.

TAHLIL VA NATIJALAR

So‘n

g

gi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyati

doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohalarda faol ishtirok etib
kelmoqda. Bunga tashkilot tuzilmasining kengayishi va global hamjamiyatda yanada

kengroq ahamiyatga gea bo‘la boshlagani ham sababchi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “bu tashkilot mada

niy-sivilizatsion qarashlari

turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni
birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilmadir. Tarixan qisqa davrda

ShHT

katta yo‘lni

bosib o‘tib, global siyosiy va iqtisodiy

tizimning ajralmas qismiga aylandi”

[1]. Chindan

ham hozirgi globallashuv, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalarning jadallashuvi yuz
berayotgan davrda ShHT

nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda o‘zaro ishonch va

manfaatga asoslangan

hamkorlik platformasi vazifasini o‘tab bera oladi. Qolaversa, bir

tomondan bugungi kunning global muammolari bo‘lgan xalqaro iqtisodiy krizi

slar, xalqaro

ziddiyatlar, terrorizm, separatiz

m, narkotik savdosi va iqlim o‘zgarishlari, ikkinchi

tomondan iqtis

odiy integratsiya kabi muammolarni birgina davlatning o‘zi

hal qila

olmaydi [2].

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi

ShHT doirasidagi hamkorlikdan

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qaratilgan maqsad, vazifa va mexanizmlarni
amalga oshirish uchun foydalanadi. ShHT

doirasida O‘zbekiston faqat tashkilot

yig‘ilishlarida qatnashuvchi bo‘lib qolmasdan faol islohotlar tarafdori va tashabbuskor
a’zo

ga

aylandi. Jumladan, O‘zbekiston bir necha yillardan buyon tashkilot faoliyati

samaradorligini oshirish uchun Kotibiyat va MATT ishchi

qo‘mitasining faoliyati

ni

takomillashtirish tashabbusini ilgari surib keladi. So

nggi

olti yil ichida O‘zbekiston

tomonidan 40 dan ortiq tashabbusning ilgari surilishi ham mamlakatimizning tashkilot
doirasida faolligini k

o‘rsatib beruvchi katta ko‘rsatkichdir

[3].

O‘zbekiston va

ShHT

o‘rtasidagi hamkorlik yildan yilga jadal rivojlanib bormoqda va

hamkorlikning bir qancha ustuvor yo‘nalishlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga

mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta

minlash,

savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport-tranzit salohiyatni kuchaytirish va
madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash kabi asosiy

yo‘nalishlarni

kiritishimiz mumkin

. Bu yo‘nalishlarning hamm

asi tashqi siyosiy faoliyatimizning muhim

tarkibiy qismi bo‘lib strategik maqsadlarimizga erishishimizga katta yordam beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

372

Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtta asosiy yo‘nalishdan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik
masalasi O‘zbekistoning

ShHT

bilan bo‘lgan hamkorligida o‘ziga xos aha

miyatga ega

hisoblanadi. Negaki, ShHT

tashkil topgan davrda faoliyatning asosiy yo‘nalishi tinchlik,

mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun konstruktiv sherikchilikni

mustahkamlash, shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm va
giyohvand moddalar savdosi singari mintaqaviy va global tahdidlarga qarshi kurashishga

qaratilgan ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmi sifatida qaralgan. Keyinchalik hamkorlik
yo‘nalishlari kengayib, ijtimoiy

-gumanitar, savdo-iqtisodiy va transport-logistika

sohalariga bo‘lgan qiziqish ham ortib bordi. Buni ko‘pchilik

chet ellik olimlar ham

tasdiqlaydi. Masalan,

xitoylik olim Chjao Xuashenning ta’kidlashicha “Shanxay beshligi”

ham hamkorlikni birinchi navbatda xavfsizlik sohasidan boshlagan. Olimning qayd
etishicha, terrorizm, separatizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash ShHT ning birlamchi

vazifalari bo‘lgan, keyinchalik uning kun tartibiga giyohvand moddalar noqonuniy

aylanmasiga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, uchinchi mamlakatlarning harbiy
kuchlarini Markaziy Osiyodan chiqarib yuborish va undan keyin savdo, investitsiyaviy va
energetika sohalarida hamkorlik masalalari kiritilgan [4]. Hattoki hozirda ham xavfsizlik
va barqarorlik masalasi tashkilotning fundamental asosi hisoblanadi. Birgina ShHT
tomonidan 2001-

2023 yillarda qabul qilingan hujjatlarning eng ko‘p ulushi –

(43%) aynan

xavfsizlik masalalariga taalluqliligi va shundan huquqiy-me

yoriy hujjatlar 70 ga yaqinligi

ham bunga yorqin dalil bo‘ladi

[5].

O‘zbekiston tomoni doimo

ShHT boshchiligidagi

xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash

ga qaratilgan konstruktiv sherikchilikka ijobiy

munosabatda bo‘lib kelgan.

ShHT ning Mintaqaviy Aksilterror Tuzilmasi (MATT) ishchi

organining 2004-

yildan Toshkentda faoliyat yurita boshlagani ham O‘zbekistonning

tashabbusi bo‘lgan.

Hozirgi davrda ham O‘zbekiston global va mintaqaviy xavfsizlikni

t

a’minlash sohalarida ro‘y berayotgan fundamental o‘zgarishlardan kelib chiqib

ShHT ning

xavfsizlik konsepsiyasini yangilash hamda MATT negizida ShHT ning tahdidlarga va xavf-
xatarlarga qarshi kurash markazini tashkil qilish kabi takliflarni ilgari surmoqda.

Umuman, O‘zbekiston

ShHT bilan xavfsizlik borasida hamkorlikni rivojlantirishdan

manfaatdor hisoblanadi, lekin bu konstruktiv hamkorlikda O‘zbekistonning

ShHT ni

harbiylashtirmaslik, harbiy va uchinchi tomonga qaratilgan birlashmaga aylantirmaslik

borasidagi qat’iy pozitsiyasini ham unutmasligimiz lozim

[6].

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining birlamchi vazifasi barqarorlik va tinchlikka

qaratilganiga qaramasdan, ShHT makoni xom-ashyo, energetika resurslari, tabiiy qazilma
boyliklari, malakaviy ishchi kuchi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda dunyo bo

yicha

yetakchi bo

lib, katta iqtisodiy potensialga ega hisoblanadi. ShHT makonining 35 mln km

2

dan ortiq hududni tashkil etib, 3.5 mlrd aholini o

z ichiga olishi va tashkilot mamlakatlariga

dunyo neft zaxiralarining 20%, gaz zaxiralarining 44%, ko

mir zaxiralarining 2/5 va uran

zaxiralarining 1/4 qismining to

g

ri kelishi tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning

katta imkoniyatlarga egaligidan dalolat beradi [7]. O

zbekistonning ShHT ga nisbatan

iqtisodiy yondashuvlari juda pragmatik bo

lib, tashkilotga savdo-iqtisodiy va investitsion

hamkorlik platformasi sifatida qaraydi. Bunday yondashuvni shakllanishiga bir qancha
sabablar ham bor, albatta. Avvalambor, ShHT

ga a’zo davlatlar bilan bo‘lgan savdo

aylanmasi

O‘zbekiston iqtisodiyotida sezilarli ahamiyatga ega.

Misol uchun, 2022-yilda

O‘

zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 25% ga oshgan. 2023-yilda bu

ku ko'rsatkich $31,36 milliardga etgan (Eron 2023-yilda ShHT ga t

o‘

liq a

zo b

o‘

lib qabul

qilingan). O

sha yili mazkur hududning

O‘

zbekiston umumiy eksportidagi ulushi 36,6%


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

373

(8,93 milliard dollar), importida esa 58,8% (22,4 milliard dollar) ni tashkil etgan [8]. Shu

bilan bir qatorda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq

-

ovqat, elektrotexnika, to‘qimachilik

va avtosanoat mahsulotlarining 90% dan ortig‘ini tashkilotga a’zo davlatlarga eksport
qiladi, hamda ishlab chiqarish va sanoat uchun kerakli bo‘lgan dastgohlar, texnologiyalar

va jihozlarning katta qismini ShHT mamlakatlaridan sotib oladi. Shuning uchun

O‘zbekiston oxirgi davrda

ShHT bilan savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalaridagi

hamkorlik

ka katta urg‘u bera boshladi. Tahlillar ham shuni ko‘rsatadiki so’nggi

3-4 yil

ichida ShHT

doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng ko‘p taklif va

tashabbuslar O‘zbekiston tomonidan kiritilgan.

2022-

yilda bo‘lib o‘tgan Samarqand

sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda ham iqtisodiy mavzular alohida o‘rin

olgan edi va ular orasida o

zaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini bosqichma-

bosqich oshirish va te

gishli “yo‘

l x

aritasi”, ishonchli, bar

qaror va diversifikatsiyalashgan

xarid qilish zanjirlarini ta

minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi

hamkorlik, infratuzilmaviy rivojlan

tirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi sanoat

kooperatsiyasini rag‘batlant

irish, mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish b

o‘yicha qoʻshma

harakatlar rej

asi hamda “a

q

lli” qishloq xoʻjaligi va agroinnovatsiyalarni

joriy etish

sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi kabilar o‘rin olgan edi

[9].

Tashkilot ichidagi ustuvor hamkorlik yo‘nal

ishlaridan yana biri bu transport-tranzit

sohasini kuchaytirish bo‘lib, bu sohadagi hamkorlik tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlarini

na

moyon qilishda hamda siyosiy barqarorligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri

hisoblanadi. Tadqiqotchi olim Rahmatulla Nurimbetov

ning ta’kidlab o‘tishicha,

ShHT

doirasidagi hamkorlikda transport diplomatiyasiga katta urg‘u qaratish O‘zbekistonning

strategik maqsadlarini amalga oshirishda katta ahamiyatga egadir. Agar ShHT xaritasiga

nazar soladigan bo‘lsak,

sharqda joylashgan xalqaro savdoning harakatlantiruvchi kuchi

Xitoy, janubda dunyo iqtisodiyotining yangi giganti Hindiston, shimolda katta tabiiy

resurslarga ega bo‘lgan Rossiya va Yaqin Sharqning katta iqtisodiyot Eron kabi katta
o‘yinchilarning markazida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasining jug‘rofiy yuragi
sifatida O‘zbekiston transport diplomatiyasidan o‘zining maqsadlari yo‘lida foydalanishi

mumkin [10]. Tashkilot makoniga 2018-yil

holatiga ko‘ra

13 mln. km. dan ortiq (shulardan

15 ming km tezyurar) avtomobil (butun dunyo avtomagistrallarining qariyb 20%) va 244
ming km temir yo

llar (butun dunyo yuk tashishlarining 70% dan ko

‘prog‘i

)

to‘g‘ri kelgan

.

To‘g‘ri bu katta ko‘rsatkich, lekin

S

hanxay makonining to‘liq transport potensialini

namoyon qila olmaydi

. Shuning uchun ham tashkilot doirasida “Shimol va Janub” hamda

“G‘arb va Sharq” loyihalari ustida katta hamkorlik rejalari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston tomoni esa o‘zi uchun o‘ta muhim bo‘lgan “O‘zbekiston –

Qirg‘iziston –

Xitoy”

va “Termiz –

Qobul

Mozori-Sharif

Hirot

–Peshovor” loyihalarni amalga oshirishga bir

necha yillardan beri urinib keladi. Xususan, Xitoy

ning “Bir makon, Bir yo'l” tashabbusiga

kiritilgan “O‘zbekiston –

Qirg‘iziston –

Xitoy”

loyihasi bir qator afzalliklarga ega

bo‘lib

,

Xitoydan Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga eng qisqa y

o‘

l hisoblanadi. Temir

yo

lning ishga tushirilishi mavjud yo

nalishlarga nisbatan masofani 900 km.ga, yuklarni

yetkazib berish muddatini 7-8 kunga qisqartiradi.

O‘zbekiston bu loyihada muhi

m

ishtirokchiga aylanishi va tranzit savdodan katta daromad olishi mumkin. Kelajakda esa

bu tarmoq Turkmaniston, Eron va Turkiya davlatlarining qo‘shilishi orqali Yevrosiyoda
muhim transqit’aviy transport tizimiga aylanishi mumkin. Bu esa O‘zbekistonga

yanada

muhimroq geosiyosiy rol o‘ynashiga va ko‘proq iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishiga
yo‘l ochib berishi mumkin.

O‘zbekiston uchun transafg‘on loyihasi ham juda muhim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

374

hisoblanadi. Birinchidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorining Janubiy

-Sharqiy

Osiyoga kirib borishiga yo‘l ochadi. Hozirda bu mintaqada Markaziy Osiyoning ulushi juda

past va bunga Markaziy Osiyo mamlakatlarining Hindiston tashqi savdosida atigi 1.1%

tashkil etishi bunga isbot bo‘ladi. Ikkinchidan,

O

zbekistonlik ekspertlarning fikricha,

transafg

on loyihasining ishga tushirilishi bilan Markaziy Osiyo davlatlarining

Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga chiquvchi eng qisqa yo

liga

aylanadi va bu temir yo

ldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish imkoniyatini beradi,

transport xarajatlarini 30-35% ga kamaytiradi [11].

O‘zbekiston uchun

Shanxay makonida

transport diplomatiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish strategik darajadagi ahamiyat
ega va hozirda

O‘zbekiston oldida bu hamkorlikning huquqiy bazasini

kuchaytirish vazifasi

turibdi.

O‘zbekiston uchun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hamkorlikning yana

bir juda muhim yo‘nalishi bu madaniy

-gumanitar sohadagi aloqalardir. Ma

lumki, Shanxay

makoni ham, tashkilotga

a’

zo davlatlar ham kengayib bormoqda. Bunday vaziyatda Islom,

Xristian, Konfutsiylik va Hinduiylik kabi sivilizatsiyalar vakillaridan tashkil topgan
tuzilmada barqarorlik va hamkorlikni t

a’minlashda madaniy aloqalar va o‘zaro hurmatni

ta’minlash juda katta o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston tomoni tashkilot faoliyatida madaniy
aloqalarni rivojlantirish va “Shanxay ruhi”ga (o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaat, tenglik,

maslahat, madaniy xilma-xillikni hurmat qilish, umumiy rivojlanish istagi) amal qilishning
qattiq tarafdoridir. Chunki Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida madaniy-gumanitar

aloqalarni rivojlantirish O‘zbekistonning yumshoq kuch diplomatiyasini kuchaytirib uning

xalqaro maydondagi nu

fuzini yanada oshiradi. Shu sababdan, O‘zbekiston 2018

-yilda

tashkil topgan ShHT

ning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatiga katta

e’tibor qaratmoqda hamda O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti
Universitetiga a’zo bo‘lib

kirish va Samarqand shahrida ShHT

ning ta’lim, fan va madaniyat

masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotini (SCESCO) ta’sis etish ustida keng ko‘lamli

ishlarni amalga oshirmoqda.

Albatta, O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlari va strategik maqsadlaridan kel

ib chiqib

ShHT

faoliyatida ishtirok etadi. Bu ishtirok O‘zbekistonning

ShHT ga nisbatan ishlab

chiqilgan strategiyasiga asoslanadi. Bu strategiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar
kiradi: milliy va mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosatda mustaqillikni t

a’minlash; Markaziy

Osiyo mintaqasi ustidan hech bir kuch markaziga ustunlik bermaslik; tashkilotni harbiy
blokka aylantirmaslik; tashkilot ichida bitta davlatning kuchayib ketib yagona nazoratga

ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Bu strategiyaga asoslanib O‘zbekiston

ShHT ichida

“O‘rtamiyona davlat” (middle power) diplomatiyasini amalga oshirib tashkilotda muhim
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

“Oʻrta kuch” diplomatiyasi orqali Oʻzbekiston tashkilotda

quyidagi funksiyalarni bajarish

i mumkin: (1) muvozanatni taʼminlash (raqobatdosh

“katta” davlatlar”ni yarashtirish, shuningdek, “katta” va “kichik” aʼzolar manfaatlarini

muvozanatga keltirish; (2) mavjud tartibni barqarorlashtirish va uni qonuniylashtirish

(“Shanxay birlik (Shanxay) profilaktikasi) tamoyillariga rioya qilishni taʼminlash); “

buyuk

davlat yoki davlatlar guruhi (4) ko

p tomonlama (konsensus tamoyilini qo

llash orqali) va

(5) nizolarni va nizolarni hal qilish (raqobatchi davlatlar o

rtasidagi)[12]. Shuni ham

ta’kidlab o‘tish

joizki, ShHT

kengayishi davom etayotgan davrda O‘zbekiston tashkilot

istiqbolida yangi yondashuvlarga ham e’tibor qaratmoqda.

Bularga ekologiya va iqlim

o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga birgalikda kurashish,

ShHT ning huquqiy bazasini

va is

hchi organlari faoliyatini isloh qilish, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi bo‘lgan davlatlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

375

hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan sherikchilik aloqalarini faollashtirish, amaliy
hamkorlikni kengaytirish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim
vazifalarni kiritishimiz mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytadigan

bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi so’nggi

yillarda olib

borayotgan faol, ochiq va pragmatik tashqi siyosatida ShHT doirasidagi hamkorlik muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu ayni

qsa hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lmish mintaqaviy

barqarorlik va xavfsizlikni ta

minlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport-

tranzit salohiyatni kuchaytirish va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni
mustahkamlashda yaqqol

namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston bu yo‘nalishlardagi hamkorlik

istiqbolini yuqori baholab o‘zining taklif va tashabbuslarini doimiy ravishda ilgari
surmoqda. O‘zbekiston tashkilot faoliyati

da

o‘zining

asosiy konseptual tamoyillari barcha

a’zolarning teng huqu

qli ishtiroki, tashkilotni harbiy blokka aylantir

maslik va “Shanxay

ruhi” ga qat’iy amal qiladi. Shu bilan birga tashkilot huquqiy bazasini va tashkiliy faoliyatini
isloh qilishga qaratilgan izchil tashabbuslar O‘zbekistonning

ShHT platformasida

kelgusida ham faol hamkorlikni davom ettirishini bildiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik

tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” noml

i

maqolasi. 12.09.2022. Url:/ https://president.uz/uz/lists/view/5495.

2. Muhayyo Soliyeva. Uzbekistan-SCO: cooperation in strategic interests and

development, International Journal of Advanced Research, 8(11) 2020.

P. 840-845.

3. Feruza Nazarova. Republic of the Uzbekistan in the Activities of Shanghai Cooperation

Organization: Initiatives and Prospects. The American Journal of Political Science Law and
Criminology, 6(02) 2024.

P. 73-82.

4. Zhao Huasheng. The Shanghai Cooperation Organisation: An Overview of Security and

Economic Cooperation. World Affairs: The Journal of International Issues Vol. 10, No. 3
(AUTUMN 2006).

P. 128-139.

5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi arxividan. Jild: ShHT

Kotibiyati/Аxborot

-tahliliy faoliyat, 2001-2023 yillar.

6. R.I.Nurimbetovning “O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti”

mavzusidagi monografiyasi, “Art Vernissage” 2022. –

243 b.

7. Г.Халова, Н.Иллерицкий. Энергетическая геополитика и трансформация ШОС:

от

Центральной

Азии

к

Евразии

и

многополярному

миру.

Url:

https://energypolicy.ru/energeticheskaya-geopolitika-i-transformacziya-shos-ot-czentralnoj-
azii-k-evrazii-i-mnogopolyarnomu-miru/regiony/2023/12/21

8. ShHT ning O‘zbekiston bilan savdo aloqalari savdo munosabatlaridagi ustuvor jihatl

ar.

13.12.2022.

Url:

https://review.uz/oz/post/ekonomicheskoe-sotrudnichestvo-shos-

dinamichnoe-razvitie-rastushiy-potencial

9. Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi, 16.09.2022. Url:

https://www.president.uz/uz/lists/view/5544

10. Rakhmatulla I. Nurimbetov. Uzbekistan and the Shanghai Cooperation Organization:

The Emphasis on the Connectivity. The American Journal of Political Science Law and
Criminology, 6(06) 2024.

P. 31-34.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

376

11. Yann Alix, Kuralay Baizakova, Jildiz Nicharapova, Mirzokhid Rakhimov (eds).

Logistics and diplomacy in Central Asia. Editions EMS, France. 2022.

275 p.

12. Rakhmatulla I. Nurimbetov. Uzbekistan’s Strategic Approaches to the Shanghai

Cooperation Organization: Exploring Opportunities for “Middle Power” Diplomacy, Frontline

Social Sciences and History Journal, Vol. 4 No. 07 (2024).

P. 30-45.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” nomli maqolasi. 12.09.2022. Url:/ https://president.uz/uz/lists/view/5495.

Muhayyo Soliyeva. Uzbekistan-SCO: cooperation in strategic interests and development, International Journal of Advanced Research, 8(11) 2020. – P. 840-845.

Feruza Nazarova. Republic of the Uzbekistan in the Activities of Shanghai Cooperation Organization: Initiatives and Prospects. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 6(02) 2024. – P. 73-82.

Zhao Huasheng. The Shanghai Cooperation Organisation: An Overview of Security and Economic Cooperation. World Affairs: The Journal of International Issues Vol. 10, No. 3 (AUTUMN 2006). – P. 128-139.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi arxividan. Jild: ShHT Kotibiyati/Аxborot-tahliliy faoliyat, 2001-2023 yillar.

R.I.Nurimbetovning “O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti” mavzusidagi monografiyasi, “Art Vernissage” 2022. – 243 b.

Г.Халова, Н.Иллерицкий. Энергетическая геополитика и трансформация ШОС: от Центральной Азии к Евразии и многополярному миру. Url: https://energypolicy.ru/energeticheskaya-geopolitika-i-transformacziya-shos-ot-czentralnoj-azii-k-evrazii-i-mnogopolyarnomu-miru/regiony/2023/12/21

ShHT ning O‘zbekiston bilan savdo aloqalari savdo munosabatlaridagi ustuvor jihatlar. 13.12.2022. Url: https://review.uz/oz/post/ekonomicheskoe-sotrudnichestvo-shos-dinamichnoe-razvitie-rastushiy-potencial

Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi, 16.09.2022. Url: https://www.president.uz/uz/lists/view/5544

Rakhmatulla I. Nurimbetov. Uzbekistan and the Shanghai Cooperation Organization: The Emphasis on the Connectivity. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 6(06) 2024. – P. 31-34.

Yann Alix, Kuralay Baizakova, Jildiz Nicharapova, Mirzokhid Rakhimov (eds). Logistics and diplomacy in Central Asia. Editions EMS, France. 2022. – 275 p.

Rakhmatulla I. Nurimbetov. Uzbekistan’s Strategic Approaches to the Shanghai Cooperation Organization: Exploring Opportunities for “Middle Power” Diplomacy, Frontline Social Sciences and History Journal, Vol. 4 No. 07 (2024). – P. 30-45.