Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Goals and objectives of realistic painting. Names of color shades
and characteristic of the color gamut
Zarina MUHAMMADIYEVA
1
Dilfuza ISMOILOVA
2
Ogiloy MUHAMMADIYEVA
3
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
This article discusses the names of color shades and color
gamut characteristics. One of the things that often bothers
students when working with colors in painting classes is that
they do not know the Uzbek names of colors well. This is an
obstacle to becoming a professional in the future.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
color,
integrity,
shadow – light contrast,
reflex,
blink,
watercolor,
gouache.
Realistik rangtasvirning maqsad va vazifalari. Rang tuslarining
nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
rang, yaxlitlik,
soya – yorug‘ kontrast,
rеflеks,
blik,
akvarel,
guash.
Ushbu maqolada Rang tuslarining nomlari va ranglar
gammasi xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi. Rangtasvir
mashg‘ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko‘pchilik
hollarda qiynab qo‘yadigan narsa ranglarning o‘zbekcha
nomlarini yaxshi bilmaslikdir. Bu esa kelgusida o‘z kasbining
yetuk mutaxasisi bo‘lishida to‘sqinlik qiluvchi omildir.
1
lecturer, Termez State University, Termez, Uzbekistan.
2
Student of the faculty of “National handicrafts and ceramics” of Termez State University. Termez, Uzbekistan.
3
Student of the faculty of “National handicrafts and ceramics” Termez State University. Termez, Uzbekistan.
E-mail: Aziza01011996@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
140
Цели и задачи реалистической живописи. Название цветов и
характеристики игры цветов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
цвет,
целостность,
контраст тени и света,
рефлекс,
мигание,
акварель,
гуашь.
В статье обсуждаются названия цветовых оттенков и
характеристики цветовой гаммы. Одна из вещей, которая
часто беспокоит студентов при работе с цветами на уроках
живописи, – это то, что они плохо знают узбекские названия
цветов. Это является препятствием для того, чтобы в
будущем стать хорошим специалистом своей профессии.
Rangtasvir o‘quv fani ma’naviy barkainol avlodni tarbiyalashda rangtasvir o‘quv
fani ham o‘zining keng imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Rangtasvir fani ijodiy
faoliyat, san’atkorning dunyosi, borliqni, uning go‘zalligini ranglar orqali ko‘rish va
tasavvur etish, haqiqiy san’at asarini qadrlashni o‘rgatadi. Bu fanning bosh maqsadi –
talabalarda badiiy madaniyat va badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish hamda ijodiy
faoliyatni tarbiyalashdan iboratdir.
Rangtasvir o‘quv fani o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar quyidagilardan iborat: – Atrof
muhitdagi ranglarni ko‘ra olish va ularni idrok etishga o‘rgatish. – Badiiy qobiliyat, did va
fikrlash faoliyatini o‘stirish. – Rangtasvirning nazariy asoslari: nur-soya, rangshunoslik,
perspektiva va fazoviy tasavvurni o‘stirish, shuningdek rangtasvir san’atining turlari, janr,
oqim, atama va iboralari haqida tushuncha berish. – Rang tasvir asarlarini o‘qiy olish va
rang ko‘rish malakasi, ko‘nikmalarini rivojlantirish. Rangtasvir juda qadimiy san’at. Uning
asoslari quyidagi tasvirlardan boshlanadi.
Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi: iliq va sovuq ranglar.
Rangtasvir mashg‘ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko‘pchilik hollarda qiynab
qo‘yadigan narsa ranglarning o‘zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir.
Talabalarga rangtasvir mashg‘ulotlarini olib borish uchun bo‘lajak tasviriy san’at
o‘qituvchisi rangtasvir asoslarini puxta egallash va rangshunoslik nazariyasini mukammal
bilishi shart. Shuning bilan birga realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini
o‘zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rangda ifoda yo‘llarini o‘rganish
mumkin. Bu hol, ayniqsa, natyurmort ishlashda, uning ranglari to‘g‘risida so‘z yuritganda
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ma’lumki bo‘yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari mavjud.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
141
Agar ma’lum bandlikda va tartibda uyg‘unlashtirib chalinsa yoqimli bo‘lib eshitiladi.
Ma’noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo‘ladi. Ular ning sifati ovozlari o‘rtasida-gi
vaqt masofasi, ovozlar yo‘g‘on ingichkaligiga ham bog‘liq. Rangtasvirlarini shlash
jarayonida ham xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya’ni har bir rang va tus ning o‘z
yorqinligi va to‘q ochligi mavjud.Ularni nechog‘lik bir-biriga mosini topib, o‘zaro muvofiq
tarzda qo‘llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma’no tashish quvvatiga ega
bo‘ladi. Agar bo‘yoqlarni tasvir ob’yektiga zid holda birini juda yorqin, boshqasini nursiz
qilib o‘zaro bog‘liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma’nosiz va ta’sirsiz chiqib qoladi.
Ranglarning yorqinlik kuchi va to‘q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda
qo‘llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to‘qroq gammalarda tasvir
ob’yektlariga mos tarzda, ma’lum nisbatlarda qilib olinadi. Mo‘ljaldagi olingan gammaga
moslab tasvirning eng to‘q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi. Shunda ishlangan
tasvirlar yaxlitlik, qiziqarlilik kasb etadi, ta'sirchan chiqadi [1.2.].
Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan, uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish
mumkin emas. Buni ko‘pchilik san'at nazariyotchilari va rassomlar, amaliyotchilar doimo
ta'kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasavvurning qay darajadaligiga
bog‘liq muhim tabiat ko‘rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo‘lsa
shuning o‘zi kifoya, o‘zbek rassomlari ichida ham rangga juda e'tiborli munosabatta
bo‘ladigan, uning go‘zal uyg‘unligini ifodalab bera oladiganlari ko‘p. Bunda yusta, mahorat
egalari mo‘yqalam sohiblaridan M. Nabiyev, R. Axmedov, R. Choriyev, B. Burmakin,
B. Boboyev, J. Umarbekov, A. Mirzayev, A. Ikromjonov, M. Toshmurodov, A. Nuriddinov,
O. Qozoqov va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko‘plab
ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi [3.5.].
Ma’lumki, tasvirishlashni rang vositasida ishlash jarayonida atrof-muhit holati
muhim ahamiyatga ega. Chunki chizilayotgan ob’yektga yorug‘lik manbai atrofidagi
boshqa buyumlarni ta’siri kuzatiladi. Ular o‘z rangi, tusi bilan o‘zaro muvofiq yoki
nomuvofiq bo‘lishi mumkin. Rassom ana shunday o‘zgarishlarni chuqur anglab, tahlil qilib,
so‘ng ifoda etishi kerak. Aks holda tasvir jonsiz, ta’sirsiz chiqib qoladi, o‘rganayotganlar
uchun bunday holatlarni hisobga olib tasvirlashda natyurmortlar juda qo‘l keladi. Chunki
unda buyumlardagi soya, teri, shu’lalar, rang tuslarining o‘yini ifodaviyligi yaqqol ko‘rinib
turadi. Ular tasvir shaklini, yorqinligini, yaxlitligini ko‘rsatishda xizmat kiladi.
Natyurmortni qanday xonada qo‘yilganligini ham uning yorug‘ yoki qorong‘iligi nur
derazadan qay holatda va burchak ostida tushayotgani xam muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu’la (“blik”) va rangli shu’la (“reflex”) natyurmortdagi deyarli barcha predmetlarda aks
etib turadi. Ayniqsa, yaltiroq sirtli narsalar sathida bu yaxshi sezilib turadi. Chunki ular
yorug‘likni yutmaydi, balki yog‘dulanib qaytaradi. Nurni o‘zida sindirib yuboradigan sirtli
narsalarda aks shu’lalarni ba’zan sezib olish qiyinroq bo‘ladi.
Tasavvur kuchiga tayangan holda biz natyurmort kompozitsiyasini bajarishni
amalga oshiramiz.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
142
Rang munosabatlarini avvalo eng och va intensive ranglarni qidirishdan boshlash
kerak, so‘ng eng to‘qini topiladi, qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma’qul bo‘ladi.
Keyingi tuslarga biroz to‘qroq va biroz intensive bo‘lganlar va boshqalar kiradi [4.1.].
Akvarеlda rangtasvir ishlash juda murakkab hisoblanadi. Har qanday yangi bo‘lgan
mashg‘ulotga qo‘l urilar ekan, maqsadga еtish uchun inson har xil ko‘zda tutilmagan
qiyinchiliklar oqibatida bu mashg‘ulotni kеyingi safarga surish yoki umuman to‘xtatishga
harakat qiladi. Akvarеlda ishlashni o‘rganish uchun talabadan tеxnika, ko‘nikma, ko‘p
mеhnat va sabr-qanoat bilan tinmay mashqlar qilishni talab qiladi.
Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladir. Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har
doim ham eng och va eng to‘q hamda to‘yingan qilib olinmaydi. Qo‘yilmadagi eng och joy
hardoim ham oq bo‘lavermaydi, eng to‘q joy esa qora bo‘lmaydi. Kuchli to‘yingan yorqin
ranglar ham kamdan-kam uchraydi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
143
Talabalarga hozirgi zamon guashda ishlash texnikasi haqida ma’lumot. Guashda
ishlash texnikasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va ishlay olish rangtasvirda muhimdir.
Rang va tus munosabatlarini aniqlashni o‘rganish, Guash bo‘yog‘ida David ko‘z bo‘lagini
ishlash birinchi bosqichi. Natyurmortdagi ko‘za, meva, matolar burmalarini ishlash
bosqichi. Yorug‘, soya, blik, refleks, yarim soya, shaxsiy soya, tushgan soyalarini rang orqali
ifodalash. Umumlashtirish. Yorug‘likni hisobga olgan holda rang va tuslarini topish orqali
ishni metodik izchillikda yakunlash.
To‘q fonni bajarish ijodkordan qiyinchilik talb qilmaydi.Qog‘ozning oq yuzasi va
rangning eng ochdan to eng to‘qqacha bo‘lgan tuslaridan foydalanib rassom
tasvirlanayotgan buyumning nafaqat shakli balki hajmi, yorug‘-soyasi, fazoda joylashishi
va har bir matеrialning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalashi mumkin.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
144
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdirasilov S.,Tolipov N. “Rangtasvir” O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2005.
2.
Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (2-qism). O‘quv qo‘llanma,
Toshkent., 2003. TDPU – B. 5–19.
3.
R. Xalilov. Akvarel. Izdatelstvo “Navruz”. T.: 2013.
4.
Tojiеv B, Mahkamova S. “Qalamtasvir” (Dastlabki saboqlar). Mеtodik qo‘llanma.
Toshkеnt, 2013.
5.
Tashmurodov M. “Chizmatasvir”. Study guide. Noshir, T.: 2012. – B. 124. 5 copies.
