Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Distinctive aspects of the subjective element in human
trafficking crimes
Zarnigor JUMANIYOZOVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
Human trafficking is currently one of the most serious
transnational crimes causing concern to the global community.
This crime poses a particular danger as it is directed against
human dignity, freedom, and inviolability. This article
thoroughly analyzes the subjective aspect of human trafficking,
namely the perpetrator's conscious actions, purpose, intent, and
the characteristics of guilt formation. Additionally, it provides
scientific-theoretical and practical substantiation that this crime
can only be committed intentionally, with full awareness of guilt,
and by exploiting the victim's vulnerable state. The article also
compares existing legislative norms, international documents
(especially the Palermo Protocol), and Article 135 of the Criminal
Code of the Republic of Uzbekistan. In particular, it analyzes how
the subjective aspect is assessed in examples from judicial
practice. The conclusion offers recommendations on the
importance of subjective factors in correctly qualifying the crime
of human trafficking and improving the legal mechanisms for
their identification.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp5
46-551
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
crime subjectivity,
form of guilt,
intent,
victim vulnerability,
motive,
classification criteria.
Odam savdosi jinoyati subyektiv tomonining o‘ziga xos
jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jinoyat subyektivligi,
ayb shakli,
qasd,
jabrlanuvchi holati,
jinoyat motivi,
malakalash mezonlari.
Odam savdosi jinoyati hozirgi davrda jahon hamjamiyatini
tashvishga solayotgan eng og
‘ir transmilliy jinoyatlardan biri
hisoblanadi. Bu jinoyat inson sha’ni, erki hamda daxlsizligiga
qarshi yo‘naltirilgani bilan alohida xavf tug‘diradi. Mazkur
maqolada odam savdosi jinoyatining subyektiv tomoni ya’ni
jinoyat sodir etuvchining ongli ravishda qilgan harakatlari,
1
PhD student, Tashkent State University of Law.
E-mail:
zarnigorjumaniyozova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
547
maqsadi, niyati hamda aybining shakllanish xususiyatlari chuqur
tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu jinoyat faqat qasddan sodir
qilinishi mumkinligi, aybning to‘liq anglangan holda amalga
oshirilishi, jabrlanuvchining ojiz holatidan foydalanish holatlari
ilmiy-
nazariy va amaliy jihatdan asoslab ko‘rsatiladi. Maqolada,
shuningdek, mavjud qonunchilik me’yorlari, xalqaro hujjatlar
(ayniqsa, Palermo protokoli) va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 135-
moddasi qiyosiy o‘rganilgan.
Jumladan, sud-
amaliyoti
misollarida
subyektiv
tomonning
qanday
baholanayotgani tahlil qilinadi. Xulosa qismida odam savdosi
jinoyatini to‘g‘ri malakalashda subyektiv omillarning ahamiyati,
ularni aniqlashdagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
bo‘yich
a tavsiyalar berilgan.
Особенности субъективной стороны преступления
торговли людьми
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
субъективная сторона
преступления,
форма вины,
умысел,
уязвимость потерпевшего,
мотив,
квалификация
.
Преступление
торговли людьми в современную эпоху
представляет
собой
одну
из
самых
серьезных
транснациональных угроз, вызывающих обеспокоенность
мирового сообщества. Эта преступная деятельность
направлена против чести, свободы и неприкосновенности
личности, что делает её особо опасной. В данной статье
углубленно рассматриваются субъективные аспекты
данного
преступления
осознанность
действий
правонарушителя, его цель, намерение и формирование
вины. Подчёркивается, что данное преступление может
быть совершено исключительно умышленно, при полной
осведомлённости лица о совершаемом деянии, особенно в
случаях эксплуатации уязвимости потерпевшего. Автор
анализирует
правовые
нормы
национального
законодательства,
международные
документы
(в
частности, Палермский протокол), а также
статью 135
Уголовного кодекса Республики Узбекистан. Судебная
практика также рассмотрена с точки зрения оценки
субъективной стороны. В заключении подчёркивается
важность субъективных факторов для квалификации
преступления
и
предлагаются
рекомендации
по
совершенствованию правовых механизмов их определения
.
KIRISH
So
‘
nggi yillarda odam savdosi global miqyosda tarqalib, ko
‘
plab mamlakatlar uchun
murakkab ijtimoiy, iqtisodiy hamda huquqiy muammoga aylangan. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti ma
’
lumotlariga ko
‘
ra, ushbu jinoyat har yili millionlab insonlarning
jabrlanishiga sabab bo
‘
lib kelmoqda. Odam savdosining ko
‘
plab shakllari mavjud bo
‘
lib,
ularga majburiy mehnat, jinsiy ekspluatatsiya, majburiy nikoh, hatto ichki organ savdosi
ham kiradi. Bu jinoyat ko
‘
pincha yashirin tarzda amalga oshirilgani uchun uni aniqlash,
isbotlash hamda jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko
‘
rish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
548
qiyinlashadi. Odam savdosiga oid jinoyatlarni jinoyat huquqi nuqtai nazaridan to
‘
g
‘
ri
malakalashda nafaqat obyektiv tomon, ya
’
ni harakat yoki oqibat, balki subyektiv tomon,
ya
’
ni shaxsning niyati, maqsadi, ruhiy holati, ongli yondashuvi ham hal qiluvchi o
‘
rin
tutadi. Subyektiv tomon jinoyat sodir etilishiga turtki bo
‘
lgan ichki psixologik omillar
majmui sifatida jinoyat huquqi fanida mustaqil o
‘
rganish obyekti sanaladi. Shunga
qaramay, sud amaliyotida odam savdosining subyektiv tomoniga nisbatan baho berish
jarayonida turlicha yondashuvlar mavjuddir. Bu esa ayrim holatlarda not
o‘g‘ri malakalash,
adolatsiz sud qarorlari yoki jazoni individuallashtirishdagi xatoliklarga olib kelishi
mumkin. Shu bois, odam savdosining subyektiv tomonini nazariy asosda chuqur
o‘
rganish,
u bilan bog‘liq belgilarni aniqlash va ularni huquqiy baholash mezonlarini ishlab chiqish
kerak b
o‘
lib qolmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
Odam savdosi jinoyati jinoyat huquqi nazariyasida eng murakkab jinoyatlardan biri
hisoblanadi. Uning subyektiv tomoni jinoyatni sodir etuvchining ichki psixik holati, niyati,
aybi va qasdi jinoyatni malakalashda muhim rol
o‘
ynaydi. Jinoyat huquqshunoslari bu
jihatni chuqur
o‘
rganib kelmoqda.
O‘
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-
moddasida odam savdosi jinoyati uchun javobgarlik belgilangan b
o‘
lib, bunda jinoyat faqat
qasddan sodir etilishi mumkinligi ta’kidlanadi.
[1]
Akademiklar A.S. Qilichev va R.J. Yusupov odam savdosi jinoyatini shaxsga qarshi
qaratilgan og‘ir jinoyatlar sirasiga kiritib, aynan subyektiv tomonning mavjudligi
mazkur
jinoyatni boshqa ekspluatatsion jinoyatlardan ajratib turishini k
o‘
rsatib berganlar.[2]
Ularning fikricha, jinoyatchi jabrlanuvchini ekspluatatsiya qilish maqsadida ongli harakat
qilgan b
o‘
lishi kerak; bu holatda oddiy ayb emas, balki ijtimoiy xavfni anglagan holda
harakat sodir etiladi.
Xalqaro miqyosda Palermo protokoli odam savdosini aniqlashda
“
maqsadli
qasddanlik
”
(specific intent) tamoyiliga asoslanishni taklif etadi. BMTning 2000-yilgi
hujjatiga k
o‘
ra, odam savdosi jinoyatining subyektiv tomoni ekspluatatsiyaga qaratilgan
aniq niyat bilan bog‘liq bo‘
lishi lozim.[3] Bu yondashuv xalqaro sudlar va yirik yuridik
ekspertizalarda keng q
o‘
llaniladi.
Yana bir muhim manba sifatida, huquqshunos I.M. Mamajonovaning fikriga k
o‘
ra,
subyektiv tomon tahlilida jinoyat sodir etilgan sharoitlar, ayblanuvchining oldingi niyati,
jabrlanuvchining holatiga b
o‘
lgan ongli munosabat, shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibatlarni
oldindan bilish darajasi alohida ahamiyatga ega.[4] U jinoyatlarni differensial
malakalashda bu mezonlarning har biri alohida isbot talab etishini qayd etadi.
Amaliyotda esa jinoyatni t
o‘g‘ri malakalashda tergov va sud
organlari k
o‘
pincha
faqat tashqi harakatlarga baho berishga moyildir. Bu esa ba’zan jinoyatning asl mohiyatini,
ya’ni subyektiv jihatlarini to‘
liq ochib bera olmaslikka olib keladi. Shu sababli, jinoyat
huquqi nazariyotchilari bu masalaga kompleks yondash
uv zarurligini ta’kidlamoqdalar.
[5]
METODOLOGIYA
Mazkur ilmiy tadqiqot odam savdosi jinoyatining subyektiv tomoniga oid huquqiy,
psixologik hamda amaliy xususiyatlarni tizimli tahlil etishga qaratilgan b
o‘
lib, unda
huquqiy norma va jinoyat motivatsiyasining
uyg‘unlikda o‘
rganilishi asosiy metodologik
mezon sifatida belgilangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi jinoyatni sodir etishda
qatnashuvchi shaxsning ichki psixik holatini (ong, iroda, niyat, maqsad) aniqlash,
shuningdek, bu mezonlarning jinoyat tarkibidagi rolini asoslab berishdan iborat b
o‘
ldi.
Mana shu maqsadga erishish uchun tadqiqotda qator ilmiy usullar q
o‘
llanildi: birinchidan,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
549
huquqiy-huquqshunoslik tahlil usuli
yordamida
O‘
zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 135-moddasi, Jinoyat protsessual kodeksining tergov hamda sudga oid
normalari, shuningdek xalqaro huquqiy normalar, xususan, BMTning 2000-yilda qabul
qilingan Palermo protokoli asosida huquqiy mezonlar tahlil qilindi. Ikkinchidan
, empirik
materiallarni
o‘
rganish usuli
asosida 2020
–
2024 yillar davomida jinoyat ishlari b
o‘
yicha
respublikaning 8 ta hududiy sudida k
o‘
rib chiqilgan 52 ta odam savdosiga oid jinoyat ishi
materiallari tahlil qilindi. Ushbu ishlarda sud tomonidan subyektiv alomatlar qanday
baholangani, jinoyatchining qasdi va niyati qanday asoslangani, ayb shakli qanday
aniqlangani
o‘
rganildi. Jumladan,
psixologik va ijtimoiy kontekstual tahlil usuli
asosida
ayblanuvchilarning ijtimoiy holati, ta’lim darajasi, jinoyat sodir etishdan ko‘
zlangan
maqsad, jabrlanuvchi bilan b
o‘
lgan ijtimoiy aloqalari ham inobatga olindi. Tergov
materiallarida aks etgan bayonotlar, ekspert xulosalari hamda ayblov dalillari asosida
shaxslarning ongli yondashuvi darajasi aniqlashtirildi. Tahlil qilingan ishlar b
o‘
yicha
asosiy statistik k
o‘
rsatkichlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Jadval 1. Odam savdosiga oid sudlangan shaxslarning subyektiv belgilariga
k
o‘
ra taqsimoti (2020
–
2024 yillar)
Belgilar turi
Holatlar soni
Ulush (%)
T
o‘g‘ridan
-t
o‘g‘ri qasd
41 ta
78.8%
Moddiy manfaatdorlik motivi
35 ta
67.3%
Ijtimoiy
og‘ish
(ishsizlik,
muhtojlik)
28 ta
53.8%
Jinoyatga tayyorgarlik belgisi
19 ta
36.5%
Aqliy zaiflik yoki bexabarlik
holati
4 ta
7.7%
Bu ma’lumotlar
dan shuni k
o‘
rish mumkinki, odam savdosi jinoyatlarining aksariyati
aniq hamda ongli ravishda, moddiy yoki iqtisodiy turtkilar bilan sodir etiladi.
Jinoyatchilarning k
o‘
pchiligi jinoyatga tayyorgarlik k
o‘
rgan, harakatni ongli ravishda
boshqargan va jabrlanuvchiga nisbatan ekspluatatsiyani rejalashtirgan. Jumladan, 7,7%
holatda shaxslar
o‘
z harakatining ijtimoiy xavfini t
o‘
liq anglab yetmagan, bu esa jinoyat
tarkibini individual baholash kerakligini k
o‘
rsatadi. Tadqiqot davomida olingan natijalar
asosida sud-huquq tizimida odam savdosiga oid jinoyatlarni malakalashda subyektiv
belgilarni aniqlash b
o‘
yicha aniq mezonlar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish
b
o‘
yicha tavsiyalar shakllantirildi. Bunday yondashuv jinoyatchining psixologik portretini
t
o‘g‘ri shakllantirish, jinoyatning og‘irlik darajasini adolatli belgilash hamd
a jazoni
individuallashtirish imkonini beradi.
Natijalar va muhokama
Tadqiqot natijalari shuni k
o‘
rsatdiki, odam savdosi jinoyatlarida subyektiv
alomatlar,
ya’ni aybning shakli, qasddanlik darajasi, niyat
hamda motivlar jinoyat
tarkibining muhim va differensial ahamiyatga ega omillaridan biri sanaladi. 2020
–
2024-
yillar davomida respublikaning turli hududlarida k
o‘
rib chiqilgan 52 ta jinoyat ishi
materiallari tahlil qilinar ekan, jinoyatni sodir etgan shaxslarning ijtimoiy kelib chiqishi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
550
psixologik holati, maqsadga y
o‘
naltirilgan harakati, aybni anglash darajasi va jabrlanuvchi
bilan b
o‘lgan munosabati muhim diagnostik mezonlar sifatida e’tirof etildi. O‘
rganilgan
holatlarning 61,5 foizida jinoyatchilar jinoyatni oldindan rejalashtirib, ijtimoiy tarmoqlar,
vaqtincha bandlik agentliklari yoki turistik vizalar orqali jabrlanuvchilarni aldash y
o‘
li
bilan jalb qilgani aniqlandi. Bu esa odam savdosining faqat kuch ishlatish bilan emas, balki
manipulyatsion hamda ruhiy tazyiq usullari bilan sodir etilishini k
o‘
rsatadi.
Ayblanuvchilarning 38% ida jinoyatni sodir etishdan oldin jabrlanuvchi bilan ishonchli
aloqa
o‘
rnatilgan b
o‘
lib, bu psixologik ishonchdan jinoyat niyatini amalga oshirish uchun
vosita sifatida foydalanilganini anglatadi. Tahlil natijalariga ko
‘
ra, odam savdosi bilan
bog‘liq jinoyatlarda subyektiv tomon elementlarining aniqligi jazoni individuallashtirishda
hal etuvchi ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, jinoyatchilarning 44,2 foizida jinoyatga
kirishishda asosiy omil sifatida iqtisodiy qiyinchiliklar k
o‘
rsatilgan. Bu holat jinoyatning
ijtimoiy ildizlari borligini tasdiqlaydi hamda jinoyatchining niyati bevosita omillarga
kambag‘allik, ishsizlik, xorijga chiqish istagi bog‘liq ekanini ko‘
rsatadi. Sud qarorlarida
subyektiv tomonning tahlili turlicha baholangan. Ayrim holatlarda jinoyatchining ruhiy-
psixologik holati, ya’ni past bilim darajasi, o‘
z manfaatlarini t
o‘
liq anglab yetmaslik yoki
boshqalar ta’sirida harakat qilish holatlari inobatga olinmagan. Bu esa jazo tayinlashda
adolat tamoyiliga putur yetkazgan holatlar mavjudligini anglatadi. Shuningdek , ayol
jinoyatchilar orasida (19 holatdan 8 tasida) ekspluatatsiya va majburiy mehnatga jalb
etishda
o‘
zi ilgari jabrlanuvchi b
o‘
lgan shaxslar ham ishtirok etgani kuzatildi. Bu
jinoyatdagi davriy aylanish (victim
–
offender cycle) fenomenini k
o‘
rsatib turibdi. Tadqiqot
natijalari shuni tasdiqlaydiki, odam savdosi jinoyatini subyektiv jihatdan baholashda
nafaqat ayb shaklini, balki jinoyatchining shaxsiy portretini ya’ni ijtimoiy tajribasi, ilgari
jinoyat sodir etganlik holati, aqliy rivojlanish darajasi, ijtimoiy aloqalari kompleks
yondashuvda k
o‘
rib chiqish kerak. Jumladan, jabrlanuvchi shaxsining yoshi, ishonch
darajasi va jinoyatga qanday y
o‘
l bilan jalb qilingani subyektiv baholashda muhim omil
b
o‘
lib xizmat
ko‘rsatadi
. Shunday qilib, jinoyatni individual baholashda subyektiv
tomonlarning chuqur hamda tizimli tahlili jinoyat kodeksining normalarini t
o‘g‘ri tatbiq
etishda, adolatli jazo choralarini belgilashda va qayta ijtimoiylashtirish imkoniyatini
baholashda muhim ilmiy-amaliy asos b
o‘
lib xizmat
ko‘rsatadi
.
XULOSA
Bu maqolada odam savdosi jinoyatining subyektiv tomonlari chuqur
o‘
rganildi.
Tahlil natijalari shuni k
o‘rish mumkinki
, bu jinoyat turining aksariyat hollari sodir qiluvchi
shaxsning ichki niyati, maqsadi hamda
psixik holatiga bevosita bog‘liqdir. Empirik
manbalar asosida aniqlanishicha, odam savdosi k
o‘
pincha ongli va maqsadli harakat
sifatida r
o‘
y beradi. Jinoyatchilar jabrlanuvchini tanlash, aldash va ekspluatatsiya qilish
kabi harakatlarni avvaldan rejalashtirgan b
o‘
lib, ularning asosiy motivlari moddiy
manfaat, ijtimoiy bosim hamda jazosiz qolish haqidagi not
o‘g‘ri tasavvurlarga tayanadi.
Jumladan, jinoyatning subyektiv tomonlarini baholashda mavjud tergov va sud
amaliy
otida bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ba’zi jinoyat ishlarida
ayblanuvchining qasdini yoki ongli harakatini aniqlash uchun kerak b
o‘
lgan psixologik
ekspertizalar yetarli darajada
o‘
tkazilmagan. Bu esa, jinoyatni t
o‘g‘ri malakalash va ado
latli
jazo belgilashda noaniqliklarga olib kelgan. Tadqiqot natijalari shuni anglash mumkinki,
odam savdosiga oid jinoyatlarda shaxsning ichki ruhiy holatini, motivatsiyasini hamda
ongli tanlov darajasini chuqur tahlil qilish zarur. Jinoyat tarkibining bu jihati t
o‘
liq
aniqlanganda, nafaqat huquqiy baholash aniq b
o‘
ladi, balki jinoyatlarning oldini olish,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
551
profilaktika choralarini ishlab chiqish ham samaraliroq b
o‘
ladi. Shu sababli, jinoyatga olib
kelgan omillarni murakkab ijtimoiy-psixologik kontekstdan kelib chiqib baholash dolzarb
vazifa sifatida qaralishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 1994
-yil 22-sentabr, 135-modda.
2.
Qilichev A.S., Yusupov R.J. (2021). Jinoyat huquqining umumiy va xususiy qismlari
bo‘yicha sharhlar. Toshkent: Yuridik nashriyoti.
3.
United Nations Protocol to Prevent, Suppress and Punish Trafficking in Persons,
Especially Women and Children, supplementing the United Nations Convention against
Transnational Organized Crime (Palermo Protocol), 2000.
4.
Mamajonova I.M. (2022). Odam savdosining subyektiv tomoniga oid jinoyat-
huquqiy tahlil. Yuridik fanlar axborotnomasi jurnali, 3(17), 45
–
52.
5.
Safarov D.A. (2023). Jinoyatlarni malakalash amaliyotida ayb shakllarining isboti.
Tergov nazariyasi va amaliyoti jurnali, 2(8), 60
–
66.
6.
Karimova S.T. (2020). Jinoyatni sodir etishdagi psixik jarayonlar va subyektiv
holatlarning o‘zaro bog‘liqligi. Huquq va taraqqiyot jurnali, 4(12), 33–
38.
7.
Tokhirov A.K. (2021). Odam savdosining jinoyat-huquqiy tarkibi: nazariy va
amaliy jihatlar. Adliya va qonun jurnali, 1(9), 21
–
27.
8.
UNODC. (2022). Global Report on Trafficking in Persons. United Nations Office on
Drugs
and
Crime.
https://www.unodc.org/documents/data-and-
analysis/glotip/GLOTiP_2022.pdf
9.
Yuldasheva G.A. (2023). Jinoyatni sodir etishdagi ong va irodaning huquqiy talqini.
O‘zbekiston huquqshunoslik sharhi, 2(5), 18–
23.
