Авторы

  • Камола Мусулмонова
    Преподаватель, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp227-232

Ключевые слова:

анонимные письма лингвистическая экспертиза этапы лингвистической экспертизы рукописи авторизация текста динамика письма особенности письма

Аннотация

В области криминалистики большое значение имеет выдача различных анонимных писем и установление их автора. Этот процесс требует ответственности, знаний и навыков. Лингвист-эксперт должен внимательно изучить все элементы рукописи без учета всех элементов и уметь делать общие выводы на основе собранных данных. Эти выводы должны помочь прояснить предположения непосредственно об авторе текста. В статье даны ответы на вопросы, как проводить анонимную проверку электронной почты и на что обращать внимание. Предлагается разделить экспертизу письменных текстов на 4 основных этапа, из которых на первых двух этапах будут проанализированы аспекты, которые необходимо учитывать.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The significance of the stages of analysis of linguistic expertise


Kamola MUSULMONOVA

1


Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form
15 January 2021
Accepted 20 January 2021
Available online
10 February 2021

In the field of forensic science, the issue of various anonymous

letters and the identification of their author is of great
importance. This process requires responsibility and knowledge
and skills. The linguist-expert must carefully study all the
elements of the manuscript without taking into account all the
elements, and be able to draw general conclusions based on the
collected data. These conclusions should help clarify the
assumptions about the author of the text directly. The article
answers the questions of how to conduct an anonymous email
examination and what to look for. It is proposed to divide the
examination of written texts into 4 main stages, from which the
first two stages will analyze the aspects that need to be
considered.

2181-

1415/©

2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Anonymous letters
Linguistic expertise
Stages of linguistic expertise
Manuscripts
Text authorization
Letter dynamics
Writing features

Lingvistik ekspertiza tahlil bosqichlari mazmuni

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

Anonim xatlar
Lingvistik ekspertiza
Lingvistik ekspertiza
bosqichlari

Qo‘lyozma matnlar

Matn avtorizatsiyasi
Harflar dinamikasi
Yozuv xususiyatlari.

Sud-ekspertiza sohasida turli anonim xatlar va ularning

muallifini aniqlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu

jarayon mas’uliyat va bilim, malakalarni talab etadi. Lingvist

-

ekspert qo‘lyozma matnning barcha elementlarini

nazardan

qoldirmay sinchiklab o‘rganishi, to‘plangan ma’lumotlar asosida

umumiy xulosalar bera olishi zarur. Bu xulosalar esa bevosita
matn muallifi haqidagi taxminlarni oydinlashtirishga yordam
bera olishi kerak. Maqolada anonim xatlar ekspertizasini qanday

o‘tkazish lozim va bunda nimalaraga e’tibor qaratish kerak degan

savollarga javob beriladi. Yozma matnlar ekspertizasini 4 asosiy
bosqichga ajratish taklif etiladi, ulardan dastlabki ikki bosqichda

e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar tahlil etiladi.

1

The teacher of Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, Tashkent,

Uzbekistan
E-mail: musulmonova@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

228

Значение этапов анализа лингвистической экспертизы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Анонимные письма

Лингвистическая
экспертиза

Этапы лингвистической
экспертизы

Рукописи

Авторизация текста

Динамика письма

Особенности письма

В области криминалистики большое значение имеет

выдача различных анонимных писем и установление их
автора. Этот процесс требует ответственности, знаний и
навыков. Лингвист

-

эксперт должен внимательно изучить

все элементы рукописи без учета всех элементов и уметь
делать общие выводы на основе собранных данных. Эти
выводы должны помочь прояснить предположения
непосредственно об авторе текста. В статье даны ответы на
вопросы, как проводить анонимную проверку электронной
почты и на что обращать внимание. Предлагается
разделить экспертизу письменных текстов на 4 основных
этапа, из которых на первых двух этапах будут
проанализированы

аспекты,

которые

необходимо

учитывать.

Yozma ko‘rinishdagi matnlarning axborot maydoni juda katta va xilma

-

xil. So‘nggi

yillarda

qo‘lyozma matnlar qatoriga e

-mail orqali yozilgan xatlar, turli murojaatlar, sms

yozishmalar ham qo‘shildi. Bu esa , o‘z navbatida, tahlilning yangicha usullari, sinchkovlikni

talab etadigan jarayonga aylandi. Yozma matnlar mohiyatida bir-birini taqazo etuvchi
elementlar uchraydi. Ekspert ana shu elementlarni sinchiklab kuzatishi, harakat dinamikasini

tahlil etishi va umumlashtirishi lozim. O‘zbek yozma matnlarini lingvistik ekspertizadan
o‘tkazishda etnik xoslik, mentalitet kabi jihatlar yaqqol bo‘rtib t

uradi. Boisi turli vulgar

elementlari, evfemik vositalar o‘zbek yozma matnlarida baho darajasi jihatdan bir

-biridan farq

qiladi. Ayrim vulgar elementlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lsa, ayrimlarida esa

muallifning jismoniy, emotsional va ahlo

qiy sifatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi va bu

ijtimoiy xavfli deb baholanmaydi.

2

Bu esa sud-

ekspertizasining bir tarmog‘i sifatida amal qiladigan jarayon. Turli reklama

matnlari, shiorlar, logotiplar, anonim maktublar mohiyatida ma’lumot tashish

funksiyasi yotadi.

Bugungi jadal axborot olamida esa matnning turli elementlarini tahlil qilish orqali muallif
avtorizatsiyasini aniqlash muammosi tobora ortib bormoqda. Maktub faqat vosita emas aloqa,

shuningdek, jinoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma'lumotlarni uzatish vositasi.Hujjatni o‘rganish
uchun unga aloqador shaxslar to‘g‘risida eng to‘liq va ishonchli ma'lumotlar uning yaratilishi,
kompleks yondashuvdan foydalanish zarur. Qo‘lda yozilgan hujjat, shaxs haqida ma'lumot

tashuvchisi sifatida, ikkita elem

entning to‘plamidir: qo‘l yozuvi va yozuv.

Yozma nutq hujjat muallifining fikrlari ifoda etish uchun ishlatiladigan lingvistik vositalar

majmuini ifodalaydi. Yozma matnlar ekspertizasida, ayniqsa, qo‘lyozma matnlarda har bir
element alohida rol o‘ynaydi.

Bu jarayonda nafaqat lingvistik bilimlarni amaliyotga tabiq etish

lozim, balki yozuv quroli va shart-sharoiti kabi maslalarga oydinlik kiritish uchun fizika yoki

kimyoga oid bilimlarni ham jamlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, matn

avtori

zatsiyasi masalasiga oydinlik kiritishga yordam beradigan omillardan biri bo‘lib xizmat

qiladi. Xatlar yozilishida ikki asosiy omil yetakchi rol o‘ynaydi. Biri inson omili bo‘lsa, ikkinchisi

tashqi omil sanaladi. Inson omili deganda xat kim tomonidan yozilgan, kim tomonidan

2

Musulmonova K. O‘zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertiza o‘tkazish maqsadi va asoslari.Wissenschaftliche

Ergebnisse und errungenschaften:2020. 25dezember. B-97


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

229

buyurtma berilgan, muallifning ijtimoiy-ruhiy holati kabilar nazarda tutilsa, tashqi omillar atrof-
muhit ,iqlim sharoiti kabilarni ifodalashi mumkin. Umumlashma tarzda aytganda esa, xat
yozilishi jarayoniga insonning bilim darajasi, atrof-muhit, ijtimoiy munosabatar, psixologik va
kognitiv qobiliyatlar, jismoniy va ruhiy holat(charchoq, uyqusizlik, asabiylik, hayajon,

shoshqaloqlik) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Albatta, bu qatorni yanada kengaytirish mumkin. Boisi

har bir shaxs individual xususiyatga ega va uning yozuvi haqida ham xuddi shunday qarorga
kelish mumkin.

Yozma matnlarda ikki asosiy shaxs ishtiroketadi: Hujjat muallifi; 2. Xat ijrochisi;. Bu ikki

sub’ektni aniqlash orqali matn maqsadi haqida bilish mumkin. Ikki sub’ektdan biri xa

tning

yozilishiga sababchi bo‘lgan, bosim va tazyiq ostida kimgadir yozdirgan muallif; ikkinchisi esa
ta’sir ostida qo‘lda yozgan xat ijrochisi. Hujjat muallifi va ijrochisini aniqlash nutq qobiliyatlari
imkoniyatining o‘ziga xosligi va barqarorligiga asos

lanadi. Bunda leksik,grammatik, sintaktik-

stilistik jihatdan yozma nutq imkoniyati hisobga olinadi. Tahlilda lingvistik elementlarni

aniqlash jaryonida punktuatsion belgilarning qo‘llanilishiga ham e’tibor qaratish lozim.

Yozma matnlarning xilma-xilligi va turlari va ularning mazmuniga qaramay, ularni

o‘rganish davomida tipik vazifalar hal qilinadi:

1. Hujjatni ashyoviy dalil sifatida aniqlash va olib qo‘yish faktini to‘g‘ri protsessual

ro‘yxatdan o‘tkazish;

2. Hujjatni uning tavsifi, fotosurati va video, raqamli skanerlash;
3. Asosiy xususiyatlarni, sifatlarni aniqlash (tanlash, baholash) hujjatning: uning turi

(xususiy, rasmiy), maqsadi, kelib chiqishi, mansubligi, rekvizitlarning mavjudligi, hujjat shakli

va mazmuni, tashqi ko‘rinishi va holatiga muvo

fiqligi;

4. Harflarning topografik xususiyatlarini aniqlash (joylari butun matn yoki uning alohida

qismlari).

3

5. Qo‘lyozma matnlarning umumiy xususiyatlarini aniqlash;

Yozma matnlarni lingvistik ekspertiza qilish jarayonida sotsiolingvistik jihatdan

yondashish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bir ijtimoiy guruhga mansub kishilarda

takrorlanuvchi elementlar ko‘p bo‘ladi. Bu elementlar leksik qatlamda, sintaktik
konstruksiyalatrda namoyon bo‘lishi mumkin.

Demak, ish dastavval xat yoki xat qismlaridagi harflarning topografik xususiyatlarini

aniqlashdan boshlanadi. Topografik xususiyatlarda qanday jihatlarga alohida urg‘u berish

lozim?

satr hajmi va so‘zlar oralig‘i;

yozuv dinamikasi: gorizontal, ko‘tariluvchi, pasayuvchi, to‘g‘r

i chiziqli, qavariq,

pog‘onali;

tinish belgilarining va tire belgilarining joylashuvi;

Harf elementlarining qo‘llanilishi;

Harflar o‘lchami (katta , o‘rta, kichik va o‘ta kichik shrift yozilganligi);

Satr hajmi va so‘zlar oralig‘i ham muallif haqidagi axbo

rotlarni tashuvchi sanaladi.

Odatda, shiddat bilan yozilgan matnlarda satr hajmi va so‘zlar oralig‘i anchayin tig‘iz joylashgan
bo‘ladi. Bu holat kishining markaziy nerv sistemasi bilan bog‘liq ravishda ham amalga oshadi.
Jahldor, g‘azabi tez odamlar yozuvida so‘zlar oralig‘i juda qisqa va tig‘iz bo‘ladi. Kishining bilim
darajasi, ijtimoiy muhit va tashqi omillar natijasida muayyan yozuv dinamikasi paydo bo‘ladi.

3

DmitryV. BakhteeV Forensic examination of anonymous handwritten documents in order to obtain data on the identity of

their author and performer. ORCID: 0000-0002-0869-601X Criminalistics Department Ural State Law University
Yekaterinburg, Russia. P-11


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

230

Maktab yoshidagi o‘quvchilarda standart yozuv dinamikasi shakllanadi.(1

-

4 sinflar oralig‘ida).

Keyinchalik sotsial muhit ta’siri ostida yozuv dinamikasi o‘zgaradi va individual yozuv yuzaga

keladi. Insonning kasb-kori, psixologik va jismoniy holati ham yozuv elementlariga bevosita

ta’sir o‘tkazadi. Ushbu ta’sirlar yozuv muallifi haqidagi ma’lumotlar

ni kengroq aniqlashga

imkon beradi. Yozuvning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning xususiy jihatlari

aniqlanadi.Qo‘lyozma matnlarda bu imkoniyat bir necha karra ortadi. Xo‘sh, qo‘lyozma

xatlarning umumiy xususiyatlari sirasiga nimalarni kiritish mumkin? Quyida ushbu savolga
javob berishga harakat qilamiz.

Qo‘lyozma xatlarning umumiy xususiyatlarini aniqlashda diqqat qaratish lozim bo‘lgan

jihatlar:

Matnda yozuv tezligi, harakatlarning o‘ziga xosligi va ularni muvofiqlashtirish orqali

muallifning yozuvdan foydalanish qobiliyatini baholash;

Yozuvning sodda yoki murakkab eleme

ntlardan tuzilganligiga e’tibor qaratish.

Ayrim

yozuvlarda elementlar muallif tomonidan murakkablashtiriladi. Biroq har qanday soxta
elementlar aralashtirilgan matnda ham yozu

v muallifining muayyan jihatini ko‘rsatib beruvchi

tabiiy belgilar saqlanib qoladi;

Xatda harakat yo‘nalishining umumiy shaklining to‘g‘ri, yumaloq, burchakli, yoysimon

shaklda ekanligiga e’tibor qaratish.

Asosiy harakatlarning yo‘nalish nuqtasini anilqash

.

Ayrimlarda o‘ng tarafga,

boshqalarda chap tarafga, yoki yuqoriga harakatlangan

yozuv formasi mavjud bo‘ladi;

Yozuv hajmi katta ( 5 mm dan ortiq, o‘rtacha

- 2-5 mm, kichik - 2 mm dan kam) bosim

(kuchli, o‘rta va kuchsiz).

Hujjat va qo‘l yozuvi materiallarini o‘rganishda, shuningdek, quyidagilarga e'tibor berish

kerak:

noyob qog‘oz turi yoki yozuv vositasi ishlatilganmi;

qog‘oz varag‘ining ajratuvchi chizig‘ining konfiguratsiyasi qanday? (kesilgan yoki

yirtiq);

agar hujjatda boshqalarning taassur

ot qoldirgan yoki yo‘q qilingan izlari bo‘lsa o’sha

yozuvlar;

hujjatlarning mustaqil qismlarini joylashtirish;

so‘zlarni ta'kidlash, alohida so‘zlarni ajratib ko‘rsatish, qo‘shish usullari qo‘shimchalar,

so‘zlardagi xatolarni tuzatish;

Yuqorida ko‘rsatilgan elementlarning barchasi lingvistik ekspertiza o‘tkazishning

dastlabki jarayoni sanaladi. Bu jarayonda ekspert matn haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Matn
xususida to‘plangan ma’lumotlar asosida keyingi jarayonda yig‘ilgan ma’lumotlar qiyoslanadi.

Bi

z lingvistik ekspertiza o‘tkazish jarayonining umumiy xususiyatini quyidagi jadval orqali

izohlashga harakat qildik:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

231

Lingvistik ekspertiza o‘tkazish bosqichlari

1Matn bilan

tanishish bosqichi

2 Matn mazmuni

ekspertizasi

3Matnning lingvistik

xususiyatlarini

aniqlash

4 Umumiy xulosalar

berish

Yozuv materilalarini
tahlil qilish(Yozuv

qog‘ozi,

siyoh,

ruchkani o‘rganish

va

tekshiruvdan

o‘tkazish)

Matndagi qasddan
qilingan

o‘zgarishlarni

aniqlash(sheva
unsurlarining
aralshaganligi,
emotsional-
ekspressiv
jihatlarning

namoyon bo‘lishi)

Matnda qo‘llangan
so‘zlar

chastotasi,

leksik-semantik

jihatlarini o‘rganish;

Ekspert xulosasi

Harflar dinamikasini

o‘rganish(og‘ish

burchagi,

shriftlar

oralig‘i,

harakat

yo‘nalishi)

Yozuvda

taqlid

elementlari bor-yoki

yo‘qligini aniqlash

Matnda qo‘llangan
so‘zlarning

morfologik
xoslanishi. Adabiy va
noadabiy unsurlar
chastotasi

Ekspert xulosasi

Yozuvning umumiy
xususiyatlari

Yozuvning

gender

xoslanganligiga

e’tibor qaratish

Matnning
grammatik qurilishi.
Uslubiy-semantik
xususiyatlarini
aniqlash.

Ekspert xulosasi

Matn va grammatikada madaniy darajasi past savodsizlar yoki odamlarning nutqiga

taqlid qilish uchun qasddan o‘zgarishlar bormi? Matnda ma'lum kasb xususiyatlari aks

etganmi?Singari savollarga javob topish yozma matnlar ekspertizasining ikkinchi bosqichini

tashkil etadi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish joiz:

-

savodxonlikni sun'iy ravishda kamaytirish bormi yoki yo‘qmi;

- boshqa odamning yozma nutqiga taqlid qilish;
- Keksalar yoki yoshlar yozuvi
- ma'lum bir muallif uslubiga taqlid qilish;
-

Matnda gender xoslanish elementlarining namoyon bo‘lishi yoki bu elementlarning

sun’iylashtirishi;

- ma'lum bir shevaga taqlid qilish va sheva unsurlaridan foydalanish.
Yuqorida biz tahlil qilgan va taklif etgan ekspertiza bosqichlari matn haqida umumiy

ma’lumot olishga asoslanadi. Bu jarayonni 3xil etapga bo‘lish mumkin. Birinchisi, hujjatlarning
texnik ekspertizasi, ikkinchisi qo‘lyozma matnlarda yozuv xususiyatlarini aniqlash; uchinchisi

matnning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish orqali matn avtorizatsiyasi masalasiga oydinlik
kiritish. Bu jarayon birmuncha qiyin va ekspertdan bilim va malaka, tayyorgalik va sinchkovlik

talab etadi. Ekspert har bir elementni diqqat markaziga qo‘yishi va

ular orasidan asosiy

belgilarini ajratib olishi lozim. Bu anonim xatlarda hujjat muallifi tomon ekspertlarni
yaqinlashtirishga yordam beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

232

Biz yuqorida lingvistik ekspertiza o‘tkazishning ayrim bosqichlariga diqqat qildik.

Kelgusi tadqiqotlarimiz lingvi

stik ekspertiza o‘tkazishning keyingi bosqichlarini tashkil etish

bosqichlariga bag‘ishlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Baranov A.N., Linguistic Examination of Texts: Theoretical Grounds and Practice,

Science, Moscow 2013 [In Russian].

2.

Coulthard M., Jonson A. An Introduction to Forensic Linguistics: Language in Evidence.

New York: Routledge, 2007. 237 p.

3.

Olsson J. Forensic Linguistics. 2

nd

.ed. London: Continuum International Publishing

Group, 2008. 256 p.

4.

Galyashina E.I. Preliminaries in Forensic Speech Science. Moscow: STENCY, 2003.

236 p. (In Russ.)

5.

Galyashina E.I. Forensic linguistic examinations in trademark disputes. The Russian

Laws. Experience. Analysis. Practice = Zakony Rossii: opyt, analiz, praktika. 2006. No. 12. P.
77

94. (In Russ.)

6.

Galyashina E.I. Forensic evaluation of verbal extremism. Expert-criminalist. 2009. No.

2.P. 14

. (In Russ.)

7.

DmitryV. BakhteeV Forensic examination of anonymous handwritten documents in

order to obtain data on the identity of their author and performer. ORCID: 0000-0002-0869-
601X Criminalistics Department Ural State Law University Yekaterinburg, Russia. P-11

8.

Musulmonova K.

O‘zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertiza o‘tkazish maqsadi va

asoslari.Wissenschaftliche Ergebnisse und errungenschaften:2020. 25dezember. B-97

9.

Musulmonova K.Linguistic exam and its meaning//Academicia. Vol. 10 Issue 11,

November 2020

10.

To‘rayeva.D. Linguistic expertise as abranch of legal linguistics. //Academicia. Vol. 10

Issue 12, December 2020

11.

Argamon, S., Koppel, M., Fine, J., and Shimoni, A. R. (2003). Gender, genre, and writing

style in formal written texts. Text, 23(3).

12.

Chambers, J. K., Trudgill, P., and Schilling-Estes, N., eds. (2004). The Handbook

Of Language Variation And Change(London: Blackwell).