Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Business and commercial terms and their features
Dilnoza NASRIYEVA
1
Malohat JURAYEVA
2
Bukhara State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
15 April 2021
Mankind has emerged as an integral part of society. In ancient
times, economic processes began to play an important role as the
individual, then the seed, and gradually the state and society
grew. Therefore, development is unimaginable without the
economy. The study of economics is not only the focus of
economic organizations, institutions and movements, but also of
linguists and translators. This article discusses economic terms
and their specific features.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
terminology,
lexicology,
cartel,
clearing,
trade,
small business,
allocation,
economics.
Biznes va tijorat terminlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
terminologiya,
leksikologiya,
kartel,
kliring,
tovar oboroti,
mayda mulkchilik,
mablag‘ ajratish,
iqtisod.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, iqtisodiyot jamiyatning ajralmas
bo‘lagi bo‘lib kelgan. Eng qadimgi davrlarda shaxsning, so‘ng
urug‘ning, asta-sekin davlat va jamiyatning o‘sib borishi bilan
iqtisodiy jarayonlar ham muhim rol o‘ynay boshlaydi. Shu bois,
taraqqiyotni iqtisodsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni
o‘rganish iqtisodiy tashkilotlar, institut va harakatlar bilan bir
qatorda tilshunos, tarjimonlar diqqatidan ham chetda qolmaydi.
Mazkur maqolada iqtisodiy terminlar va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar keltirildi.
1
Master’s student, Bukhara State University. E-mail: nasriyevadilnoza@mail.ru.
2
DSc, Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
298
Деловые и коммерческие термины и их особенности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
терминология,
лексикология,
картель,
клиринг,
торговля,
мелкая собственность,
выделение средств,
экономика.
После
появления
человечества
экономика
стала
неотъемлемой частью общества. В древнейшие времена с
постепенным ростом личности, затем родства, государства
и общества важную роль начинали играть и экономические
процессы. Поэтому без экономики невозможно представить
развитие. Изучение экономики находится в центре
внимания
не
только
экономических
организаций,
институтов и движений, но также лингвистов и
переводчиков. В статье рассматриваются экономические
термины и их особенности.
Tabiat va jamiyatdagi har bir hodisa o‘zining kelib chiqishi va rivojlanish tarixiga
egadir. Shu boisdan muayyan tadqiqotda ma’lum bir voqea-hodisa o‘rganilar ekan, u o‘sha
voqea-hodisaning tarixini, uning kelib chiqishini o‘rganishdan boshlanadi. Binobarin,
mazkur maqolada ham uning asosini tashkil etuvchi iqtisodiyotga oid terminologiyasini
tahlil qilishga kirishilar ekan, avvalo uning shakllanish tarixiga nazar tashlab o‘tish
zarurati tug‘iladi. Xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan
munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan.
Terminologlar, umuman, leksikologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlaridan
ma’lum bo‘ladiki, insonturmush, kundalik faoliyati, bilan bevosita bog‘liq bunday til
birliklari va qadimiyligidan tashqari o‘zining barqarorligi, turli lisoniy o‘zgarishlarga moyil
emasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qarindosh-
urug‘chilik nomlari, tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar
mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas,
ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi.
Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va
shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai
nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoxud birikmadir.
Haqiqatdan ham shunday. Chunki har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha
soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini
shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi. Bu o‘rinda shuni qayd
etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha
u yoki bu sohaning o‘ziga xos maxsus terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, biznesmen
va tijoratchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovaroboroti,
maydamulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar
ishlatilishi tabiiy bir holdir.
O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar biznes va iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb
egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari
ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar
ishlatilaveradi: bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, xaridor, bozorchi, olib-sotar,
chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
299
Biznes va tijoratga oid terminlarni yuqoridagi qatlamlar qatoriga kiritmaslikning
iloji yo‘q, chunki inson insonligini tanib, birinchi navbatda “iqtisod” tushunchasiga duch
kelgan. Aniqroq qilib aytganda, turmushning ertasini o‘ylagan har bir kishi birinchi galda
nimanidir topishni va uni g‘amlashni, undan qay yo‘sin bilan foydalanishni, uni tejab-
tergashni o‘ylagan va shu asosda ish yuritgan.
Quyida biznes va tijoratga oid keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni keltiramiz.
Ularning ba’zilari o‘zbekcha so‘zlar bo‘lsa, ba’zilari esa boshqa tillardan bevosita kirib kelib
tilimizda qo‘llanilmoqda.
ARALASH MULK – buturli shakldagi mulklarning o‘zaro qo‘shilib, ishlashda
o‘zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko‘rinishi aksionerlik jamiyatlardir.
AUDIT – 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan
tashkilot (tashkil etish A.). 2) aksionerlik jamiyatining tafti hay’ati (ichki A.)
AUDITOR – revizor-taftish o‘tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik
jamiyatining muomala-xo‘jalik tekshiruvi, taftish o‘tkazuvchi shaxs.
AUKSION – (lat.auction) – “kimoshdi” savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo xizmati
mahsulotni eng yuqori narxga ko‘targan xaridor sotib oladi.
AHOLI DAROMADLARI – aholining ma’lumot vaqtini kamaytirish pul va natura
sharoitida olingan daromadlari miqdoridan iborat. AD ga ish xaqi, tadbirkor daromadi,
pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, devidend,
renta, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotini, hunarmandchilik buyumlarini sotish va
har xil xizmatlar ko‘rsatmasidan olingan daromadlardir.
BALANS – xalq xo‘jaligida va umuman xo‘jalik, savdo ishlarida bir-yashash uchun
bo‘lgan sohalarning o‘zaro tartibga solmog‘i. Bir narsa korxona yoki tashkilotda aniq bir
muddat oralig‘idagi kirim bilan chiqimni, davolash daromad bilan buromadni bir-xil
taqqoslab chiqilgan yakuniy.
BANK – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtiga qarab pul mablag‘larini bir
davolash yig‘uvchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi, korxonalarga va umuman
pulga tekshirishga kredit, suda qilingan, tomonlar ishlash to‘lovi va boshqa hisob-kitob
ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin vachet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni
bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lumot foizini to‘lash, qarz
olganlardan davomiy foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar bo‘yicha farq qiladigan
bank foydasi mavjud.
BANK KAFILLIGI – bankning o‘z mijoziga kafolati. Bank o‘z mablag‘i hisobidan
mijozning xizmatida muddatda to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitob qilish
kafilligini oladi. Kafil banki mijozining bunak, avansini qaytarish, savdo-sotiq
shartnomasini tuzish va shunga o‘xshash shartlarni bajarishi mumkin.
Kishilar ongida “iqtisod” “iqtisodiyot” kabi tushunchalar shakllana boshlagan,
bularning barchasi hozirgi kunda fan sifatida tarkib topgan “iqtisodiyot”ning dastlabki
kurtaklari edi. Bu fan va amaliyotning shunday kurtaklari shakllana boshlagan ekan,
demak ularni ifodalovchi til birliklari ham paydo bo‘la boshlagan. To‘g‘ri, ma’lum
vaqtgacha “ekonomika” (grekcha “xo‘jalikni boshqarish”) ma’nosini ifodalovchi so‘zidan
hosil bo‘lgan, hozirda esa arabcha iqtisodiyot deb atalayotgan amaliyot va maxsus fan
qadimda o‘zbek tilida qanday so‘z bilan yuritilganligi haqida tegishli yozma manbalarning
yo‘qligi tufayli, bir narsa deya olmaymiz. Biroq hozirda mavjud bo‘lgan ayrim manbalar
asosida iqtisodiyotga oid qator terminlar qo‘llab kelinganligini dalillarga suyanib isbotlab
berish mumkin. Asta-sekin iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
300
boshladi, iqtisodiyotni o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda
hayotimizning, borlig‘imizning asosini tashkil etgan tom ma’nodagi iqtisodiyot ro‘yobga
chiqdi. Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik tizimining
qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi holatiga yetib
kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Iqtisodiy terminologiya
borasidagi dastlabki ish J. Dosmuxamedovning «Общая характеристика терминов
полит-экономии основные способы их образования в современном узбекской
языке» (1974) va qozoq tilshunosi M.R. Nasirovaning «Социально-экономическая
терминология в современном казахском языке» (1969) nomzodlik ishlaridir.
H. Dadaboyev «XI–XIV asrlar turkey tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va
sotsial iqtisodiy terminologiya» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zbek
tilidagi, binobarin, turkey tillardagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiyani
o‘rganishga bag‘ishlangan bu ishda turkey tillarning shakllanishida o‘zining muhim rolini
o‘ynagan, ko‘rsatilgan sohalar terminlarining paydo bo‘lish va tilde qo‘llanish muammolari
atroflicha o‘rganilgan. Ishning asosiy qismida O‘rta Osiyo (hozirgi Markaziy Osiyo)
hududidagi turkey xalqlar tillaridagi yurt, ulus, baliq (“shahar” ma’nosida), yasaq (“huquq,
qonun” ma’nosida), ordu, qazi, og‘riliq, jaza, yug‘rush (“vazir” ma’nosida) kabi yuzlab
ijtimoiy-siyosiy terminlar ishlatilganligi, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”,
Yusuf Bolasog‘uniyning “Qutadug‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”,
Zamaxshariyning “Muqaddimat al-adab”, Sayfi Saroiyning “Guliston bi-t-turkiy”, Qutbning
“Xisrav va Shirin”, Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” kabi asarlaridan olingan misollar
bilan isbotlab berilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Husanov N. Mirahmedova Z. Iqtisodiy atamalar va ish yuritish. – T.: 2005. – B. 106.
2.
Akobirov S. Til va terminologiya. – T.: 1968.
3.
Bektemirov X., E. Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. – T.: 2002.
4.
Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. – Toshkent, 1933.
5.
Toymuhammedov I. Bank ishi – Toshkent, 2005.
6.
Salimova N. Iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining o‘ziga xosliklari. T.: 2015.
7.
Tog‘ayev S. Bank ishi uslubiy qo‘llanma. – Samarqand, 2016.
8.
Barotov Z. Iqtisodiy matinlarda neologiznlarning tarjima qilinishi. S.: 2013.
9.
Jalolov J, Fattaxov A, Axmedov I. Biznes marketing. T.: 2007.
10.
Anikina A. Iqtisodiy atamalar lug‘ati inglizcha-ruscha. T.: 1993.
