Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Scientific and theoretical classification of toponyms in
Syrdarya region
Iroda KENJAEVA
1
Gulistan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2025
Received in revised form
15 July 2025
Accepted 25 July 2025
Available online
15 August 2025
This article discusses the scientific and theoretical
classification of toponyms in Syrdarya region. The
morphological and semantic analysis of place names has been
conducted using statistical methods. The structural types and
semantic groups of terms related to place names in the region
have been thoroughly examined.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp110-115
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
language,
word,
toponym,
analysis,
classification,
terms.
Sirdaryo viloyati toponimlarining ilmiy-nazariy tasnifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
til,
so‘z,
toponim,
tahlil,
tasnif,
atamalar.
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati toponimlarining
ilmiy-nazariy tasnifi haqida fikr yuritilgan. Joy nomlarining
morfologik tahlili, semantik tahlili statistik metod yordamida
tahlil qilingan. Viloyatdagi joy nomlariga oid atamalarning
tuzilishiga ko‘ra turlari, ma’noviy guruhlari atroflicha o‘rganib
chiqilgan.
1
Gulistan State University. E-mail: kenjayeva88iroda@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
111
Научно
-
теоретическая
классификация
топонимов
Сырдарьинской области
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык,
слово,
топоним,
анализ,
классификация,
термины.
В
статье
рассматривается
научно
-
теоретическая
классификация топонимов Сырдарьинской области.
Проведены морфологический и семантический анализ этих
топонимов с использованием статистических методов.
Также проведено детальное исследование типов и
семантических групп топонимов региона по их структуре.
KIRISH
Toponimika
–
joy nomlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, u tilshunoslik, tarix, geografiya
kabi sohalar bilan bevosita bog‘liq. Har bir hudud toponimlar orqali o‘z tarixini, tabiati va
madaniy
qadriyatlarini aks ettiradi. O‘zbekistonning markaziy hududlaridan biri bo‘lgan
Sirdaryo viloyati ham o‘ziga xos toponimik boyliklarga ega. Ushbu maqolada viloyatdagi
toponimlarning ilmiy-
nazariy tasnifi haqida so‘z yuritilib, ularning tilshunoslikdagi o‘r
ni,
shakllanish omillari va madaniy qatlamlari tahlil qilinadi.
Sirdaryo viloyati toponimlari tarixiy jihatdan turli madaniy qatlamlar, tillar va
siyosiy davrlar ta’sirida shakllangan. Toponimlarning kelib chiqishiga ko‘ra tasnifi,
asosan, turkiy, fors-to
jik, arab va rus tiliga oid nomlarga ajratib o‘rganiladi.
TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR
Kelib chiqishi turkiy tillarga xos bo‘lgan joy nomlari Sirdaryo viloyati hududida
keng tarqalgan. Bular asosan o‘zbek, qadimgi qarluq, qipchoq tillarga oid
ildizlarga ega.
Shunday toponimlardan biri
–
Yangiyer, “yangi” va “yer” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil
bo‘lib, yangi o‘zlashtirilgan yer ma’nosini bildiradi. “Sirdaryo viloyati toponimlarining
izohli lug‘ati”da berilishicha, ushbu shaharga 1957
-yil 15-
martda O‘zbekiston SSR
Hukumati qaroriga muvofiq Mirzacho‘l uchburchagi o‘rtasida qad ko‘targan shahar, ya’ni
Yangiyer nomi berilgan.
Yangi
–
ilgari bo‘lmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan,
keladigan),
yer
(joy, maydon) [2, 112] so‘zlari qo‘shilmasidan hosil bo‘lgan. Yana shunday
turkiy tilga oid joy nomlaridan biri Boyovut
–
“boy”
badavlat ma’nosida,
“ovut”
qadimiy
turkiy qabilalar nomlarida ko‘p uchraydigan qo‘shimcha. Boyovut katta qabilalardan biri
bo‘lib, qadimiy 92 o‘zbek urug‘ining biri sifatida ko‘rsatilgan. Bir qancha etnonimlar
tarkibida
-t/-d/-it/-at/-ot/-ut
qo‘shimchasining takrorlanishi jamlik, to‘p, jamoa, kishilar
guruhi, odamlarning kichik uyushmasi ma’nolarini anglatgan. Bu qo‘shimchaning
so‘zlarga qo‘shilib zikrlangan ma’noni ifodalashi ilk urug‘chilikkacha bo‘lgan davr ibtidoiy
jamoatchilik davrida yuz bergan. Shu bois, so‘z tarkibiga shunchalik jipslashib ketganki,
ko‘pincha bu tur etnonimlarni tarkibiy qismlarga ajratish qiyin [1, 21
-23-bet]. Sirdaryo
viloyati o‘zining boy madaniyati va
tarixiy merosi bilan ajralib turadi. Viloyat topografik
jihatdan turli xil tabiat sharoitlariga ega bo‘lib, bu esa uning toponimlarida o‘z aksini
topadi. Sirdaryo viloyatidagi toponimlar yerning tabiiy va ijtimoiy xususiyatlarini
ifodalovchi muhim belgilar sifatida xizmat qiladi. Ushbu toponimlar faqat geografik
obyektlarni belgilabgina qolmay, balki mintaqaning tarixi, madaniyati va aholisi haqida
ma’lumot ham beradi. Viloyatdagi qishloq va shahar nomlari ko‘pincha mahalliy aholi
tomonidan ishlatiladigan til va urf-
odatlardan kelib chiqqan holda shakllangan bo‘lib, bu
ularning tarixiy qatlamini ochib beradi. Ilmiy-nazariy tasnif nuqtai nazaridan, Sirdaryo
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
112
viloyati toponimlari ko‘plab o‘rganishlar va tahlillar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ularni tadqiq etish orqali tarixshunoslik, lingvistika va etnografiya sohalarida yangi
bilimlar olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Tasnif jarayonida toponimlar geografik
joylashuviga, ularning fonetik tuzilishiga va semantik ma'nosiga qarab guruhlanishi
mumkin. Bu esa o
‘z navbatida, viloyat mintaqasini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini
beradi hamda xalqning madaniy xotirasini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Sirdaryo viloyatining toponimlarini ilmiy-nazariy tasnifi orqali tadqiq qilish, nafaqat
mahalliy aholi uchun balki global miqyosda ham qiziqarli natijalar berishi mumkin.
Kelib chiqishi fors-
tojik tiliga xos bo‘lgan viloyatga tegishli joy nomlariga Guliston –
forscha gul so‘zi va
-
iston qo‘shimchalaridan hosil bo‘lgan viloyat markazining nomi va
tuman, mahallalarga berilgan nomlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bunday fors-
tojik tiliga oid toponimlar juda ko‘p: Mehnatobod, Binokor, Davlatobod, Karvonsaroy,
Navro‘z…
Arabcha ildizli toponimlar ham Sirdaryo viloyatida talaygina: Adolat, Fazilat,
Haqiqat
, Ibrat, Kamolot, Ma’rifat va boshqalar. Do‘stlik –
o‘zbek tiliga arab tilidan
o‘zlashgan so‘z bo‘lib, Boyovut, Xovos va Mirzaobod tumanlaridagi qishloq va
mahallalariga berilgan nomdir. Guliston shahri markazidan oqib o‘tuvchi kanal hamda
Sayxunobod tuman
idan oqib o‘tuvchi kanalning nomi ham Do‘stlik deb nomlanadi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun Sobiq Ittifoqning turli hududlaridan o‘z ishlarining
mutaxassislari ko‘chib kelishdi. Ularning birdamligida yangi
-yangi tumanlar, shaharlar,
qishloqlar tashkil e
tildi. Millati, tili, e’tiqodidan qat’i nazar barchasi do‘stlik va
hamkorlikda Mirzacho‘lni obod qilganligi bois ham yangi tashkil etilgan qishloq, mahalla
va hatto qabristonlarga ham Do‘stlik nomi beril
gan.
Tasniflash jarayonida Sirdaryo viloyatidagi joy
nomlarining ma’lum bir qismi rus
tilidan o‘zlashgan so‘zlar asosiga qurilganligi yaqqol sezilib turadi. Bunga siyosiy jarayon
va yangi yerlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan shaxs nomlariga atab qo‘yilgan
Duxovskiy, Golodnaya Step, Knyajevskiy, Konnogvardyeskiy, Naxalovka, Nikolayevskiy
kabi joy nomlarini misol qilish mumkin. Shunday nomlardan biri “Romanovskiy kanali –
Mirzacho‘l hududidagi o‘tmishdagi ariqlardan birining nomi. Bu kanal dastlab
“Xiva arig‘i”, “Nikolay I kanali”,
1913-
yildan “Romanovskiy kanali” deb ham nomlangan.
Sirdaryodan suv olgan. Knyaz Romanovskiy sharafiga qo‘yilgan. 1917
-
yildan “Shimoliy
Mirzacho‘l kanali”, 1936
-yildan S.M.
Krilov nomi bilan, mustaqillikdan so‘ng “Do‘stlik
kanali” deb nom olgan” [1, 58
-bet].
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Professor Ixtiyor Ermatovning “Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli
lug‘ati”dagi nomlarni tuzilishiga ko‘ra tahlil qilsak quyidagi statistika yuzaga keladi.
Sodda, bir asosdan tashkil topgan toponimlar:
Adolat, Anhor, Archa, Bahor,
Barlos, Baxmal, Baxt, Bekat, Bo‘ston, Farhod, Farovon, Furqat, Farg‘ona, Gumbaz, Ibrat,
Iftixor, Istiqlol, Ittifoq, Login, Mahalla, Malik, Markaz, Matonat, Mash’al, Me’mor,
Muruvvat, Mo‘g‘ol, Namuna, Nayman, Nihol, Nov, Obod, Orom, Orzu, Oydin, Oqibat, Olg‘a,
Parcha, Pashshi, Qahramon, Qaroy, Qipchoq, Quyosh, Ravot, Sabot, Sarmich, Saxovat,
Sayxun, Sayqal, Sintob, Sohil, Tabarruk, Tabobat, Turon, Uvoq, Uyas, Vatan, Xazina, Xovos,
Yulduz, Zomin, Shirin, Chambil, Chiroy.
Shulardan biri
Xovos
–
Sirdaryo viloyatidagi shaharcha va tuman nomi. Tuman
viloyatning janubiy qismida joylashgan. Xovos qadimiy shahar bo‘lib, X asr arab geografi
va sayyohlari Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida tilga olingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
113
Qo‘shma, ikki va undan ortiq asosda
n tashkil topgan toponimlar:
Axmonko‘l,
Beshkapa, Beshqo‘sh, Boboyurt, Boymurodobod, Boyto‘bi, Bog‘ishamol, Buloqariq,
Bo‘zariq, Bo‘zsuv, Darvozaqir, Davlatobod, Dehqonobod, Do‘ngariq, Erjar, Elobod,
Gulbahor, Gulbuloq, Gulbog‘, Gulobod, Gulchambar, Havotog‘, Husniobod, Islomobod,
Itbuloq, Jannatmakon, Karvonsaroy, Laylakko‘l, Mingchinor, Mirzaariq, Mirzarabot,
Mirzasardoba, Mirzaqishloq, Mirzacho‘l, Moyliko‘l, Mozorishahid, Munchoqtepa,
Namozovul, Nurliyo‘l, Nurota, Obodturmush, Odivurt, Oltinvodiy, Otayurt, Oydinyo‘l,
Oyimariq, Oqoltin, Oqyo‘l, Oqtepa, Oqquvoq, Olg‘abos, Oqchangal, Paromovul, Parchayuz,
Paxtakon, Qirkapa, Qizlarsupa, Qizilchang‘il, Qoraqum, Qoraqishloq, Qorako‘l, Qoraqir,
Qorovultepa, Qozoqovul, Qo‘qonqarapchi, Qo‘shqand, Saroyqishloq, Si
rdaryo, Sohibqiron,
Sultonhovuz, So‘fiqishloq, Taltepa, Turkmanovul, Turkovul, Tuyatortar kanali,
To‘g‘ayovul, To‘qqizkapa, Ulug‘yo‘l, Uchtom, Uchturgon, Uchqahramon, Vatanparvar,
Yangiqishloq, Yangiyo‘l, Yakkasaroy, Yettiguzar, Yettiurug‘, Zominqishloq, O‘rinboy,
O‘g‘uzariq, Sho‘rbuloqsoy, Sho‘rko‘l, Sho‘ro‘zak, Changovul, Chinobod, Cholto‘qay.
Do‘ngariq –
Mirzaobod tumanidagi qishloq va mahalla nomi.
Do‘nglik
–
do‘ppaygan,
qappaygan, bo‘rtiq, qappaygan, bo‘rtiq. Yerning qavariq bo‘lib chiqqan joylari, do‘
ng yer,
tepalik [2, 112-
bet]. Do‘ng va ariq so‘zlari qo‘shilmasidan yasalgan nom.
Shu o‘rinda keltirish joizki, tilshunoslikda qo‘shma so‘zlar mavzusi o‘rganilganda
tarkibi ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan yangi ma’noli so‘zlar
–
deya
tushuntiriladi. Bunday qo‘shma so‘zlar hatto Sirdaryo viloyatidagi joy nomlarida
ham aks etgan. Masalan, Xovos tumanidagi Sho‘rbuloqsoy manzili
(Sho‘r+buloq+soy)
.
Affiksli toponimlar:
Ahillik, Anorzor, Asalchi, Asalchilik, Bahoriston, Baliqchi,
Bino
kor, Birlik, Bog‘iston, Bunyodkor, Do‘stlik, Guliston, Gulzor, Hikmatli, Ibratli, Ijodkor,
Inoqlik, Ishonch, Ko‘nchi, Mangulik, Mevazor, Mustaqillik, Olmazor, Olmachi, Ozodlik,
Paxtakor, Paxtazor, Pillakor, Qamishli, Qarapchi, Qayirma, Sangzor, Sirg‘ali, S
ohibkor,
Tadbirkor, Tajribakor, Terakzor, Tinchlik, Turkiston, To‘kinchilik, Ulug‘bek, Uyuvli,
Yoshlik, Yoshlar, Yurtdosh, Zarbdor, Zarshunos, Ziyokor, Zominlik, O‘rikzor, O‘zbekiston,
G‘allakor, Shodlik, Sholikor, Chamanzor, Chorvador. Mehnatobod, Mirzaob
od, Nurobod,
Paxtaobod, Savatobod, Sayxunobod, Sohilobod, Sohibobod, Ulug‘obod, Xalqobod,
Yo‘ldoshobod, Zafarobod, Sharqobod kabi.
Ijodkor
–
Boyovut tumanidagi mahalla nomi.
Ijodkor
arabcha forscha so‘z bo‘lib,
ij
od qiluvchi degan ma’noni
anglatadi. Ijod etuvchi, yuzaga keltiruvchi, yaratuvchi,
yaratilgan narsa egasi [2, 176-bet].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
114
Tilshunoslikda semantik tahlil juda muhim. Shu boisdan viloyatdagi joy nomlarini
ma’nosiga ko‘ra tabiiy
-geografik nomlar, kelib chiqishi uzoq davrlar bilan bog
‘liq
etnonimlar, shaxs nomi bilan bog‘liq toponimlar va ijtimoiy
-
iqtisodiy hayot bilan bog‘liq
nomlar kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy-geografik nomlar:
Axmanko‘l, Bog‘ishamol, Do‘ngariq, Qorako‘l, Sirdaryo,
Taltepa, O‘g‘uzariq,
Sho‘rko‘l. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga qarashli qishloq va
ariqning nomi Sho‘ro‘zak deb nomlanadi. Qadimgi turkiy tilda
ozuk
–
katta bo‘lmagan suv
hovuzi
[3, 58-bet]; hozirgi turkiy tillarda ozuk
–
anhor, daryocha
[4, 675-bet]. Uzak (uzek)
uzuk
–
“daryo” so‘ziga borib taqaladi: O‘kuz+ak –
“kichik daryo”, “daryocha”. “O‘zak” so‘zidan
tarkib topgan. Xususan, suv joy nomlari o‘rnida o‘zak, o‘qo‘zak (daryocha) so‘zining
o‘zgarishidan paydo bo‘lgan [1, 21
-bet].
Kelib ch
iqishi o‘tmish bilan bog‘liq etnonimlar:
Achamayli, Juvonsiyroq,
Mo‘g‘ol, Nayman, Qipchoq, Uyas. Bu etnonimlar orasida Mirzaobod va Guliston
tumanlaridagi qishloqlardan biri Juvonsiyroq o‘ziga xos ahamiyatga ega. Juvonsiyroq –
etnonim bo‘lib, qishloq shu n
om bilan atalgan. Juvonsiyroq
–
etnonim, aynan
“pochasi
yo‘g‘on”
degan ma’noni bildiradi. L.S.Tolstova fikricha, juvonsiyroq, qorasiyroq kabi
etnonimlar qadimgi sarmat xalqining sirak qabilasi nomidan kelib chiqqan [5, 176-bet].
T. Nafasovning qayd qilishi
cha, siyroq umumturkiy urug‘ nomi [6, 83
-bet].
Shaxs nomi bilan bog‘liq toponimlar:
Abdurahmon Jomiy, Al-Xorazmiy, Arunboy,
Duxovskiy, Hamid Olimjon, Nikolayevskiy, Obetovanniy, Sadriddin Ayniy, Temur Malik,
Turg‘un Axmedov, Usmon Yusupov. Shu kabi toponim
lardan biri Romanovskiy deb
nomlanadi. 1887-yilda Knyaz N.K.Romanov tashabbusi bilan Sirdaryoning chap sohilida,
Mirzacho‘lda tashkil etilgan rus qishloqlaridan biri. Hozirgi kunda bu nom –
Guliston tumani
markazidagi shaharcha Dehqonobod nomi bilan yuritiladi.
Ijtimoiy-
iqtisodiy hayot bilan bog‘liq nomlar:
Asalchi, Ko‘nchi, Paxtakor,
Pillakor, Sohibkor, Tadbirkor, Ziyokor, G‘allakor, Sholikor, Chilangarlar, Chorvador. Bu
joylarda yashovchi aholining turmush tarzi shu sohalar bilan bog‘liqligi
nomlaridan ham
anglashilib turibdi. Masalan, Mirzaobod tumanidagi Pillakor qishlog‘ida aholi pilla
yetishtirish bilan mashg‘ulligini, Sirdaryo tumanidagi Asalchi mahallasida asal olish
uchun asalari urchitish, uni parvarish qilish bilan shug‘ullanishini bi
lish mumkin.
Toponimlar nafaqat joy nomlarini ifodalash, balki o‘sha hududda qadimda ro‘y
bergan tarixiy voqealarni, xalqning kelib chiqishini, geografik joylashuvi, tabiati, turmush
tarzini ham ifodalash uchun xizmat qiladi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida
shuni aytish lozimki, Sirdaryo viloyati toponimlarini ilmiy-nazariy
tasniflash shu hududdagi joy nomlarining ko‘p qatlamli tuzilishi, uzoq va boy tarixi bilan
ahamiyatli. Har bir toponim o‘zida tarixiy, lingvistik va madaniy merosni saqlab kelgan
bo‘lib, ular bizga o‘sha davrning ijtimoiy hayoti, xalqning ruhiyati va tarixiy
o‘zgarishlaridan ma’lumot beradi. Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati toponimlarining
tahlili orqali mintaqaning tabiiy geografik xususiyatlarini, etnik va madaniy
shakllanishini, shunin
gdek, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni ham yaxshiroq tushunish
mumkin. Bunday tahlil nafaqat tarixiy faktlarni o‘rganish, balki kelajakda viloyatni
rivojlantirish va uning madaniy merosini saqlash uchun zarur bo‘lgan tamoyillarni ishlab
chiqishda ham muhim ahamiyatga ega. Toponimlarning ilmiy-nazariy tasnifi bundan
keyingi yaratiladigan tadqiqotlar uchun ham o‘ziga xos yo‘nalishlar yaratadi. Ularning
tarixiy va lingvistik tahlili, nafaqat o‘zbek toponimikasining, balki turkiy xalqlar
toponimikasining riv
ojini o‘rganish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
115
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ermatov I. Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli lug‘ati. –
Toshkent:
Bookmany print, 2024.
–
21 b.
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jild. –
Toshkent, 2020.
–
112 b.
3.
Ermatov I. Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli lug‘ati. –
Toshkent:
Bookmany print, 2024.
–
58 b.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild. –
Toshkent, 2020.
–
675 b.
5.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.
II jild.
–
Toshkent, 2020.
–
176 b.
6.
Ermatov I
. Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli lug‘ati. –
Toshkent:
Bookmany print, 2024.
–
83 b.
