Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The necessity and place of the institution of inheritance of
absolute rights in civil law
Charos BARNOEVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article provides an in-depth analysis of the institution of
inheritance of absolute rights in the Republic of Uzbekistan. The
study highlights the role, legal foundations, and significance of
this institution within the civil law system. Additionally, the
characteristics associated with the transfer of property rights to
intellectual
property
inherited
through
testamentary
disposition have been thoroughly examined. The author,
drawing upon the Civil Code of Uzbekistan and other regulatory
legal acts, illustrates the current state of affairs in this domain.
Concurrently, the article identifies gaps and inconsistencies in
existing legislation, particularly issues arising in the inheritance
of digital assets (cryptocurrencies, NFTs) and intellectual
property rights. According to the research findings, the
institution of inheritance of absolute rights plays a crucial role
in safeguarding the inviolability of property rights, ensuring
economic stability, and maintaining continuity between
generations. The article concludes by offering proposals for
improving legislation based on international standards, making
this research potentially valuable for field specialists, legal
professionals, and students.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp636-643
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
absolute rights,
inheritance law,
testament,
intellectual property,
digital assets,
civil code,
legal foundations.
Fuqarolik huquqida mutlaq huquqlarning meros boʻlib
oʻtishi institutining zarurati va oʻrni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mutlaq huquqlar,
meros huquqi,
vasiyatnoma,
intellektual mulk,
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mutlaq
huquqlarning meros bo‘lib o‘tishi instituti chuqur tahlil
qilingan. Tadqiqotda ushbu institutning fuqarolik huquqi
tizimidagi o‘rni, huquqiy asoslari va ahamiyati
yoritilgan.
1
Master degree student, Tashkent State University of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
637
raqamli aktivlar,
fuqarolik kodeksi,
huquqiy asoslar.
Shuningdek, vasiyatnoma asosida merosga qoldiriladigan
intellektual mulkka oid mulkiy huquqlarning o‘tishi bilan
bog‘liq xususiyatlar atroflicha o‘rganilgan. Muallif O‘zbekiston
Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga
asoslani
b, bu sohadagi hozirgi holatni ko‘rsatib bergan. Shu
bilan birga, maqolada mavjud qonunchilikdagi bo‘shliqlar va
nomuvofiqliklar, xususan, raqamli aktivlar (kriptovalyutalar,
NFT) va intellektual mulk huquqlarining meros bo‘lib o‘tishi
masalasida yuzaga kelayotgan muammolar aniqlangan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mutlaq huquqlarning meros bo‘lib
o‘tishi instituti mulk huquqi daxlsizligini, iqtisodiy barqarorlikni
va avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Maqola yakunida qonunchili
kni xalqaro standartlar
asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bu
tadqiqot soha mutaxassislari, huquqshunoslar va talabalar
uchun foydali bo‘lishi mumkin
.
Необходимость и место института наследования
абсолютных прав в гражданском праве
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
абсолютные права,
наследственное право,
завещание,
интеллектуальная
собственность,
цифровые активы,
гражданский кодекс,
правовые основы
.
В данной статье проведен глубокий анализ института
наследования исключительных прав в Республике
Узбекистан. В исследовании освещены место, правовые
основы и значение данного института в системе
гражданского права. Также детально изучены особенности,
связанные с переходом имущественных прав на
интеллектуальную
собственность,
наследуемую
по
завещанию. Автор, опираясь на Гражданский кодекс
Узбекистана и другие нормативно
-
правовые акты,
представил текущую ситуацию в этой сфере. Вместе с тем,
в статье выявлены пробелы и несоответствия в
действующем законодательстве, в частности, проблемы,
возникающие при наследовании цифровых активов
(криптовалют,
NFT)
и
прав
интеллектуальной
собственности. Согласно результатам исследования,
институт наследования исключительных прав играет
важную роль в обеспечении неприкосновенности права
собственности,
экономической
стабильности
и
преемственности между поколениями. В заключение
статьи представлены предложения по совершенствованию
законодательства на основе международных стандартов.
Данное исследование может быть полезным для
специалистов в этой области, юристов и студентов
.
Mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi instituti fuqarolik huquqining eng muhim
va murakkab sohalaridan biri hisoblanadi. Bu institut mulk huquqi, intellektual mulk
huquqlari, shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi turli xil mutlaq huquqlarning bir shaxsdan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
638
boshqasiga oʻtishini tartibga soladi. Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotining
rivojlanishi, xususiy mulk huquqining kengayishi, fuqarolarning mulkiy va nomulkiy
huquqlari hajmining oshishi bilan mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi masalalari
yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida meros huquqi sohasidagi
munosabatlar asosan Fuqarol
ik kodeksi, «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonun va boshqa qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi. Biroq, mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishiga oid
ayrim muhim masalalar hali etarlicha tartibga solinmagan. Ayniqsa, vasiyatnoma asosida
mutlaq huquqlarning
oʻtishi masalasi alohida e'tiborni talab qiladi
[1].
Ushbu tadqiqotning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida mutlaq huquqlarning
meros boʻlib oʻtishi institutining huquqiy asoslarini, uning zarurati va oʻrnini aniqlash,
shuningdek, vasiyatnoma asosida
mutlaq huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq
xususiyatlarni oʻrganishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1112
-
moddasiga koʻra, «Meros —
bu meros qoldiruvchining vafotidan soʻng uning mol
-mulki (merosi) boshqa shaxslarga
(merosxoʻrlarga)
qonun boʻyicha yoki vasiyatnoma boʻyicha oʻtishidir». Mazkur normaga
koʻra, meros tarkibiga meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan barcha huquq va
majburiyatlar kiradi, faqat meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq
boʻlgan huquq va majburiyatlar (aliment olish huquqi, hayot va sogʻliqqa etkazilgan zarar
uchun tovon undirish huquqi va b.) bundan mustasno[2].
Oʻzbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi
Qonunining 32-
moddasiga koʻra, mualliflik huquqi va turdo
sh huquqlardan kelib
chiqadigan mulkiy huquqlar vorislik tartibida oʻtadi. Shu bilan birga, muallifning shaxsiy
nomulkiy huquqlari (asarning muallifi sifatida tan olinish huquqi, asarga nomlanish
berish huquqi va boshqalar) meros boʻlib oʻtmaydi, balki che
ksiz muddatga himoya
qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
toʻgʻrisida»gi Qonunining 6
-moddasiga muvofiq, patent egasining huquqlari vorislik
tartibida oʻtishi mumkin. Patent egasi oʻz huquqlarini boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman
oʻtkazish huquqiga ega
[3].
Fuqarolik kodeksining 1120-moddasiga muvofiq, vasiyatnoma
—
bu fuqaroning
oʻz mol
-
mulkini yoki uning bir qismini boshqa bir yoki bir necha shaxsga (qonun boʻyicha
merosxoʻrlar doirasiga kiradigan yoki kirm
aydigan), shuningdek yuridik shaxslarga,
davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qoldirish haqidagi oʻz
xohish-irodasini ifodalovchi bir tomonlama bitimdir.
Vasiyatnoma asosida mutlaq huquqlarning oʻtishi quyidagi xususiyatlarga ega.
Jumladan, mutlaq huquqlarning egasi bu huquqlarni barcha uchinchi shaxslarga nisbatan
amalga oshirish imkoniyatiga ega. Vasiyatnoma asosida meros qilib olingan mulk huquqi,
servitut huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi va boshqa mutlaq huquqlar ham shunday mu
tlaq
xususiyatni saqlab qoladi.
Fuqarolik kodeksining 164-182-
moddalariga muvofiq, mulk huquqi merosxoʻrga
meros ochilgan paytdan (meros qoldiruvchi vafot etgan kundan) boshlab oʻtadi. Biroq,
merosxoʻr mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishi lozim, agar bu qonun talabi boʻlsa
(masalan, koʻchmas mulk boʻyicha). shu bilan birga Fuqarolik kodeksining 173
-177-
moddalarida koʻrsatilgan servitut kabi cheklangan mutlaq huquqlar ham vasiyatnoma
asosida meros boʻlib oʻtishi mumkin. Biroq, xoʻjalik yuritish va ope
rativ boshqarish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
639
huquqlarining meros boʻlib oʻtishi Fuqarolik kodeksining 178
-179-
moddalariga koʻra
cheklangan.
Mulkiy kompleks sifatida korxonaning meros boʻlib oʻtishi Fuqarolik kodeksining
85-
moddasiga asosan tartibga solinga boʻlib, unga muvofiq, korx
ona mulkiy kompleks
sifatida koʻchmas mulk hisoblanadi va vasiyatnoma asosida meros boʻlib oʻtishi mumkin.
Bunda korxonaga kiruvchi barcha mulk, huquqlar va majburiyatlar birgalikda oʻtadi.
Xususan, qishloq xoʻjaligi
Yer uchastka
lariga boʻlgan huquqlarning
oʻtishi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Yer kodeksi
ga muvofiq, qishloq xoʻjaligi
Yer uchastkalariga
boʻlgan huquqlarning oʻtishi alohida tartibga solingan. Vasiyatnoma asosida meros qilib
olingan Yer uchastka
sidan faqat qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydal
anilishi lozim, aks
holda ushbu huquq bekor qilinishi mumkin. Oʻz navbatida uy
-joy fondidagi xonadonlarga
boʻlgan mulk huquqining oʻtishi Oʻzbekiston Respublikasining uy
-joy kodeksining tegishli
normalariga muvofiq, vasiyatnoma asosida uy-joy fondidagi xon
adonlarga boʻlgan mulk
huquqining oʻtishi ham alohida xususiyatlarga ega
[4].
Mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi instituti Oʻzbekiston Respublikasi
fuqarolik huquqi tizimida muhim oʻrin tutadi va mutlaq huquqlarning bir shaxsdan
boshqasiga oʻtishini tartibga solish; merosxoʻrlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish; meros qoldiruvchining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirish; mulk
huquqining daxlsizligini ta'minlash, jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni qoʻllab
-quvvatlash
kabi vazifalarni bajaradi.
Mutlaq huquqlar turlaridan biri sifatida alohida mustaqillik va xususiyatga ega
boʻlgan –
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning (mutlaq
huquqlarning) meros boʻlib oʻtishining oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Intellektual mul
k
huquqlarining meros boʻlib oʻtishi jarayoni hamda xususiyatlari Oʻzbekiston
Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonuni, «Ixtirolar,
foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi Qonuni, «Tovar belgilari, xizmat
k
oʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida»gi Qonuni, «Seleksiya
yutuqlari toʻgʻrisida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mazkur
qonun hujjatlariga muvofiq, intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
(mutlaq huquqlar) meros boʻlib oʻtishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 1033-moddasiga asosan, intellektual faoliyat natijalariga,
xususan fan, adabiyot va san'at asarlariga, ijrochilik faoliyati natijalariga,
fonogrammalarga, efir yoki kabel orqali k
oʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilotlarning koʻrsatuvlarini yoki eshittirishlarini uzatishga, ixtirolarga, foydali
modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, integral mikrosxemalar
topologiyalariga, ma'lumotlar bazalariga, oshkor etilmagan axborotga, shu jumladan,
ishlab chiqarish sirlariga (nou-
xau), tovar belgilariga, xizmat koʻrsatish belgilariga va
tovar kelib chiqqan joy nomlariga hamda yuridik shaxsning firma nomiga mutlaq
huquqlar fuqarolik muomalasida qatnashadi.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning (mutlaq
huquqlarning) meros boʻlib oʻtishi qator xos xususiyatlarga ega. Xususan, intellektual
mulk obyekt
lariga nisbatan huquqlar ikki guruhga boʻlinadi: shaxsiy nomulkiy huquqlar
va mulkiy huquqlar (mutlaq huquqlar). Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari
(mualliflik huquqi, asarga nomlanish berish huquqi, muallif nomi huquqi, asarning
daxlsizligi huquqi, asarni e'lon qilish huquqi va hokazo) meros boʻlib oʻtmaydi va cheksiz
muddatga himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi Qonunning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
640
19 va 32-moddalariga muvofiq, muallif vafot etganidan keyin uning shaxsiy nomulkiy
huquqlari muallifning avvalgi istaklarini ifodalagan shaxs tomonidan, bunday shaxs
boʻlmagan taqdirda muallifning merosxoʻrlari tomonidan, merosxoʻrlar boʻlmaganda yoki
muallifning mulkiy huquqlarining muddati tugaganda esa, vakolatli davlat organi
tomonidan muhofaza qilinadi[5].
Mulkiy huquqlar, ya'ni mutlaq huquqlar (asardan foydalanish va bunda boshqa
shaxslarga
ruxsat berish yoki ularga taqiqlash huquqi) meros boʻlib oʻtadi. Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi Qonunning 32
-moddasiga asosan, mulkiy
huquqlar vorislik tartibida, shartnoma boʻyicha yoki boshqa qonuniy asoslarda oʻtadi.
Mulkiy huquqlar qonunda belgilangan muddat davomida amal qiladi, chunonchi:
adabiyot, san'at va fan asarlariga boʻlgan mualliflik huquqidan kelib chiqadigan
mulkiy huquqlar muallif vafotidan keyin 70 yil;
ijrochining ijroga boʻlgan huquqlari ijro etilgan vaqtdan boshlab
50 yil;
fonogramma tayyorlovchining huquqlari fonogramma birinchi marta e'lon qilingan
vaqtdan boshlab 50 yil;
efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari
shunday koʻrsatuv yoki eshittirish birinchi marta efirga uzat
ilgan vaqtdan boshlab 50 yil.
Patent bilan himoyalanadigan intellektual mulk obyektlariga (ixtirolar, foydali
modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari) mutlaq huquqlarning meros boʻlib
oʻtishi alohida xususiyatlarga ega
[6]
. Oʻzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi Qonunining 6, 11 va 12
-moddalariga
muvofiq, patent egasi boʻlish huquqi, patentni olish huquqi va patentdan kelib chiqadigan
huquqlar vorislik tartibida yoki shartnoma boʻyicha oʻtkazilishi mumkin. Meros boʻlib
oʻtish vaqtida patentning amal qilish muddati saqlanib qoladi:
ixtiroga patent
–
ariza berilgan sanadan boshlab 20 yil;
foydali modelga patent
–
ariza berilgan sanadan boshlab 5 yil;
sanoat namunasiga patent
–
ariza berilgan sanadan boshlab 10 yil.
Patent boʻyicha huquqlarning meros boʻlib oʻtishi holatlarida merosxoʻr patent
egasi sifatida Intellektual mulk agentligida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Oʻzbekiston
Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 30 sentyabrdagi «Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalariga doir huquqiy muhofaza hujjatlarini rasmiylashtirish,
ularni hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida»gi 19
-IH-
son buyrugʻiga asosan, patent egasi vafot etgan holatda, merosxoʻr
meros h
uquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etgan holda
patent egasi sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga
boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Oʻzbekiston
Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy
nomlari toʻgʻrisida»gi Qonunining 26
-
moddasiga muvofiq, tovar belgisiga boʻlgan
huquqlar, shu jumladan tovar belgisiga roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma
olish huquqi ham, yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning huquqiy vorisiga,
shuningdek, shartnoma boʻyicha yoki vorislik tartibida boshqa jismoniy shaxsga
oʻtkazilishi mumkin. Tovar belgisining amal qilish m
uddati 10 yilni tashkil etadi, u
cheksiz marta 10 yilga uzaytirilishi mumkin va bu muddat merosxoʻr uchun ham saqlanib
qoladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
641
Ishlab chiqarish sirlari (nou-xau)ga
boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi
alohida muammolarni yuzaga keltiradi. Fuqarolik kodeksining 98-moddasiga muvofiq,
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-
xau) oʻziga xos
mutlaq huquqlar obyekti hisoblanadi. Ishlab ch
iqarish sirlari meros boʻlib oʻtishi
mumkin, biroq ularning maxfiyligi saqlanishini ta'minlash muammosi mavjud. Ushbu
turdagi mutlaq huquqlarni meros qilib olgan merosxoʻrning asosiy vazifasi –
ushbu
sirlarning maxfiyligini saqlash va ularning ruxsatsiz fo
ydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikdan
iborat.
Firma nomiga boʻlgan huquq. Fuqarolik kodeksining 1099
-moddasiga muvofiq,
yuridik shaxsning tijorat nomi (firma nomi)dan foydalanish huquqi uning tarkibiy
qismlaridan biri sifatida korxona mol-
mulkini oʻtkazish hol
larini istisno etganda, boshqa
shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Firma nomi yuridik shaxsning oʻzi bilan bogʻliq
boʻlib, alohida huquq sifatida meros boʻlib oʻtmaydi, biroq korxona mulkiy kompleks
sifatida meros boʻlib oʻtgan holatlarda, firma nomidan foydalanish huquqi ham oʻtishi
mumkin.
Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan huquqlarning meros
bo‘lib o‘tishi. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunning 7
-moddasiga
muvofiq, kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari
mualliflik huquqi obyektlari
hisoblanadi va ularga bo‘lgan mulkiy huquqlar meros bo‘lib o‘tishi mumkin. Kompyuter
dasturlariga bo‘lgan huquqlarni meros qilib olgan shaxs ushbu dasturlardan foydalanish,
ularni ko‘paytirish, tarqatish va modifikatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi. Ma’lumotlar
bazalariga nisbatan huquqlar meros bo‘lib o‘tganda, merosxo‘r ma’lumotlar bazasidan
foydalanish va undan foydalanishga ruxsat berish huquqini qo‘lga kiritadi
[7].
Mutlaq huquqlarni asl nusxalari va hujjatlarining meros boʻlib oʻtishi. Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi Qonunning 19
-moddasiga muvofiq, asarlarning
asl nusxalari yoki nusxalari (qoʻlyozmalar, rasmlar, matnlar, kartinalar, haykallar va
boshqalar) mulk huquqi obyektlari hisoblanib, ular mutlaq huquqlardan mustaqil
ravishda meros boʻlib oʻtadi. Shuningdek, patentlar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar
ham meros tarkibiga kiradi va merosxoʻrlarga oʻtadi. Bunda mulk huquqining oʻtishi bilan
birga, mutlaq huquqlar ham merosxoʻrlarga oʻtadi, agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
Birgalikdagi egalikdagi mutlaq
huquqlarning meros boʻlib oʻtishi. Mualliflik huquqi
obyektlari, ixtirolar, foydali modellar va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan
huquqlar ikki yoki undan ortiq shaxslarga tegishli boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda,
hammualliflardan yoki hampatent egalaridan birining vafot etishi holatida, uning
ulushiga tegishli mutlaq huquqlar uning merosxoʻrlariga oʻtadi. Bunda merosxoʻrlar
hammualliflar yoki hampatent egalari bilan birgalikda intellektual mulk obyektidan
foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
Chet el davlatlarida himoyalanadigan mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi.
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar hududiy xususiyatga ega boʻlib, ular
himoya qilinadigan har bir davlatning qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Shu bois,
che
t el davlatlarida himoyalanadigan mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi tegishli
davlatlarning qonunchiligi va Oʻzbekiston ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar asosida
amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1197
-moddasiga
muvofiq, vorislik huquqiy munosabatlari, agar Fuqarolik kodeksida yoki xalqaro
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
642
shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, meros qoldiruvchi doimiy yashab
turgan joydagi mamlakatning huquqi boʻyicha tartibga solinadi.
Yangi innovasion obyektlarga, jumladan, raqamli aktivlarga (kriptovalyutalar, NFT
tokenlar, blokcheyn texnologiyalari) boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi.
Oʻzbekiston Respublikasining «Blokcheyn texnologiyalari va kriptoaktivlar sohasidagi
ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunining
qabul qilinishi munosabati bilan bunday aktivlarga boʻlgan huquqlarning meros boʻlib
oʻtishi masalalari tobora dolzarb boʻlib bormoqda
[8]
. Kriptovalyutalarga boʻlgan
huquqlar meros tarkibiga kiradi, biroq mero
sxoʻrlar uchun asosiy muammo –
raqamli
hamyonlarga, shaxsiy kalitlarga va raqamli aktivlarga kirish imkoniyatini olish
hisoblanadi. Shu bois, raqamli aktivlarni saqlovchilarga vasiyatnoma tuzishda oʻz raqamli
aktivlariga kirish imkoniyatini ta'minlovchi ma'lumotlarni (shaxsiy kalitlarni, parollarni)
oʻz vasiyatnomalarida koʻrsatish tavsiya etiladi.
Tadqiqotimiz jarayonida Oʻzbekiston Respublikasida
mutlaq huquqlarning meros
boʻlib oʻtishi instituti ma'lum darajada rivojlangan boʻlsa
-da, quyidagi muammo va
kamchiliklar mavjudligi aniqlandi:
1.
Qonunchilik bazasidagi boʻshliqlar va nomuvofiqliklar. Oʻzbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi bilan
bogʻliq ayrim masalalar etarli darajada tartibga solinmagan.
Xususan:
a) Fuqarolik kodeksining meros huquqiga bagʻishlangan V boʻlimida intellektual
mulk obyekt
lariga boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi masalasi alohida
koʻrsatilmagan, bu huquqlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan maxsus
normalar belgilanmagan.
b) Intellektual mulk toʻgʻrisidagi maxsus qonunlarda (mualliflik huquqi, patent
huquqi, tovar belgilari toʻgʻrisidagi) meros masalalariga bagʻishlangan normalar
nihoyatda qisqa va umumiy xarakterga ega, ularda meros boʻlib oʻtish tartibi batafsil
ifodalanmagan.
v) Raqamli aktivlarga (kriptovalyutalar, NFT tokenlar, onlayn akkauntlar, elektron
hamyonlar) boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi masalasi amaldagi qonunchilikda
umuman tartibga solinmagan.
2.
Mutlaq
huquqlarning
meros
boʻlib
oʻtishi
mexani
zmlarining
nomukammalligi:
a) Intellektual mulk agentligida va boshqa maxsus organlarda mutlaq
huquqlarning merosxoʻrlarga oʻtishini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi murakkab va uzoq
muddatli
Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, mutlaq
huquqlarning meros
boʻlib oʻtishi instituti Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining muhim
institutlaridan biri hisoblanadi[9]. Ushbu institutning mavjudligi va rivojlanishi mulk
huquqining vorisiyligini, iqtisodiy munosabatlarning uzluksizligini hamda fuqarolarning
mulkiy huquqlari va manfaatlarining himoyasini ta'minlaydi.
Shu bilan birga, tadqiqot davomida aniqlangan muammolar va boʻshliqlar mavjud
qonunchilikni takomillashtirish zarurligini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, raqamli aktivlarga
boʻlgan huquqlar,
intellektual mulk huquqlari va xalqaro munosabatlarda mutlaq
huquqlarning meros boʻlib oʻtishi masalalari yanada chuqurroq tartibga solinishini talab
qilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
643
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.
Mutlaq huquqlarning meros boʻlib
oʻtishi instituti Oʻzbekiston Respublikasi
fuqarolik huquqining muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Ushbu institut mulk huquqi,
intellektual mulk huquqlari, shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi turli xil mutlaq
huquqlarning bir shaxsdan boshqasiga oʻtishini
tartibga soladi.
2.
Mutlaq huquqlarning vasiyatnoma asosida oʻtishi Oʻzbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi, «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadi. Mutlaq huquqlar asosan mutlaq huquqlar hisoblanib, ularning meros
boʻlib oʻtishi jarayonida bu xususiyatlar saqlanib qoladi va vasiyatnoma asosida
merosxoʻrga oʻtadi.
3.
Mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi nafaqat mulk huquqining
daxlsizligini ta'minlaydi, balki jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni saqlash, oila institutini
qoʻllab
-
quvvatlash va avlodlar oʻrtasidagi vorisiylikni ta'minlashda ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
4.
Raqamlashtirish va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida
yangi turdagi mutlaq huquqlarning (raqamli aktivlar, kriptovalyutalar, virtual mulk)
meros boʻlib oʻtishi masalalari alohida e'tiborni talab qiladi va bu sohada qonunchilikni
takomillashtirish zarur.
5.
Oʻzbekiston Respublikasining meros huquqi sohasidagi qonunchiligi xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirilishi, xususan, Gaaga konvensiyalari, Yevropa Ittifoqining
tegishli reglamentlari va rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasi asosida
takomillashtirilishi maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishi institutining Oʻzbekiston
Respu
blikasi fuqarolik huquqi tizimidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu institut
fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy munosabatlarning
barqarorligini ta'minlash va huquqiy tizimning samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. –
T.: Adolat, 2022.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. –
T.: Adolat, 2022.
3.
Oʻzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari toʻgʻrisida»gi Qonuni. 29.08.2002 y. № 397
-II.
4.
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi. –
T.: Adolat, 2021.
5.
Oʻzbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
toʻgʻrisida»gi Qonuni. 20.07.2006 y. № OʻRQ
-42.
6.
Azimov M.K. Mutlaq huquqlarning fuqarolik-huquqiy muhofazasi.
–
Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
–
224 b.
7.
Azimov M.K. Tovar be
lgilariga boʻlgan huquqlarning meros boʻlib oʻtishi
yuzasidan sud amaliyoti // Oʻzbekiston sud axborotnomasi. –
2022.
–
№ 1. –
B. 28-36.
8.
Babaev D.I. Mutlaq huquqlarni meros qilib olishning oʻziga xos xususiyatlari
// Yuridik fanlar axborotnomasi.
–
2021.
–
№ 2. –
B. 67-75.
9.
Joʻraev Sh.Yu. Mutlaq huquqlarning meros boʻlib oʻtishini tartibga solishning
xalqaro-huquqiy asoslari // Yurist axborotnomasi.
–
2022.
–
№ 4. –
B. 55-63.
