Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The significance of PIRLS tasks in developing creative
thinking among primary school students
Khusniya OTABAEVA
1
Urgench State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article analyzes the use of PIRLS tasks in reading literacy
lessons for primary school students, the positive impact on the
development of creative thinking in the process of finding
answers to various questions, and also provides examples of
tasks. The importance of PIRLS assignments in the development
of students' creative thinking and in the growth of their thinking
is enormous.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp5
39-545
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
research,
students,
knowledge,
assessment,
thinking,
information,
reading literacy,
result.
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarning
ijodiy
fikrlash
rivojlanishida PIRLS topshiriqlarining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tadqiqot,
o‘quvchilar,
bilim,
baholash,
tafakkur,
ma’lumot,
o‘qish savodxonligi,
natija.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish
savodxonligi darslarida PIRLS topshiriqlaridan foydalanish, turli
savollarga javob topish mobaynida ijodiy fikrlashi rivojlanishiga
ijobiy ta’siri va topshiriqlardan namunalar ham keltirib, tahlil
qilingan.
Значение заданий PIRLS в
развитии творческого
мышления учащихся начальных классов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
исследование,
В статье анализируется использование заданий PIRLS на
уроках читательской грамотности для учащихся начальных
1
Student, Urgench State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
540
учащиеся,
знания,
оценка,
мышление,
информация,
грамотность чтения,
результат
.
классов: оценивается их положительное влияние на
развитие творческого мышления в процессе поиска ответов
на разнообразные вопросы и приводятся примеры таких
заданий. Подчёркивается, что задания PIRLS имеют
существенное значение для развития творческого
мышления и общего интеллектуального роста учащихся.
KIRISH
Bugungi kunda o‘quvchilar bilimi hamda salohiyatini oshirish, ularni doimiy
ravishda o‘z ustida ishlab, iqtidorini namoyon qilishi uchun ko‘plab imkoniyat va sharoitlar
talaygina.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bir qancha Xalqaro baholash
tizimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu tizimning o‘quvchilar bilimini oshirishda va
faollikka undashda, shu bilan b
irga rag‘batlantirishda ahamiyati kattadir. O‘quvchilarning
bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifat darajasini
belgilaydi. Shu maqsadda bir qancha tizimlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri PIRLS
Xalqaro baholash tizimidir.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study
–
xalqaro o‘qish
savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) –
bu dunyoning turli davlatlarida boshlang‘ich
sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni
o‘qish va tushunish darajalari sifatin
i
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. PIRLS har besh yilda bir bora o‘tkaziladi.
2016-yilgi PIRLS xalqaro 4-
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakalarini
baholash sinovlarida dunyoning 50 mamlakati qatnashdi.
ASOSİY QİSM
PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti mazkur dastur doirasidagi 2001, 2006, 2011 va 2016-
yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning davomi hisoblangan beshinchi davriylik sanaladi. Har
bir o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqotida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni ortib bormoqda.
PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotida taxminan 70 ga yaqin mamlakatlar ishtirokchi sifatida
qatnashadigan hamda 2001-yildan buyon avvalgi sikllarda ishtirok etgan
ko‘pgina boshqa
mamlakatlar qatnashishi kutilmoqda. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti 2001-yildan buyon
qatnash
ib, natija ko‘rsatib kelayotgan mamlakatlar bilan beshinchi bor 20 yil mobaynida
ushbu yo‘nalishda to‘plangan yutuqlarini baham ko‘radi. [1; 177]. Ushbu tadqiqot
materiallari hamda mashq daftarlarida keltirilgan topshiriqlar bugungi kunda
boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining qiziqishini orttirib, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga,
mantiqiy fikr yuritishlariga sabab bo‘lmoqda. Birgina matnning o‘zida bizga notanish
ma’lumotlarni bilishimiz, ayniqsa, ahamiyatli jihatidandir.
PIRLS xalqaro tadqiqoti 2001-yildan boshlab ishtirokchi mamlakatlar va IEA
xalqaro assotsiatsiyasining TIMSS hamda PIRLS xalqaro tadqiqot markazlari bilan
hamkorlik qilib kelmoqda. PIRLS xalqaro tadqiqotida ishtirok etayotgan barcha
mamlakatlar, tashkilotlar va agentliklar mazkur dasturni
takomillashtirishga o‘z
hissalarini qo‘shib, o‘quvchilarning o‘qib tushunish darajasini baholashda qo‘llaniladigan
eng sodda va innovatsion mezonlarni ishlab chiqmoqda. 2006-yilda PIRLS xalqaro
tadqiqoti badiiy va axborot olish ko‘nikmasiga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning o‘qib
tushunish jarayonlari asosida olingan natijalarni tahlil qilish maqsadida dastur doirasida
berib boriladigan matnlar sonini 8 tadan 10 taga ko‘paytirdi [2, 229]. Shunday ekan, biz
ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni PIRLS topshir
iqlari materiallari bilan tanishtirib, tahlil
qilib borishimiz lozim. Negaki, bizning
o‘quvchilar
ham boshqa davlatlar bilan teng
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
541
bahslasha olishi, bilimini
sinovdan o‘tkazishda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishi darkordir.
Albatta, bunda o‘qituvchi va ot
a-ona hamkorligi ham muhim. Ota-onalar bolasini doimiy
nazorat qilib, ko‘p vaqtini bilim
olishga yo‘naltirishni zimmasiga olishi ijobiy natija beradi.
2021-
yilda O‘zbekiston ilk marta PIRLS o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ishtirok etdi. Bu esa o‘quvchilar bilimini xalqaro
miqyosda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Mazkur dastur 2001
-
yildan beri o‘tkazib
kelinayotgan bo‘lib, har 5 yilda 10,5 yoshli bolalarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha
bilimini tekshiradi. Bund
a bolalarning olgan bilimlariga ko‘ra o‘z mustaqil fikrlarini bildira
olishlari va matn yuzasidan o‘z xulosalarini chiqarishi muhim sanaladi. O‘tgan 20 yilda
PIRLS turli davlatlarda o‘quvchilarning matn ustida ishlash, badiiy tajriba orttirish,
ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholab kelmoqda. [4; 97]
O‘quvchilarni o‘qish savodxonligini oshirish va matnni tushunish darajalarini oshirishda
mashq
daftarlarini o‘rni katta,
lekin faqat mashq daftarlariga qarab qolmasdan
o‘zimiz
ustimizda ishl
ab o‘quvchilar uchun qo‘shimcha topshiriqlar ham tayyorlashimiz va ularni
darslarimiz jarayonida qo‘llashimiz o‘quvchilarimizni bilim saviyasini yanada
oshirishimizga olib keladi.[4; 98]
Ayniqsa, o‘qish savodxonligi darslarida biror matn yoki hikoya asosid
a tuzilgan
PIRLS topshiriqlari o‘quvchilarga o‘zlarini o‘rab turgan olam haqida axborot beruvchi va
savollariga javob beruvchi ma’lumotlarga boy matnlarni o‘qiydilar. Yosh o‘quvchilar o‘qish
savodxonligini rivojlantirib, tadqiqotga ko‘ra mazkur savodxonlik
o‘quvchilarning
o‘rganishlari
uchun
o‘qishlari
kerakligini talab qilgani tufayli kitob va boshqa bosma
materiallardan ma’lumot olish uchun o‘qish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘pincha,
savollar rasmlar asosida beriladi, obrazlarning xarakteri, nima ish bilan
shug‘ullanayotganliklari ham savol tarzda tuziladi. O‘quvchi eng oddiy jihatlarga,
voqealarga ham diqqat-
e’tiborli bo‘lishni o‘rganadilar.
O‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirish bo‘yicha
quyidagi ishlarni amalga oshiris
himiz mumkin. Nikolay Nosovning quyidagi “Gulzor
shahrining mittilari” hikoyasi yuzasidan savol va topshiriqlarni quyidagicha tuzdik.
GULZOR SHAHRINING MITTILARI
Afsonaviy bir shaharda mittilar
yashashardi…
U
yerda Bo‘yoqvoy
degan rassom, Mashsshoqvoy
degan cholg‘uchi va yana
Shoshqaloq, Sergap, Indamas, Bo‘g‘irsoq, Dovdirvoy hamda aka
-uka Agarqul bilan
Magarqul degan mittilar ham turishardi. Bular orasida Bilmasvoy degan eng mashhur mitti
ham bor edi. Hech nimani bilmaganidan uni Bilmasvoy deyishardi-da.
Bu Bilmasvoy degani doim boshiga to‘q havorang qalpoq, egniga sariq shim bilan
qizil ko‘ylak kiyib
yashil bo‘yinbog‘ taqib yurardi. U yorqin rangni yaxshi ko‘rardi. To‘tiga
o‘xshab rang
-
barang kiyimlarni kiyib olgan Bilmasvoy kun bo‘yi shaharda sang‘ib
bo‘lmag‘ur gaplarni to‘qib, hammaga yoyib yurardi. Ustiga ustak u doim qizaloqlarni
ranjitardi. Shuning uchun qiza
loqlar uning qizil ko‘ylagini olisdan ko‘rishgan zahoti shartta
orqaga qaytib, uylariga berkinishardi.
Bilmasvoyning Dastargol ko‘chasida turadigan Dumbulvoy degan do‘sti bor edi.
Bilmasvoy Dumbulboy bilan soatlab gap sotib o‘tirar, ikkovi bir
-biri bilan bir kunda
yigirma marta urishib, yigirma marta yarashishardi. Bilmasvoy, xususan, quyidagi
voqeadan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Nima bo‘ldi
deng?
U bir kun shaharda o‘ynab yurib, adashib dalaga chiqib qoldi. Atrofda hech kim yo‘q,
faqat tillaqo‘ng‘iz uchib yurardi. U
ko‘rmay
qolib Bilmasvoyning ensasiga kelib urildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
542
Bilmasvoy
jon holatda yerga ag‘anab
tushdi. Tillaqo‘ng‘iz bo‘lsa, shu zahoti
yoq uchib,
ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bilmasvoy irg‘ib o‘rnidan turdi
-da, meni urgan kim ekan, deb yon-
veriga alangladi, qarasa, atrofda hech kim yo‘q.
“Meni urgan kim bo‘ldi o‘zi?” –
deb o‘yladi Bilmasvoy,
- balki, tepamdan ul-bul
tushgandir?” Bilmasvoy boshini ko‘tarib, osmonga qaragan edi, hech nima ko‘rinmadi. E
-
ha, ustimga quyoshdan ul-bul tushganga tushibdi-
da, deb o‘yladi Bilmasvoy. –
Quyoshning
bir bo‘lagi uzilib boshimga tushgan bo‘lsa kerak”.
Uyiga ketayotganda Shishajon degan tanishini uchratib qoldi. Shishajon mashhur
munajjim edi. U shisha idish parchasidan katta qilib ko‘rsatadigan oynacha yasay olardi.
Bir qancha shunday shisha parchalaridan kattagina durbin yasadi. Durbin bilan oy va
yulduzlarga qarardi. Shunaqa qilib u munajjim bo‘lgan edi.
-
Menga qara, Shishajon, - dedi unga Bilmasvoy, -
nima bo‘ldi, quyoshning bir bo‘lagi uzilib
boshimga tegib ketdi.
-
Nimalar deyapsan Bilmasvoy, deb kuldi Shishajon.
–
Agar quyoshning bir
bo‘lagi
uzilib
tushsa,
pachog‘ingni
chiqarib yuboradi-ya, quyosh judayam katta axir. U bizning Yer
sharimizdan ham katta.
-
Bo‘lmagan
gap, - deb javob berdi Bilmasvoy. Menimcha, quyosh likopchadan katta emas.
-
Quyosh bizga shunaqa ko‘rinadi, chunki juda ham uzoqda
-da. Quyosh - kattakon
yumaloq cho‘g‘, men buni durbinda ko‘rdim.
Agar quyoshning jindakkina parchasi ham
uzilib tushguday bo‘lsa
-chi, shahrimizning tilka-
porasini chiqarib yuborgan bo‘lardi.
-
Shunaqa degin-a, - dedi Bilmasvoy
–
men bo‘lsam
quyoshning bunday kattaligini bilmas
ekanman. Hozir boraman-da bolalarga aytib beraman, ular ham hali bilishmasa kerak.
Shundoq
bo‘lsa ham
durbiningdan bir qarab ko‘rgin
-
a, balki rostdan ham u g‘adir
-
budirdir!
Bilmasvoy uyiga
jo‘nadi,
ko‘chada
uchraganlarning hammasiga:
-
Og‘aynilar quyoshning qanaqaligini bilasizlarmi? U bizning Yer shar
imizdan ham katta.
Voy u shunaqayam kattaki…
Mavzu
bo‘yicha
savollar
1.
Afsonaviy shahardagi eng mashhur mittining ismi nima edi?
A)
Mashshoqvoy B)Shoshqaloq C)Bilmasvoy D)Magarqul
2.
Bilmasvoy doim qanday kiyimlarni kiyib yurardi?
3.
Bilmasvoy kun
bo‘yi
nima bilan
shug‘ullanar
edi?
4.
Ushbu berilgan rasm qaysi qahramonga nisbatan berilgan deb
o‘ylaysiz?
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
543
5.
Asarda ushbu qushga
o‘xshatilgan
bolakayning ismini topib, yozing, nega
o‘xshatilgan
deb
o‘ylaysiz?
6.
Bilmasvoyning Dastargol
ko‘chasida
turadigan
do‘stining
ismi nima edi?
A)
Shishajon
C)Bo‘g‘irsoq
B)
Dumbulvoy D) Shoshqaloq
7.
Bilmasvoyning tasavvuricha quyosh nimadan katta emas?
A)
kosadan B) likopchadan
C) tarelkadan D) shapkasidan
8.
Bilmasvoy qaysi voqeadan keyin mashhur
bo‘lib
ketdi?
9.
Munajjim deganda nimani tushunasiz yoki munajjim
so‘zini
izohlab bering.
10.
Bilmasvoy doim kimlarni ranjitardi? Siz ham shunday qilgan
bo‘larmidingiz,
javobingizni yozing.
11.
Siz ham dalada Bilmasvoyning
o‘rnida
bo‘lib
qolganingizda nima qilgan
bo‘lar
edingiz?
O‘z
fikringizni bayon qiling.
12.
Afsonaviy
so‘zining
ma’nodoshini
topib matnni
o‘qing.
…
bir shaharda mittilar
yashashardi…
Shu kabi topshiriqlar berish o‘quvchilar bilim darajasini kengaytirish, bilan
birgalikda mavzuni yaxshi tushunib olishiga ko‘maklashadi.
MUHOKAMA VA NATİJALAR
PIRLSda o‘qish savodxonligiga ega bo‘lish malakasi eng muhim sanaladi. Sababi,
matnni o‘qish va tushunish matematik va tabiiy
-ilmiy savodxonlik uchun ham kalit
vazifas
ini bajaradi. O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri o‘quvc
hilarning
yutuqlarini baholash va qayd etish tizimidir. Baholash tizimining ta’lim tizimini
rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir, chunki bu
maktabdagi ta’lim
sohasidagi eng aniq
birlashtiruvchi
omil, o‘quv
muammolarini tashxislash va fikr-mulohazalarni bildirish
vositasi. PIRLS xalqaro baholashda
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi va
matnni
tushunish darajasi o‘rganiladi. Shu bilan birga PIRLS topshiriqlarini o‘quvchilarni
ijodkorlikka krea
tiv fikrlash qobiliyatlarini o‘stirib borishga, xotirasini ham
mustahkamlashga olib keladi. [4; 177]
Bundan tashqari, o‘quvchilarni o‘qib tushunishlari uchun kerak bo‘ladigan bilim
va birlamchi tajribalari ularga tilni, matnlarni, dunyoni tushunishlariga yordam berib,
ular bu bilim va ko‘nikmalaridan foydalanib, biror material (yoki ma’lumot) haqidagi
tushunchalarini tahlil qiladi. “PIRLS da o‘qish savodxonligiga ega bo‘lish malakasi eng
muhim sanaladi. Sababi, matnni o‘qish va tushunish matematik va tabiiy
-ilmiy
savodxonlik uchun ham kalit vazifasini bajaradi [3; 4]. PIRLS topshiriqlari xalqaro
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
544
hamjamiyat jamoatchiligi tomonidan kitobni o‘qiydigan o‘quvchilar uchun eng yaxshi
zamonaviy o‘qish savodxonligi deb tan olingan. Dasturning har bir (5 yillik) davriy
o‘tishida tadqiqotning tadqiqot tashkilotchilari topshiriqlar ma’lumotlar bazasini
bugungi zamon talablariga mos darajadagi dolzarb matnlar bilan moslashtirib
borishadi.
PIRLSda o‘qish savodxonligiga ega bo‘lish malakasi eng muhim sanaladi. Sababi,
matnni o‘qish va tushunish matematik va tabiiy
-ilmiy savodxonlik uchun ham kalit
vazifas
ini bajaradi. O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri o‘quvchilarning
yutuqlarini baholash va qayd etish tizimidir. Baholash tizimining ta’lim tizimini
rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir, chunki bu
maktabdagi ta’lim
sohasidagi eng aniq
birlashtiruvchi
omil, o‘quv muammolarini tashxislash va fikr
-mulohazalarni bildirish
vositasi. PIRLS xalqaro baholashda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi va matnni
tushunish darajasi o‘rganiladi. Shu bilan birga PIRLS topshiriqlarini o‘quvchilar
ni
ijodkorlikka krea
tiv fikrlash qobiliyatlarini o‘stirib borishga, xotirasini ham
mustahkamlashga olib keladi. [4; 177]
PIRLS xalqaro boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarining matnni o‘qish va
tushish savodxonligini baholash dasturi o‘tkazish davrlari
da zamonga moslashtirib,
topshiriqlar mazmuni va mohiyatini takomillashtirib boradi. Masalan, 4-
o‘tish davri
(PIRLS-
2016 yil)da o‘quvchilar topshiriqlarni kompyuterda onlayn tarzida o‘tkazilib,
natijalari elektron hisoblashga o‘tkaziladi. 2021
-
yilda o‘tkaz
iladigan PIRLS
tadqiqotlarida raqamli format, internet orqali muloqot qilishning ko‘p sonli turlari
(forum, chat, blog), ko‘p hollarda matn o‘zaro bog‘langan veb
-saytlar kabi raqamli
shakllarga o‘tish rejalashtirildi. Lekin, shu bilan birga, an’anaviy format, ya’ni kitoblar,
jurnallar, hujjatlar va gazetalardagi kabi an’anaviy yozuv shakllarida ham beriladi.
O‘quvchilarga beriladigan materiallar rag‘batlantiradigan va bir butun samarador
likni
oshiradigan va qiziqarli va tasavvur qilish jihatdan yoqadigan sifatida taqdim etiladi
[4; 107].
PIRLS tadqiqotlari boshlang‘ich sinf bitiruvchilarning monitoringi bo‘lib
hisoblanadi. PIRLS topshiriqlari xalqaro hamjamiyat jamoatchiligi tomonidan kitobni
o‘qiydigan o‘quvchilar uchun eng yaxshi zamonaviy o‘qish savodxo
nligi deb tan
olingan [4; 108]. Shunday ekan,
boshlang‘ich
sinflarda PIRLS
topshiriqlarini ko‘p
o‘rganish va tahlil qilishning samarasi juda yuqori bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy
fikrlashi va tasavvuri, tafakkuri oshishida ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytga
nda, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, mantiqiy tafakkur
yuritish qobiliyati yaxshilansa, jamiyatimiz kelajagi porloq bo‘ladi. Chunki matndan
olingan ma’lumotlarni tushunish va ishlatish qobiliyati har bir farzand taqdiriga va
yurt farovonligiga sezilar
li darajada ta’sir qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
U.B.Aydarova. “O‘qish savodxonligi” 2
-sinf II-qism,
“Novda Edutainment” Toshkent
-
2023, 80 bet
Boychayeva.Sh.S. “O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishda PIRLS
topshiriqlarining o‘rni. “PEDAGOGS” international research journal October
-2023
H.Majidova. “4
-
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushu
nish sifatini Xalqaro
PIRLS dasturi asosida baholash usullari”, Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim: innovatsiyalar,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
545
muammolar va rivojlanish istiqbollari mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari to‘plami. 2023
-yil. II qism Termiz davlat pedagogika instituti
N.Adizova, F.Ibragimova. “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholashda
pirls dasturi”. Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and
innovations. 2022-yil.
T.A.Shayzakova. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS Xalqaro dast
urlariga
tayyorlashda badiiy matnlar ustida ishlash”, “Ta’limda Xalqaro baholash tadqiqotlari:
amaliyotdagi muammolar va istiqboldagi vazifalar xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiya”.
Samarqand-2022.
Qosimova K., Matchonov S. va b. Ona tili o`qitish metodikasi
. Boshlang‘ich ta`lim
fakulteti talabalari uchun darslik.
–
T.: Noshir, 2009.
–
352 b.
G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. –
T.: «O‘qituvchi», 1990. 60
-bet. 72
Karimova Sh. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga badiiy asarlarni o‘qitish orqali
nutqlarini o‘stirish texnologiyalari” 389 b, 2022
-y
M.Qulaxmetova. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish: o‘quv
qo‘llanma. –
T.: “Sano
-
standart” nashriyoti, 2011. –
80 b.
Sh.Nurullayeva Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil
fikr
lashga o‘rgatish metodikasi. Ped.fan.nom. ... diss. Toshkent, 2007. –
180 b.
