Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The Effectiveness of the Debate Method in Teaching
English: Based on the Experience of Management Program
Students
Shirinoy YUSUPOVA
1
Chirchik State Pedagogical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
This article analyzes the role and significance of the debate
technique in developing communicative competence in English
language teaching. In particular, it reveals the theoretical and
practical foundations of using the debate method to improve the
language skills of students majoring in management. Based on
the communicative approaches proposed by D. Nunan (1991)
and J. Harmer (2007), the linguistic, social, and strategic benefits
of debates are demonstrated with relevant examples. Special
attention is paid to analyzing different types of debates and
evaluating their didactic value and pedagogical effectiveness.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5- iss4-pp261-266
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
English language,
debate method,
communicative competence,
management students,
interactive method,
linguistic development,
D. Nunan,
J. Harmer.
Ingliz tilini o‘qitishda debat usulining samaradorligi:
menejment yo‘nalishi talabalari tajribasi asosida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ingliz tili,
debat usuli,
kommunikativ
kompetentlik,
menejment talabalari,
interaktiv metod,
lingvistik rivojlanish,
D. Nunan,
J. Harmer.
Ushbu maqola ingliz tilini o‘qitishda debat texnologiyasining
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishdagi o‘rni va
ahamiyatini tahlil qiladi.
Xususan, menejment yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda
debat usulining nazariy va amaliy asoslari ochib beriladi.
D. Nunan (1991) va J. Harmer (2007) tomonidan ilgari surilgan
kommunikativ yondashuvlar asosida debatning lingvistik,
ijtimoiy va strategik foydasi misollar bilan yoritiladi. Debat
turlarining tahlili orqali ularning didaktik ahamiyati va
pedagogik samarasini baholashga alohida e’tibor qaratiladi.
1
Lecturer, Chirchik State Pedagogical University. E-mail: sbuvarayeva@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5 № 4 (2024) / ISSN 2181
-1415
262
Эффективность
метода
дебатов
в
обучении
английскому
языку: на основе опыта студентов
направления «менеджмент»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
английский язык,
метод дебатов,
коммуникативная
компетенция,
студенты
-
менеджеры,
интерактивный метод,
лингвистическое
развитие,
Д. Нунан,
Дж. Хармер.
Данная статья анализирует роль и значение технологии
дебатов в развитии коммуникативной компетенции при
обучении английскому языку. В частности, раскрываются
теоретические и практические основы использования
метода дебатов для развития языковых навыков у
студентов направления «менеджмент». На основе
коммуникативных подходов, предложенных Д.
Нунаном
(1991) и Дж.
Хармером (2007), в статье освещаются
лингвистические,
социальные
и
стратегические
преимущества дебатов с конкретными примерами. Особое
внимание уделяется анализу видов дебатов, их
дидактической ценности и педагогической эффективности.
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida xorijiy tillarni, xususan
ingliz tilini o‘rgatish va
o‘rganish ijtimoiy
-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Til o‘rgatish jarayonida
kommunikativ yondashuv asosida shakllantirilgan interaktiv metodlar, ayniqsa debat
texnologiyasi, o‘quvchilarda muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda yuqori
samaradorlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Debat
–
bu o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, og‘zaki nutqni erkin ifodalash,
tanqidiy yondashuv va ijtimoiy-
lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi
muhim interaktiv metoddir. D. Nunan (1991) va J. Harmer (2007) tomonidan ishlab
chiqilgan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga doir nazariy yondashuvlar
debatning lingvistik, pragma
tik va sotsiokulturniy jihatlariga asoslanib, til o‘rgatishda uni
samarali vosita sifatida qo‘llashni asoslab beradi.
Xususan, menejment yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini
o‘rganish nafaqat til bilimini egallash, balki kelajakdagi
kasbiy faoliyatda samarali
xalqaro muloqot yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish vositasi hamdir. Shu nuqtayi
nazardan, debat texnologiyasining bu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar tajribasi asosida
o‘rganilishi ularning kommunikativ kompetensiyasini rivoj
lantirishda qanday rol
o‘ynashini ilmiy
-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish dolzarb ilmiy masala hisoblanadi.
ASOSIY QISM
XXI asrda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuv asosiy
didaktik tamoyil sifatida qaralmoqda. Ayniqsa,
oliy ta’limda mutaxassislikka
yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitilayotganda talabalar fikrini erkin ifoda eta olish, ijtimoiy
vaziyatda o‘zini tutish va muloqotda faol qatnasha olish kompetentliklariga ega bo‘lishi
lozim.
Shu jihatdan, debat usuli til o‘rgatishning samarali vositasi sifatida ko‘rib
chiqilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5 № 4 (2024) / ISSN 2181
-1415
263
Debat texnologiyasining nazariy asoslari
D.
Nunan (1991) o‘zining “Language Teaching Methodology” nomli fundamental
ishida til o‘rganish jarayonini faqatgina grammatik bilimlarni egallash emas, balki
muloqotga asoslangan faol o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida talqin qiladi. U o‘z yondashuvida
“task
-
based language teaching” (topshiriqlarga asoslangan til o‘rgatish) modelini taklif
etadi va bu model orqali o‘quvchilarni real hayotdagi kommunikativ vaziyat
larga
tayyorlashni maqsad qiladi. Uning fikricha, o‘quvchilar uchun ma’no anglatadigan,
kommunikativ maqsadga ega bo‘lgan topshiriqlar ularning til o‘zlashtirish jarayonini
sezilarli darajada tezlashtiradi.
Debat usuli esa aynan shunday topshiriqlar qatoriga kiradi. Chunki debatda
o‘quvchilar dolzarb masalalarni muhokama qilish orqali fikr yuritadilar, dalil keltiradilar,
raqib fikriga qarshi e’tiroz bildiradilar va o‘z nuqtai nazarlarini asoslaydilar. Bu esa ularni
o‘z fikrlarini grammatik jihatdan to‘g‘ri
, leksik jihatdan boy va mantiqan uzviy tarzda
bayon qilishga undaydi. Masalan, "Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning ruhiy holatiga ijobiy
ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi?" degan mavzuda debat o‘tkazilganda, talabalar nafaqat o‘z
shaxsiy fikrlarini bildiradilar, ba
lki statistik ma’lumotlardan foydalanib, ijtimoiy,
psixologik va texnologik jihatlarni ham hisobga olishadi. Bu jarayon esa ularda nafaqat til
ko‘nikmalarini, balki tanqidiy fikrlash, muloqot etiketini tushunish, va ijtimoiy ongni
rivojlantirishga xizmat qiladi.
J.
Harmer (2007) esa o‘zining “The Practice of English Language Teaching” asarida
zamonaviy ingliz tili o‘qitish metodikasida interaktiv o‘quv muhitini yaratish zarurligini
alohida urg‘ulaydi. Harmerga ko‘ra, o‘quvchilar faqat passiv ravishda tingla
b yoki yodlab
emas, balki faol qatnashuv orqali tilni o‘zlashtiradilar. U real hayotga yaqin topshiriqlar,
roldagi o‘yinlar, guruhiy muhokamalar va ayniqsa, debatlar orqali o‘quvchilar o‘zlarini
erkin tutishlari, tilga nisbatan ichki ishonch hosil qilishla
ri mumkinligini ta’kidlaydi.
Harmerning yondashuvida debatlar nafaqat og‘zaki nutq (speaking), balki eshitib
tushunish (listening), yozma fikr bildirish (writing) va o‘qib tushunish (reading)
kompetensiyalarini ham uyg‘un holda rivojlantirish vositasi sifatida ko‘riladi. Debat
jarayonida talaba o‘z fikrini tuzishda kerakli leksik birikmalarni tanlaydi, grammatik
strukturalarni amalda qo‘llaydi va tinglayotgan odamga ta’sir o‘tkazish uchun pragmatik
elementlardan (intonatsiya, tana tili, urg‘u va boshqalar)
foydalanadi. Masalan, "Atrof-
muhitni asrashda davlatmi mas’ul, yoki fuqaromi?" degan debat mavzusida o‘quvchilar
bir nechta ijtimoiy nuqtai nazarni muhokama qilib, mas’uliyat, qonunlar, fuqarolik burchi
kabi murakkab tushunchalarni ingliz tilida ifodalashga intiladilar. Shuningdek, Harmer til
o‘rgatishda o‘quvchilarning emotsional ishtiroki muhimligini qayd etadi: o‘quvchi o‘zi
uchun muhim bo‘lgan yoki qiziqarli mavzuda fikr bildirganda, tilga bo‘lgan motivatsiyasi
oshadi. Debatlar bu borada eng samarali vositalardan biridir.
Debat turlari va ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni
Zamonaviy til o‘qitish metodikasida debatlar nafaqat til ko‘nikmalarini
rivojlantirish, balki tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash, muloqot madaniyatini
shakllantirish vositasi sifatida
ham qaraladi. Har xil formatdagi debatlar o‘quvchilarning
turli kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Quyida debatlarning asosiy
turlari va ularning o‘quv jarayonidagi didaktik funksiyalari batafsil yoritiladi:
1. Formal debate (rasmiy bahs)
Formal debatlar qat’iy tuzilgan qoidalarga asoslanadi. Unda ikki yoki undan ortiq
jamoa qatnashib, oldindan berilgan mavzu yuzasidan aniq pozitsiyani himoya qiladi yoki
unga qarshi chiqadi. Har bir ishtirokchi belgilangan vaqtda fikr bildiradi, va har bir bosqich
qat’iy tartibda o‘tadi (ochilish nutqi, asosiy dalillar, rad etish, yakuniy so‘z va h.k.).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5 № 4 (2024) / ISSN 2181
-1415
264
O‘quv jarayonidagi roli:
•
Talabalarda dalil keltirish va mantiqiy asoslash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
•
Akademik nutq uslubini shakllantiradi.
•
IELTS Speaking 3-
bo‘limi yoki Writing Task 2 kabi rasmiy savol
-javob yoki
argumentativ esse yozishga tayyorlaydi.
•
Masalan: “This house believes that online education is better than traditional
learning.” –
bu kabi mavzular talabalarga ijtimoiy muammolar yuzasidan o‘z n
uqtai
nazarini mantiqan asoslab, uni auditoriya oldida himoya qilish imkonini beradi.
2. Informal debate (norasmiy muhokama)
Bu turdagi bahslar erkinroq shaklda o‘tkaziladi. Ko‘pincha kichik guruhlarda, qat’iy
qoidalarga bog‘lanmagan holda olib boriladi. U
nda kundalik hayotga oid mavzular
muhokama qilinadi.
O‘quv jarayonidagi roli:
•
Suhbat uslubidagi tildan foydalanish malakasini mustahkamlaydi.
•
O‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifoda etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi.
•
Muloqotdagi ravonlik (fluency) va ijtimoiy til birliklaridan foydalana olish
kompetensiyasini rivojlantiradi.
•
Norasmiy debatlar o‘quvchilarning ijtimoiy va madaniy muhitda faol ishtirok
etish qobiliyatini oshiradi.
3. Role-play debate (rolli bahs)
Bu formatda talabalar maxsus rollarga ajratiladi va ushbu rollar asosida mavzuni
muhokama qiladilar. Masalan, bir talaba "hukumat vakili", boshqasi "talaba", yana biri
"ota-
ona" rolini bajaradi. Ushbu debat turi o‘yin elementlariga boy bo‘lib, kommunikativ
metodikaning eng samarali usullaridan biridir.
O‘quv jarayonidagi roli:
•
J.
Harmer (2007) bu turdagi bahsni alohida ajratib ko‘rsatadi, chunki u real
hayotdagi ijtimoiy rollarni simulyatsiya qilish orqali til o‘rganishni jonli va mazmunli
qiladi.
•
Talabalar turli kommunikativ vazifalarni (masalan, izoh berish, rozi yoki
norozilik bildirish, taklif qilish, rad etish) faol mashq qiladi.
•
Pragmatik kompetensiyani, ya’ni tilning ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri qo‘llanishini
rivojlantiradi.
4. Cross-
examination debate (so‘roq
-debat)
Bu bahs shak
lida har ikki tomon faqat o‘z pozitsiyasini bildirish bilan
kifoyalanmaydi, balki raqib pozitsiyasini tanqidiy tahlil qiladi, savollar beradi va
kamchiliklarni fosh etishga urinadi. Bu esa talabadan chuqur tahliliy fikrlashni va
e’tirozlar orqali dalillarn
i kuchaytirishni talab etadi.
O‘quv jarayonidagi roli:
•
D.
Nunan (1991) bu turdagi faol muloqotni til o‘rgatishda eng samarali yo‘llardan
biri sifatida ko‘rsatadi.
•
Talabalar o‘z nuqtai nazarini mustahkamlash uchun raqib fikrlariga munosabat
bildiradi, savol
lar bilan bosim o‘tkazadi, dalillarni kuchaytiradi.
•
Tanqidiy fikrlash, analitik yondashuv va muloqotdagi moslashuvchanlikni
rivojlantiradi.
•
Ushbu debat turi ilmiy muhit, siyosiy munozaralar, sud jarayonlari kabi
kontekstlarga tayyorlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5 № 4 (2024) / ISSN 2181
-1415
265
Debat orqali shakllanadigan kompetentliklar
1. Leksik va grammatik kompetentlik:
Talabalar o‘z fikrlarini bildirishda zarur bo‘lgan ibora va grammatik tuzilmalarni
amalda ishlatishni o‘rganadi. Masalan, sababli bog‘lovchilar (
because, since
), qarama-
qarshi tuzilmalar (
however, although
) ko‘p ishlatiladi.
2. Diskursiv kompetentlik:
Debat ishtirokchilari nutqni mantiqan bog‘lashni, kirish –
asoslash
–
xulosa kabi
strukturalarni amaliyotda qo‘llaydi. Masalan, talabalar
“Firstly…, Secondly…, In
conclusion…”
kabi
tuzilmalarni o‘zlashtiradi.
3. Strategik kompetentlik:
Fikrni to‘liq ifodalashda so‘z topilmasa sinonimlar, ishoralar, tavsiflar orqali gapni
davom ettirish o‘rganiladi. Misol:
“I’m not sure about the word, but it’s like…”
4. Sotsiolingvistik kompetentlik:
Muloqotda odob-
axloq qoidalariga amal qilish, madaniy kontekstda so‘zlash,
rasmiy va norasmiy vaziyatlarda to‘g‘ri til uslubini tanlashni talab qiladi. Bu ayniqsa
menejment yo‘nalishidagi talabalar uchun zarur.
Debat texnologiyasi nafaqat ingliz tilini o
‘rganish, balki ijtimoiy va kasbiy
muloqotga tayyorgarlik jarayonining ajralmas qismidir. D. Nunan va J. Harmerning
kommunikativ yondashuvlari asosida tuzilgan debat mashg‘ulotlari til o‘rganish
jarayonini jonlantiradi, talabalarni faol fikrlash va to‘g‘ri
ifodalashga o‘rgatadi. Ayniqsa,
menejment yo‘nalishidagi talabalar uchun bu yondashuv kasbiy kompetensiyalarni ham
shakllantirishda muhim vositadir.
XULOSA
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ingliz tilini o‘qitishda debat usulidan foydalanish
talabalar, ayni
qsa, menejment yo‘nalishida tahsil olayotganlar uchun til o‘rganish
jarayonini faol, maqsadli va natijador qiladi. Debat texnologiyasi talabalarni faollikka
undaydi, ularning muloqotda qatnashish, fikrni aniq ifodalash, dalillash, tanqidiy fikrlash,
ijtimo
iy va madaniy kontekstni tushunish kabi ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa,
D. Nunan va J. Harmer tomonidan ilgari surilgan kommunikativ yondashuv nazariyalari
asosida olib borilgan mashg‘ulotlar talabalar til kompetensiyasining barcha
komponentlari
–
lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik jihatlarini
rivojlantirishda samarador vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Empirik kuzatuvlar va amaliy tajribalar debatning nafaqat til o‘rganishga, balki
talabalarni kasbiy kommunikatsiya uchun tayyorlashga
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini
ko‘rsatdi. Bu uslub o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda ishlash, fikrlarni bahslashish
orqali mustahkamlash, muammolarni hal qilishga qaratilgan interaktiv muhitda faol
ishtirok etish imkonini yaratadi.
Shu asosda xulosa qil
ish mumkinki, ingliz tilini o‘qitishda debat texnologiyasidan
foydalanish
–
bu kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning samarali vositasi
bo‘lib, ayniqsa menejment yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy ehtiyojlariga mos keluvchi
innovatsion yondashuv h
isoblanadi. Mazkur yondashuv ta’lim sifatini oshirish, faol va
ongli ta’lim muhitini yaratishda, hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh
mutaxassislar yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Nunan, D. (1991).
Language Teaching Methodology
. London: Prentice Hall.
2.
Harmer, J. (2007).
The Practice of English Language Teaching
. Pearson Longman.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5 № 4 (2024) / ISSN 2181
-1415
266
3.
Brown, H. D. (2001).
Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language
Pedagogy
. Pearson.
4.
Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014).
Approaches and Methods in Language
Teaching
. Cambridge University Press.
5.
Ur, P. (1996).
A Course in Language Teaching: Practice and Theory
. Cambridge
University Press.
