Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Digital transformation and corruption: new challenges of
a new era
Shakhrizoda ABDUMAJITOVA
1
University of World Economy and Diplomacy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2025
Received in revised form
15 July 2025
Accepted 15 July 2025
Available online
25 August 2025
This article analyzes issues of corruption, the concept of anti-
corruption, digital transformation, anti-corruption in the
context of digital tranformation, digital transformation today
and its connection with corruption. In particular, a
comprehensive analysis of the anti-corruption potential of
digital transformation processes and the new risks that may
arise in these processes has been carried out. Our research
work analyzes the emergence of corrupt schemes through
aspects of digital transformation that can cause more complex
and hidden forms of corruption
–
including cyber security
vulnerabilities, unauthorized access to data, and discrepancies
in digital literacy.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp167-172
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
corruption,
corrupt crimes,
digitization,
digital transformation,
e-government,
technology,
cyber security,
fighting corruption in the
context of digital
transformation.
Raqamli transformatsiya va korrupsiya: yangi davrning
yangi sinovlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
korrupsiya,
korrupsiyaviy jinoyatlar,
raqamlashtirish,
raqamli transformatsiya,
elektron hukumat,
texnologiyalar,
kiberxavfsizlik,
raqamli transformatsiya
sharoitida korrupsiyaga
qarshi kurashish.
Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish
tushunchasi, raqamli transformatsiya, raqamli transformatsiya
sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish, bugungi kunda
raqamli transformatsiya hamda uning korrupsiya bilan
bog‘liqligi masalalari tahlil qilingan. Xususan, raqamli
transformatsiya jarayonlarining korrupsiyaga qarshi kurashish
salohiyati va bu jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
yangi xavflar kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizda
raqamli transformatsiyaning korrupsiyaning yanada murakkab
va yashirin shakllarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
1
PhD student, University of World Economy and Diplomacy. E-mail: shshukhratovna007@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
168
tomonlari, jumladan, kiberxavfsizlik zaifliklari, ma’lumotlarga
ruxsatsiz kirish va raqamli savodxonlikdagi tafovutlar orqali
korrupsion sxemalarning paydo bo‘lishi tahlil qilingan.
Цифровая трансформация и коррупция: новые
испытания новой эры
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коррупция,
коррупционные
преступления,
цифровизация,
цифровая трансформация,
электронное
правительство,
технологии,
кибербезопасность,
борьба с коррупцией в
контексте цифровой
трансформации.
В статье анализируются вопросы коррупции и
противодействия ей, а также цифровая трансформация и её
влияние на антикоррупционные практики. Проведён
комплексный анализ антикоррупционного потенциала
процессов цифровой трансформации и связанных с ними
новых рисков. В исследовании рассмотрены аспекты
цифровой трансформации, способные приводить к более
сложным и скрытым формам коррупции, включая
появление коррупционных схем из
-
за уязвимостей
кибербезопасности, несанкционированного доступа к
данным и различий в уровне цифровой грамотности.
KIRISH
Korrupsiya
–
jamiyatimiz farovonligi va taraqqiyotiga ulkan to
‘
siq bo
‘
layotgan eng
xavfli illatlardan biri hisoblanib, uning salbiy oqibati jamiyatning har bir bo
‘
g
‘
inida aks
etib turadi. Dunyoda turli millat va elatlar borki, ularning buguni va ertasiga bolta
uruvchi illat aynan korrupsiyadir. Uzoq yillar mobaynida ushbu muammoga yetarlicha
e’tibor bermaslik, muhokama qilmaslik oqibatida korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat
bizning, balki butun dunyo hamjamiyati e’tibor berishi lozim bo‘lgan dolzarb
muammolardan
biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan
taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik
va investitsiya
muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i
rivojlanmaydi” [1].
Elektron hukumat, ochiq ma'lumotlar platformalari, blokcheyn va sun'iy intellekt
kabi zamonaviy raqamli yechimlar korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim vosita
sifatida qaraladi. Ular jarayonlarni avtomatlashtirishga, qaror qabul qilishda oraliq
aloqalarni kamaytirishga, inson omillari darajasini pasaytirishga va jamoatchilik
nazoratini kengaytirishga yordam beradi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi ha
yotimizni o‘zgartirish
bilan birga zamonaviy davlatlarning axborot resurslari va texnologiyalaridan
jinoyatchilikka qarshi vosita sifatida kengroq foydalanishga yo‘naltirmoqda. Xususan,
mazkur tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli transformatsiya
hamda uning zamonaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, shuningdek, samaradorlikni
oshirish bilan bog‘liq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu yo‘nalishda yozilgan mavjud izlanishlarni tahlil qilish chog‘ida bilishimiz
mumkinki, bugungi kundagi zamonaviy va ilmiy yondashuvlar korrupsiyaga qarshi
kurashda raqamlashtirishning rolini ko‘proq o‘rganmoqda. O‘zbek ilmiy olamida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
169
korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi muhim o‘rinni egallab kelmoqda. Xususan,
B. Boboerov va S. Boboerovning jamoaviy mo
nografiyasida “Yangi O‘zbekiston”
konsepsiyasi kontekstida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasining mazmun-
mohiyati berilgan bo‘lib, unda aynan raqamli transformatsiya ustuvor yo‘nalishlardan
biri ekanligi keltirib o‘tilgan [2]. B.
Bektemirov
esa O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi
siyosatining huquqiy asoslarini tahlil qilib, raqamli nazorat mexanizmlarini institutsional
mustahkamlash muhimligiga e’tibor qaratmoqda [3].
Yuqoridagi adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, raqamli transformatsiya va
korrupsiya mavzusiga tobora qiziqish ortib borayotganligini hamda chuqur o‘rganilishi
lozim bo‘lgan mavzular sirasiga kirayotganligini anglashimiz mumkin.
Avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli transformatsiya nima ekanligiga
to‘xtaladigan bo‘lsak,
bu davlat boshqaruviga raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda
korrupsiyaviy holatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan davlat xizmatlarini
ko‘rsatish hisoblanadi. Bu tushunchani aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, quyidagilarga
to‘xtalib o‘tishimiz
zarur:
–
inson omilini minimallashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish;
–
mansabdor shaxslar faoliyatini monitoring qilish;
–
mansabdor shaxslarning daromadlari va xarajatlarini nazoratga olish.
Bunda
birinchidan
, fuqarolar hamda mansabdor
shaxslar o‘rtasidagi
munosabatlarni raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirish ularning tez va
samarali usulda o‘ziga kerakli bo‘lgan xizmat turidan foydalanish imkonini beradi, ya’ni
bu orqali korrupsiya holatlari kuzatilishining oldi olinadi desak,
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ikkinchidan,
mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmagan
holda vijdonan yondashishlarini ta’minlash uchun doimiy monitoring qilinishi ham
fuqarolar, ham davlat uchun samarali usul bo‘ladi,
Uchinchidan, mansabdor shaxslarning har biri qanday daromadga ega
bo‘layotganligi hamda ushbu daromadlarga qay tarzda ega bo‘layotganlik faktlari bilan
uzluksiz ravishda tanishib turish va nazoratga olish ham korrupsion jinoyatlar sodir
etilishini oldini oluvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Raqamli transformatsiya allaqachon jamiyatimiz rivojining ajralmas bo‘lagiga
aylanib ulgurgan. Raqamli transformatsiya deganda faqat texnik vositalar va ular bilan
bog‘liq yangilanish holatini emas, balki insonlarnin
g bir-biri bilan munosabatlarini
yangidan shakllantiradigan, fikrlash tarzini, qaror qabul qilish asoslarini yanada
rivojlantiradigan omilni tushunishimiz mumkin.
Xususan, S.Xauzer sun’iy intellekt va raqamli algoritmlardan foydalanish
boshqaruv tizimida korrupsiya xavfini avtomatik ravishda aniqlashga yordam berishini
ta’kidlaydi [4]. Raqamli transformatsiya nafaqat korrupsiyani kamaytirishga, balki
barcha jarayonlarning ochiq va shaffofligi orqali davlat tuzilmalariga ishonchni
oshirishga yordam beradi.
К.С.
Евсиков va А.А.
Суворов o‘z izlanishlari davomida
raqamli transformatsiya normativ, tashkiliy va texnologik qo‘llab
-
quvvatlashni o‘z ichiga
olgan kompleks yondashuvni talab qiladi degan xulosaga kelishgan [5].
Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qar
shi kurash masalasi eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanib, uning oldini olishning aniq tizimi yaratilgan. O‘zbekiston
Respublikasining 2017-yil 3-
yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma
zkur Qonun qoidalarini amalga
oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi 2017
-yil 2-fevraldagi PQ
–
2752-sonli qarori va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
170
2017
–
2018-
yillarda Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat dasturida begilab
qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va fikr almashish ma
qsadida barcha davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va muassasalarda seminarlar va ochiq muloqotlar
tashkil etilmoqda. Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashga oid ustuvor huquqiy asos
yaratilganligi quyidagilarda o‘z aksini topadi:
–
1997-yilda
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Milliy xavfsizlik
konsepsiyasi”da korrupsiyaning milliy xavfsizlik uchun eng katta tahdidlardan biri
sifatida keltirilganligi;
–
O‘zbekiston Respublikasining 2008
-yil 7-
iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi
kura
sh to‘g‘risida”gi konvensiyasiga qo‘shilganligi;
–
2019-yil 27-
mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
farmonida ham maxsus komissiya zimmasiga huquqni muhofaza qilish organlarining
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan, umum e
’
tirof etilgan
xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni
tashkil etish va mazkur yo‘nalishdagi fun
ksiyalarini optimallashtirishda yagona
yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqish bo‘yicha topshiriq berilganligi;
–
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 3-martda qabul qilingan
“2017–
2021-yil
larda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’
rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida
korrupsiyaga qars
hi kurashish bo‘yicha alohida organ tuzish taklifi kiritilganligi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 29-iyundagi PF
–
6013-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-t
adbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, Korrupsiyaga
qarshi kurash Agentligi tashkil etilganligi;
–
Vazirlar
Mahkamasining
2020-yil
31-
dekabrdagi
“Korrupsiyaga
oid
huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda
ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
829-son qarori qabul qilinganligi;
–
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 6-
iyuldagi “Korrupsiyaga
qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish
, davlat va jamiyat boshqaruvida
korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini
kengaytirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–
6257-son Farmoni qabul qilinganligi;
–
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 6-
iyuldagi “Korrupsiyaga
qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora
-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PQ–
5177-son qarori qabul qilinganligi [6].
Zamonaviy raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashning eng muhim
omi
liga aylanib ulgurganligi bilan bir qatorda samarali, ochiq, shaffof hamda o‘z
ahamiyatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvini shakllantirishga va rivojlantirishga yordam
beradi. Tahlil davomida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan raqamli
texnologiyalarda
n foydalanishning eng muhim yo‘nalishlari aniqlandi. Ulardan eng
birinchisi elektron hukumat bo‘lib, Булгаков
В.
,
Г.
Булгакова, Е.
В. va Акимов
В.С
.
tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu mexanizm juda ko‘p boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirishga imkon berishi bilan bir qatorda fuqarolarning mansabdor shaxslar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
171
bilan o‘zaro aloqada bo‘lmasdan aynan raqamli texnologiyalar orqali ma’lumot va jamoat
xizmatlaridan foydalanishini ta’minlaydi [7]. Bu esa, o‘z navbatida, norasmiy
shartnomalarning oldini olishga, xizmatlar tezligini oshirishga hamda ishonchni
oshirishga xizmat qiladi. Xususan, fuqarolarda bevosita korrupsion holatlar yuzaga
kelgan taqdirda ular haqida online xabar yetkazish hamda ogohlantirish imkoniyatiga
ega bo‘lishadi va shu orqali jamoatchilik naz
orati tizimi mustahkamlanadi.
Shuningdek, ochiq ma’lumotlar instituti korrupsiya darajasini pasaytirishda
muhim ahamiyatga ega. A.M.
Игнатова ning ta’kidlashicha, ochiq ma’lumotlar shaffoflik,
fuqarolarni nazorat qilish va qaror qabul qilish jarayonlariga jalb qilish tamoyillariga
asoslangan davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi modeli uchun
asos yaratadi [8]. Demak, fuqarolar bu holatda ma’lumotlarni tahlil qilishlari, korrupsiya
belgilarini aniqlashlari va ularni bartaraf etish yuza
sidan o‘z takliflarini berishlari
mumkin. Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi siyosatning subyektlari, ya’ni
davlat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda fuqarolik jamiyati orasidagi munosabatlarni muvo
fiqlashtirishda ayniqsa o‘z
samarasini ko‘rsatadi, ya’ni online murojaat qilish hamda ushbu murojaatlarni online
tarzda qabul qilish o‘zaro ta’sir mexanizmlarini yaratishga imkon beradi. Natijada
amaldorlarga bo‘lgan bosimni oshiradi, davlat faoliyatining
barcha jabhalarida ochiqlik
hamda shaffoflikni ta’minlab beradi.
Binobarin, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotga o‘tish borasida muhim islohotlar
amalga oshirilmoqda. “Raqamli O‘zbekiston –
2030” strategiyasi bu borada huquqiy asos
yaratib bergan bo‘lsa
-da, amaliyotda hali qator tizimli muammolar mavjud. Raqamli
transformatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi, eng avvalo, inson kapitaliga, texnologik
infratuzilmaga, institutsional yondashuvga va kiberxavfsizlik choralarining samaradorligiga
bog‘liq. Shu munosab
at bilan quyidagi asosiy xulosalarni keltirish mumkin:
–
raqamli transformatsiya
–
bu kompleks va bosqichma-
bosqich jarayon bo‘lib, uni
amalga oshirishda faqat texnologiyalar emas, balki strategik yondashuv, ijtimoiy
tayyorgarlik va institutsional islohotl
ar muhim rol o‘ynaydi.
–
raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va davlat
boshqaruvi sohalarida samaradorlikni sezilarli oshiradi, lekin bu natijalarga erishish
uchun raqamli savodxonlikni yuksaltirish, xodimlar malakasini oshirish va fuqarolarni
raqamli muhitga integratsiyalash lozim.
–
O‘zbekiston tajribasida, ayniqsa, online davlat xizmatlari, raqamli to‘lov tizimlari
va ta’lim platformalari bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilgan, biroq ularni yanada
rivojlantirish uchun t
exnik infratuzilmani modernizatsiya qilish, ma’lumotlar xavfsizligini
kuchaytirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash zarur. Maqola asosida quyidagi takliflarni
ilgari surishimiz mumkin:
–
nafaqat shaharlar, balki qishloq va viloyatlarni ham doimiy hamda tezkor,
uzluksiz internet tarmog‘i bilan ta’minlash;
–
raqamli xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, barcha aholi uchun, ya’ni kam
daromadli oilalar va qishloqda yashaydigan aholi uchun ham raqamli xizmatlarni yo‘lga
qo‘yish;
–
inson kapitalini
rivojlantirishga e’tibor qaratish;
–
har bir foydalanuvchining xavfsizligini va maxfiyligini ta’minlash, ma’lumotlar
bazalarining himoyasini barqarorlashtirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
172
Binobarin, bugungi kunda jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda
hech qaysi bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasiga zamonaviy axborot, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalar
ni
joriy etish, fuqarolar va davlat apparati harakatlarini avtomatlashtirish orqali korrupsiya
darajasini pasaytirish, murojaatlar va shikoyatlarning taqdim etilish tartibini
soddalashtirish, jamoatchilik nazoratining shaffoflik mexanizmlarini ishlab chiqish
hamda hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish masalalarini takomillashtirish
orqali ushbu illatga qarshi munosib kurashish mumkin. Biz raqamli transformatsiya
sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashar ekanmiz, adolatli jamiyat barpo etish bilan birga
aholining huquqiy ongi o‘sishiga ham hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Zero, korrupsiya bor
mamlakatda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020
-yil 25-
yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston
–
respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyeevning-oliy-25-01-2020. (President Shavkat
Mirziyoyev's Address to the Oliy Majlis.
2.
Boboyorov B. N., Boboyorov S. Yangi O‘zbekiston: korrupsiyaga qarshi
kurashish
strategiyasi.
–
Toshkent: GOLDEN BRAIN, 2025.
–
96 b.
3.
Bektemirov A. B. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning
huquqiy asoslari.
–
Toshkent: GOLDEN BRAIN, 2024.
–
104 b.
4.
Hauser C. Digitalisation, artificial intelligence, and the fight against
corruption//Organizational Corruption, Crime and Covid-19.
–
2025.
–
Vol. 3.
–
P.88-94.
5.
Евсиков К. С., Суворов А. А. Цифровая трансформация противодействия
коррупции // Право и юридические науки. –
2022.
–
No 4.
–С. 112–
118.
6.
http://lex.uz
.
7.
Булгакова Е. В., Булгаков В. Г., Акимов В. С. Механизмы электронного
государства по противодействию коррупции // Правовая информатика. –
2014.
–
No
4.
–С. 53–
58.
8.
Игнатова А. М. Открытые данные как новый способ взаимодействия
государства и общества // Политические и юридические науки, культурология и
социология. –
2015.
–
No 3.
–С. 44–
50.
