Авторы

  • Бекзод Каршиев
    преподаватель Самаркандского филиала Ташкентского государственного аграрного университета, Cамарканд, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp108-112

Ключевые слова:

поток сознания хронический сюжет ассоциативный сюжет ретроспективный сюжет концентрический сюжет художественный характер

Аннотация

В статье описаны изменения в узбекском романе более позднего периода, художественный сюжет и его типы, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в произведениях, основанных на восприятии главного героя романа «Лолазор» Мурада Мухаммада Доста.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Flow of consciousness and pilot of treatment (On the example of
the novel “Lolazor”)

Bekzod KARSHIYEV

1


Tashkent State Agrarian University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

This article describes the changes in the Uzbek novel of the

later period, the fiction plot and its types, the plot and the flow of
consciousness’s treatment, the role of plot of appearance
based on the perception of the image in the novel “Lolazor”
by Murad Muhammad Dost.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

flow of consciousness,
chronic plot,
associative plot,
retrospective plot,
concentric plot,
fiction character.

Ong oqimi va sujet munosabati (“Lolazor” romani misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ong oqimi,
xronikali sujet,
assotsiativ sujet,
retrospektiv sujet,
konsentrik sujet,
badiiy xarakter.

Ushbu maqolada keyingi davr oʻzbek romanchiligidagi

oʻzgarishlar, badiiy sujet va uning turlari, sujet hamda ong oqimi
munosabati, qahramon idroki asosiga yaratilgan asarlarda sujet
ko‘rinishlarining tutgan o‘rni Murod Muhammad Do‘stning
“Lolazor” romani misolida ochib berilgan.

1

Lecturer of Samarkand branch Tashkent State Agrarian University, Samarkand, Uzbekistan.

E-mail: qarshiyev_b@samaguni.uz.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

109

Поток сознания и сюжетные отношения (На примере
романа «Лолазор»)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

поток сознания,
хронический сюжет,
ассоциативный сюжет,
ретроспективный сюжет,
концентрический сюжет,
художественный характер.

В статье описаны изменения в узбекском романе более

позднего периода, художественный сюжет и его типы,
взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в
произведениях, основанных на восприятии главного героя
романа «Лолазор» Мурада Мухаммада Доста.


Badiiy idrokning sujet turlariga o‘ziga xos munosabati mavjud. Ong oqimi asarlarida

sujetning asosan ikki turi ko‘proq uchraydi. Ular assotsiativ va retrospektiv sujetlardir.
“Lolazor” romanida ham asosan shu sujet turlari uchraydi. O‘zbek adabiyotshunosligida
sujet muommolari va ularning turlari birmuncha o‘rganilgan. Adabiyotshunos A. Rahimov
o‘zining “Roman janrining taraqqiyotiga doir” maqolasida sujetning to‘rt turini ko‘rsatadi:
xronikali sujet, retrospektiv sujet, konsentrik sujet va assotsiativ sujet. “Sujet qurishning
barcha tip va vositalarining murakkab darajada uyg‘unlashuvi, – deydi tadqiqotchi shu
maqolasida, – ayniqsa, voqealarni xronikali hikoya qiluvchi va retrospektiv tiplarining
assotsiativ sujetga singib ketishi hozirgi adabiyot uchun xarakterlidir” [4, 7].

Darhaqiqat, ong oqimi asosiga qurilgan asarlarda sujetning boshqa turlari

assotsiativ sujetga singib ketadi va u asosiy sujetga aylanadi. Assotsiativ sujetni
qahramonning tashqi voqea-hodisalardan olgan tasavvuri, taassurot va kechinmalari
tashkil etadi. Asar sujeti qahramon shuuriga aynan ta’sir etib turgan yoxud
xotirlanayotgan narsa, voqea-hodisalar, ularga qahramon munosabati, xullas,
personajlarning butun ichki ruhiy dunyosini qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida asar
kompozitsiyasining, tasviriyligining o‘ziga xosligini belgilaydi, endi voqea-hodisalar
ikkinchi navbatga o‘tib qoladi, ularning xronologik mutanosibligi ba’zan ahamiyat kasb
etmaydi, buning natijasi o‘laroq an’anaviy tasvir o‘z yukini torta olmay qoladi. Fikr
o‘jarliklari, kutilmagan assotsiatsiyalar, g‘ayri shuuriy og‘ishlar tasviri ehtiyoji tug‘iladi.
Epik xarakterdagi voqea-hodisalar xira, noaniq tus olishi natijasida ular go‘yo bir-biriga
bog‘lanmagandek taassurot tug‘diradi, aslida esa ular ichki tugallik, tadrijiy konseptuallik
kasb etadi.

“Lolazor”ning “Bemor” boblari, ma’lumki, Nazar Yaxshiboyev ong oqimi mahsulidan

iborat bo‘lib, assotsiativ sujet asosiga qurilgandir. Bu eng avvalo M.M. Do‘stning rivoyada
odatiy tasvir yo‘lidan bormaganligida ko‘rinadi. “Bemor” boblarida o‘zimiz ko‘nikib qolgan
sujet, kompozitsiya qurilishlari, xronologik mutanosiblik asosida hikoya qilinadigan
voqea-hodisalar silsilasi, an’anaviy tasvir usullarini uchratmaymiz, balki qahramon ong
oqimiga asoslangan personajlar fikr jarayoni ifodasiga duch kelamiz. Ularda barcha
detallar, xoh ular maishiy-naturalistik, xoh geografik, iqtisodiy, siyosiy, diniy tarixiy bo‘lsin
ana shu fikr oqimiga singdirilgan hodisalardir.

“Bemor” boblari markazida Nazar Yaxshiboyevning bir haftalik shifoxonadagi

hayoti turadi, yetti bob davomida uning ikki qatlamdagi – tashqi va ichki dunyosi
tasvirlanadi. Uning turish-turmushi, xatti-harakatlari, ma’lum paytdagi tutmishi,
mashg‘uloti, uchrashuv, suhbatlari tafsilotlari unchalik ahamiyat kasb etmay, yozuvchi
diqqat markazida assotsiatsiyalarga asoslangan ong oqimi, ichki nutq shakllari bo‘lgan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

110

ichki monolog va dialoglar turadi. Kasalxonadagi so‘nggi hafta ichida Nazar Yaxshiboyev
umr sarhadini hisob-kitob qiladi, xotirasidagi va shu kunlarda bevosita shuuriga ta’sir
etyotgan tevarak-atrofini, yaqinlari, oila, bola-chaqa, yor-do‘st, qadrdon, do‘st-u
dushmanlarini bir-bir tasavvuridan o‘tkazadi. Uning ong oqimi doimo harakatda, shuuriga
ta’sir etayotgan, atrofdan do‘l kabi yog‘ilayotgan taassurotlarga javob izlaydi, baholaydi,
munosabat bildiradi. Uning tafakkur dengizi joriy va xotiraviy voqea-hodisalarni qamrab
oladi, xilma-xil ikir-chikir, turfa detal va assotsiatsiyalar bilan hozirgi va xotiraviy hayot
parchalari tiklanadi, u o‘z shuuri asosida makon va zamonni his etadi: “Barisi xastalik
oqibati, deb o‘yladi, tan og‘rimaydi, lekin xastalik borday, har holda, kasalxonada, kasal
yotadigan palatada yotibman, bosh tarafdagi to‘mba ustiga shisha idish qo‘yilgan, idish
ustiga bir parcha doka sirilgan, doka o‘rtasidan kichkina teshik o‘yilgan-u, o‘sha teshikdan
ikki-uchta termometr dikkayib chiqib turibdi, demak, mening xastaligim aniq”[3, 214].
Ko‘rinib turibdiki, qahramon so‘zlayotgani yo‘q, uning ong oqimi harakatda, xolos. Bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Xotiralar esa turli assotsiatsiyalar asosida tiklanadi. Ular shunchaki tiklanib,

yo‘qolib ketavermaydi, balki taassurot va kechinma tarzida ma’lum iz qoldiradi. Taassurot
va kechinmalar assotsiatsiyalar uyasida joylashib, ma’lum turtki tufayli go‘yo suvga tosh
tushgandagi kabi doiralar hosil qilib taraladi, buning natijasida mazkur hodisa boshqa
hodisalar bilan yaqinlashadi, ular bilan tutashib o‘zining ko‘p qirralarini namoyon etib,
borliqning umumiy oqimiga singiydi. Assotsiatsiyalar shu qadar kuch-qudratga egaki,
zumda inson ongi koinotga safar qilishi va sanoqli daqiqalar ichida kezina-kezina
makoniga qatmog‘i, o‘z yo‘lida sirli mo‘jizalar yasamog‘i mumkin. Ana shunday jihatlari
bilan “Lolazor” romani XX asr g‘arb adabiyotiga haqli ravishda qarindosh deb aytishimiz
mumkin. “Bemor” boblarining birinchisida “…bir oycha burun olimi fozil Salimxon bir xalta
gap ko‘tarib keldiki, ustozi buzruk, farzandingiz Avvalbek ustaxonasida kayf qilib olib,
keyin mendan so‘radi. Paradarimizni… keyinroq ham o‘qisharmikan, deb so‘radi”[3, 26].
Assotsiatsiyalar gradatsiyasi yuz bera boshlaydi: borib “sassiqtaka” iborasiga, uni kim
to‘qiganiga, bolalarning miyasiga o‘rnashib qolganiga, Oliyaga, so‘ng u tufayli Muhsinaning
Yaxshiboyevni la’natlab yurganiga, u paytlarda Yaxshiboyevning ko‘p pokiza ekanligiga,
buni Muhsina bilmasligiga, Oliya bilan uch yilgacha muloqotda bo‘lgani-yu qo‘lini ham
ushlay olmaganiga, uni yaxshi ko‘rganiga, balki Muhsina to umrining oxirigacha buni
tushunmasligiga, Muhsinaning ozor chekkaniga, buni tushunish kerakligiga, yana
Avvalbekka, farzandlarining avvali, davlatining avvali, bu metindek zaminga otgan ilk
tomiriga, toki zaxa yetmagay, tug‘ruqxona, doya xotin, gul, sevingani, yana Muhsina, g‘arib
bir xona, xona tagidagi ariq, chiyillagan kalamushlar, bugungi noahillik, nizo, adovat, o‘sha
jahldor kampir, pichirlashib gapirishlar, oyoq uchida yurishlar, ehtiroslar, o‘shanda
Muhsinani bir shapaloq urgani, uning uzoq yig‘lagani, ibo, o‘zgalar bilan … “mushukday
miyovlaganlari-chi”, keyinchalik Muhsinaning, keyinchalik Muhsinaning ko‘nglidagi
o‘tlarning so‘ngani, farzandlar: Avvalbek, keyin Olloyor, keyin Sokina, eng baqiroq, eng
sho‘x, endilikda eng bama’ni va suyukli farzandi… Mazkur assotsiatsiyalar tarala-tarala
oxir-oqibatda ne-ne makonlar, zamonlar osha, umuman, borliqqa singib, uyqashib, Nazar
Yaxshiboyev hayotining shu kungi xastaligiga, hozirgi holatiga tutashib turibdi, ular
shunchaki kino lentasidek o‘tib ketayotgani yo‘q, taassurot, kechinma sifatida o‘z og‘riq va
azoblariga egaki, qayta tiklanish barobarida ham ma’lum iz qoldirmay ilojsiz, umr bo‘yi va
hozirgi umr xotimasidagi ularga munosabat ushbu taassurot, kechinma izlari emasmi?
Shunisi diqqatga sazovorki, bunda tashqi faktorlar – voqealar muhim o‘rin tutmaydi,


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

111

asosiysi taassurot va kechinmalar izidir. Bunda tasvirning markazida bevosita taassurot
turadi. Darvoqe, impressionizm haqida fikr yuritib, O. Sharafitdinov yozadi:
“Impressionizm tasvirning markaziga voqea va hodisalardan olingan bevosita taassurotni
qo‘yadi – ular haqidagi o‘y va fikrlar, xulosalar, muallif aytmoqchi bo‘lgan g‘oyalar shu
taassurot tasviri zamiriga yashiringan bo‘ladi” [6, 20]. Bunday misollarni “Bemor”
boblarining har biridan ko‘plab keltirishimiz mumkin, chunonchi, assotsiatsiyalar
gradatsiyasi, gradatsiya markazida taassurot va kechinmalarning turishi ong oqimi uchun
xarakterlidir. Unda ko‘pincha qahramon bevosita ishtiroki yoxud taassurot va kechinma
bilvosita qabul qilingan, eshitilgan, faraz yoxud mushohada tarzida bo‘lishi ham mumkin.

“Lolazor”ning bosh qahramoni Nazar Yaxshiboyev umrining so‘nggi kunlarida hali

tetik, ilgarigiday bardam, shifoxonaga hol so‘rab keluvchilar – xotini, shogirdlari, tanish-
bilish, shifoxona xodimlari, qandaydir ilinjda yotgan “soxta” bemorlar, eski tanishlar,
qadrdonlar bilan kundalik munosabatda bo‘ladi, o‘tgan-ketganlarni eslaydi, turli
assotsiatsiyalar tufayli ular haqida mushohada yuritadi, yo‘l qo‘ygan hayotiy kamchiliklari,
adashganlari xususida fikrlaydi, alalxusus, umr bo‘yi do‘stlikka qasamayod qilgan va uni
oqlagan, biroq o‘zi ham bilmay o‘zi bino qilgan ko‘prikdan bevaqt qulagan Oshno bilan
munosabatlarini birma-bir, ipidan ignasigacha sarhisob qiladi. Umr so‘ngida vijdon-u
nufuzni ham, taxt-u baxtni ham, boylig-u to‘qlikni ham, do‘stlig-u muhabbatni ham (Oshno
– Nazar, Nazar – Muhsina ko‘zda tutilmoqda) so‘ramas ekan, faqat imonni, jo‘n, insoniy,
bashariy, asliy imon-e’tiqodni talab etarkan, xolos. Nazar Yaxshiboyev ming chandon
iqrorki, taxti – katta shaharlar emas, qishlog‘i, baxti – buyuk yozuvchilik, respublikadagi
ikkinchi odamligi emas, qishloq o‘qituvchisi, chin muhabbati, tengi – Muhsina emas,
Kunsuluv ekan. Umr esa poyoniga oshmoqda…

Yaxshiboyev hammani o‘ziga yaqin bo‘lgan barchani dil-dilidan so‘roqqa tutadi:

“Kim eding o‘zi sen? Jo‘n bir muharrirning o‘zidan ham jo‘nroq jiyanchasi eding-da!
Darvoqe, rahmatli muharrir unchalik ham jo‘n emasdi. Uning Oshnoga dastlabki kezlarda
trampling bo‘lgani rost, lekin Oshno baribir Oshno-da, uning qanday Oshno bo‘lgani
muhimmas, bugungi nufuzi muhim, agar Oshno bo‘lmasa edi, kim biladi, qaylarda
yurarding kashanda rejissyor xotin bo‘lib – O‘rtaqo‘rg‘on muzdramidami yoinki
O‘rtaqo‘rg‘on radiosidami?” Yaxshiboyev bu savolni o‘ziga ham beradi: “Yaxshiboyev kim
o‘zi, kim bo‘pti u? Oshnoning saltanati tug‘dirgan bir mujmal hodisada buyam! Yoki
boshqachami? Formulasi nima uning? Formulasi ne bo‘lmasin, tarkibiga Oshnodan salgina
aralashgani aniq. Kimki nufuzli kimsa bor uning vujudiga Oshno aralashgan. Oshno – havo,
Oshno – yer, Oshno – suv, Oshno – non… Oshno – hamma narsa…” [3, 416].

Oshno sabab tiklagan barcha binolarning asosi bo‘sh ekanini, yurish-turishi, barcha

ishlari omonat ekani, tiklagan qahramonlari soxta, oilasi, jigargo‘sha farzandlari mehr-
oqibatsiz ekanini, hamma narsa muvaqqat, omonat ekanini chuqur anglaydi: “E, tarozisi
bor-da bu dunyoning! Loaqal posangisi o‘z qo‘lingda bo‘lsa qaniydi!...” Bir kunmas bir kun
jilov ketishini ham aniq biladi. Dunyo o‘tkinchi! Oshno bilan uning kabinetidagi uchrashuv,
Oshnoning sarosimali yuzi, demak, hamma narsa tamom-vassalom! Musaffo osmon ustini
zumda qora bulut qoplaganday zamon o‘zgaradi. Nazar Yaxshiboyevning nolalariga to‘la
so‘nggi ichki monologlari…

Assotsiativ sujet asosiga qurilgan bunday asarlarni tushunish qiyin bo‘lganidek,

esda saqlash, hikoya qilib berish ham birmuncha mushkuldir. Buning sababi yuqorida
ta’kidlaganimizdek, voqea-hodisalarning ikkinchi navbatda ekanligi, asosiy e’tibor va
tasvir tasavvur, taassurot va kechinmalardan iboratligidadir. Shunday qilib, ong oqimi


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

112

nasrida ong harakati xususiyatlaridan kelib chiqib, badiiy ong oqimini yaratishda
assotsiativ sujet muhim ro‘l o‘ynaydi va asosiy sujet turiga aylanib qoladi. Boshqa sujet
turlari esa u bilan uyg‘unlashadi va assotsiativ sujet tarkibiga kirib ketadi. So‘nggi o‘zbek
nasri namunalarida ong oqimi badiiy yo‘nalishning shakllanayotgan assotsiativ sujetining
tadrijiy rivojlanayotganini yuqoridagi misollar ko‘rsatib turibdi. Xullas, “Lolazor” romani
bu yo‘nalishdagi keng qamrovli ilk asarlardan biri bo‘lsa, E. A’zamning “Shovqin” romani
esa milliy adabiyotshunosligimizda ushbu uslub shakllanib ulgurganligidan darak beradi.
Ong oqimi va sujet masalasiga yakun yasar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlash lozimki, ong
oqimining, ya’ni qahramon tafakkurining bizga birmuncha g‘ayritabiiyroq holda xarakter
yaratishi sujet bilan uzviy bog‘liqdir va biz shu bois bu turdagi asarlarni tahlil etganimizda
sujet va uning turlariga o‘rni-o‘rni bilan murojaat qilishimiz o‘rinlidir. Holbuki, sujet badiiy
xarakter tarixidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, 2004.

2.

Жўраев Т. Онг оқими Модерн. Фарғона, 2009.

3.

Мурод Муҳаммад Дўст “Лолазор”, Тошкент, 1998.

4.

Раҳимов А. Роман жанрининг тараққиётига доир. – “Ўзбек тили ва

адабиёти”, 1986, 6-сон.

5.

Холбеков М. ХХ аср модерн адабиёти манзаралари. Тошкент, 2014.

6.

Шарафитдинов О. Гўзаллик излаб. Тошкент, 1985.

Библиографические ссылки

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, 2004

Жўраев Т. Онг оқими Модерн. Фарғона, 2009

Мурод Муҳаммад Дўст “Лолазор”, Тошкент, 1998

Раҳимов А. Роман жанрининг тараққиётига доир. – «Ўзбек тили ва адабиёти», 1986, 6-сон

Холбеков М. ХХ аср модерн адабиёти манзаралари. Тошкент, 2014

Шарафитдинов О. Гўзаллик излаб. Тошкент, 1985