Авторы

  • Юнус Журакулов
    Самостоятельный соискатель, Научно-исследовательский институт физической культуры и спорта

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp203-209

Ключевые слова:

волейбол технико-тактическая подготовка приём мяча передача нападающий удар блок подача игровые упражнения тактическое мышление метод повторения вариативные упражнения физическая подготовка анализ игры командное взаимодействие

Аннотация

В статье раскрыты содержание, значение и эффективная методика развития технико-тактической подготовки в волейболе. Рассмотрены основные элементы технической подготовки: приём мяча, передача, нападающий удар, постановка блока и виды подач, а также способы их применения в игровом процессе. Показана роль тактической подготовки в принятии решений в игровых ситуациях, выявлении сильных и слабых сторон соперника и организации командного взаимодействия. Описаны этапы развития технико-тактических навыков и эффективные методы тренировочного процесса, в том числе: метод повторения, игровые упражнения, аналитическое обучение и вариативные упражнения. Особое внимание уделено интеграции технико-тактической подготовки с развитием физических качеств, а также критериям оценки мастерства игроков. Результаты исследования имеют практическое значение для тренеров, спортсменов и обучающихся волейболу.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methodology for developing technical and tactical skills in
volleyball

Yunus JURAKULOV

1


Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2025

Received in revised form

15 July 2025
Accepted 25 July 2025

Available online

15 August 2025

This article elucidates the content, significance, and effective

development methodology of technical-tactical training in

volleyball. The main elements of technical training analyzed

include ball reception, passing, spiking, blocking, and serving

techniques, as well as methods for their application during
gameplay. The role of tactical training in decision-making

appropriate to game situations, identifying opponents'

strengths and weaknesses, and establishing team cooperation is

explored. The article outlines the stages of developing technical
and tactical skills, describing effective training methods such as

repetition, game-based exercises, analytical training, and

variable drills. Additionally, scientific and methodological

recommendations are provided on integrating technical-tactical
training with physical fitness development and criteria for

assessing players' skills. The research findings have practical

significance for coaches, athletes, and volleyball students.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp203-209

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

volleyball,

technical-tactical
preparation,

receiving the ball,

passing,

attack hit,

blocking,

serve,

game drills,

tactical thinking,

repetition method,

variable exercises,

physical conditioning,

game analysis,

team cooperation.

Voleybol sport turida texnik-taktik usullarni rivojlantirish
metodikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

voleybol,

texnik-taktik tayyorgarlik,

to‘pni qabul qilish,

uzatish,

hujum zarbasi,

blok qo‘yish,

Ushbu maqolada voleybolda texnik-taktik tayyorgarlikning

mazmuni, ahamiyati va uni samarali rivojlantirish metodikasi

yoritilgan. Texnik tayyorgarlikning asosiy elementlari to‘pni

qabul qilish, uzatish, zarba berish, blok qo‘yish va serve bajarish

turlari

hamda ularni o‘yin jarayonida qo‘llash usullari tahlil

1

Independent Researcher, Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports.

E-mail: juraqulov_yunus@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

204

serve,

o‘yinli mashqlar,

taktik fikrlash,

takrorlash metodi,

variativ mashqlar,

jismoniy tayyorgarlik,

o‘yin tahlili,

jamoaviy hamkorlik.

qilinadi. Taktik tayyorgarlikning o‘yin sharoitiga mos qaror

qabul qilish, raqibning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash,

jamoaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi o‘rni ochib beriladi.

Maqolada texnik-taktik usullarni rivojlantirishning bosqichlari,

mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodlar

takrorlash, o‘yinli mashqlar, tahliliy o‘qitish va variativ

mashqlar usullari bayon qilingan. Shuningdek, texnik-taktik

tayyorgarlikni

jismoniy

sifatlarni

rivojlantirish

bilan

integratsiyalash hamda o‘yinchilar mahoratini nazorat qilish

mezonlari haqida ilmiy-uslubiy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot

natijalari murabbiylar, sportchilar va voleybol bo‘yicha ta’lim

oluvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Методика развития технико

-

тактических приёмов

в волейболе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

волейбол,

технико

-

тактическая

подготовка,

приём мяча,

передача,

нападающий удар,

блок,

подача,

игровые упражнения,

тактическое мышление,

метод повторения,

вариативные упражнения,

физическая подготовка,

анализ игры,

командное

взаимодействие.

В статье раскрыты содержание, значение и эффективная

методика развития технико

-

тактической подготовки в

волейболе. Рассмотрены основные элементы технической

подготовки: приём мяча, передача, нападающий удар,

постановка блока и виды подач, а также способы их

применения в игровом процессе. Показана роль

тактической подготовки в принятии решений в игровых

ситуациях, выявлении сильных и слабых сторон соперника

и организации командного взаимодействия. Описаны

этапы

развития

технико

-

тактических

навыков

и

эффективные методы тренировочного процесса, в том

числе:

метод

повторения,

игровые

упражнения,

аналитическое обучение и вариативные упражнения.

Особое

внимание

уделено

интеграции

технико

-

тактической подготовки с развитием физических качеств, а

также критериям оценки мастерства игроков. Результаты

исследования имеют практическое значение для тренеров,

спортсменов и обучающихся волейболу.

KIRISH

Zamonaviy voleybolda o‘yinning natijasi ko‘p jihatdan sportchilarning texnik

-

taktik tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. O‘yin sur’atining tezlashuvi, milliy va

xalqaro maydonda raqobatning ortishi, shuningdek, texnik usullar xilma-xilligining

ko‘payishi murabbiylardan sportchilar texnik malakalarini ham, taktik fikrlash

qobiliyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan metodikalardan

foydalanishni talab etmoqda. Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishayotgan jamoalar

nafaqat texnik elementlarni mukammal bajarish, balki o‘yin vaziyatlariga tez moslashish,

raqib harakatlarini tahlil qilish va qisqa vaqt ichida optimal qaror qabul qila olish

qobiliyatlari bilan ajralib turadi.

Voleybol zamonaviy sport turlaridan

biri bo‘lib, unda jismoniy tayyorgarlik,

koordinatsiya, tezkor fikrlash va strategik qaror qabul qilish kabi ko‘plab sifatlar

uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda voleybol faqatgina jismoniy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

205

sifatlarni rivojlantirish vositasi emas, balki jamoada ishlash madaniyatini shakllantirish,

irodaviy fazilatlarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning

samarali yo‘llaridan biri sifatida ham ahamiyat kasb etadi.

Yuqori sport natijalariga erishish uchun o‘yinchilar texnik

elementlarni puxta egallash

bilan birga, ularni o‘yin jarayonida maqsadga muvofiq qo‘llashni ham mukammal

o‘zlashtirishlari lozim. Texnik

-taktik tayyorgarlik darajasi jamoaning musobaqalardagi

muvaffaqiyatini bevosita belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, sportchilar

mahoratini oshirish va jamoaviy o‘yinni yuqori darajaga olib chiqishda texnik

-taktik

usullarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga

tatbiq etish murabbiylik jarayonining ajralmas qismiga aylangan.

DOLZARBLIGI

Zamonaviy voleybolda o‘yinning natijasi ko‘p jihatdan sportchilarning texnik

-

taktik tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. O‘yin sur’atining tezlashuvi, milliy va

xalqaro maydonda raqobatning ortishi, shuningdek, texnik usullar xilma-xilligining

ko‘payishi murabbiylardan sportchilar texnik malakalarini ham, taktik fikrlash

qobiliyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan metodikalardan

foydalanishni talab etmoqda. Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishayotgan jamoalar

nafaqat texnik elementlarni mukammal bajarish, balki o‘yin vaziyatlariga tez moslashish,

raqib harakatlarini tahlil qilish va qisqa vaqt ichida optimal qaror qabul qila olish

qobiliyatlari bilan ajralib turadi.

Shu nuqtai nazardan, texnik-taktik usullarni takomillashtirishga qaratilgan

kompleks metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish murabbiylik va o‘quv

-

mashg‘ulot jarayonining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yosh

sportchilarni tayyorlash bosqichida texnik asoslarni puxta shakllantirish, jamoaviy

hamkorlik va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarali tayyorgarlik tizimi sportchilarning individual mahoratini oshirish, jamoaviy

o‘yin uyg‘unligini mustahkamlash hamda turli dara

jadagi musobaqalarda barqaror

natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bu esa istiqbolda O‘zbekiston voleybolining xalqaro

maydondagi raqobatbardoshligini oshiradi.

Tadqiqot maqsadi

voleybol sport turida texnik-taktik usullarni samarali

rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga

joriy etish orqali sportchilarning o‘yin samaradorligini oshirishdan iborat.

Tadqiqot obyekti

sifatida voleybol sport turi bilan shug‘ullanuvchi o‘yinchilarning

texnik-taktik tayyorgarlik jar

ayoni va uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodik

vositalar hamda mashg‘ulot tizimi olindi.

Tadqiqot vazifalari

1.

Voleybol sport turida texnik-

taktik tayyorgarlikning nazariy asoslarini o‘rganish

va mavjud metodikalarni tahlil qilish.

2.

Texnik-

taktik usullarni rivojlantirishga qaratilgan samarali mashg‘ulotlar

tizimini ishlab chiqish va ularning sportchilar o‘yin samaradorligiga ta’sirini aniqlash.

Voleybolda texnik-

taktik tayyorgarlik sportchilarni yuqori darajada o‘yin

ko‘rsatkichlariga

erishishida muhim omil hisoblanadi. Texnik tayyorgarlik

bu o‘yinchi

tomonidan zarba berish, to‘pni qabul qilish, pas berish, blok qo‘yish va boshqa

harakatlarning aniq, tezkor va samarali bajarilishini ta’minlaydigan o‘quv

-trening

jarayoni. Taktik tayyo

rgarlik esa jamoaviy va individual o‘yin strategiyalarini ishlab

chiqish, raqib o‘yinini tahlil qilish hamda o‘yin vaziyatida to‘g‘ri qaror qabul qilish

ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

206

Nazariy jihatdan, texnik-taktik tayyorgarlik quyidagi

asosiy yo‘nalishlarda amalga

oshiriladi:

1.

Individual texnik usullarni mukammallashtirish

(pas, zarba, qabul, blok)

2.

O‘yin kombinatsiyalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish

3.

Mashg‘ulotlarda real o‘yin sharoitlarini modellashtirish

4.

Videoanaliz va statistik tahlildan foydalanish

5.

Sportchilar psixologiyasini tayyorlash

(tezkor qaror qabul qilish, stressga

bardoshlilik)

Shuningdek, ilg‘or xorijiy metodikalarda (Braziliya, Rossiya, AQSh, Yaponiya

tajribalari) texnik va taktik mashg‘ulotlar o‘zaro integratsiyal

ashgan holda olib boriladi.

Bu esa o‘yinchilarning maydondagi koordinatsiyasi va o‘zaro hamkorligini oshirishga

xizmat qiladi.

1. Individual texnik usullarni mukammallashtirish (pas, zarba, qabul, blok)
Bu voleybolchining shaxsiy texnik mahoratini yuksalti

rish jarayoni bo‘lib, o‘yinda

har bir elementning (pas berish, zarba berish, to‘pni qabul qilish, blok qo‘yish) aniqligi,
tezligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulot tizimidir. Mazkur bosqichda

texnik elementlar takroriy mashqlar, maxsus trenajyorlar va individual yondashuv
yordamida rivojlantiriladi.

2.

O‘yin kombinatsiyalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish

Jamoaviy o‘yin strategiyasini shakllantirish va uni amalda qo‘llashga tayyorlash

jarayonidir. Unda turli vaziyatlarda samarali b

o‘ladigan hujum va himoya kombinatsiyalari

ishlab chiqiladi, sinov o‘yinlarida tekshiriladi va eng optimal variantlari tanlab olinadi. Bu
jarayon murabbiy va sportchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni talab qiladi.

3.

Mashg‘ulotlarda real o‘yin sharoitlari

ni modellashtirish

Trening jarayonida haqiqiy musobaqa sharoitlariga maksimal darajada yaqin

muhit yaratish metodidir. Unda o‘yin maydonining o‘lchami, vaqt limiti, hakamlik

talablari va raqibning real taktikasi modellashtiriladi. ushbu usul sportchilarning
musobaqaga psixologik va jismoniy tayyorgarligini oshiradi.

4. Videoanaliz va statistik tahlildan foydalanish

O‘yin jarayonlarini video orqali qayd etish va ularni keyinchalik tahlil qilish orqali

sportchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash metodidir. Statistik tahlil yordamida

o‘yinda qaysi texnik

-taktik elementlar samarali ishlatilgani, qaysilari esa

takomillashtirishga muhtoj ekanligi aniqlanadi. Bu murabbiylarga individual va jamoaviy
strategiyalarni optimallashtirish imkonini beradi.

5. Sportchilar psixologiyasini tayyorlash (tezkor qaror qabul qilish, stressga

bardoshlilik)

Sportchilarda musobaqa vaqtida tezkor fikrlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish va

stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonid

ir. Bu

jarayon psixologik treninglar, mental mashqlar, stressga qarshi texnikalar va motivatsion
suhbatlar orqali amalga oshiriladi. Maqsad

sportchilarning har qanday vaziyatda

o‘zining optimal natijasini ko‘rsatishini ta’minlash.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

207

1-jadval

Voleybolda texnik-taktik tayyorgarlikning asosiy komponentlari

Komponent nomi

Ta’rifi

Asosiy mashq yoki uslubiy

yo‘nalishlar

1

Texnik tayyorgarlik

O‘yin elementlarini to‘g‘ri va samarali

bajarish malakasini shakllantirish

To‘p uzatish, qabul

qilish, zarba

berish, to‘siq qo‘yish mashqlari

2

Taktik tayyorgarlik

O‘yin davomida tezkor qaror qabul

qilish va vaziyatga moslashish

qobiliyati

Kombinatsion o‘yin sxemalari,

raqibni chalg‘ituvchi harakatlar

3

O‘yin vaziyatlarini

modellashtirish

Raqib harakatlarini oldindan hisobga

olib o‘yin holatini mashq qilish

Simulyatsiya mashg‘ulotlari, 6x6

yoki 4x4 kichik o‘yinlar

4

Raqib tahlili

Raqibning kuchli va zaif tomonlarini

aniqlab, mos strategiya tanlash

Video tahlil, statistika asosida

tayyorgarlik

5

Individual o‘yin

uslubini

rivojlantirish

Har bir sportchining shaxsiy texnik-

taktik xususiyatlarini kuchaytirish

Maxsus individual mashqlar,

rolda ixtisoslashish

Voleybolda texnik-

taktik usullarni rivojlantirishda o‘yin kombinatsiyalarini ishlab

chiqish

va sinovdan o‘tkazish jarayoni sportchilarning jamoaviy hamkorlik darajasini

oshirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir kombinatsiya nafaqat texnik jihatdan

mukammal bo‘lishi, balki raqibning turli taktik qarorlariga moslashish imkoniyatini ham

ta’minlashi kerak. Shu boisdan, mashg‘ulot jarayonida yangi kombinatsiyalarni ishlab

chiqish, ularni kichik guruh yoki to‘liq jamoa tarkibida sinab ko‘rish, keyin esa natijalarni

tahlil qilish orqali samaradorligini baholash zarur. Bu jarayonda murabbiylar

sportchilarn

ing individual o‘ziga xosliklarini, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi va

psixologik holatini hisobga olishi lozim.

Kombinatsiyalarni sinovdan o‘tkazishda real o‘yin sharoitlariga maksimal

yaqinlashtirilgan mashqlar qo‘llaniladi. Bunda raqibning o‘zgaruvchan taktikasi, o‘yin

tezligi va maydondagi turli vaziyatlar inobatga olinadi. Sinov natijalari videoanaliz va

statistik tahlil asosida qayta ko‘rib chiqiladi, aniqlangan kamchiliklar esa keyingi

mashg‘ulotlarda bartaraf etiladi. Ushbu yo

ndashuv sportchilarning nafaqat texnik-taktik

mahoratini, balki o‘yin davomida tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini ham

rivojlantiradi. Natijada, jamoaning umumiy o‘yin darajasi sezilarli darajada yuksaladi va

musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyati ortadi.

Jamoaviy texnik-

taktik tayyorgarlik voleybol o‘yinida yuksak natijalarga

erishishning asosiy omillaridan biridir. Bu jarayon jamoa a’zolarining o‘zaro uyg‘un

harakat qilishi, o‘yinda o‘z o‘rnini aniq bilishi va bir

-

birini to‘ldirish q

obiliyatiga

asoslanadi.

Asosiy yo‘nalishlar:

1.

O‘yinchilarning maydondagi o‘zaro muvofiqligini oshirish

Pozitsion joylashuvni aniqlash va o‘yin davomida moslashuvchan harakatlarni

shakllantirish.

Har bir o‘yinchining vazifasini aniq belgilash (masalan, pas b

eruvchi, zarba

beruvchi, himoyachi).

2.

Hujum kombinatsiyalarini rivojlantirish

Ikki va uch kishilik hujum variantlarini mashq qilish.

Turli pas tezliklaridan foydalangan holda tezkor hujumni yo‘lga qo‘yish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

208

2-jadval

Jamoaviy texnik-taktik

tayyorgarlik mashg‘ulot rejalari

Mashg‘ulot yo‘nalishi

Maqsad

Mashqlar namunasi

Maydon joylashuvi va

pozitsion o‘yin

O‘yinchilar o‘rnini aniq

bilish

6x6 pozitsion o‘yin; joy almashish

tezligi mashqlari

Hujum kombinatsiyalari

Tezkor va samarali hujum

tashkil etish

1-2 yoki 1-3 hujum variantlari, past va

baland paslardan hujum

Himoya kombinatsiyalari

Hujumni bloklash va

qaytarish

Blok-himoya sinxron mashqlari, orqa

chiziq himoyasi

Raqibga mos strategiya

O‘yin rejasi orqali raqibni

yengish

Raqib kuchli va zaif tomonlari

bo‘yicha mashg‘ulotlar

Jamoaviy muloqot va

boshqaruv

O‘yinda uyg‘unlik va tezkor

qaror qabul qilish

Belgilar orqali tezkor signal

mashqlari, lider boshchiligida o‘yin


3.

Himoya kombinatsiyalarini mustahkamlash

Blok va

orqa chiziqdagi himoya harakatlarini uyg‘unlashtirish.

Hujumdan himoyaga tez o‘tish reaksiyasini oshirish.

4.

O‘yin strategiyasini raqibga moslashtirish

Raqib jamoa kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib, unga mos kombinatsiyalarni

tanlash.

Raqib hujumlarini neytrallashtirish uchun oldindan reja tuzish.
5.

Mashg‘ulotlarda jamoaviy aloqa va yetakchilikni rivojlantirish

O‘yin jarayonida tezkor signal va belgilar orqali muloqotni yo‘lga qo‘yish.

Yetakchi o‘yinchilarning boshqaruv qobiliyatini oshirish.

O

‘yin jarayonida kombinatsion harakatlarni samarali qo‘llash sportchilarning

texnik-

taktik tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlaydi. Maxsus vaziyatli mashqlar,

soddadan murakkabga tamoyili asosida o‘zlashtirilgan kombinatsiyalar va videoanaliz

texnologiyalaridan foydalanish sportchilarning maydondagi qaror qabul qilish tezligi

hamda harakatlarni uyg‘unlashtirish darajasini sezilarli ravishda oshiradi. Shuningdek,
kichik guruhlar bilan olib borilgan tajribaviy mashg‘ulotlar kombinatsiyalarni jamoaviy
o‘yin

tizimiga samarali integratsiya qilish imkonini berdi. Bu jarayonda sportchilarning

o‘zaro muloqot, koordinatsiya va o‘yin tezligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hal

qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Natijada, kombinatsion harakatlarni metodik asosda
bosqichma-

bosqich o‘rgatish, ularni real o‘yin sharoitiga moslashtirish va amaliyotda

muntazam qo‘llash sportchilarning musobaqa natijalarini barqaror oshirishda muhim
omil sifatida namoyon bo‘ldi. Ushbu yondashuv sportchilarni strategik fikrlashga, raqib

harakatlarini oldindan taxmin qilishga va tezkor qaror qabul qilishga tayyorlaydi, bu esa

zamonaviy sport talablariga to‘la mos keladi. Mazkur maqolada sportchilarning texnik

-

taktik tayyorgarligini oshirishda individual texnik usullarni mukammallashtirish, o‘

yin

kombinatsiyalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, mashg‘ulotlarda real o‘yin

sharoitlarini modellashtirish, videoanaliz hamda statistik tahlil vositalaridan
foydalanishning ilmiy-

uslubiy asoslari yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki

,

mazkur omillarni kompleks tarzda qo‘llash sportchilarning musobaqa faoliyatidagi

samaradorligini oshiradi, ularda strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va stressli

vaziyatlarda barqaror o‘yin ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘yin jarayo

nida

kombinatsion harakatlarni puxta o‘zlashtirish va ularni raqibning o‘zgaruvchan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

209

taktikasiga moslashtirish imkoniyatlari sportchilarni yuqori darajadagi texnik-taktik

tayyorgarlikka olib keladi. Bunda muntazam mashg‘ulotlar, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish va psixologik tayyorgarlik jarayonining uzviy bog‘liqligi muhim ahamiyat

kasb etadi. Umuman olganda, maqolada ilgari surilgan yondashuvlar amaliy sport

mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish, sportchilarni musobaqa sharoitlariga

moslashtirish hamda ularning individual va jamoaviy natijalarini barqaror oshirish

uchun ilmiy asoslangan metodik yo‘nalish sifatida tavsiya etilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Qodirov,

S.

(2018).

Voleybol

o‘yinida

texnik

-taktik

tayyorgarlikni

takomillashtirish metodlari

. Toshkent: O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti nashriyoti.

2.

Tursunov, M. (2019).

Yosh voleybolchilarda tezkorlik va sakrash qobiliyatini

rivojlantirish usullari

. Toshkent: “Fan va texnologiya”

nashriyoti.

3.

Karimov, B. (2020).

Voleybol o‘yinida kombinatsion hujumlarni tashkil etish va

samaradorligini oshirish

. Toshkent: TDJTSU ilmiy ishlari to‘plami.

4.

Yusupov, A. (2017).

Sport o‘yinlarida psixologik tayyorgarlikning ahamiyati

(Voleybol misolida)

.

Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.

5.

Xolmatov, D. (2021).

Voleybolchilarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish

bo‘yicha amaliy tavsiyalar

.

Toshkent: “Sport” nashriyoti.

Библиографические ссылки

Qodirov, S. (2018). Voleybol o‘yinida texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish metodlari. Toshkent: O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nashriyoti.

Tursunov, M. (2019). Yosh voleybolchilarda tezkorlik va sakrash qobiliyatini rivojlantirish usullari. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

Karimov, B. (2020). Voleybol o‘yinida kombinatsion hujumlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish. Toshkent: TDJTSU ilmiy ishlari to‘plami.

Yusupov, A. (2017). Sport o‘yinlarida psixologik tayyorgarlikning ahamiyati (Voleybol misolida). Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.

Xolmatov, D. (2021). Voleybolchilarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar. Toshkent: “Sport” nashriyoti.