Авторы

  • Одилжон Акбаров
    исследователь Наманганского государственного университета, Наманган, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss3/S-pp28-33

Ключевые слова:

народный фольклор письменная литература педагогические взгляды дидактика развитие личности Самообразование

Аннотация

В статье рассматривается взаимозависимость литературы и педагогики, роль этих двух укоренившихся форм общественного сознания в воспитании личности. Их общность раскрывается на примере шедевров восточной литературы.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Literature, pedagogy and didactics

Odiljon AKBAROV

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
15 April 2021

The article examines the interdependence of literature and

pedagogy, the role of these two ingrained forms of social creation
in the upbringing of the individuals. Their commonality is
revealed by the example of the masterpieces of oriental
literature.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

folklore,
written literature,
pedagogical views,
didactics,
personality development,
self-depiction.

Adabiyot, pedagogika va didaktika

ANNOTATSIYA:

Kalit so‘zlar:

xalq og‘zaki ijodi,
yozma adabiyot,
pedagogik qarashlar,
didaktika,
shaxs kamoloti,
nafs tarbiyasi.

Maqolada adabiyot va pedagogikaning o‘zaro uzviy bog‘liqligi,

ildizi bir bo‘lgan bu ikki ijtimoiy ong shakllarining shaxs
tarbiyasida tutgan o‘rni to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi. Sharq
adabiyotining durdona asarlari misolida ularning mushtarak
jihatlari ochib beriladi.

Литература, педагогика и дидактика

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

народный фольклор,
письменная литература,
педагогические взгляды,
дидактика,

В статье рассматривается взаимозависимость литературы и

педагогики,

роль

этих

двух

укоренившихся

форм

общественного сознания в воспитании личности. Их общность
раскрывается на примере шедевров восточной литературы

.

1

Researcher at Namangan State University, Namangan, Uzbekistan.

E-mail: Odilbek82@umail.uz.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415

29

развитие личности,
самообразование.


Jamiyatdagi ko‘plab ijtimoiy fanlar, ijtimoiy sohalarning vujudga kelishida, ularning

taraqqiy topib, alohida ijtimoiy ong shakllaridan biriga aylanishida badiiy adabiyotning
o‘rni beqiyos. Ijtimoiy fanlar orasida qadimiy va bugungi kunda yetakchi sanalgan falsafa,
pedagogika, filologiya sohalari va hatto tarix fani ibtidosi adabiyot bilan bog‘liqligini
barcha birdek e’tirof etadi. Shuningdek, bu sohalarni o‘rganishda, tadqiq etishda va
rivojlantirishda bevosita adabiyotga murojaat qilingan, hozir ham shunday va bu yana
davom etadi. Turkiylarning faxri bo‘lmish Chingiz Aytmatov “Tomchisiz ummon yo‘q”
maqolasida shunday yozgan edi: “Adabiyot insonlarning hayot haqidagi tajriba tuygʻu va
fikrlarini bir-biriga yetkazish vazifasini ham bajaradi” [1:455].Hayotiy tajriba, bilim va
koʻnikmalarni avlodlarga yetkazilishi masalasi pedagogika fani uchun ham muhimdir.Eng
muhimi, bu fan va sohalarning tasvir hamda tadqiq obyekti – inson. Adabiyotshunos va
metodist olim Q. Yo‘ldoshev yozadi: “Demak, Adabiyot uchun Insondan qiziq, Insondan
qadrli, Insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich “muammo” yo‘q ekan! Mangu
vazifasi ham ana shuni yozish, ochish kashf etish…” [2:7]. Adabiyotning ana shu insonni
yozishi, ochishi va kashf etish vazifasi pedagogikda shaxs tarbiyasi usul, vositalarini idrok
qilish, yo‘lga qo‘yishga yo‘l ochadi. Adabiyotning asosiy shakllari bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi
va yozma adabiyotda buning uchun bemisl manba hamda imkoniyatlar mavjud.

Xalq ogʻzaki ijodi janrlari oʻzining shakli va mazmunidan kelib chiqqan holda oʻziga

xos ta’limiy-tarbiyaviy mohiyat kasb etadi. Topishmoqlarga e’tibor qarataylik. Ular
mazmun-mohiyati bilan pedagogic, didaktik ahamiyatga ega. Bu janr bolalarda fikrlash,
izlanish, topqirlik fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, topishmoqlarning tez aytish, ertak,
sheʼriy shakllari ham borki, ular bolalarning estetik didini oshirishga, nutqini oʻstirishga,
nutqdagi kamchiliklarni bartaraf qilishga xizmat qiladi. Bundan tashqari tanqidiy, hajviy
ruhdagi topishmoqlar uchraydi, ular mazmuniga koʻra tarbiyaviy mohiyat kasb etadi.Lekin
topishmoq faqat bolalargagina taalluqli emas ekan. “Z. Husayinovaning maʼlumot
berishicha, uzun qish kechalarida urchiq yigirgan va olacha to‘qigan xotinlar Samarqand
atrofida boshqa qishloqlardan toʻyga kelib, xonadonlarga boʻlingan mehmonlar oʻzaro
chaldirmoq (tez aytish), jumboq, yaʼni topishmoq aytishgan” [3:42]. Bu maʼlumot
topishmoqning yosh-u qari orasida taʼlimiy tarbiyaviy ahamiyat kasb etganligidan dalolat
beradi.

Maqollar xalq donishmandligining ifodasi sifatida vujudga kelgan ogʻzaki ijodi

janridir. Turkiy xalqlarning qadimgi uch yuzga yaqin maqolalari Mahmud Koshgʻariyning
“Devonu lugʻotut turk” asarida berilgan. Xalq ogzaki ijodi haqida ilmiy ish olib borgan
hamma olimlar maqollarda millatning dunyoqarashi, hayot va tabiat voqealariga boʻlgan
munosabati aks etganini alohida taʼkidlaydilar. Maqollar insonlarda u yoki bu fazilatlarni
tarbiyalashga xizmat qiladi. Yozma adabiyotda ham maqollardan unumli foydalaniladi.
Maqollar orqali asar qahramonlarining ichki kechinmalari ruhiy holati ular tushib qolgan
sharoitni ifodalash bilan kitobxonga ibrat, saboq berish koʻzlanadi. Masalan, Chingiz
Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida “Qarilik yelkangda turadi”, “Qaridik, xoridik
– kampir bilan chol bo‘ldik” maqollari Edigey Bo‘ronning ichki kechinmalarini ifodalash
bilan birga har bir insonga umrning tez o‘tishi, har fursatni g‘animat bilib, hayot daftarini
bezash taradudida bo‘lish kerakligidan adib saboq beradi. Shu asarda Sobitjonning tilidan
aytilgan “O‘ladigan odamning o‘lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi” maqoli
uning tuban olamini ko‘rsatadi. Maqol obraz ichki olamini ochish barobarida yoshlarga


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415

30

xudbinlikning naqadar tuban illat ekanini singdirishga xizmat qiladi.“Itning egasi boʻlsa,
bo‘rining Xudosi bor” maqollari roman qahramonlari holatlarini tasvirlashga qoʻl kelgan
va kishi har qanday og‘ir sharoitda ham tafakkur qilsa, suyanadigan, taskin oladidan
panohini topishi mumkinligiga ishontiradi.

Xalq qo‘shiqlarining inson tarbiyasiga ruhiyatiga kayfiyatiga taʼsiri beqiyos.

Shuningdek, inson ruhiyati kayfiyatidan kelib chiqib qo‘shiq aytadi yoki tinglaydi.
Qoʻshiqlar insonni oʻzgalar dardini, quvonchini, hissiyotini anglashga oʻrgatadi,
vatanparvarlik, insonparvarlik, oliyjanoblik, jasurlik fazilatlarini shakllantiradi.
Mutaxassislar alla qoʻshigʻini tinglagan bola bilan tinglamagan bolaning ruhiy kamolotida
fazilatda farqi boʻlishini aniqlaganlar. Alla eshitib ulgʻaygan bola oʻzining hissiyotchanligi,
boshqa insonlarga mehr ko‘rsata bilishi, Vatanga, yaqinlariga, atrof-muhitga ayricha
insoniy munosabati bilan ajralib turishi namoyon bo‘lgan. Shuning uchun yozuvchi-larning
xalq qoʻshiqlariga bot-bot murojaat qilishlari bejiz emas.

Chingiz Aytmatovning o‘z asarlarida xalq qoʻshiqlaridan foydalanish tajribasi ham

diqqatga sazovordir. Yozuvchi oʻzining “Erta kelgan turnalar”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari”,
“Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar” qissalaridan tortib mashhur romanlarida
qahramonlari tilidan qoshiqlarni parcha yoki toʻliq holda keltiradi. Bu bilan u
qo‘shiqlarning inson hayotida, dunyoqarashida, tarbiyasida, taqdirida qanday rol o‘ynashi
qanday mohiyat kasb etishini ochib beradi.

Aristotel afsonasini haqiqatdan xabar beruvchi yolgon hikoyalar deb taʼriflagan

ekan. Demak, afsona oʻzida haqiqat boʻlgan tarixni, yolg‘on hikoya boʻlgan badiiy
adabiyotni mujassamlashtiradi. Tarix ham, badiiy adabiyot ham insonni, avlodlarini, butun
bir xalqni tarbiyalashda oʻziga xos oʻringa, mavqega ega. Shundan boʻlsa kerak qadimdan
adiblar afsonalarga tayanib yirik va mashhur asarlar yaratishgan. Firdavsiyning
“Shohnoma”si, Abunasr Asadiy Tusiyning “Geparshaspnoma”si, besh xazina majmuyi
sifatida

yaratilgan

“Xamsa”lar

kabi

yetuk

asarlarini

eslash

kifoya.

XX aslida esa oʻzbek adabiyotida afsonalarga tayanib Mirkarim Osim “Shiroq”, “Tomaris”
qissalarini, Yavdat Ilyosov Shiroq haqida “Hol-hol o‘lim”, Mirmuhsin “Shiroq” dostonini,
Mahkam Mahmudov Sparetri haqida “Shaklar malikasi” hikoyalarini yozganlar. Bu asarlar
insonlarda oliyjanoblik tuygʻularini shakllantirishda, yuksak maʼnaviy fazilatlarni
tarbiyalashda tarix vaqeliklari asosida yaratilgan afsonalarga murojaat orqali e’tirof
topdilar. Chingiz Aytmatov “Oq kema” qissasida “Shoxdor ona bugʻu”, “Asrga tatigulik kun”
romanida “Nayman ona qissasi”, “Qiyomat” ramanida “Oltovlon va yettinchi” afsonalarini
bayon etdiki, ular mazkur asarlarning jahonshumul muvaffaqiyatini taʼminladi,
insoniyatning ma’naviy tarbiyasida o‘z o‘rni, ahamiyatini tayin etsi, desak xato boʻlmaydi.
Aynan shu asarlari bilan yozuvchi dunyodagi kitobsevarlar, uyiga, qalbiga kirib bordi
vaavlodlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda pedagoglarga kamarbasta
bo‘ldi.

Bu borada turkiy xalqlarning yirik eposlari – dostonlari imkoniyatlari bemisldir.

Chingiz Aytmatov “Manas” dostoni haqida shunday yozadi: “Mana epik asarlarimizning
choʻqqisi – bayrogʻidir. Bunda betakror oʻxshatishlar, falsafiy mushohadalar, ibratli so‘zlar,
elatlarning yashash tarsi, oilaviy hayoti, qirgʻinbarotlar insoniyat boshiga qanday
kasofatlarni olib kelishi shu qadar mahorat bilan bayon etilganini o‘qib xalq dahosiga
tasanno aytasan” [4:4].

Yozma adabiyot va shaxs tarbiyasi haqida gap ketganda avvalo vatandoshimiz

turkiy adabiyotdagi birinchi doston “Qutadugʻu bilig”ning muallifi Yusuf Xos Hojib ijodini


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415

31

tilga olish lozim. Uning dostoni ham badiiy, ham didaktik asar sanaladi. Didaktik doston bu
ma’lum ma’noda pedagogik asar ham demakdir. Unda tarbiya muayyan yoshdagilar, u yoki
bu tabaqalar uchun emas, balki kim boʻlishidan qatʼiy nazar – u shoh yo gado, olimmi yo
talaba, dehqonmi yo hunarmand ham tarbiya obyekti, ham tarbiyalovchi ekanligi badiiy
jihatdan yoritib beriladi. Asarda rivojlanib boruvchi sujet yoq, asosiy to‘rt obraz –
Kuntugʻdi, Oytoʻldi, Oʻg‘dulmish, O‘zg‘urmishning didaktik mavzulardagi savol-javoblari,
suhbatlari sujetga asos bo‘lgan. Doston muallifi til odobi, sevgi va sadoqat, rostgoʻylik va
halollik kabi masalalar haqida soʻzlaydi, mayxoʻrlik va mutakabbirlikni tanqid qiladi.
Kishining yurish-turishi, oʻzini tutishi haqida oʻgit beradi. Bular dostonning mazmuni va
mohiyatiga singdiriladi.

“Qutidg‘u bilig”ning bir necha bobi bevosita axloq-odob masalalariga bag‘ish-langan.

Shunday boblardan biri “Til ardami”(til odobi) deb atalgan yettinchi boʻlib, undan shoir
oʻqish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli so‘zlash, tilga ortiqcha erk
bermaslik va boshqalar haqida ibratli oʻgitlar beradi:

Uqushqa bilikka bu tilmachi til,
Yaruttachi arni yo‘riq tilni bil.

Yusuf Xos Hojib shoir sifatida badiiy soʻzning qimmati va taʼsir kuchini alohida

taʼkidlaydi u soʻzini koʻp oʻrinda shoir tilidan, donishmandlar tilidan soʻzlaydi va yaxshi
soʻzni har qanday oltin, kumushdan ham ortiqroq biladi:

Kumush qolsa, oltun maning sanga
Oni tutmag‘il san bu, so‘zga teng-a:
Kumush ishka tutsa tugar, olqinur,
So‘zum ishga tutsa.kumush qizg‘onur.

U uylanish va bola tarbiyasi haqidagi 53-bobda oila va bola tarbiyasining murakkab

ekanini taʼkidlab, bolani yoshlik chogʻidan boshlab yaxshi xulqli qilib yetishtirish
zarurligini aytadi. Ziyofatlar va ularda ishtirok etish, o‘zini tutish odobiga bagishlangan 55-
va 56-boblarda saroy ahllariga o‘git beradi. Boshqa boblarda ham axloq va odobning turli
masalalari toʻgʻrisida fikr-mulohaza yuritadi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da
O‘zg‘urmish obrazi orqali iymon, qanoat masalalarini yoritadi. Iymonni jamiyatni
poklovchi mezon deb biladi. Bu tasvir an’anasi Chingiz Aytmatov ijodida davom etganini
ko‘rish mumkin. Kazangap, Edigey Boʻron, Quttiboyev (“Asrga tatigulik kun”); Avdiy,
Boston (“Qiyomat”) obrazlari bilan iymon tushunchasini jamiyat maʼnaviy hayotining
markaziga qoʻyadi. Bu bilan Yusuf Xos Hojibga ijodiy, maʼnaviy va fikriy izdosh ekanligini
ifoda etadi.

Badiiy adabiyot va pedagogika uyg‘unligi XII asr oxiri XIII asr boshlarida yashab, ijod

qilgan Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ham kuzatiladi. Ahmad Yugnakiy
ilm-maʼrifatni ‘Hibatul-haqoyiq”ning markaziy masalalaridan biri qilib qo‘ydi. Dostonning
asosiy qismini xuddi shu masala bilan boshladi. Boshqa boblardagi axloq-odob
masalalarini ham ilm-maʼrifat va olimlar donishmandligi bilan bog‘ladi. Doston Ahmad
Yugnakiyni o‘z davrining donishmand maʼrifatparvari va ilmning jarchisi sifatida
gavdalantiradi. Shoir olim bilan johilni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi: olim bilan baxt-


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415

32

saodat yoʻllarini topsa, johil nodonliklari tufayli koʻrguliklarga giriftor boʻladi, ilmni va
olimni qadrlash, ilm o‘rganishga tirishish lozim deydi:

Biliktin ayurman, so‘zumga ula,
Biliklikka, ya do‘st, o‘zungni ula.
Bilik birla bilinur saodat yo‘li,
Bilik bil, sapdat yo‘lini bo‘la.
Baholiq dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz – bahosiz bishi.

Shoir til odobi, saxiylik, kamtarlik, ezgulik va boshqalar haqida xuddi Yusuf Xos

Hojib kabi zamonasining peshqadam murabbiysi sifatida fikr yuritib, kishilarga oʻgit
beradi. Rost, sogʻlom va mazmunli soʻzlashni, kerak boʻlganda sir saqlay olish, laqmalik,
yolg‘on sozlash va sehrgaplikni qoralagan shoir tilni tiyish odobning boshi deydi:

Eshitgil, biliklik neku teb ayur:
Adablar bashi til kuzatmakturur.
Tiling bekta tutg‘il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa, bek tishingni siyur [5:143].

Turkiylar faxri boʻlgan Ahmad Yassaviy diniy-didaktik taʼlimotini badiiy tarzda –

sheʼriy shaklda bayon etgan. U boshqa Sharq mutafakkirlari kabi insonni tarbiyalashning
oʻziga xos tasavvufona yo‘lini targ‘ib qiladi. Bu yo‘l nafsni yengish yoʻlidir. Nafsni yengish
orqali komil insonni tarbiyalash mumkinligiga kitobxonni ishontiradi. Shuning uchun
barchani nafsi bandni yengishga chaqiradi:

Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldin ozib, toyib, to‘zib, gumroh bo‘lur.
Yotsa, qo‘psashayton bilan hamroh bo‘lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor [6:102].

Nafsni yengishning yoʻli bitta, u ham boʻlsa ishqdir. Shuning uchun oshiqlik inson

erishadigan ulug daraja hisoblanadi: “Zohid bo‘lma, obid bo‘lma. Oshiq bo‘lg‘il, Mehnat
tortib, ishq yo‘lida sodiq bo‘lg‘il”.

Nafs va ishq tasavvuf taʼlimotida oʻz lugʻaviy maʼnolari doirasidan chiqib, falsafiy

axloqiy-didaktik mohiyat kasb etadi. Yaʼni nafs insonni axloqiy jihatdan tubanlikka
tortuvchi barcha maʼnaviy illatlar yig‘indisibo‘lsa, ishq insonni ruhan, maʼnan, aqlan
hamda jismonan poklovchi maʼnaviy fazilatlar majmuyi hisoblanadi. Ishqidan yiroq,
nafs botqogʻiga botgan kimsalar Chingiz Aytmatov taʼbiri bilan aytganda, manqurtlik
qiyofasiga kirib qoladilar. Shu bois ham Ahmad Yassaviy

Nafsni tepib dargohig‘a loyiq bo‘lg‘il,
Ishqsizlarning iymoni yoq, ham joni yoq,
deya taʼlim beradi.

Biz yana ushbu asarlar qatoriga bir necha oʻnlab didaktik qimmatga ega asarlarni

keltirishimiz mumkin. Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan olim hamda adiblardan Abu
Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Ahmad Yugnakiy, Alisher


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415

33

Navoiy, Atoulloh Husayniy, Shayx Ahmad Taroziy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Zokirjon
Furqat va boshqa allomalarning pedagogik qarashlarida ma’naviy barkamol inson
tarbiyasiga, xususan, yoshlarni so‘z vositasida toza ko‘ngil, ezgu o‘y, yuksak axloq kishisi
qilib ulg‘aytirish masalasiga e’tibor qaratilgan[7:4]. Ular ichidan Navoiyning “Hayrat ul-
abror”, “Nazmul-javohir”, “Arbain hadis”, “Mahbub ul-qulub”, Boburning “Mubayyin”,
Xojaning “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” asarlarini alohida taʼkidlash lozim. Shermuhammad
Munisning “Savodi taʼlim” (yoki “Risolayi savod”), Anbar Otinning “Alifbo” asarlari
ma’rifiyahamiyatga ega ham didaktik, ham ilmiy sheʼriyat namunasi sifatida ardoqlanadi.
Bularning barchasi adabiyot, pedagogika hamda didaktikaning qo‘yilgan maqsad,
vazifalariga ko‘ra mushtarakligiga yana bir bor dalolat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Чингиз Айтматов. Эхо мира. Москва: «Правда». 1985. – С. 455.

2.

Қозоқбой Йўлдошев. Ёниқ сўз. Т.: “Янги аср авлоди”. 2006. – Б. 7.

3.

Мадаев О., Собитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди. Т.: Шарқ. 2001. – Б. 42.

4.

Манас. 2-китоб. С. Акбарий таржимаси. Т.: Адабиёт ва санъат. 1987. Б. 4.

5.

Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Т.: Ўқитувчи. 1976. – Б. 143.

6.

Аҳмад Ясссавий. Ҳикматлар. Т.: Адабиёт ва санъат. 1991. – Б. 102.

7.

Қодиров В. Мумтоз адабиёт: ўқитиш муаммолари ва ечимлар. Монография.

Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти.
2009. Б. 4.

Библиографические ссылки

Чингиз Айтматов. Эхо мира. Москва: «Правда». 1985. – С. 455.

Қозоқбой Йўлдошев. Ёниқ сўз. Т.: “Янги аср авлоди”. 2006. – Б. 7.

Мадаев О., Собитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди. Т.: Шарқ. 2001. – Б. 42.

Манас. 2-китоб. С. Акбарий таржимаси. Т.: Адабиёт ва санъат. 1987. Б. 4.

Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Т.: Ўқитувчи. 1976. – Б. 143.

Аҳмад Ясссавий. Ҳикматлар. Т.: Адабиёт ва санъат. 1991. – Б. 102.

Қодиров В. Мумтоз адабиёт: ўқитиш муаммолари ва ечимлар. Монография. Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти.

Б. 4.