Авторы

  • Салохиддин Усманов
    Старший преподаватель, Ургутский филиал Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова
  • Махзуна Насимова
    Студентка, Ургутский филиал Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp185-190

Ключевые слова:

образование в медресе джадидизм религиозное образование школа школа нового метода реформа научное наследие

Аннотация

В статье анализируются изменения и реформы, произошедшие в системе образования медресе Самарканда в 1917–1921 годах. Рассматриваются отношение к деятельности медресе в период установления Советской власти, политические меры, направленные на ограничение религиозного образования, и их влияние на образовательный процесс. Анализируются взаимоотношения преподавателей медресе и джадидской интеллигенции в этот период, открытие школ нового образца, а также упадок и сопротивление, возникшие в религиозном образовании. Анализ проводится на научной основе.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Madrasa education in Samarkand between 1917 and 1921

Salokhiddin USMONOV

1

, Makhzuna NASIMOVA

2

Urgut branch of Samarkand State University named after Sharof Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2025
Received in revised form

15 July 2025
Accepted 25 July 2025

Available online

15 August 2025

This article analyzes the changes and reforms that occurred

in the madrasa education system in Samarkand between

1917 and 1921. The article discusses the attitude towards the

activities of madrasas during the establishment of Soviet power
political measures aimed at restricting religious education and

their impact on the educational process.Also the relationship

between madrasa domlas and jadid intellectuals during

thisperiod the opening of newstyle schools and the decline and
resistance that arose in religious education are analyzed on a

scientific basis.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp185-190

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

madrasa education,

jadids,

religious education,

school,

new-style school,

reform,

scientific heritage.

1917

1921-yillar oralig

‘ida Samarqandda madrasa ta’limi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

madrasa ta’limi,

jadid,

diniy,

ta’lim,

maktab,

yangi usuldagi maktab,

islohot,

ilmiy meros.

Ushbu maqola1917

1921-

yillar oralig‘ida Samarqand

shahridagi

madrasa ta’lim tizimida yuz bergan o‘zgarishlar va

islohotlar tahlil etilgan.Maqolada Sovet hokimiyati o‘rnatilishi
davrida madrasalarning faoliyatiga bo‘lgan munosabat, diniy

ta’limni cheklashga qaratilgan siyosiy chora

-tadbirlar va

ularning ta’lim jarayoniga ta’siri yoritilgan.Shuningdek,

bu

davrda madrasa domlalari va jadid ziyolilarining o‘zaro
munosabatlari yangi usuldagi maktablar ochilishi,diniy ta’limda

yuzaga kelgan tanazzul va qarshiliklar ilmiy asosda tahlil

qilingan.

1

Senior Lecturer, Urgut branch of Samarkand State University named after Sharof Rashidov.

E-mail: usmonovsalohoddin1@gmail.com

2

Student, Urgut branch of Samarkand State University named after Sharof Rashidov.

E-mail: qwertaqwert432@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

186

Образование в медресе Самарканда в период

1917

–1921 годов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Ключевые слова:
образование в медресе,
джадидизм,

религиозное образование,
школа,

школа нового метода,

реформа,

научное наследие.

В статье анализируются изменения и реформы,

произошедшие в системе образования медресе Самарканда в

1917

–1921

годах.

Рассматриваются

отношение

к

деятельности медресе в период установления Советской

власти, политические меры, направленные на ограничение

религиозного

образования,

и

их

влияние

на

образовательный процесс. Анализируются взаимоотношения
преподавателей медресе и джадидской интеллигенции в этот
период, открытие школ нового образца, а также упадок и

сопротивление, возникшие в религиозном образовании

.

Анализ проводится на научной основе.


KIRISH

XX asr boshlarida Samarqand Movarounnahrning ilmiy madaniy va diniy

markazlaridan biri edi. Bu yerda ko‘plab madrasalar faoliyat yuritgan bo‘lib, ular

musulmon dunyosining yetuk olimlarini tarbiyalab chiqargan. 1917-yilgi Oktyabr

inqilobi ortidan mintaqada siyosiy tuzum tubdan o‘zgardi. Yangi hukumatning diniy
ta’limga nisbatan salbiy munosabati, ayniqsa 1920

-yillarga borib, madrasa tizimining

inqiroziga olib keldi. IX

XII asrlarda Islom din

iga e’tiqod qilinadigan mamlakatlarda,

jumladan, Markaziy Osiyoda tarqaldi. Narshaxiyning

Buxoro tarixi

asarida 937-yilgi

yong‘inda zarar ko‘rgan Forjak madrasasi Markaziy Osiyodagi dastlabki

madrasalardandir. Abbosiylar davrining oxirlarida, saljuqiylar vaziri Niyom al-Mulk
tomonidan

Madrasai Nizomiyya

nomi bilan Eron, Mesopotamiya va Xurosonda tarixda

birinchi rasmiy madrasalar tarmog‘i qurilgan. U madrasalar keyingi bir necha asrlar
davomida musulmon dunyosining katta qismiga aylanib, o‘zining shakll

anish davrida

madrasa atamasi oliy o‘quv dasturida dastlab faqat “diniy fanlar” kiritilgan bo‘lsa,
keyinchalik ko‘plab madrasalarda mantiq, falsafa, matematika kabi diniy va dunyoviy
fanlar o‘qitildi. XIX asrga qadar deyarli o‘zgarmay kelgan madrasalardagi

ta’lim jarayoni

3 bo‘limdan iborat bo‘lgan. Birinchisi “

andi

[past] bo‘lim deyilsa,ikkinchisi “

avsat

[o‘rta]

bo‘lim nomi bilan

yuritilgan. Uchinchisi esa

“a’lo”

[oliy] bo‘limi

nomi atalib ushbu uch

bo‘limining har birida kerakli o‘quv darslari soddadan va murakkab sistemasida o‘qitila
borilgan. Madrasaning birinchi bo‘limida ya’ni 9–

10 davomida fors va arab tillarida

qisqacha musulmon qonunlari,arab grammatikasi o‘qitilgan. Madrasalarda o‘rta bo‘lim

arabchasiga

avsat

atalib bu bo‘limga 7

-8 yil

ajratilgan. Bu bo‘limda mantiqqa oid

bilimlar o‘rgatilgan. Madrasada ilm olishning past va o‘rta pog‘onalaridan o‘tilgan o‘qitish

jarayonlarining oxirgi 4 yili

oliy

bo‘limiga o‘qitilgan. Bu bo‘limda islohiyat bilan Islom

huquqshunosligi ya’ni fiqh kabi fanlar o‘zlashtirilgan.

Shuningdek madrasalarda

dunyoviy ta’lim ham diniy ta’lim ham o‘rgatilgan.[3]

TADQIQOTNING USULLARI

Tadqiqotning natijalarida 1917-

yilgacha Samarqandda Ko‘kaldosh, Mirzo Ulug‘bek,

Sherdor, Tillakori kabi yirik madrasalar faol edi. Ul

arda asosan Qur’on, hadis, fiqh, mantiq,

arab tili, kabi fanlar o‘qitilar, diniy kadrlar tayyorlanardi. Madrasalar faqat diniy emas balki

umumiy savodxonlik markazlari sifatida ham xizmat qilgan. Jadidlar islohoti XIX asr oxiri


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

187

va XX asr boshlarida jadidch

ilik harakati avj oldi. Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan jadidlar

-

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda Niyoziy

-

madrasalarda dunyoviy fanlarni joriy qilish,ta’lim metodikasini yangilash tarafdori

edilar.Ular tomonidan yangi usu

lda dars beradigan “usuli jadid” maktablarni tashkil

qilindi,bu madrasalar faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatdi.Madrasa arabcha “darasa” [o‘qimoq]
so‘zidan olingan bo‘lib, ta’limgoh ma’nolarini anglatadi hamda maktab va madrasa

mudarrislari davlat boshqaruvi xodimlari-mufti,qozi, alam kabi ijtimoiy va aniq fanlar
mutaxassislarini tayyorlab beruvchi oliy bilimgoh hisoblanadi [1].

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadidchilik harakati avj oldi. Samarqandda

faoliyat ko‘rsatgan jadidlar

-

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munav

varqori Abdurashidxonov,

Hamza Hakimzoda Niyoziy-

madrasalarda dunyoviy fanlarni joriy qilish, ta’lim

metodikasini yangilash tarafdori edilar. Ular tomonidan yangi usulda dars beradigan

«usuli jaded» maktablarni tashkil qilindi,bu madrasalar faoliyatiga ham

ta’sir ko‘rsatdi.

Yangi usul maktablarida ta’lim jarayonida Yevropa standartlari mezon qilib olingan edi.

Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asoslaridan singari fanlar bilan bir qatorda

Islom ta’limoti

asoslarini o‘rganishga ham katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari yangi

darsliklar yaratish masalalari juda dolzarb bo‘lib turar edi.Dastlabki paytlar
Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida Qozon va Orenburgda nashr
etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi

. Toshkent, Buxoro, Samarqand,

Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda

ochilgan madrasalar,maktablar, madaniy-

ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar

Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi. Turkistonda taraqqiyparvarlik

harakatining rivojlanishi ikki bosqichda bo‘ldi [2].

Birinchi bosqichda marifatparvarlikdan boshlangan.Bu harakat 1917-yilga kelib

o‘zining ikkinchi bosqichida siyosiy ko‘rinishagi harakatga aylandi.Turkiston jadidchilik

harakatining namoyondalari jaholar, bilimsizlik, madaniyatsizlikni qoralaganlar. Jadidlar

ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga
yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishga g’oyal

arini

ilgari

surdi. Ularning sa’y

-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda

o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablag’lar yig’ildi.

1917-yilga kelib Turkiston

jadidchiligi siyosiy harakatga ayalandi.

Jadid

so‘zining ma’nosi ‘’yangi’’ degan ma’noni

anglatadi. Bu atama, ayniqa, XX asr boshlarida Turkiston hududida yangi maktablar

ochish, ta’limni isloh qilish va milliy uyg’onish harakatini boshlagan ziyolilar uchun
qo‘llanilgan. Jadidchilik harakati, jamiyatni isloh qilish, mad

aniy qoloqlik va xurofotdan

xalos bo‘lish, xalqni zamonaviy taraqqiyotga olib chiqish va milliy davlatchilik asoslarini
yaratishni maqsad qilgan. Demak «jadid» so‘zi nafaqat «yangi» ma’nosini, balki yangi

tafakkur, yangi avlod va yangilanish tarafdori dega

n ma’nolarni ham qamrab oladi.

IX

–XII asrlarda Islom diniga e’tiqod qilinadigan qilinadigan mamlakatlarda, jumladan,

Markaziy Osiyoda tarqaladi.

1. Tarixiy-tahliliy usul Samarqandda 1917

1921-

yillar orasida ta’limdagi

o‘zgarishlar tarixiy ketma

-ketlik asosida tahlil qilindi. Oktyabr inqilobi va Sovet

siyosatining mahalliy madrasalarga ta’siri bosqichma

-bosqich ochib beriladi.

2. Tadqiqot usularining natijasida jadid

maktablari va an’anaviy madrasalarning

o‘qitish uslublari, fan dasturlari, jamiyatdagi roli

solishtirildi. Misol uchun: madrasa faqat

diniy fanlarga urg‘u bergan bo‘lsa, jadid maktablari matematika, tarix, geografiya, kimyo

kabi fanlarni ham joriy qilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

188

3.

Sotsiologik yondashuv usuliga kelsak bu nafaqat ta’lim o‘zgarishlari va

maktablarni, bal

ki butun jamiyat tuzilmasini, yosh avlod ongini o‘zgartirgani

ko‘rib

chiqildi. Diniy qarashlardan dunyoviy tafakkurga o‘tish –

bu jamiyatning tubdan

o‘zgarishidir.

4.

G‘oyaviy yondashuv tadqiqot usulida nafaqat jadidchilik harakati va Sovet

mafkurasi o‘rtasidagi qarama

-

qarshilik, ularning ta’lim siyosatidagi aks sadosi o‘rganildi.

Jadidlar ijtimoiy uyg‘onish, Sovetlar esa mafkuraviy idoraning kuchayishini ko‘zlagan

edilar.

MUHOKAMA

1917

1921-

yillar oralig‘i Samarqandda ta’lim tizimi uchun burilish davri bo‘ldi. Bu

davrda jadidchilik harakati orqali boshlangan islohotlar Sovetlar siyosati bilan to‘qnash
keldi. Jadidlar xalqni ilmga, taraqqiyotga yetaklashni maqsad qilgan bo‘lsa, Sovet
hokimiyati diniy ta’limni tugatib, dunyoviy

-mafkuraviy tizimni joriy etdi. Bu ikki

yondashuvning ziddiyati ta’lim tizimining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.Madrasa
ta’limi asta

-

sekin inqirozga yuz tutdi, o‘rnini yangi usuldagi maktablar egalladi. Bu holat

yosh avlodning tafakkurida burilish yasab, ilm-fan, texnik

a va rus tiliga bo‘lgan qiziqishni

kuchaytirdi. Ayni paytda, qadimiy ilmiy merosning yo‘qotilishi, kutubxonalar va diniy
manbalarni yo‘q qilish katta tarixiy yo‘qotish bo‘ldi.Shunga qaramay, Samarqanddagi
qadimiy madrasalarning binolari hanuzgacha me’moriy

yodgorlik sifatida qad rostlab

turibdi. Bu esa ta’lim tarixidagi uzviylikni, o‘tmish va bugunning bog‘liqligini anglatadi.

1917

1921-

yillardagi o‘zgarishlar bugungi O‘zbekiston ta’lim tizimi shakllanishining

asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib qoldi.

NATIJALAR

Islohotlar natijasida Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga

oshirishni taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan parlament orqali erishishni
mo‘ljallangan edilar. 1917

-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik

nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, “

Rusiyada

bosh ko‘targan yangi

bir bola-bolshevik balosi

kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbek xalqining

boshqa bir fidoyi farzand

Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan

Haq olinur, berilmas

shiori butun millatning jangovar chaqirig’iga aylanadi.

1917

1921-yillarda Sovet hukumati

diniy ta’limni zaiflashtirish yo‘lida qator chora

-

tadbirlar ko‘rdi. 1918

-

yilda vaqflar madrasalarni moliyalashtiruvchi mablag’ manbalari

tugatildi. Bu madrasalarning moddiy jihatdan inqirozga yuz tutishiga olib keldi [3].
1920-yillarga kelib esa diniy ta

’lim butunlay yopilish arafasiga kelib qoldi.

Samarqanddagi ayrim madrasalar yopildi ayrimlari esa boshqa maqsadlar uchun qayta
qurildi. 1921-

yilga kelib Samarqanddagi ko‘plab madrasalar faoliyatini butunlay to‘xtatdi.

Ularning o‘rnini sovet maktablari, texnikumlar, ishchilar fakultetlari “rabfaklar

-bu atama

Sovet davridagi maxsus ta’lim muassasasini bildiradi”

egallay boshladi. Ba’zi madrasalar

davlat arxivlariga kutubxonalarga yoki boshqa maqsadlarda ishlatiladigan binolarga
aylantirildi. Madrasalardagi d

iniy meros, kutubxonalar, qo‘lyozmalar tarqatib yuborildi

yoki yo‘q qilindi. Bu davrda o‘qituvchilar va yosh avlodning fikrlash tarzida sezilarli
o‘zgarish yuz berdi. Endi bilim olish, ilm

-

fan, texnika, til o‘rganish asosiy qadriyatlarga

aylana boshladi. Diniy bilimlar ikkinchi darajaga tushib qoldi, bu esa butun bir tarixiy
davrning yakunlanishini anglatardi. 1917

1921-

yillar Samarqand ta’lim tizimi uchun

burilish davri bo‘ldi. An’anaviy madrasa ta’limining inqirozi, jadidchilik harakatining

kuchayishi, So

vet siyosatining kuchli bosimi ostida yangi ta’lim shakllarining paydo


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

189

bo‘lishi bu davrni tarixda alohida o‘rinli qiladi. Madrasalarning o‘rnini zamonaviy

bilimimga asoslangan maktablar egalladi. Shu bilan birga bu davrda yuz bergan islohotlar
va ziddiyatl

ar hozirgi o‘zbek ta’lim tizimining shakllanishida chuqur iz qoldirdi.

Samarqanddagi tarixiy madrasalar bugun ham me’moriy yodgorlik sifatida qad rostlab

turibdi, ammo ularning ilmiy-

ma’naviy faoliyatida o‘rnini yangicha mazmunga ega

bo‘lgan zamonaviy ta’lim muassasalari egallagan. Bu esa o‘tmish va bugun o‘rtasidagi

tarixiy uzviylikni anglatadi.

XULOSA

1917-

yil to‘ntarishdan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy

-siyosiy,

iqtisodiy, ma’naviy–mafkuraviy va xalq maorifi sohasida keskin o‘zgarish

yuz berdi.

Turkiston o‘lkasida milliy demokratik vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar
tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog‘ini yaratish, maktab

-maorif

borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar surildi. Bu

davrda milliy ziyolilar keng tus oldi, jumladan; jadidchi ziyolilar Mahmudxo‘ja
Behbudiy,Munavvar Qori, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza va

boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi

maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko‘rsatdilar.

1917-yil

fevraldan oktyabr orasida Turkistonning yirik shaharlarida turli tillardan dars
beriladigan xususiy maktablar ochildi. Bu davr ijtimoiy-madaniy hayotidagi kuchlar

o‘rtasida yuz berayotgan sinfiy kurashning murakkabligi maktab

-maorif masalalarida

ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ular XIX asrning II yarmida maydonga kelgan ma’rifatchilik
harakatining merosxo‘rlari sifatida butun o‘lkada katta obro‘ga ega bo‘lib, Rus,
Ozarbayjon, Tatar va boshqa qardosh xalq pedagoglarning ta’lim

-tarbiya haqida fikrlarini

hamda darsliklarini o‘rganib o‘lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko‘rsatdilar.

Turkistonda ochilgan r

us va tatar muallimlari boshchilik qilgan o‘tgan o‘zbek

maktablarida qo‘llangan usullardan foydalanib o‘zlari tashkil qilgan maktablarda uzoq

vaqt davom etgan

“hijo” usuli o‘rniga “usuli savtiya”da ta’limni tashkil qildilar va

darsliklar yaratdilar. Ammo 1917-yilgi Fevral va Oktyabr inqiloblari natijasida

o‘rnatilgan sovet hokimiyati diniy ta’lim tizimini “reaksion” deb e’tirof etdi. Davlat diniy

muassasalariga bosimini kuchaytirdi, ularning faoliyatini chekladi va oxir-oqibatda ularni
yopishga kirishdi. Samarqanddagi qadimiy madrasalar ham bu taqdirdan mustasno

bo‘lmadi. Sovetlarning madaniy siyosati asosida dunyoviy ta’lim tizimi joriy qilindi, rus
tilida dars o‘tiladigan maktablar ochildi va diniy fanlar o‘quv dasturidan chiqarib

yuborildi. Shu tariqa 1917

1921-

yillar davomida Samarqanddagi madrasa ta’limi

bosqichma-

bosqich o‘z faoliyatini yo‘qotdi. Dastlab jadidchilik islohotlari orqali

zamonaviylashishga intilgan madrasalar sovet siyosati ta’sirida butunlay yopildi.

Natijada, Samarqandda diniy asosdagi a

n’anaviy ta’lim tizimi o‘rnini dunyoviy ta’lim

egalladi.

Bu jarayon butun O‘zbekiston tarixida, ayniqsa ta’lim va madaniyat sohalarida

katta iz qoldirdi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch, Toshkent: Ma’

naviyat, 2008.

180 b.Islom Karimovning ushbu asarida milliy ma’naviyat, qadriyatlar va madaniy
merosning ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan. Bu g‘oyalar jadidchilik harakati va ta’lim
islohotlarini sharhlashda muhim bo‘ldi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

190

2. K.Kattaev. Samarqandnoma

Toshkent: Mashhur-press, 2017.

306

b.Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi yoritilgan. Madrasalar va ularning

roli haqida muhim tarixiy ma’lumotlar keltirilgan.

3. Samarqand tarixi

I.M.Muminov, V.A.Abdullayev va boshq., Toshkent: Fan,

197x y.

484 b Samarqand tarixiga oid fundamental tadqiqot bo‘lib, unda 1917–

1921-

yillardagi ijtimoiy-

siyosiy o‘zgarishlar ham yoritilgan.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 180 b.Islom Karimovning ushbu asarida milliy ma’naviyat, qadriyatlar va madaniy merosning ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan. Bu g‘oyalar jadidchilik harakati va ta’lim islohotlarini sharhlashda muhim bo‘ldi.

K.Kattaev. Samarqandnoma – Toshkent: Mashhur-press, 2017. – 306 b.Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi yoritilgan. Madrasalar va ularning roli haqida muhim tarixiy ma’lumotlar keltirilgan.

Samarqand tarixi – I.M.Muminov, V.A.Abdullayev va boshq., Toshkent: Fan, 197x y. – 484 b Samarqand tarixiga oid fundamental tadqiqot bo‘lib, unda 1917–1921-yillardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar ham yoritilgan.